Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021 y. 637-son "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi хonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.10.2021 y.

N 637




"TEMIR DAFTAR" VA "AYoLLAR DAFTARI"GA

KIRITILGAN OILALARNING FARZANDLARI

HAMDA "YoShLAR DAFTARI"GA KIRITILGAN

YaNGI TURMUSh QURGAN YoShLARNING YaKKA

TARTIBDAGI XONADONIDA QOʻShIMChA

UY-JOY QURISh UChUN GAROVSIZ KREDIT

AJRATISh TARTIBI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 13 iyuldagi PF-6260-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 13 iyuldagi PF-6260-son Farmoniga muvofiq "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida oʻz хonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun 33 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi хonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

"Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kirgan oilalarning farzandlari hamda "Yoshlar daftari"ga kirgan yoshlarning yangi turmush qurayotganda (keyingi oʻrinda - yoshlarning alohida toifasi) ajratiladigan kredit manbalarini shakllantirish tartibi;

kreditni yoshlarning alohida toifalariga garovsiz asosda ajratish tartibi;

yoshlarning alohida toifasiga nisbatan belgilanadigan, jumladan, 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan, yangi (ikkala tomon uchun birinchi marotaba) turmush qurgan, ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka krediti olmagan boʻlishi va boshqa muvofiqlik mezonlari;

yoshlarning alohida toifasiga ajratilgan kreditlar monitoringini olib borish va ulani qaytarish tartibi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qiskartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                              A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 13 oktyabr