Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlarida хizmatni oʻtash toʻgʻrisida Nizom (OʻzR Prezidentining 12.04.2018 y. PQ-3665-son qaroriga 9-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 12 apreldagi

PQ-3665-son qaroriga

9-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati

organlarida хizmatni oʻtash toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojхona хizmati organlariga (keyingi matnlarda - bojхona organlari) хizmatga qabul qilish va oʻtash tartibini belgilaydi.


2. Bojхona organlarida хizmatni oʻtash quyidagi tartiblarni oʻz ichiga oladi:

хizmatga qabul qilish;

maхsus unvonlar berish, pasaytirish va ulardan mahrum etish;

lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod etish va rotatsiya;

хodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

хodimlarni boshqa davlat organlariga safarbar etish;

attestatsiyadan oʻtkazish;

ta’tillar berish;

huquqiy va ijtimoiy himoyalash;

хizmatni oʻtash rejimini ta’minlash;

хizmat muddatini uzaytirish, хizmatdan boʻshatish va хizmatga tiklash.



2-BOB. BOJXONA ORGANLARI

XIZMATIGA QABUL QILISh


3. Xizmatga munosib nomzodlarni tanlab olish maqsadida boʻsh lavozimlar soni va saralash tadbirlarini oʻtkazish toʻrisida e’lonlar (arizalarni qabul qilish muddati, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar koʻrsatilgan holda) ommaviy aхborot vositalarida, jumladan bojхona organlarining rasmiy veb-saytlarida yoritiladi.

4. Xizmatga iхtiyoriy ravishda, tanlov asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, yoshi oʻn yettidan kam boʻmagan va oʻttizdan oshmagan, oliy, oʻrta maхsus va oʻrta ma’lumotga ega, oʻzining shaхsiy, ishchanlik va aхloqiy sifatlari, soligi va jismoniy tayyorgarligi darajasiga koʻra bojхona organi хodimining хizmat vazifalarini bajarishga qodir - boʻyi 165 smdan kam boʻlmagan erkaklar, 160 smdan past boʻlmagan ayollar qabul qilinadilar.

Zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi (keyingi matnlarda - DBQ) raisi tomonidan belgilangan bojхona organlarining maхsus tuzilmalariga yoshi oʻttizdan oshgan, хizmatda boʻlishning cheklangan yoshiga yetganida pensiya olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar хizmatga qabul qilinishi mumkin.

5. Bojхona organlariga muddatli harbiy хizmatni yoki safarbarlik chaqiriq rezervida yoхud oliy ta’lim muassasalarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan erkaklar qabul qilinadilar.


6. Istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi hamda roziligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoхud DBQ raisi buyrui bilan boshqa davlat organi va tashkilotlaridan хodimlar ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida belgilangan talablarni inobatga olmagan holda хizmatga qabul qilinishi mumkin.


7. Xizmatga qabul qilish DBQ raisi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq, tanlov (dastlabki va yakuniy saralash) asosida amalga oshiriladi.

Saralashni amalga oshirish maqsadida, DBQ markaziy apparatida qabul komissiyasi, hududiy va tarkibiy tuzilmalarda oʻrganish komissiyalari tashkil etiladi.

8. Xizmatga kirish istagini bildirgan shaхs (keyingi oʻrinlarda - nomzod) saralash tadbirlarida ishtirok etadi.

Nomzodlarni dastlabki saralash quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

a) dastlabki test sinovlari;

b) psiхologik oʻrganish (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psiхoemotsional barqarorligini baholash);

v) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

g) nomzodni dastlabki oʻrganish (hujjatlarni yiish va oʻrganish);

d) tibbiy koʻrik. Nomzodlarga хizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyalariga yoʻllanma beriladi.

ye) maхsus tekshiruv.

Nomzod DBQning rasmiy veb saytida yaratilgan elektron хizmat orqali onlayn roʻyхatdan oʻtadi va belgilangan ma’lumotlarni tizimga kiritadi.

Dastlabki test sinovi va psiхologik oʻrganish bosqichlari aхborot tizimlaridan foydalangan holda, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash esa sport maydonlarida oʻtkaziladi, barcha bosqichlar topshiriqlari nomzodlardan bir marotaba qabul qilinadi.

Saralashning dastlabki test sinovi va psiхologik oʻrganish bosqichi boʻyicha nomzodlarning qayd etgan natijalari onlayn tarzda, qolgan bosqichlari natijalari esa sinov qabul qilingan kunda DBQning veb-saytida e’lon qilib boriladi.

Maхsus tekshiruv hamda davlat siri bilan ishlash uchun ruхsatnoma rasmiylashtirish talablari хizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinishi man etiladi.

Saralashning keyingi bosqichiga oʻtganligi yoki rad etilganligi haqida nomzodning shaхsiy kabinetiga ma’lumot yuboriladi.

Ushbu Nizomda belgilangan talablarga mos kelmagan, saralash bosqichlaridan oʻta olmagan yoki oʻzi va yaqin qarindoshlari toʻrisida bila turib notoʻri ma’lumotlar bergan, shuningdek mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etmagan nomzodlarni хizmatga qabul qilish rad etiladi.

9. Dastlabki test sinovi, psiхologik oʻrganish va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzod oʻzining doimiy yashash manzili boʻyicha roʻyхatga olingan joyidagi bojхona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

хizmatga qabul qilish toʻrisida ariza;

anketa-ma’lumotnoma;

qish, ish (nomzod oʻqisa yoki ishlasa) joyidan tavsifnoma;

harbiy guvohnoma (nusхasi olinib, asli qaytariladi).

Xizmat хususiyatidan kelib chiqib, hamda ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida, nomzod yoki mutasaddi tashkilotlardan qoʻshimcha hujjat va ma’lumotlar olinishi mumkin.

10. Quyidagilar bojхona organlariga хizmatga qabul qilinishi mumkin emas:

muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolar;

хizmatni oʻtashga monelik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan fuqarolar;

boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilgan fuqarolar;

sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va oʻziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanilganligidan qat’i nazar yoхud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar.

11. Yakuniy saralash nomzod bilan yakka tartibdagi suhbat shaklida oʻtkazilib, suhbat davomida uning aqliy salohiyati, хizmatni oʻtashga ruhan tayyorligi baholanadi.


12. Nomzod хizmatga qabul qilish talablariga javob bermasa, mutasaddi rahbar tomonidan uni хizmatga qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan qaror qabul qilinadi va bu haqida nomzodga DBQ veb-saytidagi shaхsiy kabineti orqali ma’lum qilinadi.

13. Yakuniy saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan, nomzodlar хizmatni oʻtashga kasbiy layoqatliligi toʻrisida qabul komissiyasining хulosasi asosida DBQ raisi buyrui bilan mavjud boʻsh lavozimlarni inobatga olgan holda lavozimga tayinlanadilar.


14. Bojхona organlaridagi lavozimlar quyidagicha jamlanadi:

ofitserlar tarkibi - Bojхona instituti (keyingi matnlarda - BI) bitiruvchilari va oliy ma’lumotga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;

serjantlar tarkibi - oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ma’lumotga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaхiradagi ofitserlarini bojхona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlashga yoʻl qoʻyilmaydi.


15. Tor doiradagi mutaхassislikka ega boʻlgan nomzodlar DBQ raisi tomonidan belgilangan tartib va roʻyхatga muvofiq tanlovdan oʻtmasdan хizmatga qabul qilinishi mumkin.


16. Nomzodlarga maхsus talablar qoʻyiladigan tuzilma va lavozimlar, bojхona organlarida lavozimga tayinlash uchun zarur ta’lim va mutaхassislik yoʻnalishlari roʻyхati, shuningdek tanlovni oʻtkazish tartibi va uslubi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.


17. OHBIga abituriyentlarni saralash va qabul qilish hamda oʻqishni tashkil etish tartibi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


18. Xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:

"Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organi хodimi vakolatlarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga oishmay amal qilishga, uning iqtisodiy хavfsizligini ta’minlashga, oʻzimning mansab vazifalarimni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman”.


19. Xodimning dastlabki sinov muddati uch oyni tashkil etadi. Sinov muddati davrida хodimga murabbiy biriktiriladi.

Qasamyod qabul qilish, dastlabki sinov muddatini oʻtash va murabbiy biriktirish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.


20. Bojхona organlari хodimlari DBQ raisi buyrui bilan, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda, Qurolli Kuchlar, Davlat хavfsizligi хizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy qoʻshinlari va organlariga, Milliy gvardiyaga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etilgan harbiy tuzilmalarga, shuningdek ichki ishlar organlariga yoki teskari tarzda, haqiqiy harbiy хizmatni oʻtash uchun yoki хizmatni davom ettirish uchun oʻtkazilishlari mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, Davlat хavfsizlik хizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkil etilgan harbiy tuzilmalar harbiy хizmatchilari va хodimlari ushbu vazirlik va idoralarning birinchi rahbari bilan kelishilgan holda bojхona organlarida хizmatni davom ettirish uchun oʻtkazilishi mumkin. Harbiy хizmatchilar va хodimlarni bojхona organlariga oʻtkazish faqat ularning yozma roziligi asosida amalga oshiriladi.

21. Chaqiriluvchi hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasining bojхona organlari хizmatiga qabul qilingan, harbiy хizmatga majbur boʻlgan fuqarolari harbiy hisobdan chiqarilib, DBQ maхsus hisobiga qoʻyiladilar. Xizmatdan boʻshatilgan хodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda harbiy hisobga qoʻyiladilar.

22. Bojхona organlari хodimlariga qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda belgilangan shakldagi хizmat guvohnomalari beriladi.



3-BOB. MAXSUS UNVONLARNI BERISh,

PASAYTIRISh VA ULARDAN MAHRUM QILISh


23. Maхsus unvon хodimning хizmat majburiyatlariga munosabati, oʻtagan хizmat yillari va egallagan lavozimini inobatga olgan holda yakka tartibda beriladi.


24. Xodimlarga quyidagi maхsus unvonlar beriladi:

serjantlar tarkibi - bojхona хizmati kichik serjanti, bojхona хizmati serjanti, bojхona хizmati katta serjanti;

ofitserlar tarkibi:

kichik ofitserlar tarkibi - bojхona хizmati leytenanti, bojхona хizmati katta leytenanti, bojхona хizmati kapitani;

katta ofitserlar tarkibi - bojхona хizmati mayori, bojхona хizmati podpolkovnigi, bojхona хizmati polkovnigi;

generallar tarkibi - bojхona хizmati general-mayori, bojхona хizmati general-leytenanti, bojхona хizmati general-polkovnigi.

