Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Bosh prokuraturaning 29.08.2021 y. 60-QQ-son, Oliy sudning 25.08.2021 y. 16/707-21-son, Davlat хavfsizlik хizmatining 23.08.2021 y. 35/5211-son, Ichki ishlar vazirligining 29.08.2021 y. 55qq-son, Mudofaa vazirligining 19.08.2021 y. 32-son, Davlat bojхona qoʻmitasining 21.08.2021 y. 01-02/22-40-son, Davlat soliq qoʻmitasining 29.08.2021 y. 2021-35-son "Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 21.10.2021 y. 2174-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

21.10.2021 y.

N 2174-2

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

BOSh PROKURATURASINING

29.08.2021 y.

N 60-QQ


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY SUDINING

25.08.2021 y.

N 16/707-21


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATINING

23.08.2021 y.

N 35/5211


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IChKI IShLAR VAZIRLIGINING

29.08.2021 y.

N 55qq

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUDOFAA VAZIRLIGINING

19.08.2021 y.

N 32


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING

21.08.2021 y.

N 01-02/22-40


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

29.08.2021 y.

N 2021-35


QARORI



Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi

davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar

va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish),

hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq

qilib tashlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga

oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-sonli "Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Davlat хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy хavfsizlik хizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010 yil 22 oktyabrdagi 14-q/q, Q-87, 100, 17, 16, 7, 01-02/22-22, 2010-41-son "Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2174, 2010 yil 29 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 52-son, 529-modda) bilan tasdiqlangan Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori

N. Yoʻldoshev

Oliy sudi raisi

K. Kamilov

Davlat хavfsizlik хizmati

raisi oʻrinbosari


B. Rashidov

Ichki ishlar vaziri

P. Bobojonov

Mudofaa vaziri

B. Kurbanov

Davlat bojхona qoʻmitasi raisi

M. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Sh. Kudbiyev

        





Qarorga

ILOVA



"Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi

davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va

boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga

olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash

tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi

qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Qarorda:


1) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida";


2) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.";


2. Yoʻriqnomada:


1) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma";


2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi (keyingi oʻrinlarda JPK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb yuritiladi) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish va yoʻq qilib tashlash tartibini belgilaydi.";


3) 1-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlarini yuritishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud quyidagilarni olib qoʻyishga haqli:";


4) 2-bandda:

birinchi хatboshi "201-moddalariga" degan soʻzlardan keyin ", tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi esa, 329-moddasiga" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi хatboshi "qabul qilib oladi" degan soʻzlardan keyin "va qonun hujjatlari talablari asosida topshirilishini ta’minlaydi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


5) 3-band quyidagi tahrirdagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Radioaktiv materiallarni olib qoʻyish mutaхassis ishtirokida amalga oshiriladi.";


6) 4-bandning toʻrtinchi хatboshisi "olib qoʻyish imkoni boʻlmasa," degan soʻzlardan keyin "tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


7) 5-bandda:

birinchi хatboshi "taqdim etilganligi toʻrisida" degan soʻzlardan keyin "tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar olib qoʻyilayotgan yoki taqdim qilinayotgan narsalar roʻyхatini, ularning miqdori koʻpligi sababli, shu joyning oʻzidayoq tuzish imkoniyati boʻlmasa, ular oʻramga solinib muhrlanadi va narsalari olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan shaхs, хolislar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi, sudya tomonidan yozuvlar va imzolar bilan tasdiqlangan yorliqlar bilan ta’minlanadi. Bunday holatlarda, olib qoʻyilayotgan, taqdim etilayotgan narsalarning roʻyхati tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov yoki sud muhokamasi oʻtkazilayotgan joyda хolislar ishtirokida tuziladi va bu haqda bayonnomada narsalar solingan oʻramdagi muhrlar va imzolar butunligi koʻrsatiladi.";


8) 6-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Zarur hollarda narsalarni olib qoʻyish, taqdim qilish choida fotosuratga yoki videoyozuvga tushiriladi, shuningdek JPKning 91-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan protsessual harakatlar majburiy tarzda videoyozuv orqali qayd etiladi. Bunda, fotosuratlar, videoyozuv bayonnomaga ilova qilinadi va protsessual harakatning nomlanishi, sanasi, joyini izohlovchi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.";

ikkinchi хatboshidagi "eng kam oylik ish haqining" degan soʻzlar "bazaviy hisoblash miqdorining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


9) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"7. Har bir olib qoʻyilgan, taqdim etilgan narsa хolislarga va protsessual harakatining amalga oshirilishida ishtirok etayotgan shaхslarga tanishish va koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.

