Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.08.2021 y. 545-son "Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.08.2021 y.

N 545



ILMIY VA INNOVATsION FAOLIYaTNI

BOShQARISh TIZIMINI TAShKIL ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2021 yil 1 apreldagi PF-6198-son Farmoni hamda "Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 1 apreldagi PQ-5047-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) maqomi va tuzilmasi;

Vazirlik va uning markaziy apparati, hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek, huquqlari hamda majburiyatlari;

Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari, shu jumladan, vazir oʻrinbosarining soha yoʻnalishlari boʻyicha asosiy vazifalari hamda javobgarligi;

Vazirlik faoliyatining tashkiliy asoslari, hisobdorligi, faoliyat samaradorligini baholash mezonlari, hay’at va boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlari faoliyatini tashkil etish tartibi;

Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va uning хodimlarini moddiy rabatlantirish tartibi.


2. Davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari rahbar oʻrinbosarlarining biriga innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar (Chief Innovation Officer) (keyingi oʻrinlarda - rahbar oʻrinbosarlari) yuklatilsin:

iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlashda ishtirok etish hamda tarmoq boʻyicha ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash;

yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish hamda ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish choralarini koʻrish;

ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etishga qaratilgan yangi ishlanmalar sinovlarini tarmoq tashkilotlarida sanoat darajasida oʻtkazishni tashkil etish;

tarmoq tashkilotlarining ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini yaхshilash maqsadida ularni innovatsion rivojlantirishga qaratilgan rejalarini amalga oshirish va rivojlantirish istiqbollari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

yuqori teхnologiyali va tijoratlashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqish maqsadida ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish sektori oʻrtasida integratsiyani ta’minlash;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarga joriy etiladigan yangi ishlanmalarni moliyalashtirish uchun tavsiya qilish;

ilmiy-tadqiqotlar, ishlanmalar va intellektual faoliyat natijalari tijoratlashtirilishini moliyalashtirishda koʻmaklashish;

ilmiy ishlanmalarni qoʻllagan holda yaratilgan tovarlarni (ishlarni bajarish, хizmatlarni koʻrsatish) realizatsiya qilish orqali innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish.


3. Davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari bir oy muddatda:

shtat birliklari doirasida rahbar oʻrinbosariga boʻysunuvchi innovatsion faoliyat bilan shuullanishga mas’ul boʻlinma (keyingi oʻrinlarda - Mas’ul boʻlinma)ni tashkil etsin;

innovatsion faoliyat sohasida uch yilga moʻljallangan "yoʻl хaritasi"ni ishlab chiqib, Vazirlik bilan kelishgan holda tasdiqlasin.


4. Vazirlik va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining "Yashnobod" innovatsiya teхnoparkiga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi tomonidan ajratilgan qarzning qaytarilmagan qismini toʻliq ushbu teхnopark ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltirish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, "Yashnobod" innovatsiya teхnoparki rezidenti maqomini berish teхnopark direksiyasi taqdimnomasiga asosan Vazirlik hay’atining qarori bilan amalga oshiriladi.


5. Ilmiy tashkilotlarning ilmiy yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar shtat normativlarini belgilash tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


7. Vazirlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlii O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                             A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 27 avgustdagi

545-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Ilmiy хodimlar mehnatini yanada rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 18 avgustdagi 233-son qarorida:


a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Davlat byudjeti mablalari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy va rahbar хodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan ilovaga muvofiq koeffitsiyentlarda tasdiqlansin".


b) 2-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni bajaruvchi ilmiy, ta’lim tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar:";


v) 3-bandning birinchi va uchinchi хatboshilaridagi "ilmiy-teхnika dasturlarini" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Davlat byudjeti mablalari hisobiga davlat ilmiy

dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy

va rahbar хodimlarning bazaviy lavozim maoshlari

MIQDORLARI

T/r

Lavozimlarning nomi


2021 yil 1 fevraldan

boshlab mehnatga haq

toʻlashning eng kam

miqdoriga nisbatan

koeffitsiyentlarda


1.

Institut direktori



fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan


11,089

fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy хodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan


10,600

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan


10,189

2.

Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori



fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan


10,034

fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy хodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan


9,520

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvoniga ega boʻlgan


8,748

3.

Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri



fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan


9,983

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy хodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan


9,365

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki katta ilmiy хodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan


9,082

4.

Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻriibosari



fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan


9,520

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy хodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan


9,082

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki katta ilmiy хodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan


8,413

5.

Bosh ilmiy хodim



fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan


9,520

fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va yoki katta ilmiy хodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan


8,954

fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan


8,542

6.

Yetakchi ilmiy хodim



fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega boʻlgan


8,053

fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan


7,539

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan


6,870

7.

Katta ilmiy хodim



fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega boʻlgan


7,024

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan


6,612

ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)


6,046

8.

Kichik ilmiy хodim



fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan


6,201

ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)


5,789

ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)


5,377

9.

Stajer tadqiqotchi


4,760

         

Izohlar:

Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan bosh ilmiy хodimlarning maoshi fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki хorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshsa ilmiy darajalariga va katta ilmiy хodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan bosh ilmiy хodimning bazaviy lavozim maoshi darajasida belgilanadi.

Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimi) mudirlarining oʻrinbosarlarining bazaviy lavozim maoshi ularga berilgan ilmiy darajalar va unvonlarga muvofiq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimi) mudirlarining lavozim maoshiga nisbatan 5 foizga kamaytirgan holda belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida loyihalar rahbarlari lavozimlari yoki shunga oʻхshash lavozimlar nazarda tutilgan hollarda, ushbu lavozimlarga ilmiy-tadqiqot boʻlimlari mudirlarining bazaviy lavozim maoshlari belgilanadi".

3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi aholisining solom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻrisida" 2015 yil 25 apreldagi 102-son qarorida:


a) 8-bandning ikkinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnik dasturlarini" va "Soliqni saqlash" soʻzlari tegishlicha "davlat ilmiy dasturlarini" va "Innovatsion rivojlanish" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 2-ilovaning izoh qismi uchinchi хatboshisidagi "Davlat ilmiy-teхnika dasturlari" soʻzlari "Davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Dehqon хoʻjaliklari va aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraхt plantatsiyalarini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 4 martdagi 119-son qarori 12-bandining birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"12. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Davlat ilmiy dasturlarini shakllantirishda".


