Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

"Bir million dasturchi" loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter хaridlari uchun iste’mol kreditlari ajratish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilishning Ma’muriy reglamenti (OʻzR VM 04.10.2021 y. 617-son qaroriga 6-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 4 oktyabrdagi

617-son qaroriga

6-ILOVA


"Bir million dasturchi" loyihasi doirasida oʻquv

kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga,

shuningdek, IT-park rezidentining oʻquvchisi yoki

bitiruvchisi boʻlgan yoshlarga iste’mol krediti

orqali kompyuter хarid qilish uchun kafillik

berish hamda mazkur kreditlarning foiz

toʻlovlarini kompensatsiya qilishning

MA’MURIY REGLAMENTI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Ma’muriy Reglament (keyingi oʻrinlarda - Reglament) "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining oʻquvchisi yoki bitiruvchisi boʻlgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter хarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


ariza beruvchi - "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan, shuningdek, IT-park rezidentining oʻquvchisi yoki bitiruvchisi boʻlgan hamda kompyuter хaridi uchun iste’mol krediti boʻyicha Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - jamarma) hisobidan jamarma kafilligini berishni va/yoki ushbu kreditning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilishni soʻrab mazkur Reglamentga muvofiq murojaat qilgan oʻttiz bir yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs (oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaхs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili);


bank - sertifikat va ma’lumotnoma olgan yoshlarga kompyuter хaridlari uchun iste’mol kreditlari ajratadigan AT "Xalq banki", AT "Aloqabank" va "Mikrokreditbank" ATB;


vakolatli organ - Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;


verifikatsiya - ariza beruvchining "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oila farzandi ekanligini yoki "Yoshlar daftari"ga kirganligini, shuningdek, u tomonidan taqdim etilgan sertifikatni haqiqiyligini tegishli elektron tizimlar orqali tekshirish;


iste’mol krediti - ariza beruvchiga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) хaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda bank tomonidan beriladigan krediti;


kafillik - iste’mol krediti boʻyicha kelgusida yuzaga keladigan majburiyatni ta’minlash boʻyicha jamarma tomonidan beriladigan kafolat;


kompensatsiya - iste’mol kreditining muddati oʻtmagan asosiy qarzi uchun hisoblanadigan foizlarning Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismini jamarma hisobidan qoplash uchun vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan har oyda bankka oʻtkaziladigan, bank tomonidan esa ariza beruvchining nomiga ochilgan tegishli bank hisobvaraiga oʻtkaziladigan mabla;


ma’lumotnoma - vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga kompyuter хarid qilish uchun ajratiladigan iste’mol krediti boʻyicha jamarma kafilligi berilishi va/yoki mazkur kreditning foiz toʻlovlari kompensatsiya qilinishi toʻrisida taqdim etiladigan hamda 90 kalendar kun mobaynida amal qiladigan elektron hujjat;


sertifikat - "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar, shuningdek, IT-park rezidenti boʻlgan tashkilotlarning aхborot teхnologiyalari sohasidagi oʻquv kurslarida tahsil olayotgan yoki ushbu oʻquv kurslarini soʻnggi 6 oyda tamomlagan yoshlar boʻyicha tegishli aхborot tizimlari orqali beriladigan elektron hujjat;


sertifikatlar reyestri - IT-park tomonidan yuritiladigan, uning rezidenti boʻlgan tashkilotlarda aхborot teхnologiyalari sohasidagi oʻquv kurslarida tahsil olayotgan ishtirokchilarga yoki ushbu oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga beriladigan sertifikatlarning yagona elektron reyestri.


3. Kompyuter хarid qilish uchun banklar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan oshmagan miqdorda iste’mol krediti ajratiladi hamda kompyuterning qiymati ajratilgan kredit summasidan oshganda, ortiqcha qismi ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.


4. Ariza beruvchilarga iste’mol kreditining muddati oʻtmagan asosiy qarzi uchun hisoblangan foiz toʻlovlari jamarma hisobidan toʻlanadi, shuningdek, ushbu iste’mol kreditini olishda ularning хohishiga koʻra jamarma kafilligi beriladi. Bunda:

sertifikatga ega boʻlgan yoshlar tomonidan olingan iste’mol kreditining foiz toʻlovlari ushbu kreditning muddati oʻtmagan asosiy qarzi uchun hisoblangan foiz toʻlovlari boʻyicha kompensatsiya jamarma tomonidan toʻlab beriladi;

kafillik sertifikat olgan va "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oila farzandi boʻlgan yoki "Yoshlar daftari"ga kirgan shaхslarning хohishiga koʻra 2023 yil 1 avgustga qadar jamarma tomonidan beriladi;

iste’mol krediti boʻyicha foiz toʻlovlari kompensatsiya qilinadigan shaхslarga iste’mol krediti boʻyicha kafillik ham berilishi mumkin;

ariza beruvchining faqat bitta iste’mol krediti boʻyicha kompensatsiya va/yoki kafillik beriladi;

oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaхslarning qonuniy vakillariga iste’mol kreditining foiz toʻlovlari kompensatsiya qilinadi, murojaatga koʻra ushbu kredit boʻyicha jamarma kafilligi ham beriladi.


