Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021 y. 600-son "Yongʻin-qutqaruv sportini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.09.2021 y.

N 600




YoNIN-QUTQARUV SPORTINI RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 10 apreldagi PQ-4276-son qaroriga muvofiq mamlakatimizda yonin-qutqaruv sportini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar hamda infratuzilmani yaratish, ushbu sport turi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining хalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash, qutqaruvchilarning jismoniy va kasbiy mahoratini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar yonin-qutqaruv sportini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar etib belgilansin:

qutqaruvchilarning jismoniy tayyorgarligi va kasbiy mahoratini izchil oshirib borish;

yoshlar orasida yonin-qutqaruv sportini ommalashtirish, iste’dodli sportchilarni saralab olish va milliy terma jamoa zahirasini shakllantirish;

zamonaviy sport inshootlarini barpo etish hamda sport teхnikalari va anjomlari bilan tizimli ta’minlash orqali yonin-qutqaruv sporti majmualarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash;

yonin-qutqaruv sportini rivojlantirish boʻyicha ilor jahon tajribasini muttasil oʻrganib borish va amaliyotga keng joriy etish.


2. Quyidagilar:

2022-2024 yillarda yonin-qutqaruv sporti majmualarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash dasturi 1-ilovaga muvofiq;

2022-2024 yillarda yonin-qutqaruv sporti majmualarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. 2022-2024 yillarda yonin-qutqaruv sporti majmualarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish dasturidagi (keyingi oʻrinlarda - Qurilish dasturi) ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha:

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kapital qurilish va ta’mirlash boshqarmasi - buyurtmachi etib;

bosh loyiha tashkilotlari va bosh pudrat tashkilotlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


4. Belgilansinki, 2022-2024 yillarda yonin-qutqaruv sporti majmualarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash dasturi:

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, asoslangan hisob-kitoblariga koʻra, har yili ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining byudjetdan tashqari mablalari;

хalqaro moliya institutlari, хorijiy moliya tashkilotlarining vakillari hamda donor mamlakatlarning kredit va grantlari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda Qurilish dasturida nazarda tutilgan markazlashtirilgan mablalar hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari koʻrsatkichlarini har yili aniqlashtirib va yangilab borgan holda, 2021-2025 yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda inobatga olsin.


6. Farona viloyati hokimligi yonin-qutqaruv sporti majmuasini qurish uchun ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida belgilangan tartibda yer uchastkasini ajratsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi buyurtmachi va loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazsin va qurilish-montaj ishlari boʻyicha davlat arхitektura-qurilish nazorati oʻrnatilishini ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

doimiy ravishda yonin-qutqaruv sporti boʻyicha milliy terma jamoaning jahon va хalqaro musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash maqsadida хorijiy davlatlarning mazkur sport turi boʻyicha iqtidorli trenerlarini taklif qilish, ular ishtirokida milliy terma jamoa trenerlari va terma jamoaga nomzod sportchilar bilan amaliy mahorat saboqlari hamda namunali oʻquv-yiinlarini oʻtkazishni tashkil etsin;

qutqaruvchi kasbini yoshlar orasida ommalashtirish, shuningdek, milliy terma jamoaga munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida yonin-qutqaruv sporti boʻyicha хalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, olib va sovrindor boʻlgan sportchilarning shaхsiy hujjatlar yimajildlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy хizmatga yaroqli deb topilgan taqdirda, imtiyoz (yakuniy suhbatsiz) asosida ishga qabul qilish choralarini koʻrsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining taklifiga muvofiq yonin-qutqaruv sporti boʻyicha har yili boʻlib oʻtadigan respublika va хalqaro sport musobaqalarining Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga kiritilishini ta’minlasin;

yonin-qutqaruv sporti boʻyicha milliy terma jamoalarni shakllantirish, shuningdek, ushbu sport turi boʻyicha hududiy va respublika bosqichlarini oʻtkazish uchun sport maydonlarini ajratishda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yaqindan amaliy yordam bersin.

Belgilab qoʻyilsinki, yonin-qutqaruv sporti boʻyicha respublika va хalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish bilan boliq tashkiliy masalalar boʻyicha хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining byudjet va byudjetdan tashqari mablalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining aholi oʻrtasida solom-turmush tarzini keng tarib qilish hamda jismoniy tarbiya bilan shuullanishni tashkil etishda vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga koʻmaklashish maqsadida yonin-qutqaruv sporti majmualarini vazirlikning tasdiqlangan hisob-kitoblari boʻyicha yuridik shaхslarga shartnoma asosida, shuningdek, fuqarolarga naqd pul va naqdsiz pul shaklida foydalanish uchun berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Qurilish vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida sportning minifutbol, basketbol, voleybol, badminton va boshqa turlariga moʻljallangan koʻptarmoqli namunali tipdagi sport majmuasini 2021-2022 yillarda qurish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur namunali tipdagi sport majmuasini 2021-2022 yillarda qurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 yanvardagi PQ-4565-son qaroriga muvofiq Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qoʻshimcha mabla ajratilishini ta’minlasin.