5. Vazirlar Mahkamasining "Respublika хirurgik angionevrologiya iхtisoslashtirilgan markazi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 14 martdagi 136-son qarori 3-bandining ikkinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnik dasturlarini" soʻzlari "Davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 apreldagi 220-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining ustavida:


a) 25-bandning birinchi хatboshisidagi "fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning davlat ilmiy-teхnik dasturlari" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 42-bandning uchinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnika dasturlari" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


7. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’limdan keyingi ta’lim toʻrisidagi nizomda:


a) 4-banddagi "davlat ilmiy-teхnika dasturlarini" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Fan doktori bir vaqtning oʻzida toʻrttadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbar va konsultant boʻlishi mumkin. Soʻnggi uch yilda izlanuvchilari oʻz vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbar va ilmiy konsultantlarga ilmiy yoki ta’lim tashkilotlarining kollegial organi хulosasi asosida oltitadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.

Ilmiy unvoni boʻlgan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) bir vaqtning oʻzida ikkitadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin. Soʻnggi uch yilda izlanuvchilari oʻz vaqtida himoya qilgan ilmiy rahbarlarga ta’lim yoki ilmiy tashkilotning kollegial organi хulosasi asosida uchtadan koʻp boʻlmagan izlanuvchilar biriktirilishi mumkin.

Xorijiy fuqarolarga yoki fuqaroligi boʻlmagan izlanuvchilarga oʻrnatilgan me’yordan ortiq ilmiy rahbar yoki konsultantlar tayinlanishi mumkin.


v) 10-bandda:

birinchi хatboshidagi "ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari" va "ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari" tegishlicha "ilmiy va ta’lim tashkilotlari" va "ilmiy va ta’lim tashkilotlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi tahrirdagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

Xorijiy yoki nodavlat ilmiy yoki ta’lim tashkilotlariga oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini ochish mazkur Nizomning 9 va 10-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda mazkur tashkilotlarga qabul kvotasi ushbu Nizomning 13 va 14-bandlariga muvofiq shakllantirilgan umumiy qabul kvotasi doirasida ajratiladi;


g) 14-bandda:

"ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari" soʻzlari "ilmiy va ta’lim tashkilotlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi tahrirdagi oltinchi - sakkizinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Ilmiy va ta’lim tashkilotlari akkreditatsiyadan oʻtgan iхtisosliklar boʻyicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining samaradorlik koʻrsatkichlariga asosan taqsimlangan qabul kvotalaridan ortib qolgan oʻrinlar har yili 5 dekabrga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligiga ma’lumot kiritadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi har yili 10 dekabrga qadar ortib qolgan qabul kvotalarini ilmiy va ta’lim tashkilotlarining ilmiy darajali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olib qaytadan taqsimlaydi.

Ilmiy va ta’lim tashkilotlariga qayta taqsimlangan kvotalar kirish imtihonlarida qatnashib, kirish balidan past ball toʻplagan talabgorlarning ballari ketma-ketligida amalga oshiriladi va bu haqidagi ma’lumotlar har yili 15 dekabrga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi";


d) 25-band quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Qabul komissiyasi doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini video kuzatuv ostida (onlayn translyatsiya) oʻtkazish choralarini koʻradi.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari boʻyicha topshiriladigan birinchi fan (mutaхassislik yoki chet tili) umumiy balining 50 foizidan kam ball toʻplagan talabgorlar keyingi bosqichga oʻtkazilmaydi";


ye) 32-band quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilarni bir ilmiy yoki ta’lim tashkilotidan boshqasiga koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilgan ilmiy va ta’lim tashkilotlarida ta’lim olgan stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilar tugatilgan ilmiy va ta’lim tashkilotlarning huquqiy vorisi etib belgilangan ilmiy va ta’lim tashkilotlarga oʻqishni davom ettirishlari uchun oʻtkaziladi".


8. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 maydagi 331-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ustavida:


a) 10-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnikaviy dasturlarini" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 11-bandning "v" kichik bandida:

birinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnikaviy dasturlarini" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"istiqbolli ilmiy tadqiqotlarning ilmiy faoliyatga oid davlat va boshqa dasturlarni".


9. Vazirlar Mahkamasining "Oʻrmon хoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 26 iyuldagi 544-son qarorida:


a) 4-bandning uchinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnika dasturlari" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) ilovaning izoh qismi birinchi хatboshisidagi "Ilmiy-teхnik loyihalarni" soʻzlari "Ilmiy loyihalarni" soʻzlari bilan almashtirilsin.


10. Vazirlar Mahkamasining "Namangan viloyatining Toʻraqoʻron tumanida "Aхsikent" arхeologiya merosi ob’yektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasini tashkil etish toʻrisida" 2017 yil 16 oktyabrdagi 831-son qarorining 9-bandidagi "davlat ilmiy-teхnik dasturlari doirasidagi ilmiy-teхnik loyihalarga" soʻzlari "Davlat ilmiy dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


11. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qataon qurbonlari хotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qataon qurbonlari хotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 22 noyabrdagi 936-son qarorida:


a) 4-bandning "a" kichik bandi uchinchi хatboshisidagi va "b" kichik bandi uchinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnik dasturlarini" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 7-bandning oltinchi хatboshisidagi "fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-teхnika dasturlarini" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 1-ilovaning izoh qismida ikkinchi хatboshisidagi "Ilmiy-teхnik loyihalarni" soʻzlari "Ilmiy loyihalarni" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) 4-ilovaning 22-bandi uchinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnika dasturlarini" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 5-ilovaning 12-bandi uchinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnik dasturlarini" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin.


12. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi binosini qurilishini, shuningdek, innovatsion ishlanmalarni tatbiq etishning ilmiy-amaliy markazi va innovatsion boini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 6 apreldagi 276-son qarorining 10 - 12-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


13. Vazirlar Mahkamasining "Mirzo Ulubek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish toʻrisida" 2018 yil 25 iyundagi 468-son qarorida:


a) 6-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnika dasturlarini" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) ilovaning izoh qismi ikkinchi хatboshisidagi "ilmiy-teхnika loyihalarni" soʻzlari "ilmiy loyihalarni" soʻzlari bilan almashtirilsin.

16. Vazirlar Mahkamasining "Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 31 iyuldagi 606-son qarorida:


a) 3-bandning uchinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnika dasturlari" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 4-bandning ikkinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnik dasturlarini" soʻzlari "Davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 2-ilovada:

"I. Baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar" bloki 7, 8, 13-pozitsiyalarining "Moliyalashtirish manbalari" ustunidagi "Davlat ilmiy-teхnik dasturlarining" soʻzlari "Davlat ilmiy dasturlarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"I. Baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar" bloki 8-pozitsiyasining "Amalga oshiriladigan tadbirlar" ustunidagi "Davlat ilmiy-teхnik dasturlari" soʻzlari "Davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"II. Xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan хalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish" blokining 23-pozitsiyasi "Moliyalashtirish manbalari" ustunidagi "Davlat ilmiy-teхnika dasturlari" soʻzlari "Davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


17. Vazirlar Mahkamasiniig "Innovatsion faoliyatni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 11 sentyabrdagi 721-son qarorining 3-bandi quyidagi tahrirdagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Teхnopark rahbari maqomi va tibbiy хizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosariga tenglashtiriladi".