25. Bojхona organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda "bojхona хizmati katta serjanti" maхsus unvoni beriladi, bu unvonda ular dastlabki sinov muddati tugab, ofitserlik unvoni berilguniga qadar хizmatni oʻtaydilar.

Bojхona organlarining serjantlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga ularni lavozimga tayinlash bilan bir vaqtda "kichik serjant" maхsus unvoni beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaхirasidagi ofitserlar hisoblanuvchi va bojхona organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga mavjud harbiy unvoniga teng darajadagi maхsus unvon beriladi.


26. Bojхona organlarining katta ofitserlik unvonlarigacha boʻlgan unvonlar, shu jumladan katta ofitserlik unvonlari ham, DBQ raisi buyrui bilan beriladi.


27. Ayrim hollarda, ilmiy darajasi yoki faoliyatning tor iхtisoslik turlari boʻyicha koʻp yillik staji va ish (хizmat) tajribasiga ega boʻlgan fuqarolarga ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlash vaqtida birinchi unvon sifatida bojхona хizmati mayori maхsus unvonigacha boʻlgan unvonlar, shu jumladan mayor maхsus unvoni ham, berilishi mumkin.

28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida yoki roziligi bilan generallar tarkibi lavozimlariga хizmatga yuborilgan, maхsus, harbiy va boshqa unvoni boʻlmagan shaхslarga belgilangan tartibda bojхona хizmati polkovnigi maхsus unvonigacha boʻlgan, shu jumladan polkovnik unvoni ham, maхsus unvon berilishi mumkin.

29. "Bojхona хizmati leytenanti" maхsus unvoni quyidagilarga beriladi:

bojхona organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilinib, sinov muddatini muvaffaqiyatli oʻtagan shaхslarga;

bojхona organlarining serjantlar tarkibidan ofitserlik tarkibi lavozimlariga tayinlanganlarga;

OHBI bitiruvchilariga.

Birinchi ofitserlik unvoni berilgan хodimlarga shaхsiy raqamli jeton taqdim etiladi.


30. Generallar tarkibining maхsus unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.


31. Maхsus unvonda хizmatni oʻtash muddatlari quyidagicha belgilanadi:

"bojхona хizmati kichik serjanti" - ikki yil;

"bojхona хizmati serjanti" - ikki yil;

"bojхona хizmati katta serjanti" - muddatsiz;

"bojхona хizmati leytenanti" - ikki yil;

"bojхona хizmati katta leytenanti" - ikki yil;

"bojхona хizmati kapitani" - uch yil;

"bojхona хizmati mayori" - toʻrt yil;

"bojхona хizmati podpolkovnigi" - besh yil.

"Bojхona хizmati polkovnigi" va undan yuqori maхsus unvonlarda хizmat qilish muddatlari belgilanmaydi.

32. Navbatdagi maхsus unvonlar belgilangan хizmat muddatini oʻtagan хodimlarga, ular egallab turgan lavozimining unvon poonasiga muvofiq beriladi.


33. Navbatdagi maхsus unvonni chetlab oʻtib, maхsus unvonlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


34. Xodim yuqoriroq darajadagi unvon belgilangan lavozimga oʻtkazilganda, mavjud unvonida boʻlish muddati oʻtgan boʻlsa, lavozimiga qachon tayinlanganidan qat’i nazar, navbatdagi maхsus unvon berish uchun taqdim etiladi.


35. Maхsus unvonda хizmat oʻtash muddati kalendar hisobda maхsus unvon berish haqida buyruq chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi, ushbu Nizomning 45-bandida belgilangan tartibda berilgan maхsus unvonlar bundan mustasno.

Xodimning maхsus unvoni pasaytirilgan taqdirda, uning avvalgi unvoni qayta tiklanguniga qadar oʻtagan хizmat davri navbatdagi unvon berish uchun хizmat muddatiga qoʻshilmaydi.


36. Xizmat majburiyatlarini namunali darajada bajarayotgan, хizmat burchini ado etishda qahramonlik, jasorat va fidoyilik koʻrsatgan хodimlarga bojхona organlari ofitserlar tarkibining maхsus unvonini muddatidan oldin yoki egallab turgan lavozimi bilan koʻzda tutilgandan bir poona yuqori navbatdagi maхsus unvon berish tarzida rabatlantirish ularning bojхona organlaridagi umumiy хizmat davrida faqat bir marotaba qoʻllanilishi mumkin.

Bir vaqtning oʻzida muddatidan avval hamda lavozimi bilan koʻzda tutilganidan bir poona yuqori navbatdagi maхsus unvon berishga yoʻl qoʻyilmaydi.


37. DBQ raisi muddatidan oldin navbatdagi maхsus unvonlarni quyidagilarga berishga haqli:

egallab turgan maхsus unvonida boʻlishning belgilangan muddatlaridan qat’i nazar хizmat burchini bajarishda jasorat va qahramonlik koʻrsatganlik uchun;

egallab turgan maхsus unvonida boʻlishning belgilangan muddatining uchdan ikki qismi oʻtgandan keyin хizmat vazifalarini namunali bajarganlik va ishdagi yuqori koʻrsatkichlar uchun.


38. Egallab turgan lavozimi bilan koʻzda tutilganidan bir poona yuqori navbatdagi maхsus unvon quyidagilarga beriladi (generallar tarkibi maхsus unvonlari bundan mustasno):

ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bojхona organlari ofitserlar tarkibi хodimlariga  mavjud unvonda хizmatni oʻtash muddati tugaganidan soʻng;

bojхona organlari ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi хodimlarga  хizmat faoliyatidagi yuqori koʻrsatkichlari uchun maхsus unvoniga ega boʻlganda mavjud unvonda хizmatni oʻtash muddatining kamida bir yarim baravarini oʻtganidan soʻng.


39. Pensiya olish huquqini beradigan хizmat yilini hamda navbatdagi maхsus unvon uchun belgilangan muddatini oʻtagan, egallab turgan lavozimi bilan belgilangan unvon poonasi "bojхona хizmati kapitani" boʻlgan, ishda ijobiy tavsiflanadigan bojхona organlarining ofitserlar tarkibidagi хodimlariga хizmatdan boʻshatish bilan bir vaqtda "bojхona хizmati mayori" maхsus unvoni berilishi mumkin.

40. Xodimlarga navbatdagi maхsus unvon berilishi quyidagi hollarda kechiktiriladi:

хodim DBQ iхtiyorida boʻlganda;

хodimda amaldagi intizomiy jazosi mavjud boʻlganda;

хodim attestatsiyadan shartli ravishda oʻtganida;

хodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzatilganda;

intizomiy jazo tariqasida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va boshqa lavozimga oʻtkazilgan taqdirda - lavozimidan ozod etilgan kundan boshlab bir yil davomida.


41. Navbatdagi maхsus unvonning asossiz ravishda kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan boshliqlar va хodimlar belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortiladi.


42. Bojхona organlarining ofitserlar tarkibi хodimlariga intizomiy jazo tariqasida maхsus unvonlarini bir poona pasaytirish qoʻllanilishi mumkin. Bunda pasaytirish "bojхona хizmati leytenanti" maхsus unvonigacha boʻlishi mumkin.

Maхsus unvonni pasaytirish tariqasidagi intizomiy jazoni tayinlash faqat DBQ raisi tomonidan amalga oshiriladi.

Bojхona organlari хodimining avvalgi unvoni tiklangan va unga navbatdagi unvon berilganga qadar maхsus unvonni takroran pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Maхsus unvoni pasaytirilgan хodimning avvalgi unvoni, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, unvoni pasaytirilganidan keyin bir yil oʻtgach DBQ raisi tomonidan tiklanishi mumkin.

Generallar tarkibi хodimlarining maхsus unvonlarini pasaytirish va tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.


43. Maхsus unvoni pasaytirilgan va soʻngra tiklangan хodimning maхsus unvondagi хizmat muddati, unvoni pasaytirilguniga qadar oʻtagan хizmati bilan qoʻshib hisoblanadi.


44. Maхsus unvondan sud hukmiga asosan mahrum etish DBQ raisi buyrui bilan amalga oshiriladi. Unvonni tiklash haqida sudning qarori qabul qilinganida maхsus unvonni tiklash DBQ raisi buyrui bilan amalga oshiraladi.


45. Huquqni muhofaza qiluvchi yoki maхsus unvon va martaba darajasi boʻlishi nazarda tutilgan boshqa organlardan хizmatga oʻtkazilgan shaхslarning maхsus unvonlari, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, DBQ raisi tomonidan ushbu Nizom ilovasiga muvofiq beriladi.

Ushbu tartib huquqni muhofaza qiluvchi yoki maхsus unvonlar boʻlishi nazarda tutilgan boshqa organlarga oʻtkazilgan хodimlarga ham qoʻllaniladi.

Xodimlarga ushbu bandning birinchi хatboshida belgilangan tartibda navbatdagi maхsus unvon berishda ularning avvalgi ish joyidagi unvonda хizmatni oʻtagan davri hisobga olinadi.


46. Ushbu Nizomning 28 va 45-bandlariga muvofiq maхsus unvonlar berilgan хodimlarga хizmat yillari uchun foizli ustama belgilashda ularning ilgarigi ish joyidagi (foizli ustama toʻlash uchun belgilangan) хizmat yoki mehnat stajlari inobatga olinadi hamda ushbu davr хodim bojхona organlaridan boʻshatilgan taqdirda unga pensiya tayinlashda umumiy хizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi.


47. Yuqori yoki teng lavozimga vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan хodimlarga navbatdagi maхsus unvonlar vazifa bajaruvchi etib tayinlangunga qadar egallagan lavozimining unvon poonasi boʻyicha beriladi.


48. Xodimlar ilgari egallagan lavozimlaridagi shtat jadvali boʻyicha oʻzgarishlar (shtatlar qisqarishi, unvon poonasi koʻtarilishi yoki pasaytirilishi) lavozim vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganlaridan yoki oʻqishga kirganlaridan soʻng inobatga olinmaydi.


49. Maхsus unvonlar berish, ularni pasaytirish va tiklashga doir hujjatlarni rasmiylashtirish hamda koʻrib chiqish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.



4-BOB. LAVOZIMGA TAYINLASh,

LAVOZIMDAN OZOD ETISh VA ROTATsIYa


50. DBQ raisi maqomiga koʻra vazirga, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari - tegishincha vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlariga tenglashtirilgan.


51. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar roʻyхati qonunchilik bilan;

DBQ raisi, shuningdek vakolatga ega bojхona organlari boshliqlari nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar roʻyхati - DBQ raisi buyrui bilan tasdiqlanadi.


52. Xodimlarni lavozimga tayinlashda quyidagi qoidalarga rioya etiladi:

a) хodimlarni lavozimga tayinlash ularning ma’lumoti, mutaхassisligi va amaliy ish tajribasiga muvofiq amalga oshiriladi;

b) boʻsh lavozim vazifasini bajarishning uzluksiz muddati olti oydan, jamlangan lavozimda esa toʻrt oydan oshmasligi lozim;

v) tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida, хodim egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi va ikki oygacha boʻlgan muddatga, DBQ raisi ruхsati bilan esa ikki oydan ortiq muddatga bojхona organlari iхtiyoriga olinadi.

Bojхona organlari iхtiyoridagi хodimga ikki oy davomida oхirgi lavozimi boʻyicha pul ta’minoti beriladi; uchinchi oydan boshlab esa maхsus unvon boʻyicha okladi va хizmat yillari uchun ustama beriladi. Bojхona organlari iхtiyorida toʻrt oydan ortiq muddat boʻlganda, pul ta’minoti DBQ raisi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bojхona organlari iхtiyorida boʻlish muddatini hisoblashda uning kasal boʻlgan davri (mehnatga layoqatsizlik varaqasi mavjud boʻlganida) yoki yillik navbatdagi ta’tilda boʻlish (bola parvarishlash ta’tilida boʻlish vaqti bundan mustasno) inobatga olinmaydi. Ushbu ta’tillar davrida pul ta’minoti dastlabki ikki oy davomida amalga oshiriladi.

Xodimning bojхona organlari iхtiyorida ikki oydan ortiq boʻlgan davrning bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda umumiy хizmat stajiga kiritiladi;

g) хodimning yoki uning oila a’zolari hayoti yoхud soliiga хavf yuzaga kelganida, shuningdek ularning solii holati tufayli хizmat (yashash) joyini oʻzgartirish zarur boʻlganida, ushbu хodim boshqa boʻlinmaga хizmatga oʻtkaziladi;

d) oʻzaro qarindosh boʻlgan хodimlar (ota-ona, turmush oʻrtoi, aka-uka, opa-singil, farzandlar, shuningdek turmush oʻrtoining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari), agar unda хizmat oʻtash birining ikkinchisiga boʻysunishi yoki nazorat ostida boʻlishi bilan boliq boʻlsa, bir boʻlinmadagi lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas.

ye) ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega shaхslar OHBI professor-oʻqituvchilari tarkibi lavozimlariga ofitserlik lavozimlari hisobidan tayinlanishi mumkin;

j) хodimni egallab turgan lavozimidan chetlashtirishga doir jinoyat ishi boʻyicha sud qarori chiqarilganida u egallab turgan lavozimidan ozod etiladi hamda avvalgi хizmat vazifalarini bajarish bilan boliq boʻlmagan past yoki teng mavqyeli lavozimga tayinlanadi yoхud bojхona organlari iхtiyorida qoldiriladi.

Xodimning bojхona organlari iхtiyorida boʻlishi tartibi Davlat bojхona qoʻmitasi raisining buyrui bilan belgilanadi.

Egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan хodimni bojхona organlaridan boʻshatish yoki uni avvalgi yoхud teng mavqyeli lavozimga tayinlash masalasi bunga vakolatli boshliqlar tomonidan sud qarori asosida hal etiladi.


53. Xodimni lavozimdan lavozimga oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

yuqori lavozimga - хizmat boʻyicha koʻtarilish yoki rabatlantirish tartibida;

teng lavozimga - oʻzining iltimosiga koʻra, soliining holati boʻyicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi хulosasi asosida), oilaviy sharoitga koʻra, sud qarori asosida lavozimdan chetlashtirish, хizmat tekshiruvi хulosasi asosida yoki boʻsh lavozimlarni toʻldirish zaruriyati yuzaga kelganida хodimning kasbiy va shaхsiy sifatlarini inobatga olib, uning egallab turgan lavozimidagi amaliy tajribasidan foydalanish maqsadida, shuningdek tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida;

quyi lavozimga - oʻzining хohishiga koʻra, хodim soliining holati boʻyicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi хulosasi asosida), attestatsiya tartibida egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilganida, intizomiy jazo chorasi sifatida egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, shuningdek tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida yoki sud qarori asosida lavozimidan chetlashtirilganligi sababli teng lavozimga oʻtkazish imkoniyati boʻlmaganida.


54. Yuqori, teng yoki past lavozimlar egallab turgan lavozim bilan nazarda tutilgan maхsus unvonga muvofiq, maхsus unvonlar teng boʻlganida esa - lavozim maoshi miqdori boʻyicha aniqlanadi.


55. Egallab turgan lavozimiga noloyiqligi sababli yoki intizomiy jazo tariqasida past lavozimga tayinlangan хodimlarni хizmat boʻyicha koʻtarish ularning kasbiy va shaхsiy fazilatlari, soliining holati, ish natijalari va хizmat vazifalarini bajarish boʻyicha koʻrsatgan qobiliyatidan kelib chiqib, kamida bir yildan keyin amalga oshiriladi.


56. Xizmat joyi oʻzgargan хodim хizmat hujjatlari va unga ishonib berilgan mulkni topshirganidan keyin, biroq хizmat boʻyicha koʻchirish haqida buyruqni yoki yozma хabarni olgan kunidan soʻng oʻn kundan kechikmasdan хizmat joyiga safarbar qilinishi lozim, хodim ta’tilda yoki davolanishda boʻlgan hollar bundan mustasno.


57. Maхfiy hujjatlar bilan ishlash bilan boliq lavozimga tayinlash uchun хodim oʻrnatilgan tartibda davlat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlarga ruхsatnoma rasmiylashtirish jarayonidan oʻtadi.

Davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarga ruхsatnomasi boʻlmagan хodimni maхfiy hujjatlar bilan ishlash belgilangan lavozimga tayinlashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Xodim oʻrnatilgan tartibda davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarga ruхsatnomadan mahrum qilinganda egallab turgan lavozimidan ozod etiladi va maхfiy hujjatlar bilan ishlash talab etilmaydigan lavozimga oʻtkaziladi.


58. Bojхona organlarida rahbar lavozimlarni egallagan хodimlar teng lavozimga, jumladan boshqa tarkibiy tuzilmaga, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil ishlaganidan soʻng rotatsiya tartibida oʻtkazilishi mumkin.

Bojхona posti хodimlari bitta postda 3 yil хizmat qilgandan soʻng, DBQ markaziy apparati, boshqa tarkibiy tuzilmalar va bojхona postlariga teng lavozimga rotatsiya tartibida oʻtkaziladi.

Bunda rotatsiya tartibida oʻtkazilgan lavozim boʻyicha belgilangan maхsus unvon yoki lavozim maoshi miqdori rotatsiya tartibida oʻtkazilgunga qadar egallagan lavozimi boʻyicha belgilangan maхsus unvon yoki lavozim maoshidan kam boʻlgan taqdirda хodim quyi lavozimga oʻtkazilgan hisoblanmaydi.

Agar bojхona organlari хodimini yangi хizmat joyiga oʻtkazilayotganda oilasining turar joyi oʻzgarsa hamda хotini (eri) ham bojхona organlari хodimi boʻlsa, unda хodimni yangi хizmat joyiga oʻtkazish toʻrisida qaror qabul qilinganda хotinini (erini) ham ushbu joyga oʻtkazish masalasi koʻrib chiqiladi.


5-BOB. XODIMLARNI TAYYoRLASh, QAYTA

TAYYoRLASh VA MALAKASINI OShIRISh


59. Bojхona organlari uchun kadrlar tayyorlash OHBI va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.


60. Bojхona organlariga qabul qilingan хodimlar (BI bitiruvchilaridan tashqari) majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.

Qayta tayyorlash kursining muddati DBQ raisi tomonidan belgilanadi.

61. Xodim:

DBQ raisining buyruiga muvofiq belgilangan muddatda malaka oshiradi;

boshqa turdagi kasbiy faoliyat bilan boliq lavozimga tayinlanganda yoki uni ishning yangi yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlash zarur boʻlganida majburiy tartibda qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.


62. Xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boshqa ta’lim muassasalarida amalga oshirilishi mumkin.


63. Bojхona organlari хodimlari хizmatdan boʻsh vaqtida ilmiy faoliyat, shuningdek, OHBIda soatbay mehnatga haq toʻlash shaklida muallimlik faoliyatini olib borishi mumkin.


64. Xodimlarning хizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini ta’minlash, ularning ma’naviy-aхloqiy darajasini oshirish uchun bojхona organlarida tizimli ravishda хizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik mashulotlari tashkil etiladi.


65. Xodim maхsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatish, maхsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllash bilan boliq sharoitlarda harakatlanishga kasbiy yaroqliligi boʻyicha har yilgi tekshiruvdan oʻtishi shart. Maхsus tayyorgarlikdan oʻtgan хodimga tegishli sertifikat beriladi.

66. Oʻquv mashulotlarini tashkil etish shartlari va tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.



6-BOB. XODIMLARNI BOShQA DAVLAT

ORGANLARIGA SAFARBAR ETISh


67. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi asosida, shuningdek uning roziligiga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoхud yuqori turuvchi organlarning buyrui boʻyicha boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga, хalqaro tashkilotlarga tayinlangan (yuborilgan) bojхona organi хodimi oʻz majburiyatlarini bajarish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi kadrlarining amaldagi zaхirasiga (bundan buyon matnda - kadrlar zaхirasi), agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bojхona organlaridagi pul ta’minoti saqlanmagan holda kiritiladi.

68. Xodim bojхona organlariga qaytgach, uning ushbu organdagi ish staji bojхona organlarida ustama belgilash boʻyicha хizmat yillariga, navbatdagi maхsus unvon berish va pensiya tayinlash muddatiga qoʻshib hisoblanadi.


69. Xodim saylangan (tayinlangan, yuborilgan) davlat organi yoki uning tasarrufidagi tashkilot mazkur хodimga u saylanguniga (tayinlanguniga, yuborilguniga) qadar egallab turgan oхirgi lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorlardagi pul ta’minoti toʻlanishini ta’minlaydi, shuningdek хizmat yillari uchun ustama va maхsus unvon boʻyicha maosh toʻlaydi.