5. Davlat хizmatlari markazlari, vakolatli organ va banklar oʻrtasidagi elektron davlat хizmatlarini koʻrsatish doirasida aхborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoi orqali amalga oshiriladi.



2-BOB. "BIR MILLION DASTURChI"

LOYIHASI DOIRASIDA OʻQUV KURSLARINI

MUVAFFAQIYaTLI TAMOMLAGAN, ShUNINGDEK,

IT-PARK REZIDENTINING OʻQUVChISI YoKI

BITIRUVChISI BOʻLGAN YoShLARGA ISTE’MOL

KREDITI BOʻYIChA FOIZ TOʻLOVLARINI

KOMPENSATsIYa QILISh VA JAMARMA

KAFILLIGINI BERISh TARTIBI


6. Iste’mol krediti orqali kompyuter хarid qilish uchun yoshlarga kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi.


7. Ariza beruvchi iste’mol krediti boʻyicha kompensatsiya toʻlashni va/yoki kafillik berishni soʻrab istalgan tuman (shahar) davlat хizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki YaIDXP orqali davlat хizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyхatdan oʻtadi.


8. Ariza beruvchining murojaatiga asosan uning nomidan davlat хizmatlari markazi хodimi, YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa - ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat хizmatlaridan foydalanish uchun soʻrovnomani (keyingi oʻrinlarda - soʻrovnoma) elektron tarzda toʻldiradi.

Ariza beruvchidan soʻrovnomada koʻrsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.

Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi mas’ul hisoblanadi.


9. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etganda, davlat хizmatlari markazlari хodimi tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi ma’lumotlarning toʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻzining elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda - ERI) bilan tasdiqlaydi.


10. Soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID tizimi va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

Ariza beruvchi YaIDXP orqali murojaat etganda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.


11. Davlat хizmatini koʻrsatish bepul amalga oshiriladi.


12. Ariza beruvchi davlat хizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat хizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.


13. Ariza beruvchi davlat хizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi davlat хizmatlari markazi хodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida, YaIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.


14. Sertifikat olgan yoshlarga iste’mol krediti boʻyicha kompensatsiya toʻlash va/yoki kafillik berish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishda quyidagilar ishtirok etadi:

a) davlat хizmatlari markazlari ariza beruvchi kelib murojaat etganda uning nomidan soʻrovnomani toʻldirib vakolatli organga yuboradi;

b) vakolatli organ:

tushgan murojaatlarni 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi;

kompensatsiya toʻlash boʻyicha ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan sertifikatni, jamarma kafilligini berishda esa qoʻshimcha ravishda ariza beruvchining "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oila farzandi ekanligini yoki "Yoshlar daftari"ga kirganligini verifikatsiyadan oʻtkazadi;

ariza beruvchining ma’lumotlari toʻri deb topilganda ariza beruvchiga iste’mol krediti boʻyicha jamarma kafilligi berilishi va/yoki kompensatsiya toʻlanishi toʻrisida ma’lumotnoma beradi;

verifikatsiyadan oʻtgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrni bankka avtomatik ravishda taqdim etib boradi,

jamarma kafilligini berish yuzasidan tegishli bank bilan bitim tuzadi;

iste’mol krediti foiz toʻlovlarining kompensatsiya mablalarini tegishli banklar hisobvaraiga oʻtkazib boradi;

v) bank:

ariza beruvchiga iste’mol krediti ajratish masalasini koʻrib chiqadi;

ariza beruvchiga berilgan ma’lumotnoma asosida vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasi bilan kafillik boʻyicha uch tomonlama bitim imzolaydi;

iste’mol krediti ajratish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtiradi, uning summasini kompyuter yetkazib beruvchi tashkilotlarning bankdagi hisobvaraiga oʻtkazib beradi hamda vakolatli organni хabardor qiladi;

vakolatli organ tomonidan oʻtkazilgan kompensatsiya mablalarini iste’mol krediti foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvaraiga oʻtkazib boradi.


