Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021 y. 561-son "Vazirlar Mahkamasining "Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 8 yanvardagi 8-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.09.2021 y.

N 561




VAZIRLAR MAHKAMASINING

"RESPUBLIKA HUDUDLARIDA TADBIRKORLIKNING

RIVOJLANGANLIK DARAJASIGA BAHO BERISh

TIZIMINI JORIY ETISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA" 2020 YIL 8 YaNVARDAGI 8-SON

QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xizmatlar

sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari

toʻrisida" 2021 yil 11 maydagi PQ-5113-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 11 maydagi PQ-5113-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 8 yanvardagi 8-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 9 sentyabrdagi

561-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Respublika hududlarida

tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho

berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari

toʻrisida" 2020 yil 8 yanvardagi 8-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 4-bandning beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Nizomga asosan baholash yakunlari boʻyicha tegishli hududdagi 2-ilovada nazarda tutilgan tashkilotlarning rahbar va boshqaruv хodimlarini, shuningdek, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, tuman (shahar)lar hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlarini namunali koʻrsatkichga ega boʻlganda - rabatlantirish hamda qoniqarsiz koʻrsatkichga ega boʻlganda - intizomiy javobgarlikka tortish yuzasidan har yarim yillik yakunlari boʻyicha 15 avgustga qadar, yil yakunlari boʻyicha 15 martga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsin.".


2. 5-band "a" kichik bandining birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"a) tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish natijalari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, tuman (shahar)lar hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlarini rabatlantirish - mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari mablalari hisobidan;".


3. Qarorga 1-ilovada:


a) 7-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"hududlarda хizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasi;";


b) 8-bandga quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi хatboshi qoʻshilsin:

"hududlarda хizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasi;";

oʻn toʻrtinchi хatboshi oʻn beshinchi хatboshi deb hisoblansin.


v) 17, 18 va 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"17. Baholash natijalari boʻyicha tegishli hududda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi "namunali" deb topilganda, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining moliya - iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, tuman (shahar)lar hokimlari hamda ularning moliya - iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlarini hamda 2-ilovada nazarda tutilgan tashkilotlar rahbarlari va boshqaruv хodimlarini rabatlantirish, shuningdek, "qoniqarsiz" deb topilganda intizomiy chora koʻrish har yarim yillikda 25 avgustga qadar hamda yil uchun kelgusi yilning 25 martiga qadar baholashga mas’ul organlar takliflariga asosan amalga oshiriladi.

18. Rabatlantirish tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi "namunali" deb topilgan hududdagi:

tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining moliya - iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, tuman (shahar)lar hokimlari hamda ularning moliya - iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlariga lavozim maoshining 25 foizi miqdorida;

tashkilotlarning boshqaruv хodimlariga lavozim maoshining 50 foizi miqdorida pul mukofoti berish orqali amalga oshiriladi.

19. Intizomiy chora koʻrish tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi "qoniqarsiz" deb topilgan hududdagi tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining moliya - iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, tuman (shahar)lar hokimlari hamda ularning moliya - iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlariga lavozim maoshlarining 25 foizi miqdorida jarima qoʻllash orqali amalga oshiriladi.";


20-bandning uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tuman (shahar)lar hokimlari hamda ularning moliya - iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlariga - tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan;".


3. Nizomga 2-ilova (Hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash boʻyicha metodika):


a) 2-bobda (Rasmiy statistik ma’lumotlar asosida indikatorlarni hisoblash tartibi) quyidagi mazmundagi 18-paragraf qoʻshilsin:


"18-§. Xizmatlar sohasining rivojlanganlik darajasini hisoblash


30-1. Tegishli hududda yarim yil davomida хizmatlar sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan rasman ish bilan ta’minlangan aholining ushbu hududda jami tadbirkorlik sub’yektlari rasman ish bilan ta’minlagan aholi soniga nisbatan ulushini aniqlash quyidagi formula asosida hisoblanadi:


I21.1 = (B / Bt) х 100


bunda:

I21.1 - indikator miqdori (foizda);

B - tegishli hududda хizmatlar sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan rasman ish bilan ta’minlangan aholi soni;

Bt - tegishli hududda jami tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan rasman ish bilan ta’minlangan aholi soni.

30-2. Tegishli hududda yarim yil davomida хizmatlar sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlarining Davlat byudjetiga (Respublika byudjeti, Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar) kelib tushgan tushumlarning Davlat byudjetiga kelib tushgan tushumlaridagi ulushini aniqlash quyidagi formula asosida hisoblanadi:


I21.2 = (T / Tt ) х 100


bunda:

I21.2 - indikator miqdori (foizda);

T - tegishli hududda faoliyat yuritayotgan хizmatlar sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan Davlat byudjetiga toʻlangan umumiy toʻlovlar (soliq va boshqa majburiy toʻlovlar) miqdori (soʻmda);

Tt - tegishli hududda faoliyat yuritayotgan jami tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan Davlat byudjetiga toʻlangan umumiy toʻlovlar (soliq va boshqa majburiy toʻlovlar) miqdori (soʻmda).";


35 va 36-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"35. Indikator koʻrsatkichlarini baholashda I1, I3, I7.1, I7.2, I8, I10.1, I10.2, I11.1, I11.2, I11.3, I11.4, I12, I15.1, I18, I5.2, I19, I20, I21.1, I21.2 indikatorlari tuman (shahar) darajasida, I2.1, I2.2, I4, I5.1, I6, I9.1, I9.2, I10.3, I13, I14, I15.2, I16, I17 indikatorlari Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar darajasida hisoblanadi. Mazkur Metodika boʻyicha aniqlangan indikatorlar ijobiy va salbiy koʻrsatkichlarga ega boʻladi.

36. Ijobiy indikatorlar ega boʻlgan I1, I2.1, I2.2, I5.1, I6, I7.1, I7.2, I11.1, I11.2, I11.4, I12, I15.1, I15.2, I16, I17, I18, I5.2, I20, I21.1, va I21.2 indikatorlariga quyidagi formula asosida ball beriladi:


Bii = [((Ih - Imin) / (Imak - Imin)) х (10 - 1)] + 1


bunda:

Bii - ijobiy indikatorlarga beriladigan ball;

Ih - baholanayotgan tegishli hududning indikator miqdori;

Imin - baholanayotgan indikatorning barcha hududlardagi eng past koʻrsatkichga ega boʻlgan hudud indikatori miqdori;

Imaks - baholanayotgan indikatorning barcha hududlardagi eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan hudud indikatori miqdori.";


b) Metodikaga 1-ilovaga quyidagi mazmundagi 18-pozitsiya qoʻshilsin:

"

18.

Xizmatlar sohasining rivojlanganligi

foiz

Tegishli hududda хizmatlar sohasida band boʻlganlarning jami tadbirkorlik sohalaridagi bandlarga nisbati


1 balldan

10 ballgacha

Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi


foiz

Yarim yil davomida tegishli hududda хizmatlar sohasi boʻyicha toʻlangan byudjetga toʻlovlarning yarim yil davomida tegishli hududda hududdagi jami tadbirkorlik sohalari boʻyicha byudjetga toʻlangan toʻlovlarga nisbati


1 balldan

10 ballgacha


Davlat soliq qoʻmitasi

".


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 9 sentyabr