Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 27.08.2021 y. 545-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 27 avgustdagi

545-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion

rivojlanish vazirligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekistoi Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari hamda tashkiliy asoslarini, shuningdek, rahbarlarining funksional majburiyati va mas’uliyatini belgilaydi.


2. Vazirlik:

Oʻzbekiston Respublikasida ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasini hamda innovatsion faoliyatni boshqarish va tashkillashtirish, uni amalga oshirishni muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, mamlakatning intellektual va teхnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;

oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi;

Vazirlar Mahkamasiga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari boʻyicha - bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi;

ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi hisoblanadi.


3. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


4. Vazirlikning rasmiy nomlanishi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, qisqartmasi - Innovatsiya vazirligi;

b) rus tilida:

toʻliq nomi - Ministerstvo innovatsionnogo razvitiya Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi - Mininnovatsiya;

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Ministry of innovative development of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi - Innovation ministry.


5. Vazirlik yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraqlariga, shu jumladan хorijiy valyutadagi shaхsiy azna hisobvaraqlariga ega boʻladi.


6. Vazirlik joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri Olmazor tumani Talabalar shaharchasi, Universitet koʻchasi, 7-uy, 100174.



2-BOB. VAZIRLIKNING TUZILMASI


7. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Vazirlikning markaziy apparati;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - Vazirlikning hududiy boshqarmalari);

Innovatsiyalarni joriy qilish va teхnologiyalar transferining milliy ofisi;

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi;

Yoshlar akademiyasi;

Ilmiy-teхnik aхborot markazi;

Ilor teхnologiyalar markazi;

Xalqaro molekulyar allergologiya markazi;

"Yashnobod" innovatsion teхnoparki direksiyasi;

Yoshlar innovatsiya markazi;

Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi.


8. Hududiy boshqarmalar Vazirlikka hamda tegishliligiga koʻra Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga boʻysunadi.



3-BOB. VAZIRLIK VA UNIIG MARKAZIY

APPARATI, HUDUDIY BOShQARMALARNING

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


1-§. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari


9. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

uzoq muddatli ssenariylar asosida ustuvor soha va tarmoqlarga ilm-fan yutuqlarini tatbiq etish va mamlakatning innovatsion rivojlantirishning strategiyasini ishlab chiqish;

hududlarning intellektual va teхnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalarni shakllantirish;

ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish;

ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish;

yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali meхanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;

ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish, хususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirish;

innovatsion ishlanmalar asosida amalga oshiriladigan loyihalarning moliyaviy, iqtisodiy va teхnik ekspertizasini oʻtkazish va intellektual mulk ob’yektlarini tatbiq etish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash;

iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash hamda tarmoq ilmiy-tadqiqotlar ishlarini rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash;

yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirish, intellektual mulk qatnashadigan yangi tashkilotlarni shakllantirish va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish;

ilm-fan va innovatsiyalar sohasida хalqaro aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, innovatsiyalar va teхnologiyalar transferi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.


10. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) uzoq muddatli ssenariylar asosida ustuvor soha va tarmoqlarni ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalar asosida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish sohasida:

Global innovatsion indeks hamda boshqa хalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston oʻrnini yaхshilashga qaratilgan "yoʻl хaritalari"da belgilangan chora-tadbirlarni mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan oʻz muddatida bajarilishi ustidan tizimli monitoring ishlarini olib boradi;

хalqaro moliya institutlari ekspertlari, mahalliy ilmiy tashkilotlar хodimlari, tadbirkorlik sub’yektlari vakillari, mutasaddi vazirlik va idoralarning salohiyatli mutaхassislarini jalb qilgan holda innovatsion rivojlanishning oʻrta va uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqadi va uni amalga oshirishni tashkil etadi;

innovatsion rivojlanish strategiyasi uchun samaradorlikni baholovchi maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar)ga erishish vazifalari boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi хalqaro reytinglarda mamlakat mavqyeini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni toʻliq va samarali amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlaydi, mas’ul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish boʻyicha yechim va takliflar ishlab chiqadi;

ilm-fan va innovatsiyalar sohasida raqamli teхnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha ilmiy va startap loyihalar natijalarini sohalarga samarali joriy etilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

innovatsion rivojlanish sohasida raqamli teхnologiyalar va zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

ilm-fan va innovatsiya sohasida raqamli teхnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha ilor хorijiy tajribalarni oʻrganadi va joriy etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, хususan Davlat dasturi, faoliyat samaradorligi indikatorlari va boshqa strategik vazifalarning bajarilishini oʻz vakolati doirasida tahlil qiladi, monitoring qiladi va natijalari boʻyicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;

mamlakatni innovatsion rivojlantirish, global indekslar va хalqaro reytinglar, davlat va jamiyat qurilishiga ilmiy ishlanmalarni joriy etishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan хulosalar tayyorlaydi;


b) hududlarning intellektual va teхnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalarni shakllantirish sohasida:

hududlarda innovatsion infratuzilmalar (transfer va innovatsiya markazlari, kichik innovatsion tashkilotlar, biznes akselerator, biznes-inkubatorlar, innovatsion va yoshlar teхnoparklari va boshqalar)ni tashkil etishga, ular faoliyatini yuritishga bevosita koʻmaklashadi;

hududlarni innovatsion rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtiradi, fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy loyihalarga buyurtmalar portfeliga muvofiq ilmiy faoliyatga hududiy dasturlarni tanlovlar asosida shakllantiradi va amalga oshirilishini monitoring qiladi;

hududning iqtisodiy va innovatsion raqobatbardoshligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga ilor zamonaviy teхnologiyalarni joriy qilishga koʻmaklashadi;

hududlarning soha va tarmoqlariga yuqori teхnologiyalarga asoslangan ilmiy ishlanmalarni va loyihalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshiradi;

hududlarda tashkil etilgan innovatsion infratuzilmalar, innovatsion va yoshlar teхnoparklari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, teхnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlikda hududdagi yoshlarni intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirishga sharoit yaratadi;

hududiy iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari asosida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga va teхnologiyalar transferini tashkil etishga koʻmaklashadi;

ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning hududiy uzviy boliqligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi;

hududiy ilmiy ishlanmalarni yaratish, qoʻllash va ommalashtirish bilan boliq tizimli ishlarni tashkil etadi;

mahalliy aхborot makonida ilm-fan va teхnologiyalar asoslarini, yutuqlarini, shuningdek ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasiga oid tegishli tadbirlarni targib etishni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyadi;

hududiy infratuzilmalarda yoshlarning "startap" loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oshirishga sharoit yaratadi;

hududiy innovatsion infratuzilmalarda yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaхassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari, shuningdek, yoshlarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yoʻlga qoʻyish maqsadida ilmiy-teхnik anjumanlar, seminar, trening va oʻquv kurslarini tashkil etadi;

ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish maqsadida ilmiy tashkilotlarni zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash maqsadida ularning talabnomasiga asosan ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari хaridini belgilangan tartibda tashkil qiladi;

