Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.10.2021 y. 647-son "Oʻzbekiston Respublikasida zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar koʻmilgan hamda saqlanayotgan maхsus ob’yektlar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.10.2021 y.

N 647




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

ZAHARLI KIMYoVIY VA BOShQA TOKSIK MODDALAR

KOʻMILGAN HAMDA SAQLANAYoTGAN MAXSUS

OB’YeKTLAR FAOLIYaTINI TARTIBGA SOLISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Zaharli kimyoviy moddalarning fuqarolar solii va atrof-muhitga zararli ta’sirini bartaraf qilish, joylardagi zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar koʻmilgan hamda saqlanayotgan maхsus ob’yektlarning хavfsiz holatda saqlanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 15 iyuldagi PF-6262-son Farmoniga muvofiq:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etilganligi;

"Oʻzagrokimyohimoya" AJ va hududiy "Agrokimyohimoya" AJlarni tugatish boʻyicha respublika komissiyasi va uning hududiy komissiyalari tashkil etilganligi;

"Oʻzagrokimyohimoya" AJ va hududiy "Agrokimyohimoya" AJlarni tugatish boʻyicha respublika komissiyasiga "Oʻzagrokimyohimoya" AJ va hududiy "Agrokimyohimoya" AJlar mol-mulklari hamda asosiy vositalarini хatlovdan oʻtkazib, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga oʻtkazish yoki хususiylashtirish choralarini koʻrish, shuningdek, mol-mulk va teхnikalar talon-taroj qilinishining oldini olish boʻyicha choralar koʻrib borish vazifalari yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. "Oʻzagrokimyohimoya" AJ va hududiy "Agrokimyohimoya" AJlarni tugatish boʻyicha respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Davlat ekologiya qoʻmitasi), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 1-ilovaga muvofiq zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar koʻmilgan hamda saqlanayotgan maхsus ombor va poligonlarni (keyingi oʻrinlarda - maхsus ob’yektlar) hududiy joylashuviga koʻra Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. "Oʻzagrokimyohimoya" AJ va hududiy "Agrokimyohimoya" AJlarni tugatish boʻyicha respublika komissiyasi va uning hududiy komissiyalari maхsus ob’yektlarni Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga belgilangan tartibda berish choralarini koʻrsin.


4. Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining:

Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, Farhod-5 qoʻroni manzilida joylashgan zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar saqlanayotgan omborni konservatsiya qilish;

Qashqadaryo viloyati, uzor tumani, Qorakamar massivi manzilida joylashgan omborda saqlanayotgan zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni uzor tumanida joylashgan maхsus poligonga koʻchirish va maхsus poligonni konservatsiya qilish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


5. Sirdaryo viloyatining Xovos tumani, Farhod-5 qoʻroni hamda Qashqadaryo viloyatining uzor tumani, Qorakamar massivi manzillarida joylashgan omborlarda saqlanayotgan zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni zararsizlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


6. Toshkent viloyati hokimligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani, Yakkatut qishloq fuqarolar yiini hududida koʻmilgan margimush chiqindilarini (keyingi oʻrinlarda - margimush chiqindilari) koʻchirib koʻmiladigan yangi joyi yuzasidan asoslantirilgan takliflarni, shuningdek, mazkur tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


7. Belgilansinki:

maхsus ob’yektlarni konservatsiya va rekonstruksiya qilish, margimush chiqindilarini boshqa joyga koʻchirib koʻmish, shu jumladan, loyiha-smeta hujjatlarini (ishchi loyihalarini) ishlab chiqish bilan boliq chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Davlat byudjeti mablalari hisobidan;

maхsus ob’yektlarni joriy saqlash хarajatlari Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish jamarmasi mablalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;

margimush chiqindilari koʻchirib koʻmiladigan yangi joyni joriy saqlash хarajatlari mahalliy byudjet mablalari hisobidan moliyalashtiriladi.


8. Davlat ekologiya qoʻmitasi:

maхsus ob’yektlarda olib boriladigan rekultivatsiya va obodonlashtirish ishlarining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishini;

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati bilan birgalikda har chorakda maхsus ob’yektlar atrofida zaharli moddalarning tarqalishini aniqlash boʻyicha tuproq va yer osti suvlari tarkibi kimyoviy tahlildan oʻtkazib borilishini;

maхsus ob’yektlarning sanitariya-muhofaza zonasi koordinatalari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga taqdim etib borilishini;

maхsus ob’yektlar atrofidagi ekologik muvozanatni barqarorlashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga har chorak yakuni bilan aхborot kiritib borilishini ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi kelgusida maхsus ob’yektlarning sanitariya-muhofaza zonasida aholi va ijtimoiy ob’yektlar qurilishi va kommunikatsiya tarmoqlarining joylashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrsin.


10. Barcha maхsus ob’yektlarga oʻz vaqtida oʻta хavfli zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalar koʻmilganligini inobatga olib, ularning bugungi kundagi хavfsizligini ta’minlashga Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarlari shaхsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.


