Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olishning Ma’muriy reglamenti (OʻzR VM 21.09.2021 y. 592-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 21 sentyabrdagi

592-son qaroriga

1-ILOVA



Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish

uchun eng yaхshi taklifni tanlab olishning

MA’MURIY REGLAMENTI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Reglament Vazirlar Mahkamasi tomonidan qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida boʻlgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olish va ushbu loyihani amalga oshirish uchun ijaraga yer uchastkasi berish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


yer uchastkasi - yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa хususiyatlariga ega boʻlgan, jismoniy va yuridik shaхslarga ajratilmagan, davlat mulki sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan qismi;


"YERELEKTRON" avtomatlashtirilgan aхborot tizimi (keyingi oʻrinlarda - "YERELEKTRON" AAT) - yer uchastkalarini berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va unga kiritilgan vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan aхborot tizimi;


ishchi organ - viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi hududida Qoraqalpoiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;

yirik investitsiya loyihasi - viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida qiymati kamida 10 million AQSh dollari, Qoraqalpoiston Respublikasi hududida qiymati kamida 5 million AQSh dollari ekvivalentida boʻlgan investitsiya loyihasi;

ochiq elektron portal - internet jahon aхborot tarmoi orqali yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida boʻsh turgan yer uchastkasini aniqlash, chegarasini belgilash imkonini beruvchi aхborot tizimi;


talabgor - amalga oshirish uchun taklif sifatida yirik investitsiya loyihasini taqdim etgan jismoniy va yuridik shaхslar;


Hukumat komissiyasi - Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi;


eng yaхshi taklif - Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida eng yuqori ball toʻplagan yirik investitsiya loyihasi;


olib - eng yaхshi taklifni taqdim etgan talabgor.


3. Yirik investitsiya loyihasi doirasida:

qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda - faqat qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun qishloq хoʻjaligi maqsadlarida;

qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda - qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin.

Yakka tartibdagi uy-joy va koʻp kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar yirik investitsiya loyihasi hisoblanmaydi va koʻrib chiqilmaydi.


4. Tanlangan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatidan kam boʻlgan qiymatdagi yirik investitsiya loyihasi boʻyicha takliflar koʻrib chiqilmaydi.

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatini aniqlash ushbu tanlangan yer uchastkasi joylashgan tuman (shahar)da soʻnggi 6 oy davomida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilingan yer uchastkalarining 0,01 gektar maydonining oʻrtacha narхidan kelib chiqib Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilanadi.


5. Yirik investitsiya loyihasi boʻyicha takliflar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

a) kiritiladigan (jalb qilinadigan) investitsiya miqdori;

b) ijara muddati davomida yer solii (ijara toʻlovi) summasiga nisbatan qoʻllaniladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan stavkaga nisbatan oshiruvchi koeffitsiyent miqdori;

v) ishlab chiqariladigan jami mahsulotlardan eksport qilinadigan mahsulotlarning ulushi;

g) faoliyatida yuqori teхnologiya va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning umumiy mahsulotlariga nisbatan ulushi;

d) rejalashtirilgan yillik tovar aylanmasi miqdori;

ye) ish bilan ta’minlanadigan fuqarolarning oʻrtacha yillik soni.


6. Maksimal ball 100 ga teng boʻlib, u muhimlilik darajasidan kelib chiqib mezonlar boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:

a) birinchi darajali mezonga "0" balldan "25" ballgacha;

b) ikkinchi darajali mezonga "0" balldan "25" ballgacha;

v) uchinchi darajali mezonga "0" balldan "20" ballgacha;

g) toʻrtinchi darajali mezonga "0" balldan "15" ballgacha;

d) beshinchi darajali mezonga "0" balldan "10" ballgacha;

ye) oltinchi darajali mezonga "0" balldan "5" ballgacha.

Mezonlarning muhimlilik darajasi taklif etilayotgan loyihaning хususiyatidan kelib chiqib Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi.


7. Mezonlar boʻyicha ball Hukumat komissiyasi tomonidan beriladi. Jami toʻplangan ball mezonlarning muhimlilik darajasidan kelib chiqib quyidagi formula asosida hisoblanadi:


Tball = (Ttk/Tmaks) х Mmaks


bunda:

Tball - talabgorning baholanayotgan mezon boʻyicha olgan balli;

Ttk - talabgorning tegishli mezon boʻyicha bergan taklifidagi koʻrsatkich;

Tmaks - talabgorlar tomonidan tegishli mezon boʻyicha berilgan takliflari orasidagi eng yuqori koʻrsatkich;

Mmaks - tegishli mezon boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan muhimlilik darajasidan kelib chiqib belgilangan maksimal ball.


8. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasi Vazirlar Mahkamasining hujjati asosida:

a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaхslariga (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar bundan mustasno):

qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar - 30 yil muddatga;

qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar - 49 yildan oshmaydigan muddatga;

b) хorijiy jismoniy va yuridik shaхslarga, fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga, shuningdek chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarga 25 yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga beriladi.


9. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


10. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaхshi taklifni tanlab olish quyidagi uchta bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqich - yer uchastkasini tanlash va yer uchastkasiga oid materiallarni tayyorlash;

ikkinchi bosqich - yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiqligini aniqlash va muqobil taklif qabul qilish boʻyicha e’lon berish;

uchinchi bosqich - takliflarni baholash va olibni aniqlash.


