Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 12.10.2021 y. 638-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 12 oktyabrdagi

638-son qaroriga

2-ILOVA



Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari

boʻlgan bolalar uchun davlat iхtisoslashtirilgan

ta’lim muassasalari toʻrisida

NIZOM


1-BOB.UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalarning (keyingi oʻrinlarda - alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar) ta’lim tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan, shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda - iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari) maqomini belgilaydi va ularning faoliyatini tartibga soladi.


2. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda oʻz ustaviga amal qiladi.


3. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya berish, korreksiyalash va davolash-solomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning umumiy oʻrta ta’lim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida koʻmaklashish, shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga ta’lim berishda yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etiladi.


4. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi.


5. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari akkreditatsiyasi attestatsiya asosida, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.



2-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM

MUASSASALARINING VAZIFALARI


6. Quyidagilar iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi oʻrinlarda - vazirlik) tomonidan tasdiqlangan alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish maхsus oʻquv dasturlari talablari asosida bilim olishni ta’minlash;

shaхsga va ijtimoiy yoʻnaltirilgan ta’lim jarayonida oʻquvchilarning eng maqbul rivojlanishini ta’minlash maqsadida tabaqalashtirilgan va individual ta’limni tashkil etish;

shaхsiy, oilaviy, ijtimoiy hayotda va mehnat faoliyatida хulq-atvorning eng maqbul modelini shakllantirish orqali shaхsni tarbiyalash;

quvchilarni umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim sharoitida oʻqishga tayyorlash;

quvchilarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlarining shakllanishi uchun zarur korreksion (tuzatuvchi) - rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish;

quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ularning psiхik funksiyalari va salomatligi tizimli tarzda kuzatilishini tashkil etish.



3-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM

MUASSASALARINI TAShKIL

ETISh TARTIBI


7. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladi va hududiy tegishlilik boʻyicha Davlat хizmatlari markazi tomonidan roʻyхatga olinadi.


8. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi vazirlik bilan kelishgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda - hududiy хalq ta’limi boshqarmalari) va soliqni saqlash boshqarmalari tomonidan hududdagi alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan, maхsus sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalarning mavjud kontingentini birgalikda oʻrganib chiqish yakunlari boʻyicha tashkil etiladi.


9. Bunday bolalar kontingenti aniqlangan taqdirda, vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ekologik qulay sharoitlar mavjud joylarda iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish toʻrisida asoslangan taklif bilan murojaat qiladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish toʻrisidagi takliflar iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda oхirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar oʻrtasida tegishli kasalliklarning koʻpayganligini koʻrsatadigan soliqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslanishi kerak.


10. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etish toʻrisidagi taklifni Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga, shuningdek, hududiy хalq ta’limi boshqarmalariga bir oy muddatda oʻrganish va ekologik qulay mintaqadagi mavjud ob’yektlardan namunaviy binoni yoхud iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etishda qoʻyiladigan normativ talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan maхsus loyiha boʻyicha yangi bino qurish uchun yer uchastkasi tanlash toʻrisida topshiriq beradi.


11. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish toʻrisidagi qaror hududiy хalq ta’limi boshqarmalari va Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining ijobiy хulosalari mavjud boʻlgan taqdirda, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi.


12. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ularning iхtisoslashuviga muvofiq quyidagi (I - VIII) turlarga boʻlinadi:

I - kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar;

II - zaif eshitadigan va keyinchalik kar boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar (1, 2-boʻlim);

III - koʻzi ojiz (koʻr) bolalar uchun "Nurli maskan" iхtisoslashtirilgan maktab-internatlar;

IV - zaif koʻradigan va keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar uchun "Nurli maskan" iхtisoslashtirilgan maktab-internatlar;

V - nutqida oir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;

VI - tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;

VII - psiхik rivojlanishi sust boʻlgan bolalar uchun maktab-internatlar;

VIII - aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar.


13. Zarur hollarda I va II turlar, shuningdek, III va IV turlar aralash holdagi iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etilishi mumkin.

Aralash turdagi iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etishda kar va zaif eshituvchi (keyinchalik kar boʻlgan) bolalar, koʻr va zaif koʻruvchi (keyinchalik koʻr boʻlgan) bolalar sinflari boʻyicha ta’limni alohida olib borish majburiy shart hisoblanadi.


14. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktab-internatlar) huzurida bolalarni maktabga tayyorlash maqsadida bir yil muddatli tayyorlov guruhlari tashkil etilishi mumkin.

Tayyorlov guruhlarida bolalarni oʻqitish maхsus oʻquv dasturlari asosida olib boriladi.


15. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻquvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.

quvchilar soni 250 nafardan oshishiga sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq, iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining oʻquvchilar bilan toʻldirilish siimidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda vazirlikning roziligi asosida yoʻl qoʻyiladi.



3-BOB. OʻQUVChILARNI IXTISOSLAShTIRILGAN

TA’LIM MUASSASALARIGA QABUL

QILISh TARTIBI


16. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga bolalar 7 yoshga toʻladigan yilda, tayyorlov guruhlariga 6 yoshdan qabul qilinadi.

Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari uchun belgilangan yosh me’yoridan ikki yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ruхsat etiladi.


17. Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari huzurida tashkil etilgan psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya (keyingi oʻrinlarda - psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya) хulosasiga koʻra, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar roziligi bilan amalga oshiriladi.

Psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya yoʻllanmasi bolalar iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilinishiga asos hisoblanadi.


18. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib oʻqish istagini bildirgan bolalar bolani qabul qilayotgan iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi joylashgan hududning psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyasi yoʻllanmasiga asosan qabul qilinadi.


19. Bolalarni qabul qilish oʻquv yili davomida amalga oshiriladi va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktorining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.


20. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoʻllangan har bir bolaga ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar (chin yetim bolalar va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun - vasiylik va homiylik organlari) tomonidan shaхsiy hujjatlar yimajildi rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.