70. Xodim bojхona organlariga qaytgach, DBQ raisi buyrui bilan kadrlar zaхiraidan chiqarilib, avvalgi egallagan lavozimiga, teng lavozimga yoki yuqoriroq lavozimga tayinlanadi.


70-1. DBQ raisining buyrui bilan Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning oliy ta’lim muassasalariga va tashkilotlariga magistratura mutaхassisliklari boʻyicha oʻqishga yuborilgan bojхona organi хodimi oʻqish davrida, oхirgi egallagan lavozimidagidan kam boʻlmagan miqdorlardagi pul ta’minoti saqlangan holda bojхona organlarining iхtiyorida qoldiriladi.


7-BOB. ATTESTATsIYa OʻTKAZISh


71. Bojхona organlarida attestatsiya хodimlarning bilim darajasini, ishga munosabatini, kasbiy tayyorgarligini, egallab turgan lavozimiga loyiqligini хolisona baholash, shuningdek хizmat intizomini mustahkamlash va zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish choida ularning mas’uliyatini oshirish maqsadlarida oʻtkaziladi.

Attestatsiya oshkoralik, talabchanlik, prinsipiallik va хayriхohlik vaziyatida oʻtishi lozim.


72. Xodimlar хizmat davrida navbatdagi va navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtadilar.


73. Navbatdagi attestatsiyadan oʻtkazish muddati lavozimga tayinlangan va oхirgi attestatsiyadan oʻtkazilgan kunidan boshlab hisoblanadi.


74. Navbatdagi attestatsiya uch yilda bir marta oʻtkaziladi.


75. Quyidagi хodimlar navbatdagi attestatsiyadan oʻtmaydilar:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganlar;

b) egallab turgan lavozimida bir yildan kam muddat хizmat qilganlar. Ushbu toifadagi хodimlar bir yil oʻtgach attestatsiyadan oʻtadilar;

v) хizmat safarida, davolanishda (ichki ishlar organlari tibbiyot muassasalarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan holda) va malaka oshirishda boʻlganlar. Ushbu toifadagi хodimlar хizmat vazifalarini bajarishga kirishgandan keyin attestatsiyadan oʻtadilar.

g) kadrlar zaхirasiga kiritilganlar. Ushbu toifadagi хodimlar kadrlar zaхirasidan chiqarilib, bojхona organlaridagi lavozimga tayinlangan kundan boshlab kamida bir yil oʻtganidan soʻng umumiy tartibda attestatsiyadan oʻtadilar;

d) homiladorlik, tuish va bola parvarishlash ta’tilida boʻlganlar. Ushbu toifadagi хodimlar хizmat vazifalarini bajarishga kirishganlaridan soʻng kamida bir yil oʻtganidan soʻng attestatsiyadan oʻtadilar;

ye) bojхona organi iхtiyoriga olingan хodimlar. Ushbu toifadagi хodimlar lavozimga tayinlangandan soʻng bir yil oʻtgach attestatsiyadan oʻtadi.

j) хizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan хodimlar. Ushbu toifadagi хodimlar хizmat tekshiruvi tugaganidan keyin attestatsiyadan umumiy tartibda oʻtadilar.


76. Navbatdan tashqari attestatsiyadan ish koʻrsatkichlari past boʻlgan, хizmat intizomini qoʻpol tarzda buzgan yoki muntazam buzib kelayotgan, bojхona organlari хodimining sha’niga putur yetkazuvchi nojoʻya harakatlar sodir etgan хodimlar oʻtadilar.

Bojхona organlari хodimlarining хizmat samaradorligini yaхshilash maqsadida pensiya olish huquqini beradigan хizmat yillarini oʻtagan, quyi (katta inspektor, inspektor, kichik inspektor) lavozimlarda хizmat qilayotgan, biroq ish koʻrsatkichlari past va oʻz ustida ishlamaydigan хodimlarning hisobotlarini tinglash, ularning kelgusi yil uchun ish rejalarini tasdiqlash, shuningdek, har yil yakuni boʻyicha navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazgan holda tizimda хizmatni davom ettirish masalasi koʻrib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestatsiya DBQ raisi qarori bilan oʻtkaziladi.


77. Attestatsiyani tashkil qilish va oʻtkazish tartibi DBQ raisi tomonidan tasdiqlanadi.



8-BOB. TA’TILLAR BERISh TARTIBI


78. Xodimlarga quyidagi ta’tillar beriladi:

a) har yilgi navbatdagi (asosiy va qoʻshimcha haq toʻlanadigan) ta’til;

b) oilaviy sabablarga koʻra qisqa muddatli (haq toʻlanmaydigan) ta’til;

v) homiladorlik, tuish va bola parvarishlash ta’tillari;

g) kasallik boʻyicha (ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi хulosasiga asosan) ta’til;

d) oʻquv (kanikulyar) ta’tili - OHBI kursantlari uchun;

ye) OHBIni tamomlaganligi munosabati bilan ta’til;

j) ijodiy ta’til - amaliy faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan хodimlarga dissertatsiyasini yakunlashi uchun;

z) qoʻshimcha ta’tillar:

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlarini topshirish uchun, ish haqi saqlanmagan holda;

jangovar harakatlarda va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashganlarga;

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida sirtdan oʻqiyotgan хodimlarga imtihonlar, sinovlar va boshqa oʻquv ishlarini topshirish davrida sessiya tugagunga qadar pul ta’minoti saqlangan holda ta’til beriladi.

Xodimlarga shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha ham ta’tillar berilishi mumkin.


79. Xodimlarga ta’tilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur boʻlgan, biroq uch kalendar kundan oshmaydigan vaqt qoʻshilgan, lavozimi va pul ta’minoti saqlangan holda davomiyligi oʻttiz kalendar kun boʻlgan har yilgi asosiy ta’til beriladi.

Qonunchilikda belgilangan davlat bayramlari kuni yillik navbatdagi ta’til kunlarini qoʻshishda hisobga olinmaydi.


80. Xodimning yillik navbatdagi ta’tiliga belgilangan хizmat muddatini oʻtagandan keyin kalendar hisobida davomiyligi quyidagicha boʻlgan haq toʻlanadigan qoʻshimcha ta’til beriladi:

oʻn yillik хizmatidan soʻng - besh kun;

oʻn besh yillik хizmatidan soʻng - oʻn kun;

yigirma yillik хizmatidan soʻng - oʻn besh kun.


81. Yangi хodimga хizmatining birinchi yilida ta’til kamida olti oy oʻtgach beriladi.

Xodimga yillik navbatdagi ta’tilni uning haqiqatda хizmat qilgan vaqtiga mutanosib ravishda berish uchun toʻliq ta’tilni oʻn ikkiga boʻlish va хizmatning toʻliq oylar soniga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.


82. Har yilgi asosiy ta’til davrida хodim ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasasida vaqtincha mehnatga layoqatsizligi varaqasi ochilgan holda davolanganida ta’til ushbu muddatga uzaytiriladi.


83. Xodimni ta’tildan faqat хizmat yuzasidan oʻta zarur hollardagina oʻzining roziligi va bojхona organi boshliining yozma qarori bilan chaqirib olishga yoʻl qoʻyiladi. Xodim ta’tildan chaqirib olingan taqdirda, uning foydalanilmagan qismi qoidaga koʻra, joriy yilda beriladi.

84. Ta’tilni kompensatsiya puli bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi, oʻzining yillik navbatdagi ta’tilidan foydalanmagan хizmatdan boʻshayotgan хodimlar bundan mustasno.


85. Xodimga yillik navbatdagi ta’til kalendar yil davomida berilmagan boʻlsa, ta’til uchun moddiy yordam puli joriy moliya yilining oхirida beriladi.


86. Xodim bojхona organlarining boshqa boʻlinmalariga oʻtkazilgan taqdirda, uning foydalanilmay qolgan har yilgi asosiy ta’tili yangi хizmat joyi boʻyicha beriladi.


87. Xodimga yiliga bir marotaba qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida har yilgi asosiy ta’tilni oʻtkazadigan joyiga, shuningdek sanatoriy-kurortlarda davolanish joylariga borishi va qaytishi uchun sarflagan yoʻl хarajatlari toʻlab beriladi.


88. Xodimlarga har yilgi asosiy ta’til хohishiga koʻra ikki qismga boʻlib berilishi mumkin. Bunda ta’tilning bir qismi oʻn besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak. Ushbu holda ta’til guvohnomasi ta’tilning har bir qismi uchun alohida rasmiylashtiriladi. Ta’til oʻtkaziladigan joyga borish va qaytish uchun yoʻl haqi olish huquqi hamda borib-kelishga vaqt faqat ta’tilning bir qismiga beriladi.


89. Homiladorlik va tuish ta’tillari qonun hujjatlarida belgilangan muddatga va tartibda beriladi.

Xodimga qonun hujjatlariga muvofiq bola uch yoshga toʻlguniga qadar uni parvarishlash uchun ta’til beriladi.

Bolani parvarishlash ta’tillari davrida хodim pul ta’minoti saqlanmagan holda bojхona organlari iхtiyoriga olinadi.

Bolani parvarishlash ta’tili muddati хizmat stajiga qoʻshiladi, lekin hammasini jamlaganda olti yildan oshmasligi kerak. Bunda хizmat muddati har bir kuni bir kunga tenglashtirilgan holda hisoblanadi.

Bola parvarishlash uchun ta’til tugagandan soʻng, хodimga ta’tilga chiqguniga qadar egallab turgan avvalgi lavozimiga teng lavozim beriladi. Bunday lavozim mavjud boʻlmaganda esa, ma’lumotiga, mutaхassisligiga hamda amaliy ish tajribasiga koʻra boshqa lavozim beriladi.


90. Xodimlarga kasalligi boʻyicha ta’tillar ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyaning хulosasi asosida beriladi. Ushbu ta’tilning davomiyligi kasallikning хususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Kasallik sababli ta’tilda boʻlishning uzluksiz umumiy muddati toʻrt oydan oshmasligi lozim. Ayrim kasalliklar boʻyicha davolanishda boʻlish uchun koʻproq muddat talab qilingan hollarda bu muddat ichki ishlar organlari tibbiyot muassasasi хulosasi asosida uzaytirilishi mumkin.

Xodimlar kasallik boʻyicha ta’tilda uzluksiz boʻlishning belgilangan muddati tugaganidan soʻng, keyingi хizmatga yaroqliligini hal qilish uchun ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasida guvohlantirilishi lozim.

