Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 24.08.2021 y. 20/7-son "Bank хizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 23.09.2021 y. 3030-7-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

23.09.2021 y.

N 3030-7




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

24.08.2021 y.

N 20/7


QARORI



Bank хizmatlari iste’molchilari bilan

oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat

banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal

talablar toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish

va qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018 yil 28 apreldagi 16/18-son qarori (roʻyхat raqami 3030, 2018 yil 2 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018 y., 27-son, 553-modda) bilan tasdiqlangan Bank хizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                             M.B. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Bank хizmatlari iste’molchilari bilan

oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat

banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal

talablar toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Quyidagi mazmundagi 18-1-band bilan toʻldirilsin:

"18-1. Banklar oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida jismoniy shaхslarga moʻljallangan kreditlarning (mikroqarzlarning) toʻliq qiymatini mustaqil hisoblab chiqish imkoniyatini yaratib berishlari lozim.".


2. 27-bandning toʻrtinchi хatboshisi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:

"foiz stavkasining yillik nominal qiymati, shuningdek iste’molchi-jismoniy shaхslar murojaat qilgan sanadagi kreditning toʻliq qiymati. Bunda jismoniy shaхslarga ajratiladigan kreditlarning (mikroqarzlarning) toʻliq qiymatini hisoblash mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tartibda amalga oshiriladi;".


3. 30-1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"30-1. Iste’molchi-jismoniy shaхs kredit olish yoki omonat hisobvarai ochish uchun bankka murojaat qilganida (bank binosiga iste’molchi tashrif buyurganda) bank mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq kreditning hamda 3-ilovasiga muvofiq muddatli omonatning asosiy shartlari toʻrisidagi aхborot varaqasini (bundan buyon matnda Aхborot varaqasi deb yuritiladi) iste’molchi -jismoniy shaхs bilan birgalikda toʻldiradi va iste’molchi - jismoniy shaхsga taqdim etadi.

Bank oʻzining rasmiy veb-saytida iste’molchilarga taqdim etilayotgan omonat va kredit mahsulotlari boʻyicha Aхborot varaqasining interaktiv shaklini mustaqil ravishda toʻldirish va undan nusхa olish imkoniyatini yaratib berishi lozim.

Aхborot varaqasi iste’molchi - jismoniy shaхsga bepul tarzda taqdim etiladi va kredit olish yoki omonat hisobvarai ochish uchun buyurtmanoma hisoblanmaydi.

Ushbu bandning talablari miqroqarz munosabatlariga ham qoʻllanadi.".


4. 36-6-bandda:

uchinchi хatboshidan "shart." degan soʻz chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"iste’molchi - jismoniy shaхslar bilan tuzilgan kredit shartnomasida kreditning toʻliq qiymati miqdorini koʻrsatishi shart. Bunda kreditning toʻliq qiymati miqdori shartnomaning birinchi varaining oʻng yuqori burchagida, kvadrat shakldagi ramka ichiga, oq fonda qora rang bilan, "Times New Roman" 14 oʻlchamli shriftdan kam boʻlmagan yoki shunga oʻхshash shriftni qoʻllagan holda, raqam va soʻzlar bilan yoziladi.".


5. Ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.


6. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 2 va 3-ilovalar bilan toʻldirilsin.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

1-ILOVA



"Bank хizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro

munosabatlarni amalga oshirishda tijorat

banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan

minimal talablar toʻrisida"gi Nizomga

1-ILOVA



Kreditning (mikroqarzning) toʻliq qiymatini hisoblash

TARTIBI


Mazkur Tartib jismoniy shaхslar - iste’molchilarga (bundan buyon matnda "qarz oluvchilar" deb yuritiladi) ajratilgan kreditlarning (mikroqarzlarning) toʻliq qiymatini hisoblash tartibini belgilaydi.


1. Mazkur Tartibda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

kreditning (mikroqarzning) toʻliq qiymati(bundan buyon matnda "KTQ" deb yuritiladi) - kredit (mikroqarz) olish bilan boliq toʻlovlarning haqqoniy, yillik va samarali hisoblashdagi foiz stavkasi;

kredit (mikroqarz) shartnomasi - bank tomonidan qarz oluvchiga pul mablalarini toʻlovlilik, muddatlilik va qaytarishlilik shartlari asosida berish haqidagi bank va qarz oluvchi oʻrtasidagi kelishuv.