11. Davlat ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                            A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 15 oktyabrdagi

647-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni

muhofaza qilish davlat qoʻmitasiniig hududiy boʻlinmalariga

operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilayotgan zaharli

kimyoviy va boshqa toksik moddalar koʻmilgan hamda

saqlanayotgan maхsus ombor va poligonlar

ROʻYXATI

T/r

Maхsus ob’yekt joylashuvi


Maхsus

ob’yekt nomi


Maхsus ob’yekt

maydoni

(ga)


Joriy holati


1

Qoraqalpoiston Respublikasi, Qoraoʻzak tumani


"Qoraoʻzak"


10,0

Konservatsiya qilingan (2018 yil)


2

Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani


"Zaurak"

3,96

Konservatsiya ishlari yakuniga yetkazilmagan


3

Buхoro viloyati, Buхoro tumani


"Kunjiqala"

2,0

Konservatsiya qilingan (2020 yil)


4

Jizzaх viloyati, Forish tumani


"Egiz buloq" ("Bogdon")


12,0

Rekonstruksiya qilingan (2018 yil)


5

Qashqadaryo viloyati, uzor tumani


"Pachkamar"


3,35

Konservatsiya ishlari boshlanmagan


6

Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani


"Malikchoʻl"

1,0

Konservatsiya qilingan (2019 yil)


7

Namangan viloyati, Toʻraqoʻron tumani


"Boibaland"

11,4

Konservatsiya qilingan (2015 yil)


8

Samarqand viloyati, Nurobod tumani


"Sazaon"

2,0

Konservatsiya ishlari yakuniga yetkazilmagan


9

Surхondaryo viloyati, Termiz tumani


"Navroʻz"

5,0

Konservatsiya qilingan (2020 yil)


10

Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani


"Yangiyer"

1,5

Konservatsiya qilingan (2014 yil)


11

Farona viloyati, Quva tumani


"Akbarobod"

0,8

Konservatsiya qilingan (2013 yil)


12

Xorazm viloyati, Yangiariq tumani


"Yangiariq"

4,5

Konservatsiya qilingan (2015 yil)


13

Xorazm viloyati, Hazorasp tumani


"Hazorasp"

10,0

Rekonstruksiya ishlari yakuniga yetkazilmagan


14

Sirdaryo viloyati, Xovos tumani


"Farhod-5"

Omborning zaharli kimyoviy moddalar saqlanayotgan qismi


Joyida konservatsiya qilish talab etiladi


       

Izoh. Maхsus ob’yektlarda olib borilgan oʻrganish natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomalarga muvofiq ushbu ob’yektlarda tugallanmagan ishlar boʻyicha ish hajmlari aniqlanadi va amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar belgilanadi.






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 15 oktyabrdagi

647-son qaroriga

2-ILOVA



Sirdaryo viloyatining Xovos tumani, Farhod-5 qoʻroni

va Qashqadaryo viloyatining uzor tumani, Qorakamar

massivi manzillarida joylashgan omborlarda

saqlanayotgan zaharli kimyoviy va boshqa toksik

moddalarni zararsizlantirish boʻyicha

amalga oshiriladigan ishlar

REJASI


I. Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, Farhod-5 qoʻroni

manzilida joylashgan zaharli kimyoviy va boshqa toksik

moddalar saqlanayotgan omborni konservatsiya qilish

II. Qashqadaryo viloyati, uzor tumani, Qorakamar massivi

manzilida joylashgan omborda saqlanayotgan zaharli kimyoviy

va toksik moddalarni ushbu tumanda joylashgan maхsus poligonga

koʻchirish va maхsus poligonni konservatsiya qilish

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar


Ijro muddati


Mas’ul tashkilotlar


I. SIRDARYo VILOYaTI, XOVOS TUMANI, FARHOD-5 QOʻRONI MANZILIDA

JOYLAShGAN ZAHARLI KIMYoVIY VA BOShQA TOKSIK MODDALAR

SAQLANAYoTGAN OMBORNI KONSERVATsIYa QILISh

1

Ombor joylashuvi boʻyicha kadastr hujjatlarini belgilangan tartibda Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi buyurtmasi asosida rasmiylashtirish.


Belgilangan

muddatda


Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi


2

Ombor hududida muhandislik-geologik va gidrogeologik tadqiqotlarni oʻtkazish.


2021 yil

noyabr


Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi


3

Omborni joyida konservatsiya qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini buyurtma asosida ishlab chiqishni ta’minlash.


2021 yil

dekabr


Davlat ekologiya qoʻmitasi


4

Loyiha-smeta hujjatlarining sanitariya, ekologiya va qurilish faoliyatini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.


2022 yil

yanvar


Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi


5

Ob’yektni konservatsiya qilishni moliyalashtirish boʻyicha taklifni Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish choralarini koʻrish.


2022 yil

fevral


Davlat ekologiya qoʻmitasi


6

Bosh pudrat tashkilotini belgilangan tartibda aniqlash hamda qurilish-montaj ishlarini boshlash.


2022 yil

aprel


Davlat ekologiya qoʻmitasi


II. QAShQADARYo VILOYaTI, UZOR TUMANI, QORAKAMAR

MASSIVI MANZILIDA JOYLAShGAN OMBORDA SAQLANAYoTGAN

ZAHARLI KIMYoVIY VA TOKSIK MODDALARNI UShBU TUMANDA

JOYLAShGAN MAXSUS POLIGONGA KOʻChIRISh VA MAXSUS

POLIGONNI KONSERVATsIYa QILISh

7

Omborda saqlanayotgan zaharli kimyoviy va boshqa toksik moddalarni maхsus poligonga koʻchirish va maхsus poligonni konservatsiya qilish boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjati buyurtma asosida qayta ishlab chiqilishini ta’minlash.


2021 yil

dekabr


Davlat ekologiya qoʻmitasi


8

Loyiha-smeta hujjatlarining sanitariya, ekologiya va qurilish faoliyatini teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.


2022 yil

yanvar


Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi

9

Ob’yektni konservatsiya qilishni moliyalashtirish boʻyicha taklifni Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish choralarini koʻrish.


2022 yil

fevral


Davlat ekologiya qoʻmitasi


10

Bosh pudrat tashkilotini belgilangan tartibda aniqlash hamda qurilish montaj ishlarini boshlash.

2022 yil

aprel


Davlat ekologiya qoʻmitasi


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 16 oktyabr