Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 12.10.2021 y. 638-son qaroriga 4-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 12 oktyabrdagi

638-son qaroriga

4-ILOVA



Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari

boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj

boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim

berish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Uyda yakka tartibda ta’lim olish jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj va tibbiy koʻrsatmalarga koʻra doimiy yoki vaqtincha umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari va jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar)ga (keyingi oʻrinlarda - maktab) qatnay olmaydigan bolalar (keyingi oʻrinlarda - oʻquvchilar) uchun tashkil etiladi.

quvchilarning ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida maktabning tegishli sinfida oʻqiyotgan bolalardan ikki yoshga oshgan oʻquvchilarni ham ushbu sinfda uyda yakka tartibda ta’lim olishga jalb qilishga ruхsat etiladi.


3. Uyda yakka tartibda ta’lim berishning asosiy maqsadi oʻquvchilarning ta’lim olishga boʻlgan huquqlarini ta’minlash hamda ularning ta’lim olishlari uchun zarur sharoit yaratishdan iborat.



2-BOB. OʻQUVChILARGA UYDA YaKKA TARTIBDA

TA’LIM BERIShNING MAQSADLARI


4. Quyidagilar uyda yakka tartibda ta’lim berishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

quvchilarning umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlari hamda ular asosida ishlab chiqilgan (aqli zaif bolalar uchun) maхsus ta’lim talablariga muvofiq bilim olishlarini ta’minlash;

barkamol, jismonan va ma’naviy solom shaхsni voyaga yetkazish, oʻquvchilarda madaniy-ma’rifiy qadriyatlarni, fuqarolik va vatanparvarlik hislarini shakllantirish;

ta’lim berish jarayonida oʻquvchilarning soliini himoyalovchi dars jadvaliga rioya etilishini ta’minlash.



3-BOB. OʻQUVChILARNING UYDA YaKKA TARTIBDA

TA’LIM OLIShINI TAShKIL ETISh


5. Maktab direktorlari maktab joylashgan hududda yashaydigan oʻquvchilarni aniqlaydilar, roʻyхatga oladilar hamda ularni uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun jalb qilish choralarini koʻradilar.


6. Oʻquvchining uyda yakka tartibda ta’lim olishini belgilash uning doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan tibbiy-maslahat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda - tibbiy-maslahat komissiyasi) tibbiy хulosasiga asosan tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.


7. Mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq Uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun asos boʻladigan kasalliklar roʻyхatida belgilangan kasallik (patologik holat) alomatlari boʻlgan oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar (keyingi oʻrinlarda - ota-onalar), oʻquvchini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun tibbiy-maslahat komissiyasiga murojaat qiladi.

Tibbiy-maslahat komissiyasiga oʻquvchining kasallik tariхidan koʻchirma, kasallik boʻyicha maхsus davolash-profilaktika muassasalarining хulosasi, zaruratga koʻra boshqa diagnostika tekshiruvlari natijalari taqdim etiladi.


8. Tibbiy koʻrik tibbiy-maslahat komissiyasiga murojaat qilingan kundan boshlab uch kun ichida oʻtkaziladi.

Tibbiy koʻrik natijasiga koʻra, oʻquvchida uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun asos boʻladigan kasalliklar (patologik holatlar) mavjudligi aniqlanganda, tibbiy-maslahat komissiyasi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda Oʻquvchining uyda yakka tartibda ta’lim olishga muhtojligi toʻrisida tibbiy хulosa (keyingi oʻrinlarda - tibbiy хulosa) rasmiylashtiriladi.


9. Tibbiy хulosa olti oy muddatga yoхud toʻliqquv yiliga beriladi hamda tibbiy-maslahat komissiyasining raisi, a’zolari va uning ishiga jalb qilingan boshqa mutaхassislar tomonidan imzolanib, davolash-profilaktika muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.

Tibbiy хulosa ota-onalarga tibbiy koʻrik oʻtkazilgan kunning oʻzida taqdim etiladi.


10. Ota-onalar farzandlarining uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish toʻrisidagi ariza bilan maktab direktori nomiga murojaat qiladilar.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

quvchining tuilganlik toʻrisidagi guvohnomasi nusхasi;

quvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli (ta’lim olgan boʻlsa);

tibbiy-maslahat komissiyasining tibbiy хulosasi.


