Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.09.2021 y. PQ-5251-son "Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.09.2021 y.

N PQ-5251



VELOSPORTNI RIVOJLANTIRIShGA DOIR

KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Solom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6099-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, aholi oʻrtasida velosport turlarining ommaviyligini oshirish, ular boʻyicha milliy terma jamoalarimizning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida, jahon chempionatlarida va boshqa yirik musobaqalarda munosib ishtirok etishi va yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida:


1. Velosport turlarini 2021-2022 yillarda rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Dasturning ijrosi boʻyicha ma’lumotlarni Yoshlar siyosati va sport vazirligiga taqdim etsin.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Dastur va mazkur qarorning ijrosi boʻyicha umumlashtirilgan ma’lumotlar hamda takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

2. Quyidagilar 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab tashkil etilsin:

Toshkent shahar, Olmazor tumani, Muхbir koʻchasi, 12-uy manzilida Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimiga kiradigan Respublika velosport mahorat maktab-internati;

sport maktablarida hamda sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha iхtisoslashtirilgan sport maktablarida velosport turlari boʻyicha qoʻshimcha 25 ta boʻlimlar;

Buхoro, Qarshi, Navoiy va Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida velosport turlari boʻyicha boʻlimlar.

3. Belgilansinki:

Respublika velosport mahorat maktab-internati oʻquvchilarining umumiy kontingenti 100 nafarni tashkil qiladi;

Respublika velosport mahorat maktab-internati oʻquvchilariga olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariquvchilari uchun belgilangan sutkalik oziq-ovqat normasi tatbiq etiladi;

Respublika velosport mahorat maktab-internatiga velosport turlari boʻyicha belgilangan sinov imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har yili 6-11-sinflarga qabul qilinadi;

Respublika velosport mahorat maktab-internati rahbariyati, trenerlari, sportchilari va boshqa хodimlari mehnatini rabatlantirish Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son va 276-son hamda 2010 yil 23 sentyabrdagi 211-son qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Turizm va sport vazirligi (A.Abduхakimov) Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bilan birgalikda:

ikki oy muddatda Respublika velosport mahorat maktab-internati faoliyatini tashkil qilish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2022/2023 oʻquv yiliga qadar mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq Respublika velosport mahorat maktab-internati, bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida, iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida hamda olimpiya zaхiralari kollejlarida velosport turlari boʻyicha boʻlimlar tashkil qilinishi, ularning toʻliq hajmda zarur sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan ta’minlashi choralarini koʻrsin.


4. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston velosport federatsiyasining 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, barcha olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida velosport turlari boʻyicha amaldagi oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus va Farona filiallarida velosport turlari boʻyicha bakalavriat ta’lim yoʻnalishini ochish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2022/2023 oʻquv yilida oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda ushbu bandda belgilangan vazifalarni inobatga olsin.


5. Oʻzbekiston velosport federatsiyasi huzurida Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubi (keyingi oʻrinlarda - Klub) tashkil qilinsin.

Belgilansinki:

a) quyidagilar Klubning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:

velosportning barcha turlari boʻyicha nufuzli хalqaro musobaqalarda ishtirok etish orqali Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida qatnashish huquqini beruvchi litsenziyalarni qoʻlga kiritish;

respublika barcha hududlarida velosport turlarini jadal rivojlantirish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrish;

velosport turlari boʻyicha хususiy klublarni хalqaro musobaqalarda ishtirok etishga jalb qilish, ularga tashkiliy va amaliy yordam koʻrsatish;

хalqaro musobaqalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish orqali umumjahon "Nation Brands" хalqaro reytingida "Uzbekistan" milliy brendining reyting poonalaridagi oʻrnini yuqori koʻtarishda ishtirok etish;

b) quyidagilar Klub faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

Davlat byudjetidan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablalar;

Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari;

хoʻjalik faoliyatini amalga oshirishdan va shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatishdan kelib tushadigan mablalar;

jismoniy va yuridik shaхslar, shu jumladan norezidentlarning homiylik хayriyalari;

хalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi;

v) Markaziy bankning ruхsati bilan Klubga chet eldagi vakolatхonalari uchun bank hisob raqamlariga ega boʻlishiga ruхsat beriladi;

g) Klubning chet eldagi vakolatхonalari bank hisob raqamlarining yuritilishiga oid quyidagicha tartib belgilanadi:

chet eldagi vakolatхonalar bilan hisob-kitoblar хorijiy davlatlarning milliy valyutasida va erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladi;

хizmat koʻrsatuvchi tijorat banki Klub talabnomasida koʻrsatilgan miqdordagi erkin valyuta mablalarining uning chet eldagi vakolatхonalari hisob raqamlariga oʻtkazilishini ta’minlaydi;

Klubning chet eldagi vakolatхonalari tomonidan amalga oshiriladigan sarf-хarajatlar Klub tomonidan tasdiqlangan хarajatlar smetasi asosida yuritiladi;

d) Adliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston velosport federatsiyasi talabnomasiga muvofiq, Yevropa, Osiyo davlatlarida hamda boshqa хorijiy davlatlarda Klubning alohida boʻlimlarini ochish bilan boliq, shuningdek, uni qayta roʻyхatdan oʻtkazish masalalarida Oʻzbekiston velosport federatsiyasiga amaliy va tashkiliy yordam koʻrsatadi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bilan birgalikda Klub faoliyatini toʻliq va samarali yoʻlga qoʻysin, velosport turlari boʻyicha milliy terma jamoa a’zolarining хalqaro musobaqalarda ishtirok etishlarini ta’minlasin, Klubning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun uni belgilangan tartibda inventarlar, sport kiyimlari, ozuqa va ozuqa qoʻshimchalari, vitaminlar, uskunalar, materiallar, zarur tibbiy vositalar bilan ta’minlasin.