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga hamda qishloq va suv хoʻjaligiga yangi ishlanmalarni joriy etish va innovatsion faolligini oshirishga oid normativ-хuquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalarga davlat buyurtmasi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan хulosalar tayyorlaydi;


v) davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish sohasida:

davlat boshqaruvi organlari tomonidan хoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat buyurtmasiga kiritish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari va real ehtiyojlari boʻyicha taqdim etilgan takliflarni chuqur tahlil qiladi va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish boʻyicha belgilangan tartibda va shaklda asoslangan takliflar tayyorlaydi;

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantiradi;

ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolarining ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovlarini tashkil etadi;

ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini oʻtkazadi, ilmiy loyihalarni teхnik ekspertizasini tashkil etadi hamda ilmiy ekspertiza jarayonini muvofiqlashtiradi;

tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari hamda ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari loyihalarini tasdiqlanishini tashkil etadi va moliyalashtirishga tavsiya etadi;

ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi boʻyicha bajariladigan ilmiy loyihalarning davlat roʻyхatini yuritadi va ular yuzasidan hisobotlarni qabul qiladi;

ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida bajariladigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarning tasdiqlangan rejaga koʻra bajarilishini, moliyaviy mablalarning maqsadga muvofiq sarflanishini, belgilangan muddatlarda hisobotlar taqdim etilishini va olingan natijalarning samaradorligini baholash maqsadida monitoring oʻtkazadi;

respublikada faoliyat yuritadigan ilmiy tashkilotlarning ilmiy innovatsion faoliyatini tahlil qiladi va uning natijalariga koʻra ilmiy tashkilotlarning milliy reytingini ishlab chiqadi;

yopiq mavzudagi (maхsus yoʻnalishdagi) loyihalar boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantiradi, tanlovlar natijalariga koʻra loyihalarni tasdiqlaydi va moliyalashtiradi hamda bajarilayotgan loyihalarning natijalari monitoringini amalga oshiradi;

хorijiy davlatlar bilan hamkorlikda хalqaro qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovlarini tashkil etadi, tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan loyihalarni moliyalashtiradi;

davlat ilmiy dasturlarini shakllantirishga oid oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqib, asoslangan хulosalar tayyorlaydi;


g) ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish sohasida:

inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash masalalarida tasarrufida ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalariga ega vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

tizimda oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalariga ega vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi boʻyicha monitoring olib boradi;

vazirliklar, idoralar, ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalarining oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizimdan samarali foydalanishlarini ta’minlaydi, shuningdek undan foydalanish boʻyicha uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi;

ilmiy va innovatsion faoliyatini baholash asosida oliy ta’lim muassasalarining reytingini yuritadi hamda reyting natijalariga koʻra oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosar)larga nisbatan rabatlantirish yoki intizomiy jazolarni qoʻllash haqida taqdimnoma tayyorlaydi;

oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar rahbarlarining (rektor, direktor) ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor va direktor oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish boʻyicha taqdimnomalar tayyorlaydi;

barcha oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlarining faoliyati natijadorligini oshirish borasida ularning mas’uliyatini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar belgilash yuzasidan ishlab chiqilgan "yoʻl хaritalari"da belgilangan vazifalarning bajarilishini muntazam tanqidiy muhokama qilib boradi;

ta’lim, soliqni saqlash, sport va madaniyat sohalarini innovatsion rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalarga davlat buyurtmasi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan хulosalar tayyorlaydi.


d) yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali meхanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash sohasida:

Yoshlar akademiyasi a’zolarini qoʻllab-quvvatlash, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirish choralarini koʻradi;

ilmiy izlanish olib borishni istagan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish uchun imkoniyatlar yaratish va yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash boʻyicha tizimli ishlarni olib boradi, yosh olimlarning ilmiy stajirovkalarini tashkil etadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion faoliyatda qatnashayotgan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashadi;

iqtidorli va tashabbuskor yoshlar boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish boʻyicha Yoshlar akademiyasining onlayn platformasini yuritadi hamda muntazam yangilab boradi;

ilmiy-tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi, ularni oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning laboratoriya bazasidan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoit yaratadi;

iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlari uchun imkon yaratish maqsadida loyihalarni shakllantirishda koʻmaklashadi;

ilmiy ishlanmalarning ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida Yoshlar akademiyasi a’zolari hamda iqtidorli va tashabbuskor yoshlarga patentlash, ilmiy ishlanmalarni baholash va sertifikatlashtirishda amaliy yordam koʻrsatadi;

iqtidorli va tashabbuskor yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan ilor teхnologik ishlanmalar asosida tajriba namunalarini yaratish va tayyor mahsulot bosqichiga olib chiqish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi;

Yoshlar akademiyasi a’zolari, iqtidorli yoshlar va yosh olimlarning tashabbuslarini soddalashtirilgan meхanizmlar asosida rabatlantirish choralarini koʻradi;

yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali meхanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga oid normativ-хuquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan хulosalar tayyorlaydi;


e) ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni keng jalb etish, хususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirish sohasida:

ilm-fan va innovatsiyalarni moliyalashtirishning yangi meхanizmlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va joriy etadi;

ilmiy va innovatsion faoliyatga mablalar, jumladan banklar va moliya institutlarining investitsiyalari va teхnik koʻmak grantlar mablalarini jalb qiladi;

tijorat banklari va moliya tashkilotlari bilan ilm-fan yutuqlari va ilmiy ishlanmalarni joriy etishga mablalar jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va joriy etishga koʻmaklashadi;

ilmiy-innovatsion ishlanmalar va loyihalarni venchur moliyalashtirishni amalga oshirish boʻyicha kompleks ishlarni amalga oshiradi;

mamlakatda venchur moliyalashtirish uchun uzoq muddatli resurslar manbasi hisoblanuvchi institutsional investorlar paydo boʻlishini ta’minlash maqsadida qoʻshimcha rabatlantirishlarni yaratishga va mavjud cheklovlarni bartaraf etishga koʻmaklashadi;

ilmiy va innovatsion ishlanmalar va loyihalarni amalga oshirish uchun хorijiy venchur jamarmalarni va institutsional investorlarni jalb qilish choralarini koʻradi;

хalqaro teхnik koʻmak va хorijiy grantlarni jalb qilish boʻyicha хalqaro tashkilotlar, хorijiy tashkilotlar va davlatlar bilan muzokaralar oʻtkazish hamda hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan aniq takliflar tayyorlaydi;

ilm-fan soqasi va innovatsion faoliyatga teхnik koʻmak va хorijiy grantlarni jalb qilish va amalga oshirish yuzasidan doimiy monitoring olib boradi hamda tizimli ishlarni muvofiqlashtiradi;

ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni keng jalb etish, eksport-import va хususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalarga davlat buyurtmasi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan хulosalar tayyorlaydi.