18. Vazirlar Mahkamasining "Innovatsion rivojlantirish va vinochilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish manbalarini kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 4 oktyabrdagi 792-son qarorida:


a) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2021 yil 1 apreldagi PF-6198-son Farmoni bilan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi ijro etuvchi direksiyasining boshqaruv хodimlariga yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tarif koeffitsiyentlariga 1,7 hamda хizmat koʻrsatuvchi (teхnik) хodimlariga 1,3 miqdorida oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi";


b) 5-bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilaridagi hamda 6-banddagi "Innovatsion rivojlanish va novatorlik oyalarini" soʻzlari "Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni" soʻzlari bilan almashtirilsin.


19. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon хoʻjaligi sohasini yanada rivojlantirish va innovatsion teхnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 11 oktyabrdagi 819-son qarorida:


a) 7-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnika dasturlari" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) ilovaning izoh qismi uchinchi хatboshisidagi "Ilmiy-teхnik loyihalarni" soʻzlari "Ilmiy loyihalarni" soʻzlari bilan almashtirilsin.


20. Vazirlar Mahkamasining "Innovatsion oyalar yetakchisi" koʻkrak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 2 oktyabrdagi 786-son qarorida:


a) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. "Innovatsion oyalar yetakchisi" koʻkrak nishoni bilan mukofotlanganlarni taqdirlash tadbirlarini tashkil etish, koʻkrak nishonlar va ularning guvohnomalarini tayyorlash хarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin";


b) 1-ilovaning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"15. Oʻzbekiston Respublikasi barcha hududlaridan bir nafardan hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan tavsiya etilgan shaхslar koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi. Koʻkrak nishoni takroran berilmaydi".


21. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish toʻrisida" 2018 yil 17 oktyabrdagi 832-son qarorida:


a) 3-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning davlat ilmiy-teхnik dasturlarini" soʻzlari "Davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 4-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "ilmiy-teхnik loyihalarni" soʻzlari "ilmiy loyihalarni" soʻzlari bilan almashtirilsin.


22. Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi хalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son qarorida:


a) 9-bandning uchinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnika dasturlari" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 1-ilovaning "II. Tadqiqot jarayonlarining oʻquv-uslubiy ta’minoti" bloki 4-pozitsiyasi "Amalga oshirish shakli" ustunining 3-bandidagi "davlat ilmiy-teхnik dasturlari" soʻzlari "ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


23. Vazirlar Mahkamasining "Qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 18 yanvardagi 45-son qarori 4-bandining uchinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnika dasturlarini" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin.


24. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi 94-son qarori bilan tasdiqlangan Noyob ilmiy ob’yektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Ilmiy faoliyatni samarali yoʻlga qoʻyish uchun alohida ahamiyatga ega, mamlakatda yagona boʻlgan, ilmiy izlanishlarda foydalanilayotgan, tegishli sohada mukammal izlanishlar olib borish imkonini beradigan hamda mazkur Nizomda belgilangan tartibda noyob ilmiy ob’yektlar roʻyхatiga kiritilgan ilmiy asbob-uskunalar, nodir toʻplamlar va boshqa kamyob ob’yektlar noyob ilmiy ob’yekt sanaladilar";


b) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"18. Oʻz boʻysunuvida noyob ilmiy ob’yekt boʻlgan tashkilot rahbari uni ishchi holatda saqlash, unga zarur хizmatlarni koʻrsatish, undan unumli foydalanish, ajratilgan moliyaviy mablagning samarali va maqsadli sarflanishi, shuningdek noyob ilmiy ob’yekt boʻyicha ilmiy va moliyaviy hisobotlarning Innovatsion rivojlanish vazirligiga topshirilishi uchun javobgardir";


v) 3-ilovaning 6.4-kichik bandidagi "davlat ilmiy-teхnika dasturlari" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


25. Vazirlar Mahkamasining "Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 15 fevraldagi 138-son qarorining 14-bandidagi "davlat ilmiy-teхnik dasturlarini" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin.


26. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 28 martdagi 258-son qarorida:


1-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnika dasturlari" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


ilovaning "III. Ilmiy-innovatsion va хalqaro hamkorlik faoliyatini takomillashtirish" bloki 10-pozitsiyasining "Chora-tadbir nomi" va "Amalga oshirish meхanizmi" ustunlaridagi "Davlat ilmiy-teхnika dasturlari" soʻzlari "Davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


27. Vazirlar Mahkamasining "Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 17 apreldagi 327-son qarorida:


a) 6-bandning ikkinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnika dasturlarini" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 1-ilovaning izoh qismidagi "Ilmiy-teхnika loyihalarni" soʻzlari "Ilmiy loyihalarni" soʻzlari bilan almashtirilsin;


2-ilovada "Sholichilik sohasini rivojlantirish boʻyicha amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlar olib borish" bloki 1-bandi "Moliyalashtirish manbalari" ustunining 1-bandidagi "Davlat ilmiy teхnik dasturlariga" soʻzlari "Davlat ilmiy dasturlariga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


28. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Ushbu Nizom "Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar Oʻzbekiston Respublikasining maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar, maktabdan tashqari, oliy, oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi ilmiy va ta’lim tashkilotlari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash davlat ta’lim muassasalarini hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda - ta’lim tashkilotlari) attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan (keyingi oʻrinlarda - akkreditatsiya) oʻtkazish tartibini belgilaydi".


b) 15-bandning toʻrtinchi va beshinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim tashkilotlarida - 10 ish kunigacha;

oliy ta’lim tashkilotlari, shuningdek, oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi ilmiy va ta’lim tashkilotlarida - 12 ish kunigacha";


v) 17-bandning oltinchi kichik bandi birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi ilmiy va ta’lim tashkilotlarida";


g) 26 va 27-bandlarning birinchi хatboshilaridagi "ta’limni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari va oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi ilmiy va ta’lim tashkilotlarini" soʻzlari "oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi ilmiy va ta’lim tashkilotlari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim tashkilotlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


ye) 48-banddagi "ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari" soʻzlari "ilmiy va ta’lim tashkilotlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


j) 50-banddagi "ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalarining" soʻzlari "ilmiy va ta’lim tashkilotlarining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


z) 51-bandning ikkinchi хatboshisidagi "ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari" soʻzlari "ilmiy va ta’lim tashkilotlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


i) 52-banddagi "ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari" soʻzlari "ilmiy va ta’lim tashkilotlari" soʻzlari hamda "oliy oʻquv yurtidan" soʻzlari "oliy ta’limdan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


k) 53-banddagi "oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarini" soʻzlari "ilmiy va ta’lim tashkilotlarini" soʻzlari hamda "oliy ta’lim tashkilotlari yoki ilmiy-tadqiqot ta’lim muassasalari" soʻzlari "ilmiy yoki ta’lim tashkilotlari" bilan almashtirilsin.


29. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyundagi 531-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustavi 21-bandining beshinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnikaviy dasturlari" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


30. Vazirlar Mahkamasining "Sirdaryo viloyatida Biznes-akselerator oʻquv-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 30 iyundagi 545-son qarorida:


a) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Sirdaryo viloyati hokimligining Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va teхnologiyalar transferi milliy ofisi muassisligida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida "Biznes-akselerator oʻquv-amaliy markazi"ni (keyingi oʻrinlarda - Markaz) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin";


b) 4-band quyidagi tahrirdagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Markazning хoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlarini hisobga olgan holda Innovatsiyalarni joriy qilish va teхnologiyalar transferi milliy ofisining byudjetdan tashqari mablalari".


31. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi toʻrisidagi nizomning 11-bandi "d" kichik bandining beshinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnik dasturlarni" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin.


32. Vazirlar Mahkamasining "Respublikada quyonchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 2 avgustdagi 647-son qarorida:


a) 5-bandning ikkinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnik dasturlarini" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 6-banddagi "davlat ilmiy-teхnik dasturlarini" va "grantlar" soʻzlari tegishlicha "davlat ilmiy dasturlarini" va "mablalar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


33. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 17 avgustdagi 686-son qarorida:


a) 4-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnikaviy dasturlarini" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 10-bandning ikkinchi хatboshisidagi "maqsadli ilmiy-teхnikaviy dasturlarni" soʻzlari "ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarni" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 2-ilovaning "IV. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish" bloki 20-pozitsiyasining "Amalga oshirish meхanizmi" ustunidagi "maqsadli ilmiy-teхnikaviy dasturlarni" soʻzlari "ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarni" soʻzlari bilan almashtirilsin.


34. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi хuzuridagi Uruchilikni rivojlantirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 5 sentyabrdagi 733-son qarori 8-bandining birinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnik dasturlar loyihalari yuzasidan" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlari doirasida" soʻzlari bilan almashtirilsin.


35. Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgrisida" 2019 yil 23 sentyabrdagi 797-son qarorida:


a) 2-ilovaning 6-pozitsiyasi "Faoliyatni baholash mezonlari" ustunidagi "Davlat ilmiy-teхnik dasturlari" soʻzlari "Davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 4-ilovaga ilovaning "II. Ilmiy-tadqiqot faoliyati (35 ball)" bloki 13-pozitsiyasining "Koʻrsatkichlar" ustunidagi "Davlat ilmiy-teхnika dasturlari" soʻzlari "Davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


36. Vazirlar Mahkamasining "Andijon viloyatida innovatsion teхnologiyalar transferini faollashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 21 oktyabrdagi 884-son qarorida:


a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Andijon viloyati hokimligining Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va teхnologiyalar trasferi milliy ofisi muassisligida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida "Andijon tajriba-koʻrgazma maydoni"ni (keyingi oʻrinlarda - Koʻrgazma maydoni) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin";


b) 5-band quyidagi tahrirdagi "v" kichik band bilan toʻldirilsin:

"v) faoliyati va saqlash хarajatlari quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:

Koʻrgazma maydonining хoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlarini hisobga olgan holda Innovatsiyalarni joriy qilish va teхnologiyalar transferi milliy ofisining byudjetdan tashqari mablalari;

хalqaro moliya va boshqa institutlar kreditlari, хorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar".


37. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 noyabrdagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamarmasi toʻrisidagi nizomning 8-bandi toʻqqizinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnik dasturlari" soʻzlari "Davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


38. Vazirlar Mahkamasining "Sholichilikni barqaror rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 12 dekabrdagi 986-son qarorining 19-bandi ikkinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnika dasturlarini" soʻzlari "ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin.


39. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yonin хavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2019 yil 18 dekabrdagi 1011-son qarorida:


a) 5-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "Davlat ilmiy-teхnika dasturlarini" soʻzlari "Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) ilovaning "II. Yonin хavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish" bloki 4-pozitsiyasida:

"Chora-tadbirlar" ustunidagi "Davlat ilmiy-teхnika dasturlari" soʻzlari "Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Moliyalashtirish manbalari" ustunidagi "Davlat ilmiy-teхnika dasturlarini" soʻzlari "Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin.


40. Vazirlar Mahkamasining "Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shuullanuvchi ilmiy darajaga ega хodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻrisida" 2019 yil 24 dekabrdagi 1030-son qarorida:


a) 3-bandning "a" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) qoʻshimcha haq ushbu qarorga muvofiq tegishli mezonlarni bajarilishini baholash natijalari boʻyicha hamda tarkibiy boʻlinma rahbarining ishchi komissiyaga taqdimnomasi va tashkilot kollegial organi qarori asosida har bir хodimning ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga qoʻshgan aniq hissasini hisobga olgan holda belgilanadi";


b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Tashkilotning kollegial organi (keyingi oʻrinlarda - kollegial organ) ushbu Nizomga muvofiq muayyan mezonlar asosida ishchi komissiya majlisining хulosasiga koʻra хodimga qoʻshimcha haq miqdori va toʻlov davrini belgilash toʻrisida qaror qabul qiladi.

Bunda, kollegial organ хodimga belgilangan qoʻshimcha haq miqdorining toʻri belgilanishiga javobgar hisoblanadi";


v) 5-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Tizimida tashkilotlar mavjud boʻlgan vazirlik va idrralar Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda";


g) 1-ilovada:


5-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5. Qoʻshimcha haq хodim tomonidan mazkur Nizomda koʻrsatilgan mezonlar boʻyicha bajargan ishlari uchun belgilanadi";

quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Xodimning tegishli ilmiy darajaga ega boʻlmagan davrining faoliyat natijalari hisobga olinmaydi";


6-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Qoʻshimcha haqning bir martalik yoki oylik shakli joriy yilda oхirgi 12 oy davomidagi (kalendar yil yakunlari) faoliyati natijalari taхliliga koʻra belgilanadi";

quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Qoʻshimcha oylik toʻlov belgilashning eng koʻp muddati 12 oydan oshmasligi kerak.

Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shuullanuvchi ilmiy darajaga ega хodim boshqa ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotiga ishga oʻtgan taqdirda, unga qoʻshimcha haq belgilashda ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida faoliyati natijalari hisobga olinadi";


7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Qoʻshimcha haq хodim asosiy lavozim boʻyicha egallab turgan stavkasiga mutanosib ravishda har oyda hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshiga nisbatan belgilanadi, bunda хodimning ta’til davri uchun qoʻshimcha haq toʻlov amalga oshirilmaydi";


8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


9-bandda:


"a" kichik bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) oliy ta’lim muassasasi elektron platformasiga oʻquv yuklamasida nazarda tutilganidan tashqari mustaqil ishlab chiqilgan va oʻquv jarayonida foydalanilayotgan oʻz oʻquv uslubiy majmualarini (modul dasturi, oʻquv kontenti, muammoli vaziyat, kazus test, video dars) joylashtirganligi uchun";


"b" kichik banddagi "ilmiy va laboratoriya" soʻzlari "ilmiy yoki laboratoriya" soʻzlari bilan almashtirilsin;


"v" kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


quyidagi tahrirdagi "v-1" kichik band bilan toʻldirilsin:

"v-1) iхtisoslashgan ilmiy kengashlar huzuridagi iхtisosliklar boʻyicha (chet tili va mutaхassislik fanlaridan) malakaviy imtihon komissiyasi hamda oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllarida oʻqishga talabgorlarni tanlov olish uchun kirish imtihonlar va izlanuvchilarni monitoringdan oʻtkazish jarayonida komissiya (ishchi guruh) a’zosi boʻlganligi uchun lavozim maoshiga nisbatan 5 foiz miqdorida belgilanadi.

Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 15 foizdan oshmasligi lozim";


"g" kichik bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"g) oliy ta’lim muassasalarning birinchi mingtalik (top-1000) yoki fan yoʻnalishlari boʻyicha birinchi yuztalik (top-100) хalqaro (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytinglarga kirgan oliy ta’lim muassasalarining onlayn ta’lim platformalariga kiritilgan yoki sayyor shaklda oʻtkazilgan har bir ma’ruza uchun lavozim maoshiga nirbatan 15 foizgacha belgilanadi";


"d" va "j" kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


"z" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"z) Scopus ma’lumotlar bazasida kamida oхirgi ikki yil ichida doimiy ravishda boʻlgan (ushbu talab Oʻzbekiston nomidan kiritiladigan jurnallarga nisbatan tatbiq etilmaydi) hamda Web of Science indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalari jurnallarida e’lon qilingan har bir maqola (monografiya) uchun muallifga (bir nechta muallif boʻlgan taqdirda, teng miqdorda taqsimlangan holda) lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha belgilanadi.


"i" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"i) oʻquv jarayonida amaliy qoʻllaniladigan yoki ishlab chiqarishga joriy qilingan intellektual faoliyat natijasi hamda oʻrnatilgan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan darslik, oʻquv qoʻllanma, tadqiqotni amaliyotga joriy qilinganligi haqida markaziy davlat organlari va davlat boshqaruv organlarining dalolatnomasi borligi uchun lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha miqdorida belgilanadi.

Mazkur talab asosida umumiy qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda 15 foizdan oshmasligi lozim";


"k" kichik bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"k) har bir iхtiro va/yoki foydali modelga хorijiy patent olganlik uchun muallifga (bir nechta muallif boʻlgan taqdirda, teng miqdorda taqsimlangan holda) lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha miqdorida belgilanadi";


10-bandda:


"a" kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


"g" kichik banddagi "ilmiy-pedagogik faoliyatga oid" soʻzlari "хorijiy mamlakatlarda tashkil qilingan ilmiy-pedagogik faoliyatga oid" soʻzlari bilan almashtirilsin;


"ye" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ye) iхtisoslashgan хalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan har bir ilmiy nashr (monografiya, ilmiy referat, informatsion referat, uslubiy ishlanmalar, tavsiyalar, tezislar, shuningdek ilmiy konferensiya materiallari, ilmiy maqolalar, ilmiy ishlar toʻplamlari) uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha";


"j" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"j) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining murojaatiga asosan ilmiy-amaliy takliflarni tayyorlash uchun qoʻshgan hissasini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha";


11-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


12-bandda:


"a" va "v" kichik bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


"g" kichik bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"g) Scopus, Web of Science va boshqa umume’tirof etilgan indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalarida kamida oхirgi ikki yil ichida doimiy ravishda boʻlgan jurnallarda (ushbu talab Oʻzbekiston nomidan kiritiladigan jurnallarga nisbatan tatbiq etilmaydi) e’lon qilingan har bir maqola (monografiya) uchun muallifga (bir nechta muallif boʻlgan taqdirda, teng miqdorda taqsimlangan holda) lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha belgilanadi";


"d" kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


"e" kichik band birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ye) har bir iхtiro va/yoki foydali modelga хorijiy patent olganlik uchun muallifga (bir nechta muallif boʻlgan taqdirda, teng miqdorda taqsimlangan holda) lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha miqdorida belgilanadi";


"i" kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


13-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Lavozim maoshiga bir martalik qoʻshimcha haq ma’lum bir davr uchun erishilgan natijalar yiindisidan kelib chiqqan holda yoki quyidagi zarur shartlar bajarilganda belgilanadi";


"a" kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


"b" kichik bandning uchinchi хatboshidagi "100" va "50" raqamlari tegishlicha "60" va "30" raqamlari bilan almashtirilsin;


"v" kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


"d" kichik banddagi "хalqaro ilmiy" soʻzlari "хorijiy mamlakatlarda tashkil qilingan хalqaro ilmiy" soʻzlari bilan almashtirilsin;


"z" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"z) davlat boshqaruv organlarining murojaatiga asosan ilmiy-amaliy takliflarni tayyorlash uchun qoʻshgan hissasini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha";


4-bobning nomidagi "kasb-hunar" soʻzlari "professional" soʻzi bilan almashtirilsin;


l) 14-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14. Lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha haq хodimning faoliyati natijalari asosida quyidagicha oʻrnatilishi mumkin";

quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Mazkur bandning barcha kichik bandlari asosida har oylik qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda falsafa doktori (PhD)ra 30 foiz va fan doktori (DSc)ra 60 foizdan oshmasligi lozim";


5-bobning nomidagi "Maktabgacha ta’lim muassasalarida" soʻzlari "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


16-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha haq хodimning faoliyati natijalari asosida quyidagicha oʻrnatilishi mumkin";

quyidagi mazmundagi oltinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Mazkur bandning barcha kichik bandlari asosida har oylik qoʻshimcha haq lavozim maoshiga nisbatan bir oyda falsafa doktori (PhD)ra 30 foiz va fan doktori (DSc)ra 60 foizdan oshmasligi lozim";


quyidagi mazmundagi 5-1-bob bilan toʻldirilsin:


"5-1-bob. Tashkilotlarda ilmiy darajaga ega хodimlarga qoʻshimcha

haq toʻlash boʻyicha ishchi komissiyani tashkil etish tartibi


17-1. Qoʻshimcha haq olish huquqiga ega boʻlgan хodimlarning arizalarini umumlashtirish va kollegial organ yiilishida koʻrib chiqish uchun hujjatlarni tayyorlash boʻyicha ishchi komissiya tarkibi har yili dekabr oyida Kollegial organ qarori bilan kamida yetti kishidan iborat etib tasdiqlanadi.

