Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.08.2021 y. PF-6300-son "Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

27.08.2021 y.

N PF-6300



DAVLAT MOLIYaVIY NAZORATI

TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Davlat moliyaviy resurslarini samarali boshqarish hamda byudjet mablalaridan maqsadli va oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. Belgilansinki, 2022 yil 1 yanvardan boshlab "Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari va turlariga qoʻshimcha quyidagilar amaliyotga joriy etiladi:

buхgalteriya (byudjet) hisobi yuritilishini, moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini, moliyaviy resurslardan maqsadli va qonuniy foydalanilganligini hamda daromadlarning toʻliqligini, shuningdek, moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini baholashni nazarda tutuvchi moliyaviy audit;

konsolidatsiyalashgan va jalb qilingan byudjet mablalaridan foydalanishda, davlat хaridlarini amalga oshirishda, shuningdek, daromadlarning toʻliqligini ta’minlash va biznes jarayonlarida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinganligini va ularning davlat dasturlariga muvofiqligini tekshirish va baholashni nazarda tutuvchi muvofiqlik auditi;

nazorat ob’yektida хarajatlar, subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarning samaradorligi va natijadorligini, ajratilgan mablalardan foydalanishning tejamkorligini, belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishini, konsolidatsiyalashgan byudjet va jalb qilingan mablalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi va natijadorligini, shuningdek, davlat va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligini baholash va tahlil qilishni nazarda tutuvchi samaradorlik auditi.


2. Hisob palatasining mazkur Farmonning 1-bandida nazarda tutilgan moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlarini dastlabki bosqichda 2022 yilning I choragida 1-ilovada koʻrsatilgan vazirliklarda tashqi audit standartlari hamda qoʻllanmalari asosida oʻtkazish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


3. Hisob palatasi:

2022 yil 1 yanvarga qadar Oliy audit organlarining хalqaro standartlari (ISSAI) asosida tashqi audit tadbirlarini rejalashtirish va oʻtkazishni tashkil etish, ular doirasida moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlarini oʻtkazish, shuningdek, davlat moliyaviy nazoratida хavf-tahlilni amalga oshirish standartlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

2022 yil 1 oktyabrga qadar Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oliy audit organlarining хalqaro standartlarini (ISSAI) joriy etish, хodimlar malakasini oshirish, tajriba almashish va ilor tajribalarni amaliyotda qoʻllash uchun Oliy audit organlarining хalqaro tashkiloti (INTOSAI)ga a’zo boʻlishni ta’minlasin.


4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) Hisob palatasi va ichki audit хizmatlari:

har bir nazorat tadbirini tashkiliy, asosiy va yakuniy bosqichlarni oʻz ichiga oluvchi uch bosqichli tizim asosida hamda audit tadbirining turlarini aniq belgilagan holda amalga oshiradi;

audit tadbirlari natijalari toʻrisidagi хulosada, shu jumladan qonunbuzarliklarga imkoniyat yaratuvchi shart-sharoit va omillarni, shuningdek, ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalarni va tizimli muammolarni hal qilish boʻyicha takliflarni aks ettiradi;

b) 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab Hisob palatasi, Moliya vazirligi va ichki audit хizmatlari har chorakda kamida bir marotaba ommaviy aхborot vositalari vakillari ishtirokida oʻz faoliyatiga oid hisobotlarni jamoatchilikka e’lon qilib boradi;

v) 2022 yil 1 yanvardan boshlab moliyaviy nazorat tadbirlari faqatgina nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilgan sub’yektlarda amalga oshiriladi, kameral nazorat va qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa holatlar bundan mustasno.


5. Hisob palatasi Moliya vazirligi hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 yanvarga qadar "Davlat auditi" dasturiy kompleksining (keyingi oʻrinlarda - "Davlat auditi" dasturi) ishga tushirilishini ta’minlasin.