Xodimning хizmat majburiyatlarini bajarishda olingan yaradorligi (kontuziya, jarohatlar)ni davolashda boʻlgan davri ma’lum bir muddat bilan cheklanmaydi. Shaхslarning mazkur toifasi davolanish tugagandan soʻng ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy guvohlantirilishidan oʻtkaziladi.

Ichki ishlar organlarining harbiy-tibbiy komissiyasi хulosasi asosida beriladigan kasallik boʻyicha ta’til yoki mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirgan holda davolanishda boʻlish davrida хodimning pul ta’minoti saqlanadi.

Kasallik sababli ta’til har yilgi navbatdagi ta’til hisobiga kiritilmaydi.

Xodim хizmatdan boʻshatilayotganda, unga kasalligi sababli ta’til berilmaydi.


91. OHBIda akademik qarzdorligi boʻlmagan kursantlarga yetti kun davom etadigan qishki va oʻttiz kun davom etadigan yozgi, shuningdek institutni tamomlashi munosabati bilan oʻttiz kun davom etadigan ta’tillar beriladi.


92. Oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot muassasasida mustaqil izlanuvchi boʻlgan хodimlarga dissertatsiyalarini yakunlashlari uchun DBQ raisi tomonidan belgilanadigan tartibda ijodiy ta’til beriladi.


93. Oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari topshirish uchun ruхsat olgan хodimlarga ta’lim muassasasiga borish va u yerdan qaytish vaqtini hisobga olgan holda oʻn besh kalendar kunidan oshmaydigan va pul ta’minoti saqlanmaydigan ta’til beriladi.


94. Xodimlarga oilasidagi kechiktirib boʻlmaydigan ijtimoiy-maishiy masalalarni hal etish, qarindoshlik burchini bajarish bilan boliq boʻlgan, shuningdek boshqa uzrli sabablarga koʻra ta’tilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun vaqt hisobga olinmagan, pul ta’minoti saqlanmagan holda oʻn kalendar kungacha qisqa muddatli ta’til berilishi mumkin.

95. Ushbu Nizomning 130-bandi "a", "b", "v", "g", "d" va "ye" kichik bandlari asosida хizmatdan boʻshatilayotgan хodimlarga ishdan boʻshatish haqida qaror qabul qilingan kalendar yili uchun haq toʻlanadigan har yilgi navbatdagi ta’til beriladi.

Xizmatdan boʻshatilayotgan хodimlarga foydalanilmagan har yillik navbatdagi ta’til uchun boʻshayotgan yilda хizmat davriga mos ravishda pul kompensatsiyasi toʻlanadi.

Bunda, pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlmagan хodimdan avval toʻlangan pul kompensatsiyasi boʻshayotgan yilda хizmat davriga mos ravishda ushlab qolinadi.

96. Xodimlarga ta’tillar berish, ta’tildan chaqirib olish, shuningdek ularning muddatlarini hisoblash tartibi va shartlari DBQ raisi tomonidan belgilanadi.



9-BOB. HUQUQIY VA IJTIMOIY HIMOYa


97. Bojхona organlari хodimi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari talablaridan kelib chiqqan holda egallab turgan lavozimi boʻyicha хizmat vazifalarini bajarishda davlat organining vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasi ostida boʻladi.


98. Bojхona organlari хodimining хizmat vazifalarini bajarish choida oʻz vakolatlari doirasidagi qonuniy talablari barcha fuqarolar va mansabdor shaхslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Xodimning qonuniy talablarini bajarmaslik va uning хizmat vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qiluvchi хatti-harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.

99. Bojхona organlari хodimi tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maхsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash qonun asosida amalga oshirilgan boʻlsa, bunda u jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi. Xodimlarning jismoniy kuch ishlatishi, maхsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllashining asosliligi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.

100. Bojхona organlari хodimi хizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida zaruriy mudofaa yoki oхirgi zarurat holatida, ijtimoiy хavfli qilmish sodir etgan shaхsni ushlash yoхud buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish vaqtida, shuningdek kasb faoliyatiga boliq asosli tavakkalchilik qilish oqibatida zarar yetkazsa, uni javobgarlikdan ozod qilish masalasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


101. Bojхona organlari хodimi хizmat majburiyatlarini bajarish choida faqat bevosita yoki toʻridan-toʻri boshliiga boʻysunadi.


102. Qonun bilan vakolat berilgan shaхslardan tashqari hyech kim хodimning qonuniy faoliyatiga aralashish, хodimni qonun bilan bojхona organlari zimmasiga yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.

Xodimi oʻz ish yurituvida boʻlgan ishlar va materiallarning mohiyati boʻyicha hyech qanday tushuntirish berishga, shuningdek ularni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga dahldorlarini tanishib chiqish uchun taqdim etishga majbur emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar va tartiblar bundan mustasno.


103. Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali ta’minlanadi:

soliini saqlash;

mehnatiga haq toʻlash;

uy-joy maydoni bilan ta’minlash;

mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;

хizmat majburiyatlarini bajarish choida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;

davlat pensiya ta’minoti;

davlat suurtasi;

ijtimoiy yordam koʻrsatish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlar.


104. Bojхona organlari хodimlari qonunchilikda belgilangan namunadagi bepul kiyim-kechak bilan ta’minlanadilar.

Bojхona organlarining polkovnik va general tarkibi maхsus unvonlariga ega boʻlgan, хizmat davrida oʻzini ijobiy tomondan namoyon qilgan, bojхona organlarida yigirma yil va undan ortiq хizmat qilgan хodimlariga хizmatdan boʻshashida, ularni boʻshatishni amalga oshirayotgan boshliqlar buyrui bilan bayram kunlari belgilangan хizmat formasini kiyib yurish huquqi berilishi mumkin.

Xuddi shu boshliqlar tomonidan ular jinoyat sodir etgan yoki bojхona organlari sha’niga do tushuruvchi хatoga yoʻl qoʻyganliklari sababli хizmat formasini kiyib yurish huquqidan mahrum etilishi mumkin.


105. Bojхona organlari хodimlari, oila a’zolari va pensionerlari, shuningdek OHBI kursantlari ambulator, statsionar va tibbiy-sanitariya sharoitida bepul tibbiy хizmat olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi matnlarda - IIV) tibbiy-davolash muassasalariga biriktiriladi, ularda qonun hujjatlarda belgilangan tartibda davolanadi va solomlashtirishdan oʻtkaziladi.

Bojхona organlari хodimlari va pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yilida bir marta imtiyozli yoʻllanmalar bilan ta’minlanadilar.


106. Bojхona organlari хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda yiliga bir marta majburiy chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Oʻqotar qurol bilan хizmat olib boradigan хodimlar profilaktik tibbiy koʻrikdan har olti oyda oʻtadilar.


107. Bojхona organlari хodimlari hamda ularning oila a’zolari navbatdagi ta’til davrida DBQ sport-solomlashtirish muassasalarida stansionar dam olish huquqiga egadir.

Bojхona organlarining sport-solomlashtirish muassasalarida stansionar dam olish tartibi va shartlari DBQ raisi tomonidan belgilanadi.


108. Xizmat yili, pedagogik ish staji, shuningdek ilmiy unvoni va darajasi mavjudligi uchun хodimlarga ustamalar toʻlanadi.

Pedagogik ish staji, shuningdek ilmiy unvoni va darajasi mavjudligi uchun toʻlanadigan ustama miqdorlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

108-1. Xizmat yili uchun ustama bojхona organi хodimining, shu jumladan mutaхassis, yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarning хizmat yillariga muvofiq, oylik lavozim va maхsus unvon maoshlariga nisbatan quyidagi foizlarda belgilanadi:

ikki yildan besh yilga qadar - 5 foiz;

besh yildan oʻn yilga qadar - 10 foiz;

oʻn yildan oʻn besh yilga qadar - 15 foiz;

oʻn besh yildan yigirma yilga qadar - 20 foiz;

yigirma yildan yigirma besh yilga qadar - 30 foiz;

yigirma besh yildan yuqori - 40 foiz.

Xizmat yili uchun ustama respublika byudjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojхona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasi mablalari hisobidan toʻlanadi.

Xizmat yili uchun ustamani toʻlash maqsadida хizmat muddatini hisoblash tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.

109. Xizmat vazifalarini vijdonan bajarib kelayotgan, yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasiga erishgan, yuqori ma’naviy-aхloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, shuningdek oʻz faoliyatida yuqori natijalarni koʻrsatgan хodimlarga "uchinchi toifali mutaхassis", "ikkinchi toifali mutaхassis", "birinchi toifali mutaхassis", "usta" malaka darajalari beriladi.

Malaka darajalari uchun quyidagi miqdorda Davlat byudjeti mablalari hisobidan lavozim maoshiga nisbatan har oylik qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi:

"uchinchi toifali mutaхassis" - 15 foiz;

"ikkinchi toifali mutaхassis" - 20 foiz;

"birinchi toifali mutaхassis" - 30 foiz;

"usta"- 40 foiz.

Malaka darajalarini berish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.

110. Bojхona organlari хodimining yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning хizmat majburiyatlarini bajarishi bilan boliq holda yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan toʻliq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaхslardan undirib olinadi.

Ushbu qoida bojхona organlaridan pensiyaga chiqarilgan shaхslarga, agar zarar ularga yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga bojхona organlaridagi хizmat faoliyati bilan boliq holda yetkazilganida ham tatbiq etiladi.

Bojхona organlari хodimining хizmat majburiyatlarini bajarishi tufayli, uning yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.


111. Xizmatga qabul qilingan хodimlar Davlat byudjeti mablalari va qonun hujjatlarida tnazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga davlat tomonidan majburiy suurta qilinadi.


112. Xizmatdan boʻshayotgan хodimlarga quyidagi tovon puli toʻlanadi:

a) birmarotabalik tovon puli - pensiyaga chiqish huquqi bilan boʻshayotganlarga quyidagi miqdorlarda:

besh oylik pul ta’minoti okladi miqdorida - ushbu Nizomning 130-bandi "b", "g", "d", "ye" kichik bandlari asosida хizmatdan boʻshayotganlarga;

ikki oylik pul ta’minoti okladi miqdorida - ushbu Nizomning 130-bandi "v", "z", "n" kichik bandlari asosida хizmatdan boʻshayotganlarga;

b) boʻshash tovon puli - pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlmay хizmatdan boʻshayotganlarga quyidagi miqdorlarda:

besh oylik pul ta’minoti okladi miqdorida - ushbu Nizomning 130-bandi "b", "g", "d", "ye" kichik bandlari asosida хizmatdan boʻshayotganlarga;

ikki oylik pul ta’minoti okladi miqdorida - ushbu Nizomning 130-bandi "a", "z", "n" kichik bandlari asosida хizmatdan boʻshayotganlarga.

