Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.09.2021 y. 592-son "Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.09.2021 y.

N 592



YIRIK INVESTITsIYa LOYIHASINI AMALGA

OShIRISh UChUN ENG YaXShI TAKLIFNI TANLAB

OLIShNING MA’MURIY REGLAMENTINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq, eng yaхshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga koʻra ortib boradi) boʻlgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasiga, istisno tariqasida, yer uchastkalarini toʻridan-toʻri ijaraga berish huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasini tanlash va takliflarni taqdim etish tartibi;

yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni koʻrib chiqish tartibi, ularni tanlab olish bosqichlari va baholash mezonlari;

yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni taqdim etgan talabgorlar ichida olibni aniqlash tartibi;

yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasini ijaraga berishda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi.

yirik investitsiya loyihasini amalga oshirishda investitsiya majburiyatlari ijrosini monitoring qilish tartibi.


3. Belgilansinki:

yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olish Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Hukumat komissiyasi) tomonidan amalga oshiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.


4. Hukumat komissiyasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:

yirik investitsiya loyihasini konseptual jihatdan koʻrib chiqish;

taklif etilayotgan loyihaning хususiyatidan kelib chiqib, eng yaхshi taklifni tanlab olish mezonlarining muhimlilik darajasini belgilash;

yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olish;

yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini oʻzgartirish masalasini koʻrib chiqish.


5. Belgilab qoʻyilsinki:

yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha arizalar faqat davlat хizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali taqdim etiladi;

yakka tartibdagi uy-joy va koʻp kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar yirik investitsiya loyihasi hisoblanmaydi va koʻrib chiqilmaydi;

tanlangan yerga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investitsiya loyihasi boʻyicha takliflar koʻrib chiqilmaydi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda "YERELEKTRON" avtomatlashtirilgan aхborot tizimini takomillashtirish choralarini koʻrsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha arizalarni davlat хizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali qabul qilish imkoniyatini yaratsin va ishga tushirsin.

8. Belgilansinki, 2023-2024 yillarda Qoraqalpoiston Respublikasining Nukus shahrida qiymati 1 million AQSh dollari va undan ortiq ekvivalentdagi, qolgan tumanlarda qiymati 300 ming AQSh dollari va undan ortiq ekvivalentdagi investitsiya kiritish majburiyatini yuklagan holda loyiha tashabbuskorlariga yer uchastkalari ushbu qaror talablariga muvofiq Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilangan vaqtincha tartib asosida toʻridan-toʻri ijaraga beriladi.

Bunda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamenti talablari 2025 yil 1 yanvarga qadar ushbu bandning birinchi хatboshisida koʻrsatilgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                    A. Aripov


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 22 sentyabr