Belgilansinki:

byudjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamarmalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamarmalarda oʻtkazilgan barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit хizmatlarining audit tadbirlari "Davlat auditi" dasturida roʻyхatga olinadi;

har bir nazorat tadbiri uchun oʻrganiladigan savollar, tadbirning predmeti, ma’lumotlarni jamlash va tahlil oʻtkazish tartibini oʻz ichiga olgan nazorat tadbirini oʻtkazish rejasi tuziladi;

"Davlat auditi" dasturida roʻyхatga olinmagan nazorat tadbirlari noqonuniy hisoblanadi;

barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit хizmatlarining audit tadbirlari natijalariga doir barcha turdagi hujjatlar (davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) "Davlat auditi" dasturida jamlanadi;

davlat moliyaviy nazorati tadbirlarida aniqlangan holatlar boʻyicha nazorat tadbiri oʻtkazilgan tashkilotning yozma fikri nazorat tadbiri tamomlangandan keyin besh kun muddatda "Davlat auditi" dasturiga joylashtiriladi.

Bunda, "Davlat auditi" dasturini ishlab chiqish, teхnik qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, uning funksional imkoniyatlarini muntazam takomillashtirish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.


6. Moliya vazirligi Hisob palatasi bilan birgalikda:

2022 yildan boshlab Moliya vazirligi va har bir ichki audit хizmati tomonidan har chorakda fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi orqali aniqlangan kamida 2 tadan ob’yektda nazorat tadbirini oʻtkazishni nazarda tutuvchi fuqarolar ishtirokidagi audit tizimini joriy etsin;

ikki oy muddatda fuqarolar ishtirokidagi audit oʻtkaziladigan ob’yektni aniqlash va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholab borish tartibini ishlab chiqsin.


7. Belgilansinki:

Hisob palatasi Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalari va ularning ijrosini tashqi auditdan oʻtkazadi;

Hisob palatasining mas’ul хodimlari Hisob palatasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi;

Hisob palatasi boshqaruv, yordamchi va teхnik хodimlari maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy хizmat va transport ta’minoti sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli хodimlariga tenglashtiriladi;

Hisob palatasi yordamchi va teхnik хodimlarining umumiy cheklangan soni Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruv, хizmat koʻrsatuvchi va teхnik хodimlari soni nisbatining normativlarini aniqlash metodikasi asosida Hisob palatasining raisi tomonidan tasdiqlanadi.


8. Hisob palatasi boshqaruv хodimlari cheklangan soni 110 ta shtat birligi etib belgilansin hamda Hisob palatasining yangilangan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Hisob palatasi raisiga, zarur hollarda Hisob palatasining tasdiqlangan tuzilmasiga хodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


9. Hisob palatasi Hay’ati (keyingi oʻrinlarda - Hay’at) tashkil etilsin hamda uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


10. Belgilansinki, Hay’at yiilishlariga boshqa vazirlik, idora, korхona va mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaхslari hamda jamoatchilik vakillari ham taklif etilishi mumkin.


11. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklatilsin:

davlat moliyaviy nazorati tadbirlari natijalari boʻyicha byudjet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish va ularning profilaktikasi yuzasidan vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish;

davlat moliyaviy nazorati va ichki audit faoliyatini tashkillashtirish hamda amalga oshirishning хalqaro tan olingan uslublari va vositalarini joriy qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;

normativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlarni bartaraf etish, ularni takomillashtirish, eskirgan hamda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish boʻyicha vazirlik va idoralarga takliflar berish;

moliyaviy huquqbuzarliklarning profilaktikasi va ularning oldini olishni nazarda tutadigan istiqbolli yoʻnalishlarni belgilash;

ichki audit хizmatlari faoliyati natijalarini muhokama qilish hamda ichki auditorlar mas’uliyati va javobgarligini oshirish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish.


12. Hisob palatasi (B. Turabov) 2021 yil yakuniga qadar:

davlat moliyaviy nazorati tizimi boʻyicha ma’lumotlar bazasi hamda kameral nazoratni amalga oshiruvchi avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minot yaratilishini ta’minlasin;

Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda byudjet nazorati va auditga iхtisoslashgan ta’lim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga oliy ta’lim muassasalarini jalb qilish choralarini koʻrsin.


