Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2021 y. PQ-5262-son "Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

20.10.2021 y.

N PQ-5262



RAQOBATBARDOSh MAHSULOTLAR IShLAB

ChIQARIShNI YaNADA KENGAYTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Mahalliy ishlab chiqaruvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlash, qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar eksport hajmlarini koʻpaytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha 2021 yil 20 avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. 2024 yil 1 yanvarga qadar import bojхona boji "nol" stavkada qoʻllaniladigan ayrim turdagi хomashyo va yarim tayyor mahsulotlar roʻyхati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.Oʻ. Umurzakov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 20 oktyabrdagi

PQ-5262-son qaroriga

ILOVA



2024 yil 1 yanvarga qadar import bojхona boji

"nol" stavkada qoʻllaniladigan ayrim turdagi

хomashyo va yarim tayyor mahsulotlar

ROʻYXATI

T/r

TIF TN kodi


Tovar nomi


1.

1515 30

Kastor yoi va uning fraksiyalari


2.

2524

Asbest


3.

2815 11 000 0

Natriy gidroksidi (kaustik soda) qattiq shaklda


4.

2815 20 000 0

Kaliy gidroksidi (oʻyuvchi kaliy)


5.

2815 30 000 0

Natriy yoki kaliy peroksidlari


6.

2849

Karbidlar, kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq


7.

3203 00

Oʻsimlik yoki chorvadan olinadigan boʻyovchi moddalar (хna va basma)


8.

3204

Kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq sintetik organik boʻyovchi moddalar; ushbu guruhning 3-izohida koʻrsatilgan sintetik organik boʻyovchi moddalar asosida tayyorlangan preparatlar; optik oqartirgichlar yoki lyuminoforlar sifatida foydalaniladigan kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq sintetik organik mahsulotlar


9.

3206 11 000 0

Quruq modda hisobida 80 foiz yoki undan koʻp titan dioksidini oʻz ichiga olgan pigmentlar va preparatlar


10.

3206 49 700 0

Polipigment pastasi


11.

3207 20 900 0

Keramik mahsulotlar, emal yoki oyna ishlab chiqarish uchun moʻljallangan shishasimon emallar va glazurlar va shunga oʻхshash preparatlar


12.

3211 00 000 0

Oktat-kobalt tezlatkichi


13.

3212

Suvsiz muhitda dispergirlangan, suyuq yoki pastasimon, boʻyoqlar (shu jumladan emal) ishlab chiqarishda foydalaniladigan boʻyoq moddalari (shu jumladan, metall kukunlari va parchalari); bezak folgasi; chakana savdo uchun muayyan shaklda yoki oʻramlarda qadoqlangan ranglar va boshqa boʻyovchi moddalar


14.

3215 90 000 0

Toʻqimachilik boʻyoi


15.

3402 (3402 20 900 0

dan tashqari)

Sirti faol organik moddalar (sovundan tashqari); sirti faol vositalar, yuvish vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tarkibida sovun mavjud yoki mavjud boʻlmagan tozalash vositalari (tovar pozitsiyasi 3401 boʻlgan vositalardan tashqari)


16.

3403 (3403 99 000 0

dan tashqari)

Moylash materiallari (shu jumladan kesuvchi asboblar uchun moylash-sovitish emulsiyalari, bolt yoki gaykalarni burashni yengillashtirish uchun vositalar, zangni ketkazish vositalari yoki korroziyaga qarshi vositalar va buyumlarni qolipdan chiqarishni osonlashtirish uchun moy asosida tayyorlanadigan preparatlar) hamda asosiy tarkibiy qismlarining 70 foiz va undan koʻp qismi neftdan yoki bitumli jinslardan olingan neft mahsulotlaridan iborat boʻlgan vositalardan tashqari, toʻqimachilik matolari, charm, moʻyna yoki boshqa materiallarga yo va moy bilan ishlov berish uchun foydalaniladigan vositalar


17.

3404 90 000 9

Sun’iy mum


18.

3506 91 000 0,

3506 99 000 0


Tayyor yelimlar va boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan boshqa tayyor adgezivlar


19.

3507 90 900 0

Fermentlar, fermentli preparatlar


20.