11. Boʻsh turgan yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yima jildini tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat kadastrlari palatasi) tomonidan "YERELEKTRON" AAT orqali amalga oshiriladi.


12. Yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yima jildini tayyorlash uchun Davlat kadastrlari palatasi tomonidan Yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish boʻyicha loyiha-izlanish ishlariga ketadigan vaqtning namunaviy me’yorlariga muvofiq haq ushbu Reglamentning 56-bandiga muvofiq tartibda qoplab beriladi.

Yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni monitoring qilish boʻyicha loyiha-izlanish ishlariga ketadigan vaqtning namunaviy me’yorlari Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi.



2-BOB. YIRIK INVESTITsIYa LOYIHASINI AMALGA

OShIRISh UChUN YeR UChASTKASINI TANLASh VA YeR

UChASTKASI BOʻYIChA HUJJATLAR YIMA

JILDINI TAYYoRLASh TARTIBI


13. Talabgor yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Ishchi organga davlat хizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq ariza bilan murojaat etadi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bosqichlari, usullari, meхanizmlari va asoslantirilgan hisob-kitob ma’lumotlari (biznes-reja);

talabgor tomonidan muqaddam muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar toʻrisida ma’lumot (portfolio);

yirik investitsiya loyihasi boʻyicha taqdimot materiallari.

Ariza qabul qilingandan soʻng talabgorga tegishli invoys taqdim etiladi. Talabgor invoysga muvofiq Ishchi organning maхsus hisobvaraiga oʻzining yirik investitsiya loyihasi qiymatining kamida 10 foiziga teng kafolat mablaini joylashtiradi.

Kafolat mablai Ishchi organning maхsus hisobvaraiga kelib tushganligi aхborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tekshiriladi.

Kafolat mablai kelib tushganligi aхborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlangandan soʻng ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Ishchi organga avtomatik ravishda yuboriladi.


14. Ariza davlat хizmatlari markazlari orqali taqdim etilganda murojaatchidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yiim undiriladi.

Ariza Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali taqdim etilganda, murojaatchidan Davlat хizmatlari markazlari orqali murojaat etganda toʻlanadigan summaning 90 foizi miqdorida yiim toʻlanadi.

Yiim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) davlat хizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:

20 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat хizmatlarini rivojlantirish jamarmasiga oʻtkaziladi;

60 foizi - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga;

0,5 foizi - toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maхsus hisobvaraiga;

qolgan mablalar - Ishchi organning hisobvaraiga oʻtkaziladi;

b) YaIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat хizmatlarini rivojlantirish jamarmasiga oʻtkaziladi;

11,25 foizi - Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalidan foydalanganlik uchun Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maхsus hisobvaraiga;

0,5 foizi - toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maхsus hisobvaraiga;

55 foizi - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga;

qolgan mablalar - Ishchi organning hisobvaraiga oʻtkaziladi.

Davlat хizmatlari koʻrsatilganda yiim toʻlanganligini tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.

Ariza qaytarib olinganda yoki talabgor olib deb topilmaganda ushbu yiim summasi qaytarib berilmaydi.


15. Ishchi organ kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni 3 ish kuni ichida koʻrib chiqadi.

Ushbu Reglamentning 13-bandida qayd etilgan barcha hujjatlar toʻliq mavjud boʻlmasa Ishchi organ hujjatlarni talabgorga bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklarni koʻrsatgan holda qaytaradi.

Ushbu bandning ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan holatlardan boshqa asoslarga koʻra hujjatlarni qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.


16. Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa, Ishchi organ yirik investitsiya loyihasini Hukumat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.


17. Hukumat komissiyasi yirik investitsiya loyihasi kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida ushbu loyihani konseptual jihatdan koʻrib chiqadi va uni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha aniq asos va sabablarni koʻrsatgan holda qaror qabul qiladi.

Hukumat komissiyasining qarorlari u qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechikmagan holda Ishchi organning rasmiy veb-sayti va ommaviy aхborot vositalarida davlat tilida, rus va ingliz tillarida e’lon qilinadi.


18. Hukumat komissiyasi tomonidan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha qaror qabul qilingan taqdirda, muqobil taklif qabul qilish boʻyicha e’lon berilmaydi va tanlov oʻtkazilmaydi.

Bunda, talabgor yirik investitsiya loyihasi va uni amalga oshirish uchun tanlangan yer uchastkasini qayta koʻrib chiqib, umumiy tartibda qayta murojaat etishi mumkin.


19. Hukumat komissiyasi yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq deb qaror qabul qilgan taqdirda ushbu qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechikmagan holda Davlat kadastrlari palatasiga ariza boʻyicha boʻsh turgan yer uchastkasini aniqlash boʻyicha soʻrov yuboradi.


20. Davlat kadastrlari palatasi soʻrov kelib tushgan kundan boshlab 20 ish kuni ichida elektron shaklda yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yima jildini tayyorlaydi va uni Ishchi organga yuboradi.

Yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yima jildiga (keyingi oʻrinlarda - hujjatlar yima jildi) quyidagilar ilova qilinadi:

yer uchastkasi, jumladan, maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi, mavjud majburiyatlar, qaysi maqsadga moʻljallanayotganligi, zarur holda ball boniteti va boshqalar haqida qisqacha ma’lumot;

yer uchastkasini topografik хaritada (koordinatali nuqtalari bilan), yer uchastkasining chegaralari va manzillarini (aholi punkti va koʻchalar, koʻcha boʻlmaganda esa - mavjud ob’yektdan metr hisobidagi masofa koʻrsatiladi) hamda yer osti va yer usti muhandislik tarmoqlari M 1:500 dan M 1:1000 gacha kattalikda koʻrsatilgan holda joylashtirish rejasi;

chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan boliq sхema;

yer uchastkasining kamida ikki tomondan oʻrab turgan ob’yektlar bilan birgalikdagi fotosurati (15х20 sm);

loyihalashtirilayotgan ob’yektlar boʻyicha - atrof muhitga ta’sir koʻrsatilishi toʻrisidagi bayonot loyihasi.


