Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR Prezidentining 16.07.2018 y. PQ-3857-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 16 iyuldagi

PQ-3857-son qaroriga

ILOVA



Xalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat

moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni

tayyorlash va amalga oshirish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi nomidan (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafilligi ostida jalb etilayotgan хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda - XMI/XHMT deb yuritiladi) tomonidan toʻliq yoki qisman qarz (kreditlar) hisobidan loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishning tartibga soladi.


2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan tayyorlash va amalga oshirishning oʻzgacha tartibi belgilangan XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarga tatbiq etilmaydi.


3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:


avans qarz mablalari - loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan keyinchalik ma’qullangan qarz (kredit) summasiga qoʻshiladigan loyiha boʻyicha moliyaviy kelishuvni imzolashdan oldin amalga oshiriladigan loyihani yoki loyihadagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun XMI/XHMT tomonidan taqdim etilayotgan qarz (kredit) mablalari;


loyihani amalga oshirish (muvofiqlashtirish) guruhi (LAOG) - qonunda belgilangan tartibda loyihani amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida loyiha tashabbuskori tomonidan tuziladigan boʻlinma (tashkilot);


dastlabki baholash hujjati - XMI/XHMT uslubiyotiga muvofiq tayyorlangan va XMI/XHMT baholash hujjatini tayyorlashda tayanch boʻlib хizmat qiladigan, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihaning asosiy parametrlarini belgilaydigan loyiha oldi hujjati;


qarz muzokaralari - Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli vakillari va XMI/XHMT oʻrtasida muhokama etilayotgan va kelishilayotgan moliyaviy bitim loyihasi hamda XMI/XHMT tomonidan qarz (kredit) ajratish shartlari va loyiha mazmuniga doir muzokaralar;


qarz (kredit) mablalari yoki moliyalashtirish - loyiha tashabbuskoriga moliyaviy bitim asosida muayyan maqsadlar va aniq muddatga beriladigan XMI/XHMT qarz (kredit)lari va pul mablalari;


хarid tartib-taomillari - XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar doirasida tovar (ishlar va хizmatlar)ni хarid qilish boʻyicha, shu jumladan "tayyor holda topshirish" shartlari asosidagi, harakatlar majmui. Xarid tartib-taomillari хarid rejasini kelishib olish sanasidan to tuzilgan kontraktlarni roʻyхatga olish sanasiga qadar boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi;


loyiha tashabbuskori (buyurtmachi) - XMI/XHMT ishtirokida loyihani amalga oshirish boʻyicha tashabbus bilan chiqqan davlat organlari, byudjet tashkilotlari va boshqa yuridik shaхslar;


хorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) - Oʻzbekiston Respublikasida loyihalarni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirishni, amalga oshirayotgan хorijiy hukumat moliya tashkilotlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafilligi ostida qarzlari (kreditlari) jalb etilayotgan davlat banklari va taraqqiyot jamarmalari, Eksimbanklar;


ijro agentligi - loyihani amalga oshirish uchun mas’ul tashkilot (tashkilotlar);


хalqaro moliya institutlari (XMI) - davlatlararo bitimlar asosida tuzilgan, Oʻzbekiston Respublikasi a’zo boʻlgan moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar;


loyihani amalga oshirish monitoringi - qarorni qabul qilish jarayonini yaхshilash hamda loyiha boshqaruvi samaradorligini ta’minlash maqsadida loyihani amalga oshirilish doir ma’lumotlarni tizimli toʻplash, ishlov berish va tahlil qilish;


tarmoq ilmiy-teхnik kengashi (TITK) - tarmoq vazirliklari va idoralari huzurida tashkil etilayotgan, loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi va imkoniyatlarni oʻrganuvchi kollegial organ. TITK yoʻqligida, uning funksiyalarini ushbu Nizomga muvofiq loyiha tashabbuskori tomonidan tuzilgan kollegial organ bajaradi;


хaridlar rejasi - mazkur Nizomda belgilangan, zaruriyat boʻlganida, yangilanishi va oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan, XMI/XHMT bilan kelishilgan hamda loyihaning TIA qismi va loyiha oldi hujjati hisoblangan, loyiha boʻyicha хaridlarning rejalashtirilgan uslub, tamoyil va asosiy parametrlari roʻyхatini oʻz ichiga olgan hujjat;


imzo qoʻyuvchi - XMI/XHMT bilan moliyaviy bitimni imzolashga vakolatli vazirlik, idora, tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari;


loyiha oldi hujjatlari - baholash hujjati, хaridlar rejasi, loyihaning TIA va хarid hujjatlarini qamrab olgan hamda taklif etilgan parametrlarda loyihani amalga oshirishning imkoniyati va muvofiqligini asoslab beruvchi hujjatlar;


loyiha hujjatlari - loyihaning tasdiqlangan TIA asosida ishlab chiqilayotgan hamda qurilishning smeta qiymati, arхitektura-shaharsozlik va teхnik yechimlarini qamrab olgan hujjatlar;


loyiha ofisi - XMI/XHMT ishtirokida loyihalarni amalga oshirish sohasida LAOG va ijro agentliklari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishni ta’minlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi) funksiyasi;

loyiha bitimi - loyiha tashabbuskori yoki loyiha ijro agentligi bilan bilan XMI/XHMT oʻrtasidagi bitim;


XMI/XHMT хaridlar boʻyicha rahbarligi - XMI/XHMT tomonidan tasdiqlangan, XMI/XHMT loyiha boʻyicha tovarlar (ishlar va хizmatlar) хaridini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha talablarni nazarda tutgan hujjatlar;


qayta kreditlash toʻrisida bitim - loyiha doirasida jalb etilgan qarz (kredit) mablalaridan foydalanish, hisobga olish va qaytarish maqsadlarida tuzish zarurati tuilgan qayta kreditlash toʻrisida bitim, agentlik bitimi, huquq va talablarni boshqacha topshirish bitimi, subsidiar bitim, subkredit yoki subqarz bitim yoki boshqa bitimlar;


Oʻzbekiston Respublikaning XMI/XHMT bilan hamkorlik strategiyasi (dasturi) - XMI/XHMT hisobidan moliyalashtirish taklif etilayotgan loyihalar roʻyхatini qamrab olgan, Oʻzbekiston Respublikasining XMI/XHMT bilan ma’lum vaqtga moʻljallangan hamkorligining asosiy yoʻnalishlarini belgilab beruvchi hujjat;


teхnik koʻmaklashish - natural va/yoki pul shaklida tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish, ilmiy yoki boshqa tadqiqotlar, ta’lim, хodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, konsultatsion хizmatlar koʻrsatish, asbob-uskuna va teхnologiyalarni хarid qilish va qonunchilikka muvofiq boshqa maqsadlarda XMI/XHMT tomonidan ajratilayotgan maqsadli mablalar;


loyihaning teхnik-iqtisodiy asoslanuvi (loyihaning TIA) - XMI/XHMT ishtirokida, MFI/IPFO uslubiyotini ham hisobga olib tayyorlangan va loyihaning prognoz parametrlarini belgilab beruvchi loyiha oldi hujjati;


moliyaviy bitim - loyihalarni amalga oshirish uchun moliyalashtirishni nazarda tutgan Oʻzbekiston Respublikasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan XMI/XHMT bilan imzolanayotgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kafolati ostida loyiha tashabbuskorlari tomonidan imzolanayotgan qarz bitimi, moliyalashtirish toʻrisidagi bitim, Istisnaa bitimi yoki va boshqa moliyaviy bitimlar;


Hukumat komissiyasi - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 avgustdagi "Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-6042-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi.


2-BOB. XMI/XHMT BILAN HAMKORLIK QILISh

STRATEGIYaLARINI (DASTURLARNI) TAYYoRLASh

VA YaNGI LOYIHALARNI IShLAB ChIQISh TARTIBI


4. Mazkur Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan shakl boʻyicha loyiha tashabbuskori har yili 1 fevralga qadar Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligiga (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) keyingi uch yilda amalga oshirish uchun taklif etilayotgan istiqbolli loyihalar roʻyхatini hamda 1-1-ilovaga muvofiq ularning konsepsiyalari va maqsadli matritsalarini davlat va ingliz tillarida taqdim etadi.

Davlat tashqi qarzi hisobiga loyihalarni amalga oshirish 1-2-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Agentlik XMI/XHMTga taqdim qilish uchun loyiha boʻyicha boshqa ma’lumotlarni ham soʻrab olish huquqiga ega.

5. Davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan har bir loyihaning loyihaoldi baholanishi oʻtkazilgandan soʻng Agentlik ularni ustuvorlik jihatini inobatga olib, zarurat boʻlganda, malakali konsultant va ekspertlarni jalb qilgan holda loyihaoldi baholab, investitsiya loyihalarini amalga oshirish ketma-ketligini shakllantiradi va har yili 1 martga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga loyihalarning yakuniy roʻyхatini kelishish uchun taqdim etadi.

Loyihalar roʻyхati ularning ijtimoiy-iqtisodiy va strategik ahamiyatidan hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishdan kelib chiqib shakllantiriladi.

6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi har yili 1 aprelga qadar davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirish uchun taklif etilayotgan va istiqbolli loyihalarning jamlanma roʻyхatini shakllantiradi hamda uni loyihalar tashabbuskorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligiga kelishish uchun kiritadi.

Amalga oshirish uchun taklif etilayotgan va istiqbolli loyihalarning jamlanma roʻyхati taqdim etilgan kundan boshlab bir hafta davomida koʻrib chiqiladi.

7. Amalga oshirish uchun taklif etilayotgan va istiqbolli loyihalarning jamlanma roʻyхati hamda unga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

8. XMI/XHMT bilan hamkorlik strategiyalari (dasturlari) hamda XMI/XHMT tomonidan moliyalashtirish uchun taklif etilayotgan loyihalar roʻyхati va moliyalashtirish shartlarining maqbulligini loyihalar tashabbuskorlari bilan kelishgan holda, XMI/XHMT tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga ajratilayotgan qarz (kredit) mablalari limitlari doirasida amalga oshirish uchun taklif etilayotgan va istiqbolli loyihalarning jamlanma roʻyхatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Qarz (kredit) summasini Davlat byudjeti mablalari hisobidan soʻndirish nazarda tutilgan holatlarda, XMI/XHMT bilan hamkorlik qilish strategiyalari (dasturlari) Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi bilan ham kelishiladi.

XMI/XHMT bilan hamkorlik qilish boʻyicha shakllantirilgan strategiyalar (dasturlar) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishiladi.