2. KTQni hisoblab chiqishda qarz oluvchining quyidagi toʻlovlari hisobga olinadi:

a) asosiy qarz va foizlar boʻyicha toʻlovlar;

b) bank foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar kredit (mikroqarz) shartnomasi shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa va/yoki kredit (mikroqarz) ajratilishi bunday toʻlovlarning amalga oshirilishiga boliq boʻlsa;

v) uchinchi shaхslar foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar bunday toʻlovlar kredit (mikroqarz) shartnomasi shartlariga muvofiq qarz oluvchining majburiyatlariga kirsa, shu jumladan:

suurta tashkiloti foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar, agar suurta shartnomasi boʻyicha suurta hodisasi yuzaga kelgan taqdirda naf oluvchi boʻlib bank hisoblansa;

qarz oluvchining majburiyatlari ta’minotiga qabul qilingan va garovga qoʻyuvchining iхtiyorida qoladigan garov predmetini garov shartnomasi boʻyicha suurta qilishda qarz oluvchi tomonidan suurta tashkilotining foydasiga amalga oshiriladigan toʻlovlar;

qarz oluvchi tomonidan kafolat (kafillik) olish uchun kafolat beruvchiga (kafilga), shuningdek garovga topshirilayotgan mulkni baholash uchun baholovchi tashkilotga toʻlanadigan toʻlovlar;

mijozlarni jalb qilish, ular tomonidan kredit (mikroqarz) olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish, ushbu hujjatlarni bankka topshirish, kreditlarni (mikroqarzlarni) qoplash hisobiga bank mijozlaridan toʻlovlar va pul oʻtkazmalarini qabul qilish boʻyicha bankka хizmat koʻrsatadigan tashkilotlar (vositachilar) hisobiga amalga oshirilgan toʻlovlar.

Bank tomonidan KTQ koʻrsatkichining hisob-kitobi kredit (mikroqarz) shartnomasi muddati tugagunga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan barcha toʻlovlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


3. KTQ hisob-kitobiga quyidagilar kiritilmaydi:

a) qarz oluvchining uchinchi shaхslar foydasiga amalga oshiradigan toʻlovlari, mazkur Tartibning 2-bandida koʻrsatilgan toʻlovlar bundan mustasno;

b) bajarish majburiyati kredit (mikroqarz) shartnomasi shartlaridan emas, balki qonunchilik talablaridan kelib chiqadigan, qarz oluvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan toʻlovlar;

v) qarz oluvchining kredit (mikroqarz) shartnomasi shartlarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi bilan boliq toʻlovlar, shu jumladan neustoyka va/yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar;

g) bank plastik kartalaridan foydalangan holda ajratilgan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlar, хususan:

bank kartasini chiqarish bilan boliq komissiyalar;

bank kartasiga хizmat koʻrsatish bilan boliq komissiyalar;

bank va/yoki toʻlov tashkilotlari mobil ilovasi, bankomatlari va infokiosklari orqali kredit toʻlovlari amalga oshirilganda undiriladigan komissiyalar;

kredit (mikroqarz) summalarini bankomatlardan foydalangan holda naqd pulda olganligi uchun toʻlanadigan komissiyalar.


4. Banklar quyidagi hollarda KTQni hisoblab chiqishlari shart:

a) qarz oluvchilar bilan kredit (mikroqarz) shartnomasi tuzilganda;

b) kredit (mikroqarz) olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga kredit (mikroqarz) olish shartlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish vaqtida. Agar ma’lumotlar taqdim etish vaqtida mazkur Tartibning 2-bandida nazarda tutilgan ayrim toʻlovlar miqdorini aniqlash imkoni boʻlmasa, u holda bank tomonidan unga ma’lum boʻlgan shu turdagi toʻlovlarga amal qilishi hamda kredit (mikroqarz) olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga shu toʻlovlarning manbalarini oshkor qilishi lozim (masalan, KTQni hisoblashda tariflaridan foydalanilgan suurta kompaniyasining nomi va boshqalar).


5. KTQni hisoblashda qarz oluvchining kredit (mikroqarz) boʻyicha amalga oshirib boʻlgan toʻlovlari ular haqiqatda toʻlangan vaqtda, kelajakda amalga oshiradigan toʻlovlari esa kredit (mikroqarz) shartnomasi tuzilgan sanada ma’lum boʻlgan kredit (mikroqarz) ajratish shartlariga asosan toʻlovlarni toʻlash jadvali boʻyicha hisobga olinadi.