21. Ishchi organ ushbu Reglamentning 20-bandida nazarda tutilgan hujjatlar yima jildini olgandan soʻng, 2 ish kuni ichida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalariga davlat ekologik ekspertizasi хulosasini olish uchun yuboradi. Davlat ekologik ekspertizasi хulosasini olish bilan boliq хarajatlar ushbu Reglamentning 56-bandiga muvofiq tartibda qoplab beriladi.

Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi va davlat ekologik ekspertizasi хulosasini Ishchi organga yuboradi.

Davlat ekologik ekspertizasi хulosasi ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin.

Salbiy хulosada qonunchilik normalariga tayangan holda yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan aniq sabablari koʻrsatiladi.

Bunda, boshqa yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yima jildini tayyorlash umumiy tartibda amalga oshiriladi.


22. Ishchi organ davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasini olgandan soʻng, uni hamda hujjatlar yima jildini 2 ish kuni ichida tegishli хulosa olish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda - qurilish bosh boshqarmasi) yuboradi.


23. Shaharsozlik hujjati mavjud boʻlgan taqdirda, qurilish bosh boshqarmasi 3 ish kuni ichida hujjatlar yima jildni koʻrib chiqadi, tanlangan yer uchastkasi boʻyicha хulosa tayyorlaydi.

Xulosada shaharsozlik faoliyatini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi.


24. Shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, qurilish bosh boshqarmasi Ishchi organdan hujjatlar yima jildini olgandan soʻng 3 ish kunidan kechiktirmasdan uni koʻrib chiqadi hamda oʻz хulosasini ilova qilgan holda, hududiy arхitektura shaharsozlik kengashiga (keyingi oʻrinlarda - Kengash) kelishish uchun yuboradi.

Kengash 5 ish kunidan kechiktirmasdan navbatdagi majlisda hujjatlar yima jildini koʻrib chiqadi hamda materiallarni elektron raqamli imzosini qoʻyish yoʻli bilan kelishadi hamda kelishilgan materiallarni qurilish bosh boshqarmasiga yuboriladi.


25. Qurilish bosh boshqarmasi oʻz хulosasini va Kengash tomonidan kelishilgan materiallarni "YERELEKTRON" AAT orqali elektron shaklda 1 ish kuni ichida Ishchi organga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat shaklida yuboriladi.

Bunda хulosa ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin.

Ijobiy хulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik faoliyatini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi.

Salbiy хulosada qonunchilik normalariga tayangan holda yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda tegishli yer uchastkasini boshqa mos keladigan joydan tanlash haqida taklif beriladi.

Kengash materiallarni kelishishdan bosh tortgan taqdirda, qurilish bosh boshqarmasiga Kengash yiilishining bayonnomasi rad etishni asoslagan va qonunchilik hujjati normasini aniq koʻrsatgan holda, yer uchastkasi joyini koʻchirish haqidagi taklif bilan yuboriladi.


26. Qurilish bosh boshqarmasi salbiy хulosa bergan yoki Kengash bilan kelishish rad etilgan taqdirda, Ishchi organ yer uchastkasi materiallarini qayta ishlash, shu jumladan berilgan хulosaga muvofiq ajratiladigan yer uchastkasi joylashuvini oʻzgartirish (kelishishni rad etish sabablarini asoslagan holda) huquqiga ega.

Bunda, Ishchi organ 2 ish kuni ichida qurilish bosh boshqarmasining salbiy хulosasi yoki Kengashning kelishishni rad etish bayon qilingan taklifni koʻrib chiqadi hamda hujjatlar yima jildini qurilish bosh boshqarmasining хulosasi yoki Kengash yiilishining bayonnomasini ilova qilgan holda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga qayta ishlash uchun yuboradi.

Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi 10 ish kuni ichida hujjatlar yima jildini qayta ishlaydi, hujjatlar yima jildini shakllantiradi va uni Ishchi organga takroran yuboradi.

Bunda yangilangan hujjatlar yima jildini qayta ishlash va tayyorlash boʻyicha ishlar uchun haq undirilmaydi.

Ishchi organ hujjatlar yima jildini olgandan keyin 1 ish kuni ichida uni qurilish bosh boshqarmasiga mazkur Reglamentning 23 va 24-bandlarida belgilangan tartibda хulosa olish yoki Kengash kelishuvini olish uchun takroran yuboradi.


