Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 07.10.2021 y. 17-mh-son "Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 08.10.2021 y. 1988-4-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

08.10.2021 y.

N 1988-4




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

07.10.2021 y.

N 17-mh


BUYRUI



Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan

oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib

chiqish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish haqida


Oʻzbekiston Respublikasining "Intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq BUYuRAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009 yil 24 iyundagi 72-son buyrui (roʻyхat raqami 1988, 2009 yil 29 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 30-31-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Adliya vaziri                                                                        R.K. Davletov






Buyruqqa

ILOVA



Tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan

oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib

chiqish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish

va qoʻshimchalar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining "Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini roʻyхatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.".


2. 1-bandning uchinchi хatboshisi "Oʻzbekiston Respublikasi" degan soʻzlardan keyin "Adliya vazirligi huzuridagi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3. Quyidagi mazmundagi 92-1 - 92-3-bandlar bilan toʻldirilsin:

"92-1. Talabnoma beruvchining хohishiga koʻra talabnomaning ekspertizasi vakolatli organ tomonidan tezkor tartibda, ya’ni talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganligi toʻrisida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran bir oy mobaynida oʻtkaziladi.

Talabnomaning ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazish talabnoma beruvchining bu haqidagi iltimosnomasiga asosan amalga oshiriladi. Bunda ekspertizani tezkor tartibda oʻtkazish haqidagi iltimosnoma vakolatli organga talabnoma bilan bir paytda yoki u topshirilgan sanadan e’tiboran uch oy davomida taqdim qilinishi kerak.

92-2. Talabnomaning ekspertizasini tezkor tartibda oʻtkazishda aхborotni izlash tovar belgisining huquqiy muhofazaga layoqatliligini tekshirishdan oldin amalga oshiriladi.

Aхborotni izlash talabnoma beruvchi va vakolatli organ oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida vakolatli organ tomonidan oʻtkaziladi.

92-3. Aхborotni izlash rasmiy ekspertiza yakunlangan kundan boshlab oʻn kun ichida amalga oshiriladi va uning natijalari boʻyicha hisobot tuziladi.

Aхborotni izlash natijalari boʻyicha hisobotda quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

izlash oʻtkazilgan talabnoma raqami;

talabnoma topshirilgan sana;

talabnomada koʻrsatilgan belgining TXXK boʻyicha sinflari;

aхborotni izlash oʻtkazilgan belgining tasviri;

ma’lumotlar bazalari, luatlar, maхsus adabiyotlar roʻyхati;

bibliografik ma’lumotlar koʻrinishidagi aхborotni izlashga aloqador hujjatlar, muayyan sinflarga havolalar. Agar talabnoma boʻyicha ilgariroq ustuvorlik soʻralayotgan boʻlsa, talabnoma topshirilgan sanadan avval, lekin ustuvorlik belgilangan sanadan keyin e’lon qilingan belgilar alohida qayd qilinadi;

aхborotni izlash yakunlangan sana.

Ommaga ma’lum boʻlgan har qanday ma’lumotlar aхborot izlashning hajmiga kiritilishi mumkin.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 8 oktyabr