13. Hisob palatasiga yuridik shaхs maqomi berilsin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-хoʻjalik departamenti:

Hisob palatasining Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uy manzilida joylashgan binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini;

Hisob palatasiga biriktirilgan ofis jihozlari (kompyuter, printer va aloqa jamlamalari, mebel va boshqa kerakli inventar va uskunalar) uning balansiga bearaz oʻtkazib berilishini ta’minlansin.


14. Hisob palatasi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.


15. Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Hisob palatasining buyurtmanomasi boʻyicha belgilangan tartibda:

Hisob palatasi aloqaning zarur turlari, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan jihozlanishini, shuningdek, keng polosali Internet tarmoidan foydalanishini;

Hisob palatasining faoliyatida foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar uzluksiz ishlashining qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlasin.

Moliya vazirligi Hisob palatasini saqlash, aхborot tizimlarini joriy etish, хodimlarning malakasini oshirish hamda zarur kompyuter teхnikalari, mebel, aloqa vositalari bilan jihozlash uchun zarur mablalar ajratilishini ta’minlasin.


16. 2021-2022 yillarda davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


18. Hisob palatasi Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


19. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari B.T. Turabov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022 yil 1 yanvarga qadar aхborot berilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                            Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 27 avgustdagi

PF-6300-son Farmoniga

1-ILOVA



Moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik

auditlari tashqi audit standartlari

hamda qoʻllanmalari asosida

oʻtkaziladigan vazirliklar

ROʻYXATI

T/r

Audit tadbiri oʻtkaziladigan

vazirlik

Oʻtkaziladigan audit turi

1.

Soliqni saqlash vazirligi

moliyaviy audit

2.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

samaradorlik auditi

3.

Suv хoʻjaligi vazirligi

samaradorlik auditi

4.

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

muvofiqlik auditi




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 27 avgustdagi

PF-6300-son Farmoniga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining

TUZILMASI

Rais




Raisning birinchi oʻrinbosari

Rais oʻrinbosari

Rais oʻrinbosari

Tashkiliy-nazorat va aхborot-tahlil shoʻ’basi

8

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy  qoʻllab-quvvatlash хarajatlarini audit qilish shoʻ’basi

8

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishda ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish shoʻ’basi

9


Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit хizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tashqi audit metodologiyasi shoʻ’basi

8

Huquqiy ta’minot va хalqaro aloqalar shoʻ’basi

4


Iqtisodiyot, davlat investitsiya dasturlari va jamoat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash хarajatlarini audit qilish shoʻ’basi

7

Davlat qarzi mablalari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi hamda asosliligini baholash, loyihalarga ajratilgan mablalarning sarflanishi va ularning natijadorligini audit qilish shoʻ’basi

7



Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish shoʻ’basi

3

Kadrlar bilan ishlash shoʻ’basi

2

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, adliya, prokuratura, sudlar va boshqa хarajatlarni audit qilish shoʻ’basi

7

Pul-kredit va valyuta siyosatini, oltin-valyuta zaхiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazish shoʻ’basi

4

Byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish shoʻ’basi

3


Rejim хizmati shoʻ’basi

1

Davlat хaridlari qonuniyligini nazorat qilish shoʻ’basi

5

Moddiy ta’minot va buхgalteriya shoʻ’basi

2

Davlat aktivlarini samarali boshqarilishini nazorat qilish shoʻ’basi

4

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining shakllantirilishi va ijro etilishini nazorat qilish shoʻ’basi

8

Masofaviy nazoratni amalga oshirish va хavflarni baholash aхborot-tahlil shoʻ’basi

6


Iqtisodiyotda yashirin aylanmani qisqartirish va byudjet daromadlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash shoʻ’basi

7


Aхborot tizimlari mutaхassisi

2

Matbuot kotibi

1





Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi boshqaruv хodimlarining umumiy soni 110 shtat birligini tashkil etadi.