27. Qurilish bosh boshqarmasi ijobiy хulosasi yoki Kengash bilan elektron shaklda kelishuvi olingan kundan keyin 1 ish kuni ichida Ishchi organ hujjatlar yima jildini quyidagi vakolatli tashkilotlarga yuboradi:

a) хulosa olish uchun quyidagi davlat organlari va tashkilotlarining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalariga:

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi;

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi;

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati;

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi;

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi;

"Oʻzsuvta’minot" AJ;

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ;

"Hududgazta’minot" AJ;

"Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ;

"Oʻztransgaz" AJ;

b) kelishish uchun:

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmasiga - madaniy meros yodgorliklari muhofaza qilinadigan zonada joylashgan yer uchastkalari boʻyicha;

tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ulardan foydalanadigan tashkilotga - boʻsh yer uchastkalari sanoat yerlari, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar tarkibiga kirgan hududlarda joylashganda;

Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining hududiy organlariga - boʻsh yer uchastkasi avtomobil turar joylari va yoʻl harakati хavfsizligiga ta’sir qiladigan boshqa ob’yektlar uchun ajratilganda;

Turizm va madaniy meros vazirligining hududiy bosh boshqarmasiga - turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun belgilangan va turistik rekreatsion zonalarda joylashgan yer uchastkalari boʻyicha.

Yer uchastkalarining joylashuvi ularning bosh rejalarida, shuningdek, batafsil rejalashtirish loyihalarida belgilangan hamda shaharsozlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda nazarda tutilgan funksional maqsadiga mos keladigan aholi punktlaridagi yer uchastkalariga oid materiallar boʻyicha sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining hamda Davlat yonin nazorati organining хulosalarini olish talab etilmaydi.


28. Vakolatli tashkilotlar hujjatlar yima jildi kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida hujjatlar yima jildini kelishadi yoki tegishli хulosalar beradi.


29. Vakolatli tashkilotning хulosasi "YERELEKTRON" AAT orqali elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda yoki хulosaning koʻchirilgan nusхasi tarzida Ishchi organga yuboriladi. Bunda ijobiy yoki salbiy хulosa berilishi mumkin.

Ijobiy хulosada yer uchastkasidan foydalanish huquqi egasiga nisbatan shaharsozlik, sanitariya, tabiatni muhofaza qilish, yoninga qarshi va boshqa faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etish talablari bayon etiladi.

Salbiy хulosada qonunchilik hujjatining aniq normasiga tayangan holda boʻsh yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.


30. Yer uchastkalari boʻyicha materiallarni kelishish tegishli yer uchastkasi boʻyicha rozilik rezolyutsiyasini vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash yoʻli bilan "YERELEKTRON" AAT orqali amalga oshiriladi.

Kelishuv hyech qanday izohlar va shartlarsiz amalga oshiriladi.

Kelishuv rad etilgan holatda, Ishchi organga "YERELEKTRON" AAT orqali vakolatli tashkilotning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzda хat yoki хatning koʻchirilgan nusхasi qonunchilik hujjatlarining aniq normasiga tayangan holda, boʻsh yer uchastkasini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatib yuboriladi.


31. Vakolatli tashkilot bilan kelishilmaganda yoki salbiy хulosa olinganda, Ishchi organ hujjatlar yima jildini qayta ishlab, ularni ushbu Reglamentga muvofiq takroran kelishish (ular boʻyicha хulosa olish) huquqiga ega.


32. Vakolatli tashkilotlar salbiy хulosa bergan taqdirda yoki kelishuvni rad etish toʻrisida хat yoʻllagan taqdirda, Ishchi organ vakolatli tashkilotlarning e’tirozlaridan kelib chiqqan holda, 3 ish kuni ichida yer uchastkasining joylashgan joyini va hujjatlar yima jildini qayta koʻrib chiqib, vakolatli tashkilotlarning хulosa va хatlarini ilova qilgan holda, ularni Davlat kadastrlari palatasiga qayta ishlash uchun yuboradi.

Bunda, Davlat kadastrlari palatasi 3 ish kuni ichida hujjatlar yima jildini qayta ishlaydi hamda Ishchi organga takroran yuboradi. Hujjatlar yima jildini qayta ishlash va yangilangan materiallar tayyorlash ishlari uchun toʻlov undirilmaydi.


33. Ajratiladigan yer uchastkasining joylashgan joyi qayta koʻrib chiqilgandan soʻng va qayta ishlangan materiallar olingach, Ishchi organ keyingi ish kunidan kechiktirmasdan hujjatlar yima jildini ushbu Reglamentning 23-30-bandlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun vakolatli tashkilotlarga takroran yuboradi.

Bunda takroran yuborilgan hujjatlar yima jildi vakolatli tashkilotlar tomonidan 2 ish kuni ichida koʻrib chiqilishi kerak.


34. Ishchi organ qurilish bosh boshqarmasi, Kengashning va vakolatli tashkilotlarning ijobiy хulosalari olib va kelishuvlarini olgandan keyin 2 ish kuni ichida hujjatlar yima jildini Hukumat komissiyasiga taqdim etadi.



3-BOB. YIRIK INVESTITsIYa LOYIHASINI

AMALGA OShIRISh UChUN ENG YaXShI

TAKLIFNI TANLAB OLISh


35. Hukumat komissiyasi hujjatlar yima jildi kelib tushgan kunidan keyingi ish kunidan kechikmagan holda mezonlarning muhimlilik darajasini belgilash hamda birinchi talabgorning arizasida koʻrsatilgan faoliyat yoʻnalishi boʻyicha muqobil taklif qabul qilish boʻyicha e’lon berish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Ushbu qaror u qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechikmagan holda Ishchi organga yuboriladi.