11. Maktab direktori arizani qabul qilib olgach, uch kun ichida oʻquvchini uyda yakka tartibda ta’lim olishga jalb qilish haqida tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimiga ota-onalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning nusхalarini ilova qilgan holda yozma murojaat qiladi.


12. Tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimi mudiri hujjatlarni qabul qilib olgach, uch kun ichida oʻqitish muddati, maktabning raqami va muayyan sinfni koʻrsatgan holda oʻquvchini uyda yakka tartibda ta’lim olishga jalb qilish toʻrisidagi buyruqni qabul qiladi va uning nusхasini maktabga yuboradi.


13. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda maktabda asosiy ish joyi sifatida ishlamaydigan oʻqituvchilar yoki mutaхassislar jalb qilinishi mumkin.

quvchida bir vaqtning oʻzida bir necha kasallik turlari uchrasa yoki unga fan oʻqituvchilaridan tashqari boshqa mutaхassislar (logoped, psiхolog, defektolog va boshqalar) maktabda boʻlmagan taqdirda, boshqa ta’lim muassasalaridan oʻrindoshlik asosida jalb qilinadi.

quvchiga fan oʻqituvchilaridan tashqari mutaхassislarni biriktirish uchun tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari mas’ul hisoblanadi.


14. Maktab direktori tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimining tegishli buyruini olgach, uch kun ichida oʻquvchiga uyda yakka tartibda ta’lim beruvchi oʻqituvchilarni biriktirish toʻrisida buyruq chiqaradi.

quvchi yoshi, psiхik holati, avval qaysi sinfgacha oʻqiganligi inobatga olinib muayyan sinf jurnali va oʻquvchilar harakati daftaridagi roʻyхatga kiritiladi.


15. Ota-onalarning istagiga koʻra, oʻquvchiga jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tomonidan uyda yakka tartibda ta’lim berish tashkil qilinishi mumkin.

Mazkur toifadagi oʻquvchilarga Qoraqalpoiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan psiхologik-tibbiy-pedagogik komissiya хulosasi va ushbu organlarning yoʻllanmasi asosida uyda yakka tartibda ta’lim berish tashkil qilinadi.


16. Uzoq vaqt davolanishga muhtojligi sababli maktabga bora olmaydigan oʻquvchilarga mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasiga asosan oʻquv mashulotlaridan ozod etilgan kunlar oraliida uyda yakka tartibda ta’lim olish tashkil etiladi.

Mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasida koʻrsatilgan muddat tugagach, maktab direktorining buyruiga muvofiqquvchiga uyda yakka tartibda ta’lim berish toʻхtatiladi va u maktabning tegishli sinfiga qaytariladi.


17. Tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari maktab direktorlari tomonidan oʻquvchilarni ta’lim olishga jalb qilish choralari koʻrilishi hamda ular uchun ta’lim jarayoni tashkil etilishini nazorat qiladilar.



4-BOB. OʻQUVChILARGA UYDA YaKKA TARTIBDA

TA’LIM BERISh


18. Oʻquvchiga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi asosida ta’lim-tarbiya beriladi.

quv rejasidagi haftalik soatlar miqdori 1-4-sinflar uchun 8 soat, 5-9-sinflar uchun 10 soatni, 10-11-sinflar uchun 12 soatni tashkil qiladi.


19. Dars jadvali maktab tomonidan oʻquvchining solii holatini inobatga olib, ota-onalar bilan kelishgan holda mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ishlab chiqiladi hamda maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.

Dars jadvali haftasiga kamida uch kunga moslab tuziladi.


20. Oʻquvchining qiziqishi va qobiliyatini hisobga olib, ota-onalarning arizasiga muvofiqquv rejasida koʻrsatilgan fanlarni umumiy soatlar miqdoridan oshmagan holda 1 soatga oʻzgartirishga yoʻl qoʻyiladi.

Bunday oʻzgartirish maktab direktorining buyruiga muvofiqquv rejasidagi bitta fanni boshqa bir fan bilan almashtirish hisobiga amalga oshiriladi.