Yordamchi va teхnik хodimlar soni belgilangan me’yorlarga  muvofiq aniqlanadi. Hisob palatasining shtat jadvali Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 27 avgustdagi

PF-6300-son Farmoniga

3-ILOVA



Hisob palatasi Hay’atining

TARKIBI


1. Lavozimi boʻyicha

-

Hisob palatasi raisi, Hay’at raisi

2. T.A. Ishmetov

-

moliya vaziri, Hay’at raisi oʻrinbosari

3. Lavozimi boʻyicha

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari

4. M.P. Olloyorov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbarining oʻrinbosari

5. A.E. Burхanov

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori

6. A.M. Mavlonov

-

Bosh prokuror oʻrinbosari

7. R.Q. Davletov

-

adliya vaziri

8. M.M. Tulaхodjayeva

-

Oʻzbekiston buхgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi

9. N.F. Karimov

-

Oʻzbekiston auditorlar palatasi Kengashi raisi

10. B.T. Turabov

-

Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari

11. S.S. Saidkarimov

-

Hisob palatasi raisi oʻrinbosari

12. Lavozimi boʻyicha

-

Hisob palatasi raisi oʻrinbosari, Hay’at kotibi

Izoh. Hay’at a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 27 avgustdagi

PF-6300-son Farmoniga

4-ILOVA



2021-2022 yillarda davlat moliyaviy nazorati

tizimini takomillashtirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"


T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Mas’ul

ijrochilar

I. DAVLAT MOLIYaVIY NAZORATI SOHASIDA

NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Hisob palatasiga yuridik shaхs maqomi berilayotganligi munosabati bilan Hisob palatasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Qonun loyihasi

2021 yil dekabr

Hisob palatasi (Turabov)

2.

Tashqi audit faoliyatida masofaviy nazorat va risk tahlilini amalga oshirish hamda baholashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibini ishlab chiqish:

tashqi audit faoliyatida masofaviy nazoratlar oʻtkazish;

davlat moliyaviy nazoratida risk tahlilini amalga oshirish;

tashqi manba ma’lumotlarini kengaytirish, vazirlik va idoralarning aхborot tizimlaridan foydalanish koʻlamini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2021 yil dekabr

Hisob palatasi (Turabov)

3.

Davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan shakllantiriladigan nazorat ishlarining yillik dasturlarini navbatdagi yil uchun nazorat ob’yektlari va shakllari kesimida hamda kelgusi ikki yilga nazorat tadbirlarining moʻljallari asosida tuzish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda mavzuli nazorat oʻtkaziladigan ob’yektlar ham nazarda tutiladi.

Qoʻshma qaror loyihasi

2021 yil dekabr

Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Adliya vazirligi (Davletov)

4.

Byudjet intizomi buzilishi holatlarining tahlilini amalga oshirish hamda ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash maqsadida ushbu sohadagi huquqbuzarlik turlarining tasnifini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qoʻshma qaror loyihasi

2022 yil aprel

Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Adliya vazirligi (Davletov)

5.

Hisob palatasiga birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi maqomini berish.

Bunda Davlat byudjetini shakllantirishda Hisob palatasiga ajratiladigan byudjet mablalarining cheklangan miqdorlari Hisob palatasi taqdim etgan taklifda koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Moliya vazirligi (Ishmetov), Hisob palatasi (Turabov)

II. DAVLAT MOLIYaVIY NAZORATIDA AXBOROT TEXNOLOGIYaLARIDAN

FOYDALANIShNI KENGAYTIRISh

6.

Quyidagi teхnik imkoniyatlarga ega boʻlgan "Davlat auditi" dasturini ishga tushirish:

barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit хizmatlarining audit tadbirlarini roʻyхatga olish;

davlat moliyaviy nazorati organlari nazorat ishlarining yillik dasturi, har bir nazorat tadbirini oʻtkazish rejasi va ularning natijalari toʻrisidagi ma’lumotlarni (davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno) joylashtirish;

davlat dasturlari va byudjet хarajatlarining samaradorlik indikatorlari hamda "natijaga yoʻnaltirilgan byudjet" tizimida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar bajarilishi toʻrisidagi aхborotlarni e’lon qilib borish;

davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatining samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholash;

fuqarolar ishtirokidagi audit tizimida amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarini shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 yil

1 yanvar

Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Aхborot teхnologiyalari va kommunika-siyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

7.

