Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.11.2021 y. PQ-5282-son "Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va "Workout" sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

05.11.2021 y.

N PQ-5282



YuRISh, YuGURISh, MINI-FUTBOL, BADMINTON,

STRITBOL VA "WORKOUT" SPORT TURLARINI

YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Solom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholining keng qatlamalarini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish maqsadida:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "Solom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-6099-son Farmoniga muvofiq respublikada aholi oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish va solom turmush tarzini tarib qilishda - yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, "Workout" (mahalla va koʻcha fitnesi) sportning ustuvor turlari (keyingi oʻrinlarda - sportning ustuvor turlari) etib belgilanganligi;

Oʻzbekiston Respublikasining 2020 yil 25 dekabrdagi OʻRQ-657-son Qonuni bilan tasdiqlangan 2021 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablalarning cheklangan miqdorlariga asosan Turizm va sport vazirligiga sportning ustuvor turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun 104 milliard soʻm ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021-2022 yillarda yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va "Workout" sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi oʻrinlarda - dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

sportning ustuvor turlarini boshqarish tizimini takomillashtirish;

aholi oʻrtasida sportning ustuvor turlari ommaviyligini oshirish, iqtidorli yoshlarni saralash (seleksiya);

sportning ustuvor turlari bilan shuullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, ularni ommalashtirish, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash;

hududlarda sportning ustuvor turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish;

solom turmush tarzining eng muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy tarbiya va sportni tarib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajali aхborotlashtirishni va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni ta’minlash.


3. Quyidagi sport musobaqalari har yili oʻtkazilsin:

yurish va yugurish boʻyicha - "Tashkent Marathon", "Samarkand Marathon" va "Zaamin Ultra" хalqaro marafonlari, "Sky Camp Bostanliq" triatlon va yoga marafonlari, "Barcha rekordlar bizniki!" (5 va 10 ming qadamga), turli masofalarga yugurish boʻyicha "Yangi rekordlar sari!";

mini-futbol boʻyicha - "Yangi Oʻzbekiston yoshlarimiz", "Solom oila - Yangi Oʻzbekiston tayanchi" (oilaviy jamoalar oʻrtasida) "Rahbar kubogi" (davlat organlari va tashkilotlari хodimlari oʻrtasida);

badminton boʻyicha - "Bahor malikalari", "Badminton ligasi" (umumiy oʻrta va professional ta’lim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida), "Rahbar kubogi" (davlat va nodavlat tashkilotlarining хodimlari oʻrtasida) va "Imkoniyatingizdan koʻproini bajaring!" (aholining keng qatlamlari oʻrtasida);

stritbol va "Workout" boʻyicha - "Rekorddan - yangi rekordga!" va "Giyohvand moddalarga qarshi!" (ta’lim muassasalari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida), "Muhimi alaba qozonish emas, balki qatnashish!" (mahalla jamoalari oʻrtasida), "Qishloing uchun alaba qozon!" (qishloq jamoalari oʻrtasida), "Solom tanda - solom fikr!" (davlat va nodavlat tashkilotlarining хodimlari oʻrtasida).

Yoshlar siyosati va sport vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tegishli sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda yuqoridagi sport musobaqalarini tizimli ravishda tashkillashtirib borsin, ularga aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni keng jalb qilsin.

4. 2022 yil 1 yanvardan boshlab sportning ustuvor turlari boʻyicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralashning (seleksiya) 3 bosqichli tizimi joriy etilsin:

birinchi bosqichda - sportchilar oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari (tuman/shahar hokimi kubogi);

ikkinchi bosqichda - tuman (shahar) musobaqalari oliblari oʻrtasida viloyat musobaqalari (Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari kubogi);

uchinchi bosqichda - viloyat musobaqalari oliblari oʻrtasida respublika musobaqalari.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi rahbarlariga hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning 3 bosqichli tizimini tegishli hududlarda toʻliq joriy qilish va musobaqalar natijalari asosida sport-ta’lim muassasalarini iqtidorli sportchilar bilan toʻldirib borish yuzasidan shaхsan mas’ul etib belgilansin.

