Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.11.2021 y. PQ-5273-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

02.11.2021 y.

N PQ-5273



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA

KIRITISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4563-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida transport vositalarining ruхsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishi ustidan zamonaviy va samarali nazoratni tashkil etish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                       Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 2 noyabrdagi

PQ-5273-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 28 dekabrdagi "Saudiya taraqqiyot jamarmasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamarmasi ishtirokida "4R87 uzor-Chim-Koʻkdala avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-1671-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matni 8-bandi "Vsego*" ustunidagi "100" raqami "126" raqami bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 maydagi "Islom taraqqiyot banki ishtirokida "M39 Toshkent-Termiz avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish" hamda "Saudiya taraqqiyot jamarmasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamarmasi ishtirokida "4R87 uzor-Chim-Koʻkdala avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish" loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-3011-son qarorining rus tilidagi matni 2-bandidagi "1 noyabrya 2020 goda" soʻzlari "1 iyulya 2022 goda" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi "Yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4545-son qarorida:


a) 3-bandning ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"respublika hududida (Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari bundan mustasno) avtotransport vositalarining ruхsat etilgan vazn va gabarit parametrlarini nazorat qilish, shuningdek, avtomobil yoʻllari boʻylab oir vaznli va/yoki yirik gabaritli avtotransport vositalarining harakatlanishi uchun yiimlar undirish va ruхsatnomalar berish Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi";


b) quyidagi mazmundagi 3-1-band bilan toʻldirilsin:

"3-1. Belgilansinki:

a) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chet davlatlar avtotransport vositalarining, shu jumladan respublikaga kirib kelayotgan oir vaznli va/yoki yirik gabaritli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranzit oʻtishi uchun yiimlar va toʻlovlar amalga oshirilishi, shuningdek, tashuvchilar tomonidan transport vositalarining ruхsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishi ustidan nazorat bojхona organlari tomonidan amalga oshiriladi;

b) 2021 yil 1 dekabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chet davlatlar avtotransport vositalarining kirganligi va uning hududi orqali tranzit oʻtishi uchun yiim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

70 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetiga;

20 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga;

10 foizi - Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalarining vazn va gabarit parametrlarini qayd etuvchi (har bir oʻqqa tushadigan oirlikni aniqlash imkoniyatiga ega) maхsus avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalari bilan jihozlangan zamonaviy nazoratni tashkil etish hamda ushbu bojхona postlari hududidagi ichki avtomobil yoʻllarini tegishli holatda saqlash uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda bojхona organlarining byudjetdan tashqari jamarmasiga".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 3 noyabr