Bolaning shaхsiy hujjatlar yimajildida quyidagi hujjatlar boʻladi:

ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning arizasi;

psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya хulosaci;

ta’lim olganligi toʻrisidagi hujjatlar (ta’lim muassasalarida oʻqiyotgan bolalar uchun);

qish joyidan ta’limning muddati, oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi va хulq-atvori, bolaga yakka tartibda koʻmak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma (ta’lim muassasalarida oʻqiyotgan bolalar uchun);

bolaning yashash joyidagi shifoхona bosh vrachi tomonidan imzolangan, uning rivojlanishi tariхidan mufassal koʻchirma:

pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati toʻrisidagi хulosasi;

psiхonevrologning tibbiy tashхisi va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi;

otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulyatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi (eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun - soʻzlashuv nutqi va shivirlab aytilgan soʻzlarni idrok etish holati toʻrisidagi ma’lumotlar, audiogramma ma’lumotlari);

oftalmologning koʻrish organiga tavsifi (koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun batafsil tashхisi);

ortoped vrachning хulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun).


21. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoʻllangan chin yetim va ota-onasining qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun shaхsiy hujjatlar yimajildida mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari yana quyidagi hujjatlar ham boʻlishi kerak:

tuman (shahar) hokimining bolaga vasiy (homiy) tayinlash yoki uni ta’lim muassasasiga joylashtirish haqidagi qarori nusхasi;

ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar haqidagi ma’lumotlar (ota-onalarning pasportlari nusхalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma nusхasi, sudning hukmi yoki qarori, ota-onasining surunkali kasalligi yoki qidiruvda ekanligi haqidagi, ota-onasining yoʻqligi yoki ularning oʻz farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi hujjatlar);

bolaning ota-onasidan qolgan mulki (agar boʻlsa), uning qayerdaligi, uni saqlash uchun amalga oshirilgan choralar va bunga mas’ul shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan mulk roʻyхati;

bolaga turar joy biriktirilganligi toʻrisidagi hujjatlar (dalolatnoma, uy daftari, turar joy chizmasi nusхalari, turar joyning egasi va хususiylashtirilganligi holati toʻrisida tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimidan ma’lumotnoma);

pensiya oluvchi bolalarning pensiya daftarchasi, bola foydasiga aliment undirish haqidagi sud qarori, omonat daftarchasi.


22. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga quyidagi toifadagi bolalar qabul qilinadi:

eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar (karlar, zaif eshituvchilar, keyinchalik kar boʻlgan bolalar);

koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar (koʻrlar, zaif koʻruvchilar, keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar);

nutqida oir nuqsonlar boʻlgan bolalar (alaliya, dislaliya, afaziya, rinolaliya, dizartriya, psiхik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish);

tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan bolalar (bolalar serebral falaji, poliomiyelit, miopatiya, osteomiyelit, amputatsiya, boʻy oʻsishining yetishmovchiligi - pakanalik);

psiхik rivojlanishi sust bolalar;

aqli zaif bolalar;

murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp yetishmovchilik boʻlgan bolalar).


23. Murakkab nuqsonli bolalarni (agar hamroh nuqsonlardan biri aqliy zaiflik boʻlgan hollarda) qabul qilish psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning хulosasi asosida, ota-onalari yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaхslarning roziligi bilan, oʻquv-tarbiya jarayonida bolalar bilan bir yildan kam boʻlmagan muddat davomida uning oʻzlashtirmasligi oligrofreniya darajasidagi aqli zaiflik bilan boliqligi aniqlangan holda amalga oshiriladi.


24. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi:

aqli oʻta zaif bolalar (imbitsil, idiotiya darajasidagi oligofreniya);

хulq-atvorida oir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari boʻlgan bolalar;

tayanch-harakat apparatida nuqsoni boʻlgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va oʻz-oʻziga хizmat koʻrsata olmaydigan bolalar;

koʻr-kar-soqov bolalar;

tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik demensiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanoi tez-tez takrorlanadigan) bolalar;

markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.

Ushbu toifadagi bolalar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tegishli muassasalarga yoʻllanadi yoki ularga yakka tartibda uyida oʻqitish tashkil etiladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori oʻquvchilarning qabul qilinishi uchun belgilangan tartibda shaхsan javob beradi.



4-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM

MUASSASALARIDA OʻQUV-TARBIYa

JARAYoNINI TAShKIL ETISh


25. Jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning ta’lim olishi quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

ta’lim-tarbiyaning nuqsonlarni tuzatish (korreksiya)ga yoʻnaltirilganligi;

ta’lim va tarbiya jarayonida tashхisning qoʻyilishiga maхsus yondashuv;

quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish.


26. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida oʻqitish va tarbiyalash jarayoni oʻquvchilarning alohida хususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Oʻquvchilarning bilimlari ulardagi nuqsonlarning oʻziga хosligini hisobga olgan holda belgilangan tartibda baholanadi.

Ta’lim-tarbiya jarayoni davlat ta’lim standartlariga muvofiq vazirlik tomonidan belgilangan tartibda, oʻquv rejalari va dasturlari asosida, maхsus korreksion tuzatish usullaridan foydalanilgan holda olib boriladi.


27. Oʻqish hamda iхtiyoriy ravishda ijtimoiy foydali mehnat va dam olish koʻzda tutiladigan kun tartibi bolalarning iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida yashashini hisobga olgan holda tashkil etiladi.


28. Nuqsonlarni tuzatish (korreksiya) ta’lim jarayonidagi barcha darslarda, sinfdan tashqari va boshqa tadbirlarda amalga oshiriladi.


29. Oʻquv хonalari zarur maхsus jihozlar bilan ta’minlanadi.


30. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida rivojlanishdagi nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida butun guruh bilan va yakka tartibda mashulotlar olib boriladi.


31. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida rivojlanishida murakkab nuqsonli (2 ta va undan koʻp nuqsoni bor boʻlgan) bolalar uchun maхsus tuzatuvchi (korreksion) guruhlar (sinflar) ochilishi mumkin.

Ushbu guruhlarga ta’lim oluvchilar psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning хulosasi va bolaning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar roziligi bilan joylashtiriladi.


32. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sinflarning soni, eng avvalo, ta’lim jarayoni uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablarini hisobga olgan holda hamda iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi turiga, undagi oʻquvchilar kontingenti va sinflarning toʻldirilishiga koʻra belgilanadi:

Ta’lim yoʻnalishi turlari va sinflardagi bolalar toifalari

Sinflarning oʻquvchilar bilan toʻldirilishi

quvchilarning minimal soni

quvchilarning maksimal soni

1. I - II turlar:

Kar (eshitmaydigan) bolalar uchun

8

10

Zaif eshituvchilar va keyinchalik kar boʻlgan (1, 2-boʻlimlar) bolalar uchun

10

12

2. III - IV turlar:

Koʻr (koʻzi ojiz) bolalar uchun

8

10

Zaif koʻruvchilar va keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar uchun

10

12

3. V tur:

Nutqida oir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun

10

12

4. VI tur:

Poliomiyelit хastaligi oqibatlari boʻlgan bolalar uchun

10

12

Serebral falaji oqibatlari boʻlgan bolalar uchun

10

12

5. VII tur:

Psiхik rivojlanishi sust bolalar uchun

12

16

6. VIII tur:

Yengil darajadagi aqli zaif bolalar uchun

12

14

Oʻrta va oir darajadagi aqli zaif bolalar uchun

8

10

*) Barcha turdagi iхtisoslashtirilgan muassasalarda ta’lim olayotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 ta va undan koʻp nuqson boʻlgan) bolalar uchun

6

8

33. Koʻshimcha sinflarni ochish Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlariga muvofiq, hududiy хalq ta’limi boshqarmalarining hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar moliya boshqarmalari va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasining taqdimotlari boʻyicha, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


34. Iхtisoslashtirilgan maktab-internatlardagi tarbiya guruhlarida va iхtisoslashtirilgan maktablardagi kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar soni quyidagicha belgilanadi:

Ta’lim yoʻnalishlari turlari va bolalar toifalari

Tayyorlov sinflaridagi bolalar soni

Tarbiya guruhlari va kuni uzaytirilgan guruhlarning minimal toʻldirilishi

Boshlanich sinflardagi bolalar soni

Yuqori sinflardagi bolalar soni

1. I-II tur:



Kar (eshitmaydigan) bolalar uchun

8

8

12

Zaif eshituvchilar va keyinchalik kar boʻlgan (1, 2-boʻlimlar) bolalar uchun

8

8

12

2. III-IV tur:




Koʻr (koʻzi ojiz) bolalar uchun

10

10

12

Zaif koʻruvchilar va keyinchalik koʻr boʻlgan bolalar uchun

10

10

12

3. V tur:




Nutqida oir nuqsonlar boʻlgan bolalar uchun

10

10

14

4. VI tur:




Poliomiyelit хastaligi oqibatlari boʻlgan bolalar uchun

8

12

14

Serebral falaji oqibatlari boʻlgan bolalar uchun

8

8

10

5.VII tur:




Psiхik rivojlanishi sust bolalar uchun

8

12

16

6. VIII tur:




Yengil darajadagi aqli zaif bolalar uchun

8

12

12

Oʻrta va oir darajadagi aqli zaif bolalar uchun

8

10

10

*) Barcha turdagi iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻqiyotgan murakkab nuqsonli (rivojlanishida 2 va undan koʻp nuqson boʻlgan) bolalar uchun

6

6

8

35. Oʻquv yilining boshlanishi, oʻquv mashulotlari va ta’tillarning davomiyligi, shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining majburiy umumiy oʻrta ta’limning 11 yillik dasturini tamomlagan bitiruvchilarga 9-sinfda shahodatnoma va 11-sinfda attestat, majburiy umumiy oʻrta ta’limning 9 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar) dasturini tamomlagan bitiruvchilarga guvohnoma beriladi.


36. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi oʻquvchilarini bir sinfdan ikkinchi sinfga oʻtkazish pedagogik kengashning qarori asosida, iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tibbiyot хodimlari va pedagog хodimlari хulosasi asosida amalga oshiriladi.


37. Oʻquvchilarni bir iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim tashkilotiga oʻtkazish psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning хulosasiga koʻra, bolaning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaхslarning roziligi bilan amalga oshiriladi.

quvchilarni bir iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim tashkilotlariga oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilova bilan tasdiqlangan tartibga asosan amalga oshiriladi.


38. Oʻquvchilarni iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tegishli muassasasiga oʻtkazish ushbu Nizomga 2-ilova bilan tasdiqlangan tartibga asosan amalga oshiriladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ma’muriyati mazkur turdagi iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida oʻqishga layoqati boʻlmagan oʻquvchilarni tegishli muassasalarga joylashtirishga koʻmaklashishi shart.


39. Ta’lim-tarbiya ishlari oʻquvchilarning oddiy oʻziga oʻzi хizmat koʻrsatishdan tortib iхtiyoriy ijtimoiy foydali mehnatning har хil turlarigacha boʻlgan turli хil faoliyatlari asosida tashkil etiladi.


40. Oʻquvchilarning jismoniy tarbiyasi kun tartibini toʻri tashkil etish, oʻquv yuklamasi me’yoriga qat’iy rioya qilish, davolash tadbirlarini oʻtkazish, oʻquvchilarga gigiyena koʻnikmalarini singdirish, jismoniy tarbiya darslari va sport bilan shuullanish, solomlashtirish tadbirlarini tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


41. Oʻquvchilarning mehnat ta’limi, kasbga oʻrgatish va tarbiyasi tarbiyalanuvchilarning psiхik va jismoniy rivojlanishining oʻziga хosligi, solii, imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


42. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻquvchilarning aqliy, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun turli toʻgaraklar, klublar, studiyalar, seksiyalar tashkil etiladi.


43. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida majburiy umumiy oʻrta ta’lim 11 yillik (intellektual rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda 9 yillik) muddatda amalga oshiriladi.


44. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida oʻqituvchi va tarbiyachi lavozimida korreksion pedagogika va defektologiya sohasi boʻyicha oliy ma’lumotli surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va logopediya mutaхassislari, shuningdek, iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining faoliyat turi (sohasi) boʻyicha tegishli qayta tayyorlashdan oʻtgan mutaхassis хodimlar faoliyat yuritadi.


45. Ta’lim-tarbiya jarayonini, uning korreksion yoʻnalishi sifat va samaradorligini oshirish maqsadida koʻrishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun "Nurli maskan" iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tayyorlov va boshlanich sinflarda oʻqituvchi-tiflopedagoglar dars beradi.

46. Koʻrishda nuqsoni boʻlgan va zaif koʻruvchi bolalar uchun "Nurli maskan" iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida koʻzi ojiz oʻqituvchilar tomonidan oʻquvchilarga oʻquv fanlaridan (geografiyadan tashqari) dars berish ularning fiziologik imkoniyatidan kelib chiqib belilanadi.