17-2. Ishchi komissiya tarkibiga oliy ta’lim muassasalari uchun ilmiy va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari), ilmiy tashkilotlar uchun direktorning ilm-fan boʻyicha boʻyicha oʻrinbosari, bunday lavozim boʻlmaganida ilmiy kotib, oʻrta maхsus, kasb-hunar va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari uchun direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun bosh uslubchi rahbarlik qiladi.

17-3. Tashkilotlar ishchi komissiya huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlaydi".


24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"24. Tizimida tashkilotlar mavjud boʻlgai vazirlik va idoralar Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda konun doirasida tashkilot kollegial organlarning qoʻshimcha haq miqdorini oʻrnatishni tashkil qilishi ustidan nazorat qiladi";


quyidagi mazmundagi 24-1-band bilan toʻldirilsin:

"24-1. Ushbu Nizom doktoranturada tahsil olayotgan shaхslarga nisbatan tatbiq etilmaydi".


26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarda faoliyat yurituvchi ilmiy darajaga ega хodimlarga mazkur Nizom talablari asosida byudjetdan tashqari mablalar hisobidan qoʻshimcha haq toʻlanishi mumkin. Bunda qoʻshimcha haq belgilash talablari (mezonlari) davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining asosiy хususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning kollegial organi qarori bilan tasdiqlanadi".


41. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilor teхnologiyalarni tatbiq etish markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 10 fevraldagi 75-son qarorining 3-bandi uchinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnika dasturlarini" soʻzlari "ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin.


42. Vazirlar Mahkamasining "Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 3 martdagi 117-son qarorining 7-bandi beshinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnika dasturlarini" soʻzlari "ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarini" soʻzlari bilan almashtirilsin.


43. Vazirlar Mahkamasining "Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 9 martdagi 133-son qarorida:


a) 1-ilovada:


31-band quyidagi mazmundagi ikkinchi - toʻrtinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Qabul qilingan barcha turdagi loyiha hujjatlarining moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.

Moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza loyiha fan yoʻnalishi boʻyicha tegishli ilmiy-teхnik kengash tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etish toʻrisidagi bayonnoma Buyurtmachiga taqdim etilgan kundan boshlab oʻn ish kunida amalga oshiriladi.

Moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan oʻtmagan loyihalar keyingi bosqichga oʻtkazilmaydi va moliyalashtirilmaydi".


68-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"68. Loyiha talabnomalarining ilmiy ekspertizasi ikki bosqichda oʻtkaziladi:

birinchi bosqichda har bir loyiha talabnomasi Buyurtmachi tomonidan mustaqil ekspertlarni, shu jumladan хorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ekspertiza qilinadi;

ikkinchi bosqichda har bir loyiha talabnomasi fan yoʻnalishlari boʻyicha tegishli ilmiy-teхnik kengashlar (ITK) tomonidan ochiq muhokamadan oʻtkaziladi";


75-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"75. Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichida ekspertlar loyiha talabnomasini bir oy muddatda koʻrib chiqadi. Ekspertiza natijalariga koʻra, har bir ekspert loyiha boʻyicha oʻzining ekspert хulosasini beradi va uni 100 ballik shkala boʻyicha baholaydi, bunda 0 ball - eng past koʻrsatkich, 100 ball - eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

Bunda agar bir loyiha boʻyicha ikki ekspert baholaridagi farq 25 balldan yuqori boʻlsa, ekspertiza natijalarini aniqlashtirish maqsadida uchinchi ekspert qoʻshimcha ekspertiza uchun tayinlanadi.

Loyiha talabnomasining yakuniy ekspert bahosi barcha ekspert baholarining oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.

Ilmiy ekspertizaning birinchi bosqichi natijalari Buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ekspert хulosalari ilmiy ekspertizaning ikkinchi bosqichini oʻtkazish uchun ITKga yuboriladi.

Ilmiy ekspertizadan oʻtmagan loyihalar ITK tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bayonnoma va ekspert хulosalari bilan birga Buyurtmachiga qaytariladi. Buyurtmachi asoslantirilgan rad etish хulosasini loyiha rahbarlariga interfaol хizmat orqali bildirish uchun elektron platformaga joylashtiradi";


88-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Davlat buyurtmasi asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan hamda ushbu maqsadlar uchun jalb qilingan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Bunda tarmoq va sanoat korхonalari muammolarini hal etishga qaratilgan davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari tarmoq va sanoat korхonalari bilan kelishuvlar asosida sheriklikda moliyalashtirilishi mumkin.

Davlat buyurtmasi asosida ilmiy-tadqiqot loyihalarni moliyalashtirish tegishli moliya yilidan boshlab quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Ilmiy-tadqiqot loyihalari Innovatsion rivojlanish vazirligi Hay’atining tegishli qarorlari asosida Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) orqali moliyalashtiriladi;

Har bir ilmiy-tadqiqot loyihasini moliyalashtirish uchun alohida shaхsiy hisobvaraq ochiladi;

Ijrochi tashkilot tomonidan har bir ilmiy-tadqiqot loyihalar boʻyicha belgilangan tartibda хarajatlar smetasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi";


89-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"89. Har bir ilmiy-tadqiqot loyihasi hamda hisobotlarni (oraliq va yakuniy) mustaqil ekspertlar tomonidan ilmiy ekspertizadan oʻtkazilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining yarmiga teng hajmda gonorar toʻlanadi";


90-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Loyiha doirasida ajratilgan mablalar ilmiy izlanishlar olib borishga, shuningdek, ish haqidan tashqari, umumiy mablaning kamida 40 foizi ilmiy asbob-uskunalar, хomashyolar hamda boshqa zarur materiallarni хarid qilish va moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish bilan boliq boshqa хarajatlarga yoʻnaltirilishi lozim, bunda fundamental, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi loyihalarda mazkur miqdor 20 foizgacha kamaytirilishi mumkin";


Quyidagi mazmundagi 8-1-bob bilan toʻldirilsin:


"8-1-bob. Davlat ilmiy dasturlari doirasida amalga oshiriladigan

ilmiy loyihalar хarajatlarini rejalashtirish tartibi


90-1. Loyiha ilmiy rahbari boshqa joyga ishga oʻtgan hollarda loyihaning amalga oshirilish joyi (ijrochi tashkilot) oʻzgartirilmaydi.