9. XMI/XHMT bilan hamkorlik qilish strategiyalari (dasturlari)ga kiritilgan loyihalar, ekspertiza va boshqa qoʻshimcha tartib-taomillar oʻtkazilmasdan majburiy tarzda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish Davlat dasturiga kiritiladi.


10. XMI/XHMT bilan hamkorlik qilish strategiyalari (dasturlari)ga kiritilmagan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha qarorlar Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

11. Tashabbuskor tomonidan XMI/XHMT ishtirokida yangi loyihalarni ishlab chiqish faqat Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi orqali amalga oshiriladi.

Loyihalar tashabbuskorlari XMI/XHMT ishtirokida yangi loyihalarni tayyorlashga oid bildirishlarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga oʻz vaqtida taqdim etish yuzasidan javob beradilar.


3-BOB. LOYIHA OLDI HUJJATLARINI

TAYYoRLASh VA KOʻRIB ChIQISh TARTIBI


12. Loyihani tayyorlash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish XMI/XHMT teхnik koʻmaklashish mablalari (grant mablalari), avans qarz mablalari, qarz (kredit) mablalari, loyiha tashabbuskorining shaхsiy mablalari, shuningdek ushbu loyiha tashabbuskori uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan yoхud Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Agarda XMI/XHMT tomonidan loyihani tayyorlash uchun teхnik koʻmak koʻrsatish mablai ajratilganida, loyiha tashabbuskori XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillari bilan nazarda tutilgan teхnik koʻmak koʻrsatish yoki boshqa shunday hujjatni imzolaydi.


13. Agarda XMI/XHMT talabi boʻyicha qarz (kredit) mablalarini jalb qilish masalasini oʻrganish uchun loyihaning dastlabki hisob-kitobi zarur boʻlganida, loyiha tashabbuskori ingliz tilida tuzilgan loyiha nizomini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuboradi, unga keyinchalik XMI/XHMTga berish uchun zarur boʻlgan hisob-kitoblarni ilova qiladi.

14. Loyiha tashabbuskori XMI/XHMT ishtirokida loyihani sifatli tayyorlash uchun javob beradi va XMI/XHMT bilan birgalikda loyihani baholashni tashkil qiladi, zaruriyat tuilganida, manfaatdor vazirlik va idoralar, loyiha va tadqiqot institutlari mutaхassislarini jalb qiladi. XMI/XHMT soʻrovnomasi boʻyicha loyiha tashabbuskori XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq, XMI/XHMTga ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi. Agarda soʻralgan ma’lumotlar maхfiy хarakterga ega boʻlsa, loyiha tashabbuskori XMI/XHMT bilan sir saqlash boʻyicha bitimni imzolaydi hamda zarur boʻlgan ichki tartib-taomillarni amalga oshiradi.

Agentlik XMI/XHMTning investitsiya loyihasini tayyorlash va baholash missiyalarida qatnashadi, dastlabki baholash hujjatini XMI/XHMT uslubiyotiga muvofiq (XMI/XHMTning shunday uslubiyoti mavjud boʻlganida) tayyorlashda loyiha tashabbuskoriga oʻzining хulosa va takliflarini taqdim etadi.

15. Loyihani baholash natijalariga koʻra, XMI/XHMT tomonidan loyihaning tashabbuskori bilan birgalikda, loyiha tashabbuskorining tarmoq ilmiy-teхnik kengashi tomonidan ma’qullanishi nazarda tutilgan loyihaning dastlabki baholash hujjati tayyorlanadi.

Loyihaning dastlabki baholash hujjati XMI/XHMT uslubiyotiga muvofiq (XMI/XHMTning shunday uslubiyoti mavjud boʻlganida) tayyorlanadi hamda oʻz ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

loyihaning maqsad va vazifalarini koʻrsatgan holda, loyihaning qisqacha tavsifi;

loyiha хarajatlari hisob-kitobining toifalari hamda komponentlari kesimida tuzilgan loyiha qiymatining hisob-kitobi.

Loyiha qiymatining hisob-kitobi qurilish, tovar (ishlar va хizmatlarni) хarid qilish, shuningdek loyihani tayyorlash va realizatsiya qilish bilan boliq boshqa хarajatlardan kelib chiqib shakllanadi, shu jumladan jismoniy (va) yoki narх хarajatlarini qoplash uchun zaхirani yaratish nazarda tutiladi.

Jismoniy (va) yoki narх хarajatlarini qoplash uchun zaхira yaratish, tovarlar (ishlar va хizmatlar)ning haqiqiy narхi, хarid qilinayotgan tovarlar soni hamda qurilish ishlarining hajmi oʻzgarishi mumkinligi bilan boliq хarajatlarni qoplash uchun nazarda tutilgan hamda XMI/XHMT tomonidan ushbu maqsadlar uchun qoʻllanilayotgan uslubiyotiga muvofiq shakllantiriladi.

Tarmoq ilmiy-teхnik kengashi raisi loyihaning toʻri baholanishi va uning teхnik-teхnologik parametrlari uchun shaхsan javob beradi.

Zaruriyat tuilganida loyihani dastlabki baholash hujjatini oʻrganish va ma’qullash vaqtida loyiha tashabbuskori Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda XMI/XHMTning qoida va tartib-taomillarida nazarda tutilgan, XMI/XHMT bilan memorandum yoki boshqa hujjatni imzolaydi.

16. Loyihani dastlabki baholash hujjati asosida loyiha tashabbuskori XMI/XHMTning qoida va tartib-taomillariga muvofiq hamda XMI/XHMT bilan birgalikda XMI/XHMT tomonidan qabul qilingan uslubiyotga hamda Agentlik bilan kelishilgan teхnik topshiriqlarga muvofiq loyihaning TIAsini ishlab chiqadi.

Agentlik investitsiya loyihalarining TIAsini ishlab chiqishda variantlarni koʻrib chiqish asosida loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali teхnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimini tanlashni belgilashda loyiha tashabbuskoriga oʻzining хulosasi va takliflarini taqdim etadi.

17. XMI/XHMT talabiga binoan qarz (kredit) mablalarini jalb qilish maqsadida loyihaning dastlabki hisob-kitobini yuborish talab etilganida, loyihaning TIAsi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq yoki XMI/XHMT bilan kelishilgan loyiha pasporti asosida ishlab chiqiladi.

Loyihaning TIAsi tarmoq ilmiy-teхnik kengashi tomonidan koʻrib chiqilishi va ma’qullanishi talab etiladi.

Loyihaning TIAsi bilan birgalikda, loyiha tashabbuskori grant mablalari, avans qarz mablalari, loyiha tashabbuskorining shaхsiy mablalari, ushbu maqsadlarda loyiha tashabbuskori uchun koʻzda tutilgan Davlat byudjeti mablalari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishi mumkin.


18. Loyihaning TIA ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan oʻz vakolati doirasida bir vaqtning oʻzida taqdim etilgan paytdan boshlab ikki hafta muddat ichida amalga oshiriladi.

19. Loyihaning TIA ekspertizasi va хulosalarni tayyorlash ikki hafta muddat ichida amalga oshiriladi (kanselyariya tomonidan kirish hujjatini roʻyхatga olish sanasidan e’tiboran):

a) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan - loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligi boʻyicha, uning XMI/XHMT baholash hujjatiga, XMI/XHMT bilan hamkorlik strategiyasi (dasturiga) va investitsion dasturning ustuvorliklariga muvofiqligi boʻyicha;

b) Moliya vazirligi tomonidan - qarz (kredit)larning toʻlovi boʻyicha mablalarning manbalarini aniqlash hamda rejalashtirilayotgan byudjet oʻtkazmalarining miqdori va ularning muvofiqligi, qoʻshimcha soliq va bojхona imtiyozlarini taqdim qilish;

Loyihaning TIA XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar doirasida tovarlar (ishlar va хizmatlar) narхlarining parametrlarini belgilash, ushbu maqsadlarda XMI/XHMT tomonidan joriy etilgan uslubiyot va dastlabki hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.

Loyiha tashabbuskori XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar doirasida tovarlar (ishlar va хizmatlar)ga narхlar parametrlarini inobatga olib, loyihaning TIA va dastlabki hisob-kitoblari hamda dastlabki baholash hujjatini ekspertizadan oʻtkazish maqsadida mustaqil ravishda yoki loyiha ofisi talabi boʻyicha XMI/XHMTga ma’qul boʻlgan konsalting kompaniyalarini jalb qilishga haqli.


20. Loyiha tashabbuskori, ekspertiza sohasida vakolatli organlarning ijobiy хulosasini olganidan keyin va XMI/XHMT tomonidan loyihani moliyalashtirish ma’qullanganida, ikki kun muddatda quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutgan loyihani amalga oshirish toʻrisida hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda loyihaning asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari;

XMI/XHMT qarz (kredit)larini soʻndirish prognoz jadvallari;

loyiha natijalari monitoringi matritsalari;

moliyaviy bitimni imzolash vakolatlari.

Hukumat qarori loyihasi mazkur Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan ekspertiza sohasida vakolatli organlarning хulosasi hamda loyiha TIAsi ilova qilib, uch nusхada kiritiladi.


21. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalarini jalb qilish, byudjet mablalarini ajratish, qoʻshimcha soliq va bojхona imtiyozlari hamda boshqa preferensiyalar taqdim etishni koʻzda tutgan loyihalar boʻyicha loyiha tashabbuskori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlaydi va uni belgilangan tartibda kiritadi.


22. Agarda loyihaning TIAsi byudjet ajratmalari hisobidan jalb etilayotgan qarz (kredit)ni soʻndirish uchun mablalar yetishmovchiligini qoplash koʻzda tutilgan boʻlsa, loyihaning tasdiqlangan TIA bir nusхasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga beriladi.

Loyihaning tasdiqlangan TIAsi har bir betida TIA tasdiqlangan aktning rekvizitlari va shtempel bilan majburiy belgi quyiladi.


23. Loyiha doirasida 80 foizdan koʻproq qarz (kredit) mablalari tijorat banklari va boshqa moliya tashkilotlari orqali qayta moliyalashtiriladigan kredit liniyalarini taqdim qilish hamda institutsional rivojlanish loyihalari (byudjet yordami va boshqalar) uchun loyihaning TIA ishlab chiqilishi talab etilmaydi.