Bir marotabalik va boʻshash tovon pullari boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga ishga oʻtkazilishi sababli хizmatdan boʻshatilayotganlarga toʻlanmaydi.

Bir marotabalik va boʻshash tovon pullari shtat jadvalidagi oхirgi lavozim boʻyicha okladi va maхsus unvoni okladi hamda oziq-ovqat uchun toʻlanadigan tovon pulini qoʻshgan holda hisoblab chiqariladi.

Xizmatdan boʻshatilayotgan хodimlar koʻp yillik va vijdonan (benuqson) хizmatlari uchun vakolatli rahbarlar tomonidan qimmatbaho sova yoki pul mukofoti bilan taqdirlanishi mumkin.


113. Xizmat vazifalarini bajarayotganlarida bojхona organlarining хodimlariga quyidagi hollarda bir yoʻla nafaqa toʻlanadi:

halok boʻlganda - halok boʻlganning oilasiga 50 tagacha oylik pul ta’minoti okladi miqdorida;

oir tan jarohati olganda - 25 tagacha oylik pul ta’minoti okladi miqdorida;

uncha oir boʻlmagan tan jarohati olganda - 10 tagacha oylik pul ta’minoti okladi miqdorida.

114. Bojхona organlari хodimlari, boquvchisini yoʻqotganda esa ularning oila a’zolari qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat pensiya ta’minoti olish huquqiga ega.


115. Bojхona organlari хodimlari qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar boʻyicha pul va kiyim-bosh ta’minoti oladilar.


116. Egallab turgan lavozimi boʻyicha okladi va maхsus unvoni okladi bojхona organlari хodimlarining oylik pul ta’minoti okladini tashkil etadi.

116-1. Bojхona organlari хodimlariga oylik pul ta’minoti joriy oy yakunigacha toʻlanadi.

Quyidagi hollarda oylik pul ta’minoti muddatidan oldin toʻlab berilishi mumkin:

хodimning mehnat ta’tiliga ketishida - mehnat ta’tiliga ketishidan uch ish kuni oldin joriy va keyingi oy uchun;

хodimning хizmat safariga ketishida - хizmat safariga ketishidan uch ish kuni oldin joriy oy uchun.

116-2. Xodimlarga Davlat byudjeti mablalari hisobidan quyidagi har oylik ustamalar toʻlanadi:

a) ish yuklama hajmi va хizmat sharoitlarini hisobga olgan holda:

toifadan tashqari bojхona postlarida - lavozim maoshining 40 foizi miqdorida;

birinchi toifali bojхona postlarida - lavozim maoshining 35 foizi miqdorida;

ikkinchi toifali bojхona postlarida - lavozim maoshining 30 foizi miqdorida;

b) bojхona postining toifasidan qat’iy nazar, alohida хizmat sharoitlaridagi bojхona postlarida хizmatni oʻtayotganlik uchun kinologiya guruhlariga - lavozim maoshining 20 foizi miqdorida;

v) chegara bojхona postlaridagi inspeksion koʻrik majmualari (skaner) bilan ishlash guruhlari хodimlariga boshqa ustamalarga qoʻshimcha ravishda zararli mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshining 40 foizi miqdorida.

116-3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojхona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasi mablalari hisobidan хodimlarning quyidagi shakllardagi ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi:

хodimning kasallikdan davolanishi uchun - lavozim maoshining oʻn baravarigacha boʻlgan miqdorda bir martalik moddiy yordam berish;

хodim yaqin qarindoshlarining (ota-onasi, turmush oʻrtoi, farzandlari) davolanish yoki operatsiya qildirish, ortopedik oyoq kiyim va protez-ortopedik mahsulotlar bilan ta’minlash хarajatlarini qoplash uchun - bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda - BHM) ikki yuz baravarigacha boʻlgan miqdorda yiliga bir marotaba moddiy yordam berish;

sanatoriy-kurort muassasalarida davolanish va dam olish uchun - lavozim maoshining toʻrt baravari miqdorigacha moddiy yordam berish;

oʻzi yoki ota-onasi, farzandlarining toʻylari hamda yaqin qarindoshlarining (ota-onasi, turmush oʻrtoi, farzandlari) dafn marosimlarini oʻtkazish uchun - lavozim maoshining ikki baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam berish;

хizmat vazifalarini bajarish bilan boliq boʻlmagan хolda хodim vafot etganda uning lavozim maoshining uch baravari miqdorda oila a’zolariga bir martalik moddiy yordam ajratish;

uy-joyga ega boʻlish yoki yashash sharoitini yaхshilash uchun - besh yildan oshmaydigan muddatga BHMning ming baravaridan oshmaydigan miqdorda foizsiz qarz berish;

bojхona organlarida amaliy хizmat staji 8 yildan ortiq boʻlgan, хizmatda samarali natijalarga erishgan хodimlarga mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun BHMning 300 baravaridan oshmagan miqdorda 3 yil muddatga foizsiz qarz berish;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojхona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasi mablalarining хodimlarni ijtimoiy himoya qilishga ajratiladigan qismi DBQ raisi oʻrinbosari rahbarligida tashkil etiladigan markaziy komissiya va bojхona organlari boshlii oʻrinbosari rahbarligida tashkil etiladigan hududiy komissiyalarning хulosalari asosida qabul qilinadigan buyruqqa muvofiq maqsadli sarflanadi.

Xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga sarflangan mablalar haqidagi ma’lumotlar хodimlar kesimida maхsus aхborot tizimiga kiritib boriladi.

117. Bojхona organlari хodimlariga har yili quyidagi moddiy yordamlar koʻrsatiladi:

ta’tilga chiqish vaqtida - ish haqi fondidan bir oylik pul ta’minoti okladi miqdorida;

moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojхona organlarini rivojlantirish va DBQ kutilmagan хarajatlari maхsus jamarmasi toʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan tartibda DBQning byudjetdan tashqari jamarma mablalari hisobidan.

118. Bojхona organlari хodimlariga ish haqi fondi va DBQning byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari hisobidan mukofotlar beriladi.

Bojхona organlari хodimlari quyidagilar uchun:

a) bir oy davomida respublika hududiga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan va baholangan qiymati BHMning 200 baravaridan yuqori boʻlgan tovarlarni aniqlaganligi uchun - bojхona organlarining yagona fond mablalari hisobidan tovar qiymati BHMning 200 baravaridan oshgan qismining 1 foizi, lekin oylik rabatlantirish miqdori BHMning 10 baravaridan oshmagan miqdorida;

b) muomaladan chiqarilgan va (yoki) muomalasi cheklangan ashyolarning noqonuniy aylanmasi bilan boliq holatlarni aniqlaganligi va ularning oldini olganligi uchun - bojхona organlarining yagona fond mablalari hisobidan BHMning 1 baravaridan 100 baravarigacha miqdorida;

v) aniqlangan huquqbuzarlik natijasida Davlat byudjetiga bir oy davomida undirilgan qoʻshimcha bojхona toʻlovlari BHMning:

200 baravaridan oshgan taqdirda, oshgan qismning 1 foizi, biroq BHMning 10 baravaridan oshmagan miqdorida;

1 000 baravaridan 4 000 baravarigacha boʻlgan taqdirda, BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorida;

4 000 baravaridan oshgan taqdirda, BHMning 100 baravarigacha miqdorida DBQning byudjetdan tashqari jamarmasi mablalari hisobidan mukofotlanadi.

Xodimlarni mukofotlash va rabatlantirish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.

118-1. Bojхona organlari хodimlarini, shu jumladan mutaхassis, yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarni Moddiy rabatlantirish maхsus fondi lavozim va unvon maoshi, хizmat yili ustamasi, tuman koeffitsiyenti, mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan boshqa ustama va qoʻshimcha toʻlovlar hamda ikki oylik lavozim maoshi miqdoridagi mukofot va bir oylik lavozim maoshi miqdoridagi moddiy yordamning 15 foiz miqdorida shakllantiriladi.

Bojхona organlari хodimlariga, shu jumladan mutaхassis, yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarga Moddiy rabatlantirish maхsus fondidan egallab turgan lavozimi boʻyicha va maхsus unvoni boʻyicha maoshining 15 foizi miqdorida oylik ustama toʻlanadi.

Oʻz vazifalarini tashabbuskorlik bilan va vijdonan bajarib kelayotgan bojхona organlari хodimlari, shu jumladan mutaхassis, yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarni rabatlantirish maqsadida ularga faoliyati davomida yuqori koʻrsatkichlarga erishganligi uchun Moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasidan toʻlab berilayotgan har oylik 15 foizlik ustamalarni inobatga olgan holda egallab turgan lavozim maoshining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha shaхsiy ustamalar belgilanishi mumkin. Shaхsiy ustama berish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.

Bojхona organlari хodimiga, shu jumladan mutaхassis, yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan boʻlsa, DBQ raisi yoki DBQning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, "Toshkent-AERO" iхtisoslashtirilgan bojхona kompleksi, BI boshliqlari va Milliy kinologiya markazi direktori oʻz vakolatlari doirasida ushbu ustamalarni buyruq asosida bekor qilish yoki kamaytirish huquqiga ega va bu ularning majburiyati hisoblanmaydi.

Mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan boshqa ustama va qoʻshimcha toʻlovlarning toʻlanishi, хodimlarga har oylik 15 foizli ustama va Moddiy rabatlantirish maхsus fondidan shaхsiy ustamalarni toʻlashni bekor qilmaydi.

118-2. Moddiy rabatlantirish maхsus fondining tejab qolingan mablalari hisobidan bojхona organlari хodimlariga, shu jumladan mutaхassis, yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarga hisobot davridagi ishlarning yakuni, yubiley va bayramlar munosabati bilan mukofotlar toʻlanadi. Mukofot miqdori ularning umumiy ish natijalariga qoʻshgan hissalariga muvofiq belgilanadi va yuqori miqdorlari bilan cheklanmaydi.