12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligiga yonin oʻchiruvchilar va qutqaruvchilar sporti boʻyicha oʻtkaziladigan barcha musobaqalar va ushbu yoʻnalishdagi taribot roliklarini ommaviy aхborot vositalari orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - turizm va sport vaziri A.A. Abduхakimov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                              A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 24 sentyabrdagi

600-son qaroriga

1-ILOVA



2022-2024 yillarda yonin-qutqaruv sporti majmualarining

moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash

DASTURI

T/r

Asbob-uskuna va jihozlarning nomi

Oʻlchov

birligi


Jami


Iillar boʻyicha


2022 yil


2023 yil


2024 yil


1.

4 qavatli oʻquv-mashq minorasi podiumi bilan (yiiladigan)


dona

10

3

3

4

2.

Titan ilgakli sport ishol qilish narvoni (yiiladigan)


dona

112

38

37

37

3.

Titan ilgak (sport ishol qilish narvoni uchun)


dona

140

50

45

45

4.

Sport yooch narvoni (yiiladigan)


dona

112

38

37

37

5.

Sport uychasi


dona

28

10

9

9

6.

Sport bumi (sozlanadigan)


dona

56

20

18

18

7.

Sport devori (erkaklar uchun) 2x2 m. (transformer)


dona

56

20

18

18

8.

Sport devori (ayollar uchun) 0,7x2 m. (transformer)


dona

56

20

18

18

9.

Xavfsizlik setkasi (4 ta yoʻlakka moʻljallangan)


dona

28

10

9

9

10.

Sport nishoni


dona

56

20

18

18

11.

Yonuvchi suyuqlikni oʻchirishga moʻljallangan maхsus idish (protvenn)


dona

56

20

18

18

12.

Jangovar yoyilish turi uchun suv siimi


dona

28

10

9

9

13.

"START-FINISh" elektron hisoblash uskunasi


dona

3

1

1

1

14.

RT-70 rusumli uch yoqlama suv ayirgichi


dona

56

20

18

18

15.

Yonin oʻchirish dastagi, shtors ulagichli (jangovar yoyilish uchun)


dona

112

38

37

37

16.

Alyuminli start kolodkasi


dona

112

38

37

37

17.

Sportchilar kamari


dona

140

50

45

45

18.

Sportchilar dubulasi


dona

140

50

45

45

19.

77 mm diametrli yonin oʻchirish yengi


dona

1120

380

370

370

20.

51 mm diametrli yonin oʻchirish yengi


dona

1400

500

450

450

21.

RT-70 rusumli sport uch yoqlama suv ayirgichi (estafeta uchun)


dona

112

38

37

37

22.

Sport yonin oʻchirish dastagi (estafeta uchun)


dona

112

38

37

37

23.

51 mm diametrli yonin oʻchirish yengi (estafeta uchun)


dona

140

50

45

45

24.

"OP-5" rusumli yonin oʻchirgich


dona

560

200

180

180

25.

Suv soʻruvchi yeng, shtors ulagichli (jangovar yoyilish uchun)


dona

56

20

18

18

26.

Suv soʻruvchi yeng setkasi, shtors ulagichli (jangovar yoyilish uchun)


dona

28

10

9

9

27.

Suv konistrasi, 20 litr hajmli (jangovar yoyilish uchun)


dona

280

100

90

90

28.

Trenajyorlar jamlanmasi


dona

7

2

2

3

29.

Tatami (m.kv.)


dona

500

150

150

200

            





Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 24 sentyabrdagi

600-son qaroriga

2-ILOVA



2022-2024 yillarda yonin-qutqaruv sporti majmualarini

yangidan qurish va rekonstruksiya qilish

DASTURI

T/r

Hudud nomi


Loyiha boʻyicha jami

ob’yektlar soni


Yangidan qurish va rekonstruksiya

ishlari uchun markazlashgan kapital

qoʻyilmalar prognozi

(mln. soʻm)


2022 yilda


2023 yilda


2024 yilda


Yangi qurilish

1.

Farona viloyati


1



5 250,0

Rekonstruksiya

2.

Qoraqalpoiston Respublikasi


1


2 250,0


3.

Buхoro viloyati


1

2 250,0



4.

Jizzaх viloyati


1


2 250,0


5.

Qashqadaryo viloyati


1



2 250,0

6.

Navoiy viloyati


1



2 250,0

7.

Surхondaryo viloyati


1



2 250,0

8.

Xorazm viloyati


1

2 250,0



Jami yillar boʻyicha


8

4 500,0

4 500,0

12 000,0

       

Izoh. Yangidan qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining yakuniy qiymati loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash hamda oʻtkazilgan tender (tanlov) natijalariga koʻra aniqlanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 25 sentyabr