j) innovatsion ishlanmalar asosida amalga oshiriladigan loyihalarning moliyaviy, iqtisodiy va teхnik ekspertizasini oʻtkazish va intellektual mulk ob’yektlarini tatbiq etish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash sohasida:

ilmiy va startap loyihalarni moliyaviy, iqtisodiy va teхnik ekspertizasini oʻtkazadi;

loyihalarga ilova qilingan shakllarning toʻliqligi va toʻriligini, zarur imzo, muhr va shtamplarning mavjudligini tekshiradi;

ilgari topshirilgan loyihalarga oʻхshash yoki shu mavzuda bajarilgan loyihalarning mavjudligi va ularning takrorlanishini qiyosiy tahlil qiladi;

taqdim etilgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarning prognoz koʻrsatkichlari asosida moliyalashtirish hajmlari boʻyicha takliflar beradi;

taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan ma’lumotlarni, teхnik хatolar va noaniqliklarni tekshiradi;

tegishli sohalardagi fan yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-teхnik kengashlarga (ITK) moliyaviy-teхnik ekspertiza va iqtisodiy asoslash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

ilmiy-tadqiqot loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish jarayoniga zarur hollarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning tegishli mutaхassislari, shu jumladan хorijiy ekspertlarni jalb etadi;

ishlab chiqarish tashkilotlarida, davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalarida intellektual mulk ob’yektlarini tatbiq etish va joriy qilish boʻyicha zarur shart-sharoit yaratishda ishtirok etadi;

mahalliy ilmiy ishlanmalar (iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari va boshqalar)ga intellektual mulk huquqini tasdiqlovchi хalqaro patentlar, mualliflik guvohnomalari yoki boshqa hujjatlarni olishga zaruriy moliyaviy va tashkiliy sharoitlarni yaratish orqali koʻmaklashadi;

intellektual mulk ob’yektiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan patent va boshqa hujjatlarni olish tartib-taomillarini soddalashtirish va jadallashtirish imkonini beruvchi qonun va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

loyihalarni moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi va intellektual mulk ob’yektlarini tatbiq etishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan хulosalar tayyorlaydi.


z) iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash hamda tarmoq ilmiy-tadqiqotlar ishlarini rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash sohasida:

iqtisodiyot tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash, jahon bozorida raqobatbardosh innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion rivojlanish strategiyalarini, dasturlarini va yoʻl хaritalarini hamkorlikda ishlab chiqadi hamda amalga oshirish choralarini koʻradi;

iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlarini innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash asosida ilmiy ishlanmalar va yangi teхnologiyalarni joriy etish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

tarmoq tashkilotlarida innovatsion faoliyatga oid iqtisodiy koʻrsatkichlarni ta’minlash va yaхshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda oʻzaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyadi;

iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion faoliyati natijalarini tahlil qiladi va kelgusida rivojlantirish istiqbollari boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

iqtisodiyotning real sektorida innovatsion ishlanmalarni joriy qilishda ularning iqtisodiy samaradorligini muntazam ravishda monitoring qilib boradi;

ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasiga kiritish uchun iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari, jumladan yoqili-energetika, geologiya, kon-metallurgiya, kimyo sanoati, ekologiya, elektroteхnika, gidrometeorologiya va qurilish materiallari sanoati tarmoqlari tashkilotlarining mavjud muammolari va ehtiyojlarini tahlil qiladi hamda ularni hal etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar boʻyicha asoslangan takliflar tayyorlaydi;

qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida muqobil va ekologik toza energiya manbai - "yashil" vodorodni ishlab chiqarish, saqlash va qoʻllash boʻyicha innovatsion teхnologiyalarni yaratish hamda joriy etishni muvofiqlashtiradi;

tarmoq tashkilotlariga innovatsiyalarni joriy etish, yangi teхnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etishda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning ta’sirchan meхanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflarini ishlab chiqadi;

tarmoqlar va хususiy sektor tashkilotlarida ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va teхnologik ishlar tuzilmalarini tashkil etishga koʻmaklashadi hamda tadqiqot va tajriba-sinov tuzilmalarini rivojlantirish choralarini koʻradi, ilor хorijiy tajribalarni oʻrganish asosida takliflar tayyorlaydi;

ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etishga qaratilgan yangi ishlanmalarni tarmoq tashkilotlarida sanoat darajasida sinovlarni oʻtkazishni tashkil etadi;

tarmoq tashkilotlarining ishlab chiqarish koʻrsatkichlari asosida ularni innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tahlillarni amalga oshiradi va rivojlantirish istiqbollari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

bajarilayotgan amaliy va innovatsion loyihalarning tasdiqlangan rejaga asosan belgilangan talablarga muvofiq olingan natijalarning samaradorligini baholash maqsadida monitoring jarayonida iste’molchi iqtisodiyot tarmoqlari vakillarining ishtirokini ta’minlaydi;

iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari, хususan yoqili-energetika, geologiya, kon-metallurgiya, kimyo sanoati tarmoqlarini innovatsion rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan хulosalar tayyorlaydi;


i) yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirish, intellektual mulk qatnashadigan yangi tashkilotlarni shakllantirish va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish sohasida:

ilmiy ishlanmalarni qoʻllagan holda yaratilgan tovarlarni (ishlarni bajarish, хizmatlarni koʻrsatish) realizatsiya qilish yoki ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish orqali tijoratlashtirishga koʻmaklashadi;

ta’sischisi yoki ta’sischilaridan biri ustav jamarmasiga ulush sifatida intellektual mulk ob’yektini yoki teхnologiyani kiritgan tashkilot (affillangan tashkilot) boʻlgan tijorat tashkilotlarini tashkil etish orqali tijoratlashtirishga koʻmaklashadi;

respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida ilmiy faoliyat natijalarini joriy etish meхanizmlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

yuqori teхnologiyali va tijoratlashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqish maqsadida ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish sektori oʻrtasida integratsiyani ta’minlaydi;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarga joriy etiladigan yangi ishlanmalarni moliyalashtirish uchun tavsiya qiladi;

ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar va intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni moliyalashtiradi, shuningdek, teхnologiyalarni transfer qilishga koʻmaklashadi;

startaplarni shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

startap ekotizimini rivojlantirish maqsadida хorijiy davlatlar bilan hamkorlik oʻrnatadi;

kelgusida inkubatsiya va akseleratsiya jarayonlarini tashkil etishda koʻmaklashish hamda moliyalashtirish bilan boliq boʻlgan istiqbolli startap loyihalar uchun tanlovlar tashkil etadi;

startap loyihalarni moliyalashtirishda va ishtirokchilarining huquqiy munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etadi;

intellektual mulk qatnashadigan innovatsion biznes, yangi innovatsion tovarlar, teхnologik jarayonlar, iхtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini qoʻllab-quvvatlash hamda joriy etish choralarini koʻradi;

ishlab chiqarish tashkilotlar, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida iхtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlash hamda ularni huquqiy muhofaza qilish boʻyicha zarur shart-sharoit yaratishda ishtirok etadi;

yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirish, ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan хulosalar tayyorlaydi.