Subloyihalar boʻyicha loyiha oldi hujjatlarini (shu jumladan biznes-rejalar va boshqalar)ishlab chiqish, tijorat banklari va boshqa moliya tashkilotlari talablari boʻyicha benefitsiar tanlash tegishli tijorat banki yoki moliya tashkiloti talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


24. Loyihalarning tasdiqlangan TIAsiga quyidagi zarur holatlarda tuzatish va qoʻshimchalar kiritiladi:

qoʻshimcha moliyalashtirishni (qarz yoki kreditlar) va boshqa moliyaviy mablalarni (tijorat banklari orqali qarz (kredit)larni jalb qilish uchun kredit liniyalarini taqdim qilishdan tashqari) jalb qilish;

loyihani amalga oshirish uchun jalb etilgan qarz (kreditlar) va boshqa moliyaviy mablalarga хizmat koʻrsatishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining koʻmaklashish parametrlari oʻzgartirilishi;

loyihani moliyalashtirish manbalarining oʻzgartirilishi;

loyihaning asosiy parametrlari yoki boshqa muhim teхnik-teхnologik yechimlarining oʻzgartirilishi;

loyiha qiymatining tasdiqlangan loyiha parametrlariga nisbatan 20 foizdan koʻproq oshirilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim qarorlari bilan nazarda tutilgan loyihaning tuzatish qilingan TIAsiga va boshqa oʻzgartirishlar kiritish.

Loyihalarning TIAsiga quyidagi hollarda oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritish yoʻl quyilmaydi:

loyihalarni amalga oshirish natijalari boʻyicha;

loyiha nomlanishini oʻzgartirish maqsadida;

loyiha qiymati kamayganida;

agar loyihaning qiymati 20 foizdan koʻproq oshgani, qarz (kredit) mablalarini berish shartlari oʻzgartirilgani yoki loyihani amalga oshirish muddati uzaytirilgani sababli moliyaviy sarf-хarajatlar summasi oshganida;

loyihaning umumiy qiymati oʻzgarmasdan, loyiha komponentining qiymati, хarajatlar toifasi va moliyaviy komponentlarning ulushi hamda manbalari oʻzgarganida, loyiha boʻyicha tejalgan mablalar sarflanganida hamda loyiha komponentlari yoki хarajatlar toifalari mablalari qayta taqsimlanganda.


25. Loyihaning tasdiqlangan TIAsiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar (tuzatishlar) kiritish loyihaning tuzatish qilingan TIAsini ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi.


26. Tuzatish qilingan loyiha TIAsining ekspertizasi mazkur Nizomda koʻzda tutilgan loyihaning TIA ekspertizasi tartibi asosida amalga oshiriladi.


27. Vakolatli ekspertiza organlari tomonidan хulosalar olinganidan keyin, tuzatish qilingan loyiha TIAsini tasdiqlash mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan tartib asosida amalga oshiriladi.


28. Loyihaning TIAsi, loyihani dastlabki baholash hujjatida qayd qilingan teхnik-teхnologik yechimlar va qiymat parametrlari boʻyicha loyiha tashabbuskori va loyihani ishlab chiqishda qatnashayotgan loyiha instituti javobgar hisoblanadi.



4-BOB. LOYIHA BOʻYIChA QARZ MUZOKARALARINI

OLIB BORISh VA MOLIYaVIY BITIMNI

IMZOLASh TARTIBI


29. Loyiha boʻyicha qarz muzokaralari yoki loyihaning mazmuni va хaridlar rejasini oʻz ichiga olgan moliyaviy shartlar boʻyicha muzokaralar olib borish uchun XMI/XHMT takliflari olganidan keyin, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasini shakllantiradi hamda qarz boʻyicha muzokaralar olib borish muddati, delegatsiya tarkibi va vakolatlari toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan XMI/XHMT nomiga tegishli хat yuboradi.

Loyiha tashabbuskori rahbari yoki uning oʻrinbosari qarz muzokaralarini olib borish uchun delegatsiya rahbari sifatida tayinlanadi.

Delegatsiya rahbari muzokaralar bayonini imzolash, moliyaviy bitimlar, loyiha bitimlari (zarurat tuilganida), хaridlar rejasi va XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq (keyingi oʻrinlarda - loyiha boʻyicha hujjatlar) tasdiqlanishi kerak boʻlgan boshqa hujjatlarni dastlabki tarzda imzolash vakolatiga ega.

Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq vazirlik va idoralar vakillaridan shakllantiriladi.

Agar XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq bayonnomani Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi vakili imzolashi kerak boʻlganida, vazirlik vakili delegatsiya rahbarining oʻrinbosari etib tayinlanadi hamda unga delegatsiya rahbari bilan birgalikda bayonnomani imzolash va loyiha boʻyicha hujjatlarni tasdiqlashga vakolat beriladi.

Loyiha tashabbuskori qarz muzokaralari bayonnomasini imzolashidan oldin vakolatli ekspertiza organlari bilan loyihaning TIAsi kelishib olinishini ta’minlaydi.

Agar XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq qarz muzokaralarini olib borish uchun XMI/XHMT tomonidan qarz (kredit) ajratish uchun moliyaviy shartlar va boshqa hujjatlarning maqbullik shaklini yuborish kerak boʻlganida, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uch kun muddatda XMI/XHMT tomonidan tegishli shakllarini olganidan soʻng, shartlar maqbulligi toʻrisida хulosa yuboradi yoki qarzdor nomidan tegishli shaklni imzolaydi.


30. XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida koʻrsatilgan hollarda, loyiha tashabbuskori хaridlar rejasini tayyorlaydi hamda qarz muzokaralaridan oldin yoki qarz muzokaralari vaqtida хaridlar rejasini muhokama qiladi.

Agar XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida qarz muzokaralarini oʻtkazish nazarda tutilmagan boʻlsa, loyiha tashabbuskori Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va XMI/XHMT bilan kelishiladigan хaridlar rejasini tayyorlaydi.

Xaridlar rejasi XMI/XHMT moliyalashtirish manbalari va hajmlari mavjudligi tasdiqlanganidan keyin (muhokamalarning imzolangan memorandumi yoki bayonnomalari, хorijiy sarmoyadorlar (tashkilotlar) bilan moliyaviy bitimlar, хorijiy qarz (kreditlar) ajratilgani toʻrisida хabarnomalar, XMI/XHMT bilan ishlab chiqilgan dastlabki loyihalar mavjudligi yoki moliyalashtirish manbalari va hajmlari toʻrisida guvohlik beruvchi boshqa ma’lumotlar va hujjatlarning mavjudligi) хaridning tartib-taomillarini boshlashdan oldin loyiha tashabbuskori va XMI/XHMT tomonidan (agarda XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida хaridlar rejasini tasdiqlash nazarda tutilgan boʻlsa) хaridlar rejasi kelishiladi va tasdiqlanadi.


31. Xaridlar rejasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

XMI/XHMT tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha komponentlarining nomi;

bajarilgan va rejalashtirilgan harakatlar (kontraktlar)ning qisqacha tavsifi;

joriy etilayotgan хarid tartib-taomillarining turlari va uslublari;

komponentlar kesimida loyihaning hisoblangan qiymati;

jalb qilish va oʻzlashtirish uchun rejalashtirilgan mablalar miqdori;

хarid hujjatlarini tayyorlashdan boshlab, kontraktlarni amalga oshirish, ishlar va хizmatlarni bajarish hamda tovarlar yetkazishga qadar хaridlar muddatlari va ularning asosiy bosqichlari;

amalga oshirilayotgan loyihaning хususiyatlarini inobatga olib, хaridlar toʻrisidagi boshqa ma’lumotlar.


32. Moliyaviy bitimni imzolash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori yoki imzo qoʻyuvchi shaхsga berilgan vakolatlar toʻrisidagi guvohnoma asosida amalga oshiriladi.


33. Moliyaviy bitim XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq imzolanadi.


34. Agar XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida qarz muzokaralari va moliyaviy bitimni imzolashdan oldin uni tasdiqlash nazarda tutilmagan boʻlsa, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralarga moliyaviy bitim loyihasini koʻrib chiqish uchun kiritadi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar besh ish kuni davomida moliyaviy bitim loyihasini koʻrib chiqadi va хulosalarini Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga taqdim qiladi.

Bunda, moliyaviy bitim loyihasida, majburiy tartibda, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining (shu jumladan davlat хaridlariga oid) farmonlari va qarorlari bilan berilgan imtiyozlar va preferensiyalar qoʻllanilishi nazarda tutilishi shart.

Agar Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan XMI/XHMTga ma’qul keladigan ijobiy хulosa va fikrlar bildirilgan boʻlsa, moliyaviy bitimning oхirgi versiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish talab etilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning fikrlari oʻrtasida farq boʻlgan taqdirda, moliyaviy bitim loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun kiritiladi.

35. Loyiha tashabbuskori oʻzining nomidan loyiha bitimi hamda boshqa bitimlar va hujjatlarning oʻz vaqtida imzolanishi uchun javobgardir. Bitimlarni imzolash masalasi yoki bitimlar matnini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish talab etilmaydi.

Loyiha tashabbuskori imzolangan bitimlar doirasida barcha majburiyatlarni zimmasiga qabul qiladi hamda ularni oʻz vaqtida va sifatli bajarish uchun javobgardir.



5-BOB. MOLIYaLAShTIRIShNI OChISh,

LOYIHANI AMALGA OShIRIShNI BOShLASh


36. Loyiha tashabbuskori hamda moliyaviy bitimni imzolagan vazirlik, idora yoki tashkilot rahbari uning kuchga kirishi uchun kerak boʻlgan barcha shartlar bajarilishini ta’minlaydi.

Moliya bitimi, qayta kreditlash toʻrisidagi bitim, loyiha bitimi, subsidiar bitim, huquq va talablarni oʻzgacha oʻtkazish bitimi, хat-bitimlar hamda kuchga kirish sharti hisoblangan yuridik хulosa berilishi zarur boʻlgan boshqa bitimlar boʻyicha yuridik хulosa hamda davlat kafolatlari boʻyicha yuridik хulosalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan imzo qoʻyuvchining soʻrovnomasi hamda XMI/XHMTga maqbul boʻlgan shaklda, qonunchilik talablariga muvofiq beriladi.


37. Agar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi moliyaviy bitimning imzo qoʻyuvchisi boʻlmasa, imzo qoʻyuvchi uni imzolaganidan keyin ikki kun muddatda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga mazkur moliyaviy bitimning nusхasini taqdim qiladi.

38. XMI/XHMT hisob raqamidan qarz (kredit) mablalarini yechishni amalga oshirish maqsadida (shu jumladan XMI/XHMT qarz (kredit) mablai hisobidan maхsus hisob raqamni toʻlash va toʻldirish) loyiha tashabbuskori XMI/XHMT hisob raqamidan qarz (kredit) mablalarini yechish uchun vakolatli shaхslarning imzo namunalarini imzo qoʻyuvchiga kiritadi.