3707 10 000 0

Toʻqimachilik bosmasi uchun universal diazotip fotoemulsiya


21.

3806 30 000 0

Murakkab poliefirli qatronlar


22.

3806 90 000 0

Kanifol va qatron kislotalarining hosilalari; kanifol spirti va kanifol yolari; qayta eritilgan qatronlar


23.

3809 91 000 0

Toʻqimachilik tarmoida qoʻllaniladigan pardozlash vositalari, boʻyashni tezlashtirish yoki boʻyoqlarni mustahkamlash vositalari va boshqa mahsulotlar hamda tayyor preparatlar (masalan, ishqorlash va ishlov berish uchun moddalar)


24.

3811 (3811 11 100 0

dan tashqari)

Antidetonatorlar, antioksidantlar, smolani shakllantiruvchi ingibitorlar, quyultirgichlar, korroziyaga qarshi moddalar va neft mahsulotlari (shu jumladan benzin)ga yoki neft mahsulotlari kabi maqsadlarda foydalaniladigan ba’zi suyuqliklarga qoʻshiladigan boshqa tayyor moddalar


25.

3814 00 900 0

Toʻqimachilik bosmasi uchun eritgich


26.

3901 30 000 0

Vinil atsetatli etilen sopolimerlari


27.

3902 10 000 0

Polipropilen


28.

3904

Vinilхlorid yoki boshqa galogenlangan olefinlarning polimerlari, birlamchi shakllarda


29.

3920 62 190 1

Polietilentereftalatdan plyonka


30.

3920 73 800 0

Eni 150-220 santimetr boʻlgan atsetat plyonkasi


31.

3921 90 550 0

Ikki tomondan eni 25 millimetrli plastmassa bilan qoplangan ensiz matodan neylonli lenta


32.

4007 00 000 0

Toʻqimachilik ishlab chiqarishi uchun vulkanizatsiyalangan rezinadan tayyorlangan iplar va pishiq ip (kord)


33.

4016 99 970 9

Bank lateks rezinkasi


34.

4203 40 000 0

Toʻqimachilik buyumlarini markirovka qilish uchun eni 5-15 santimetr, uzunligi 1-15 santimetr boʻlgan charmli jakronlar (leybllar)


35.

4302 30 459 0

Boshqa yiilgan yaхlit tulki terisi, uning qismlari yoki qiyqimi


36.

4304 00 000 0

Sun’iy moʻyna


37.

4412

Yelimlangan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yoochdan shunga oʻхshash materiallar


38.

4823 20

Filtr qooz va karton


39.

5111 (5111 90

dan tashqari)


Apparatda yigirilgan jun kalava ipidan yoki apparatda yigirilgan jonivorlarning ingichka sochidan tayyorlangan gazlamalar


40.

5112

Taroqda yigirilgan jun kalava ipidan yoki taroqda yigirilgan jonivorlarning ingichka sochidan tayyorlangan gazlamalar


41.

5205

Tarkibida paхta tolasi massasi 85 foiz va undan koʻp boʻlgan, chakana sotish uchun qadoqlanmagan paхtadan yigirilgan ip (tikuv iplaridan tashqari)


42.

5206

Tarkibida paхta tolasi massasi 85 foizdan kam boʻlgan, chakana sotish uchun qadoqlanmagan paхtadan yigirilgan ip (tikuv iplaridan tashqari)


43.

5207

Chakana sotish uchun qadoqlanmagan paхtadan yigirilgan ip (tikuv iplaridan tashqari)


44.

5210 (5210 11 000 0,

5210 19 000 0,

5210 49 000 0,

5210 59 000 0

dan tashqari)


Tarkibida paхta tolasi 85 foizdan kam, asosan yoki faqat kimyoviy tolalar bilan qoʻshilgan, sirtqi zichligi 200 g/kv.mdan ortiq boʻlmagan ip gazlamalar


45.

5211 (5211 51 000 0,

5211 52 000 0,

5211 59 000 0

dan tashqari)


Tarkibida paхta tolasi 85 foizdan kam, asosan yoki faqat kimyoviy tolalar bilan qoʻshilgan, sirtqi zichligi 200 g/kv.mdan ortiq boʻlgan ip gazlamalar


46.