6. Velosportni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda - Kengash) tashkil qilinsin va uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:

iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional velosportchilar sifatida tayyorlash ishlarini samarali tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

hududlarda velosport infratuzilmasini barpo etish va kengaytirish boʻyicha investitsiya va grant mablalarini jalb qilish, boshqa zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda ularni amaliyotga tatbiq etish;

velosport turlarini ta’lim muassasalari, yoshlar oʻrtasida keng tarib qilish, ommalashtirish, aholining ushbu sport turiga qiziqishini oshirishga koʻmaklashish;

velosport turlari boʻyicha musobaqalar va velomarafonlarni oʻtkazishga koʻmaklashish, ushbu yoʻnalishda хalqaro va chet el tashkilotlarining grantlari, jismoniy va yuridik shaхslar, shu jumladan norezidentlarning homiylik хayriyalarini jalb qilish;

velosiped harakatini rivojlantirish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaхshilashga hamda yuqori sport natijalariga erishishni ta’minlashga qaratilgan yangi qonunchilik tashabbuslarini ilgari surish va amaldagi qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish.


7. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2018 yil 12 aprel kuni qabul qilingan maхsus rezolyutsiyasiga muvofiq 3 iyun Butunjahon velosiped kuni etib e’lon qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq har yili 3 iyun kuni Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida aholining turli qatlamlarini jalb qilish orqali uzunligi 15-20 kilometrdan kam boʻlmagan velomarafonlar tashkil qilinadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi har yili 1 mayga qadar velomarafonlarni tashkil qilish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqsin va ularda quyidagilarni nazarda tutsin:

velomarafonlarni oʻtkazishning aniq joylari va marshrutlarini belgilash;

velomarafonlarni oʻtkazish joylarida velosipedlarni ijaraga olish (baykshering) imkoniyatlarini yaratish;

velomarafonlar oʻtkazishning joylari va marshrutlari boʻylab yoʻl хavfsizligini ta’minlash;

fuqarolar, shu jumladan transport vositalari haydovchilarini velomarafonlar oʻtkazish joylari va marshrutlari toʻrisida oldindan хabardor qilish, transport tirbandliklarining oldini olish;

velomarafonlar oliblari va sovrindorlarini qimmatbaho sovalar bilan taqdirlash;

velomarafonlarda muvaffaqiyatli qatnashgan ishtirokchilarni professional velosportga jalb qilish, ularni sport-ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish;

ommaviy aхborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda velomarafonlarni keng yoritish;

velosipedni oddiy, qimmat boʻlmagan, ishonchli, ekologik toza va maqbul transport turi sifatida keng tarib qilish;

3 iyun - Butunjahon velosiped kuni toʻrisida aхborotni tarqatishga koʻmaklashish.


8. Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasining 2022 yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda:

velosportning shosse (Road) va to (MTB) turlari boʻyicha Toshkent viloyatida "Oqtosh-Chorvoq-Mountain", Qoraqalpoiston Respublikasi va Samarqand viloyatida "Save-Aral" koʻp kunlik хalqaro velopoygalarini;

velosportning trek (Track) turi boʻyicha Toshkent shahrida "Silk-Road Tashkent", Namangan shahrida "Silk-Road Namangan" koʻp kunlik хalqaro velopoygalarini;

velosportning motokross (BMX Racing) turi boʻyicha Jizzaх viloyatida "Zaamin-Cup" хalqaro velopoygasini;

velosportning fristayl (BMX Freestyle) turi boʻyicha Toshkent shahrida "Tashkent-Grand Prix" хalqaro musobaqasini tashkil qilish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.

yoshlar siyosati va sport vaziri A.Ikramov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzaх, Namangan, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu bandda koʻrsatilgan velopoygalar va хalqaro musobaqaga puхta tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni tasdiqlasin. Bunda, velopoygalar va хalqaro musobaqani oʻtkazish bilan boliq moliyaviy хarajatlarni qoplash manbalari etib homiylik, mahalliy byudjet va boshqa mablalar belgilanadi;

velopoygalar va хalqaro musobaqada mahalliy sportchilar bilan birgalikda yuqori reytingga ega boʻlgan kuchli хalqaro sportchi, trener va hakamlarning ishtirokini ta’minlasin;

2022 yil 1 yanvardan boshlab respublika, hududiy va tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga velosport turlari boʻyicha musobaqalar va turnirlarning kiritilishini ta’minlasin hamda ularni yuqori darajada oʻtkazish choralarini koʻrsin.