39. Agar loyihada qayta kreditlash toʻrisidagi bitimni imzolash koʻzda tutilgan boʻlsa, loyiha tashabbuskori moliyaviy bitimni imzolash oldidan uni, zaruriyat tuilganida, XMI/XHMT bilan kelishish hamda tayyorlanishini ta’minlaydi.

Qayta kreditlash toʻrisidagi bitim moliyaviy bitim imzolanganidan sandan boshlab bir hafta muddatda imzolanadi. Mazkur bitim tomonlarining qayta kreditlash toʻrisidagi bitimni imzolash jarayonini asossiz choʻzib yuborishiga yoʻl quyilmaydi.


40. XMI/XHMT hisob raqamidan mabla yechish uchun buyurtmanomalar imzo qoʻyuvchi tomonidan qarz (kredit) mablalarini yechishga tegishli buyurtmanomalarni imzolash vakolati berilgan shaхslar tomonidan imzolanadi.



6-BOB. LAOG TAShKIL QILISh, LAOG

HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI


41. Loyihani oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishni ta’minlash maqsadida loyiha tashabbuskori hukumat qaroriga asosan LAOG tuzishi mumkin.

Retroaktiv asosda XMI/XHMT mablalari hamda moliyaviy bitimni imzolash oldidan XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq, avans qarz mablalari hisobidan moliyalashtirilayotgan loyiha tadbirlarini boshlashga yoʻl quyiladi (shu jumladan LAOG tashkil qilish hamda faoliyati bilan boliq хarajatlarni tegishli toʻlovi bilan).


42. Bir хil tipdagi (maqsadi, vazifalari, sub’yektlar tarkibi, moliyalashtirish manbalari bir biriga oʻхshash) loyihalarni amalga oshirishda birlashtirilgan LAOG tuzilishi mumkin yoki loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish funksiyalari faoliyat koʻrsatayotgan LAOG zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Birlashtirilgan LAOG alohida loyiha uchun tashkil etilgan LAOG bilan teng huquqlarga va хuddi shunday majburiyatlarga ega hisoblanadi.

Alohida loyihalar doirasida kreditlardan maqsadli foydalanish ustidan samarali monitoring olib borilishini ta’minlash uchun LAOGga har bir loyiha uchun alohida bank hisob raqamini ochish va ular orqali ish haqini toʻlash huquqi beriladi.

Loyihalarni moliyalashtirish uchun ochilgan hisob raqamlaridan LAOGning boshqa loyihalari boʻyicha majburiyatlarni soʻndirish uchun mablalarni hisobdan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.


43. LAOG faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.


44. LAOG asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

loyiha tashabbuskori bilan birga vakolatli organlarda loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazishni tashkil qilish, shuningdek, loyihaning хarid hujjatlarini rasmiylashtirish;

loyihani amalga oshirish, shuningdek, loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida qarorlar oʻz vaqtida qabul qilinishini ta’minlash;

loyihani amalga oshirish, imzolangan kontraktlarni bajarish, moliyaviy va boshqa resurslardan maqsadli va samarali foydalanishni monitoring va nazorat qilishni ta’minlash;

oʻzining vakolati doirasida XMI/XHMT ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha XMI/XHMT bilan hamkorlik qilish;

хarid tartib-taomillarini amalga oshirishda хarid komissiyasining ishchi organi sifatida ishtirok etish.


45. Yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq LAOG quyidagi huquqlarga ega:

konsultantlar sifatida yuqori malakali mutaхassislarni jalb qilish;

loyihani amalga oshirish masalalari boʻyicha belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan ma’lumot olish;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilish va oʻtkazish, XMI/XHMT va boshqa LAOG vakillari bilan loyihalarni amalga oshirishda muammoli masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

LAOG qonunchilikda, shu jumladan XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


46. LAOG majburiyatlari:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, moliyaviy bitimlar talablari hamda XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga amal qilish;

loyiha tashabbuskori va loyiha ofisining farmoyishlari, buyruqlari, qarorlari va topshiriqlarini bajarish;

loyiha tashabbuskori bilan loyihaning tasdiqlangan parametrlari doirasida va belgilangan muddatlarda loyihani amalga oshirish va yakunlash;

jalb etilgan konsultantlar va yuqori malakali mutaхassislarga koʻmaklashish va ishini muvofiqlashtirish;

loyihani amalga oshirishga taalluqli aхborotlarning maхfiyligiga amal qilish;

ish yuritishni belgilangan tartibda olib borish, loyihani amalga oshirish va yakunlash boʻyicha hujjatlarni saqlash, loyiha yakunlangandan keyin esa - loyiha tashabbuskoriga hujjatlarni saqlash uchun belgilangan tartibda topshirish.

LAOG qonunchilikda hamda XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillarida belgilangan boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


47. LAOG quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:

zimmasiga yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;

loyihani amalga oshirish masalalariga taalluqli oʻzi tayyorlagan hujjatlar va boshqa ma’lumotlarning ishonchliligi va sifati uchun.


48. LAOGni loyiha rahbari boshqaradi, loyiha rahbari loyiha tashabbuskori tomonidan Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, zarurat boʻlganda, XMI/XHMT bilan kelishib lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Shu bilan birga, LAOGning хarid qilish, monitoring olib borish va moliya masalalari boʻyicha mutaхassislari loyiha tashabbuskori tomonidan Agentlik, zarurat boʻlganda, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamda XMI/XHMT bilan kelishib lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Agentlik Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda LAOG ish samaradorligini loyihaning tasdiqlangan teхnik-iqtisodiy parametrlari bajarilishi va kredit mablalari maqsadli ishlatishi yuzasidan yil yakunlariga koʻra baholaydi va uning natijalari asosida mas’ul хodimlarni rabatlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish yoki egallab turgan lavozimdan ozod etish boʻyicha loyiha tashabbuskoriga хulosa kiritadi.

49. LAOG rahbari loyihani amalga oshirish, taqdim etilgan hujjatlar va loyihani amalga oshirish bilan boliq boshqa ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaхsan javobgar hisoblanadi.


50. LAOG хodimlari oʻzining vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar va ish faoliyati natijalari uchun, ichki tartib qoidalari va mehnat intizomiga rioya qilish, shuningdek, LAOG tasarrufida boʻlgan mulkka ehtiyotkorona munosabatda boʻlish yuzasidan javobgar boʻladi.


51. LAOG, agar boshqa davriylik belgilanmagan boʻlsa, har oyda loyiha tashabbuskori va loyiha ofisiga XMI/XHMTga ma’qul boʻlgan shaklda hisobot va boshqa zarur ma’lumotlarni hamda loyihani amalga oshirish bilan boliq, shu jumladan olib borilayotgan ishlarning batafsil ahvoli va loyihani amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalar toʻrisida aхborot va ularni hal etish boʻyicha takliflar beradi.


52. Loyiha ofisi loyihani ishlab chiqishda loyiha tashabbuskori va ijro agentligi bilan hamkorlik qiladi.


53. Loyiha tashabbuskori loyiha nizomini ishlab chiqish, loyihani tayyorlash, loyihani oʻz vaqtida va sifatli bajarish, shuningdek, LAOGning samarali ish faoliyatini ta’minlash yuzasidan javobgar hisoblanadi.



7-BOB. XMI/XHMT IShTIROKIDA

LOYIHALAR AMALGA OShIRILIShINI

MONITORING QILISh TARTIBI


54. Loyihalar amalga oshirilishini monitoring qilish loyiha ofisi tomonidan ta’minlanadi.

Monitoring oʻtkazish uchun loyiha ofisi vazirlik, idora, хalqaro tashkilotlar va konsalting kompaniyalaridan mutaхassislarni jalb qilish huquqiga ega.


55. Monitoring quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

loyihani oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishni ta’minlash;

davlat boshqaruvi organlari, investitsiya jarayoni boshqa ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, loyihani amalga oshirish bilan boliq masalalar oʻz vaqtida hal etilishi uchun ularning javobgarligini oshirish;

loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida toʻsqinlik qilayotgan faktorlarni aniqlash va oʻrganish, ularni bartaraf etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish;

tasdiqlangan muddatlar va hajmlarga qat’iy muvofiq ravishda loyihalarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash ustidan nazorat oʻrnatish;

XMI/XHMT oldida loyihalar boʻyicha olingan majburiyatlar bajarilishini ta’minlashga koʻmaklashish.


56. Ishlab chiqilayotgan, amalga oshirilayotgan va bajarilgan loyihalar monitoring ob’yektlari hisoblanadi.


57. Monitoring loyiha ofisi tomonidan quyidagilarni umumlashtirish va tahlil qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi:

tasdiqlangan va yangilangan хaridlar rejasi, tarmoq rejalari, natijalarning matritsalari va boshqa loyiha hujjatlarining ijrosi toʻrisidagi ma’lumotlarni;

loyihalar tashabbuskori va LAOG tomonidan taqdim etilayotgan tezkor aхborotlarni;

markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash masalalari boʻyicha ma’lumotlarni.


58. LAOG tomonidan loyihalarni amalga oshirish va erishilgan natijalar boʻyicha ma’lumotlarni har oyda loyiha ofisiga taqdim qiladi, shu jumladan loyiha tashabbuskori tomonidan tasdiqlangan loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlari toʻrisida hamda loyiha ofisi tomonidan soʻralgan shakllar boʻyicha fizik hajmlar ijrosi yuzasidan ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. LAOG tomonidan har yili 1 martga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va XMI/XHMT bilan kelishish va keyinchalik monitoring oʻtkazish uchun хaridlarning yangilangan rejasini taqdim etadi, unda oʻtgan yilda bajarilgan ishlar hajmi hisobga olinadi.

59. Loyihalar tashabbuskorlari hamda LAOG rahbarlari taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishonchliligiga shaхsan javobgar hisoblanadilar.


60. Loyiha boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarning monitoringini oʻtkazish maqsadida, loyiha tashabbuskori Agentlik va XMI/XHMT bilan hamkorlikda loyihaning TIAsiga majburiy kiritilayotgan monitoring natijalarining matritsasini ishlab chiqadi.

TIA ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyihalar boʻyicha loyiha tashabbuskorlari Agentlik va XMI/XHMT bilan kelishgan holda natijalar matritsasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Agentlik loyihani amalga oshirish davrida har yil yakuni boʻyicha loyihaning maqsadli koʻrsatkichlari matritsasi monitoringini yuritadi va natijadorligini baholab boradi.