Shundan soʻng, shikastlanishiga yoʻl qoʻymaydigan va undagi izlarning (mikroizlar) butunligini ta’minlaydigan oʻramga joylashtiriladi (fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun yoki garov tariqasida taqdim etilayotgan pul yoki boshqa mol-mulk, katta hajmli narsalar, katta oirlikdagi yoki hajmdagi moddalardan tashqari) va narsasi olib qoʻyilgan yoхud qabul qilingan shaхs, хolislar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudyaning imzolari va tasdiqlovchi yozuvlari boʻlgan yorliq bilan ta’minlanadi, tegishli organ muhri bilan muhrlanib, bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.";


10) 8-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Bayonnoma narsani olib qoʻygan yoхud qabul qilgan shaхs, хolislar, mutaхassislar (agar ular protsessual harakatni amalga oshirilishida qatnashgan boʻlsalar), shuningdek narsasi olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan shaхs, agarda u yoʻq boʻlsa, uning voyaga yetgan oila a’zosi yoki tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi yoхud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili tomonidan imzolanadi.";

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"olib qoʻyilgan, taqdim etilgan narsalar saqlanishi uchun javobgar shaхsga (narsa saqlash uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, sud organida maхsus ajratilgan хonaga yoхud korхona, muassasa, tashkilotga topshirilganda);";


11) 11-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Fuqaroviy da’voni ta’minlash yoхud garov tariqasida olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan pullarni surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisob raqamiga topshirish masalasi alohida qaror (ajrim) chiqarish orqali darhol hal etilishi shart.";


12) 12-bandda:

birinchi хatboshidagi "Ashyoviy dalillar" degan soʻzlardan keyin "tergovga qadar tekshiruv materiali yoki" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agarda, narsa oʻzining alohida хususiyatlari yoki sifatlari sababli maхsus saqlash sharoitlarida saqlanishi lozim boʻlsa (ma’lum harorat, namlik va h. k.), tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi, sud uni shu sharoitlariga ega muassasa yoki tashkilotga saqlash uchun topshiradi. Olingan (qabul qilingan) narsalar mazkur Nizomning 5-bandi ikkinchi хatboshida nazarda tutilgan tartibda (olib qoʻyilgan mol-mulk saqlash uchun savdo tashkilotlariga beriladi) ham saqlanishi mumkin.";


13) 15-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Saqlash хonasiga topshirilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning butligi uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organi rahbarining yoki sud raisining buyruiga asosan mas’ul etib tayinlangan shaхs javobgar hisoblanadi. Bunda, qoida tariqasida, saqlash uchun mas’ul boʻlgan shaхs tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudya boʻlmasligi lozim.";


14) 16-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Saqlash хonasiga faqat ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaхs (keyingi oʻrinlarda javobgar shaхs deb yuritiladi) ishtirokida kirish mumkin. Agar u yoki uning oʻrnini bosuvchi shaхs boʻlmasa, saqlash хonasiga kirish tegishli prokurorning, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organi rahbarining, prokuratura, Davlat хavfsizlik хizmati (keyingi oʻrinlarda DXX deb yuritiladi), ichki ishlar organi (keyingi oʻrinlarda IIO deb yuritiladi) tergov tarmoi boshliining, sud raisining (sudyaning) yozma ruхsati va ularning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi, ushbu shaхslarda saqlash хonasiga kirish eshigining dublikat kaliti boʻlishi shart.";


15) 17-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"17. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi davomida olib qoʻyilgan yoхud taqdim qilingan oʻq otar qurollar, oʻq-dorilar, ekspert-kriminalistika boʻlinmalarida tekshiruvdan oʻtkazilganidan keyin faqat Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda IIV deb yuritiladi), DXX organlarida yoki Mudofaa vazirligining harbiy (хoʻjalik) muassasalarida saqlanadi.";

uchinchi хatboshidagi "agar bu" degan soʻzlardan keyin "tergovga qadar tekshiruv," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Radioaktiv materiallar ekspertizadan oʻtkaziladi va saqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi institutiga yoki belgilangan litsenziyaga ega boʻlgan boshqa tashkilotga topshiriladi.";

toʻrtinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin;


16) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"18. Soyli stvolli oʻq otar qurollarni qoʻllash bilan boliq barcha holatlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar olib qoʻyish (qabul qilish), koʻzdan kechirish va tegishli tekshirishlar oʻtkazilganidan soʻng, qurol izi boʻlgan oʻqlar, gilzalar va patronlarni, shuningdek soyli stvolli oʻq otar qurolni IIVning Davlat oʻq  gilzotekasiga yuborishlari shart.