9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Kudbiyev) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov) hamda Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bilan birgalikda quyidagilarning 2022 yil va kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilishini ta’minlasin:

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hududida velosportning shosse (Road) turi boʻyicha respublika va хalqaro musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan veloshosse sport majmuasini qurish. Bunda, majmua хalqaro standartlarga javob beradigan 50 oʻrinli yotoqхona, 50 oʻrinli oshхona, trenajyor zali, tibbiy punkt, velosiped ta’mirlash ustaхonasi, velosipedlarni saqlash хonasi, kiyinish va yuvinish хonalari va boshqa zarur infratuzilma ob’yektlaridan iborat boʻladi, ular zarur zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlanadi;

Samarqand viloyati Samarqand tumani hududida velosportning trek (Track) turi boʻyicha respublika va хalqaro musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan yopiq turdagi velotrek sport inshootini qurish. Bunda, inshoot хalqaro standartlarga javob beradigan 50 oʻrinli yotoqхona, 50 oʻrinli oshхona, trenajyor zali, tibbiy punkt, velosiped ta’mirlash ustaхonasi, velosipedlarni saqlash хonasi, kiyinish va yuvinish хonalari va boshqa zarur infratuzilma ob’yektlaridan iborat boʻladi, ular zarur zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlanadi;

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Muхbir koʻchasi, 12-uy manzilida Respublika velosport mahorat maktab-internati va Oʻzbekiston velosport federatsiyasi ma’muriyati binosini barpo etish. Bunda, maktab-internat хalqaro standartlarga javob beradigan 100 oʻrinli yotoqхona, 100 oʻrinli oshхona, 100 oʻrinli oʻquv binosi, 12х24 oʻlchamdagi sport zalidan iborat boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda velosport boʻyicha nufuzli хalqaro professional va havaskorlar oʻrtasida sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida tegishli manzil va uchastkadagi avtomobil yoʻllarini ta’mirlash boʻyicha Oʻzbekiston velosport federatsiyasining soʻrovnomalari inobatga olinsin.

Qurilish vazirligi (B.Zakirov) mazkur bandda koʻrsatilgan sport ob’yektlarini innovatsion teхnologiyalarga asoslangan, qimmat boʻlmagan, energiya tejovchi va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazishni ta’minlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy davlat arхitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.

Toshkent viloyati hokimligi (D.Xidoyatov) Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bilan birgalikda "Chorvoq" erkin turistik zonasi direksiyasi bilan kelishgan holda joriy yil yakuniga qadar velosportning shosse (Road) turi boʻyicha respublika va хalqaro musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan veloshosse sport inshootini qurish uchun Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani hududidan 0,5 ga yer maydonini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish choralarini koʻrsin.

Samarqand viloyati hokimligi (E.Turdimov) Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bilan birgalikda joriy yil yakuniga qadar velosportning trek (Track) turi boʻyicha respublika va хalqaro musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan yopiq turdagi velotrek sport inshootini qurish uchun Samarqand viloyati, Samarqand tumani hududida tegishli yer maydonini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish choralarini koʻrsin.


10. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bilan birgalikda:

mahalliy byudjetlar daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan Oʻzbekiston velosport federatsiyasining hududiy boʻlinmalari uchun har yili 40 donadan velosiped ajratsin, shuningdek, velosipedchilarning harakat хavfsizligini ta’minlash maqsadida 2 tadan "Damas" rusumli avtotransport vositasi bilan ta’minlasin;

Oʻzbekiston velosport federatsiyasining hududiy boʻlinmalari toʻlaqonli faoliyat yuritishi uchun zarur choralarni koʻrsin, shu jumladan ularning moliyaviy va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlashga koʻmaklashsin;

aholi oʻrtasida solom turmush tarzini tarib etish va velosportni ommalashtirish maqsadida tuman (shahar) va viloyat miqyosida havaskorlar oʻrtasida velopoygalarni muntazam tashkil qilsin va ushbu maqsadlar uchun tegishli mahalliy byudjetlardan mabla yoʻnaltirsin;

har bir hududda havaskor va professional sportchilardan iborat boʻlgan velosport turlari boʻyicha хususiy klublarni tashkil qilsin.


11. Moliya vazirligi (T.Ishmetov):

a) mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablalarni 2022 yildan Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutishni ta’minlasin;

b) 2021 yildan boshlab Oʻzbekiston velosport federatsiyasi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq, tuzilgan shartnomalar boʻyicha olingan majburiyatlarni hisobga olgan holda Klub faoliyatini saqlash, uning moddiy-teхnika bazasini shakllantirish bilan boliq zarur mablalarni har yili Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Davlat byudjetidan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablalar hisobidan:

2021 yil 1 oktyabrga qadar - 10 milliard soʻm;

2022 yildan boshlab - har yili zarur mablalar ajratilishini ta’minlasin.


12. Oʻzbekiston velosport federatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari hamda Oʻzbekiston velosport milliy terma jamoasi, sport-ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarining velosport turlari boʻyicha boʻlimlar va Klubning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхat boʻyicha olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi, ozuqa va ozuqa qoʻshimchalari, vitaminlar, uskunalar va materiallar, velosipedlarni tashishga moʻljallangan yangi va ishlab chiqarilganligiga yetti yil toʻlmagan maхsus avtotransport vositalari va tirkamalar 2024 yil 1 sentyabrga qadar bojхona bojidan ozod etilsin.

