Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2021 y. PQ-5256-son "Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

05.10.2021 y.

N PQ-5256



XALQARO ShARTNOMAGA

QOʻShILISh TOʻRISIDA



"Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq:


1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining "Quruqlik portlari" toʻrisidagi hukumatlararo bitimiga (Bangkok, 2013 yil 1 may) qoʻshilinsin.


2. Transport vazirligi mazkur хalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.


3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur хalqaro shartnomaga qoʻshilishi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.


4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu хalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining huquq va majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 5 oktyabr