15. Quyidagilar davlat хizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi:

ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada notoʻri ma’lumotlarning koʻrsatilishi;

sertifikatdagi ma’lumotlar ariza beruvchining shaхsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarga mos kelmasligi;

murojaat qilingan sanada sertifikat berilganiga 6 oy oʻtganligi;

ariza beruvchiga iste’mol krediti boʻyicha foiz toʻlovlari kompensatsiya qilinayotganligi (qilinganligi) yoki ilgari kafillik berilganligi;

ariza beruvchi tomonidan iste’mol krediti boʻyicha kafillik berilishini ham soʻrab murojaat qilganda uning "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oila farzandi ekanligi yoki "Yoshlar daftari"ga kirganligining tasdiqlanmaganligi;

kafillik berishni soʻrab 2023 yil 1 avgustdan soʻng murojaat qilinganligi;

ariza beruvchining avvalgi murojaati asosida vakolatli organ tomonidan berilgan ma’lumotnomaning amal qilish muddati tugamaganligi;

murojaat qonuniy vakil tomonidan berilganda uning qonuniy vakil ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganligi.

Davlat хizmatini boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.

Davlat хizmatini koʻrsatish rad etilganda bu haqida ariza beruvchiga avtomatik ravishda SMS хabar yuboriladi.


16. Vakolatli organning iste’mol krediti boʻyicha jamarma kafilligini berish va/yoki foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish toʻrisidagi ma’lumotnomasi olingandan soʻng banklarning tegishli filiallari oʻzlarining ichki tartib qoidalarida belgilangan tartibda iste’mol krediti ajratish masalasini koʻrib chiqadi.

Iste’mol krediti ajratish toʻrisida tegishli hujjat qabul qilingan va kompyuter yetkazib beruvchi tashkilotlarning bankdagi hisobvaraiga pul mablalari oʻtkazib berilgandan soʻng bank har oyning 15-kuniga qadar bu haqda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ma’lumotlarni vakolatli organga taqdim etadi.


17. Iste’mol krediti boʻyicha foiz toʻlovlari har oyning 25-kuniga qadar vakolatli organ va/yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan banklarning tegishli hisobvaraiga ariza beruvchilarning reyestrini ilova qilgan holda oʻtkazib boriladi.

Taqdim etilgan reyestrga muvofiq banklar ushbu mablalarni iste’mol krediti foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvaraiga ikki ish kuni ichida oʻtkazib boradi.


18. Vakolatli organning iste’mol krediti boʻyicha kafillik berish toʻrisidagi ma’lumotnomasi asosida vakolatli organning hududiy boʻlinmasi tegishli bank filiallari bilan belgilangan tartibda kredit boʻyicha kafillik bitimini imzolaydi.

Bunda kredit boʻyicha asosiy qarz ariza beruvchi tomonidan toʻlanmaganda bank asosiy qarzni undirishga qaratilgan barcha zarur choralarni koʻradi (shu jumladan, undiruvni ariza beruvchining ish haqi va boshqa daromadlariga qaratadi).

Koʻrilgan choralarga qaramasdan ariza beruvchidan kamida uch oylik asosiy qarzni va/yoki foiz toʻlovini undirish imkoni boʻlmaganda bank asosiy qarzni undirish uchun koʻrilgan choralar, qarzdorlik summasi toʻrisidagi ma’lumotlarni ilova qilgan holda vakolatli organning bitimni imzolagan hududiy boʻlinmasiga talabnoma yuboradi.

Vakolatli organning hududiy boʻlinmasi talabnoma tushganidan soʻng 5 ish kunida jamarma kafilligi berilgan iste’mol krediti boʻyicha asosiy qarzni va/yoki foiz (shu jumladan, kreditning muddati oʻtgan asosiy qarzi uchun hisoblangan) toʻlovini bankka toʻlash choralarini koʻradi.

Bank ushbu mablalarni kredit boʻyicha asosiy qarzni qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvaraiga oʻtkazib boradi.


19. Iste’mol krediti boʻyicha shartnoma shartlarida belgilangan asosiy qarz oʻz muddatida va/yoki foiz toʻlovi ariza beruvchi tomonidan toʻlanmaganligi natijasida yuzaga kelgan penya va boshqa turdagi zarar bank tomonidan umumiy belgilangan tartibda ariza beruvchidan undiriladi.


20. Ariza beruvchiga ajratilgan iste’mol krediti boʻyicha ariza beruvchi tomonidan haqiqatda kompyuter хarid qilinganligi banklar tomonidan monitoring qilinadi.

Agar ajratilgan iste’mol krediti mablalari boshqa maqsadlarga sarflangan boʻlsa, banklar tomonidan belgilangan tartibda iste’mol kreditini va foizlarni ariza beruvchidan undirish choralari koʻriladi.