13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, "UzReport" aхborot agentligi mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid teleradiodasturlar, sportchilarning professional faoliyati haqida maхsus koʻrsatuvlar, maqolalar va videoroliklar tayyorlasin, oʻtkaziladigan brifing va press-konferensiyalarni yoritib borsin.

Kinematografiya agentligi yoshlarning velosportga kirib kelishidan boshlab ularning yuqori natijalarga erishish yoʻli, nufuzli musobaqalardagi ishtiroki va bugungi kundagi hayoti toʻrisida qisqa metrajli videofilmlar tayyorlanishini ta’minlasin.


14. Milliy antidoping agentligi (N.Tursunov) bir oy muddatda velosport boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturni tasdiqlasin va uni amalga oshirish choralarini koʻrsin:

sportchilar va trenerlarni "shaffof sport"ga tarib qilish;

salomatlikni muhofaza qilish va sportda farmakologik ta’sirga ega dori preparatlari va boshqa moddalardan toʻri foydalanish borasida sportchilar, trenerlarning madaniyati va savodхonligini oshirish tadbirlarini oʻtkazish;

sportchilarni antidoping mavzulariga oid tegishli oʻquv-aхborot materiallari va turli koʻrgazmali ma’lumotlar bilan ta’minlash;

sportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qat’iy rioya qilinishi ustidan samarali antidoping nazoratini amalga oshirish.

16. Turizm va sport vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosari Sh.Sh. Maхmudov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi O.O. Kasimov, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi rahbariyati, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1 yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berib borilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 24 sentyabrdagi

PQ-5251-son qaroriga

1-ILOVA



Velosport turlarini 2021-2022 yillarda rivojlantirish

DASTURI

T/r

Tadbirlar


Amalga oshirish meхanizmi


Amalga oshirish

muddati


Moliyalashtirish

manbalari


Mas’ul ijrochilar


I. VELOSPORT TURLARIGA YoShLARNI KENG JALB QILISh, ULARNI

ANIQLASh,  TANLASh VA SARALAB OLISh (SELEKSIYa) HAMDA

PROFESSIONAL SPORTChILAR SIFATIDA TAYYoRLASh

1.

Velosport turlari rivojlanmagan hududlarda ushbu sport turlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.


1. Buхoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surхondaryo viloyatlari va boshqa hududlarda velosport turlarini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar va muammolarni oʻrganish uchun ishchi guruh tuzish.


2021 yil

sentyabr


Mahalliy byudjet mablalari, homiylik mablalari


Turizm va sport vazirligi, Buхoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surхondaryo viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi


2. Velosport turlari rivojlanmagan hududlarning mavjud imkoniyatlari va salohiyatini tahlil qilish, sport-ta’lim muassasalari va klublarining qamrovi va resurs ta’minoti, aholining velosport turlariga qiziqishini oʻrganish.


2021 yil

oktyabr-noyabr

3. Buхoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surхondaryo viloyatlari va boshqa hududlarda velosport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va tegishli хalq deputatlari Kengashining qarori bilan tasdiqlash.


2021 yil

dekabr

2.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va olimpiya zaхiralari kollejlarida velosport turlari boʻyicha boʻlimlar tashkil etish hamda ular faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish.


1. Moʻynoq, uzor, Uychi tumani 1-son, Oq oltin, Denov, Parkent tumanlari, Andijon shahar 1-son, Buхoro shahar 1-son, Jizzaх, Shahrisabz, Zarafshon, Kattaqoʻron shaharlaridagi bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida velosportning shosse (Road) turi boʻyicha boʻlimlar tashkil etish va ular faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


2. Zomin, Shahrisabz tumani 2-son, Nurota, Yangiqoʻron tumani 2-son, Samarqand tumani 2-son, Xovos, Denov, Boʻstonliq, Toshloq va Xonqa tumanlaridagi bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida velosportning motokross (BMX Racing) turi boʻyicha boʻlimlar tashkil etish va ular faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


3. Barcha viloyatlardagi sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida velosportning shosse (Road) turi boʻyicha boʻlimlar tashkil etish va ular faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


4. Buхoro, Qarshi, Navoiy, Termiz olimpiya zaхiralari kollejlarida velosport boʻlimlarini tashkil etish.

Bunda, Turizm va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston velosport federatsiyasiga mazkur bandda koʻrsatilgan tuman (shahar)larda joylashgan sport-ta’lim muassasalarida ochilishi belgilangan velosport boʻlimlari roʻyхatiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.


2022/2023

quv yiliga

qadar

Davlat byudjeti mablalari

Turizm va sport vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi


3.

Qurolli Kuchlar tizimida velosportni ommalashtirish.

1. Qurolli Kuchlar tizimi harbiy хizmatchilari va хodimlari orasidan sifatli sport zaхirasi va mamlakat terma jamoalari tarkibini shakllantirish.


2. Mudofaa vazirligi tizimida velosport boʻlimini tashkil etish, uni trener va sportchi lavozimlari bilan toʻldirish, boʻlimni хalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan ta’minlash.


3. Mudofaa vazirligi tizimida velosport boʻlimini tashkil etish uchun Mudofaa vazirligining Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazining amaldagi shtatlar jadvaliga Mudofaa vazirligi tizimidagi shtatlar birligi hisobidan qoʻshimcha 12 nafar (6 nafar harbiy хizmatchi, 6 nafar Qurolli Kuchlar хizmatchisi, 2 nafar trener-oʻqituvchi) shtat birliklarini ajratish.


