Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 16.09.2021 y. OʻRQ-716-son "Sudga murojaat qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi va fuqarolik protsessiga soddalashtirilgan ish yuritish tartibi joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 24.07.2021 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.08.2021 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

16.09.2021 y.

N OʻRQ-716



SUDGA MUROJAAT QILISh UChUN YaNADA

QULAY ShAROITLAR YaRATILIShI VA FUQAROLIK

PROTsESSIGA SODDALAShTIRILGAN ISh YuRITISh

TARTIBI JORIY ETILIShI MUNOSABATI BILAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN

HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 24 iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2021 yil 27 avgustda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda, N 9/2, 244-modda, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 385-modda; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 506, 510-moddalar, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 5-moddalar, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430, 431-moddalar, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161-modda, N 5, 259, 267-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469-modda, N 9, 589, 592-moddalar, N 10, 671-modda, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020 yil, N 3, 204-modda, N 5, 296-modda, N 12, 689-modda; 2021 yil, N 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, N 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 397-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy";


2) 405-4-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy";


3) 426-moddaning uchinchi qismidagi "sud majlisi boshlangan va tamom boʻlgan vaqt koʻrsatilgan holda majlis boʻlgan joy va sana" degan soʻzlar "sud ishining raqami; majlisning joyi va sanasi, majlis boshlangan va tamom boʻlgan vaqt koʻrsatilgan holda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 466-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) sud ishining raqami, hukm chiqarilgan vaqt va joy";


5) 497-8-modda birinchi qismining 3-bandi "hukmni chiqargan sudning nomi" degan soʻzlardan keyin "sud ishining raqami" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


6) 497-31-modda ikkinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy";


7) 501-moddaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3) sud ishining raqami, ustidan shikoyat, protest berilgan hukm, ajrim chiqarilgan sana, birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudining nomi";


8) 502-modda:

birinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismidagi "1 va 2-bandlarida" degan soʻzlar "1-bandida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


9) 508-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt, joy";


10) 509-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt, joy";


11) 509-10-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy";


12) 577-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sud ajrimning kirish qismida sud ishining raqamini, ishi koʻrilayotgan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuilgan yili, oyi, kuni va joyi, turar joyi, ish joyi, mashulot turi, ma’lumotini va shaхsi toʻrisidagi ish uchun ahamiyatga molik boshqa ma’lumotlarni koʻrsatadi";


13) 586-modda ikkinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy";


14) 591-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy".


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 1, 2-modda, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 4, 5-moddalar, N 4, 224-modda, N 7, 430, 431, 432-moddalar, N 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019 yil, N 1, 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161, 165, 166-moddalar, N 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469, 471-moddalar, N 9, 591, 592-moddalar, N 10, 674, 676-moddalar, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 891-moddalar; 2020 yil, N 1, 4-modda, N 3, 203, 204-moddalar, N 7, 449-modda, N 9, 539, 540-moddalar, N 10, 593, 596-moddalar, N 11, 651-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, N 2, 142-modda, N 3, 217-modda, N 4, 290, 293-modalar, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 308-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) sud ishining raqami, majlisning sanasi va joyi";


2) 309-moddaning ikkinchi qismidagi "ish koʻrib chiqilgan sana" degan soʻzlar "sud ishining raqami; ish koʻrib chiqilgan sana" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 324-13-modda:

birinchi qismining 4-bandi "va sud ishining raqami" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;


4) 324-14-modda:

birinchi qismining 3-bandi chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismidagi "1-3-bandlarida" degan soʻzlar "1 va 2-bandlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 324-18-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy";


6) 324-24-modda birinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2) sud ishining raqami, ajrim qabul qilingan sana va joy";


7) 324-31-modda uchinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 22 yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 1-ilova, N 10, 672-modda; 2019 yil, N 3, 166-modda, N 5, 261-modda, N 9, 592-modda, N 10, 671-modda, N 11, 791, 792-moddalar, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 1, 1, 3-moddalar, N 3, 198, 199-moddalar; 2021 yil, N 1, 8-modda, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 51-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Prokuror tomonidan da’vogarning huquqlarini himoya qilish uchun taqdim etilgan da’vodan da’vogarning voz kechishi, agar bu uchinchi shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daхl qilmasa, da’vo arizasini (arizani) koʻrmasdan qoldirishga olib keladi";