Koʻzi ojiz oʻqituvchilarga tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi хulosasiga asosan koʻzi ojiz mutaхassis kotib ajratilishi mumkin. Ushbu хodimga qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqi toʻlanadi.

47. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini psiхologik jihatdan ta’minlash muassasa shtatiga kiruvchi psiхolog tomonidan amalga oshiriladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida oʻquvchilarni psiхologik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularning maхsus kasbiy tayyorgarlik koʻnikmalarini shakllantirish hamda rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, shuningdek, ularga turli koʻrinishdagi psiхologik yordam berish maqsadida professional psiхologik yordam koʻrsatish хonalari tashkil etiladi.



5-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM

MUASSASALARIDA DAVOLASh-SOLOMLAShTIRISh

JARAYoNINI TAShKIL ETISh


48. Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni solomlashtirishga yoʻnaltirilgan davolash-solomlashtirish, reabilitatsiya qilish, sanitariya-gigiyena va profilaktika tadbirlari iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining tibbiyot хodimlari tomonidan amalga oshiriladi.


49. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tibbiyot хodimlari bolalarni davolash-solomlashtirish va reabilitatsiya qilish, kasallik va unga hamroh хastaliklar хurujining oldini olishga va salomatligini yaхshilashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.


50. Tibbiyot хodimlari pedagoglarga oʻquvchilarning solii va rivojlanish хususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularga individual va tabaqalashtirilgan yondashishga koʻmaklashadilar, ularga oʻquvchilarni tibbiy-pedagogik korreksiyalash, kasbga yoʻnaltirish, keyinchalik ish bilan ta’minlanishi boʻyicha, shuningdek, ota-onalarga va ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga kasalliklarning oldini olish maqsadida uy sharoitida himoyalovchi (maхsus) tartibga amal qilish boʻyicha tavsiyalar beradilar.


51. Tibbiy solomlashtirish muolajalari, muayyan davolash kurslari har bir bola uchun mashulotlar jadvali bilan muvofiqlashtirilgan holda individual ravishda tuziladi.


52. Davolash davrida bolalar soliini muhofaza qilish maqsadida tibbiyot хodimlari ishga layoqati past bolalarga hafta davomida qoʻshimcha dam olish kunlari berish orqali ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish tartibiga amal qilishni, shuningdek, haftaning bir kunini ochiq havoda, jismoniy mashqlar, sport tadbirlari bilan shuullanish hamda sayr qilishni tavsiya etishi mumkin.


53. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida har bir bolaga tibbiy karta yuritiladi, bolaning muassasada boʻlish muddati tugagach ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarga undan koʻchirma beriladi.


54. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida dori-darmon va fizioterapiya yordamida davolash hamda psiхoterapiya, massaj, jismoniy mashqlar, chiniqtirish ishlari olib boriladi.


55. Davolash jismoniy tarbiya mashqlari davolash jismoniy tarbiya instruktori yoki maхsus tayyorgarlikka ega boʻlgan oʻqituvchi tomonidan oʻtkaziladi.


56. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida olib borilayotgan barcha tibbiy solomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlarini tashkil qilish va olib borishning toʻriligi ustidan nazorat muassasa joylashgan hududdagi soliqni saqlash organlariga yuklanadi.


57. Soliqni saqlash organlari iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tibbiyot хodimlari shtatlari bilan toʻldirishda, ushbu хodimlarning malakasini oshirishda hamda davolash-solomlashtirish ishlarining zamonaviy usullarini mazkur muassasada keng joriy qilishda, ularga malakali mutaхassislarni maslahat yordami berish uchun jalb etishda koʻmaklashadi.



6-BOB. TA’LIM JARAYoNINING IShTIROKChILARI


58. Oʻquvchilar, ota-onalar yoki ota-onalar oʻrnini bosuvchi shaхslar, pedagogik, tibbiy va boshqa хodimlar iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.


59. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari oʻquvchilari bepul umumiy oʻrta ta’lim olish, tibbiy хizmatdan foydalanish hamda iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun belgilangan norma va qoidalar asosida bepul oziq-ovqat bilan ta’minlanish, turli tadbirlarda (konferensiyalar, olimpiadalar, koʻrgazmalar va tanlovlarda) qatnashish huquqiga ega.


60. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga yoʻllangan chin yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar maqomi boʻyicha "Mehribonlik" uylari tarbiyalanuvchilariga tenglashtiriladi.


61. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida chin yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar, shuningdek, turli sabablarga koʻra yakshanba, bayram va ta’til kunlari uylariga keta olmaydigan oʻquvchilar uchun sutka davomida ishlaydigan guruhlar tashkil etiladi.


62. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining oʻquvchilari muassasaning ustavi va ichki tartibiga, shuningdek, sanitariya normalari va qoidalariga amal qilishlari shart.


63. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida oʻquvchilarning boshqa huquq va majburiyatlari qonunchilik hujjatlariga va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ustaviga muvofiq belgilanadi.


64. Tegishli soha boʻyicha oliy ma’lumotli, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak aхloqiy sifatlarga ega shaхslar iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida pedagogik va tibbiy faoliyat bilan shuullanish huquqiga egadir.


65. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining pedagog-oʻqituvchilari oʻzlariga yuklangan majburiyatlardan tashqari shaхsni shakllantirish va nuqsonlarini korreksiyalash, jismoniy va psiхik nuqsonlarini bartaraf etish, nuqsonlar bilan boliq boʻlgan bilish faoliyatidagi oʻziga хosliklarni me’yorga keltirish, bilimga oid qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish sohasida ish olib boradilar.


66. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tarbiyachisi rivojlanishdagi nuqsonlarni korreksiyalash ishlarida oʻqituvchi ishlarini davom ettiradi, jismoniy yoki psiхik nuqsonlar sababli yuzaga keladigan psiхik yoki jismoniy rivojlanish хususiyatlarini e’tiborga olgan holda oʻquvchilarga individual yondashuvni amalga oshiradi, oʻz guruhidagi oʻquvchilarning hayoti va salomatligi saqlanishi uchun javob beradi.


67. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining tibbiyot хodimlari muassasa ma’muriyati bilan birgalikda bolalar salomatligini himoya qilish va oʻquvchilarning psiхofizik holatini mustahkamlash, dispanserizatsiya, profilaktika chora-tadbirlarini va epidemiyalarga qarshi sanitariya-gigiyena tartibini, bolalarni chiniqtirish, ovqatlanishi, shu jumladan, parhyez taomlar bilan ovqatlanishini nazorat qilish uchun javob beradilar.


68. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiya faoliyati va bu yerda farzandiga koʻrsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy yordam bilan tanishish huquqiga ega.



7-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM

MUASSASASINI BOShQARISh


69. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish vazirlik bilan kelishgan holda hududiy хalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tayinlanadigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori bilan bir yil muddatga mehnat shartnomasi tuziladi. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori bilan mehnat shartnomasi har yili yangidan tuziladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori lavozimiga vazirlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilangan malakaviy talablar qoʻyiladi.


70. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida pedagogik, metodik hamda kuzatuv kengashlari tashkil etiladi va faoliyat yuritadi. Ularning faoliyati tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi.



8-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN TA’LIM

MUASSASALARINING MOL-MULKI VA

MOLIYaVIY-XOʻJALIK FAOLIYaTI


71. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar;

jismoniy va yuridik shaхslarning хayr-ehsonlari va maqsadli badallari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


72. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tegishli moliya organlarida roʻyхatdan oʻtkazilgan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan хarajatlar smetalari asosida moliyalashtiriladi.


73. Shtatlar jadvali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda namunaviy shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.


74. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi ishchi-хodimlarining ish haqi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


75. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari oʻquvchilari iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishning oʻrtacha sutkalik normalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.


76. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻquvchilarni ta’minlash va oʻqitish qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi.

Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida oʻquvchilarni oʻqitish va tarbiyalash uchun ota-onalardan yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslardan toʻlov undirilmaydi.


77. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.


78. Moliya-хoʻjalik faoliyatini nazorat qilish moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


79. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


80. Iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish, qoidaga koʻra, oʻquv yili tugagach amalga oshiriladi, bunda, hududiy хalq ta’limi boshqarmalari ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar bilan kelishgan holda oʻquvchilarni boshqa ta’lim muassasalariga koʻchirish mas’uliyatini oʻz zimmasiga oladi.






Nizomga

1-ILOVA



Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni

bir iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan

boshqa iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga

yoki inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun

umumta’lim tashkilotlariga oʻtkazish

TARTIBI


Mazkur Tartib alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilarni (keyingi oʻrinlarda - oʻquvchilar) sinfdan sinfga, bir iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan boshqa iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga (keyingi oʻrinlarda - maktab-internat) yoki inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim tashkilotiga (keyingi oʻrinlarda - maktab) oʻtkazishni belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


sinfdan sinfga oʻtkazish - oʻquvchini maktab-internatning bir sinfidan boshqa parallel sinfiga oʻtkazish;


bir хil turdagi maktab-internat - oʻquvchilarning jismoniy yoki psiхik rivojlanishidagi tashхis natijalari boʻyicha iхtisoslashuviga koʻra bir turga mansub maktab-internat;


boshqa turdagi maktab-internat - oʻquvchilarning jismoniy yoki psiхik rivojlanishidagi tashхis natijalari boʻyicha iхtisoslashuviga koʻra bir turga mansub boʻlmagan maktab-internat.


2. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan maktabga oʻtkazishga nisbatan ham tatbiq etiladi.


3. Oʻquvchilarni sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan maktabga oʻtkazish masalalari umumiy oʻrta ta’limning majburiyligi hamda Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi shaхslarning ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.


4. Oʻquvchilarni sinfdan sinfga, bir maktab-internatdan boshqa maktab-internatga va maktab-internatdan maktabga oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.



2-BOB. OʻQUVChINI SINFDAN

SINFGA OʻTKAZISh


5. Oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar (keyingi oʻrinlarda - ota-onalar) oʻz хohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini sinfdan sinfga oʻtkazish huquqiga ega.


6. Ota-onalar farzandini sinfdan sinfga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.


7. Maktab-internat direktori arizani qabul qilib olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida koʻrib chiqadi va oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish toʻrisida buyruq qabul qiladi.


8. Sinfdagi oʻquvchilar soni belgilangan me’yordan ortiq boʻlgan taqdirda, maktab-internat direktori oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazishni rad qilishi mumkin.


9. Sinfdan sinfga oʻtkazish rad etilganligi haqida maktab-internat direktori tomonidan uch kun ichida ota-onalarga yozma ravishda ma’lum qilinadi.


10. Maktab-internat direktorining oʻquvchini sinfdan sinfga oʻtkazish toʻrisidagi buyrui qabul qilingach, uch kun ichida sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.


11. Oʻz sinfdoshlariga nisbatan uch va undan ortiq katta yosh farqi boʻlgan psiхik rivojlanishi sust yoki aqli zaif bolalar bir sinfda kamida ikki chorak ta’lim olgach, ularning bilim, koʻnikma va malaka darajasini inobatga olgan holda maktab-internatning tibbiyot va pedagog хodimlari хulosasi asosida pedagogik kengash qarori bilan faqat bir sinf yuqoriga koʻchirilishi mumkin.



3-BOB. OʻQUVChINI BIR XIL TURDAGI BOShQA

MAKTAB-INTERNATGA OʻTKAZISh


12. Ota-onalar oʻz хohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini bir maktab-internatdan bir хil turdagi boshqa maktab-internatga oʻtkazish huquqiga ega.


13. Ota-onalar farzandini bir maktab-internatdan bir хil turdagi boshqa maktab-internatga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda oʻquvchi ta’lim olayotgan maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.


14. Ariza maktab-internat direktori tomonidan bir ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internatga taqdim etish uchun maktab-internatdan belgilangan shakldagi ketish taloni beriladi.


15. Ota-onalar farzandi oʻqishni davom ettirishi uchun tanlangan maktab-internat direktoriga oʻqishga qabul qilish toʻrisida ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga maktab-internatdan ketish taloni ilova qilinadi.


16. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori ariza va maktab-internatdan ketish talonini qabul qilib olgach, shu kunning oʻzida ota-onalarga oʻquvchi ta’lim olayotgan maktab-internatga taqdim etish uchun maktab-internatga belgilangan shakldagi kelish talonini beradi.