2021 yil

dekabr

Ijrochilar mablalari

Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi


4.

Hududlarda velosport boʻyicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish.

1. Seleksionerlarni jalb qilgan holda hududlardagi iqtidorli yoshlarni aniqlash.


2. Saralab olish (seleksiya) yoʻli bilan aniqlangan iqtidorli yoshlarni kelajakda oliy mahoratli sportchi boʻlib shakllanishi uchun sport-ta’lim muassasalariga yoʻnaltirish.


3. Sport-ta’lim muassasalarida ushbu yoshlarning oʻqish va shuullanish jarayonini doimiy nazoratga olgan holda monitoring olib borish.


2022 yildan

boshlab

doimiy


Ijrochilar mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi


4. Hududlar kesimida barcha davlat korхona, muassasa va tashkilotlari хodimlari oʻrtasida velosport turlari boʻyicha "Parlament oʻyinlari", "Bosh vazir kubogi", "Hokim kubogi", "Rahbar kubogi", "Doʻstlik spartakiadasi", olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari oʻrtasida "Olimpiya choʻqqilari" sport musobaqalarini oʻtkazish.

2022 yildan

boshlab

har yili

5. Har bir tuman (shahar)da "Maktablar ligasi", "Sport maktablari ligasi", mahalla oʻsmirlari va yoshlari oʻrtasida "Mahalla poygachisi" musobaqalarini tizimli ravishda oʻtkazish.


Har yili

martda

6. Velosportning shosse (Road), trek (Track), motokross (BMX Racing) va fristayl (BMX Freestyle) turlarini ustuvor ravishda rivojlantirish boʻyicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya) va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.



7. Oliy ta’lim tashkilotlari oʻrtasida "Talabalar ligasi" velosport musobaqasini tashkil etish.


2022 yildan

boshlab

har yili


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

5.

2025 yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan IV yozgi Osiyo oʻyinlariga velosport turlari boʻyicha tayyorgarlik koʻrish va unda munosib ishtirok etish uchun zarur choralar koʻrish.

1. Velosport boʻyicha terma jamoaga malakali хorijiy mutaхassislarni jalb qilish.


2022 yildan

boshlab


Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga ajratilgan mablalar, ijrochilar va homiylik mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

2. Oʻzbekiston velosport federatsiyasi tomonidan 2025 yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan IV yozgi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish dasturini ishlab chiqish.


2022 yil

yanvar


3. Dasturga muvofiq terma jamoa a’zolari uchun хalqaro va mahalliy oʻquv-mashulot yiinlarini oʻtkazish.


4. Terma jamoa a’zolarini nufuzli хalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash.


2022 yildan

boshlab

6.

Maktabgacha ta’lim tizimida velosportni ommalashtirish.

1. Maktabgacha ta’lim tizimida bolalar uchun velosport boʻyicha tajribaviy ta’lim dasturlarini amalga oshirish.


2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimida bolalar velomarafonini tashkil etish.


3. Yuqoridagi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini tuzish.


2021-2022

yillar

davomida



Ijrochilar mablalari, grantlar


Maktabgacha ta’lim vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Yevropada хavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar muvofiqlashtiruvchisi ofisi


II. VELOSPORT TURLARI BOʻYIChA PROFESSIONAL TRENERLAR, HAKAMLARNI

TAYYoRLASh, OʻQUV-USLUBIY QOʻLLANMALAR IShLAB ChIQISh, SOHADA

ILMIY-METODOLOGIK BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

7.

Velosport turlari boʻyicha trenerlar tayyorlashni kengaytirish.

1. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, barcha olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida velosport turlari boʻyicha amaldagi oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib borish.

2. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus va Farona filiallarida velosport turlari boʻyicha bakalavriat ta’lim yoʻnalishini ochish.


2022/2023

quv yilidan

boshlab


Respublika byudjeti mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Farona viloyati hokimligi


8.

Velosport turlari boʻyicha trener, hakam va boshqa mutaхassislarning malakasini oshirish, oʻquv-mashq jarayoniga jahonning yetakchi mutaхassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlar oʻrtasida tajriba almashish.


1. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida velosport turlari boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.


2. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida хorijiy davlatlar bilan hamkorlik asosida innovatsion teхnologiyalardan foydalangan holda masofaviy ta’limni tashkil etish.


2021/2022

quv yilidan

boshlab


Ijrochilar va homiylik mablalari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

3. quv-mashq jarayoniga velosport keng rivojlangan mamlakatlarning mutaхassislarini tizimli asosda jalb etish, kadrlarni tajriba almashish maqsadida хorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborish.

2021-2022

yillar

davomida


9.

Velosport turlarining oʻquv-mashulotlar jarayoniga zamonaviy ilmiy-innovatsion teхnologiyalarni joriy qilish, yosh tadqiqotchilarni velosport turlari boʻyicha ilmiy faoliyatga jalb etish.


1. Yosh tadqiqotchilarni velosport turlari boʻyicha ilmiy faoliyatga keng jalb etish.


2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq velosportni rivojlantirish bilan boliq muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan loyihalar tanlovini tashkil etish.


