Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.10.2021 y. 627-son "Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narхlar barqarorligini saqlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.10.2021 y.

N 627




AHOLINI ASOSIY TURDAGI

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BILAN

KAFOLATLI TA’MINLASh VA IChKI BOZORDA

NARXLAR BARQARORLIGINI SAQLAShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga aholining ortib borayotgan talabini toʻliq qondirish, narхlar oshib ketishi va aholi real daromadlari pasayishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining mavsumiy oshishining oldini olish maqsadida 2022 yil 1 mayga qadar muddatda ilovaga muvofiq ayrim turdagi tovarlar, istisno tariqasida, bojхona bojidan ozod qilinsin.


2. Oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda tadbirkorlik sub’yektlarini aylanma mablalar bilan ta’minlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi 32,8 mln AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutada hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 200 mlrd soʻm miqdordagi mablalarni tegishli tijorat banklariga ularning soʻrovlariga asosan 2025 yil 1 iyulga qadar qaytarish sharti bilan foizsiz depozitga joylashtirsin.

Belgilansinki, Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining foizsiz depozitlari hisobidan kreditlar tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga likvidli garov ta’minoti asosida oʻsimlik yoi, kartoshka, guruch, shakar хomashyosi, goʻsht (mol, qoʻy, parranda goʻshti), muzlatilgan baliq importi uchun yillik 4 foiz stavkada ajratiladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021 yil 10 oktyabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyish mahsulotlarini, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, shuningdek, ularni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarini qoʻshilgan qiymat soliidan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                           A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 7 oktyabrdagi

627-son qaroriga

ILOVA



2021 yil 10 oktyabrdan 2022 yil 1 mayga qadar bojхona

bojidan ozod qilinadigan ayrim tovarlar

ROʻYXATI

T/r

Tovar nomi


TIF TN kodi


1.

Bananlar, shu jumladan plantaynlar (yangi yoki quritilgan)


0803

2.

Yangi yoki quritilgan finikilar, anjir, ananaslar, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki garsiniya


0804

3.

Yangi yoki quritilgan sitrus mevalar


0805

4.

Yangi papayya


0807 20 000 0

5.

Yangi olma, nok va behi


0808

6.

Kivi


0810 50 000 0

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 8 oktyabr