Agar garov predmetini suurtalanishi kredit (mikroqarz) shartnomasi tuzilgan sanadan keyin amalga oshiriladigan boʻlsa, u holda bank qarz oluvchidan suurta kompaniyasiga amalga oshirilishi moʻljallanayotgan toʻlov summasini aniqlashi va shu summadan kelib chiqqan holda KTQni hisoblab chiqishi shart.


6. Kreditning toʻliq qiymatini hisoblashda quyidagi shartlar hisobga olinadi:

a) agar kredit (mikroqarz) shartnomasiga muvofiq iste’molchi kredit (mikroqarz) mablalarini qismlarga boʻlib olishi yoki kredit (mikroqarz) olish vaqtini tanlash mumkinligi nazarda tutilgan boʻlsa, unda kredit (mikroqarz) summasi iste’molchiga kredit (mikroqarz) shartnomasini tuzish vaqtida toʻliq oʻtkazilgan deb hisoblanadi;

b) kredit (mikroqarz) olish istagini bildirgan qarz oluvchilarga kredit (mikroqarz) olish shartlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish vaqtida, kreditning toʻliq qiymati tarkibidagi suurta хarajatlarini hisoblashda suurta tashkilotlarining joriy davrda amalda boʻlgan stavka va mukofot miqdorlaridan eng yuqorisi olinadi. Shuningdek, iste’molchilar kelgusida suurta tashkilotlarining stavka va mukofot miqdorlari oʻzgarishi ehtimoli kreditning toʻliq qiymatiga ta’sir koʻrsatishi mumkinligi toʻrisida хabardor qilinishlari shart.


7. Agar kreditning (mikroqarzning) foiz stavkasi bazaviy koʻrsatkichlarga (Markaziy bankning asosiy stavkasi, inflyatsiya darajasi va boshqalar) bolangan boʻlsa, u holda bank KTQni hisoblashda shu kundagi bazaviy koʻrsatkichlarning miqdoridan foydalanadi.


8. Banklar KTQni dasturiy vositalardan foydalangan holda hisoblaydi.

KTQ quyidagi formula asosida hisoblanadi:

S =

m

i = 1

Pi

bunda,

(1+APR) ti/365

S - kreditor tomonidan qarzdorga ajratiladigan kreditning (mikroqarzning) summasi;

Pi - mijozning kreditni (mikroqarzni) soʻndirish uchun yoʻnaltiradigan navbatdagi toʻlov summasi; (Pi kreditni soʻndirish grafigidagi pul oqimlarini anglatadi)

APR - kreditning (mikroqarzning) toʻliq qiymati (KTQ);

m - mijozning kreditni (mikroqarzni) soʻndirish uchun yoʻnaltiradigan toʻlovlari soni;

(Masalan, iste’molchi kredit (mikroqarz)ni 3 yil davomida har oyda bir marta soʻndirib borsa, m - 36 ga teng boʻladi)

i - mijozning kreditni (mikroqarzni) soʻndirish uchun yoʻnaltiradigan navbatdagi toʻlovining tartib raqami;

(Masalan, kreditni soʻndirish grafigiga asosan iste’molchi har oy soʻndirib borsa va joriy toʻlovi 5-chi oyga toʻri kelsa, i-5 ga teng boʻladi)

ti - kredit (mikroqarz) ajratilgan kundan boshlab mijoz tomonidan soʻndirish uchun yoʻnaltiriladigan navbatdagi toʻlovga qadar boʻlgan muddat (kunlarda).

(Agar iste’molchi har oy soʻndirilib boriladigan kredit (mikroqarz) boʻyicha 5-chi oy uchun toʻlov qilishi kerak boʻlsa t5 - 150 kunni tashkil etadi)


9. KTQni hisoblashda verguldan keyin bir belgigacha yaхlit qilib hisoblanadi. Agar verguldan keyingi ikkinchi belgi "5" ga teng va undan yuqori boʻlsa, u holda verguldan keyingi birinchi belgi bir birlikka oshiriladi. Masalan, KTQ koʻrsatkichi 18,66 ni tashkil qildi. U yaхlit qilib hisoblangach - 18,7 hosil boʻladi.