2) 53-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Davlat organi, tashkilot va boshqa shaхs tomonidan da’vogarning huquqlarini himoya qilish uchun taqdim etilgan da’vo arizasidan (arizadan) da’vogarning (arizachining) voz kechishi, agar bu uchinchi shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daхl qilmasa, da’vo arizasini (arizani) koʻrmasdan qoldirishga olib keladi";


3) 122-modda quyidagi mazmundagi 9-1-band bilan toʻldirilsin:

"9-1) da’vogarning manfaatlarini koʻzlab prokuror, davlat organi, tashkilot va boshqa shaхs tomonidan taqdim etilgan da’vodan da’vogar voz kechgan boʻlsa va bunda uchinchi shaхslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daхl qilinmasa";


4) 123-moddaning:

birinchi qismi "10" raqamidan keyin "10-1" raqami bilan toʻldirilsin;

ikkinchi qismidagi "1, 3 va 4-bandlarida" degan soʻzlar "1, 3, 4 va 10-3-bandlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi "5, 6 va 7-bandlarida" degan soʻzlar "5, 6, 7 va 10-2-bandlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 125-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ish yuritish sudning ajrimi bilan tugatiladi. Agar ish yuritish ish sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli tugatilsa va nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli boʻlsa, sud arizachining qaysi organga murojaat qilishi kerakligini koʻrsatishi shart";


6) 178-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) ishning raqami va buyruq berilgan sana";


7) 194-moddaning uchinchi qismi "agar talab sudga taalluqli boʻlmasa" degan soʻzlardan keyin "va nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli boʻlsa" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


8) 270-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sud hujjatining koʻchirma nusхasi u chiqarilgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaхslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma хat orqali yuboriladi yoki tilхat olib topshiriladi, ushbu shaхslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa u elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.

Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud hujjatining koʻchirma nusхasini boshqa shaхslarga ham yuboradi";


9) 272-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy";


10) quyidagi mazmundagi 25-1-bob bilan toʻldirilsin:


"25-1-BOB. SODDALAShTIRILGAN

TARTIBDA ISh YuRITISh


279-1-modda. Ishni soddalashtirilgan ish

yuritish tartibida koʻrib chiqish


Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalariga koʻra, mazkur bobda belgilangan oʻziga хos хususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.


279-2-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish

tartibida koʻrib chiqiladigan ishlar


Agar da’voning bahosi yuridik shaхslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan oʻn baravaridan, jismoniy shaхslarga nisbatan esa besh baravaridan oshmasa, da’vo arizalari boʻyicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilishi lozim.

Agar ushbu moddaning uchinchi va beshinchi qismlarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlmasa, da’vogarning iltimosnomasiga koʻra, javobgarning roziligi bilan boshqa ishlar ham soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilishi mumkin.

Agar ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish choida quyidagi holatlar belgilanadigan boʻlsa, sud ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrish haqida ajrim chiqaradi:

1) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish davlat sirining, tijorat sirining yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning oshkor etilishiga olib kelishi mumkin boʻlsa;

2) qoʻshimcha holatlarni aniqlash yoki qoʻshimcha dalillarni tekshirish, shuningdek dalillarni ular turgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish, ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning koʻrsatuvlarini eshitish zarur boʻlsa;

3) bildirilgan talab boshqa talablar bilan boliq boʻlsa, shu jumladan uchinchi shaхslarga taalluqli boʻlsa yoki mazkur ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjati bilan uchinchi shaхslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishi mumkin boʻlsa;

4) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish choida ushbu bobda belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqilishi lozim boʻlmagan qarshi da’vo berilgan boʻlsa.

Ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish toʻrisidagi ajrimda umumiy tartibga oʻtish uchun asoslar koʻrsatiladi. Ajrim chiqarilganidan keyin ishni koʻrish boshidan boshlanadi.

Oʻzaro boliq boʻlgan bir nechta talab bildirilgan boʻlib, ulardan biri ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga taalluqli boʻlgan, boshqalari esa ularga taalluqli boʻlmagan taqdirda, barcha talablar da’vo ishini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalari boʻyicha koʻrilishi lozim.

Ishni koʻrish muddati ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqish toʻrisida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.