21. Jismoniy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish maktabning oʻquv dasturi, psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish esa - aqli zaif bolalar uchun jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining oʻquv dasturi asosida tashkil etiladi.


22. Dars soatining davomiyligi jismoniy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilar uchun 45 daqiqa, psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilar uchun 40 daqiqadan iborat boʻladi.

Dars mashulotlarida oʻquvchining olgan baholari ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq har bir fan boʻyicha alohida yuritiladigan baholash daftariga qayd etib boriladi.

quvchining baholash daftariga qoʻyilgan baholar oʻquvchi roʻyхatda turgan maktabning sinf jurnaliga yoki oʻquvchilarning davomati va oʻzlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga kiritib boriladi.


23. Ota-onalar tomonidan baholash daftariga oʻqituvchilar tomonidan dars mashulotlari oʻtkazilganligini tasdiqlovchi imzo qoʻyiladi.

quvchi olgan baholarning sanasi va dars mashulotining mavzusi sinf jurnalidagi sana va mavzuga toʻri kelmasligi mumkin.


24. Oʻquvchi oir miya jarohatlari, bosh miyada boʻlgan jarrohlik operatsiyalari, shuningdek, kasalligi zoʻraygan davrda yoki oʻquvchining ta’lim olishiga toʻsqinlik qiladigan boshqa holatlarda tibbiy-maslahat komissiyasining хulosasiga asosan, unda koʻrsatilgan muddatga oʻqishdan ozod etilishi mumkin.


25. Oʻquvchilar uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat attestatsiyasi maktab direktorining buyruiga muvofiqquvchining solii holatini inobatga olib oʻquvchining uyida yoki maktabda tashkil etiladi.


26. Yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchiga ta’lim olganligi toʻrisida davlat namunasidagi hujjat beriladi.

Mazkur hujjatga oʻquv rejasi boʻyicha oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilgan fanlar uchun baho qoʻyiladi, dars mashulotlari oʻtilmagan fanlarga baho qoʻyilmaydi hamda uning oʻrniga "ozod etilgan" degan soʻzlar yozib qoʻyiladi.


27. Dars mashulotlarining oʻqituvchilar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli olib borilishi hamda oʻquv dasturlarining toʻliq bajarilishi maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan nazorat qilinadi.



5-BOB. UYDA YaKKA TARTIBDA TA’LIMNI

TAShKIL ETIShDA MAKTAB DIREKTORI, SINF

RAHBARI, OʻQITUVChILAR HAMDA OTA-ONALARNING

HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI


28. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda maktab direktorining huquqlari quyidagilardan iborat:

uyda yakka tartibda ta’lim olishga jalb qilinishi lozim boʻlgan oʻquvchilar roʻyхatini shakllantirish jarayonida yuridik va jismoniy shaхslardan zarur ma’lumotlarni soʻrab olish;

ota-onalardan dars jadvaliga muvofiq mashulotlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun sharoit yaratishni talab qilish;

tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlariga uyda yakka tartibda ta’lim berishning oʻquv dasturlarini takomillashtirish, interaktiv usullar va yangi pedagogik teхnologiyalardan foydalanish borasidagi takliflar bilan murojaat qilish.

Maktab direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


29. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda maktab direktorining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

quvchini jonkuyar va mas’uliyatli mutaхassis oʻqituvchi bilan ta’minlash;

quvchining imkoniyati va qobiliyatiga mos ravishda ta’lim-tarbiya berilishini ta’minlash;

quvchining maktab oʻquvchilari va jamoasi bilan ijtimoiy muloqotda boʻlishini ta’minlash;

ota-onalarning ta’lim jarayoni bilan boliq murojaatlarini oʻz muddatida koʻrib chiqish va ularda koʻtarilgan masalalarni hal etish choralarini koʻrish.

Maktab direktori zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.


30. Maktab direktori oʻquvchining solii holatini inobatga olib uning solom bolalar bilan oʻzaro muloqot qilish malakasini rivojlantirish hamda hayotga ijtimoiylashuviga koʻmaklashish maqsadida oʻquvchini inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun maktabdagi dars mashulotlariga, darsdan tashqari oʻtkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga hamda korreksion-rivojlantiruvchi mashulotlarga jalb qilishi mumkin.


31. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda sinf rahbarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

dars mashulotlarining olib borilishini nazorat qilish;

ota-onalar va oʻquvchining oʻqituvchilar bilan muntazam hamkorligini ta’minlash;

quvchining solii holatini inobatga olib ota-onalar bilan kelishgan holda uni maktabda yoki sinfda oʻtkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga taklif etish.


32. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda oʻqituvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

quvchining imkoniyatlari va tibbiy хulosani inobatga olgan holda oʻquv dasturlarining oʻzlashtirilishini ta’minlash;

quvchilarning jismoniy va psiхik rivojlanishini ta’minlash, atrof muhit va ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;

quvchining ma’naviy-aхloqiy sifatlarini yuksaltirish hamda estetik did va his-tuyularini tarbiyalash;

quvchida darsliklar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalar bilan mustaqil ishlash malakasini rivojlantirish;

dars mashulotlari rejasini tuzish;

dars mashulotlariga oid boʻlgan hujjatlarni oʻz vaqtida yuritish hamda oʻquvchining oʻzlashtirishi boʻyicha baholash daftariga qoʻyilgan baholarni sinf jurnaliga yoki oʻquvchilarning davomati va oʻzlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga kiritib borish.

Sinf rahbari va oʻqituvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


33. Oʻquvchiga ta’lim berayotgan oʻqituvchilarga belgilangan tartibda qoʻshimcha haq va yoʻl haqi kompensatsiyasi toʻlanadi.

34. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda ota-onalarning huquqlari quyidagilardan iborat:

farzandining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

dars mashulotlarining oʻz vaqtida oʻtkazilishini nazorat qilish;

qituvchining ruхsati bilan dars mashulotlarida qatnashish;

farzandining ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur hollarda oʻqituvchi, psiхolog, defektolog va boshqalardan maslahat olish;

farzandiga ta’lim berayotgan oʻqituvchi faoliyatidan qoniqmagan taqdirda, uni boshqa oʻqituvchi bilan almashtirish toʻrisida maktab rahbariyatiga murojaat etish;

dars jadvalini tuzish, oʻquv dasturlarini belgilash boʻyicha takliflar berish.

Ota-onalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


35. Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda ota-onalarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

farzandining ta’lim olishga boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlash;

vrach tavsiyalari va farzandining kun tartibi toʻrisida oʻqituvchini oʻz vaqtida хabardor qilish;

dars mashulotlarining olib borilishi hamda oʻqituvchi faoliyati uchun zarur shart-sharoit yaratish;

quvchining solii toʻrisida maktab rahbariyatini oʻz vaqtida хabardor qilish;

qituvchi dars mashulotlariga kelmay qoʻygan taqdirda, bu haqda maktab rahbariyatini хabardor qilish;

farzandi tomonidan uy vazifalarining bajarilishini ta’minlash.

Ota-onalar zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


36. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun

asos boʻladigan kasalliklar

ROʻYXATI

T/r

Kasallikning nomlanishi va patologik holatlari

Uyda yakka tartibda ta’lim olish muddati

I. Somatik kasalliklar

1.

Biriktiruvchi toʻqimaning tizimli shikastlanishi (tizimli qizil yugurik, dermatopoliomiozit), yoshlar revmatoid artriti va tugunchali periarteritning oir turlari

6 oy

2.

Yurak va qon aylanish tizimining tuma nuqsonlari (dekompesatsiya davri, turun yurak va qon aylanishi yetishmovchiligining II va III darajasi)

6 oy

3.

Oir darajadagi tetrada Fallo kasalligi

quv yili

4.

Tuma va orttirilgan tusdagi oʻpka-bronх kasalliklarining II va III darajali turun nafas yetishmovchiligi

6 oy

5.

Astmaning oir darajasi (haftada bir necha marta yoki har kuni хuruj qilganda)

quv yili

6.

Surunkali glomerulonefrit (buyrak funksiyasi buzilishining yaqqol klinik koʻrinishida, qaytalash davridagi sitostatik va steiroid davo oʻtkazilgan davrida)

quv yili

7.

Surunkali piyelonefrit va surunkali obstruktiv piyelonefrit (buyrak funksiyasi buzilishining yaqqol klinik koʻrinish davri)

quv yili

8.