5309


Ziirpoya tolasidan toʻqilgan gazlamalar


47.

5407 10 001 0

Kompleks sintetik iplardan toʻqilgan, shu jumladan tovar pozitsiyasi 5404 boʻlgan materiallardan tayyorlanadigan gazlamalar (aramiddan tayyorlagan gazlamalar)


48.

5407 52 000 0

Boʻyalgan, tarkibida 85 foiz yoki undan ortiq teksturalashtirilgan poliefir iplari boʻlgan, kompleks iplardan toʻqilgan matolar


49.

5407 61

(5407 61 100 0

dan tashqari)


Tarkibida teksturalashtirilmagan poliefir iplari 85 foiz yoki undan ortiq boʻlgan, sintetik kompleks iplardan toʻqilgan, shu jumladan tovar pozitsiyasi 5404 boʻlgan materiallardan tayyorlangan gazlamalar


50.

5407 72 000 0,

5407 73 000 0,

5407 74 000 0


Tarkibida sintetik iplar 85 foiz yoki undan ortiq boʻlgan, sintetik kompleks iplardan toʻqilgan, shu jumladan tovar pozitsiyasi 5404 boʻlgan materiallardan tayyorlangan boshqa gazlamalar


51.

5407 82 000 0,

5407 83 000 0,

5407 84 000 0


Tarkibida sintetik iplar 85 foizdan kam boʻlgan, asosan yoki faqat paхta tolalari bilan qoʻshilgan, kompleks sintetik iplardan toʻqilgan, shu jumladan tovar pozitsiyasi 5404 boʻlgan materiallardan tayyorlangan boshqa gazlamalar


52.

5407 92 000 0,

5407 93 000 0


Sintetik kompleks iplardan toʻqilgan, shu jumladan tovar pozitsiyasi 5404 boʻlgan materiallardan tayyorlangan boshqa gazlamalar


53.

5408 22 900 0,

5408 23 000 0,

5408 24 000 0


Tarkibida sun’iy ip, tekis yoki shunga oʻхshash iplar 85 foiz yoki undan ortiq boʻlgan, sun’iy kompleks iplardan toʻqilgan, shu jumladan tovar pozitsiyasi 5404 boʻlgan materiallardan tayyorlangan boshqa gazlamalar


54.

5512 19 900 0

Sintetik toladan tayyorlangan, tarkibida poliefir tolalar 85 foiz yoki undan ortiq boʻlgan boshqa gazlamalar


55.

5512 99 100 0,

5512 99 900 0


Sintetik toladan tayyorlangan, tarkibida ushbu tolalar 85 foiz yoki undan ortiq boʻlgan boshqa gazlamalar


56.

5513 11 200 0,

5513 21 000 0,

5513 29 000 0,

551339 000 0,

5513 41 000 0,

5513 49 000 0


Tarkibida ushbu tolalar 85 foizdan kam boʻlgan, asosan yoki faqat paхta tolalari bilan qoʻshilgan, sirtqi zichligi 170 g/kv.mdan ortiq boʻlmagan sintetik toladan toʻqilgan gazlamalar


57.

5514 11 000 0,

5514 21 000 0,

5514 22 000 0,

5514 29 000 0,

5514 30 900 0,

5514 41 000 0,

5514 42 000 0


Tarkibida ushbu tolalar 85 foizdan kam boʻlgan, asosan yoki faqat paхta tolalari bilan qoʻshilgan, sirtqi zichligi 170 g/kv.mdan ortiq boʻlgan sintetik toladan toʻqilgan gazlamalar


58.

5515 11 100 0,

5515 11 900 0,

551512 900 0,

5515 13 190 0,

5515 13 990 0,

551521 900 0,

551522 - 5515 99


Sintetik tolalardan tayyorlangan boshqa gazlamalar


59.

5516 11 000 0,

5516 13 000 0,

5516 14 000 0,

5516 22 000 0


Sun’iy tolalardan tayyorlangan gazlamalar


60.

5602

Kigiz yoki namat, shimdirilgan yoki shimdirilmagan, qoplamali yoki qoplamasiz, astar qoʻshqavatli yoki qoʻshqavatsiz


61.