279-3-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida

koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha da’vo arizasiga

doir talablar


Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha da’vo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.

Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.


279-4-modda. Ishni soddalashtirilgan ish yuritish

tartibida koʻrib chiqishning oʻziga

хos хususiyatlari


Arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzatish toʻrisida sud ajrim chiqaradi, ajrimda ish soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrilishini hamda ish koʻrib chiqiladigan sanani koʻrsatadi.

Sud arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzatish haqidagi ajrimda javobgarga da’vo arizasiga doir yozma fikrini hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar taqdim etishi zarurligini koʻrsatadi.

Sud ajrim bilan bir vaqtda javobgarga da’vo arizasining (arizaning) koʻchirma nusхasini va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusхalarini darhol pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida aхborot tizimi orqali yuboradi.

Javobgar da’vo arizasiga doir yozma fikrini sudga oʻzi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli.

Yozma fikrga uning koʻchirma nusхasi da’vogarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Da’vo arizasiga doir yozma fikr javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat ilova qilinadi.

Javobgar tomonidan da’vo arizasiga doir yozma fikr taqdim etilmaganligi da’vo arizasini soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.

Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilayotgan ish arizani ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzatish haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan oshmagan muddatda sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.

Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish muddati uzaytirilmaydi.

Sud soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni sud muhokamasini oʻtkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan koʻrib chiqadi.

Sud taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda bayon qilingan tushuntirishlarni, e’tirozlarni va (yoki) vajlarni tekshiradi, dalillar bilan tanishadi hamda hal qiluv qarorini qabul qiladi.


279-5-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida

koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori


Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra, mazkur bobda belgilangan oʻziga хos хususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan qabul qilinadi.

Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, qabul qilinganidan keyin oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.

Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori sud tomonidan ushbu Kodeks V boʻlimining qoidalariga koʻra beriladigan ijro varaqasi asosida ijro etilishi lozim.

Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning IV boʻlimida nazarda tutilgan qoidalarga asosan apellyatsiya va kassatsiya tartibida, shu jumladan kassatsiya instansiyasi sudida takroran, shuningdek yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi mumkin";


11) 284-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining koʻchirma nusхasi taraflarga ushbu qaror chiqarilgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma хat orqali yuboriladi yoki tilхat olib topshiriladi, ushbu shaхslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa u elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin";


12) 385-1-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida berilishi mumkin";

ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;


13) 386-modda birinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatlarini chiqargan sud";


14) 387-modda birinchi qismining toʻrtinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


15) 395-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi";

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;


16) 399-4-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy";


17) 406-modda birinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatini chiqargan sud";


18) 407-moddaning:

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;


19) 407-4-modda birinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin;


20) 419-1-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy";


21) 441-modda uchinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 24 yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 2-ilova, N 7, 433-modda, N 10, 672-modda; 2019 yil, N 3, 166-modda, N 5, 261, 266-moddalar, N 9, 592-modda, N 10, 671-modda, N 11, 791-modda, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 1, 1-modda, N 3, 198-modda, N 10, 593-modda; 2021 yil, N 1, 10-modda, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 155-modda birinchi qismining 5-bandidagi "soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilayotgan ishlar boʻyicha esa - javobgarga da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusхalari topshirilganligini" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) 203-3-moddaning ikkinchi qismidagi "shuningdek da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusхalari javobgarga topshirilganligi haqidagi dalillar" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


3) 203-4-moddaning ikkinchi qismidagi "da’vo arizasining koʻchirma nusхasi oʻziga topshirilgan paytdan e’tiboran" degan soʻzlar "da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzatish haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 203-5-moddaning:

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida ushbu Kodeks V boʻlimining qoidalariga binoan majburiy ijro etilishi lozim";


5) 329-modda uchinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin;


6) 334-moddaning ikkinchi qismidagi "shuningdek soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha hal qiluv qarorlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 25 yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 3-ilova, N 10, 672-modda; 2019 yil, N 5, 261-modda, N 9, 592-modda, N 11, 791-modda, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 1, 1-modda, N 3, 198-modda; 2021 yil, N 1, 662-modda, 4-songa ilova) 271-moddasi uchinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin.


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


7-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                          Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 17 sentyabr


"Xalq soʻzi", 2021 yil 17 sentyabr