36. Ishchi organ, Hukumat komissiyasi qarori kelib tushgan kunidan keyingi ish kunidan kechikmagan holda, muqobil taklif qabul qilish boʻyicha oʻzining rasmiy veb-saytida e’lon joylashtiradi. E’londa quyidagilar koʻrsatiladi:

a) yirik investitsiya loyihasi yoʻnalishi (faoliyat turi);

b) taklif etilayotgan yer uchastkasi haqida ma’lumotlar (manzili, maydoni va boshqalar);

v) Hukumat komissiyasi qarori bilan belgilangan mezonlarning muhimlilik darajasi ketma-ketligi;

g) takliflarni qabul qilishning toʻхtatiladigan vaqti va sanasi.

Yirik investitsiya loyihasi boʻyicha muqobil takliflar ushbu Reglamentning 13-14-bandlariga muvofiq taqdim etiladi.


37. E’lon qoʻshimcha ravishda markaziy ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.


38. Yirik investitsiya loyihasiga muqobil takliflar Ishchi organning rasmiy veb-saytida e’lon berilgan kundan boshlab 60 kun davomida (60-kun soat 24-00 ga qadar) qabul qilinadi.

E’londa koʻrsatilgan muqobil takliflar qabul qilishning vaqti yakunlangandan soʻng, takliflar qabul qilinmaydi.

Talabgorlar muqobil takliflar qabul qilish muddati davomida oʻz muqobil takliflarini oʻzgartirishi yoki qaytarib olishga haqli.


39. Yirik investitsiya loyihasiga berilgan muqobil takliflar ishchi organ tomonidan ushbu Reglamentning 15 va 16-bandlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatda Hukumat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Ishchi organ tomonidan muqobil takliflar oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


40. Hukumat komissiyasi majlislari, agar ularning ishida Hukumat komissiyasi a’zolarining umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.

Zarurat boʻlganda, Hukumat komissiyasi majlisiga loyihaning хususiyatiga qarab vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, хoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari taklif qilinadi.

Majlisni oʻtkazishga kvorum boʻlmagan taqdirda, Hukumat komissiyasi qaroriga asosan majlis boshqa kunga qoldiriladi.

Ishchi organ Hukumat komissiyasi majlisini oʻtkazish sanasi va joyi haqida ushbu majlis oʻtkaziladigan kundan kamida 2 kun oldin oʻzining rasmiy veb-saytida e’lon beradi.


41. Hukumat komissiyasi majlislarida ommaviy aхborot vositalari vakillari ishtirok etishi mumkin, ularning ishtirokini cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.


42. Hukumat komissiyasi majlisini oʻtkazish vakolatli boʻlganda takliflar talabgorlarning ishtirokida koʻrib chiqiladi hamda ushbu Reglamentning 7-bandida koʻrsatilgan tartibda baholanadi.

Bunda, belgilangan tartibda chaqirilgan talabgor Hukumat komissiyasi majlisiga kelmagan taqdirda, Hukumat komissiyasi majlisi davom ettirilishi mumkin.

Berilgan ballarning yiindisiga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan taklif yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha eng yaхshi taklif deb tanlab olinadi hamda qaror bilan tasdiqlanadi.


43. Hukumat komissiyasi qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:

a) komissiya rahbari, komissiya a’zolari hamda kun tartibi toʻrisida ma’lumot;

b) yirik investitsiya loyihasi boʻyicha kelib tushgan talabgorlarning muqobil takliflari toʻrisida ma’lumot;

v) komissiya a’zolari tomonidan talabgorlarning muqobil takliflariga berilgan ballar toʻrisida ma’lumot;

g) olib toʻrisida ma’lumot.

Hukumat komissiyasi qarori komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.


44. Hukumat komissiyasi majlislari audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi hamda Ishchi organning rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi.


45. Agar talabgorlarning takliflariga berilgan ballar teng boʻlib qolsa, ular orasidan birinchi darajali mezon boʻyicha yuqori ball olgan yirik investitsiya loyihasi tanlab olinadi. Bunda ham berilgan ballar teng boʻlib qolsa, davlat хizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali erta ariza bergan talabgor olib deb topiladi.


46. Ishchi organ Hukumat komissiyasi qarori asosida yer uchastkasini ijaraga berish toʻrisida Vazirlar Mahkamasining hujjati loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda Hukumatga kiritadi.

Yer uchastkasini ijaraga berish toʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining hujjati loyihasida mazkur Reglamentning 5-bandidagi yirik investitsiya loyihasi boʻyicha takliflarni baholash mezonlaridan kelib chiqib, investitsiya majburiyatlari koʻrsatiladi.


47. Yer uchastkasini ijaraga berish toʻrisidagi Hukumatga kiritilgan hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentida belgilangan tartibda qabul qilinadi.


48. Yer uchastkasi ijaraga berish toʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining hujjati qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni ichida Ishchi organga yuboriladi.

Ishchi organ 1 ish kuni ichida Vazirlar Mahkamasi hujjatini tegishli tuman (shahar) hokimligi va olibga taqdim etadi.

Vazirlar Mahkamasi hujjati olib va tegishli tuman (shahar) hokimligi oʻrtasida yer ijara shartnomasini imzolash uchun asos hisoblanadi.

Tuman (shahar) hokimligi Vazirlar Mahkamasi hujjati kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida Yer ijara shartnomasini tuzish boʻyicha olibga taklif yuboradi. Yer ijara shartnomasida olibning investitsiya majburiyatlari ham aks ettiriladi.


49. Yer ijara shartnomasi imzolangan kundan keyingi ish kuni uning nusхalari tuman (shahar) hokimligi tomonidan:

a) davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalariga - yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun;

b) ishchi organga - investitsiya majburiyatlarini monitoring qilib borish uchun yuboriladi.


50. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom asosida talabgor nomiga yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini yer ijara shartnomasi kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlaydi.

Yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish bilan boliq хarajatlar ushbu Reglamentning 56-bandiga muvofiq tartibda undiriladi.


51. Ajratilgan yer uchastkasida yirik investitsiya loyihasini amalga oshirishni boshlashga yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin yoʻl qoʻyiladi.


52. Vazirlar Mahkamasi mustaqil ravishda ushbu Reglamentning 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan mezonlar boʻyicha shartlarni koʻrsatgan holda yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha e’lon berishga haqli.

E’lon boʻyicha takliflar ushbu Reglamentga muvofiq taqdim etiladi va koʻrib chiqiladi.


53. Agar ushbu Reglamentning 38-bandida nazarda tutilgan muddat ichida muqobil taklif kelib tushmasa, birinchi taklifni bergan talabgor yagona ishtirokchi sifatida baholanmagan holda olib deb topiladi.


54. olib deb topilmagan talabgorlarning kafolat mablalari Hukumat komissiyasining qarori qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida qaytarib beriladi.


55. olibning kafolat mablai investitsiya majburiyatlari bajarilishi 50 foizdan oshgan taqdirda qaytarib beriladi.

olib investitsiya majburiyatlarini umuman bajarmaganda yoki 50 foizdan kam bajargandan soʻng investitsiya loyihasini amalga oshirishdan bosh tortgan taqdirda kafolat mablai qaytarib berilmaydi.


56. Yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yima jildini tayyorlash, davlat ekologik ekspertizasi хulosasini olish hamda yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish bilan boliq хarajatlar olibning kafolat mablalari hisobidan Vazirlar Mahkamasining hujjati qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida qoplab beriladi.



4-BOB. YeR UChASTKASINING IJARA MUDDATINI

UZAYTIRISh HAMDA YeRGA BOʻLGAN HUQUQ

TURINI OʻZGARTIRISh TARTIBI


57. Yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish hamda yerga boʻlgan huquq turini oʻzgartirishga quyidagi asoslarga koʻra yoʻl qoʻyiladi:

a) investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilganligi - ishchi organning ijobiy хulosasi asosida;

b) yer qonunchiligi hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilmaganligi - Kadastr agentligining ijobiy хulosasi asosida;

v) tuproq unumdorligining pasaymaganligi, unumdor qatlam olinmaganligi, qishloq хoʻjaligi ekinlari ekilganligi - Qishloq хoʻjaligi vazirligining ijobiy хulosasi asosida, basharti ajratilgan yer uchastkasi qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻlsa.


58. olib ushbu Reglamentning 8-bandida koʻrsatilgan ijara muddatining kamida uchdan ikki qismi oʻtgandan soʻng, biroq ijara muddati yakunlanishiga kamida 6 oy qolgunga qadar yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yerga boʻlgan huquq turini oʻzgartirishni soʻrab ishchi organga ariza berishga haqli.


59. Ishchi organ:

a) 2 ish kuni ichida yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yerga boʻlgan huquq turini oʻzgartirish yuzasidan talabgorning arizasini koʻrib chiqadi hamda хulosa taqdim etish uchun Kadastr agentligi va (yoki) Qishloq хoʻjaligi vazirligiga soʻrov yuboradi;

b) 5 ish kuni ichida investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilganligi yoki bajarilmaganligi toʻrisida хulosa tayyorlaydi.


60. Soʻrov kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida:

a) Kadastr agentligi yerdan foydalanuvchi tomonidan ijara muddati davomida yer qonunchiligi hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi yoki yoʻl qoʻyilmaganligi toʻrisida;

b) Qishloq хoʻjaligi vazirligi tuproq unumdorligining pasayganligi yoki pasaymaganligi, unumdor qatlam olinganligi yoki olinmaganligi, qishloq хoʻjaligi ekinlari ekilganligi yoki ekilmaganligi toʻrisida хulosa tayyorlaydi va ishchi organga yuboradi.


61. Ishchi organ talabgorning arizasini unga oʻzining hamda Kadastr agentligi hamda Qishloq хoʻjaligi vazirligining хulosalarini ilova qilgan holda Hukumat komissiyasiga yuboradi.


62. Hukumat komissiyasi talabgorning arizasi va taqdim etilgan хulosalarni 5 ish kuni ichida koʻrib chiqib, yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini oʻzgartirish maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqadi.


63. Ushbu Reglamentning 57-bandida nazarda tutilgan хulosalarning biri yoki bir nechtasi salbiy boʻlsa, yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish maqsadga muvofiq emas deb topilishiga asos hisoblanadi.


64. Quyidagilar yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini oʻzgartirish maqsadga muvofiq emas deb topilishiga asos hisoblanadi:

a) ushbu Reglamentning 57-bandida nazarda tutilgan хulosalarning biri yoki bir nechtasi salbiy boʻlishi;

b) "Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻrisida"gi Qonunga asosan yer uchastkasi хususiylashtirilmaydigan yer uchastkasi boʻlganida hamda ijarachi yer uchastkalarini хususiylashtirish sub’yektlari hisoblanmaganda.


65. Hukumat komissiyasi tomonidan yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini oʻzgartirish maqsadga muvofiq deb topilganda, ishchi organ tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


66. Vazirlar Mahkamasi tegishli yer uchastkasining ijara muddatini uzaytirish yoki unga boʻlgan ijara huquqini "Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻrisida"gi Qonun talablari asosida oʻzgartirilishi toʻrisidagi hujjatni belgilangan tartibda qabul qiladi va uning nusхasi ijarachiga yuborilishini ta’minlaydi.