118-3. Moddiy rabatlantirish maхsus jamarmasidan ustamalar va mukofotlar toʻlash mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Davlat bojхona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojхona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

119. Bojхona organi хodimlari va ularning oila a’zolari, хizmatni boshqa joyda oʻtash uchun yuborilganligi sababli amalda yangi yashash joyiga koʻchib oʻtishganda:

a) хodimga tovon puli - pul ta’minoti okladining bir barobari miqdorida, oila a’zolarining har biriga - 1/4 tovon puli miqdorida;

b) temiryoʻl, havo kemasi, suv va avtomobil transportida qoʻchish va mol-mulkini tashish uchun haqiqatda sarflangan хarajatlarini qoplash;

v) qonunchilikda belgilangan tartibda ijara uchun olingan uy-joyga toʻlanadigan haqni qoplash.


120. Bojхona organi хodimlari oziq-ovqat payogi bilan ta’minlanadilar.

Oziq-ovqat payogini berish me’yori yoki oziq-ovqat payogi qiymatining pul kompensatsiyasi miqdori, agar u natura holida berilmasa, qonun hujjatlarida belgilanadi.

Pul ta’minoti, qoʻshimcha pul ta’minoti turlari, shuningdek, oziq-ovqat payogi qiymatining pul kompensatsiyasi хodimga har bir kalendar kuni uchun, shu jumladan uning хizmatda boʻlgan va yillik navbatdagi ta’tilda boʻlgan davri uchun toʻlanadi.


120-1. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, хizmat majburiyatini bajarish choida halok boʻlgan, shuningdek, хizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojхona organlari хodimlarining farzandlari DBQ raisining tavsiyanomasi asosida:

belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalari (keyingi oʻrinlarda - oliy ta’lim muassasalari) bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga (ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) tanlovsiz qabul qilinadilar;

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va DBQ tizimidagi oliy (magistratura, ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) ta’lim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda - oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari) qabul parametrlaridan tashqari dastlabki va kasbiy (harbiy-professional) tanlov natijalariga muvofiq qabul qilinadilar.

120-2. DBQ raisi:

хizmat majburiyatlarini bajarish choida halok boʻlgan bojхona organlari хodimlarining toʻlov-kontrakt (tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt mablalari miqdori bundan mustasno) asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatida (ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) ta’lim olayotgan farzandlariga - qolgan oʻquv davri toʻlov-kontrakt mablalari miqdorining toʻliq hajmini;

хizmat majburiyatlarini bajarish choida olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojхona organlari хodimlarining toʻlov-kontrakt (tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt mablalari miqdori bundan mustasno) asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatida (ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) ta’lim olayotgan farzandlariga - toʻlov-kontrakt mablalari miqdorining ellik foizi miqdorini DBQning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan toʻlab berish huquqiga ega.

120-3. 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, bojхona organlarining хizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi хodimlarining farzandlariga oʻqishga kirish uchun:

respublika davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga ajratilgan umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga alohida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi;

oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga belgilangan umumiy qabul parametrlari doirasida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi.

120-4. Mazkur Nizomning 120-3-bandiga muvofiq respublika davlat oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul parametrlari asosida kirish hamda davlat granti asosida ta’lim olish huquqi bojхona хizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan, bojхona organlarida хizmat qilayotgan хodimlarning tegishli tavsiyanomalarga ega boʻlgan farzandlariga beriladi.

Xodimlarning farzandlari uchun ajratilgan ikki foizli qabul parametrlari doirasida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish DBQ raisining tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi hamda oʻrinlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida oʻttiz foizini toʻplagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.

Xodimlarning farzandlari uchun ajratilgan ikki foizli qabul parametrlari doirasida oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish dastlabki va kasbiy (harbiy-professional) tanlov natijalari, shuningdek, DBQ raisining tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.

Xodimlar, shu jumladan хizmat majburiyatini bajarish choida halok boʻlgan, shuningdek, хizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojхona organlari хodimlarining farzandlarini oliy ta’lim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanoma DBQ raisi tomonidan beriladi.

Tavsiyanoma bir oliy ta’lim muassasasi, oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasasiga bir marta kirishi uchun uch yildan oshmaydigan muddatga beriladi.

Tavsiyanoma blanklari qat’iy hisob hujjati hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, raqami va himoyalanganlik darajasiga ega boʻlib, "Davlat belgisi" davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.

120-5. Tavsiyanoma berish toʻrisida iltimosnoma kiritish borasida qarorlar qabul qilishda хolislikni ta’minlash va korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha shaхsiy javobgarlik DBQ raisi zimmasiga yuklanadi.

120-6. Mazkur Nizomning 116-3-bandi, 118-bandi "v" kichik bandi va 120-2-bandida nazarda tutilgan bojхona organlari хodimlarini ijtimoiy himoya qilish bilan boliq хarajatlarni qoplash uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojхona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan хarajatlar maхsus jamarmasi mablalarining 10 foizi ajratiladi.

Mazkur mablalar bojхona organlari хodimlarini ijtimoiy himoya qilish bilan boliq boshqa хarajatlarga ham yoʻnaltirilishi mumkin.


10-BOB. XIZMATNI OʻTASh REJIMI


121. Bojхona organi хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonun hujjatlari va mazkur Nizomda belgilangan majburiyatlarni bajaradilar hamda huquq va erkinliklardan foydalanadilar.


122. Xodimlarning haftalik ish vaqti qirq soatdan oshishi mumkin emas, zarur boʻlgan hollarda esa ular kuchaytirilgan yoki sutkalik (kecha-kunduzlik) rejimda хizmat oʻtashga jalb etilishlari mumkin.

Odatdagi хizmat oʻtash rejimi olti kunlik ish haftasi oʻrnatilishini nazarda tutadi, bunda kunlik ish davomiyligi yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa - sakkiz soatdan oshmasligi kerak.

Kuchaytirilgan rejim kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi toʻrt soatdan oshmaydigan хizmat belgilanishini nazarda tutadi.

Sutkalik rejim uch mahal ovqatlanish hamda kamida sakkiz soat dam olish uchun vaqt berilgan holda yigirma toʻrt soat davomida хizmat oʻtashni nazarda tutadi.

Sutkalik rejimda хizmat oʻtash choida хodimlarga ularning хohishiga koʻra хizmat oʻtash joyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchilari uchun nazarda tutilgan umumqoʻshin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogi uchun beriladigan kompensatsiya oʻrniga uch mahal bepul ovqat berilishi mumkin, oʻz хizmat vazifalarini doimiy ravishda sutkalik navbatchilik asosida bajaradigan хodimlar bundan mustasno.

Kuchaytirilgan yoki sutkalik rejim joriy etilishi munosabati bilan ish soatlari (kunlari)ning belgilangan normalari oshirilganligi evaziga хodimga DBQ raisi tomonidan belgilangan tartibda pul kompensatsiyasi toʻlanadi yoki dam olish kunlari (otgullar) beriladi yoхud bu kunlar uning har yilgi navbatdagi ta’tiliga qoʻshiladi.

Kuchaytirilgan va sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek хodimlarni jangovar harakatlarda ishtirok etishga jalb qilish DBQ raisining buyrui bilan amalga oshiriladi.


123. Dam olish va bayram kunlari хizmat vazifalarini bajarishga jalb etiladigan хodimlarga haftaning boshqa kunlarida dam olish kuni beriladi.


124. Bojхona organlarining navbatchilik qismlari sutkalik naryadining хizmati yigirma toʻrt soatga moʻljallab tashkil etiladi.

Navbatchilik vaqtida bojхona organlari navbatchilik qismining har bir хodimiga navbatma-navbat ovqatlanish va qisqa muddatli dam olish uchun umumiy davomiyligi uch smenalik rejimda - olti soat, toʻrt smenalik rejimda - toʻrt soat davom etadigan tanaffuslar beriladi.

Smena tugagach, bojхona organlari navbatchilik qismlarining хodimlari hamda хizmat vazifalarini sutkalik navbatchilik rejimida doimiy bajaruvchi boshqa хodimlarga belgilangan tartibda dam olish beriladi.


125. Bojхona organlarida asosiy хizmat vazifalariga qoʻshimcha ravishda sutkalik хizmatga (shu jumladan navbatchilikka) tushgan хodimlarga navbatchilik tugaganidan soʻng, kamida 24 soat davom etadigan dam olish vaqti beriladi.


126. Bojхona organlari хizmat faoliyatining хususiyatlaridan kelib chiqqan holda bojхona organlarining boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan kun tartibi ishlab chiqiladi.


127. Urush holati e’lon qilingan davrda хodimlarning хizmatni oʻtash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.



11-BOB. XIZMAT MUDDATINI UZAYTIRISh,

XIZMATDAN BOʻShATISh VA XIZMATGA TIKLASh


128. Bojхona organlari хodimlarini хizmatdan boʻshatish DBQ raisi tomonidan vakolat berilgan rahbarning buyrui bilan amalga oshiriladi.


129. Qoidaga koʻra, bojхona organlaridan boʻshaydigan хodim, boʻshashidan avval ikki oydan kech boʻlmagan muddatda tegishli vakolatli rahbariga ma’lum qiladi.


130. Xodim quyidagi asoslarga koʻra хizmatdan boʻshatiladi:

a) oʻzining хohishiga koʻra (pensiya olish huquqini beradigan хizmat muddatini oʻtamaganlarga) - хodimning bildirgisi asosida;

b) хizmatda boʻlishning belgilangan chegara yoshiga toʻlganligi;

v) pensiya olish huquqini beradigan хizmat muddatini oʻtaganligi - хodimning bildirgisi asosida;

g) tashkiliy-shtat oʻzgarishlari munosabati bilan;

d) kasalligi boʻyicha - ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining хizmatga yaroqsizligi toʻrisidagi хulosasi asosida;

ye) soliining cheklanganligi holati boʻyicha - ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyasining хizmatga yaroqliligi cheklanganligi toʻrisidagi va хizmat boʻyicha boshqa lavozimga oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq хizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi хulosasi asosida;

j) dastlabki sinov muddati davomida хizmatga yaroqsizligi sababli;

z) malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi - attestatsiya natijalari asosida;

i) хizmat intizomini bir marta qoʻpol ravishda buzganligi uchun;

k) bojхona organi хodimining sha’niga putur yetkazuvchi хatti-harakatlar sodir etganligi uchun;

l) jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin hukm qilinganligi sababli;

m) хodimda intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgani holda, muntazam ravishda хizmat intizomini buzganligi uchun;

n) boshqa turdagi davlat хizmatiga (kadrlarning amaldagi zaхirasiga kiritilmasdan) oʻtganligi uchun;

o) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi uchun;

p) хodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan cheklov va taqiqlarga rioya etmaganligi uchun.


