Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2021 y. PQ-5277-son "Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

03.11.2021 y.

N PQ-5277



XALQARO ShARTNOMANI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Qiriziston Respublikasi oʻrtasida hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida:


1. 2021 yil 11 martda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qiriziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbek-Qiriz taraqqiyot jamarmasini (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tashkil etish toʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda - Bitim) tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Bitimni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.

3. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov va Strategik islohotlar agentligi direktori - Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi ijrochi direktori Sh.A. Vafayev Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Oʻzbek-Qiriz taraqqiyot jamarmasining kengashi a’zolari hisoblanadi;

Oʻzbek-Qiriz taraqqiyot jamarmasining ustav kapitalida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ulushi, istisno tariqasida, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga bosqichma-bosqich ajratiladigan Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari hisobidan shakllantiriladi.

4. Tashqi ishlar vazirligi qiriz tomoniga Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillari Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan bajarilganligi toʻrisida tegishli bildirishnomani yuborsin.


5. Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiq joriy yilda Oʻzbek-Qiriz taraqqiyot jamarmasiga oʻzbek tomonidan ajratiladigan mabla yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining "2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻrisida"gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


6. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu хalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni ta’minlasin.


7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 3 noyabr