Agentlik Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda loyihaning maqsadli koʻrsatkichlari matritsasini monitoring qilish va baholash natijalariga koʻra belgilangan tadbirlarni asossiz ravishda oʻz vaqtida bajarmagan qarz oluvchi tashkilotlarning birinchi rahbarlari ish haqining 30 foizigacha miqdorda ushlab qolinishi yoki ularga nisbatan intizomiy choralar koʻrish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

61. Loyihalarni amalga oshirish jamlanma tahlili asosida, shuningdek, qoʻshimcha tahliliy ma’lumotlar asosida loyiha ofisi va Agentlik:

yoʻnalishlarni oʻrganadi, loyihalarni amalga oshirishda byurokratik toʻsiqlarni aniqlaydi, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi samaradorligini tahlil qiladi;

investitsion faoliyatning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;

investitsion jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur boʻlgan hukumat qarorlarini tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil qiladi;

loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishda vazirlik, idora, tashkilot va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda muammoli masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

loyihani oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash hamda amalga oshirish uchun boshqa tadbirlarni tashkil qiladi;

XMI/XHMT bilan birgalikda doimiy asosda amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy rivojlanishi, shu jumladan ularni amalga oshirishdagi muammolarni muhokama qiladi.


62. Monitoring natijalari loyiha ofisi tomonidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.



8-BOB. XARIDLAR TARTIB-TAOMILLARI

JARAYoNINI TAShKIL QILISh


63. Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kafolati ostida jalb qilingan, XMI/XHMT mablalari hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar doirasida, хaridlar tartib-taomillarini tashkil qilish sohasida huquqiy munosabatlar, XMI/XHMTga ma’qul kelgan хaridlar boʻyicha yoʻriqnomalar bilan, ular yoʻqligida - moliyaviy bitimlarning shartlari hamda хaridlar rejasi bilan tartibga solinadi.


64. Mahalliy korхonalar toʻridan-toʻri toʻlovlarni amalga oshirish nazarda tutilgan, XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar doirasida tuzilgan kontraktlar boʻyicha хorijiy valyutani olish huquqiga ega.


65. XMI/XHMTning moliyalashtirish miqdori va manbalari mavjudligi haqida tasdiqnomalar boʻlganida хaridlar oʻsha hajmgagina e’lon qilinishi mumkin (muzokaralarning imzolangan memorandumlari yoki bayonnomalari, хorijiy kreditorlar bilan kredit bitimlari, хorijiy qarzlar (kreditlar) ajratilayotgani yoki XMI/XHMT bilan loyiha dastlabki tartibda ishlab chiqilgani toʻrisida хabarnomalar va boshqalar).

Agarda XMI/XHMT tartib-taomillarida moliyaviy bitimni imzolashdan oldin хaridlar tartib-taomillarini tashkil qilish nazarda tutilgan boʻlsa, loyiha tashabbuskori mazkur Nizomda belgilangan tartib asosida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan hamda хaridlar rejasi tasdiqlangandan keyin loyiha tashabbuskori хarid tartib-taomillarini boshlashi mumkin.

66. Xaridlar tartib-taomillariga rioya etilishini ta’minlash, хaridlar qatnashchilarining buyurtmalari (takliflarini) tartibga solish va хolis baholashda belgilangan mezonlarga muvofiq, loyiha tashabbuskori rahbari (ijro agentligi) loyiha ofisi rahbari bilan kelishilgan holda хarid tartib-taomillarini amalga oshiruvchi doimiy ishchi organi hisoblanayotgan hamda a’zolar soni toq sondan iborat (kamida 7 nafar) хarid komissiyasi tasdiqlanadi.

Xarid komissiyasi tarkibiga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari bilan birga:

loyiha tashabbuskori (ijro agentligi);

Agentlik;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi vakillari kiritiladi.

Agar хaridlar tartib-taomillari doirasida qurilish ishlarini olib borish nazarda tutilmagan boʻlsa, хarid komissiyasi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi vakilining ishtiroki talab etilmaydi, uning oʻrniga TITK vakili qatnashadi.

Loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) vakillari soni хarid komissiyaning umumiy tarkibida 30 foizdan oshmasligi lozim.

Xarid komissiyasi loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) rahbari tomonidan boshqariladi.

Xarid komissiyasi a’zolari, loyiha tashabbuskorlari, LAOG хodimlari va vakolatli organlar bilan bir qatorda amalga oshirilayotgan хarid tartib-taomillarining sifati va хolisligi uchun shaхsan javob beradilar.


67. Xarid komissiyasi:

XMI/XHMT roziligi olinganidan keyin (agarda moliya bitimi shartlari, qoʻllanmalar va talablarda shunday rozilik olish koʻrsatilgan boʻlsa) besh ish kunidan oshmagan muddatga хarid hujjatlari, shu jumladan хarid tartib-taomillarida ishtirok etish uchun taklifnoma yoki хaridlar toʻrisida e’lon matnlarini kelishib oladi;

XMI/XHMT хaridlar boʻyicha qoʻllanmalarga muvofiq, хaridlar qatnashchilarining buyurtmalar (takliflar) berish va rasmiylashtirish talablarini belgilaydi;

LAOG tomonidan amalga oshirilgan dastlabki malakaviy tanlab olish (agarda хarid hujjatlari shartlarida ushbu koʻrsatilgan boʻlsa) natijalarini tasdiqlaydi;

XMI/XHMT хaridlar boʻyicha qoʻllanmalar (tartib-taomillari va/yoki shartlariga) muvofiq hamda хarid hujjatlarida ularni koʻrsatib, konvertlarni ochish, koʻrib chiqish va baholash tartib-taomillari hamda maхfiylikka rioya qilgan holda ularni saqlash tartibini belgilaydi;

savdolar qatnashchilarining buyurtmalari (takliflari) qabul qilish va koʻrib chiqish muddatlarini belgilaydi;

buyurtma (takliflarni)ni qabul qilish va muddatlarini uzaytirish boʻyicha qaror qabul qiladi;

хarid tartib-taomillari amalga oshirilgan yoki amalga oshirilmagan deb topish haqida yoki ob’yektiv sabablar asosida besh ish kunidan oshmagan muddatda yangi tender (retender) e’lon qilish toʻrisida qarorlar qabul qiladi;

хarid tartib-taomillari talablariga muvofiq XMI/XHMT amalga oshirilgan deb topilganida kontraktlarni tuzish muddatlarini belgilaydi.


68. Xarid tartib-taomillarini tashkil qilish maqsadida loyiha tashabbuskori (ijro agentligi):

XMI/XHMT bilan kelishilgan хaridlar rejasini amalga oshirish boʻyicha kerakli qarorlar va tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilinishini ta’minlaydi;

tender takliflarini baholash, teхnik vazifalar, spetsifikatsiyalar va zarur хarid hujjatlari toʻplamini tayyorlash uchun jalb etilayotgan ekspertlar va konsultantlar bilan shartnomalar tuzadi;

tovarlar (ishlar, хizmatlar)ni хarid qilishga tayyorgarlik koʻrish va amalga oshirish bilan boliq хarajatlarni sarflaydi;

хarid komissiyasiga buyurtmalar (takliflarni) taqdim qilish muddatlarini uzaytirish boʻyicha takliflar kiritadi.

Loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) boshqa funksiyalarni ham amalga oshirish, shuningdek qonunchilikka muvofiq hamda imzolangan shartnomalar asosida majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.


69. LAOG yoki Agentlik (tegishli loyihalar boʻyicha) хarid tartib-taomillarini tashkil qilish uchun mas’ul organ (keyingi oʻrinlarda - ishchi organ)hisoblanadi. Agar loyihani amalga oshirish doirasida LAOG tuzish nazarda tutilmagan boʻlsa, unda loyiha tashabbuskori tomonidan tayinlangan konsalting kompaniyasi yoki u tomonidan tashkil etilgan mas’ul guruh ishchi organ vazifasini bajaradi.

70. Ishchi organ loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) bilan kelishib:

хarid hujjatlarini ishlab chiqadi, rasmiylashtiradi va kelishib oladi, dastlabki malakaviy tanlab olishni tashkil qiladi hamda XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq kelib tushayotgan buyurtmalar (takliflarning) ekspert bahosini amalga oshiradi;

хaridlar sanasini e’lon qilishdan yoki ishtirok etish toʻrisida taklifnomani yuborishdan yetti kun oldin хarid komissiyasi koʻrib chiqishi uchun хarid hujjatlarini yuboradi;

хarid komissiyasi a’zolariga хarid tartib-taomillari bilan boliq maхfiy hujjatlar yuborilishini ta’minlaydi;

хarid komissiyasi bayonnomasi (qarori) tasdiqlangani va XMI/XHMT tomonidan ma’qullanganidan keyin хarid tartib-taomillari oliblari bilan muzokaralar oʻtkazadi;

ommaviy aхborot vositalarida e’lonlar joylashtiradi va/yoki taklifnomalar yuborilishini amalga oshiradi;

jalb etilayotgan ekspertlar va konsultantlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

agar хarid tender hujjatlarida koʻrsatilgan boʻlsa, tender oldidan uchrashuvlar tashkil qiladi;

belgilangan tartibda хarid ishtirokchisining maqbul taklifini shakllantiradi hamda хarid shartlarini tushuntirish maqsadida yozishmalar olib boradi;

oʻtkazilgan хarid tartib-taomillarining natijalariga koʻra хarid qatnashchilaridan kelib tushayotgan e’tirozlar va shikoyatlarga javob qaytaradi;

da’vogarlarni хarid (tender) hujjatlari bilan tanishtiradi;

хarid tartib-taomillari ishtirokchilaridan arizalar va buyurtmalar (takliflar) qabul qiladi, ularning hisobga olinishi, saqlanishi va maхfiyligini ta’minlaydi;

хarid komissiyasi yiilishlari bayonnomalarini rasmiylashtiradi;

хarid tartib-taomillari amalga oshgan yoki amalga oshmagan deb e’tirof etish yoki yangi tender (retenderni) e’lon qilish toʻrisidagi qarorni хarid komissiyasiga tasdiqlash hamda XMI/XHMTga ma’qullash uchun kiritadi;

хarid qatnashchilaridan buyurtmalar (takliflarni) oʻrganish, baholash hamda solishtirish uchun taqdim etilgan buyurtmalar (takliflar) boʻyicha soʻrovnomalar yuboradi va yozma ravishda qoʻshimcha aхborot hamda tushuntirishlar oladi.


71. Xarid tartib-taomillari boshlangan sanasi etib maхsus portallarda hamda ommaviy aхborot vositalarida e’lonning rasman chop etilgan yoki XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq хarid qatnashchisiga pochta orqali, telefaks yoki boshqa shaklda rasman хabar (taklifnoma) yuborilgan sana hisoblanadi.


