Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.10.2021 y. 649-son "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.10.2021 y.

N 649




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIY

MEROS AGENTLIGI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 6 apreldagi PF-6199-son Farmoni hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 19 iyundagi PQ-5150-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) huquqiy maqomi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va funksiyalari;

Agentlik faoliyatini tashkil etish tartibi;

Agentlikning huquqlari va javobgarligi, oʻz tarkibiy boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilishi;

Agentlik rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligi;

Agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari;

Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash, uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi bir oy muddatda:

ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomdan kelib chiqib Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmalari toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                    A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 16 oktyabr