Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 31.08.2021 y. PQ-5239-son "Qurilish materiallari sanoatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

31.08.2021 y.

N PQ-5239



QURILISh MATERIALLARI

SANOATINI QOʻLLAB-QUVVATLASh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha 2021 yil 20 avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishda bozor munosabatlarini chuqurlashtirish maqsadida:


1. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining:

2021 yil 1 oktyabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda soliining stavkasini 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirish;

2022 yil 1 yanvardan boshlab sement ishlab chiqarishga moʻljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini ikki baravar kamaytirgan holda 22 500 soʻm miqdorda belgilash haqidagi takliflari ma’qullansin.


2. Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqib, "Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 31 avgust