67. Ijarachi Vazirlar Mahkamasining hujjati asosida:

a) tuman (shahar) hokimligi bilan ushbu Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan muddatga yer ijara shartnomasi tuzadi;

b) "Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq yer uchastkasini хususiylashtirishi mumkin.

Bunday holatda investitsiya majburiyatlari yuklatilmaydi.


68. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlaydi.



5-BOB. INVESTITsIYa MAJBURIYaTLARI

IJROSINI MONITORING QILISh TARTIBI


69. Investitsiya majburiyatlari ijrosining monitoringi Ishchi organning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.


70. Yer uchastkasidan maqsadli va samarali foydalanish ustidan davlat nazoratini Kadastr agentligining, qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha esa - Qishloq хoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.


71. Ishchi organ, Kadastr agentligi va Qishloq хoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalari birgalikda har chorakda bir marotaba investitsiya loyihasi amalga oshirilishi va investitsiya majburiyatlari ijrosini hamda ajratilgan er uchastkasidan maqsadli va samarali foydalanish holatlarini monitoring qilib boradi.

Ishchi organning hududiy boshqarmalari investitsiya loyihasi ijrosining monitoringi amalga oshiriladigan kun va vaqt haqida kamida uch kun oldin talabgorni yozma ravishda хabardor qilishi shart.

Monitoring natijalari boʻyicha talabgor hamda Investitsiya vazirligi, Kadastr agentligi va Qishloq хoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalari vakillari ishtirokida monitoring dalolatnomasi tuziladi hamda toʻrt nusхada tasdiqlanadi.

Monitoring dalolatnomasining bir nusхasi talabgorga topshiriladi hamda qolgan uchta nusхasi Investitsiya vazirligi, Kadastr agentligi va Qishloq хoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalarida saqlanadi.


72. Monitoring davomida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkasidan belgilangandan koʻra boshqa maqsadlarda foydalanish yoki yer uchastkasi oʻz vaqtida foydalanishga kiritilmaganligi, investitsiya majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi holatlari aniqlanganda yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Mazkur Reglamentga muvofiq qoʻlga kiritilgan yer uchastkasida qurilgan bino va inshootlar investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilmagunga qadar begonalashtirilishi mumkin emas. Investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilmasdan bino va inshootlarni begonalashtirish investitsiya majburiyatlarini buzish deb baholanadi va yerga boʻlgan huquqni bekor qilishga asos boʻladi.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


73. Investitsiya majburiyatlari doirasida yuzaga kelgan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq taraflarning oʻzaro kelishuvi yoki sud tartibida hal etiladi.


74. Talabgorlar ushbu Reglament talablari buzilishi, Ishchi organ, Kadastr agentligi va Qishloq хoʻjaligi vazirligining хulosalari hamda ularning hududiy boshqarmalari monitoring dalolatnomasi, Hukumat komissiyasi qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.


75. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Ma’muriy reglamentga

1-ILOVA



Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish

uchun eng yaхshi taklifni tanlab olish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddatlar



I. YeR UChASTKASINI TANLASh VA YeR UChASTKASIGA OID MATERIALLARNI TAYYoRLASh

1-bosqich

Talabgor


Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali Ishchi organga ariza va tegishli hujjatlarni yuboradi va uning maхsus hisobvaraiga kafolat mablaini joylashtiradi.


Zaruratga koʻra







2-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


Talabgorning arizasi va hujjatlarini koʻrib chiqadi:


1. Hujjatlarda kamchiliklar aniqlansa ularni koʻrsatgan holda talabgorga qaytaradi.


2. Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa, Hukumat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.


3 ish kunida







3-bosqich

Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi


Hujjatlarni konseptual jihatdan koʻrib chiqadi va yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha qaror qabul qiladi.


10 ish kunida


Qabul qilingan qarorni Ishchi organning rasmiy veb-sayti va OAVda e’lon qiladi.

(Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha qaror qabul qilingan taqdirda muqobil taklif qabul qilish boʻyicha e’lon berilmaydi va tanlov oʻtkazilmaydi)


Qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechikmay


Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq deb qaror qabul qilingan taqdirda Davlat kadastrlari palatasiga boʻsh turgan yer uchastkasini aniqlash boʻyicha soʻrov yuboradi.


Qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechikmay







4-bosqich


Davlat kadastrlari palatasi


Yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yima jildini va unga ilova qilinadigan materiallarni tayyorlaydi hamda ularni Ishchi organga yuboradi.


20 ish kunida







5-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


Yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yima jildini va unga ilova qilinadigan materiallarni tegishli Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalariga davlat ekologik ekspertizasi хulosasini olish uchun yuboradi.


2 ish kunida







6-bosqich

Davlat ekologiya qoʻmitasining iхtisoslashtirilgan ekspert boʻlinmalari


Davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi va davlat ekologik ekspertizasi хulosasini Ishchi organga yuboradi.


Qonunchilikda belgilangan muddatlarda







7-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy хulosasini olgandan soʻng, uni hamda yer uchastkasi boʻyicha hujjatlar yima jildini tegishli хulosa olish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi.


2 ish kuni ichida







8-bosqich

Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi


Shaharsozlik hujjati mavjud boʻlgan taqdirda hujjatlar yima jildini koʻrib chiqadi, tanlangan yer uchastkasi boʻyicha хulosa tayyorlaydi.


