Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.09.2021 y. PQ-5242-son "Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

07.09.2021 y.

N PQ-5242



XALQARO ShARTNOMANI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:


1. Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida 2021 yil 10 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida imzolangan Tojikiston-Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish toʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mazkur хalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.


3. Quyidagilar:

Tojikiston-Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda - Kompaniya) 12 million AQSh dollari miqdoridagi boshlanich ustav kapitali hamda investitsiya portfeli shakllangan sari uni 50 million AQSh dollarigacha bosqichma-bosqich yetkazish sharti bilan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil qilinishi;

oʻrnatilgan tartibda qoʻshimcha ishtirokchilarni jalb qilish imkoniyati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining Kompaniya ustav kapitalini shakllantirishdagi ulushi 75 foizni hamda Tojikiston Respublikasi Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi huzuridagi "Tajinvest" davlat unitar korхonasining ulushi 25 foizni tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tojikiston tomoniga quyidagilar toʻrisida tegishli bildirishnomani yoʻllasin:

mazkur хalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ belgilanganligi;

Kompaniya Kuzatuv kengashi a’zoligiga Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - J.A. Xodjayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri - L.Sh. Kudratov hamda Strategik islohotlar agentligi bosh direktori - Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi ijrochi direktori Sh.A. Vafayevning nomzodlari taqdim etilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi ijrochi direktori Sh.A. Vafayevga Kompaniyaning ustavini imzolash vakolati berilganligi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu хalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni ta’minlasin.


6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                            Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 8 sentyabr