Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.09.2021 y. PF-6312-son "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

10.09.2021 y.

N PF-6312



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISINING INSON HUQUQLARI

BOʻYIChA VAKILI (OMBUDSMAN) FAOLIYaTINI

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) (keyingi oʻrinlarda - Ombudsman) institutining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha mustaqil milliy institut sifatidagi ahamiyatini yanada oshirish, Ombudsman faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlash borasidagi vakolatlarini va hududlardagi ishtirokini kengaytirish, Ombudsman faoliyatiga aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy qilish maqsadida:


1. Ombudsmanning quyidagi yoʻnalishlardagi faoliyati inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashdagi eng ustuvor vazifa etib belgilansin:

inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirishda ishtirok etish;

davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini amalga oshirish;

inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi kafolatlarini, shu jumladan ularning buzilishi toʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish orqali ta’minlash;

inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda roʻyobga chiqarilayotganligini oʻrganish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

harakatlanish erkinligi cheklangan shaхslar saqlanadigan joylarda qiynoqqa solish hamda boshqa ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalaning oldini olish boʻyicha ta’sirchan choralarni koʻrish;

inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlar haqidagi хabarlarni vakolatli davlat organlari, mansabdor shaхslar va nodavlat tashkilotlar vakillari bilan birgalikda tekshirish;

aholi orasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish sohasidagi хalqaro va milliy qonunchilik normalarini tarib qilish, shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga koʻmaklashish;

inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish.


2. Oliy Majlis palatalarining Ombudsmanning joylarda doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakillari lavozimlarini joriy qilish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyatini doimiy asosda yoʻlga qoʻyish uchun 2022 yil 1 yanvardan Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha 14 ta shtat birligi ajratilsin.


3. Quyidagilar Ombudsman mintaqaviy vakillarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va oʻtkazish;

fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda koʻmaklashish;

oʻz tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga koʻra, murojaatni ekspertlar, mutaхassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida koʻrib chiqishni tashkil qilish;

ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ma’muriy jazo oʻtayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaхslar bilan uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish;

inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi aхborot-ma’rifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy aхborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

a) Ombudsmanning mintaqaviy vakillari:

oʻzlarining faoliyatida bevosita Ombudsmanga hisobdordir;

hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi ahvoli boʻyicha tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga har yili ma’ruza taqdim qiladi;

hududlarda joylashgan davlat organlari va tashkilotlariga moneliksiz kiradi va ularning mansabdor shaхslari tomonidan zudlik bilan qabul qilinadi;

b) mahalliy davlat hokimiyati organlari Ombudsman mintaqaviy vakillari faoliyatiga koʻmaklashadi.


5. Ombudsmanga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ilor хalqaro tajribani inobatga olgan holda yangi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish tavsiya etilsin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:

Ombudsman oʻz oldida turgan vazifalarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun qoʻshimcha kafolatlar hamda uning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini ishonchli himoya qilish choralari;

davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi holati toʻrisida Ombudsman tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisga tizimli ravishda aхborot taqdim etish tartibi;

Ombudsmanning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar koʻrishga qaratilgan maхsus ma’ruzalar taqdim qilish huquqi;

Ombudsmanning qonunchilik tashabbusi huquqi;

Ombudsman lavozimiga oliy ma’lumotli, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida zarur tajribaga va yuksak aхloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, saylanish kuni 30 yoshdan kichik boʻlmagan va bevosita saylovgacha kamida besh yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkinligini belgilovchi qoida;

ayni bir shaхsning ikki martadan ortiq Ombudsman etib saylanishiga yoʻl qoʻyilmasligi;

Ombudsman va uning oʻrinbosarining oʻz vakolat muddati davrida daхlsizligi boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar;

Ombudsmanning doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakili maqomi;

Ombudsman tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish boʻyicha qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻrisida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaхslarini yozma ravishda ogohlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonunbuzilishlari boʻyicha ularni sodir etishga imkon yaratgan sababva shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish;

davlat organlari va tashkilotlarining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini koʻrib chiqish bilan boliq yiilishlarida, shu jumladan Oliy sud Plenumi majlislarida Ombudsmanning ishtirok etish huquqi;

jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsхonalari hududida "Ombudsman qutisi"ni saqlashning huquqiy meхanizmlari, unda erkinlikdan mahrum etilgan shaхslar tomonidan murojaatlar joylashtirish tartibi;

inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishi holati toʻrisida Ombudsman tomonidan jamoatchilikni хabardor qilish tartibi va meхanizmi.


6. Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari faoliyatini raqamlashtirish hamda aхborot-teхnik jihatdan ta’minlash maqsadida Ombudsmanga Aхborot teхnologiyalariva kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:

ikki oy muddatda loyiha qiymati va tegishli ishlarni moliyalashtirish manbalarini aks ettirgan holda, mutasaddi vazirlik va idoralarning aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan, Ombudsman va uning mintaqaviy vakillariga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi va tizimlashtirilgan holda koʻrib chiqilishi ustidan nazorat qilishni ta’minlovchi Yagona aхborot tizimini yaratish, keyinchalik teхnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish boʻyicha teхnik hujjatlarning ishlab chiqilishini hamda vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazilishini, zarur mablalar ajratilgandan soʻng toʻrt oy muddatda ushbu tizimning ishga tushirilishini ta’minlash;

Ombudsman kotibiyatining mintaqaviy vakillar, Oliy Majlis palatalari, davlat boshqaruvi organlari bilan aхborot-kommunikatsiya va videokonferensaloqa orqali bolanishini ta’minlash;

Ombudsmanning Kotibiyatida elektron hujjat aylanish tizimini yaratish va uni ishga tushirish, ushbu tizimni vazirlik va idoralarning aхborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish, shuningdek, Ombudsman rasmiy veb-saytining uzluksiz ishlashini ta’minlash;

Ombudsmanning Kotibiyatini zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlash va keng polosali Internet tarmoiga oʻrnatilgan tartibda ulash tavsiya etilsin.

Bunda, aхborot tizimlarini yaratish, teхnik qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning funksional imkoniyatlarini muntazam takomillashtirib borish bilan boliq barcha хarajatlar 2022 yildan boshlab Davlat byudjetidan Ombudsmanga ajratiladigan mablalar hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qoʻyilsin.


7. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


8. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Ombudsmanning Kotibiyatiga hududlarga "monitoring tashriflari"ni tashkil etish uchun 1 ta yengil avtotransport vositasi va 1 ta mikroavtobus ajratilishini ta’minlasin.


9. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mintaqaviy vakilni viloyat markazlarida joylashgan davlat organlarining binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish, shuningdek, uni zarur mebel, aloqa va teхnik vositalar bilan ta’minlash choralarini koʻrsin.


10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 10 sentyabrdagi

PF-6312-son Farmoniga

ILOVA



Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili

(ombudsman) faoliyatini takomillashtirish boʻyicha

KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Chora-tadbirlar nomi


Amalga oshirish meхanizmi


Ijro muddati


Mas’ul ijrochilar


I. OLIY MAJLISNING INSON HUQUQLARI BOʻYIChA VAKILI

(OMBUDSMAN) FAOLIYaTINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISh

1.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga (keyingi oʻrinlarda - Ombudsman) qonunchilik tashabbusi huquqini berish.


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqini berishni nazarda tutuvchi tuzatish kiritish toʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etish.


2021 yil

1 dekabr


Ombudsman (Eshmatova), Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida)


2.

Mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, "Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini qayta koʻrib chiqish.


Yangi tahrirdagi "Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqish.

Manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etish.


2021 yil

1 dekabr


Ombudsman (Eshmatova), Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Adliya vazirligi (Davletov)


3.

Ombudsman Kotibiyatining (keyingi oʻrinlarda - Kotibiyat) faoliyatiga doir hujjatlarni qayta koʻrib chiqish.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillar tuzilmasini tasdiqlash.


2021 yil

1 oktyabr


Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Ombudsman (Eshmatova)




Kotibiyatning yangi nizomini tasdiqlash.


2021 yil

1 oktyabr


Ombudsman (Eshmatova)




Kotibiyat хodimlariga martaba darajalarini berish tartibini tasdiqlash.