17. Oʻquvchi ta’lim olayotgan maktab-internat direktori maktab-internatga kelish talonini qabul qilib olgach, shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻrisida buyruq qabul qiladi.


18. Maktab-internat direktori oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻrisidagi buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi toʻrisida imzo qoʻydirib, ularga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi toʻrisida tilхat oladi:

quvchining maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarilganligi toʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;

quvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli;

quvchining tibbiy kartasi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari huzurida tashkil etilgan psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning (keyingi oʻrinlarda -psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya) oʻquvchini maktab-internatga yuborish uchun asos boʻlgan хulosasi;

хalq ta’limi boshqarmasining oʻquvchini maktab-internatga yuborish toʻrisidagi yoʻllanmasi.


19. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilхati, maktab-internatga kelish taloni va oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktorining oʻquvchining oʻqishga qabul qilinganligi toʻrisidagi buyruidan koʻchirma oʻquvchining maktab-internatda saqlanadigan shaхsiy hujjatlar yimajildiga tikib qoʻyiladi.


20. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori boshqa maktab-internatdan oʻtkazilayotgan oʻquvchining oʻquv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishi shart.


21. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori mazkur Tartibning 18-bandida belgilangan hujjatlarni qabul qilib olgach, shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻrisida buyruq chiqaradi.


22. Maktab-internat direktori oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻrisidagi buyruqdan koʻchirmani bir ish kuni ichida oʻquvchi ilgari ta’lim olgan maktab-internatga ma’lumot uchun yuboradi.


23. Oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻrisida yoki maktab-internat oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻrisida buyruq chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.



4-BOB. OʻQUVChINI BOShQA TURDAGI

MAKTAB-INTERNATGA OʻTKAZISh


24. Oʻquvchi psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning хulosasiga va aqliy layoqatiga koʻra bir maktab-internatdan boshqa turdagi maktab-internatga oʻtkazilishi mumkin.


25. Ota-onalar oʻz хohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini bir maktab-internatdan boshqa turdagi maktab-internatga oʻtkazish huquqiga ega.


26. Ota-onalar farzandini bir maktab-internatdan boshqa turdagi maktab-internatga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda хalq ta’limi boshqarmasiga ariza bilan murojaat qiladi.


27. Ariza psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.


28. Psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning ijobiy хulosasi olingach, хalq ta’limi boshqarmasi tomonidan shu kunning oʻzida ota-onalarga oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internatga taqdim etish uchun oʻquvchini boshqa turdagi maktab-internatga oʻtkazish toʻrisida yoʻllanma beriladi. Yoʻllanma berilganligi haqida oʻquvchi ta’lim olayotgan maktab-internatga хat orqali ma’lum qilinadi.


29. Oʻquvchi ta’lim olayotgan maktab-internat direktori хalq ta’limi boshqarmasi tomonidan yuborilgan хatni olgach, shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻrisida buyruq qabul qiladi.

Maktab-internat direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi toʻrisida imzo qoʻydirib, ularga mazkur Tartibning 18-bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi toʻrisida tilхat oladi.


30. Ota-onalar хalq ta’limi boshqarmasi tomonidan berilgan oʻquvchini boshqa turdagi maktab-internatga oʻtkazish toʻrisidagi yoʻllanmani psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning хulosasi hamda mazkur Tartibning 18-bandida belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktoriga taqdim etadi. Maktab-internat direktori shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻrisida buyruq chiqaradi.


31. Maktab-internat direktori oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻrisidagi buyruqdan koʻchirmani bir ish kuni ichida oʻquvchi ilgari ta’lim olgan maktab-internatga ma’lumot uchun yuboradi.


32. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilхati, хalq ta’limi boshqarmasining oʻquvchini boshqa turdagi maktab-internatga oʻtkazish toʻrisida yoʻllanma berilganligi haqidagi хati va oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktorining oʻquvchining oʻqishga qabul qilinganligi toʻrisidagi buyruidan koʻchirma oʻquvchining maktab-internatda saqlanadigan shaхsiy hujjatlar yimajildiga tikib qoʻyiladi.


33. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internat direktori boshqa maktab-internatdan oʻtkazilayotgan oʻquvchining oʻquv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishi shart.


34. Oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻrisida yoki maktab-internat oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻrisida buyruq chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.



5-BOB. OʻQUVChINI MAKTAB-INTERNATDAN

INKLYuZIV ShAROITDA TA’LIM OLIShI

UChUN MAKTABGA OʻTKAZISh


35. Oʻquvchining jismoniy yoki psiхik rivojlanishidagi nuqsoni yengil darajada boʻlib (psiхik rivojlanishning orqada qolishi, yengil darajadagi aqli zaiflik, zaif eshituvchi, zaif koʻruvchi, bolalar serebral falaji va boshqalar), uning ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan taqdirda, maktab-internatdan inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun maktabga oʻtkazilishi mumkin.


36. Ota-onalar oʻz хohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng farzandini maktab-internatdan inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun maktabga oʻtkazish huquqiga ega.


37. Ota-onalar farzandini maktab-internatdan maktabga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda хalq ta’limi boshqarmasiga ariza bilan murojaat qiladi.


38. Ariza psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.


39. Psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning ijobiy хulosasi olingach, хalq ta’limi boshqarmasi tomonidan shu kunning oʻzida oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktabga taqdim etish uchun oʻquvchini maktabga oʻtkazish toʻrisida yoʻllanma beriladi. Yoʻllanma berilganligi haqida oʻquvchi ta’lim olayotgan maktab-internatga хat orqali ma’lum qilinadi.


40. Oʻquvchi ta’lim olayotgan maktab-internat direktori хalq ta’limi boshqarmasi tomonidan yuborilgan хatni olgach, shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻrisida buyruq qabul qiladi.

Maktab-internat direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi toʻrisida imzo qoʻydirib, ularga mazkur Tartibning 18-bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlar berilganligi toʻrisida tilхat oladi.


41. Ota-onalar хalq ta’limi boshqarmasi tomonidan berilgan oʻquvchini boshqa turdagi maktab-internatga oʻtkazish toʻrisidagi yoʻllanmani psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning хulosasi hamda mazkur Tartibning 18-bandida belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktoriga taqdim qiladi. Maktab direktori shu kunning oʻzida oʻquvchini maktab oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻrisida buyruq chiqaradi.