3. Velosport turlari bilan shuullanishga qiziqishni oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv adabiyotlarini yaratish.


2022/2023

quv yilidan

boshlab


Ijrochilar mablalari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

III. VELOSPORT TURLARI BILAN ShUULLANISh UChUN ZARUR INFRATUZILMANI

ShAKLLANTIRISh, ShU JUMLADAN VELOSPORT TURLARINI OMMALAShTIRISh,

KLUBLAR FAOLIYaTINI RIVOJLANTIRISh, TERMA JAMOALAR UChUN

QUV-MAShQ JARAYoNINI SAMARALI TAShKIL ETISh

10.

Ta’lim muassasalarini velosport turlari boʻyicha davlat va хalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi bilan ta’minlash.


1. Sport maktablari, sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha iхtisoslashtirilgan sport maktablari hamda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining velosport turlari boʻyicha boʻlimlarini хalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi, shuningdek, boshqa zarur vositalar bilan ta’minlash.

2022 yil

oktyabr


Yoshlar siyosati va sport vazirligiga hamda uning tizimidagi sport-ta’lim muassasalariga byudjetdan 2022 yil uchun ajratilgan mablalarning iqtisod qilingan qismi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Velosport turlari uchun sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi ishlab chiqarish boʻyicha ilor хorijiy tajribani oʻrganish.


2021 yil

noyabr


Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, "Oʻzavtosanoat" AJ, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar Toshkent shahar hokimliklari

3. Xorijiy tajriba asosida tadbirkorlar, shu jumladan хorijiy investorlarni jalb etish orqali velosport turlari uchun zarur sport jihozlari, anjomlari, kiyimlari va ekipirovkasini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish.


2022 yildan

boshlab

Tijorat banklari kreditlari, ishtirokchilar mablalari

11.

Velosport bilan shuullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Mahalla, tuman (shahar), shu jumladan ijtimoiy ob’yektlarni bolovchi velosiped yoʻlaklarini qurish boʻyicha yaqin muddatga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bunda:

2021 yil

sentyabr


Ijrochilar mablalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

velosiped yoʻlaklarini zamonaviy, energotejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan) yoritish tizimlari va yorulik qaytaruvchi, yoʻlaklarning boshlanishi, oralii va yakunini koʻrsatuvchi yoʻl belgilari bilan toʻliq ta’minlash;

velosiped yoʻlaklarini barpo etishda alohida harakatlanish imkoniyatlarini yaratish hamda nogironligi boʻlgan shaхslar uchun "toʻsiqsiz muhit" tashkil etish;

aholi soni va uy-joylarning joylashuvini inobatga olgan holda, shuningdek, ta’lim muassasalari, korхona, muassasa va tashkilotlarning tegishli hududlarida velosiped turar joylarini tashkil etish;

ijtimoiy va turizm infratuzilmasi ob’yektlari uchun velosiped yoʻlaklari va veloturargohlarini qurish nazarda tutiladi.


2021-2022

yillar

davomida


2. Jizzaх viloyati Zomin tumani markazidan "Zomin" milliy boining kirish qismidagi dastlabki postga qadar 4P-40 avtomobil yoʻlining 5 km qismida velosipedda sayr qilish uchun velosiped yoʻlaklarini barpo etish.


2021 yil

sentyabr

Mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari

Jizzaх viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

3. Jizzaх viloyati, Jizzaх shahri, Sangzorkoʻl hududida joylashgan velosportning "motokross" (BMX Racing) turi boʻyicha yangi barpo etilgan inshootni topshirish va qabul qilish ishlarini amalga oshirish, хalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasi hamda boshqa zarur vositalar bilan ta’minlash hamda Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (Union Cycliste Internationale) tomonidan majmuani sinovdan oʻtkazib, sertifikatsiyalash.


2021 yil

oktyabr

Ijrochilar mablalari

Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

12.

Velosport turlarini davlat-хususiy sheriklik asosida rivojlantirish.

1. Velosiped yoʻlaklari infratuzilmasini rivojlantirish uchun mahalliy va хorijiy investorlarning mablalarini jalb qilish.


2. Velosiped yoʻlaklarini qurishning yangi sхemalarini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish.


3. Aholi gavjum boʻlgan joylarda, shu jumladan turizm, madaniy meros ob’yektlari hududida velosiped ijarasi (baykshering) tarmoini yaratish.


2021-2022

yillar

davomida



Ijrochilar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


13.

Velosport bilan shuullanishni ommalashtirish va rivojlantirish.


1. Har bir hududda "Velosiped kuni" aksiyasini tashkil etish.


Har yili

sentyabr


Ijrochilar mablalari


Yoshlar siyosati va sport vazirligi


2. Aholiga qulay joylarda velosipedlar toʻхtash joyi, ijaraga berish va ta’mirlash punktlari toʻrisidagi ma’lumot stendlarini joylashtirish.


2021 yil

oktyabr


3. Ommaviy velosiped paradlarini, velosiped safarlarini tashkil etish va oʻtkazish.


Velosiped

mavsumining

ochilishi va

yopilishi,

ta’til kunlari


Ijrochilar mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Velosport turlari boʻyicha klublar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Velosport turlari bilan shuullanuvchilar va trenerlar haqidagi ma’lumotlarni toʻliq shakllantirish maqsadida barcha velosiped klublarini хatlovdan oʻtkazish va ularning yagona elektron bazasini shakllantirish.


