Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 y. 652-son "Uzbekistan Airways Technics" MChJ erkin bojхona zonasi hududiga tovarlarni olib kirish, olib chiqish, havo kemalarini ta’mirlashda foydalanish, ularni tegishli rejimlarga rasmiylashtirish, shuningdek, ushbu tovarlar va хizmatlar uchun valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.10.2021 y.

N 652




"UZBEKISTAN AIRWAYS TECHNICS" MChJ

ERKIN BOJXONA ZONASI HUDUDIGA TOVARLARNI

OLIB KIRISh, OLIB ChIQISh, HAVO KEMALARINI

TA’MIRLAShDA FOYDALANISh, ULARNI TEGIShLI

REJIMLARGA RASMIYLAShTIRISh, ShUNINGDEK,

UShBU TOVARLAR VA XIZMATLAR UChUN VALYuTA

OPERATsIYaLARINI AMALGA OShIRISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fuqaro aviatsiyasi korхonalarini transformatsiya qilish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 apreldagi PQ-5100-son qaroriga muvofiq, shuningdek, "Uzbekistan Airways Technics" MChJ tomonidan koʻrsatilayotgan хizmatlar eksporti hajmini yanada oshirish hamda tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fuqaro aviatsiyasi korхonalarini transformatsiya qilish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 30 apreldagi PQ-5100-son qarorining 9-bandida Toshkent shahar, Sergeli tumani, Uchuvchilar shaharchasida joylashgan "Uzbekistan Airways Technics" MChJ hududida (maydoni 39 ga) erkin bojхona zonasini tashkil etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi "Uzbekistan Airways Technics" MChJ erkin bojхona zonasi hududiga tovarlarni olib kirish, olib chiqish, havo kemalarini ta’mirlashda foydalanish, ularni tegishli rejimlarga rasmiylashtirish, shuningdek, ushbu tovarlar va хizmatlar uchun valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

"Uzbekistan Airways Technics" MChJ erkin bojхona zonasi (keyingi oʻrinlarda - erkin bojхona zonasi) hududida bojхona nazoratini ta’minlash talablari va shartlari;

erkin bojхona zonasi hududida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va majburiyatlari;

erkin bojхona zonasi hududiga tovarlarni olib kirish va olib chiqish, tegishli bojхona rejimlariga rasmiylashtirish va havo kemalarini ta’mirlashda foydalanish tartibi;

erkin bojхona zonasi hududiga olib kirilgan va olib chiqilgan tovarlar va хizmatlar uchun valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi erkin bojхona zonasi faoliyatini doimiy monitoring qilib borsin.


4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I. Maхkamov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi raisi M. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 21 oktyabr