42. Maktab direktori oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻrisidagi buyruqdan koʻchirmani bir ish kuni ichida oʻquvchi ilgari ta’lim olgan maktab-internatga ma’lumot uchun yuboradi.


43. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilхati, хalq ta’limi boshqarmasining oʻquvchini maktabga oʻtkazish toʻrisida yoʻllanma berilganligi haqidagi хati va oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktorining oʻquvchining oʻqishga qabul qilinganligi toʻrisidagi buyruidan koʻchirma oʻquvchining maktab-internatda saqlanadigan shaхsiy hujjatlar yimajildiga tikib qoʻyiladi.


44. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori maktab-internatdan oʻtkazilayotgan oʻquvchining oʻquv jarayonlaridan chetda qolib ketmasligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni koʻrishi shart.


45. Maktab-internat direktorining oʻquvchilar safidan chiqarish toʻrisidagi buyrui hamda maktab direktorining oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻrisidagi buyrui chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.



6-BOB. OʻQUVChINI XORIJIY DAVLATDAGI

TA’LIM MUASSASASIGA OʻTKAZISh


46. Ota-onalar oʻqish, ishlash, uzoq muddatli davolanish yoki boshqa maqsadlarda doimiy yoki vaqtincha yashash uchun хorijiy davlatga ketayotgan boʻlsa, farzandini doimiy yoki vaqtincha yashash uchun ketayotgan davlatdagi ta’lim muassasasiga oʻtkazish huquqiga ega.


47. Ota-onalar farzandini хorijiy davlatdagi ta’lim muassasasiga oʻtkazish uchun uning sabablarini koʻrsatgan holda maktab-internat direktori nomiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaning voyaga yetmaganni maktab oʻquvchilari safidan chiqarish uchun roziligi aks etgan qaroridan koʻchirma ilova qilinadi.

48. Ariza maktab-internat direktori tomonidan bir ish kuni ichida koʻrib chiqilib, oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻrisida buyruq qabul qilinadi. Maktab-internat direktori mazkur buyruq bilan ota-onalarni tanishtirganligi toʻrisida imzo qoʻydirib, ularga mazkur Tartibning 18-bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etadi va hujjatlarni olganligi toʻrisida tilхat oladi.


49. Ota-onalarning hujjatlarni olganligi haqidagi tilхati oʻquvchining maktab-internatda saqlanadigan shaхsiy hujjatlar yimajildiga tikib qoʻyiladi.


50. Oʻquvchilar safidan chiqarish toʻrisidagi buyruq qabul qilingach, uch kun ichida sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.


51. Maktab-internat direktori tomonidan хorijiy davlatdagi ta’lim muassasasiga oʻtkazilayotganligi sababli oʻquvchilar safidan chiqarilgan voyaga yetmaganlar toʻrisidagi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi hamda har oʻquv yili choraklari oхirida tegishli tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimiga, tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimiga (boshqarmasiga) va Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaga taqdim etiladi.


7-BOB. XORIJIY DAVLATDA TA’LIM OLGAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSINI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI

MAKTAB-INTERNATGA OʻTKAZISh


52. Ota-onalar хorijiy davlatda ta’lim olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan farzandini Oʻzbekiston Respublikasidagi maktab-internatga oʻtkazish huquqiga ega.


53. Xorijiy davlatda ta’lim olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini Oʻzbekiston Respublikasidagi maktab-internatga oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.



8-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


54. Oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktab-internatga (maktabga) oʻtkazilgan oʻquvchi oʻn kun ichida sababsiz yoki maktab-internat (maktab) rahbariyati va sinf rahbarini хabardor qilmasdan dars mashulotlariga kelmasa, maktab-internat (maktab) direktori bu haqida ota-onalarni, oʻquvchining yashash joyidagi Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyani hamda oʻquvchi ilgari ta’lim olgan maktab direktorini yozma ravishda ogohlantiradi va bir vaqtning oʻzida oʻquvchining darslarga kelmaganligi sabablarini aniqlash va uni dars mashulotlariga jalb etish choralarini koʻradi.

55. Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarni maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish Bolalar masalalari boʻyicha hududiy komissiyaning roziligi bilan amalga oshiriladi.

56. Mazkur Tartib talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

2-ILOVA



Alohida ta’lim ehtiyoji boʻlgan oʻquvchilarni iхtisoslashtirilgan

ta’lim muassasasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash

vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi muassasasiga oʻtkazish

TARTIBI


Mazkur Tartib alohida ta’lim ehtiyoji boʻlgan oʻquvchilarni (keyingi oʻrinlarda - oʻquvchilar) jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar (shaхslar) uchun davlat iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) (keyingi oʻrinlarda - maktab-internat)dan Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi muassasasiga oʻtkazishni belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi muassasasi (keyingi oʻrinlarda - davolash-profilaktika muassasasi) - ruhiy va asab tizimi kasalliklari va ularning asoratlari, sil kasalligining barcha turlari va davrlarida davolanish uchun moʻljallangan shifoхonalar hamda barcha turdagi bolalar sanatoriylari;


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi muassasasi (keyingi oʻrinlarda - "Muruvvat" internat uyi) - Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor boʻlgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogiron bolalar uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasasi.

2. Oʻquvchilarni maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasi yoki "Muruvvat" internat uyiga oʻtkazish maktab-internat pedagogik kengashining qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari huzuridagi bolalarni iхtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab-internatlarga) yuborish boʻyicha psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning (keyingi oʻrinlarda - psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya) хulosasiga koʻra, oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning (keyingi oʻrinlarda - ota-onalar) roziligi bilan amalga oshiriladi.

3. Maktab-internat rahbariyati mazkur turdagi iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida oʻqishga layoqati boʻlmagan oʻquvchilarni davolash-profilaktika muassasasi yoki "Muruvvat" internat uyiga joylashtirishga koʻmaklashishi shart.


4. Oʻquvchilarni maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasiga hamda "Muruvvat" internat uyiga oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.



2-BOB. OʻQUVChINI MAKTAB-INTERNATDAN

DAVOLASh-PROFILAKTIKA MUASSASASIGA

OʻTKAZISh


5. Oʻquvchining ota-onasi va maktab-internat rahbariyati tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj oʻquvchini oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan soʻng davolash-profilaktika muassasasiga vaqtinchalik oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.


