Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2021 y. PQ-5259-son "Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

16.10.2021 y.

N PQ-5259



XALQARO ShARTNOMANI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



"Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:


1. 2021 yil 28 mayda Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yiilishida imzolangan Hamdoʻstlik ishtirokchi-davlatlarining geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash sohasidagi oʻzaro munosabatlari toʻrisida 1992 yil 9 oktyabrdagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi mazkur хalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.


3. Tashqi ishlar vazirligi mazkur хalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ toʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.


4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari ushbu хalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                               Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 16 oktyabr