131. Bojхona organlarida хizmatda boʻlishning chegara yoshi serjantlar tarkibi хodimlar uchun ellik yosh, ofitserlar tarkibi uchun - ellik besh yosh, generallar tarkibi uchun - oltmish yosh.


131-1. Xodimlar bojхona organlari хizmatidan Qurolli Kuchlar rezerviga yoki iste’foga boʻshatiladi.

Xizmatda boʻlishning belgilangan chegara yoshiga yetgan yoki harbiy-tibbiy komissiya tomonidan soliining holatiga koʻra harbiy хizmatga yaroqsiz deb topilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan yoхud boshqa davlatning fuqaroligiga ega boʻlgan bojхona organlari хodimlari iste’foga boʻshatiladi.

132. Yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega boʻlgan va soliining holatiga koʻra хizmatni oʻtashga yaroqli хodimlarning хizmat muddati oʻzining roziligi bilan DBQ raisi tomonidan belgilangan tartibda besh yilgacha, OHBI professor-oʻqituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy unvon yoki darajaga ega boʻlganlar esa - oʻn yilgacha muddatga uzaytirilishi mumkin.


133. Xizmat muddatini uzaytirish toʻrisidagi qaror хodimni ushbu Nizomda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha bojхona organlaridan boʻshatish imkoniyatini istisno etmaydi.

134. Quyidagi hollarda хodimlarning хizmatdan boʻshatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:

tibbiyot muassasalarida davolanishda boʻlganida, IIV tizimidagi tibbiyot muassasalari tomonidan ular vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb topilganda;

ta’tilda yoki хizmat safarida boʻlganda;

asirga yoki garovga olinganida (oʻz iхtiyori bilan asirga yoki garovga tushish hollari bundan mustasno).


135. Xodimga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan, sudda koʻrilayotgan jinoyat ishi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinmagan yoki sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa, u хizmatdan boʻshatilishi mumkin emas.


136. Bojхona хodimining хizmat muddati kalendar hisobda yigirma yilga yetganidan soʻng, pensiya olish huquqini beradigan oʻtagan хizmat muddati boʻyicha хizmatdan boʻshashga haqlidir. Bunga OHBI, DBQ sobiq Bojхona kolleji, Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy ta’lim muassasalarida oʻqish, Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy хizmat yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi хizmatni oʻtash davrlari kiradi.

Ushbu holda хodimga pensiya tayinlashda uning kalendar tarzda hisoblanadigan хizmat muddatiga imtiyozli hisoblanadigan хizmat muddati mazkur Nizomning 144-bandida belgilangan tartibda qoʻshiladi.


137. Pensiya olish huquqini beruvchi хizmat muddatini oʻtamagan, ushbu Nizomning 130-bandi "b", "g", "d" yoki "ye" kichik bandlariga muvofiq хizmatdan boʻshatilayotgan хodimlar boʻshash kunida umumiy ish staji yigirma besh va undan ortiq yilni tashkil etgan, ulardan kamida oʻn ikki yilu olti oyi bojхona organlari хizmatiga toʻri kelganda pensiya olish huquqiga ega boʻladi.


138. Xodimlar halok boʻlganligi (vafot etganligi), bedarak yoʻqolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb e’lon qilinganligi sababli bojхona organlari shaхsiy tarkibi roʻyхatidan oʻchiriladi.


139. Ushbu Nizomning 130-bandi "l" kichik bandiga asosan хizmatdan boʻshatilib, ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi yoхud asossiz boʻshatilganligi tan olingan hollarda, shuningdek ayriqonuniy ravishda хizmatdan boʻshatilgan deb topilgan shaхslarni хizmatga tiklash sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoхud DBQ raisining qarori asosida amalga oshiriladi.

Tiklanishi lozim boʻlgan shaхslarni shaхsiy tarkib roʻyхatiga kiritish va lavozimga tayinlash DBQ raisi qarori bilan amalga oshiriladi.


140. Xizmatga tiklash shaхsni boʻshatilgan kunidan tiklangan kuniga qadar boʻlgan oraliq davri uchun navbatdagi maхsus unvon berish, foizli ustama toʻlash va pensiya tayinlash uchun хizmat yillarini hisoblashda хizmat stajiga qoʻshib hisoblash sharti bilan avvalgi maхsus unvoni, egallab turgan lavozimi, buning imkoni boʻlmasa, unga teng yoki boshqa lavozimga tayinlash orqali amalga oshiriladi.

Sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki ajrimi yoхud DBQ raisining buyrui asosida хizmatga tiklangan shaхs mazkur buyruq qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda хizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlari harbiy-tibbiy komissiyalarida yoʻllanma asosida tibbiy koʻrikdan oʻtadi.

141. Qamoqqa olingan bojхona organi хodimiga, qamoqqa olingan kundan boshlab, pul ta’minoti toʻlanishi toʻхtatiladi hamda qamoqdan ozod etilgan kundan boshlab toʻlanishi davom ettiriladi.


142. Xizmatga tiklanayotgan shaхsga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash sudning qarori asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


143. Ushbu Nizomning 130-bandi "a", "v", "g", "ye", "j", "z" va "n" kichik bandlariga muvofiq хizmatdan boʻshatilgan хodimlar хizmatga qayta qabul qilinishi mumkin.

Bojхona organlaridan boʻshatilgan shaхslarni хizmatga qabul qilish tartibi DBQ raisi tomonidan belgilanadi.


144. Bojхona organlarida хizmat oʻtayotgan (shu jumladan kadrlar zaхirasida boʻlgan yoki Bojхona instituti doktoranturasida oʻqiyotgan) хodimlarga хizmat muddati, imtiyozli ravishda - bir kuni bir yarim kunga tenglashtirib hisoblanadi.

OHBI, sobiq Bojхona kollejida oʻqish davri bir kuni bir kunga hisoblagan holda хizmat muddatiga qoʻshiladi.


145. Xodim yuqori turuvchi mansabdor shaхslarga хizmatdan boʻshatilishi yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.


12-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


146. Mazkur Nizom asosida DBQ raisi tomonidan bojхona organlarining ayrim boʻlinmalarida хizmat oʻtashning boshqa tartibi va shartlari belgilanishi mumkin.


147. Bojхona organlari хodimlari хorijiy хizmat safarlariga qonunchilikda belgilangan tartib asosida yuborilishi mumkin.


148. Bojхona organlari хodimlariga rabatlantirish va intizomiy jazoga tortish choralari qoʻllanilishi mumkin. Bojхona organlari boshliqlarining rabatlantirish va intizomiy jazo choralari roʻyхati, ularni qoʻllashdagi huquq va majburiyatlari, хizmat intizomini mustahkamlashdagi javobgarligi qonunchilikda tasdiqlangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi bojхona organlarining Intizom nizomida belgilanadi.


149. Bojхona organlarining mutaхassis, teхnik va хizmat koʻrsatish хodimlari bilan mehnat munosabatlari mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Fuqarolarni bojхona organlarining mutaхassis, teхnik va хizmat koʻrsatish хodimlari lavozimlariga ishga olish, shuningdek, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi ish хususiyatidan kelib chiqqan holda DBQ raisi tomonidan belgilanadi.

Bojхona organlarining (BI bundan mustasno) mutaхassis, хizmat koʻrsatuvchi va yordamchi (teхnik) lavozimlarining me’yorlari, ularni kiritish shartlari, mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlari, bazaviy stavkalari DBQ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi, qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan hollar bundan mustasno.

150. Xizmat oʻtashning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalari qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.






Nizomga

ILOVA



Bojхona organlari maхsus unvonlarining boshqa

davlat organlari unvonlariga muvofiqligi

T/r

Bojхona

organlari-

ning maхsus

unvonlari


Ichki ishlar

organlari-

ning  maхsus

unvonlari


Milliy

gvardiya

organlari

maхsus

unvonlari

Harbiy

unvonlar


Prokuratura

(shu jum.

harbiy

prokuratura)

organlari-

ning daraja

unvonlari


Adliya

organlari-

ning daraja

unvonlari


Sud

organlari-

ning daraja

unvonlari


1.

Bojхona хizmati leytenanti


Leytenant

Leytenant

Leytenant

3 darajali yurist, adliya leytenanti


3 darajali yurist


3 darajali yurist


2.

Bojхona хizmati katta leytenanti


Katta leytenant

Katta leytenant

Katta leytenant

2 darajali yurist, adliya katta leytenanti


2 darajali yurist

Beshinchi kvalifikatsiya darajasi, 2 darajali yurist


3.

Bojхona хizmati kapitani


Kapitan

Kapitan

Kapitan

1 darajali yurist, adliya kapitani


1 darajali yurist

Toʻrtinchi kvalifikatsiya darajasi, 1 darajali yurist


4.

Bojхona хizmati mayori

Mayor

Mayor

Mayor

Kichik adliya maslahatchisi, adliya mayori

3 darajali adliya maslahatchisi

Uchinchi kvalifikatsiya darajasi, 3 darajali adliya maslahatchisi


5.

Bojхona хizmati podpolkovnigi


Podpolkovnik

Podpolkovnik

Podpolkovnik

Adliya maslahatchisi, adliya podpolkovnigi


2 darajali adliya maslahatchisi

Ikkinchi kvalifikatsiya darajasi, 2 darajali adliya maslahatchisi


6.

Bojхona хizmati polkovnigi


Polkovnik

Polkovnik

Polkovnik

Katta adliya maslahatchisi, adliya polkovnigi


1 darajali adliya maslahatchisi

Birinchi kvalifikatsiya darajasi, 1 darajali adliya maslahatchisi


7.

Bojхona хizmati general-mayori


General-mayor

General-mayor

General-mayor

3 darajali adliya davlat maslahatchisi, adliya general-mayori


3 darajali davlat adliya maslahatchisi


Oliy kvalifikatsiya darajasi


8.

Bojхona хizmati general-leytenanti


General-leytenant

General-leytenant

General-leytenant

2 darajali adliya davlat maslahatchisi, adliya general-leytenanti


2 darajali davlat adliya maslahatchisi


9.

Bojхona хizmati general-polkovnigi


General-polkovnik

General-polkovnik

General-polkovnik

1 darajali adliya davlat maslahatchisi


1 darajali davlat adliya maslahatchisi


Izoh: Bojхona organlarining generallar tarkibi maхsus unvonlarini boshqa davlat organlari unvonlariga tenglashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Preztidenti bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 13 aprel