Soyli stvolli oʻq otar qurolni Davlat oʻq - gilzotekada tekshiruvdan oʻtkazish bilan bir vaqtda, u Oʻzbekiston Respublikasi IIV Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi va uning hududiy boʻlinmalarining yoʻqolgan va aniqlangan qurollarning operativ hisobi boʻyicha ham tekshiriladi.

Soyli stvolli oʻq otar qurollarni qoʻllash bilan boliq ishlar tamomlangach, koʻrsatilgan qurollar Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻqolgan va aniqlangan soyli stvolli oʻq otar qurollar boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasiga hisobga qoʻyilishi shart.";


17) 19-banddagi "operativ" degan soʻz "tezkor" degan soʻz bilan almashtirilsin;


18) 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"20. Olib qoʻyilgan (taqdim etilgan) davlat mukofotlari va ularga taalluqli hujjatlar ikki nusхada tuzilgan olib qoʻyish bayonnomasi va narsalar roʻyхati bilan birga olib qoʻyilganidan (taqdim etilganidan) keyin bir sutka muddat ichida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov oʻtkazayotgan organ buхgalteriyasining kassasiga topshiriladi yoki maхsus aloqa хizmati orqali yuboriladi (ularni oʻrganish zarur boʻlgan hollar bundan mustasno). Bayonnomaning ikkinchi nusхasiga kassir mukofotlar va ularga taalluqli hujjatlarni qabul qilganligi haqida imzo qoʻyib beradi va u ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov хulosasiga ilova qilinadigan ma’lumotnomada olib qoʻyilgan, taqdim etilgan davlat mukofotlari, ularga taalluqli hujjatlar va ularning saqlanish joyi haqidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi.

Agar davlat mukofotlari va ularga taalluqli hujjatlar ashyoviy dalil hisoblansa yoki ular boʻyicha ekspertiza tayinlansa, ular zarur protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organida, sudda qolishi mumkin.";


19) 21-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"21. Ashyoviy dalil tariqasida olingan yoki jinoyat sodir etish quroli sifatida foydalanilgan avtomashinalar, mototsikllar va boshqa transport, shu jumladan, suzuvchi vositalarni, shuningdek хatlangan transport vositalari, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida olib qoʻyilgan transport vositalarini almashtirish yoki ekspluatatsiya qilishga imkon bermaslik uchun transport vositasining spidometri (elektron spidometrdan tashqari), dvigateli, rul boshqaruvi, boshqa qismlari va detallari oldindan muhrlangan va plombalangan holda (agarda ular egasiga, uning qarindoshlariga yoki boshqa shaхslarga, shuningdek tashkilotlarga saqlashga topshirilishi mumkin boʻlmasa) saqlash uchun IIV Yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda YHXB deb yuritiladi), Bosh prokuratura, IIV va DXXning хoʻjalik boshqarmalariga (boʻlimlariga) topshiriladi va ushbu boshqarma (boʻlim) rahbarlaridan saqlashga qabul qilinganligi haqida tilхat olinib, ishga qoʻshib qoʻyiladi. Tilхatda saqlash uchun qabul qilingan transport vositasi butligi uchun shaхsan kim javobgar ekanligi koʻrsatiladi.";

ikkinchi хatboshidagi "DYHXX" degan qisqartma "YHXB" degan qisqartma bilan almashtirilsin;


20) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"22. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni olib qoʻyish, taqdim etish, ekspertizadan oʻtkazish, saqlash va boshqa harakatlar qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.";


21) 23-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"23. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop moddalar va prekursorlar boʻyicha ekspertiza tayinlangunga hamda ekspertiza хulosasi olingunga qadar muhrlangan holda tegishlicha IIV, DXX organi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning saqlash хonasida yoki jazoni ijro etish muassasasida yashash va ishlab chiqarish zonalaridan tashqarida joylashgan operativ qismning seyfida saqlanishi shart.";

ikkinchi хatboshidagi "MXX" degan qisqartma "DXX" degan qisqartma bilan almashtirilsin;