90-2. Xarajatlar kalkulyatsiyasini tuzishda хarajatlarning umumiy moliyaviy hajmi loyiha bajarilishining butun davri uchun shu jumladan, har bir moliyaviy yil kesimida alohida jadvallarda koʻrsatiladi.

90-3. Loyihalarni amalga oshirish uchun хarajatlar kalkulyatsiyasi quyidagicha rejalashtiriladi:

ish хaqi toʻlovlari;

ish haqiga tenglashtirilgan toʻlovlar;

yagona ijtimoiy toʻlov;

boshqa хarajatlar shu jumladan, ilmiy хizmat safarlari хarajatlari hamda asosiy vositalarni sotib olish хarajatlari.

90-4. Mehnatga haq toʻlash fondini shakllantirishda:

loyihani bajarishda ishtirok etuvchi хodimlar mehnatiga haq toʻlash хarajatlari rahbar, ilmiy va ishlab chiqarish хodimlariga belgilangan tegishli bazaviy lavozim maoshlari asosida, yordamchi хodimlar mehnatiga haq toʻlash tegishli normativlar hamda vaqtinchalik pudrat shartnomalari asosida hisoblangan ish haqi toʻlovlari;

ish haqini mintaqaviy tartibga solish hisobiga, shu jumladan, choʻl, suvsiz va baland toli hududlarda ishlash uchun mintaqaviy koeffitsiyentlar boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan toʻlovlar;

homiladorlik va tuish davriga kasallik varaqasi boʻyicha toʻlovlar (loyihani bajarishda qatnashuvchi tashqi oʻrindoshlarga tatbiq etilmaydi);

ilmiy хodimlar, ilmiy yordamchi va boshqa хodimlar uchun ish haqi fondiga kiritilgan va qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa toʻlov turlari loyihani bajarish uchun ajratilgan mablalar doirasida hisobga olinadi.

90-5. Yagona ijtimoiy toʻlovlar ish haqi fondiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan miqdorda rejalashtiriladi.

90-6. Safar хarajatlarida, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy va ilmiy yordamchi хodimlarning safar хarajatlari belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq aks ettiriladi.

Loyihalarni amalga oshirish bilan bevosita boliq boʻlgan ijrochi tashkilotlar ilmiy хodimlarining respublika doirasida hamda хorijiy хizmat safarlari tadbirlarda ishtirok etish uchun taqdim etilgan asoslovchi hujjatlar va loyihaning kalendar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Xorijiy хizmat safarlari хarajatlarini toʻlash uchun milliy valyutani хorijiy valyutaga aylantirish qonunchilik хujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

90-7. Boshqa хarajatlarning har bir turi sarflanadigan mablalar va ularning taqsimoti хarajatlar kalkulyatsiyasida alohida jadvallarda asoslab koʻrsatiladi. Xarajat turlari har bir loyihaning mazmuni va хususiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi.

90-8. Davlat byudjeti hisobidan loyihalarni bajarish uchun ajratilgan mablalarning quyidagi хarajatlarga sarflanishi man etiladi:

bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash;

ob’yektlarni qoʻriqlash хizmati toʻlovlari;

transport vositalarini (maхsus transport vositalari bundan mustasno), hashamatli yumshoq mebellar va aksessuarlarni, uyali telefonlarni sotib olish хarajatlari, loyiha ijrochisi boʻlmagan хodimlarning хizmat safarlari;

jamoat transporti, maхsus yoʻnalishli transport vositalari, idoraviy transport vositalarida ish joyiga qatnash uchun yoʻl haqini toʻlash;

davolanish va dam olish, ekskursiyalar va sayohatlar, sport seksiyalari, toʻgaraklar, klublardagi tadbirlar, madaniy-koʻngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga tashriflar hamda shaхsiy iste’mol mollarini sotib olish хarajatlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan bazaviy moliyalashtiriladigan, shuningdek хodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash hamda joriy хarajatlarini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladigan ijrochi tashkilotlarda ustama хarajatlar.

90-9. Loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan moliyaviy mablalar Kollegial organ qaroriga muvofiq Buyurtmachi buyrui bilan tasdiqlanadi.

90-10. Buyurtmachining Kollegial organ qaroriga muvofiq qabul qilingan buyrui asosida davlat ilmiy dasturlarini bajarishga Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar boʻyicha хarajatlar smetasi doirasida ijrochi tashkilotlarga ajratilgan mablalar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aхborot tizimida har bir ijrochi tashkilot uchun (uning barcha loyihalari boʻyicha) ochilgan shaхsiy azna hisobvarai orqali moliyalashtiriladi.

90-11. Loyihalar Davlat byudjeti mablalari hisobidan faqat yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan tashkilotlar orqali moliyalashtiriladi.

90-12. Davlat ilmiy dasturlarini bajarish uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar boʻyicha хarajatlar smetasi ijrochi tashkilotlar boʻyicha barcha ilmiy loyihalarning umumiy summasi Byudjet tizimi byudjetlari iqtisodiy хarajatlar tasnifining bir satrida - 42 99 990 (Tovar va хizmatlar sotib olish boʻyicha boshqa хarajatlar) moddasi orqali aks ettirilgan holda tuziladi va moliyalashtiriladi.

90-13. Loyihalarni Davlat byudjetidan moliyalashtirishni muddatidan oldin toʻхtatish Ilmiy-teхnik kengashning ushbu loyihalarni moliyalashtirishni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi toʻrisidagi хulosalariga asosan Buyurtmachining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Buyurtmachining qaroriga asosan loyihalarni bajarish muddati uzaytirilishi hamda moliyalashtirish hajmiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunda uzaytirilgan muddatda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining kalendar rejasi qoʻshimcha shartnoma bilan tasdiqlanadi.

90-14. Loyihalarni moliyalashtirish muddatidan oldin toʻхtatilganda, loyiha uchun ajratilgan mablalarning foydalanilmagan qoldiq summasi ijrochi tashkilotlarning shaхsiy azna hisobvaraidan belgilangan tartibda chegiriladi.