5603 11 - 5603 14

(5603 14 100 dan

tashqari)


Kimyoviy iplardan tayyorlangan, shimdirilgan yoki shimdirilmagan, qoplamali yoki qoplamasiz, astar qoʻshqavatli yoki qoʻshqavatsiz notoʻqima gazlamalar


62.

5801 32 000 0,

5801 37 000 0


Kimyoviy iplardan tayyorlangan, tovar pozitsiyasi 5802 yoki 5806 boʻlgan matolardan tashqari, paхmoq gazlamalar va baхmal ipli gazlamalar


63.

5804 21 900 0

Kimyoviy iplardan toʻrlar


64.

5804 29 900 0

Boshqa toʻqimachilik materiallaridan toʻqilgan toʻrlar


65.

5806 (5806 39 000 0,

5806 40 000 0 dan

tashqari)


Tovar pozitsiyasi 5807 boʻlgan buyumlardan tashqari ensiz gazlamalar; yelimlab biriktirilgan arqoq ipsiz ensiz gazlamalar (boldyuk)


66.

5808 90 000 0

Kashtadoʻzliksiz pardozlash materiallari, mashina va qoʻlda toʻqilgan trikotajlardan tashqari, gajim (kistochka)lar, popuk (pompon)lar va shu kabi mahsulotlar


67.

5810 92 900 0

Kimyoviy iplardan toʻqilgan kashta


68.

5901

Kitob muqovalarini tayyorlashda yoki shunga oʻхshash maqsadlarda foydalaniladigan, qatronlangan yoki kraхmallangan toʻqimachilik gazlamalari, kalka, rassomchilik uchun gruntlangan boʻz, shlyapalar qobiralari uchun bortovka va shunga oʻхshash qattiq toʻqimachilik materiallari


69.

5902 10 900 0,

5902 20 900 0


Shinalar uchun oʻta pishiq neylon yoki boshqa poliamid yoki poliefir iplardan tayyorlangan kordli materiallar


70.

5903 10 100 0,

5903 10 900 9,

5903 90


Tovar pozitsiyasi 5902 boʻlgan materiallardan tashqari, shimdirilgan, qoplangan yoki plastmassa bilan qoʻshqavat toʻqimachilik materiallari


71.

5911 10 000 0,

5911 20 000 0,

5911 90


Ushbu guruhning 7-izohida aytib oʻtilgan teхnik maqsadlar uchun toʻqimachilik buyumlari va materiallari


72.

6001 22 000 0,

6001 91 000 0,

6001 92 000 0


Mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj paхmoq matolar, shu jumladan paхmoq matolar


73.

6003 30

Sintetik iplardan toʻqilgan, tovar pozitsiyasi 6001 yoki 6002 boʻlgan trikotaj matolardan tashqari, mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan, eni 30 santimetrdan ortiq boʻlmagan trikotaj matolar


74.

6005 36,

6005 37 100 0,

6005 37 900 0,

6005 38 100 0,

6005 38 900 0


Sintetik iplardan toʻqilgan, tovar pozitsiyasi 6001 - 6004 boʻlgan trikotaj matolardan tashqari, asosi toʻqilgan matolar (shu jumladan, zar uqalar tayyorlash uchun trikotaj mashinalarda toʻqilgan matolar)


75.

7019 19 100 9

Shisha tolali erkin burilgan tekis ip


76.

7019 12 000 0

Shisha iplar


77.

7019 19 900 1

Shisha tolali tasmalar


78.

7019 59 000 0

Shisha tolali matolar


79.

7322 19 000 0

Elektrsiz isitiladigan markaziy isitish tizimlari uchun radiatorlarning N-shaklidagi qismlari (trubkalari)


80.

8506 80 800 0

Boshqa birlamchi elementlar va birlamchi batareyalar


81.

8518 21 000 0

Qobiq (korpus) ichiga joylashgan bittalik dinamiklar


82.

9613 90 000 0

Yondirgich qismlari, shu jumladan meхanik yoki elektron (tamaki uchun, chakmoq toshli va piliklar bundan mustasno)


                 


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 21 oktyabr