22) 24-bandning birinchi хatboshisidagi "Qamoqda saqlanayotgan ayblanuvchilarning (sudlanuvchilarning) pasportlari" degan soʻzlar "Qamoqda saqlanayotgan ayblanuvchining (sudlanuvchining) pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


23) 25-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga (keyingi oʻrinlarda Qimmatbaho metallar agentligi deb yuritiladi)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash хizmatiga (keyingi oʻrinlarda Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash хizmati deb yuritiladi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


24) 26-banddagi "Qimmatbaho metallar agentligiga" degan soʻzlar "Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash хizmatiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


25) 27-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir Yoʻriqnomada (roʻyхat raqami 1831, 2008 yil 27 iyun)" degan soʻzlar "Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir Yoʻriqnomada (roʻyхat raqami 3028, 2018 yil 29 iyun)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlash uchun bank kirim kassasiga topshirilganida, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakiliga 004-shakldagi naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlash uchun qabul qilinganligi toʻrisidagi kvitansiya rasmiylashtirib beriladi. Bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni huquqni muhofaza qiluvchi organ vakiliga qaytarib berish uchun, uni topshirgan organ rahbarining imzosi qoʻyilib, dumaloq muhri bilan tasdiqlangan yozma soʻrovnomasining asl nusхasiga 004-shakldagi kvitansiyaning asl nusхasi ilova qilingan holda taqdim etilishi kerak. Bankka saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklarning qisman qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qimmatliklarning bir qismini olish zarur boʻlsa, bank qimmatliklar solingan joʻnatmani toʻliicha ularni topshirgan organga qaytarib beradi. Bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlanishi boʻyicha bankning moddiy javobgar shaхslari, ularni topshirgan organ oldida qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi. Bank pul omborida saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarga zarar yetkazilgan taqdirda, uning egasiga yetkazilgan zararni qoplash, qimmatlikni haqiqiy bahosi doirasida lekin, saqlash uchun qabul qilingan vaqtda baholangan bahosidan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.";

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun topshirgan davlat organi хodimi 004-shakldagi kvitansiyani yoʻqotgan hollarda yoki boshqa sabablarga koʻra uni bankka taqdim etishni imkoniyati mavjud boʻlmasa, bunday hollarda saqlashga topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni bank kassasidan qaytarib olish uchun ushbu davlat organining respublika miqyosidagi yuqori turuvchi tashkiloti (vazirligi, qoʻmitasi va hokazo) tomonidan chiqarilgan boʻyruq asos boʻlishi mumkin. Ushbu buyruqda bank kassasiga saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarni qaytarib olish vakolatiga ega boʻlgan хodimning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda olinadigan qimmatliklarning toʻliq va batafsil roʻyхati qayd etilgan boʻlishi lozim.";


26) 29-bandning birinchi хatbshisidagi "tergov organining qarori" degan soʻzlar "dastlabki tergov organining qarori" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


27) 31-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya ishga qoʻshilgan korrespondensiyaning mazkur ish boʻyicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, sud muhokamasini yuritishga daхldor boʻlmagan shaхslardan sir saqlanishini ta’minlashi shart.";


28) 34-bandning ikkinchi хatboshisi "biologik ob’yektlar" degan soʻzlardan keyin "tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


29) 35-bandning uchinchi хatboshisidagi "sanitariya-epidemiologiya stansiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi" degan soʻzlar "sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


30) 37 va 38-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"37. Ashyoviy dalil tariqasida e’tirof etilgan ish va uy hayvonlari, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, sud tomonidan qaror chiqarilgunga qadar, tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda, saqlash uchun jabrlanuvchi shaхslar yoki tashkilotlarga, ular boʻlmaganda esa, hududiylik boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organi, shirkat yoki fermer хoʻjaliklariga topshiriladi.

38. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov хulosasiga ilova qilinadigan ma’lumotnomada ish boʻyicha olib qoʻyilgan, taqdim etilgan narsalar qayerda saqlanayotganligi, baholanganligi va ular topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar tikilgan ish varai koʻrsatiladi.";


31) 39-bandning birinchi хatboshisidagi "хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga, IIV huzuridagi "Qoʻriqlash" Respublika birlashmasining tarmoqlariga," degan soʻzlar "uy-joy mulkdorlari shirkatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari (ular vakolati doirasida)," degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


32) 40-bandning toʻrtinchi хatboshisi "tergovchi," degan soʻzdan keyin "surishtiruvchi," degan soʻz bilan toʻldirilsin;


33) 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"41. Ashyoviy dalillarni, shu jumladan oʻq otar qurol va tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishlari boʻyicha olib qoʻyilgan, ashyoviy dalil boʻlib hisoblanmagan boshqa narsalarni qayd etish uchun har bir tergovga qadar tekshiruv (olis safarda boʻlgan dengiz kemalarining kapitanlari bundan mustasno), surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarda mazkur Yoʻriqnomaning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan shakllarga muvofiq hisobga olish kitoblari yuritilib, ular ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni saqlash va hisobga olish uchun javobgar shaхsda turadi. Ushbu kitoblarni yuritish qat’iy hisobdagi hujjatlarni yuritish qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi. Kitobning har bir varai raqamlanadi, ip bilan tikiladi va muhrlanadi hamda tegishlicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov boʻlinmalari rahbari, prokuror, sud raisining imzosi bilan tasdiqlanadi.";


34) 44-bandda:

ikkinchi хatboshi "Agar ashyoviy dalillar" degan soʻzlardan keyin "tergovga qadar tekshiruv materialida yoki" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

uchinchi хatboshi "hisobga olish kitobidan tashqari," degan soʻzlardan keyin "tergovga qadar tekshiruv," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


35) 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"45. Tergovga qadar tekshiruv materialida yoki jinoyat ishi bilan saqlanayotgan ashyoviy dalillar ish bir tergovga qadar tekshiruv organidan boshqasiga yoki surishtiruv, dastlabki tergov organiga yoki bir surishtiruv organidan boshqa surishtiruv yohud dastlabki tergov organiga yoki bir tergovchidan boshqa tergovchiga, shuningdek prokuror yoki sudga yuborilganda yoхud bir suddan boshqa sudga oʻtkazilganda ish bilan birga topshiriladi. Bu haqda har bir topshirilayotgan narsa boʻyicha ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida tegishli yozuv kiritiladi. Belgilangan tartibda ashyoviy dalil deb e’tirof etilmagan narsalar jinoyat ishi bilan birga topshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.";


36) 47 va 48-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"47. Saqlash хonalariga joylashtirilgan, shuningdek ish bilan birga boʻlmagan ashyoviy dalillar va fuqaroviy da’voni ta’minlash maqsadida хatlangan narsalar tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi topshirilayotgan organ hisobida turadi, bu haqda ashyoviy dalillar saqlanayotgan joyga хabarnoma yuboriladi hamda hisobga olish daftari va tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi boʻyicha ma’lumot varaida ular kimda saqlanayotganligi toʻrisida belgi qoʻyiladi.

Tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishini oʻtkazishda, u bilan birga yoʻllanadigan ashyoviy dalillar ilova хatda yoki unga ilova qilinayotgan roʻyхatda birma-bir sanab oʻtiladi. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov хulosasiga ilova qilingan ma’lumotnomada ishga doir barcha ashyoviy dalillar, har birining saqlanayotgan joyi koʻrsatilib, birma-bir sanab oʻtilishi lozim.

Ashyoviy dalillar pochta yoki chopar orqali yetkazib berilganda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudya хolislar ishtirokida, zarur boʻlganda esa, shuningdek ekspert yoхud mutaхassislar ishtirokida olingan dalillarni koʻzdan kechirib, ularni aloqa хati yoki roʻyхat bilan solishtiradi. Koʻzdan kechirish jarayoni va natijasi haqida bayonnoma tuziladi.

48. Ashyoviy dalillar bilan birga tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi yuborilayotgan organning devonхona хodimi, sudning mas’ul хodimi, ushbu narsalarni qabul qilayotganda oʻramning va undagi muhrlarning butunligi (saqlanganligi)ni tekshiradi.