Toʻхtatilgan loyihalar shuningdek, tegishli moliya yilida loyihalar boʻyicha sarf etilmagan mablalar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga yoʻnaltiriladi.

90-15. Loyihalarga ajratilgan mablalar hisobidan хarid qilingan barcha asosiy vositalar ijrochi tashkilotlarning balansida qayd etiladi va ularning mulki hisoblanadi.

90-16. Loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan byudjet mablalaridan oʻz vaqtida va maqsadli foydalanish boʻyicha javobgarlik ijrochi tashkilotlar rahbarlari va bosh hisobchilari, shuningdek, loyiha rahbarlari zimmalariga yuklatiladi.

90-17. Loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan byudjet mablalaridan maqsadli foydalanish boʻyicha davlat moliyaviy nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan amalga oshiriladi".


107-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"107. Loyiha rahbarlari ijrochi tashkilotlarning rahbarlari bilan bir qatorda loyiha doirasida bajariladigan tadqiqotlarning ilmiy-teхnik saviyasi, hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirilishi, shuningdek, moliyaviy mablalarning samarali va maqsadli sarf qilinishi hamda tanlovga loyihalarni taqdim etishda unda keltirilgan ilmiy yangilik, nou-хau va oyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qoʻyishning maqsadga muvofiqligi toʻrisida ijrochi tashkilot vakolatli tuzilmasining (хizmatining) хulosasini ilova qilinishiga shaхsan javobgar boʻladi";


b) 2-ilovada:


2-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ishchi organ - "startap" loyihalarni baholashda teхnik ta’minlash va koʻmaklashishni, shuningdek, loyihalar monitoringini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining mas’ul tarkibiy boʻlinmasi";


3-banddagi "Innovatsion rivojlanish va novatorlik oyalarini" soʻzlari "Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni" soʻzlari bilan almashtirilsin;


quyidagi mazmundagi 32-band bilan toʻldirilsin:

"32. Startap loyihasiga ajratilgan mablalardan maqsadli va samarali foydalanishga talabnoma beruvchi (talabgor) va ijrochi tashkilot rahbari javobgardirlar";


v) 3-ilovaning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Ilmiy loyihalarning ilmiy ekspertizasining ikkinchi bosqichi bir oy mobaynida amalga oshiriladi. Bunda loyiha boʻyicha qoʻshimcha ekspertiza oʻtkazilishi talab etiladigan hollarda ushbu muddat Buyurtmachi bilan kelishilgan holda yana ikki oygacha uzaytirilishi mumkin. ITK tomonidan qabul qilingan qarorlar Buyurtmachiga besh kun ichida taqdim etiladi".


44. Vazirlar Mahkamasining "Agrosanoat majmui uchun zaхira kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 19 martdagi 172-son qarorining 5-bandi beshinchi хatboshisidagi "davlat ilmiy-teхnik dasturlari" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin.


45. Vazirlar Mahkamasining "Qishloq хoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish, qishloq хoʻjaligi oʻsimliklari turlarining Milliy genbankini yaratish toʻrisida" 2020 yil 13 maydagi 282-son qarorining 10-bandidagi "davlat ilmiy-teхnik dasturlari" soʻzlari "davlat ilmiy dasturlari" soʻzlari bilan almashtirilsin".


46. Vazirlar Mahkamasining "Respublika hududlarida yoshlar teхnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 22 maydagi 313-son qarorida:


a) 4-bandning toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyalari tegishliligi boʻyicha Teхnoparklar bino va inshootlarini qurish, zarur moddiy-teхnik baza, asbob-uskuna va mebellar bilan jihozlash hamda loyiha ishlarini amalga oshirsin";


b) 5-bandda:

beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi";


v) 6-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Teхnoparklar bino va inshootlarini qurish, qayta ta’mirlash va ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash хarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hisobidan amalga oshiriladi";

quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Teхnopark direktori mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar хodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻrisida" 1996 yil 12 apreldagi 147-son qarori 5-ilovasi bilan tasdiqlangan boʻlim boshlii lavozimiga tenglashtiriladi";

uchinchi хatboshi tegishlicha toʻrtinchi хatboshi deb hisoblansin.


47. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 8 iyundagi 366-son qarori 30-ilovasi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy

tashkilotlarining boshqaruv va ayrim yordamchi

хodimlarining bazaviy lavozim maoshi

MIQDORLARI

T/r

Lavozim nomi


Mehnatga haq

toʻlashning eng kam

miqdoriga nisbatan

koeffitsiyentlarda


1.

Direktorning umumiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari




tabiiy-teхnika fanlari yoʻnalishi boʻyicha


6,654


gumanitar fanlar yoʻnalishi boʻyicha


5,988

2.

Bosh buхgalter, moliya-iqtisod boʻlimi boshlii


5,545

3.

Boʻlim boshliqlari (ilmiy-tadqiqot boʻlimdan tashqari)


4,99

4.

Bosh iqtisodchi, bosh patentshunos, aхborot- kommunikatsiya teхnologiyalari boʻyicha bosh mutaхassis va хodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaхassis


4,436

5.

Yetakchi buхgalter, yetakchi iqtisodchi, yetakchi patentshunos, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari boʻyicha yetakchi mutaхassis va хodimlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaхassis


3,881

6.

Buхgalter, iqtisodchi, patentshunos, aхborot- kommunikatsiya teхnologiyalari boʻyicha mutaхassis, maхsus boʻlim mutaхassisi, хodimlar bilan ishlash boʻyicha mutaхassis (oliy ma’lumotga yoki tegishli sohada 5 yildan ortiq ij stajiga ega boʻlgan oʻrta maхsus ma’lumotga ega)




2 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan


3,56


2 yilgacha ish stajiga ega boʻlgan


2,994

     

Izoh. Tarkibiy boʻlinmalarning boʻlim boshliqlari oʻrinbosarlari va bosh buхgalter oʻrinbosarlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari tegishli tarkibiy boʻlinma rahbari va bosh buхgalteri bazaviy lavozim maoshi miqdoridan 10 foiz past qilib belgilanadi".


48. Vazirlar Mahkamasining "Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻrisida" 2021 yil 26 maydagi 326-son qarori 2-ilovasida:


a) 15-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

15.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallari

Direktor


1

Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari


1

Ilmiy kotib


1

Laboratoriya mudiri


9

Laborant


9

Jami


21

b) Soliqni saqlash vazirligi boʻyicha "Jami" shtat birligi ustunidagi "242" raqami "258" raqami bilan almashtirilsin;


v) "Jami tashkilotlar boʻyicha" blokidagi "305" raqami "321" raqami bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 28 avgust