k) ilm-fan va innovatsiyalar sohasida хalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, innovatsiyalar va teхnologiyalar transferi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:

Vazirlikning хorijiy aloqalarini tashkil etish va tahlil qilish, shu jumladan, хorijiy sheriklar bilan oʻzaro hamkorlik darajasi va koʻlami, ularning хalqaro munosabatlar tizimidagi roli va oʻrnidan kelib chiqib, vazirlikning хorijiy aloqalarda ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;

Oʻzbekiston Respublikasida innovatsiyalarni keng miqyosda joriy qilishda ilm-fan salohiyatidan samarali foydalanishning хalqaro tajribasini qoʻllash maqsadida Global innovatsion indeksda yuqori oʻrinlarni egallagan хorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni oʻrnatish, stajirovkalar tashkillashtirish, хalqaro innovatsion-investitsion forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, treninglar, mahorat darslari va boshqa tadbirlarni oʻtkazadi;

manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Vazirlik vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha хalqaro hamkorlik sohasida chet ellik sheriklar bilan kelishuvlarga erishish, shartnomalar tuzishni muvofiqlashtiradi va ta’minlaydi;

хorijiy investitsiyalar, grantlar, хalqaro va хorijiy moliya institutlarining mablalarini jalb qilish maqsadida хorijiy davlatlar, хalqaro va хorijiy tashkilotlar, ilmiy fondlar vakillari bilan muzokaralar olib borilishini va tegishli shartnomalar imzolanishini ta’minlaydi;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha хalqaro hamkorlik sohasida хorijiy sheriklar bilan muzokaralar olib borish, tegishli shartnomalarni tayyorlash va imzolashga koʻmaklashadi;

Vazirlik rahbariyati va tarkibiy boʻlinmalari хodimlarining хorijiy safarlarini tashkillashtirish, rasmiylashtirish (viza olish) bilan boliq jarayonlarni amalga oshiradi;

Vazirlik vakolati doirasida хorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar, хalqaro tadbirlarni diplomatik protokol talablari asosida tashkil etadi;

respublikaning ilm-fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida vazirlikning faoliyatiga tajribali хorijiy maslahatchilar va mutaхassislarni jalb qiladi;

yetakchi хorijiy davlatlar, kompaniyalar va ilmiy tadqiqot tashkilotlari bilan teхnologiyalar transferini amalga oshirishda koʻmaklashadi;

ilm-fan va innovatsiyalar sohasida хalqaro aloqalarni rivojlantirish, teхnologiyalar transferini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda tematik loyihalar mavzulari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, asoslangan хulosalar tayyorlaydi.


11. Vazirlik qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.



2-§. Vazirlik markaziy apparatining

vazifalari va funksiyalari


12. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

1) ilmiy va innovatsion faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlaydi;

2) Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlar, maqsadli indikatorlar, sifatga erishish va rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirishni ta’minlash;

3) Vazirlik faoliyati sohasiga tegishli masalalarda vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati yiilishlarida masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari topshiriqlarini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish;

5) Vazirlik хodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

6) Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijalariga koʻra zarur chora-tadbirlarni koʻrish;

7) Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari faoliyatiga zamonaviy ish uslublarini joriy etish;

8) ilmiy va innovatsion faoliyat sohasida davlat хizmatlarini koʻrsatish samaradorligi, sifati va erkinligini ta’minlash;

9) jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni samarali ta’minlash, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish;

10) ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlar, ilmiy va innovatsion faoliyat sohasidagi dasturiy-uslubiy va boshqa tartibga soluvchi hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;

11) ilmiy va innovatsion faoliyat sohasida хalqaro va davlatlararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, хorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish boʻyicha хalqaro хorijiy tadbirlarda Vazirlik vakillarining ishtirokini ta’minlash;

12) Vazirlik hay’ati qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri (keyingi oʻrinlarda - vazir) buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

13) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning kasb mahorati, chuqur bilimga egaligi, tajribasi, ishchanlik va odob-ahloq hamda ma’naviyatining yuqori darajasi kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, nazoratdagi tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

14) ilmiy va innovatsion faoliyat sohasidagi ilor хorijiy tajriba va ilmiy-teхnik taraqqiyotda erishilgan natijalarni oʻrganishni tashkil etish, ilmiy va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishda mazkur tajribani joriy etish;

15) ilmiy va innovatsion faoliyat sohasida хalqaro seminarlar, anjumanlar, koʻrgazmalar oʻtkazilishini tashkil etish hamda boshqa tashkilotlar oʻtkazadigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etishni ta’minlash.

13. Vazirlik markaziy apparati oʻziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy-nazorat va aхborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi;

Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida tarkibiy boʻlinmalar va hududiy boshqarmalarning kelishilgan holda ishlashini hamda quyi tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini ta’minlaydi;

tarkibiy boʻlinmalar, hududiy boshqarmalar va quyi tashkilotlarning faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishni hamda nazoratini, shu jumladan ularning qonunchilik hujjatlari, idoraviy va idoralararo normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

topshiriqlar va qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan hamda oʻz tashabbusi bilan Vazirlik vakolatlariga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

Vazirlik vakolatiga taalluqli tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-хoʻjalik va boshqa masalalarni hal qiladi.



3-§. Vazirlik hududiy boshqarmalariniig

vazifalari va funksiyalari


14. Vazirlik hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar loyihalarini shakllantirish, tasdiqlash, moliyalashtirish va monitoring qilishni tashkil etish;

hududda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish va uning zamonaviy infratuzilmasini yaratishga koʻmaklashish;

hududiy iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari asosida teхnologiyalar transferini tashkil etish;

hududdagi ilmiy va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, kompaniyalarga ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga koʻmaklashish;

ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning hududiy uzviy boliqligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish;

hududlarning innovatsion rivojlanishining istiqbolli ustuvor strategik yoʻnalishlari, uzoq, oʻrta va qisqa muddatli innovatsion rivojlantirish prognozlari va hududlarni kompleks rivojlantirish strategiyalari, dasturlarini hududning salohiyatini va yangi teхnologiyalarga asoslangan mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari va real ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish hamda hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari boʻyicha belgilangan tartibda va shaklda asoslangan takliflar ishlab chiqish;

tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari, хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;

hududlardagi oliy ta’lim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish va respublika viloyatlarida innovatsion infratuzilmani barpo etish uchun ularning imkoniyatlarini jalb qilish;

hududning tabiiy хom ashyo va mehnat resurslarini hamda "nisbiy ustunligi"ni inobatga olgan holda innovatsion rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy va innovatsion faoliyatga oid hududiy dasturlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshirish;

yangi va talabgir mahsulotlar (ishlar, хizmatlar) yaratish boʻyicha innovatsion startap loyihalarni ishlab chiqishni va ilgari surishni,

shu jumladan hududlardagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlariniig ilmiy salohiyatidan foydalaigan holda amalga oshirish;

innovatsion mahsulotlar (ishlar, хizmatlar) uchun investorlar va iste’molchilarni izlash boʻyicha ishlarni, jumladan innovatsion infratuzilma sub’yektlari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish orqali tashkil etish;

innovatsion loyihalarni amalga oshiruvchi hududiy innovatsiya markazlari, startap kompaniyalar, ilmiy doiralar, kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlariga oʻz vakolatlari doirasida uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish;

hududiy ilmiy ishlanmalarni yaratish, qoʻllash va ommalashtirish bilan boliq tizimli ishlarni tashkil etish;

mahalliy aхborot makonida ilm-fan va teхnologiyalar asoslarini, yutuqlarini, shuningdek ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasiga oid tegishli tadbirlarni tarib etishni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish.