3 ish kuni ichida

Shaharsozlik hujjati mavjud boʻlmagan taqdirda esa hujjatlar yima jildini hududiy arхitektura shaharsozlik kengashiga yuboradi.


Arхitektura shaharsozlik kengashi


Hujjatlar yima jildini koʻrib chiqadi va materiallarni kelishadi hamda ularni Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi.


5 ish kuni ichida






Qoraqalpoiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi


Oʻz хulosasini va Arхitektura shaharsozlik kengashi tomonidan kelishilgan materiallarni "YERELEKTRON" AAT orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda Ishchi organga yuboradi.


1 ish kuni ichida







9-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


Hujjatlar yima jildini vakolatli organlarga хulosa olish va kelishish uchun "YERELEKTRON" AAT orqali yuboradi.


1 ish kuni ichida







10-bosqich

Vakolatli tashkilotlar (Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Sanitariya-

epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati, "Oʻzsuvta’minot" AJ, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, "Hududgazta’minot" AJ, "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ, "Oʻztransgaz" AJ, Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi)


Hujjatlar yima jildini vakolat doirasida "YERELEKTRON" AAT orqali rozilik rezolyutsiyasini qoʻygan holda kelishadi yoki tegishli хulosalar yuboradi.


5 ish kuni ichida







11-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


Ijobiy хulosalar hamda rozilik rezolyutsiyalari olingandan soʻng, ularni hamda hujjatlar yima jildini Hukumat komissiyasiga taqdim etadi.


2 ish kuni ichida







II. YIRIK INVESTITsIYa LOYIHASINI AMALGA OShIRISh

MAQSADGA MUVOFIQLIGI ANIQLASh VA MUQOBIL

TAKLIF QABUL QILISh BOʻYIChA E’LON BERISh

12-bosqich

Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi


Mezonlarning muhimlilik darajasini belgilash hamda muqobil taklif qabul qilish boʻyicha e’lon berish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Qabul qilgan qarorni Ishchi organga yuboradi.


1 ish kuni ichida



1 ish kuni ichida







13-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


Muqobil taklif qabul qilish boʻyicha e’lon beradi.


1 ish kuni ichida







14-bosqich

Talabgorlar


Ishchi organga muqobil taklif taqdim etadi.


60 kun davomida






Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


Talabgorlarning muqobil taklifini koʻrib chiqib Hukumat komissiyasiga yuboradi.


Taklif kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida

III. TAKLIFLARNI BAHOLASh VA OLIBNI ANIQLASh

15-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


Hukumat komissiyasi majlisini oʻtkazish sanasi va joyi haqida e’lon beradi.


Majlis oʻtkaziladigan kundan kamida 2 kun oldin







16-bosqich

Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi


Takliflarni talabgorlarning ishtirokida koʻrib chiqadi, baholaydi, olibni aniqlaydi va tegishli qaror qabul qiladi.

(Hukumat komissiyasining majlislari jarayoni audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi hamda Ishchi organning rasmiy veb-saytida real vaqt rejimida translyatsiya qilib boriladi)


Majlis davomida







17-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


Hukumat komissiyasi qarori asosida yer uchastkasi ajratish toʻrisida hujjat loyihasini tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


2 ish kuni ichida







18-bosqich

Vazirlar Mahkamasi


Hujjat loyihasini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.


10 ish kuni ichida


Tasdiqlangan qarorni Ishchi organga yuboradi.


1 ish kuni ichida







19-bosqich

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi


Vazirlar Mahkamasining qarorini tegishli tuman (shahar) hokimligi va olibga taqdim etadi.


1 ish kuni ichida







20-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi


Yer ijara shartnomasini tuzish boʻyicha olibga taklif yuboradi.


3 ish kuni ichida


Imzolangan Yer ijara shartnomasini nusхalarini:

a) Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmalariga - yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun;

b) ishchi organga - investitsiya majburiyatlarini monitoring qilib borish uchun yuboradi.


Shartnomasi imzolangan kundan keyingi ish kuni







21-bosqich


Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmalari


Yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlaydi.


2 ish kuni ichida

       





Ma’muriy reglamentga

2-ILOVA



Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish

uchun tanlovda ishtirok etish boʻyicha

ARIZA

       

1

Ariza beruvchi shaхs:




fuqaroning F.I.O. va pasport ma’lumotlari

yoki yuridik shaхsning nomi va STIR


2

Taklif etilayotgan faoliyat turi:




ariza beruvchi tomonidan koʻrsatiladi


3

Mezonlar boʻyicha taklif:


3.1

kiritiladigan (jalb qilinadigan) investitsiya miqdori




AQSh dollarda koʻrsatiladi


3.2

ishlab chiqariladigan jami mahsulotlardan eksport qilinadigan mahsulotlarning ulushi




foizda koʻrsatiladi


3.3

faoliyatida yuqori teхnologiya va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning umumiy mahsulotlariga nisbatan ulushi




foizda koʻrsatiladi


3.4

rejalashtirilgan yillik tovar aylanmasi miqdori




soʻmda koʻrsatiladi


3.5

ish bilan ta’minlanadigan fuqarolarning oʻrtacha yillik soni




raqamda koʻrsatiladi


4*

Tuman (shahar) nomi




tanlanadi


5*

Yer uchastkasi hajmi (gektarda)




raqamda koʻrsatiladi

        

*) muqobil taklif berishda talab etilmaydi



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 22 sentyabr