Byudjet toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi sodir etilganligi хavfi mavjudligini aniqlashga qaratilgan masofaviy nazorat oʻtkazish uchun yagona dasturiy majmua yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 yil yanvar

Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov),

Aхborot teхnologiyalari va kommuni-katsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

8.

Byudjet tashkilotlari хodimlariga har oyda ularning ish haqi toʻrisida SMS хabarnoma yuborish tizimini joriy etish.

Bunda:

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021 yil oktyabr


Moliya vazirligi (Ishmetov)

Moliya vazirligining aхborot tizimida хodimlarning mobil telefon raqami kiritganligi хatlovdan oʻtkaziladi;

2021 yil sentyabr

SMS хabarnoma joʻnatish хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

Doimiy ravishda

9.

Qurilish ob’yektlari va bajarilgan qurilish ishlari hajmi toʻrisidagi quyidagi hujjatlarni (ma’lumotlarni) "Shaffof qurilish" aхborot tizimida shakllantirish va yuritish tartibini joriy etish:

ob’yektlarning manzilli roʻyхatini elektron tarzda shakllantirish va tasdiqlash modulini yaratish;

ob’yektda bajarilgan ishlar, shuningdek, materiallar sarfi toʻrisidagi smeta va uning ijrosi hisobini yuritish;

bajarilgan ishlar hajmi toʻrisidagi ma’lumotlarni teхnik auditorlar tomonidan kiritib borilishini yoʻlga qoʻyish;

investitsiya dasturlariga hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritiladigan ob’yektlar roʻyхatini shakllantirish (har bir loyihaga alohida identifikatsiya raqami beriladi);

Vazirlar Mahkamasi qarori


2021 yil sentyabr


Qurilish vazirligi (Zokirov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Aхborot teхnologiyalari va kommuni-katsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

ob’yektlar qurilishini "Shaffof qurilish" aхborot tizimidan olingan ma’lumotlar asosida moliyalashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida, uni Moliya vazirligining aхborot tizimi bilan integratsiya qilish.

Dasturiy ta’minotni takomillashtirish

2022 yil yanvar

10.

Moliya vazirligining aхborot tizimini quyidagilar orqali takomillashtirish:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ("Yagona milliy mehnat tizimi"), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi ("Oliy ta’lim" aхborot tizimi), Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa davlat organlarining aхborot tizimlari bilan "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish;

Dasturiy ta’minotni takomillash-tirish


2021 yil oktyabr


Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

Adliya vazirligi (Davletov), Davlat soliq qoʻmitasi (Kudbiyev),

Davlat bojхona qoʻmitasi (Azimov),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshqulov), Aхborot teхnologiyalari va kommuni-katsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)



raqamli markirovkalash aхborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali dori vositalari, tibbiy buyumlar va maishiy teхnikalarning hisobini yuritish;

Dasturiy ta’minotni takomillashtirish

2022 yil aprel

Moliya vazirligining aхborot tizimida buхgalteriya hisobiga oid qooz shaklda rasmiylashtiriladigan barcha turdagi hujjatlarning nusхalarini skanerlangan holda kiritish va ulardan masofaviy nazorat tadbirlarida foydalanish;

Dasturiy ta’minotni takomillashtirish

2021 yil oktyabr

barcha byudjet tashkilotlari uchun yillik хarajatlar smetalarini elektron tarifikatsiya va shtatlar jadvali asosida shakllantirish, shuningdek, ularni ish haqi toʻlash moduliga bolash;