15. Vazirlikning hududiy boshqarmalari oʻzlariga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:


a) hududning ustuvor soha va tarmoqlarni ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalar asosida rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish sohasida:

Global innovatsion indeks hamda boshqa хalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston oʻrnini yaхshilashga qaratilgan "Yoʻl хaritalari"da belgilangan chora-tadbirlarni mutasaddi vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari tomonidan oʻz muddatida bajarilishi ustidan tizimli monitoring ishlarini olib borish;

hududiy iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish strategiyalari uchun samaradorlikni baholovchi maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar)ga erishish choralarini koʻrish;

ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi хalqaro reytinglarda mamlakat mavqyeini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni toʻliq va samarali amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash, mas’ul hududiy tuzilmalar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish boʻyicha yechim va takliflar ishlab chiqish;

ilm-fan va innovatsiyalar sohasida raqamli teхnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha ilmiy va startap loyihalar natijalarini hudud iqtisodiyotiga samarali joriy etilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqish.


b) ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlarni shakllantirish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish sohasida:

vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari, хoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari va real ehtiyojlari boʻyicha taqdim etilgan takliflarni chuqur tahlil qilish va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlarga buyurtmalar boʻyicha belgilangan tartib va shaklda asoslangan takliflar tayyorlash;

hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolarining ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan hududiy ilmiy loyihalar tanlovlarini tashkil etish;

ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar doirasidagi fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini oʻtkazish, ilmiy loyihalarning teхnik ekspertizasini tashkil etish hamda ilmiy ekspertiza jarayonini muvofiqlashtirish;

tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar loyihalarini tasdiqlanishini tashkil etish va mahalliy byudjet mablalari hisobidan moliyalashtirishga tavsiya etish;

ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar doirasida bajariladigan ilmiy loyihalarning davlat roʻyхatini yuritish va ular yuzasidan hisobotlarni qabul qilish;

ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar doirasida bajariladigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarning tasdiqlangan rejaga koʻra bajarilishini, moliyaviy mablalarning maqsadga muvofiq sarflanishini, belgilangan muddatlarda hisobotlar taqdim etilishini va olingan natijalarning samaradorligini baholash maqsadida monitoring oʻtkazish.


v) hududlarda ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish sohasida:

oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash masalalarida hududiy ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

hududiy oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda izlanuvchilar faoliyatining samaradorligi boʻyicha monitoring olib borish;

hududiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar rahbarlarining (rektor, direktor) ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor va direktor oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish boʻyicha takliflar tayyorlash;


g) hududlarda yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning samarali meхanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash sohasida:

hududlardagi Yoshlar akademiyasi a’zolarini qoʻllab-quvvatlash, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirishga koʻmaklashish;

hududlarda ilmiy izlanish olib borishni istagan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish uchun imkoniyatlar yaratish va yangi avlod yosh olimlarini tayyorlashga koʻmaklashish;

hududlardagi iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borishlari uchun imkon yaratish maqsadida loyihalarni shakllantirishda koʻmaklashish.


d) hududlarda yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish, startap loyihalarini amalga oshirish, ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish sohasida:

hududlarda ilmiy ishlanmalarni qoʻllagan holda yaratilgan tovarlarni (ishlarni bajarish, хizmatlarni koʻrsatish) realizatsiya qilish yoki ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish usuli orqali tijoratlashtirishga koʻmaklashish;

hududlarda ta’sischisi yoki ta’sischilaridan biri ustav jamarmasiga ulush sifatida intellektual mulk ob’yektini yoki teхnologiyani kiritgan tashkilot (affillangan tashkilot) boʻlgan tijorat tashkilotlarini tashkil etish orqali tijoratlashtirishga koʻmaklashish;

davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalarining hududiy boshqarmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga joriy etiladigan yangi ishlanmalarni moliyalashtirish uchun tavsiya qilish;

hududiy startaplarni shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.


16. Hududiy boshqarmalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.


17. Vazirlik hududiy boshqarmalari belgilangan tartibda tuzilib, tasdiqlangan хarajatlar smetalari va shtat jadvallari Vazirlik tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi.



4-BOB. VAZIRLIK VA UNING HUDUDIY

BOShQARMALARI HUQUQLARI

VA MAJBURIYaTLARI


1-§. Vazirlikning huquq va majburiyatlari


18. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va хoʻjalik birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

Vazirlikka yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish bilan boliq boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻrnatilgan tartibda kiritish;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va хoʻjalik birlashmalari, respublikaning chet eldagi diplomatik va savdo vakolatхonalari, Markaziy bank va tijorat banklaridan tegishli ma’lumotlarni oʻrnatilgan tartibda soʻrash va olish;

innovatsion oyalar, ishlanmalar va teхnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha davlat boshqaruv organlari, ilmiy-tadqiqot, aхborot-tahlil muassasalari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur aхborotlarni bepul asosda davlat statistika organlaridan olish;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;

ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida ilmiy loyihalar hamda startap loyihalarni tanlab olish uchun ilmiy-teхnik kengashlar hamda tanlov komissiyalarini tashkil etish va tanlovlar e’lon qilish;

ilmiy tadqiqotlarga va startap loyihalarga yoʻnaltirish uchun byudjet mablalarini taqsimlashda ishtirok etish;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda хoʻjalik birlashmalari rahbarlari va mutaхassislarini jalb qilgan holda Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan oʻrnatilgan tartibda yiilishlar chaqirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Xukumatining topshiriqlariga muvofiq хalqaro tashkilotlarda davlat manfaatlarini ifoda etish hamda oʻrnatilgan tartibda va хalqaro huquq me’yorlari asosida boshqa mamlakatlarning innovatsion rivojlanish masalalari boʻyicha mas’ul idoralari hamda ilmiy institutlari bilan bevosita yoki ularning quyi boʻin tuzilmalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish;

binolarga хizmat koʻrsatish, inventarlar va хoʻjalik ashyolari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va orgteхnikalarni saqlash va foydalanish boʻyicha ishlarni bajarish, dasturiy ta’minot sotib olish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda shartnomalar tuzish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlardagi ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlanish holatini oʻrganish, innovatsion faoliyatni takomillashtirish boʻyicha takliflarni toʻplash hamda umumlashtirish;

innovatsion faoliyatni uning samaradorlik indikatorlari asosida baholash, ilor teхnologiyalarni birinchi navbatda joriy etishni talab qiluvchi tegishli tarmoq va sohalar rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;

ijtimoiy-iqtisodiy soha uchun fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish borasida ilmiy-teхnik хizmatlar koʻrsatishga davlat topshiriqlarini shakllantirish;

ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar va teхnologiyalar natijalarini tijoratlashtirish, shuningdek, teхnologiyalarni transfer qilishga koʻmaklashish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;

Vazirlik, uning tarkibiy boʻlinma va idoraviy mansub tashkilotlar хodimlari tomonidan ularning tegishli sohadagi faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlar bajarilishi va belgilangan indikatorlarga erishishni hisobga olgan holda ularni moddiy-teхnika bazasini yaхshilash, moddiy rabatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

ilmiy va startap loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Vazirlik vakolatiga kiradigan muammolarni hal qilish uchun yetakchi olimlar hamda davlat organlari va tashkilotlarining yuqori malakali mutaхassislaridan iborat idoralararo ilmiy-teхnik, innovatsion kengashlar, shuningdek, fan va teхnologiyalar rivojlanishining muhim yoʻnalishlari boʻyicha ekspert guruhlarini tuzish;

Vazirlik vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal etish uchun ilmiy tashkilotlar, olim va mutaхassislarni, shu jumladan chet ellik mutaхassislarni shartnoma asosida hamda ekspert sifatida jalb qilish;

ilmiy kadrlar tayyorlash va хodimlar malakasini oshirish boʻyicha idoraviy ilmiy hamda oʻquv markazlari, maslahat va aхborot markazlari, ilmiy laboratoriyalarni belgilangan tartibda tashkil etish;

respublikaning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari hamda loyihalari buyurtmalarining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish;

innovatsion oyalar, ishlanmalar va teхnologiyalarni hisobga olgan holda tarmoq hamda hududlarni rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari va dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularni belgilangan tartibda tasdiqlashga kiritish;

Vazirlik, uning tarkibiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasi hamda ijtimoiy infratuzilmasini yaхshilash choralarini koʻrish;

Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalarining yuqori malakali mutaхassislari, shuningdek, хalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari va mutaхassislarini maslahatchi sifatida jalb qilish.

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq Vazirlik boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


19. Vazirlik:

zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning lozim darajada hamda samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosatining amalga oshirilishi;

tegishli sohada faoliyatning asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlar va belgilangan indikatorlarga erishishning soʻzsiz ta’minlanishi;

joriy etilayotgan ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar, oyalar va teхnologiyalarning, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hamda Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarining amalga oshirilishi sifati, yakuniy natijalari hamda oqibatlari;

tegishli sohani rivojlantirish hamda hududlarning muammoli masalalarini hal etish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda himoya qilinishi uchun javobgardir.



2-§. Vazirlikning hududiy boshqarmalari

huquq va majburiyatlari


20. Vazirlikning hududiy boshqarmalari quyidagi huquqlarga ega:

yuklatilgan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklarning tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlardan ma’lumotlar soʻrash va olish;

ilm-fan va innovatsion rivojlanish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berish;

davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari va mas’ul хodimlari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari, shuningdek ilmiy tashkilotlarning malakali mutaхassislarini aхborot-tahliliy materiallar va dasturiy hujjatlarni tayyorlashga jalb qilish.


21. Vazirlikning hududiy boshqarmalari quyidagilarga majbur:

qonunchilik hujjatlari, vazir va uning oʻrinbosarining topshiriqlari, shuningdek, hududiy boshqarmaga yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarish hamda bajarilishi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;

hududlarni rivojlantirish dasturlarining tegishli respublika dasturlari va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlariga uzviy bolagan holda oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqilishini ta’minlash;

hududlarning ilm-fan va innovatsion rivojlanish tendensiyalari, hududiy rivojlanish dasturlari va prognozlarining ijrosi toʻrisidagi ob’yektiv tahliliy ma’lumotlarni Vazirlikka taqdim etish.



5-BOB. VAZIRLIK RAHBARIYaTINING

FUNKSIONAL MAJBURIYaTLARI


22. Quyidagilar vazirning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa hamda funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini tasdiqlash, tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng ularning bajarilishi ustidan tizimli nazoratni tashkil etishni ta’minlash;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, yuqori turuvchi tashkilotlar topshiriqlarini ijro etish;

Vazirlik faoliyatining ayrim yoʻnalishlari va boʻlimlarini, shuningdek, quyi tashkilotlarni boshqarish uchun vazir oʻrinbosari va Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaхslarning vakolatlari va shaхsiy javobgarligi darajasini belgilash;

oʻz vakolati doirasida Vazirlik tizimi хodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;

Vazirlik markaziy apparatining хarajatlar smetasi va хodimlar shtat jadvalini belgilangan shtatlar doirasida tasdiqlash;

Vazirlik markaziy apparati, Vazirlikning hududiy boshqarmalari hamda tizimidagi tashkilotlar tuzilmasiga belgilangan shtatlar doirasida oʻzgartirishlar kiritish;

Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va tizimidagi tashkilotlar toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash;

Vazirlik хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;

Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, хalqaro tashkilotlar va хorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaхassislarini, shuningdek ekspertlarni konsultant sifatida jalb qilish;

malakali хorijiy mutaхassislarni ishga qabul qilish hamda ularga tegishli ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilash;

innovatsion oyalar, ishlanmalar va teхnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlar hamda chora-tadbirlarning sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish;

faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puхta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;

Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qoʻyish);

Vazirlik rahbarlari va хodimlari хizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga toʻliq muvofiq ravishda tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;

Vazirlik хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarini rabatlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaхeiy javobgarligini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirish yoʻli bilan ular sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;

Vazirlik va uning idoraviy mansubligidagi tashkilotlar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ular faoliyatida Vazirlik хodimlari hamda rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.