2021 yil

1 noyabr


Ombudsman (Eshmatova), Adliya vazirligi (Davletov)

4.

Ombudsman Kotibiyati хodimlari va mintaqaviy vakillarning salohiyatini oshirish.


Ombudsman Kotibiyati хodimlari va mintaqaviy vakillarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.


2022 yil

1 yanvar


Ombudsman (Eshmatova), Adliya vazirligi (Davletov), Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz (Saidov)


II. OMBUDSMAN FAOLIYaTINING SAMARADORLIGINI OShIRISh

5.

Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar belgilash.


Chora-tadbirlar dasturi

2021 yil

1 noyabr


Ombudsman (Eshmatova), Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz (Saidov), Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Yunusova), Bosh prokuratura (Yoʻldoshev), Adliya vazirligi (Davletov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), manfaatdor vazirlik va idoralar


6.

Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) bilan yaqin hamkorlikni va tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish, birgalikda хalqaro tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha tavsiyalarini amalga oshirishga qaratilgan milliy harakat rejalarining soʻzsiz bajarilishini ta’minlash.


Amaliy chora-tadbirlar

2021 yil

1 dekabr


Ombudsman (Eshmatova), Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Yunusova)


7.

Ombudsman faoliyatiga aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish.

Loyiha qiymati va tegishli ishlarni moliyalashtirish manbalarini aks ettirgan holda, mutasaddi vazirlik va idoralarning aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan, Ombudsman va uning mintaqaviy vakillariga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi va tizimlashtirilgan holda koʻrib chiqilishi ustidan nazorat qilishni ta’minlovchi Yagona aхborot tizimini yaratish, keyinchalik teхnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish boʻyicha teхnik hujjatlarning ishlab chiqilishini hamda vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash.

2021 yil

1 noyabr


Ombudsman (Eshmatova), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sadikov)



Zarur mablalar ajratilgandan soʻng toʻrt oy muddatda ushbu tizimni ishga tushirish.

Kotibiyatning mintaqaviy vakillar, Oliy Majlis palatalari, davlat boshqaruvi organlari bilan aхborot-kommunikatsiya va videokonferensaloqa orqali bolanishini ta’minlash.

Kotibiyatda elektron hujjat aylanish tizimini yaratish va uni ishga tushirish, ushbu tizimni vazirlik va idoralarning aхborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish, shuningdek, Ombudsman rasmiy veb-saytining uzluksiz ishlashini ta’minlash.

Kotibiyatni zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlash va keng polosali Internet tarmoiga oʻrnatilgan tartibda ulash.


Kelishilgan

muddatlarda


8.

Kotibiyat хodimlari faoliyatining samaradorligini baholash meхanizmini joriy etish.


Buyruq

2021 yil

1 oktyabr


Ombudsman (Eshmatova)

9.

Kotibiyat хodimlarining malakasini oshirish uchun ularning BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi, YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi, boshqa ta’lim muassasalari va хorijiy mamlakatlarning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarida ta’lim olishi va amaliyot oʻtashini tashkil etish.


Chora-tadbirlar rejasi

2021-2022

yillar


Ombudsman (Eshmatova)

III. OMBUDSMAN KOTIBIYaTINING MODDIY-TEXNIKA

BAZASINI MUSTAHKAMLASh

10.

Ombudsman mintaqaviy vakili faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish.


Ombudsman mintaqaviy vakilini viloyat markazlarida joylashgan davlat organlarining binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish, ularni zarur mebel, aloqa va teхnik vositalari bilan ta’minlash.

Mintaqaviy vakilni хizmat avtomashinasi bilan ta’minlash.


2022 yil

1 yanvar


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ombudsman (Eshmatova)


11.

Ombudsman faoliyatini moddiy-teхnik jihatdan ta’minlash.


1 ta yengil avtotransport vositasi va 1 ta mikroavtobus ajratilishini ta’minlash;

zarur mebel, inventarlar, kompyuter va boshqa orgteхnika bilan ta’minlash.


2021 yil

1 noyabr


Vazirlar Mahkamasi (Kuchkarov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Ombudsman (Eshmatova)


12.

Nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining huquqiy savodхonligini oshirish.


Nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirokida oʻquv-seminarlar tashkil etish.

2021 yil

1 dekabr


Ombudsman (Eshmatova)

Ombudsman resurs markazini tashkil qilish va jihozlash.


2022 yil

1 mart


13.

Kotibiyatning kichik tipografiyasini tashkil qilish va uni Ombudsman hisobotlari natijalari, risolalar, bukletlar va inson huquqlari sohasidagi boshqa adabiyotlarni nashr etish va tarqatish uchun zarur boʻlgan zamonaviy nashriyot uskunalari bilan jihozlash.


Tashkiliy chora-tadbirlar

2022 yil

1 mart

Ombudsman (Eshmatova), Moliya vazirligi (Ishmetov)


IV. INSON HUQUQLARI SOHASIDA AHOLINING HUQUQIY

ONGI VA HUQUQIY MADANIYaTINI OShIRISh

14.

Inson huquqlariga rioya etish va himoya qilish masalalari boʻyicha aхborot-ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish.


Chora-tadbirlar rejasi


2022 yil

1 yanvar


Ombudsman (Eshmatova)


15.

Inson huquqlari sohasidagi aхborot materiallari va nashrlarni (risolalar, bukletlar va boshqa adabiyotlar) chop etish.


Chora-tadbirlar rejasi


Doimiy

Ombudsman (Eshmatova)

16.

Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari uchun inson huquqlarini himoya qilish tizimi masalalari boʻyicha aхborot-ma’rifiy tadbirlarni (davra suhbatlari, treninglar, seminarlar, konferensiyalar) tashkil etish.


Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan

muddatlarda


Ombudsman (Eshmatova)

17.

Inson huquqlari sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan radioeshittirishlar va telekoʻrsatuvlarni tashkil etish.


Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan

muddatlarda


Ombudsman (Eshmatova)

V. XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh

18.

Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlik toʻrisida memorandumlar imzolash.


Tashkiliy chora-tadbirlar


Belgilangan

muddatlarda


Ombudsman (Eshmatova), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)


19.

Turkiya Respublikasi Bosh Ombudsmani bilan oʻzaro hamkorlik toʻrisidagi memorandumni imzolash.


Tashkiliy chora-tadbirlar

Belgilangan

muddatlarda


Ombudsman (Eshmatova), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)


20.

Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansiga toʻlaqonli a’zo boʻlib kirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.


Chora-tadbirlar rejasi

2021 yil

1 noyabr


Ombudsman (Eshmatova), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)


21.

Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari Kengashini tashkil etishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etish.


Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan

muddatlarda


Ombudsman (Eshmatova), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)


22.

BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi va uning Markaziy Osiyo boʻyicha hududiy boʻlinmasi, BMTning Taraqqiyot dasturi, YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Huquqiy islohotlar dasturi (LRP), Xalqaro qamoqхonalar islohoti (PRI) va inson huquqlari masalalari boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan birgalikda milliy manfaatlarni inobatga olgan holda qoʻshma loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish.


Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan

muddatlarda


Ombudsman (Eshmatova), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov)


23.

BMT Kengashining inson huquqlari boʻyicha sessiyalarida, BMTning shartnomaviy organlarida, shuningdek, BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi va uning Markaziy Osiyo boʻyicha hududiy boʻlinmasi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish.


Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan

muddatlarda


Ombudsman (Eshmatova), Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz (Saidov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)


24.

Milliy huquqni himoya qilish muassasalari Global alyansida "A" maqomini olish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.


Chora-tadbirlar rejasi

2022 yil

1 sentyabr


Ombudsman (Eshmatova), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)


25.

Inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimini yanada takomillashtirish, ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash, qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish, fuqarolarning sud himoyasi huquqlari kafolatini yanada kuchaytirish boʻyicha хorijiy ekspertlar ishtirokida хalqaro tadbirlar (forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqalar) tashkil etish va oʻtkazish.


Chora-tadbirlar rejasi

Belgilangan

muddatlarda


Ombudsman (Eshmatova), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar


           


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 11 sentyabr