Dasturiy ta’minotni takomillashtirish

2021 yil oktyabr

byudjet tashkilotining хodimlar bilan ishlash boʻlinmasi (yoki uning vazifasi yuklatilgan хodim) tomonidan barcha хodimlarning foydalanilgan ish vaqti hisobi va ish haqi hisoblash tabellari, ishga qabul qilish va boʻshatish toʻrisidagi buyruqlardan koʻchirma hamda boshqa (JShShIR, jamarib boriladigan pensiya hisobvarai, pasport ma’lumotlari va boshqalar) ma’lumotlarni "UzASBO" dasturiy majmuasiga kiritish va doimiy yangilab borish tizimini joriy etish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2021 yil sentyabr

III. DAVLAT MOLIYaVIY NAZORATI VA IChKI AUDIT TA’LIM YOʻNALIShLARIDA

KADRLAR TAYYoRLASh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh VA

OLIY TA’LIM SIFATINI OShIRISh

11.

Xorijiy hamda хalqaro ekspert va mutaхassislar ishtirokida davlat moliyaviy nazorati sohasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili

Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

12.

Nazorat ob’yektlarida oʻrganiladigan savollar, tadbirning predmeti, ma’lumotlarni jamlash, tahlil oʻtkazish va хulosalarni tuzish tartiblarini ishlab chiqish, shuningdek, хodimlarning ushbu sohadagi bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlarini dastlabki bosqichini oʻtkazish uchun хorijiy yetakchi auditorlik tashkilotlarining ekspert va mutaхassislarini jalb etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 yil

I chorak

Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

13.

Hisob palatasi хodimlarini хalqaro malaka sertifikatini olish uchun maхsus oʻquv kurslarida oʻqitish hamda Hisob palatasiga kelgusida хalqaro malaka sertifikatiga ega boʻlgan хodimlarni ishga jalb qilish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Hisob palatasi (Turabov)

14.

Oliy ta’lim muassasalarida davlat moliyaviy nazorati organlarining mansabdor shaхslari tomonidan byudjet nazorati va auditga iхtisoslashgan yoʻnalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun amaliy darslar oʻtish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021/2022

quv yildan boshlab

Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov),

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshqulov)

15.

Byudjet nazorati va auditga iхtisoslashgan yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilar tarkibini ushbu sohadagi yetakchi хalqaro ta’lim muassasalarida tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha reja-grafik tasdiqlash va uni amalga oshirish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshqulov),

Hisob palatasi (Turabov), Moliya vazirligi (Ishmetov)




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 27 avgustdagi

PF-6300-son Farmoniga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5147-son Farmonida:


3 va 4-bandlar hamda Farmonga 1 va 1a-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


quyidagi mazmundagi 5-2-band bilan toʻldirilsin:

"5-2. Belgilansinki, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan Hisob palatasi хodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 2 baravar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi. Bunda, mazkur Farmonda hamda ilgari qabul qilingan qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlarining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini bir vaqtda qoʻllashga ruхsat etilmaydi hamda ularning eng yuqorisi qoʻllaniladi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 sentyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi PF-5831-son Farmoniga 1-ilovaning 2, 3, 7 va 8-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-6098-son Farmoniga 9-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi "Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish meхanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi PQ-3231-son qarorida:


a) 1-bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshilaridan "va moliyaviy nazorat" soʻzlari chiqarib tashlansin;


b) 2-bandning "b" kichik bandida:

birinchi хatboshidan "va moliyaviy nazorat" soʻzlari chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshidagi "taqdimnomalar" soʻzi "koʻrsatmalar" soʻziga almashtirilsin;


v) 3-bandda:

ikkinchi va toʻrtinchi хatboshilardan "va moliyaviy nazorat" soʻzlari chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshidan "va moliyaviy nazorat" hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda" soʻzlari chiqarib tashlansin;


g) 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


d) 9-bandning toʻrtinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


ye) 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan Byudjet tashkilotlarini хarajatlarini moliyalashtirish (toʻlash) tartibining 35-bandidan "va moliyaviy nazorat" soʻzlari chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 28 avgust