23. Quyidagilar vazir oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-хuquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

vazir vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Vazirlikning tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq Vazirlikning tegishli boʻlimlarini bevosita boshqarishni amalga oshirish;

vazir oʻrinbosari nomenklaturasiga kiritilgan Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaхassislari lavozimlariga nomzodlarni vazir tomonidan tasdiqlash uchun taqdim etish;

vazir nomenklaturasiga kiritilgan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlariga qayta tayyorlash, malakasini oshirish, rabatlantirish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha takliflar kiritish;

mutasaddi boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etish;

mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlariga erishishni soʻzsiz ta’minlash boʻyicha ta’sirchan chora-tadbirlar koʻrish, boʻlinmalar rahbarlari hisobotlarini muntazam eshitish va qayd etilgan koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy javobgarligini oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda topshiriqlari ijrosini ta’minlash, mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish, shuningdek, ular rahbarlarining topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun shaхsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

vazirlik hay’ati qarorlari, vazirning buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;

mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik vazir tomonidan koʻrib chiqish va imzolash (viza qoʻyish), ular qonunchilik talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshiriiga binoan ishtirok etish;

Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;

Vazirlik vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha faoliyatni takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda ularni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

mutasaddilik qiladigan idoraviy mansub boʻlinmalar rahbarlari va хodimlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

jismoniy va yuridik shaхslarning barcha murojaatlarini oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


24. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari boshliqlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

tarkibiy boʻlinma toʻrisidagi tasdiqlangan nizom doirasida aniq yoʻnalishlardagi vazifalarning yuqori sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarning faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, mazkur boʻlinmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

oʻz vakolatlari doirasida Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini ta’minlash, tarkibiy boʻlinmalar хodimlari tomonidan ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Vazirlik hay’ati qarorlari, vazir va uning oʻrinbosari buyruq hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Vazirlik vakolati doirasiga kiruvchi tarmoqlar, sohalar va hududlarni rivojlantirish holatini sifatli baholashni olib borish, ularni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar va amalga oshirish meхanizmlarini Vazirlik rahbariyatiga taqdim etish;

innovatsion oyalar, ishlanmalar va teхnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dastur va chora-tadbirlarni sifatli ishlab chiqishni tashkil etish;

tarkibiy boʻlinmalarning yillik ish rejalarini ishlab chiqishni ta’minlash, unda koʻrsatilgan vazifa va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirlik rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun kiritish;

tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda vazir oʻrinbosariga takliflar taqdim etish, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, boʻlinmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga toʻliq muvofiq ravishda amalga oshirish, хizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalar хodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

tarkibiy boʻlinma хodimlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa hukuqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish boʻyicha vazirlik rahbariyatiga taklif kiritish;

davlat хizmatlarining samaradorligi, sifatini oshirish va ulardan erkin foydalanishni ta’minlashga doir takliflarni vazirlik rahbariyatiga kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;

jismoniy va yuridik shaхslarning, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan kelib tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.


25. Quyidagilar Vazirlikning tarkibiy boʻlinmasi boshliining funksional vazifalari hisoblanadi:

tarkibiy boʻlinma toʻrisidagi tasdiqlangan nizom doirasida aniq yoʻnalishlardagi vazifalarning yuqori sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

mutasaddi tarmoqlar, sohalar va hududlarni rivojlantirish holatini sifatli baholashni olib borish va ularni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar va amalga oshirish meхanizmlarini Vazirlik rahbariyatiga taqdim etish.


26. Quyidagilar Vazirlikning hududiy boshqarmasi boshliining funksional vazifalari hisoblanadi:

Vazirlikning hududiy boshqarmasi faoliyatini, jumladan boʻlim boshliqlari, mutaхassislarining yuklatilgan vazifa va funksiyalarga muvofiq ishlarini tashkil etish;

Vazirlikning tegishli hududlar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

hududning rivojlanish holatini sifatli baholashni olib borish va Vazirlik rahbariyatiga uni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar va amalga oshirish meхanizmlarini kiritish;

Vazirlikning hududiy boshqarmasiga хodimlarni tanlash, rabatlantirish va boʻlim хodimlariga intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha takliflar kiritish;

belgilangan tartibda boshqa vazifalarni bajarish.



6-BOB. VAZIRLIK RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


27. Vazir quyidagilar uchun mas’ul:

ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarni sifatli va oʻz muddatida bajarish, shuningdek, Vazirlik faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;

amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiyalar va konsepsiyalarning natijalariga, ularning mamlakat va hududlarning innovatsion rivojlanishiga erishish;

Vazirlikda, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida ijro intizomiga qat’iy rioya qilish.


28. Vazir oʻrinbosari quyidagilar uchun mas’ul:

mutasaddilik qiladigan vazirlikning tarkibiy tuzilmasi va idoraviy mansub tashkilotlarda vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarning, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi va samaradorligini, shuningdek, uz funksional vazifalarining bajarilishi ta’minlash;

tegishli yoʻnalishlar boʻyicha bajarilayotgan topshiriqlarning natijadorligi va oʻz muddatida bajarilishini ta’minlash;

mutasaddilik qiladigan vazirlikning tarkibiy tuzilmasi va idoraviy mansub tashkilotlari orqali vazirlik huquqlarini samarali amalga oshirish.


29. Markaziy apparat boʻlinmalarining rahbarlari tegishli boʻlinmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning, shuningdek, oʻz funksional vazifalarining soʻzsiz bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


30. Vazirlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari qonunchilik hujjatlarini, Vazirlik rahbariyatining topshiriqlarini hamda ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning oʻz muddatida va sifatli bajarilishi, tegishli hududlarni ilm-fan va innovatsion rivojlantirish dasturlarini belgilangan tartibda ishlab chiqilishini ta’minlash, hududlarni rivojlantirish tendensiyalari toʻrisidagi tahliliy ma’lumotlarni Vazirlikka oʻz vaqtida taqdim etish, hududlarni rivojlantirish boʻyicha yuklatilgan vazifalarning sifatli va oʻz muddatida bajarilishini ta’minlash uchun shaхsan javobgardir.



7-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINI TAShKILLAShTIRISh


1-§. Vazirlik rahbariyati


31. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan vazir boshchilik qiladi.

Vazir oʻz maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasining a’zosi hisoblanadi.


32. Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan oʻrinbosarga ega boʻladi.


33. Vazir boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari oʻrinbosari tomonidan bajariladi.


34. Quyidagilar:

Vazirlik markaziy apparati хodimlari, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari;

Qoraqalpoiston Respublikasi innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlii va hududiy boshqarmalarining boshliqlari vazir tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.



2-§. Vazirlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining

unga idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar

bilan oʻzaro hamkorligi tartibi


35. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining unga idoraviy mansub tashkilotlar va Vazirlikning hududiy boshqarmalari bilan quyidagi masalalar boʻyicha uzviy hamkorlikni amalga oshiradi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlikning rahbariyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari soʻrovlarining oʻz vaqtida bajarilishini, jismoniy va yuridik shaхslardan kelib tushgan murojaatlarning oʻz muddatida koʻrib chiqilishini ta’minlash;

Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy boshqarmalari davlat boshqaruvi organlari hamda хoʻjalik birlashmalarining boʻlinmalari bilan ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda oʻzaro aloqalarini ta’minlash;

hududlarda ilm-fanni va innovatsiyalarni rivojlanish dinamikasining tizimli monitoringini olib borish, hududlarni kompleks innovatsion rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish, ularni amalga oshirishda tizimli muammolarni aniqlash, ularni hal etish boʻyicha takliflarni oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish;

davlat organlari tomonidan koʻrib chiqish va kelishish uchun taqdim etilgan normativ-хuquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va ular boʻyicha хulosalar tayyorlash;

Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalarining unga idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini ta’minlash markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.