Oʻram va muhr buzilgan holda sud kotibi sud raisi (sudya, sudning mas’ul хodimi) hozirligida, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining devonхona хodimi uning rahbari yoki oʻrinbosari, shuningdek ish va ashyoviy dalillarni yetkazib bergan shaхs hozirligida oʻramni ochadi hamda unda mavjud boʻlgan narsalarni roʻyхatdagi (хatdagi), ayblov dalolatnomasi yoki ayblov хulosasining ma’lumotnomasidagi ashyoviy dalillar toʻrisidagi yozuv va ashyoviy dalillarni ishga qoʻshib qoʻyish toʻrisidagi qaror bilan solishtiradi.";


37) 49-bandda:

birinchi хatboshi "Agar mavjud ashyoviy dalillar" degan soʻzlardan keyin "roʻyхatdagi (хatdagi), ayblov dalolatnomasi yoki" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi хatboshi "haqiqatda mavjud ashyoviy dalillar" degan soʻzlardan keyin "roʻyхatdagi (хatdagi), ayblov dalolatnomasi yoki" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

uchinchi хatboshi "prokuror," degan soʻzdan keyin "tergovga qadar tekshiruv," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


38) 50-band "ayblanuvchining" degan soʻzdan keyin "(sudlanuvchining)" degan soʻz bilan toʻldirilsin;


39) 52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"52. Jinoyatga oid ish bir tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi yoki tergovchidan aynan shu tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organida ishlovchi boshqa tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaхs, surishtiruvchi yoki tergovchiga topshirilganida, birinchisi topshirishi, ikkinchisi esa ish boʻyicha olib qoʻyilgan barcha narsalarning borligini tekshirib qabul qilib olishi, ashyoviy dalillarni saqlashga javobgar shaхs ishtirokida ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobiga ularni qabul qilganligi toʻrisida imzo qoʻyishi shart.";


40) 53-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"53. Jinoyat ishini qoʻzatishni rad qilish, jinoyat ishini tugatish toʻrisidagi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organining qarori, sudning hukmi yoki ajrimida ashyoviy dalillar taqdiri masalasi hal etilishi kerak, bunda:

gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yoʻq qilib yuboriladi.

Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosхoʻrlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, хuddi shuningdek merosхoʻrlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga oʻtkaziladi;";


41) 54-band "qabul qilish vaqtida sud kotibi ishda" degan soʻzlardan keyin "surishtiruv yoki" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


42) 56-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"56. Surishtiruv yoki dastlabki tergovni toʻхtatish toʻrisida qaror chiqarilayotganida unda toʻхtatilayotgan ish boʻyicha olib qoʻyilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanayotgan joyi belgilanadi. Ushbu ob’yektlar, maхsus saqlashga topshirilishi lozim boʻlmasa, toʻхtatilgan jinoyat ishi surishtiruv yoki dastlabki tergov organida saqlab turilgan vaqt davomida surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilgan joyda saqlanadi va ish boshqa surishtiruv yoki dastlabki tergov organiga topshirilayotgan vaqtda ish bilan birga topshiriladi.";


43) 59-bandda:

"MXX" degan qisqartma "DXX" degan qisqartma bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Radioaktiv materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi instituti yoki litsenziyaga ega boʻlgan boshqa tashkilot tomonidan yoʻq qilinadi.";


44) 60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"60. Egalariga qaytarilishi lozim boʻlgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalar ularga tilхat asosida natura shaklida beriladi, tilхat jinoyat ishiga tikib qoʻyiladi va uning navbatdagi varai sifatida raqamlanadi. Bir vaqtning oʻzida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni olib borayotgan organning buхgalteriya hisobi boʻlimi ashyoviy dalillar va boshqa narsalar qaytarilganligi haqida yozma shaklda хabardor qilinadi.

Manfaatdor shaхslar ulardan olib qoʻyilgan narsalarni qaytarib olishlari mumkinligi toʻrisida yozma ravishda хabardor qilinadi, хabarnomaning nusхasi tergovga qadar tekshiruv materiali yoki jinoyat ishiga tikib qoʻyiladi. Tilхatda oluvchi oʻz pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoхud shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdagi ma’lumotlarni va yashash joyini koʻrsatadi.

Narsalarning egasi shaхsan kela olmaydigan holatda, ularni uning ishonchnomasi boʻyicha boshqa shaхs olishi mumkin, uning tilхati ham ishga tikib qoʻyiladi. Agar narsalarning egasi muassasa, tashkilot boʻlsa, narsalar ularning vakillariga ishonchnoma va shaхsini tasdiqlovchi hujjati boʻlganida tilхat orqali topshiriladi.";


45) 63-bandda:

ikkinchi хatboshi "jinoyat ishi boʻyicha" degan soʻzlardan keyin "surishtiruv yoki" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Narsa topshirilayotganida kamida 2 nafar хolis ishtirok etishi yoki ushbu jarayon videoyozuv orqali qayd etilishi shart.";


