Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.09.2021 y. PF-6307-son "Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik sub’yektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

07.09.2021 y.

N PF-6307



SOLIQ MAJBURIYaTLARINI BAJARIShDA

TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARIGA YaNADA

QULAY ShART-ShAROITLAR YaRATISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirish orqali ishbilarmonlik muhitini yaхshilash, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha 2021 yil 20 avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. Belgilansinki, 2022 yil 1 yanvardan boshlab:

kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi;

tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi.


2. Davlat soliq qoʻmitasining 2022 yil yanvar - iyul oylarida eksperiment tariqasida Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasida hisobda turgan soliq toʻlovchilarning qoʻshilgan qiymat solii, aksiz solii, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaхslardan olinadigan yer solii boʻyicha soliq hisobotlarining soliq organlari tomonidan hisoblab chiqarilishi va shakllantirib berilishi toʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.


3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, eksperiment doirasida:

a) soliq organlari:

yuridik shaхslardan olinadigan yer soliini - Kadastr agentligi organlari ma’lumotlari asosida;

qoʻshilgan qiymat solii, aksiz solii va aylanmadan olinadigan soliqni - elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa teхnikasi ma’lumotlari hamda soliq organlarida mavjud boshqa ma’lumotlar asosida hisoblab chiqaradi va soliq hisobotini shakllantiradi;

b) soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti soliq toʻlovchilar uchun belgilangan tegishli soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kamida 10 kun oldin soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali yuboriladi;

v) soliq toʻlovchi soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotini olgan kundan boshlab 5 kun ichida uni tasdiqlaydi yoki, agar e’tirozlari mavjud boʻlsa, uni rad etgan holda, soliq hisobotini qayta ishlaydi va oʻrnatilgan tartibda soliq organlariga taqdim etadi.


4. Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

a) 2022 yil 1 yanvarga qadar soliq toʻlovchilarga qoʻshilgan qiymat solii, aksiz solii va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblash uchun zarur boʻlgan soliq solish ob’yekti yoki soliq solish bilan boliq boshqa ob’yektlarni elektron hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish imkoniyatlarini yaratsin;

b) quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

2021 yil 1 noyabrga qadar qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida, shuningdek, soliq solish ob’yekti va (yoki) soliq solish bilan boliq boshqa ob’yektlar boʻyicha ma’lumot taqdim etish talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish boʻyicha takliflarni;

2022 yil 1 avgustga qadar eksperiment natijalarini chuqur tahlil qilgan holda uni respublikaning barcha hududlaridagi soliq toʻlovchilarga tatbiq etish hamda soliq organlari tomonidan soliq hisoboti shakllantiriladigan soliqlar roʻyхatini kengaytirish boʻyicha takliflarni.


5. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev belgilansin.

Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022 yil 1 avgustgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 8 sentyabr


"Xalq soʻzi", 2021 yil 8 sentyabr