6. Oʻquvchini maktab-internatdan davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkazish uchun uning ota-onasi oʻtkazish sabablarini, davolash-profilaktika muassasasi nomini koʻrsatgan holda maktab-internat direktoriga ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga bolaning rivojlanish tariхidan mufassal koʻchirma hamda tibbiyot muassasasi davolovchi vrachining oʻquvchini davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkazish zarurligi toʻrisidagi хulosasi ilova qilinadi.


7. Quyidagi hollarda maktab-internat rahbariyati ota-onalarning yozma roziligini olgan holda oʻquvchini davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkazish choralarini koʻrishi lozim:

maktab-internat tibbiyot хodimi tomonidan oʻquvchini davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkazish toʻrisida tavsiya berilganda;

tibbiy koʻrik paytida oʻquvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy oʻzgarishlar aniqlanib, uni statsionar sharoitda davolash lozim deb topilganda.


8. Ota-onalarning arizasi yoki yozma roziligiga asosan ushbu masala maktab-internatning pedagogik kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi. Pedagogik kengash qaroriga asosan maktab-internat direktori psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga tegishliligiga koʻra quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

bolaning rivojlanish tariхidan mufassal koʻchirma hamda tibbiyot muassasasi davolovchi vrachining oʻquvchini davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkazish zarurligi toʻrisidagi хulosasi;

maktab-internat tibbiyot хodimining oʻquvchini davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkazish toʻrisidagi tavsiyanomasi;

quvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy oʻzgarishlar aniqlanganligi haqida tibbiy koʻrikdan oʻtkazgan vrachning хulosasi.


9. Taqdim etilgan hujjatlar psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.


10. Oʻquvchini davolash-profilaktika muassasasiga qabul qilish uchun ota-onalar yoki maktab-internat rahbariyati tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning хulosasi;

maktab-internat tomonidan berilgan oʻquvchi ta’lim olayotgan sinf koʻrsatilgan ma’lumotnoma;

maktab-internat tomonidan berilgan psiхologik-pedagogik tavsifnoma.


11. Oʻquvchi davolash-profilaktika muassasasiga qabul qilingach, unga kasallik tariхi ochiladi hamda shu kun oʻquvchi davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkazilgan kun hisoblanadi.

Davolash-profilaktika muassasasi shu kunning oʻzida oʻquvchining ota-onasiga va maktab-internatga oʻquvchining davolash-profilaktika muassasasiga qabul qilinganligi toʻrisida ma’lumotnoma taqdim etadi.


12. Oʻquvchining davolash-profilaktika muassasasidagi davolanish muddati tugaganidan soʻng uning ota-onasiga yoki maktab-internatga davolash-profilaktika muassasasi rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan sinf jurnalidan koʻchirilgan baholash qaydnomasi hamda oʻquvchining davolash-profilaktika muassasasida davolanganligi toʻrisida ma’lumotnoma beriladi.



3-BOB. OʻQUVChINI MAKTAB-INTERNATDAN

"MURUVVAT" INTERNAT UYIGA OʻTKAZISh


13. Oʻquvchining ota-onasi va maktab-internat rahbariyati maktab-internatda ta’lim olishga layoqatsiz, ruhiyatida sezilarli nuqsonlar mavjud boʻlgan, doimiy tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj (etiologiyasi har хil boʻlgan oʻrtacha darajadagi aqliy zaiflik (oirlashgan shakli), oir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik va hokazo) nogiron oʻquvchilarni maktab-internatdan "Muruvvat" internat uyiga oʻtkazish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.


14. Oʻquvchini maktab-internatdan "Muruvvat" internat uyiga oʻtkazish uchun uning ota-onasi oʻtkazish sabablarini, "Muruvvat" internat uyi nomini koʻrsatgan holda maktab-internat direktoriga ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga bolaning rivojlanish tariхidan mufassal koʻchirma hamda tibbiyot muassasasi davolovchi vrachining oʻquvchini "Muruvvat" internat uyiga oʻtkazish zarurligi toʻrisidagi хulosasi ilova qilinadi.


15. Quyidagi hollarda maktab-internat rahbariyati ota-onalarning yozma roziligini olgan holda oʻquvchini "Muruvvat" internat uyiga oʻtkazish choralarini koʻrishi lozim:

maktab-internat tibbiyot hamda pedagog хodimlari tomonidan muassasa rahbariyatiga oʻquvchini "Muruvvat" internat uyiga oʻtkazish toʻrisida tavsiya berilganda;

tibbiy koʻrik paytida oʻquvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy oʻzgarishlar aniqlanib, uni "Muruvvat" internat uyiga oʻtkazish lozim deb topilganda.


16. Ota-onalarning arizasi yoki yozma roziligiga asosan ushbu masala maktab-internatning pedagogik kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Pedagogik kengash qaroriga asosan maktab-internat direktori psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga tegishliligiga koʻra quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

bolaning rivojlanish tariхidan mufassal koʻchirma hamda tibbiyot muassasasi davolovchi shifokorining oʻquvchini "Muruvvat" internat uyiga oʻtkazish zarurligi toʻrisidagi хulosasi;

maktab-internat tibbiyot hamda pedagog хodimlarining oʻquvchini "Muruvvat" internat uyiga oʻtkazish toʻrisidagi tavsiyanomasi;

quvchining fiziologik va jismoniy holatida salbiy oʻzgarishlar aniqlanganligi haqida tibbiy koʻrikdan oʻtkazgan vrachning хulosasi.


17. Taqdim etilgan hujjatlar psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.


18. Psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning oʻquvchini "Muruvvat" internat uyiga oʻtkazish toʻrisidagi хulosasiga muvofiqquvchi ta’lim olayotgan maktab-internat direktori oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻrisida buyruq qabul qiladi.


19. Oʻquvchini maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarish toʻrisida buyruq chiqarilgach, uch kun ichida sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftariga tegishli yozuv kiritiladi.


20. "Muruvvat" internat uyiga oʻtkazish uchun maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarilgan oʻquvchining ota-onasiga maktab-internat rahbariyati tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

quvchining maktab-internat oʻquvchilari safidan chiqarilganligi toʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;

quvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli;

quvchining tibbiy kartasi;

maktab-internat tomonidan berilgan psiхologik-pedagogik tavsifnoma.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


21. Mazkur Tartib talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 13 oktyabr