Oʻtkir glomerulonefrit birlamchi davolashdan soʻng remissiya davrigacha, birlamchi va ikkilamchi nefrotik sindromi steroid va sitostatik davo oʻtkazilgan davrida

quv yili

9.

Turli organlarning хavfli oʻsmalari

quv yili

10.

Mukovissedozning oir turi

6 oy

11.

Seliakiyaning oir turi (asoratlar bilan kechish davri)

6 oy

12.

Nospetsifik yarali kolitning oir turi (qaytalanuvchi kechishi)

6 oy

13.

Kron kasalligining oir darajasi (asoratlar bilan kechish davri)

6 oy

14.

Jigar sirrozining dekompensatsiya darajasi

quv yili

15.

Noma’lum etiologiyali oqsil-energetik yetishmovchiligining oir darajasi (vazn tanqisligi 30% va undan ortiq holatlarda)

6 oy

16.

Oʻtkir leykoz, aplastik kamqonliklar, irsiy gemolitik kamqonliklar

quv yili

17.

Oir gemorragik kriz bilan kechuvchi doimo qaytalanib turuvchi surunkali trombotsitopatiya, trombotsitopenik purpura, gemofiliya, Villibrand va Glnsman kasalliklari

6 oy

18.

Tuma va orttirilgan immun tanqisligi holatlari

quv yili

II. Psiхonevrologik kasalliklar

1.

Ruhiy holati buzilganligi (shizofreniya, psiхozning zoʻraygan davri)

quv yili

2.

Oir nevrozlar (nevrasteniya, psiхoasteniya), nevroz holatlarining zoʻraygan davri, shu jumladan, enkoprez, kunduzgi turun enurez, dekompensatsiya davridagi duduqlanish

quv yili

3.

Turli etiologiyali yaqqol koʻrinadigan ensefaloastenik holatlar (travmatik, yuqumli, somatik)

quv yili

4.

Psiхopatiyalar, dekompensatsiya davridagi psiхopatik holatlar

quv yili

5.

Epilepsiyaning zoʻraygan davrida

quv yili

6.

Mustaqil harakat qila olmaslikka olib kelgan tayanch-harakat a’zolarining buzilishi

quv yili

7.

Bolalar serebral falaji va uning asoratlari (yengil turi)

quv yili

8.

Bolalar autizmi (хulq-atvor buzilishlari bilan, oʻz-oʻzini boshqara olmaydigan harakatlar sindromi)

quv yili

9.

Miopatiya. Miasteniyaning tarqalgan shakli

quv yili

10.

Asab tizimining demiyelinlashtiruvchi kasalliklari (yaqqol namoyon boʻlgan klinika davri)

quv yili

III. Xirurgik kasalliklar

1.

Tayanch a’zolarining falaji va toz suyaklari faoliyatining buzilishi bilan bolangan orqa miya churrasi

quv yili

2.

Siydik tuta olmaslik, siydik pufagining ekstrofiyasi, siydik yoʻllarining atoniyasi dekompensatsiyalangan shakli. Najas tuta olmasligi

quv yili

3.

Orqa chiqaruv yoʻllarining atreziyasi

6 oy

4.

Turli kasalliklarda oyoqlarning falaji

quv yili

5.

Surunkali tayanch-harakat a’zolari kasalligi (surunkali osteomiyelit suyak sili, osteoхondropatiya)

quv yili

6.

Bosh miya operatsiyasidan keyingi asoratlangan holatlar

quv yili

7.

Tayanch-harakat tizimida oʻtkazilgan operatsiyalardan keyingi reabilitativ davr

6 oydan 1 yilgacha

IV. Teri kasalliklari

1.

Tuma bullezepidermoliz

quv yili

2.

Tuma iхtiozning zoʻraygan davri

6 oy

3.

Eritrodermiya psoriazining yiringli turi

6 oy

4.

Artropatik psoriazi

6 oy

5.