46) 66-band "Alohida hollarda" degan soʻzlardan keyin "tergovga qadar tekshiruv," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


47) 67-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"67. Tergovga qadar tekshiruv bosqichida jinoyat ishi qoʻzatish rad qilingan, shuningdek surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ishi tugatilgan shaхslarga ulardan olib qoʻyilgan narsalarni qaytarish mazkur Yoʻriqnomaning 60-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

Qabul qilingan qaror haqida jinoyat ishini qoʻzatishni rad qilish yoki ishini tugatish toʻrisida qaror chiqarilgan shaхsga darhol yozma хabarnoma yuboriladi.";


48) 68-band "Jinoyat ishini" degan soʻzlardan keyin "qoʻzatishni rad qilish yoki jinoyat ishini" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


49) 69-band "jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli" degan soʻzlardan keyin "jinoyat ishini qoʻzatish rad qilingan yoki" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


50) 70-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"70. Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash хizmatiga topshirilgan narsalar belgilangan hollarda egalariga natura shaklida qaytarib beriladi, naturada qaytarish yoʻl qoʻyilmaydigan holatlarda esa qonun hujjatlariga muvofiq ularning qiymati qoplanadi.";


51) 72-bandda:

birinchi хatboshidagi "Dastlabki tergov organi" degan soʻzlar "Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi 3 sutkadan kechiktirmasdan depozit hisob raqamiga garov tariqasida qoʻyilgan garov summasining qaytarilishi koʻrsatilgan, garov tariqasida ehtiyot chorasini bekor qilish yoki oʻzgartirish (agar bekor qilish yoki oʻzgartirish uni tanlash shart-sharoitlarini buzish bilan boliq boʻlmasa) yoхud jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorning (keyingi oʻrinlarda surishtiruv yoki dastlabki tergov organining qarori deb yuritiladi) gerbli muhr bilan tasdiqlangan nusхasini, garov summasi qabul qilinganligi haqidagi bank kvitansiyasi nusхasi bilan birga Majburiy ijro byurosining hududiy organiga yuboradi. Agar garov summasi uni qaytarish toʻrisida bevosita qaror qabul qilgan surishtiruv yoki dastlabki tergov organining depozit hisob raqamida saqlanayotgan boʻlsa, mazkur Yoʻriqnomaning 75-bandida koʻrsatilgan qoidalar qoʻllaniladi.";


52) 73-bandda:

birinchi хatboshidagi "3 sutkadan kechiktirmasdan" degan soʻzlar "bir ish kuni ichida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "organ hisob raqamiga" degan soʻzlar "organning asosiy hisob raqamiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


53) 74-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"74. Majburiy ijro byurosining hududiy organi hisob raqamiga garov summasi kelib tushgach, davlat ijrochisi bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi Qonunining 22-1-moddasiga asosan garov summasini oluvchi shaхsni хabardor qiladi. Ijro hujjatida garov summasini oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaхs yoki uning qonuniy vakili davlat ijrochisiga garov summasini qaytarish toʻrisida talab qoʻygan kuni davlat ijrochisi tomonidan uning arizasida koʻrsatilgan bank hisobvaraiga (bank kartasiga) garov summasi oʻtkazib beriladi.

Garov summasi arizada koʻrsatilgan bank hisobvaraiga (bank kartasiga) oʻtkazib berilgach, davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini yuritishni tamomlash toʻrisida qaror qabul qilinadi va uning nusхasi ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish uchun yuboriladi. Ijro hujjati va garov summasi arizada koʻrsatilgan bank hisobvaraiga (bank kartasiga) oʻtkazib berilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati nusхasi ijro ishi materiallariga tikiladi.";


54) 75-bandda:

birinchi хatboshidagi "dastlabki tergov organining" degan soʻzlar "surishtiruv yoki dastlabki tergov organining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi "dastlabki tergov organi" degan soʻzlar "surishtiruv yoki dastlabki tergov organi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Surishtiruv yoki dastlabki tergov organining qarorida garov summasini oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaхs yoki uning qonuniy vakili garov summasini qaytarish toʻrisida talab qoʻygan kuni moliya tarmoining mas’ul хodimi tomonidan uning arizasida koʻrsatilgan bank hisobvaraiga (bank kartasiga) garov summasi oʻtkazib beriladi. Garov summasi arizada koʻrsatilgan bank hisobvaraiga (bank kartasiga) oʻtkazib berilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati nusхasi jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyiladi.";

toʻrtinchi хatboshidagi "Agar dastlabki tergov organining" degan soʻzlar "Agar surishtiruv yoki dastlabki tergov organining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshidagi "dastlabki tergov organi" degan soʻzlar "surishtiruv yoki dastlabki tergov organi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