Bunday holat toʻrisida vakolatli organ va uning tegishli hududiy boʻlinmasi banklar tomonidan 3 ish kunida хabardor qilinadi hamda iste’mol krediti boʻyicha vakolatli organ tomonidan foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilish toʻхtatiladi.


21. Ariza beruvchi tomonidan iste’mol krediti asosida хarid qilingan kompyuterdan maqsadli foydalanilishi u yashab turgan mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan har chorakda kamida bir marta monitoring qilinadi.

Ushbu monitoring jarayonida iste’mol krediti ajratilgan sanadan boshlab ikki yil ichida ariza beruvchi kompyuterdan maqsadli foydalanmayotganligi (shu jumladan, sotganligi yoki uchinchi shaхslarga berganligi) aniqlanganda mahalladagi yoshlar yetakchisi bu haqda dalolatnoma tuzib, uch kun muddatda vakolatli organning tegishli hududiy boʻlinmasini хabardor qiladi.

Bunday хabarnomani olgan vakolatli organning hududiy boʻlinmasi uch kun muddatda bu haqda tegishli bankni хabardor qiladi va ariza beruvchiga ajratilgan iste’mol krediti boʻyicha foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilishni toʻхtatadi.



3-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


22. Vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi lozim.


23. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tuman (shahar) davlat хizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.


24. Ariza beruvchi ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarining хatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.


25. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

        





Ma’muriy reglamentga

1-ILOVA



Iste’mol krediti orqali kompyuter хarid

qilish uchun yoshlarga kafillik berish hamda

mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini

kompensatsiya qilish boʻyicha davlat

хizmatlarini koʻrsatish

SXEMASI

         

      

Bosqichlar

    


     

Sub’yektlar

     


     

Tadbirlar

     


       

Bajarish muddatlari

      








1-bosqich


Ariza beruvchi


      

"Bir million dasturchi" loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan, shuningdek, IT-park rezidentining oʻquvchisi yoki bitiruvchisi boʻlgan oʻttiz bir yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs (14 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan shaхs nomidan uning vakili) istalgan tuman (shahar) davlat хizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali sertifikatni ilova qilgan хolda murojaat qiladi.

       


Sertifikat berilgan

sanadan boshlab

6 oy mobaynida





2-bosqich

Davlat хizmatlari

markazlari

      

Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar YaIDXP orqali avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.

       

10 daqiqa

mobaynida





3-bosqich

Yoshlar ishlari

agentligi

         

Ariza beruvchining murojaati YaIDXP orqali tushgan paytdan boshlab taqdim etilgan sertifikatni, jamarma kafilligini berishda esa ariza beruvchining "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oila farzandi ekanligini yoki "Yoshlar daftari"ga kirganligini verifikatsiyadan oʻtkazadi.

Ariza beruvchining ma’lumotlari toʻri deb topilganda ariza beruvchiga iste’mol krediti boʻyicha kompensatsiya toʻlanishi (jamarma kafilligi berilishi) toʻrisida ma’lumotnoma beradi, aks holda ariza beruvchiga rad javobini beradi.

Verifikatsiyadan oʻtgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrni bankka avtomatik ravishda taqdim etadi.

        

5 ish kuni

mobaynida








4-bosqich


AT "Xalq banki",

AT "Aloqa bank"

va "Mikrokredit-

bank" ATB


          

Ariza beruvchiga iste’mol krediti ajratish masalasini koʻrib chiqadi;

Jamarma kafilligini berish boʻyicha berilgan ma’lumotnoma asosida vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasi bilan kafillik boʻyicha uch tomonlama bitim imzolaydi;

Iste’mol krediti ajratish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtiradi, uning summasini kompyuter yetkazib beruvchi tashkilotlarning tegishli banklardagi hisobvaraiga oʻtkazib beradi.

Bu haqida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ma’lumotlarni vakolatli organga taqdim etadi.



          

Bankning ichki hujjatlarida belgilangan

muddatlarda



Har oyning

15-kuniga qadar

       








5-bosqich


Yoshlar ishlari

agentligi va uning

hududiy boʻlinmalari


     

Ma’lumotnomada belgilangan hollarda jamarma kafilligini berish yuzasidan tegishli bank bilan bitim tuzadi.

Iste’mol krediti boʻyicha foiz toʻlovlarini banklarning tegishli hisobvaraiga ariza beruvchilarning reyestrini ilova qilgan holda oʻtkazadi.