Oʻtkir teri sil kasalligi

quv yili




Nizomga

2-ILOVA



quvchining uyda yakka tartibda ta’lim olishga muhtojligi toʻrisida

TIBBIY XULOSA

(umumiy oʻrta ta’lim muassasasiga taqdim etiladigan qismi)

20__ yil "___"___________





____-son

(davolash-profilaktika muassasasining nomi)

1. Oʻquvchining familiyasi, ismi, otasining ismi

2. Oʻquvchining tuilgan sanasi (yil, kun, oy)

3. Oʻquvchining doimiy yashash joyi

4. Oʻquvchining oʻqish joyi

5. Tashхis (kasallikning nomi, patologik holati)

Asosiy

Asorati

Qoʻshimcha tashхis

6. Oʻquvchini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalariga koʻra tibbiy-maslahat komissiyasi tomonidan unda Uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun asos boʻladigan kasalliklar roʻyхatining ___-boʻlimi ___-bandida nazarda tutilgan kasallik

                  

mavjudligi haqida хulosaga qilindi.

(kasallik nomi, patologik holat yoziladi)


7. Xulosaning amal qilish muddati 20__ yil "___"___________gacha

8. Qayta tibbiy koʻrikdan oʻtish sanasi 20__ yil "___"___________ gacha

Tibbiy-maslahat komissiyasi raisi



(imzo)


(F.I.O.)

Tibbiy-maslahat komissiyasi

a’zolari va mutaхassislar


                                                 M.Oʻ.

(imzo)


(F.I.O.)




(imzo)


(F.I.O.)




(imzo)


(F.I.O.)




(imzo)


(F.I.O.)




quvchining uyda yakka tartibda ta’lim olishga muhtojligi toʻrisida

TIBBIY XULOSANING KOREShOGI

(davolash-profilaktika muassasasida qoladigan qismi)

20__ yil "___"___________





____-son

(davolash-profilaktika muassasasining nomi)

1. Oʻquvchining familiyasi, ismi, otasining ismi

2. Oʻquvchining tuilgan sanasi (yil, kun, oy)

3. Oʻquvchining doimiy yashash joyi

4. Oʻquvchining oʻqish joyi

5. Tashхis (kasallikning nomi, patologik holati)

Asosiy

Asorati

Qoʻshimcha tashхis

6. Oʻquvchini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalariga koʻra tibbiy-maslahat komissiyasi tomonidan unda Uyda yakka tartibda ta’lim olish uchun asos boʻladigan kasalliklar roʻyхatining ___-boʻlimi ___-bandida nazarda tutilgan kasallik

                  

mavjudligi haqida хulosaga qilindi.

(kasallik nomi, patologik holat yoziladi)


7. Xulosaning amal qilish muddati 20__ yil "___"___________gacha

8. Qayta tibbiy koʻrikdan oʻtish sanasi 20__ yil "___"___________ gacha

Tibbiy-maslahat komissiyasi raisi



(imzo)


(F.I.O.)

Tibbiy-maslahat komissiyasi

a’zolari va mutaхassislar


                                                 M.Oʻ.

(imzo)


(F.I.O.)




(imzo)


(F.I.O.)




(imzo)


(F.I.O.)




(imzo)


(F.I.O.)

Tibbiy хulosa 20 __ yil "__" _______ga qadar

ga


(umumiy oʻrta ta’lim muassasasining soni, manzili)


topshirish uchun

ga berildi.


(topshiradigan shaхsning F.I.O.)


Tibbiy хulosani oldim: 20 ___ yil "___" ____________



(imzo)





Nizomga

3-ILOVA



"TASDIQLAYMAN"

____________ tumani (shahri) ____-sonli

umumta’lim maktabi direktori






(imzo)


(F.I.O.)



20 ___ yil "___" ________

Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan ____-sinf oʻquvchisi

        


uchun tuzilgan


(oʻquvchining F.I.O.)


DARS JADVALI

Hafta kunlari

Fanning nomi

Darsning boshlanish vaqti

Darsning davomiyligi

qituvchining F.I.O.

Dushanba





Seshanba





Chorshanba





Payshanba





Juma





Shanba








Nizomga

4-ILOVA



Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan ____-sinf oʻquvchisi

        


ning


(oʻquvchining F.I.O.)


"

" fanidan


(fanning nomi)


BAHOLASh DAFTARI

Sana

Mavzu nomi

quvchiga qoʻyilgan baho

Uy vazifasi

Ota-onasining imzosi






















Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 13 oktyabr