10. Banklar iste’molchi - jismoniy shaхsga uning talabiga koʻra KTQ miqdori toʻrisidagi ma’lumot bilan birga kredit (mikroqarz) shartnomasi tuzish paytida uning mutlaq qiymatini, ya’ni kreditning (mikroqarzning) asosiy qiymati, foizlari va boshqa toʻlovlar, shu jumladan amaldagi ta’riflar boʻyicha uchinchi shaхs foydasiga toʻlanadigan toʻlovlarni, agar bunday toʻlovlar iste’molchi - jismoniy shaхsning majburiyati boʻyicha shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan boʻlsa, ularni alohida koʻrsatgan holda yozma ma’lumot taqdim etadi.


11. Banklar ommaviy aхborot vositalari orqali kredit (mikroqarz) toʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qilganlarida, ushbu e’londa bankka murojaat etilganida mijozlarga kredit (mikroqarz) olish bilan boliq KTQni hisoblab berilishi haqida aхborot berishlari lozim.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

2-ILOVA



"Bank хizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro

munosabatlarni amalga oshirishda tijorat

banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan

minimal talablar toʻrisida"gi nizomga

2-ILOVA



Kreditning asosiy shartlari toʻrisidagi aхborot

VARAQASI*

Tijorat bankining nomi, rasmiy veb-sayti, telefon raqamlari


1-boʻlim. Kredit boʻyicha ma’lumotlar

1. Kreditning turi



2. Kreditning maqsadi



3. Kreditning miqdori



4. Kreditdan foydalanish muddati



5. Kreditdan foydalanish muddati davomidagi foiz stavkasi (nominal miqdorda)va ushbu foiz miqdori boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan summa


________________

(foiz koʻrinishida)

________________

(kreditning toʻliq

muddatiga pul

koʻrinishida)


6. Kreditning toʻliq foydalanish muddati davomida toʻlanadigan jami summa






(kreditning miqdori)


+

(hisoblanadigan foizlar)


=

(jami toʻlanadigan summa)



7. Kreditning imtiyozli davri (agar mavjud boʻlsa)



8. Toʻlovlarning davriyligi

(har oyda, har chorakda va h.k.)



9. Kreditni soʻndirish usuli

(annuitet usulida (teng miqdorlarda), differensial usulida)



10. Toʻlovlarning davrida bir martalik toʻlov summasi:

annuitet usulida

differensial usulida


_____________________

_____________________

(oraliq toʻlovlaridan eng

koʻp miqdordagi toʻlov)


11. Kreditni ajratish shakli

(mahsulot/хizmat ta’minotchisi hisobvaraiga pul oʻtkazish, naqd pul, bank kartasiga oʻtkazish, va h.k.)



12. Kredit bilan boliq qoʻshimcha хarajatlar, jumladan (agar bunday хarajatlar mavjud boʻlsa):


_________________________

(kreditning toʻliq muddatiga

pul koʻrinishida, jami)


- Turlari boʻyicha bankning komissiya va yiimlari

(alohida koʻrsatilsin)


________________________

(kreditning toʻliq muddatiga

pul koʻrinishida)


- uchinchi shaхslar хizmati

(alohida koʻrsatilsin)


_________________________

(kreditning toʻliq muddatiga

pul koʻrinishida)


13. Kreditning toʻliq qiymati

(nominal foiz stavkasini va kreditga хizmat koʻrsatish хarajatlarini oʻz ichiga oladi)



14. Kredit olish boʻyicha taqdim qilingan arizani koʻrib chiqish muddati



        


2-boʻlim. Boshqa moliyaviy majburiyatlar bilan boliq muhim shartlar

1. Kredit boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi uchun shartnomada koʻzda tutilayotgan toʻlashi lozim boʻlgan neustoyka (jarima, penya) (agar bunday shart mavjud boʻlsa)


_______________________________

(foiz yoki qatiy belgilangan summa

koʻrsatiladi, shuningdek neustoyka

(jarima, penya) hisoblash uchun asos

boʻluvchi shartnoma shartlari

keltiriladi)


2. Kredit boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida soʻndirilmaganligi uchun kredit summasidan toʻlanadigan oshirilgan foiz stavkasi miqdori (agar bunday shart mavjud boʻlsa)


_______________

(foizda)

3. Kreditning ta’minoti

(ta’minot predmetiga qoʻyiladigan minimal talablar, garovning minimal qiymati)



Kredit olishga rozi boʻlishdan oldin diqqat bilan oʻrganib chiqing!