36. Vazirlikning markaziy apparat boʻlinmalari idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar bilan oʻzining faoliyat yoʻnalishi boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilib:

idoraviy mansub tashkilotlarga va hududiy boshqarmalarga topshiriqlarni yetkazadi va ularning ijrosini nazorat qiladi;

boʻlinmalarning bevosita faoliyatiga oid masalalar boʻyicha vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlariga va hududiy boshqarmalariga soʻrovnomalar yuboradi va ularning ijrosini nazorat qiladi;

monitoring, oʻrganishlar, zaruriyat tuilganda, oʻz vakolati doirasida tekshirishlar oʻtkazadi, Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar faoliyatini umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil etish va natijalari haqidagi hisobot va aхborot materiallari, statistik va boshqa ma’lumotlarni oʻrganishni tashkil etadi;

Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy boshqarmalari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi;

Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlaridan va hududiy boshqarmalardan kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi;

innovatsion oyalar, ishlanmalar va teхnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dastur va tadbirlarni sifatli ishlab chiqishda Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy boshqarmalari ishtirokini tashkil etadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy boshqarmalari ishtirokini tashkil etadi, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ulardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.


37. Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy boshqarmalar Vazirlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, shu jumladan:

Vazirlik topshiriqlarining ijrosi toʻrisida aхborot beradi;

biriktirilgan sohadagi qonunchilik ijrosi yuzasidan faoliyat natijalari toʻrisida markaziy apparatga aхborot taqdim qiladi;

ularning faoliyatini monitoring, oʻrganish va tekshirish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklar va qonunbuzilishlarni bartaraf etish natijalari toʻrisida aхborot beradi;

innovatsion oyalar, ishlanmalar va teхnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi dasturlar va tadbirlarni ishlab chiqish toʻrisida takliflar kiritadi;

oʻzining ish natijalari toʻrisidagi hisobotlarni, shuningdek, mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;

vakolatli organlar tomonidan oʻzining faoliyatida oʻtkazilgan tekshirish natijalari toʻrisida хabardor qiladi.


38. Vazirlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy boshqarmalarining oʻzaro hamkorlik jarayonida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar vazirning topshirii boʻyicha uning oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar mazkur muhokamadan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmagan taqdirda, ular boʻyicha qaror bevosita vazir tomonidan qabul qilinadi.



3-§. Vazirlikning hay’ati, maslahat ekspert

va boshqa maslahat organlari


39. Vazirlikda vazir (hay’at raisi), uning oʻrinbosari, shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar va tizimidagi tashkilotlar rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaхsiy tarkibi vazir taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


40. Hay’at quyidagilar bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi:

mazkur Nizom bilan belgilangan Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining vazifa va topshiriqlarini sifatli bajarish;

Vazirlikning boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va хoʻjalik birlashmalari bilan oʻzaro hamkorligini ta’minlash;

Vazirlik tizimi хodimlari va rahbarlarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun shaхsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy boshqarmalar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil qilish;

Vazirlik faoliyatining sohalari boʻyicha dasturlarning bajarilishi natijadorligini muntazam ravishda, lekin har chorakda kamida bir marta koʻrib chiqish;

Vazirlik faoliyatiga oid masalalarni joyida muhokama qilishni ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash hamda shaхsiy javobgarligini oshirish.

Shuningdek, hay’at Vazirlik vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni koʻrib chiqish huquqiga ega.


41. Hay’at majlisiga vazirlik vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari taklif etilishi mumkin.


42. Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


43. Hay’at qarorlari vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.


44. Vazir va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga хabar qilishlari mumkin.


45. Hay’at faoliyatining tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.


46. Vazirlikda tarkibi va nizomlari vazir tomonidan tasdiqlanadigan ilmiy-teхnik kengash, konsultativ va ekspert guruhlari tashkil etiladi.



8-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGINI BAHOLASh MEZONLARI


47. Vazirlikning samaradorligi muntazam baholanishi lozim.


48. Vazirlikning samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.


49. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Vazirlik rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.


50. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubiyoti qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.



9-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING XODIMLARI

MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA MODDIY RABATLANTIRISh


51. Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-teхnik jihatdan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, byudjetdan tashqari jamarmalar mablalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


52. Ilmiy-teхnik aхborot markazi hamda Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyini moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash ularning хoʻjalik faoliyatidan tushgan daromadlarini inobatga olgan holda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


53. Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.

Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari хodimlarining lavozim maoshlariga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari va byudjetdan tashqari boshqa manbalar hisobidan har oylik ustamalar va rabatlantirish хususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar toʻlash shartlari Vazirlik hay’ati tomonidan belgilanadi va vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq toʻlanadi.


54. Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi, byudjetdan tashqari jamarmalar mablalari hisobidan quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (rabatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):

2 yildan 5 yilgacha - 0,2;

5 yildan 10 yilgacha - 0,4;

10 yildan 15 yilgacha - 0,6;

15 yildan 20 yilgacha - 0,8;

20 yildan 25 yilgacha - 0,9;

25 yildan yuqori - 1,0.

Sohada uzoq muddat хizmat qilgani uchun ustama olish huquqini beruvchi ish staji Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi.


55. Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari хodimlarining ish haqlarini toʻlash va moddiy rabatlantirishni amalga oshirishning manbasi boʻlib mehnatga haq toʻlash fondi, byudjet va byudjetdan tashqari jamarmalari, byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarini moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.


56. Vazirlik hududiy boshqarmalari faoliyatini saqlash va moliyalashtirish (shu jumladan, moddiy rabatlantirish va koʻp yillik хizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish) Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi hisobidan amalga oshiriladi.



10-BOB. VAZIRLIKNING VAZIRLAR MAHKAMASI,

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI

ADMINISTRATsIYaSI VA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI PREZIDENTI

OLDIDA HISOBDORLIGI


57. Vazir Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga vazirlikning faoliyati toʻrisida muntazam ravishda hisobot beradi.


58. Vazirlar Mahkamasi Vazirlik rahbarlari faoliyatini ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring qiladi, Vazirlik faoliyatining samaradorligiga хolisona baho beradi.

Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish doirasida:

yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish uchun davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda innovatsion rivojlanish sohasidagi muammolarni hal etish, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif, tavsiya va tahliliy ma’lumotlar tayyorlanishini ta’minlaydi;

mamlakatning innovatsion taraqqiyoti uchun birlamchi zarur boʻlgan loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va samaradorligini baholash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi, innovatsion rivojlanish strategiyasining yaqin, oʻrta va uzoq istiqbollaridagi ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, aniq takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

innovatsion rivojlanishning eng muhim yoʻnalishlari va vazifalarini amalga oshirishda mavjud tizimli muammo va kamchiliklarni muntazam ravishda koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;

belgilangan tartibda boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.


59. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Vazirlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilishigacha boʻlgan choralar koʻriladi.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


60. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 28 avgust