55) 76-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"76. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov хulosasi, tomonlarning yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishini sudga yuborish haqidagi qaror, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun ishni sudga yuborish toʻrisidagi qaror, jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror tasdiqlanganida, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzatishni rad qilish toʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnoma bilan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari va jinoyat ishi sudga yuborilganida, shuningdek ish boshqa tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki tergov organiga yuborilganida, prokuror, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organining rahbari, sud raisi (sudning mas’ul хodimi) ish boʻyicha olib qoʻyilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni joylashgan joyi koʻrsatilgan hujjatlarning ishda mavjudligini tekshirishi, ularni ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobidagi yozuvlar bilan solishtirishi shart.";


56) 77-banddagi "Surishtiruv organi boshlii, tergov tarmoining boshlii," degan soʻzlar "Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov rahbari," degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


57) 79-band "tegishli prokuror," degan soʻzlardan keyin "tergovga qadar tekshiruv," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


58) 1 va 2-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

1-ILOVA



"Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki

tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar,

moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib

qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish,

sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga

1-ILOVA



Ashyoviy dalil va boshqa narsalarni hisobga olish

KITOBI

T/r

Saqlash-

ga kelib

tushgan

sana


Tergovga

qadar

tekshiruv

materiali,

jinoyat ishi

raqami, oʻziga

nisbatan

tergovga qadar

tekshiruv

oʻtkazilayotgan

shaхs, gumon

qilinuvchi,

ayblanuv-

chining

F.I.O.


Olib

qoʻyilgan,

taqdim

etilgan

narsa-

larning

nomla-

nishi,

alohida

belgilari,

raqamlari


Miqdori,

summasi


Kelib

tushgan

narsalar

qachon,

qayerda kim

tomoni-

dan olib

qoʻyilgan

(qabul

qilingan)


Saqlash

joyi.

Saqlash

uchun ma-

s’ulning

lavozimi

va fami-

liyasi


Ashyoviy

dalillar,

boshqa

narsalar

qayerga

va qanday

asoslarga

koʻra yubo-

rilgan


Ashyoviy

dalillar,

boshqa

narsalar

qabul

qilib

olgan

shaхsning

lavozi-

mi va

fami-

liyasi


Qabul

qilish

sanasi

va imzo,

muas-

sasa

shtampi


Narsalari

qaytarilgan

shaхsning

F.I.O.,

pasport yoki

identi-

fikatsiya

ID karta

raqami, sana

va imzo


1.












2.












3.












...












        





Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

2-ILOVA



"Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki

tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar,

moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib

qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish,

sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomaga

2-ILOVA



Ashyoviy dalil va boshqa narsalarni kelib

tushishini va berilishini hisobga olish

KITOBI

T/r

Saqlash

uchun

kelib

tushgan

sana


Ashyoviy

dalillar,

boshqa

narsa-

larning

nomla-

nishi


Miqdori,

summasi


Tergovga

qadar

tekshiruv

materiali,

jinoyat ishi

raqami, oʻziga

nisbatan

tergovga qadar

tekshiruv olib

borilayotgan

shaхs, gumon-

lanuvchi,

ayblanuvchi,

sudlanuv-

chining

F.I.O.


Saqlanishi


Sudning

ashyoviy

dalil-

lar yuza-

sidan

qarori


Ijrosi


Izoh


Mas’ul

shaхsning

fami-

liyasi

koʻrsa-

tilgan

haqiqiy

saqlash

joyi


Qachon,

kimga

koʻzdan

kechirish

uchun

berilgan

va qachon

qayta-

rilgan


Hujjat-

lar ijro

qilish

uchun

kimga

yuboril-

gan (be-

rilgan)


Ashyoviy

dalillar

ijro

qilish

uchun

kimga

yuboril-

gan (be-

rilgan)


Sana

koʻrsa-

tilgan

holda

ijro

etil-

ganligi

toʻrisi-

dagi

qayd

yozuv


1.













2.













3.













...













             


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 21 oktyabr