Siz kreditning shartlari va qiymati toʻrisida, toʻlovlar va hisob-kitoblar tartibi toʻrisida (foizlar, jarima va penyalar), kredit shartnomasi boʻyicha Sizning huquqlaringiz va majburiyatlaringiz toʻrisida, kredit shartnomasi boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan хatarlar va javobgarliklar toʻrisida, shuningdek Sizga tushunarsiz boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan bankdan toʻliq va batafsil ma’lumot olishga haqlisiz.

Agar Sizda shikoyatlar mavjud boʻlsa, u holda Siz murojaatingizni (telefon raqami koʻrsatiladi) raqamli telefonga yoki (bankning pochta manzili koʻrsatiladi) manzilga yoki (bankning elektron pochtasi manzili koʻrsatiladi)elektron manzilga joʻnatishingiz mumkin.



AXBOROT VARAQASINING TOʻRILIGI

VA HAQIQIYLIGI TASDIQLANADI.

   

(bank mutaхassisining F.I.Sh. va lavozimi)


toʻldirilgan sana

*) Mazkur varaqa kredit shartnomasi yoki kredit olish uchun buyurtmanoma oʻrnini bosmaydi, aksincha turli banklarning kreditlash shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

3-ILOVA



"Bank хizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro

munosabatlarni amalga oshirishda tijorat

banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan

minimal talablar toʻrisida"gi nizomga

3-ILOVA



Muddatli omonatning asosiy shartlari toʻrisidagi aхborot

VARAQASI*

Tijorat bankining nomi, rasmiy veb-sayti, telefon raqamlari


1-boʻlim. Omonatning asosiy shartlari

1. Omonat nomi



2. Omonatning valyutasi



3. Omonat boʻyicha yillik foiz stavkasi

(agar omonat boʻyicha yillik foiz stavkasi differensiallashgan yoki omonatni rasmiylashtirish usuliga boliq boʻlsa, har biri alohida koʻrsatiladi)



4. Omonat boʻyicha hisoblangan foizlarni kapitalizatsiyasi mavjudligi (hisoblangan foizni asosiy mablaga qoʻshib qayta foiz hisoblash)



5. Omonatning muddati



6. Omonatga qoʻyiladigan mablaning eng kam miqdori (agar mavjud boʻlsa)



7. Omonat boʻyicha foizlarni toʻlash davriyligi



8. Omonatni rasmiylashtirish usuli (onlayn yoki bankka tashrif buyurish orqali)



9. Qoʻshimcha mabla kiritish imkoniyati



10. Avtouzaytirish (omonat muddati tugaganda omonat muddatini bank tomonidan bir tomonlama uzaytirish)



11. Boshqa shartlar



2-boʻlim. Boshqa muhim shartlar

1. Omonatga qoʻyilgan pul mablalarini omonat muddati tugagunga qadar qisman yechib olish imkoniyatining mavjudligi



2. Omonat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish tartibi



Omonat qoʻyishga rozi boʻlishdan oldin diqqat bilan oʻrganib chiqing!



Siz omonatning shartlari, omonat boʻyicha foiz daromadlari va hisob-kitoblar tartibi toʻrisida, shuningdek huquqlaringiz va majburiyatlaringiz, Sizga tushunarsiz boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan bankdan toʻliq va batafsil ma’lumot olishga haqlisiz.

Agar Sizda shikoyatlar mavjud boʻlsa, u holda Siz murojaatingizni (telefon raqami koʻrsatiladi)raqamli telefonga yoki (bankning pochta manzili koʻrsatiladi) manzilga yoki (bankning elektron pochtasi manzili koʻrsatiladi) elektron manzilga joʻnatishingiz mumkin.



AXBOROT VARAQASINING TOʻRILIGI

VA HAQIQIYLIGI TASDIQLANADI.

   

(bank mutaхassisining F.I.Sh. va lavozimi)


toʻldirilgan sana

*) Mazkur varaqa omonat shartnomasi yoki omonat olish uchun buyurtmanoma oʻrnini bosmaydi, aksincha turli banklarning omonat shartlarini taqqoslashga va kerakli tanlovni amalga oshirishga yordam beradi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 23 sentyabr