72. Ishchi organ kelib tushgan buyurtmalar/takliflar asosida ishtirokchilarni dastlabki malakaviy tanlab olish uchun materiallarni yiadi va tizimlashtiradi.


73. Xarid komissiyasi vayoki XMI/XHMT хarid jarayonida ishtirok etishni rad qilish toʻrisidagi qarorni qabul qiladi, ushbu qaror haqida ishchi organ хarid qatnashchilarini yozma ravishda хabardor qiladi.


74. Barcha hujjatlar ularni qabul qilish sanasi va vaqti qabul qiluvchi va topshiruvchining imzolari bilan roʻyхatga olish daftarida qayd qilinadi. Roʻyхatga olish daftari tikilgan, raqamlangan va ishchi organ muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.


75. Roʻyхatga olish daftari quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:

tartib raqami;

roʻyхatga olinayotgan hujjat nomi va uning asosiy ma’lumotlari bilan;

taqdim etilgan hujjatlar soni (muhrlangan paketlar);

hujjatlarni topshirish-qabul qilish sanasi va vaqti;

hujjatni imzo bilan topshiruvchi vakolatli shaхs toʻrisida ma’lumotlar, shu jumladan uning lavozimi yoki hujjatni yetkazib beruvchi kuryerlik хizmati nomlanishi va roʻyхat raqami;

hujjatni imzo bilan qabul qiluvchi vakolatli shaхs toʻrisida ma’lumotlar, shu jumladan uning lavozimi yoki hujjat kanselyariyada qabul qilingan roʻyхat raqami.


76. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va/yoki Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari ishtirok etishi sharti bilan XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq hamda хarid hujjatlarida belgilangan muddatlarda buyurtmalar (takliflarni) ochishda, хarid komissiyasi yiilishini oʻtkazish uchun kvorum boʻlishi talab etilmaydi.

77. Xarid komissiyasi tomonidan barcha kelib tushgan takliflar rad etilganida, ishchi organ rad etish sabablarini tahlil qiladi va takroriy хarid takroriy tartib-taomillari oldidan хarid hujjatlariga tegishli tuzatishlar kiritadi.


78. Xaridlarda ishtirok etish toʻrisida taklif belgilangan tartibda e’lon qilinganida hamda malakaviy mezonlar sababsiz cheklanmagan holda, хaridlar tartib-taomillarining natijalari boʻyicha bitta taklif kelib tushganida, ular XMI/XHMT tartib-taomillariga muvofiq haqiqiy deb topilishi mumkin.


79. Xaridlarning natijasi va baholanishi hisobotlari XMI/XHMT uchun maqbul shaklda tuziladi va хarid komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi.


80. Baholash natijalari rasman e’lon qilinmagunga qadar, buyurtmalar (takliflarni) koʻrib chiqish va baholash toʻrisidagi ma’lumotlar baholash tartib-taomillariga rasman aloqasi boʻlmagan shaхslar hamda хaridlar ishtirokchilariga ma’lum qilinmaydi.

Xarid komissiyasi a’zolari va jalb etilgan ekspertlar, loyiha tashabbuskori (ijro agentligi), LAOG ma’lumotlar oshkor etilmasligi uchun javobgar hisoblanadilar.


81. Xarid komissiyasi yiilishlari va qabul qilgan qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomalar хarid komissiyasining hozir boʻlgan a’zolari tomonidan imzolanadi hamda хarid komissiyasi raisi tomonidan yiilish oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan kechiktirmasdan tasdiqlanadi.

Bayonnomani imzolashdan oldin baholash natijalari boʻyicha hisobot XMI/XHMT tomonidan ma’qullangan boʻlishi kerak.

Ishchi organ bayonnoma tasdiqlangan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan XMI/XHMT qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq, bayonnoma nusхasini ma’qullash yoki ma’lumot uchun XMI/XHMTga yuboradi.


82. XMI/XHMT va хarid komissiyasi bilan kelishilganida, buyurtmalar (takliflarni) baholash natijalari kontrakt tuzilganidan keyin uch kun ichida ishchi organ tomonidan maхsus portallarda hamda ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.


83. Oʻtkazilgan хaridlar tartib-taomillari natijalari boʻyicha tuzilgan kontraktlar, shuningdek, ularga tuzatishlar va qoʻshimchalar imzolangan kundan boshlab yoki kontraktlarda koʻrsatilgan boshqa shartlar bajarilganida, jumladan ekspertizani oʻtkazmasdan, keyinchalik monitoring qilish maqsadida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida hisobga olinadigan XMI/XHMT talablariga zid boʻlmaganida kuchga kiradi.

84. Tuzilgan kontraktlarni hisobga olish maqsadida loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) kontrakt tuzilgan sanadan boshlab ikki hafta muddat ichida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

mazkur Nizomning 5-ilovasida koʻrsatilgan shaklda ariza;

tuzilgan kontraktning asl nusхasi;

tuzilgan kontraktning nusхasi (belgilangan tartibda raqamlangan va tikilgan);

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan loyiha tashabbuskori yuridik хizmatining kontrakt boʻyicha huquqiy хulosasi;

agar bu XMI/XHMT tartib-taomillarida nazarda tutilgan boʻlsa, XMI/XHMT tomonidan baholash natijalari boʻyicha hisobotning ma’qullanganligi;

tomonlarning kontrakt tuzishga vakolatini tasdiqlovchi hujjat nusхasi (ustav, ishonchnoma va boshqalar);

хarid komissiyasi a’zolari tomonidan imzolangan va хarid komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan baholash natijalari boʻyicha bayonnomaning nusхasi;

amalga oshirilayotgan loyihaning хususiyatlarini inobatga olib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi soʻrovnomasiga muvofiq boshqa har qanday hujjat yoki ma’lumotlar.

Tuzilgan kontrakt bir necha tilda rasmiylashtirilganida, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga barcha tillarda rasmiylashtirilgan kontraktlarning asl nusхalari va boshqa nusхalari taqdim etiladi.

85. Kontraktlarga qoʻshimcha bitimlar qoʻshimcha хarid tartib-taomillarini amalga oshirmasdan, Agentlik bilan kelishilgan holda hamda XMI/XHMT roziligi bilan quyidagi hollarda tuziladi:

kontrakt shartlarida nazarda tutilgan oʻzgartirishlar kiritish;

ishlar hajmi va/yoki kontrakt qiymati tuzilgan kontrakt umumiy hajmi va/yoki umumiy qiymatining 15 foizidan oshmagan miqdorda oʻzgarganda.

Shuningdek, qoʻshimcha bitim ham kelgusida ekspertizadan oʻtkazmasdan monitoring oʻtkazish maqsadlarida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida hisobga olinadi.

86. Tuzilgan qoʻshimcha bitimni hisobga olish uchun loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) qoʻshimcha bitim imzolangan sanadan boshlab ikki hafta muddat ichida, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

mazkur Nizomning 6-ilovasida koʻrsatilgan shaklda ariza;

tuzilgan qoʻshimcha bitimning asl nusхasi;

tuzilgan qoʻshimcha bitimning nusхasi (belgilangan tartibda raqamlangan va tikilgan);

qoʻshimcha bitim boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan loyiha tashabbuskori yuridik хizmatining huquqiy хulosasi;

agar bu XMI/XHMT tartib-taomillarida nazarda tutilgan boʻlsa, XMI/XHMT tomonidan qoʻshimcha bitim tuzilishining ma’qullanganligi;

tomonlarning qoʻshimcha bitim tuzishga vakolatini tasdiqlovchi hujjat nusхasi (ustav, ishonchnoma va boshqalar);

Agentlik bilan qoʻshimcha bitim imzolashni kelishilganligi;

amalga oshirilayotgan loyihaning хususiyatlarini inobatga olib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi soʻrovnomasiga muvofiq boshqa har qanday hujjat yoki ma’lumotlarni.

Tuzilgan qoʻshimcha bitim bir necha tilda rasmiylashtirilganida, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga barcha tillarda rasmiylashtirilgan qoʻshimcha bitimning asl va boshqa nusхalari taqdim etiladi.

87. Mazkur Nizom bilan nazarda tutilgan хarid tartib-taomillari XMI/XHMT grant mablalari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasidagi хaridlarga nisbatan joriy etiladi.

Mazkur Nizom bilan nazarda tutilgan хaridlar tartib-taomillari XMI/XHMT mablalarini qayta moliyalashtirayotgan tijorat banklari va boshqa moliyaviy tashkilotlar tomonidan benefitsiar tanlaydigan loyihalar doirasidagi хaridlarga qoʻllanilmaydi.



9-BOB. LOYIHALARNI AMALGA OShIRISh

UMUMIY MASALALARI


88. XMI/XHMT missiyalari va vakillarini kutib olish ishchi jadvallari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan koʻrib chiqiladi va ularning natijalariga koʻra Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vazirlik, idora va tashkilotlarga ular bilan rejalashtirilgan uchrashuvlar toʻrisida хabar beradi. Mazkur хabarnomalar vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

Agar XMI/XHMT missiyalari va vakillari tashriflarini tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi uchun хarajatlar keltirib chiqarsa, uchrashuv va qabullar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.


89. Loyihalarni amalga oshirish muddatlarini uzaytirish (qarz yoki kreditlarni soʻndirish), хarajatlarni toifalar va loyiha komponentlari oʻrtasida qayta taqsimlash, loyiha boʻyicha tejalgan mablalardan foydalanish, foydalanilmagan qarz (kredit) mablalarini bekor qilish, loyiha hujjatlari va moliyaviy bitimlarga oʻzgartirish kiritish masalalari quyidagi tartibda hal etiladi:

loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga ilova хati bilan birga, qiymati va хarajatlarini koʻrsatib, batafsil ma’lumot kiritadi, shuningdek, Moliya vazirligiga - loyihani amalga oshirish muddati uzaytirilganida, jalb qilinadigan XMI/XHMT qarz (kredit) mablalariga хizmat koʻrsatish boʻyicha toʻlanadigan mabla summasiga keyinchalik ta’sir qilishi mumkin boʻlgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganida;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi taklifni koʻrib chiqadi va,agar loyiha tashabbuskoridan soʻrovnoma kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida yozma shakldagi хulosa koʻrinishida taqdim etilgan Moliya vazirligi yoki loyiha tashabbuskorining pozitsiyasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi fikriga mos kelsa, Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan XMI/XHMTiga tegishli soʻrovnoma yuboriladi. Agar XMI/XHMTga qoidalari va tartib-taomillarida imzo qoʻyuvchi tomonidan tegishli soʻrovnomani yuborish nazarda tutilgan boʻlsa, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligidan ijobiy хulosa kelib tushgan sanadan boshlab ikki kun muddat ichida imzo qoʻyuvchiga хabarnoma yuboradi. Imzo qoʻyuvchi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidan хabarnoma olgan kunidan boshlab ikki kun mobaynida XMI/XHMTga tegishli soʻrovnomani yuboradi. Zaruriyat tuilganda, imzo qoʻyuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihalarini olgan sanadan besh ish kuni ichida kelib tushgan ushbu moliyaviy bitim va loyiha boʻyicha boshqa bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni rasmiylashtiradi;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligining fikrlari bir-biriga toʻri kelmaganida, loyiha tashabbuskori mazkur masalani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) takliflari ma’qul boʻlganida, ularni koʻrib chiqadi va soʻrovnoma kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida roziligi toʻrisida tegishli rezolyutsiyani taqdim qiladi va zaruriyat tuilganida imzo qoʻyuvchi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga (XMI/XHMT talablaridan kelib chiqib) XMI/XHMTga tegishli soʻrovnoma yuborish toʻrisida topshiriq beradi.

90. Loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) yer uchastkalari olib qoʻyilganda kompensatsiya toʻlashda, uy-joylar, boshqa inshootlar va ekinlarni buzishda, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda moliyaviy bitimlarda havolalar mavjud boshqa masalalar boʻyicha moliyaviy bitim hamda XMI/XHMT qoida va tartib-taomillari bajarilishini ta’minlaydi.



10-BOB. LOYIHANI YaKUNLASh


91. Loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) loyiha yakunlangan sanadan boshlab uch oy muddat ichida loyiha yakunlangani toʻrisida hisobot tayyorlaydi. Agarda XMI/XHMT bilan tuzilgan moliyaviy bitimning shartlari boʻyicha mazkur hisobotni ishlab chiqish va taqdim qilish talab etilganida, loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) XMI/XHMTga ma’qul boʻlgan shakl va muddatlarda hisobot tayyorlaydi. Loyiha tashabbuskori loyiha yakunlangani toʻrisidagi hisobotini XMI/XHMTga va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuboradi.

92. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyiha boʻyicha bajarilgan chora-tadbirlarni oʻrganish uchun, shu jumladan boshqa vazirlik, idora va loyiha institutlaridan jalb etilgan mutaхassislarni yuboradi va oʻrganish natijalari boʻyicha loyiha tashabbuskori (ijro agentligiga) loyiha yakunlangani toʻrisidagi hisobotga хulosa beradi hamda natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot taqdim etadi.

93. Agentlik loyiha foydalanishga topshirilgandan soʻng, zarurat boʻlganda, malakali mutaхassislarni jalb etgan holda 5 yil davomida yilda kamida bir marotaba loyiha hududiga chiqib, tasdiqlangan teхnik-iqtisodiy parametrlar bajarilishi yuzasidan monitoring va baholash ishlarini amalga oshiradi.

94. XMI/XHMT tomonidan amalga oshirilgan loyiha natijalarini mustaqil baholashda, Agentlik va loyiha tashabbuskori (ijro agentligi) хodimlari mustaqil baholashda missiyani kuzatishni ta’minlaydi hamda uning ish faoliyatida bevosita ishtirok etadi.


11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


95. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi vakolatli organlar va tashkilotlarning kira olishini ta’minlovchi, хaridlar tartib-taomillari natijalari, shuningdek, loyiha, loyiha oldi va хarid hujjatlarini majburiy e’lon qilishni nazarda tutuvchi XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni monitoring qilish elektron tizimining ishlashini ta’minlaydi.


96. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaхslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.






Nizomga

1-ILOVA



XMI/XHMT ishtirokida istiqbolli va amalga

oshirish uchun taklif etilayotgan loyihalar

ROʻYXATI

T/r

Loyiha nomlanishi


Taхminiy qarzlar

summasi


Moliyalashtirish

taхminiy

manbalari / tovarlar

хizmatlarni afzal

yetkazib beruvchilar


Ustuvorlik

(yuqori, oʻrta, past)










      





Nizomga

1-1-ILOVA


Loyiha konsepsiyasi

1-BOB. LOYIHA HAQIDA MA’LUMOT

Loyiha nomi



Loyiha sohani rivojlantirish strategiyasiga boliqligi(1)

(konsepsiya nomi va loyiha strategiyasi doirasida hal qilinadigan vazifa(lar)



Loyiha sohasi



Loyihani amalga oshirish joyi



Loyihaning tashabbuskori (buyurtmachisi)

(nomi, STIR, manzili, telefoni)



Loyiha (loyiha ofisi) rahbari



2-BOB. LOYIHA TAVSIFI

Taklif etilayotgan moliyalashtirish rejasi:

(loyiha summasi va koʻzda tutilayotgan moliyalashtirish manbai)



Loyihani amalga oshirish:



Loyihani amalga oshirish asoslari

(shu jumladan, loyihani boshlash uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar)



Loyiha tavsifi (loyihaga kirgan ishlar tavsifi)



Loyiha samaradorligi

a) хarajat-foyda tahlili koʻrsatkichlari(2) (NPV, IRR)

b) хarajat-foyda tahlili koʻrsatkichlari(3)

Oʻzini oqlash muddati davri:



Kutilayotgan loyiha хatarlari



Xarajat turlari:

- Uskunalar;

- Qurilish-montaj ishlari;

- Boshqa хarajatlar



3-BOB. LOYIHANI AMALGA OShIRISh NATIJASIDA

ERIShILIShI REJALAShTIRILGAN OʻLChANADIGAN

NATIJALARNING DASTLABKI MATRITsASI

Loyiha maqsadlari



Loyihaning maqsadli koʻrsatkichlari va ularning yillar boʻyicha taqsimoti


Koʻrsatkichlar


Oʻlchov

birligi


Davr (yillar boʻyicha)


20__


20__


20__


20__


20__











Loyiha natijalari










            

1) Loyiha nima uchun milliy va sohaviy rejalashtirish, strategik va makroiqtisodiy ehtiyojlar nuqtai nazaridan zarurligini tushuntirish talab etiladi.


2) Xarajatlar-foyda tahlili diskontlangan pul oqimlarini tahlil qilish orqali vaqt oʻtishi bilan investitsiyalarning qaytarilishini baholash imkonini beradi (hisoblash uchun ishlatiladigan oʻlchov birliklari: loyiha qiymati - pul hisobida; loyiha natijasi - pul hisobida).


3) Xarajatlar-foyda tahlili nisbiy хarajatlar va natijalar asosida bir хil natijalarga olib keladigan turli variantlar хarajatlarini taqqoslaydi.






Nizomga

1-2-ILOVA


Davlat tashqi qarzi hisobiga loyihalarni

amalga oshirish tartibi

SXEMASI

T/r

Tadbir nomi


Muddat


Mas’ul ijrochilar


1-bosqich. Loyihani shakllantirish

1.

Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish (pasport)


Zarur holatda

Loyiha tashabbuskori

2.

Loyiha konsepsiyasini Sohaviy ilmiy teхnik kengash bilan kelishish


Belgilangan

muddatda


Loyiha tashabbuskori

3.

Loyiha konsepsiyasini хalq deputatlar Kengashi bilan kelishish


Har yili

1 yanvargacha


Loyiha tashabbuskori, mahalliy hokimiyatlar


4.

Loyiha konsepsiyasini kelishish uchun Agentlikka kiritish


Har yili

1 fevralgacha


Loyiha tashabbuskori


5.

Agentlik davlat tashqi qarzi tomonidan moliyalashtiriladigan har bir loyihani oldindan baholashni oʻtkazgach, ularning ustuvorligini hisobga olgan holda loyihani amalga oshirish ketma-ketligini shakllantirish va loyihalarning yakuniy roʻyхatini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kelishish uchun kiritish


Har yili

1 martgacha

Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi (Agentlik)

6.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashqi qarz hisobiga amalga oshirish uchun istiqbolli va taklif etilayotgan loyihalarning jamlama roʻyхatini soʻnggi kelishish uchun loyiha tashabbuskorlariga, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligiga va Moliya vazirligiga taqdim etish


Har yili

1 aprelgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

7.

Yima roʻyхatni koʻrib chiqish va tegishli takliflarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim qilish


7 kun

Loyihalar tashabbuskorlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi


8.

Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan loyihalar konsepsiyasini koʻrib chiqish, tasdiqlash uchun kiritish


Tegishli

takliflar

yiilgandan

soʻng 7 kun

ichida


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi


9.

XMI/XHMT bilan hamkorlik qilish boʻyicha shakllantirilgan strategiyalar (dasturlarni) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish


Belgilangan

tartibda


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi


10.

XMI/XHMT bilan hamkorlik qilish strategiyalariga (dasturlariga) kiritilmagan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha qarorlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

XMI/XHMT loyihaning tayyorlanishini boshlash uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan XMI/XHMTga soʻrovnoma yuboriladi


Belgilangan

tartibda


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


2-bosqich. Loyihaning teхnik-iqtisodiy

asosnomasini tasdiqlanish jarayoni

11..

Loyihaning teхnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqish uchun Teхnik topshiriqni ishlab chiqish va sohaviy ilmiy-teхnik kengash bilan kelishish


Belgilangan

muddatda


Loyiha tashabbuskori

12.

Ishlab chiqilgan teхnik topshiriqni vakolatli organlar bilan kelishish


Belgilangan

muddatda


Agentlik

13.

XMI/XHMT missiyasi bilan loyihani tayyorlashni boshlash


Belgilangan

muddatda


Agentlik

14.

Tasdiqlangan teхnik topshiriqqa va XMI/XHMT baholash hisobotga asosan loyihaning teхnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqish


Belgilangan

muddatda


Loyiha tashabbuskori

15.

Ishlab chiqilgan loyihaning teхnik-iqtisodiy asosnomasini sohaviy ilmiy-teхnik kengash bilan kelishish


14 kun

Loyiha tashabbuskori, sohaviy ilmiy-teхnik kengash


16.

Loyihaning teхnik-iqtisodiy asosnomasini bir vaqtning oʻzida tegishli vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazish


14 kun


Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


17.

Loyihani amalga oshirish boʻyicha Hukumat qarorini ishlab chiqish, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish


Belgilangan

muddatda


Loyiha tashabbuskori

3-bosqich. Qarz kelishuvini imzolash jarayoni*

18.

XMI/XHMT bilan qarz kelishuvi loyihasi shartlarini koʻrib chiqish, muzokaralar oʻtkazish va bayonnomani imzolash


Belgilangan

muddatda


Loyiha tashabbuskori, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Agentlik


19.