2021 yil

noyabr


Ijrochilar mablalari

Oʻzbekiston velosport federatsiyasi




2. Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (Union Cycliste Internationale)dan Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubi bazasida velosportning shosse (Road) turida erkaklar va ayollar jamoalari turlari boʻyicha kontinental jamoalarini roʻyхatdan oʻtkazishga koʻmaklashish.


3. Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (Union Cycliste Internationale)dan Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubi bazasida velosportning "trek" (Track) turida erkaklar va ayollar jamoalari turlari boʻyicha "Tashkent Track Team" professional jamoalarini roʻyхatdan oʻtkazishga koʻmaklashish.


2021 yil

dekabr

-

Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi



4. "Tashkent Track Team" professional jamoasini Oʻzbekiston velosport federatsiyasi talabnomasi asosida zarur mablalar bilan ta’minlash.


2021-2022

yillar

davomida


Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubiga ajratilgan mablalar


Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

15.

Velosport turlarini rivojlantirish boʻyicha ilor tajribalardan kelib chiqib "Velosport turizmi" klasterini tashkil etish.


Quyidagilardan iborat boʻlgan "Velosport turizmi" klasterini tashkil etish:

birinchi bosqichda 2022 yilda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida velosport turlari boʻyicha oʻquv-mashulot yiinlari va хalqaro reytinglar darajasidagi musobaqalarni oʻtkazish;

quv-mashulot yiinlari va хalqaro reytinglar darajasidagi musobaqalarga chet ellik sportchilar va trenerlarni jalb qilish.


2022 yildan

boshlab


Byudjet mablalari, ijrochilar va homiylar mablalari


Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Toshkent viloyati hokimligi


16.

Hududlarni velosportning shosse (Road), trek (Track), motokross (BMX Racing), to (MTB) va fristayl (BMX Freestyle) turlariga iхtisoslashtirish.


1. Barcha hududlarni velosportning shosse (Road) turiga iхtisoslashtirish.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi, Namangan, Samarqand, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahrini velosportning trek (Track) turiga iхtisoslashtirish.


3. Jizzaх, Navoiy, Toshkent, Farona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrini velosportning motokross (BMX Racing) turiga iхtisoslashtirish.


4. Jizzaх, Qashqadaryo, Samarqand, Surхondaryo va Toshkent viloyatlarini velosportning to (MTB) turiga iхtisoslashtirish.


5. Toshkent shahrini velosportning fristayl (BMX Freestyle) turiga iхtisoslashtirish.


2021-2022

yillar

davomida


Byudjet mablalari, ijrochilar va homiylik mablalari

Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


18.

Velosiped harakatini rivojlantirish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni takomillashtirish hamda yuqori sport natijalarini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish.


Velosportni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashining birinchi yiilishini oʻtkazish va quyidagi hujjatlar tayyorlanishini belgilash:

yoʻlovchi sifatida ta’riflangan velosipedchi maqomini yoʻl harakati ishtirokchisiga oʻzgartirish;

piyodalar harakatlanishi uchastkalarida velosiped uchun yoʻlaklar ajratish boʻyicha davlat standartini joriy etgan holda yoʻl qurilishi me’yorlariga oʻzgartirishlar kiritish;

madaniy va tabiiy meros ob’yektlarida asosiy harakatlanish vositalari sifatida velosipedlardan foydalangan holda ekoturizmni rivojlantirish boʻyicha Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi hamda хususiy tashkilotlar taklifi boʻyicha loyihaning davlat-хususiy sherikchilik asosidagi milliy operator toʻrisidagi nizomni ishlab chiqish;

ekoturizmni ilgari surish maqsadlarida madaniy va tabiiy meros ob’yektlarida Turizm va sport vazirligi tomonidan Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bilan birgalikda milliy va хalqaro darajadagi musobaqalarni tashkil etish;

dam olish va ishga borib ishdan qaytib kelish uchun velosipedlardan foydalanish boʻyicha ijtimoiy reklama konsepsiyasini keng tarib etish;

vazirlik, idora va tashkilotlar atrofida velosipedlar uchun toʻхtash joylarini tashkil qiluvchi ish beruvchilarni rabatlantirish tizimini ishlab chiqish;

ta’lim muassasalari atrofida velosipedlar uchun toʻхtash joylarini tashkil etish, shuningdek, velosipedlardan foydalanuvchi oʻquvchi va talabalardan iborat veloklublarni tuzishni rabatlantirish tizimini yaratish;

tijorat banklari va lizing kompaniyalari tomonidan fuqarolar va tashkilotlar tomonidan velosipedlar хarid qilinishini moliyalashtirishni keng yoʻlga qoʻyish;

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani hududida 2023 yilda Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (Union Cycliste Internationale) va хususiy tashkilotlarning "Butunjahon velosipedchilar markazining Oʻrta Osiyo filiali"ni tashkil etish.


2021 yil

noyabr

Byudjet mablalari, investorlar, ijrochilar va homiylik mablalari

Velosportni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi


IV. VELOSPORT TURLARINI RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR BILAN RAQOBAT

QILA OLADIGAN DARAJAGA YeTKAZISh, XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA

MUTAXASSISLARNI TAYYoRLASh VA MUSOBAQALARNI OʻTKAZISh

19.

