Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.09.2021 y. 612-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.09.2021 y.

N 612




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DIN

IShLARI BOʻYIChA QOʻMITA TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning (keyingi oʻrinlarda - Din ishlari boʻyicha qoʻmita) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning huquqlari hamda javobgarligi, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi;

Din ishlari boʻyicha qoʻmita rahbariyatining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;

Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish, uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish tartibi.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2019 yil 23 noyabrdagi 946-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Din ishlari boʻyicha qoʻmita boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi S.D. Toshboyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                               A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 30 sentyabr