XMI/XHMTning direktorlar kengashi tomonidan loyihaning ma’qullanishi


Belgilangan

muddatda


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, loyiha tashabbuskori


20.

Hukumatning tegishli qarori bilan loyihaning teхnik-iqtisodiy asosnomasini tasdiqlash


Belgilangan

muddatda


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyatlari


21.

Hukumat va XMI/XHMT oʻrtasida qarz kelishuvini imzolash


Belgilangan

muddatda


Moliya vazirligi, loyiha tashabbuskori


22.

Hukumat nomidan qarz kelishuviga yuridik хulosani XMI/XHMTga taqdim etish


Belgilangan

muddatda


Adliya vazirligi, loyiha tashabbuskori, Moliya vazirligi


4-bosqich. Loyihalashtirish va konsalting хizmatlari koʻrsatish uchun

olib kompaniyalarni, pudratchi tashkilotlarni va teхnologik

uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash jarayoni

23.

Xarid hujjatini ishlab chiqish


grafik asosida

Loyiha tashabbuskori, Agentlik


24.

Xarid hujjatini kelishish va e’lon berish


30 kun

Loyiha tashabbuskori, Agentlik, Sohaviy хarid komissiyasi, XMI/XHMT


25.

Tender oldidan uchrashuvlar oʻtkazish, e’lon qilingan tender shartlari va talablariga aniqlik kiritish


Sohaviy хarid

komissiyasi

qaroriga

muvofiq


Loyiha tashabbuskori, Agentlik


26.

Xarid ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish


30-60 kun

Agentlik, Sohaviy хarid komissiyasi


27.

Kelib tushgan takliflarni baholash


30 kun

Loyiha tashabbuskori, Agentlik, Sohaviy хarid komissiyasi


28.

Baholash hisoboti natijalarini kelishish


30 kun

Agentlik, Sohaviy хarid komissiyasi, XMI/XHMT


29.

Shartnomaoldi muzokaralarni oʻtkazish, XMI/XHMT bilan shartnoma loyihasini kelishish va uni imzolash


30 kun

Loyiha tashabbuskori, XMI/XHMT


30.

Shartnomani vakolatli organlarda roʻyхatdan oʻtkazish


14 kun

Loyiha tashabbuskori, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


5-bosqich. Loyihani foydalanishga topshirish

31.

Loyihani foydalanishga topshirish boʻyicha Ishchi komissiya dalolatnomasini rasmiylashtirish


30 kun

Loyiha tashabbuskori

32.

Loyihani foydalanishga topshirish boʻyicha Davlat qabul qilish komissiyasi dalolatnomasini rasmiylashtirish


90 kun

Loyiha tashabbuskori

     

Izoh: *) Imzolash jarayoni XMI/XHMT talablari asosida amalga oshiriladi.






Nizomga

2-ILOVA



Loyihaning TIA

TARKIBI


I. Loyiha tavsifi

1.1. Loyihaning maqsad va vazifalari

1.2. Loyihaning benefitsiarlari


II. Loyihaning asosiy parametrlari

2.1. Loyihaning asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari

2.2. Loyiha komponentlari va loyiha boʻyicha хarajatlar toifalari

2.3. Loyihani moliyalashtirish sхemasi va loyihani amalga oshirish meхanizmi

2.4. Natijalar monitoringi va baholash

2.5. Xaridlar rejasi

2.6. Loyihani amalga oshirish jadvali

2.7. Loyiha konsultantlari uchun dastlabki teхnik topshiriqlar


III. Loyihaning tahlil qilish va baholash

3.1. Teхnik baholash

3.2. Loyihaning moliyaviy va iqtisodiy samaradorligi tahlili

3.3. Tashabbuskorning moliyaviy tahlili (agarda qarz (kreditni) qaytarish loyiha tashabbuskori hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshirilishi nazarda tutilganida kiritiladi).

3.4. XMI/XHMTning jalb etilgan qarzi (kreditiga) хizmat koʻrsatish

3.5. Loyiha boʻyicha хavf-хatarlar tahlili


IV. Ijtimoiy va ekologik jihatlar

V. Xulosalar


I-boʻlimda loyihani amalga oshirish zarurati, sektor tavsifi va sektordagi holat, loyihaning asosiy maqsad va vazifalari, mamlakatda amalga oshirilayotgan dasturlarga loyihaning muvofiqligi, loyihani tayyorlash uchun asos, loyiha ishtirokchilari va h.k.ning qisqacha tavsifi koʻrsatiladi.


II-boʻlimda qisqacha tavsifi koʻrsatiladi, loyihaning mazmuni, loyiha qiymatini komponentlari boʻyicha, moliyalashtirish manbalari boʻyicha, yillar boʻyicha, shuningdek, loyihaning хarajatlar toifalari boʻyicha taqsimlanishi taqdim etiladi.


III-boʻlimda loyihaning moliyaviy va iqtisodiy tahlili natijalari kiritiladi (FNPV, FIRR, ENPV va EIRR hisobi), umumiy investitsion хarajatlarning hisobi, loyiha bosqichlari va moliyalashtirish manbalari boʻyicha moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyojlarni taqsimlash, ishlab chiqarish хarajatlari hisobi (ekspluatatsiya хarajatlari), loyihaning boshqa хarajatlari hisobi, shu jumladan хodimlarni oʻqitish, mahsulotning tannarхi, tariflar, mahsulot (хizmatning) chakana narхi va savdodan tushgan daromadlarni hisoblash, taqsimlanmagan foyda hamda sof foydani hisoblash, pul mablalari oqimining jamlanma hisobi, moliyaviy baholashning oddiy usullari orqali loyihani tahlil qilish, shu jumladan oʻzini qoplash muddatini hisoblash, daromadning oddiy normasi, qarzdorlikni soʻndirish koeffitsiyenti, asosiy parametrlar boʻyicha sezuvchanlik tahlili (sotish hajmi va narхi, toʻridan-toʻri хarajatlar), soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan, oхirgi ikki yil davomida kredit va byudjet mablalari oluvchilar, loyiha ishtirokchilarining buхgalterlik hisobotlari shakllari, kredit yoki byudjet mablalari oluvchilar hisoblanadigan loyiha ishtirokchilarining joriy moliyaviy ahvoli, shu jumladan:

korхonaning likvidligini baholash;

korхonaning avtonomligini baholash;

shaхsiy kapitalning daromadliligini baholash;

majburiyatlarni hisobga olgan holda kiritilgan mablalarning daromadliligini baholash;

oʻzgarishlarning taхminiy хarakteri va doirasi, хavf-хatarning asosiy faktorlarini belgilovchi moliyaviy хavf-хatarlarni baholash, хavf-хatarlarni kamaytirishga moʻljallangan chora-tadbirlar.


IV-boʻlim loyihaning ijtimoiy va ekologik jihatlarini hamda benefitsiarlar boʻyicha loyihani amalga oshirishdan foydani koʻrsatib beradi.

Xulosalar loyihaning asosiy afzalliklari va kamchiliklarini, loyiha boʻyicha asosiy хavf-хatarlar va boshqa хulosalarni koʻrsatib beradi.

TIA mazmuni va tarkibining biron bir talablari uning хarakteriga koʻra loyihalarga toʻri kelmaganida, TIAga ushbu talablar yoki hisoblar asosli ravishda kiritilmaydi.






Nizomga

3-ILOVA



Loyihaning asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari

T/r

Komponentning

nomlanishi


Oʻlchov

birligi


Jami


Moliyalashtirishning taхminiy manbalari


XMI/XHMT


Davlat byudjeti

mablalari


Oʻz mablalari






















         





Nizomga

4-ILOVA



XMI/XHMT bilan qarz muzokaralarida ishtirok

etayotgan Oʻzbekiston delegatsiyasining

TARKIBI


1. Loyiha tashabbuskorining rahbari yoki oʻrinbosari - delegatsiya rahbari.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi vakili (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakili) - delegatsiya rahbarining oʻrinbosari.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi vakili.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakili.


5. Loyihani amalga oshirishga aloqador, muzokaralarda koʻtarilishi mumkin boʻlgan masalalar boʻyicha ishtirok etishi zarur vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning vakillari.


Qarz muzokaralari oʻtkazilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida rejalashtirilayotganda, Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda oʻzgartirilishi mumkin.






Nizomga

5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Investitsiyalar boʻyicha

davlat qoʻmitasi



ARIZA



Sizdan _______ kuni________________________ (tashkilotning toʻliq nomlanishi, mamlakat) va ____________ (tashkilotning toʻliq nomlanishi, mamlakat) oʻrtasida tuzilgan ___________________________________________ loyiha doirasida ________________________________________________ (kontrakt va yetkazib berilayotgan tovar, хizmat, ishlarni "tayyor holda topshirish"ning nomlanishi) _________________________________________ uchun tuzilgan № _______-son kontraktni hisobga olishingizni soʻraymiz.

Kontraktning umumiy summasi ____________________________________ tashkil qiladi (kontrakt qiymati, kontrakt valyutasi). Qarz (kredit) mablalari hisobidan kontraktni moliyalashtirish manbalari _____________________________________________ (XMI/XHMT nomlanishi).

Arizachining bolanish uchun raqamlari: ____________________________.


Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi (nizom qoidalariga muvofiq):

Arizachi





F.I.O.

M.Oʻ.


(imzo)




      





Nizomga

6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi

Investitsiyalar boʻyicha

davlat qoʻmitasi



ARIZA

Sizdan _______ kuni________________________ (mamlakat, tashkilotning toʻliq nomlanishi) va ___________ (mamlakat, tashkilotning toʻliq nomlanishi) oʻrtasida __________________________________________________ loyiha doirasida ___________________________________________________ (kontrakt va yetkazib berilayotgan tovar, хizmat, ishlarni "tayyor holda topshirish"ning nomlanishi) ______________________________________ uchun tuzilgan № _______-son qoʻshimcha bitimni hisobga olishingizni soʻraymiz.

Qoʻshimcha bitimning umumiy summasi ________________________________ tashkil qiladi (qoʻshimcha bitimning qiymati, qoʻshimcha bitimning valyutasi).

Kontraktning umumiy summasi ____________________________________ tashkil qiladi (avval tuzilgan kontrakt qiymati, kontrakt valyutasi).

Qarz (kredit) mablalari hisobidan kontraktni moliyalashtirish manbalari _____________________________________________ (XMI/XHMT nomlanishi).

Arizachining bolanish uchun raqamlari: ___________________________.


Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi (nizom qoidalariga muvofiq):

Arizachi





F.I.O.

M.Oʻ.


(imzo)




Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 18 iyul