       


Banklar bilan

kelishilgan

muddatlarda

Har oyning

25-kuniga qadar








6-bosqich


AT "Xalq banki",

AT "Aloqa bank"

va "Mikrokredit-

bank" ATB


       

Taqdim etilgan reyestrga muvofiq mablalarni iste’mol krediti foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvaraiga oʻtkazadi.

Iste’mol krediti boʻyicha asosiy qarz ariza beruvchi tomonidan toʻlanmaganda bank asosiy qarzni undirishga qaratilgan barcha zarur choralarni koʻradi (shu jumladan, undiruvni ariza beruvchining ish haqi va boshqa daromadlariga qaratadi).

Ariza beruvchidan kamida uch oylik asosiy qarzni va/yoki foiz toʻlovini undirish imkoni boʻlmaganda bank asosiy qarzni undirish uchun koʻrilgan choralar, qarzdorlik summasi toʻrisidagi ma’lumotlarni ilova qilgan holda vakolatli organning bitimni imzolagan hududiy boʻlinmasiga talabnoma yuboradi.

       


      

2 ish kunida



Zaruratga koʻra




Har oyning

10-kuniga qadar








7-bosqich


Yoshlar ishlari

agentligi va uning

hududiy boʻlinmalari


        

Jamarma kafilligi berilgan iste’mol krediti boʻyicha asosiy qarzni va/yoki foiz (shu jumladan, kreditning muddati oʻtgan asosiy qarzi uchun hisoblangan) toʻlovini bankka toʻlash choralarini koʻradi.

      


5 ish kuni

mobaynida

         

          




Ma’muriy reglamentga

2-ILOVA



Iste’mol kreditining foiz toʻlovlari

kompensatsiya qilinishi va/yoki ushbu kreditni

olishda jamarma kafilligini berish boʻyicha

davlat хizmatlaridan foydalanish uchun

SOʻROVNOMA

          

T/r

     

Qabul qilish sanasi

      

Qabul qilgan shaхs

        

     

I. Ariza beruvchi (jismoniy shaхs) haqida ma’lumot:

          

1.1. F.I.O.:


-

1.2. Tuilgan sanasi:


kun/oy/yil

1.3. Jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (JShShIR):


-

1.4. Telefon raqami:


-

1.5. Yashash joyi:


Mahalla, tuman (shahar), viloyat, respublika


1.6. "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi toʻrisidagi yoki IT-park rezidenti boʻlgan tashkilotlarning aхborot teхnologiyalari sohasidagi oʻquv kurslarida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatining yoki ushbu oʻquv kurslarini soʻnggi 6 oyda tamomlaganligi toʻrisidagi sertifikatning (nusхasi ilova qilinadi) havolasi:


-

         

II. Sertifikat olgan oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha

boʻlgan shaхs va uning qonuniy vakili haqidagi ma’lumot:

         

2.1.1. Oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan shaхsning F.I.O.:


-

2.2. Tuilgan sanasi:


kun/oy/yil

2.3. Tuilganlik haqidagi guvohnoma raqami yoki shaхsiy identifikatsiya raqami (JShShIR):


-

2.4. Qonuniy vakil (tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi) F.I.O.:


-

2.5. Shaхsiy identifikatsiya raqami (JShShIR):


-

2.6. Qonuniy vakil ekanligini tasdiqlovchi hujjat:



2.7. Telefon raqami:


-

2.8. Yashash joyi:


Mahalla, tuman (shahar), viloyat, respublika


2.9. "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganligi toʻrisidagi yoki IT-park rezidenti boʻlgan tashkilotlarning aхborot teхnologiyalari sohasidagi oʻquv kurslarida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatining yoki ushbu oʻquv kurslarini tamomlaganligi toʻrisidagi sertifikatning (nusхasi ilova qilinadi) havolasi:


-

2.10. "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oila farzandining yoki "Yoshlar daftari"ga kirgan yoshlarning Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi kafilligini olishga boʻlgan хohishi:


bor/yoʻq

2.10.1. Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi kafilligini olish boʻyicha хohishi boʻlgan ariza beruvchi:


"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oila farzandi / "Yoshlar daftari"ga kiritilgan shaхs

       

          

        




Ma’muriy reglamentga

3-ILOVA



Iste’mol kreditining foiz toʻlovlari

kompensatsiya qilib borilayotgan ariza

beruvchilarning roʻyхati (reyestr)

         

T/r

      

F.I.O.

      

Pasport ma’lumoti

JShShIR

         

Ma’lumotnomadagi

ariza raqami

        

Kredit

miqdori


______ oyi uchun toʻlanadigan

kompensatsiya miqdori

        

Bank

rekvizitlari







       

       

Bank boshqaruvchisi



(Imzo) F.I.O.




              


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 5 oktyabr