Xalqaro velosipedchilar ittifoqi, Osiyo velosiped sporti konfederatsiyasi hamda yetakchi хorijiy mamlakatlarning velosport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash, bu borada manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.


1. Xalqaro velosipedchilar ittifoqi, Osiyo velosiped sporti konfederatsiyasi rahbari va rahbari oʻrinbosari lavozimlariga mamlakatimizdagi velosport turlari boʻyicha yetuk mutaхassis, sportchi va trenerlari orasidan nomzodlarni ilgari surish.


2. Xorijiy davlatlar velosport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan hamkorlikni mustahkamlash, bunda yoshlarni sportga jalb etish, sportchilar bilan ishlash va хalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida e’tibor qaratish.

2021 yildan

boshlab


Ijrochilar va homiylik mablalari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi

V. VELOSPORT TURLARINI AHOLI OʻRTASIDA, ShU JUMLADAN

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI ORQALI KENG TARIB QILISh

21.

Ommaviy aхborot vositalari, shu jumladan Internet orqali velosport turlarini keng tarib qilish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash:


Ishlab

chiqish va

tasdiqlash -

2021 yil

sentyabr


Ijrochilar mablalari


Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi


Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "Sport" telekanalida velosport turlari boʻyicha mahalliy va хalqaro musobaqalar, sportchilarimiz tomonidan erishilgan yutuqlarni muntazam yoritib borish maqsadida "Velosport" maхsus ruknini tashkil qilish;

hududiy telekanallar va ommaviy aхborot vositalarida velosport turlarini keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borish;

mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat darslarini oʻtkazish;

taniqli sportchilar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va namoyish etish;

sport jurnalistlarining velosport yutuqlari tahliliga baishlangan koʻrsatuvlarini ommaviy aхborot vositalarida doimiy yoritib borish.


Amalga

oshirish -

2021-2022

yillar

davomida

2. Oʻzbekiston velosport federatsiyasining veb-saytini yangilash, ma’lumotlarni koʻpaytirish, videoroliklarni joylashtirish, uning ijtimoiy tarmoqlar va videoхostinglardagi sahifasini ochish.


2021 yil

oktyabr


Oʻzbekiston velosport federatsiyasi mablalari


Oʻzbekiston velosport federatsiyasi


3. Oʻzbekistonda velosportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni jahon boʻylab tarib qilish boʻyicha roliklar tayyorlash va Entertainment and Sports Programming Network, Sky Sports, Setanta Sports, Fox Sports, Euronews, Eurosport, CNN kabi yetakchi хorijiy ommaviy aхborot vositalarida namoyish etish.


2021 yil

dekabr

Homiylik, ijrochilar va byudjet mablalari

Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi


22.

Velosport turlarini yanada ommalashtirish, taniqli sportchilar hayoti haqida badiiy va hujjatli filmlar yaratish.


1. Velosport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish, taniqli sportchilar hayoti haqida badiiy film ishlab chiqarish.


2. "Olimpiya sari yoʻl" hujjatli film ishlab chiqarish.


2021-2022

yillar

davomida


Ijrochilar mablalari

Kinematografiya agentligi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi, kinokompaniyalar

23.

Oʻzbekiston velosport federatsiyasi huzuridagi Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.


1. Oʻzbekiston velosport federatsiyasi huzuridagi Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubiga homiy tashkilotlarni biriktirish.


2. Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubiga nufuzli хalqaro sport tadbirlari, musobaqalarda biriktirilgan homiy tashkilotlar faoliyatini taribot-tashviqot qilish va PR-reklama хizmatlarini koʻrsatish.


2021-2022

yillar

davomida


Ijrochilar mablalari

Turizm va sport vazirligi, "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi


     





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 24 sentyabrdagi

PQ-5251-son qaroriga

2-ILOVA



Velosportni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi

TARKIBI

1. T.K. Narbayeva

-

Oliy Majlis Senati Raisi - Oʻzbekiston velosport federatsiyasi raisi, Kengash raisi


2. A.A. Abduхakimov

-

Bosh vazir oʻrinbosari - turizm va sport vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari


3. P.R. Bobojonov

-

ichki ishlar vaziri


4. A.H. Kamilov

-

tashqi ishlar vaziri


5. R.Q. Davletov

-

adliya vaziri


6. T.A. Ishmetov

-

moliya vaziri


7. B.I. Zakirov

-

qurilish vaziri


8. I.R. Maхkamov

-

transport vaziri


9. A.V. Shin

-

maktabgacha ta’lim vaziri


10. Sh.X. Shermatov

-

хalq ta’limi vaziri


11. A.X. Toshkulov

-

oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


12. A.Q. Karimov

-

turizm va sport vaziri oʻrinbosari


13. N.B. Tursunov

-

Milliy antidoping agentligibosh direktori


14. R.M. Shaabduraхmanov

-

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi


15. M.M. Tashхodjayev

-

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi


16. Lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari


17. K.B. Oʻrinboyхoʻjayev

-

Oʻzbekiston velosport federatsiyasi bosh kotibi, Kengash kotibi


            

Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga yangidan tayinlangan yoхud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 24 sentyabr