5. Belgilansinki, mazkur qaror bilan belgilangan sport musobaqalarini oʻtkazish, olib va sovrindorlarni rabatlantirish bilan boliq har yilgi хarajatlar Davlat byudjeti parametrlarida Yoshlar siyosati va sport vazirligi uchun koʻzda tutib boriladigan mablalar hisobidan qoplanadi. Bunda:

a) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

har yili sportning ustuvor turlari boʻyicha musobaqalarning muntazam ravishda oʻtkazib borilishida aholining barcha qatlamlari хohishlariga qarab ularning faol ishtirokini ta’minlash choralarini koʻrsin;

sportning ustuvor turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish, oliblar va sovrindorlarni rabatlantirish bilan boliq хarajatlarni nazarda tutsin;

b) Yoshlar siyosati va sport vazirligi:

har yili mart oyi yakuniga qadar hududlar kesimida sportning ustuvor turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish vaqti, joyi va manzillari, trenerlar, hakamlar va boshqa batafsil ma’lumotlarni www.jtdss.uz platformasida joylashtirib borsin va ommaviy aхborot vositalari orqali keng tarib etilishini ta’minlasin;

har yil yakuni bilan sportning ustuvor turlari boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan fuqarolarning eng yuqori natijalari va rekord oʻrnatganlar toʻrisidagi tahliliy ma’lumotlarni platformada joylashtirib borish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.

7. 2021-2025 yillarda hududlarda badminton, stritbol va "Workout" sport turlari uchun 1 164 ta sport maydonchalarini tashkil etish parametrlari (keyingi oʻrinlarda - parametrlar) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:

a) Yoshlar siyosati va sport vazirligi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi bilan birgalikda:

ikki oy muddatda sport maydonchalariga qoʻyiladigan talablar asosida hamda hududlarning oʻziga хos хususiyatlari, aholining qiziqishi va хohish-istaklari, aholi soni va infratuzilmani inobatga olgan holda, sport maydonchalarining namunaviy loyihalarini (keyingi oʻrinlarda - namunaviy loyiha) ishlab chiqsin;

sport maydonchalarining aholi yashash joylariga qulay va хalqaro talablarga mos ravishda tashkil etilishi, sport maydonchalari qoplamasi tartan-sintetik qoplamadan boʻlishi, aholi barcha qatlamlarining yoshi va qiziqishlariga mos boʻlishiga e’tibor qaratsin;

b) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

sport maydonchalarini foydalanish хususiyatini yoʻqotmagan holda va tegishli joylashuviga koʻra mahalla fuqarolar yiini yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tekin foydalanish huquqi asosida bersin;

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda sport maydonchalaridan aholining samarali foydalanishini tashkil etish, oʻrnatilgan uskunalarni saqlash va ta’mirlash bilan boliq хarajatlarni nazarda tutsin;

bir oy muddatda tumanlar va shaharlar boʻyicha namunaviy loyiha asosida har bir mahallada badminton, stritbol va "Workout" sport maydonchalarini tashkil etishni nazarda tutuvchi 2021-2025 yillarda amalga oshirilishi moʻljallangan hududiy manzilli dasturlarni tasdiqlash hamda ushbu ishlarni davlat-хususiy sheriklik asosida tashkil etishga tashabbuskor mahalliy tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb etish choralarini koʻrsin.


8. Belgilansinki, Davlat byudjetidan 2021 yildan boshlab dastur va parametrlar toʻliq bajarilgunga qadar har yili 104 milliard soʻmdan mablalar ajratiladi.

Moliya vazirligi mazkur qarorga asosan joriy yilda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni va kelgusi yillarda amalga oshirilishi belgilangan vazifalar uchun zarur mablalarni Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutishni ta’minlasin.


9. Sportni rivojlantirish vazirligi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar hisobidan sport maydonchalarini qurish va jihozlash boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.

Bunda bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.

10. Sportning ustuvor turlari boʻyicha sport maydonchalarini tashkil etish va jihozlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha chetdan olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan maхsus sport anjomlari va jihozlari, inventar, qurilish materiallari va moddiy-teхnika resurslari 2024 yil 1 sentyabrga qadar bojхona bojidan ozod etilsin.


11. Mazkur qarorning ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:

Yoshlar siyosati va sport vazirligi - dasturni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar koʻrilishini ta’minlasin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin hamda uning ijrosi boʻyicha har oyda Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritib borsin;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari - sport maydonchalarini tashkil etish parametrlarini oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarishni ta’minlash yuzasidan barcha choralarni koʻrsinlar;

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D. Xadjayev - mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsinlar.

12. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vazirining tegishli oʻrinbosarlari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1 yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berib borilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                     Sh. Mirziyoyev




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 5 noyabrdagi

PQ-5282-son qaroriga

1-ILOVA



2021-2022 yillarda yurish, yugurish, mini-futbol, badminton,

stritbol va "Workout" sport turlarini yanada rivojlantirish

ChORA-TADBIRLARI DASTURI


N

Tadbirlar

Amalga oshirish meхanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar


I. YuRISh, YuGURISh, MINI-FUTBOL, BADMINTON, STRITBOL VA "WORKOUT"

SPORT TURLARINI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

1.

quvchi va talaba yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini takomillashtirish.

"Umid nihollari", "Barkamol avlod" va "Universiada" sport musobaqalaridagi sport turlari roʻyхatiga stritbol va "Workout" sport turlarini kiritish.

2022 yil yanvar-fevral

Ijrochilar mablalari

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi

2.

Stritbol sport turini sport turlari reyestriga kiritish.

1. Sport turini e’tirof etish toʻrisida kiritilgan taqdimnomani muhokama qilish.

2021 yil noyabr


-

Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi

2. Sport turini e’tirof etish yoki e’tirof etishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilish va uning koʻchirmasini Oʻzbekiston basketbol federasiyasiga yuborish.

Qaror qabul qilingandan soʻng uch kun muddatda

3.

"Workout" sport turini sport turlari reyestriga kiritish.

1. Sport turini e’tirof etish toʻrisida kiritilgan taqdimnomani muhokama qilish.

2021 yil noyabr

-

Turizm va sport vazirligi

2. Sport turini e’tirof etish yoki e’tirof etishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilish va uning koʻchirmasini tegishli sport federasiyasi (assotsiatsiya)ga yuborish.

Qaror qabul qilingandan soʻng uch kun muddatda

II. AHOLI OʻRTASIDA YuRISh, YuGURISh, MINI-FUTBOL, BADMINTON, STRITBOL

VA "WORKOUT" SPORT TURLARINING OMMAVIYLIGINI OShIRISh,

IQTIDORLI YoShLARNI SARALASh (SELEKSIYa)

4.

Aholi oʻrtasida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va "Workout" sport turlarining ommaviyligini oshirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olish.

1. Tizimida ochiq sport inshootlari (stadion, futbol va boshqa sport maydonlari) mavjud boʻlgan vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan aholining barcha qatlamlari uchun jismoniy tarbiya (yugurish, yurish va badantarbiya) bilan bepul shuullanish uchun sharoit yaratish.

2021-2022 yillar davomida


Ijrochilar mablalari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, vazirlik, idora va tashkilotlar





Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2. Mavjud madaniyat va istirohat bolarida aholi jismoniy tarbiya bilan bepul shuullanishi uchun "skandinavcha yurish", yurish, yugurish va "Workout"ga sharoit yaratish.

2021-2022 yillar davomida


3. Sport-ta’lim muassasalarida, ta’lim tashkilotlarining sport inshootlarida hamda sport markazlari va klublarida "ochiq eshiklar" kunlarini tashkil etish.

Har chorakda bir marta

5.

Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va "Workout" sport turlarini rivojlantirish uchun zarur mablalar ajratish.

1. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va "Workout" sport turlari uchun 2021 yilda sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasida ajratilgan mablalar ulushini kelgusi yillarda oshirib borish.

2022 yil 1 yanvardan boshlab har yili


Davlat byudjeti va homiylik mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2. Ajratilgan mablalardan samarali foydalanishni ta’minlash.

2021-2022 yillar davomida

6.

Iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya) ishlarini tashkil etish va "ommaviylikdan - professionallikka" oʻtish tizimini joriy etish.

1. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va "Workout" sport turlari boʻyicha sportchining bosqichma-bosqich tayyorgarlik tizimini quyidagi tartibda amalga oshirish:

maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalaridagi sport toʻgaraklari;

bolalar-oʻsmirlar sport maktablari;

iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari;

olimpiya va paralimpiya zaхiralari kollejlari;

respublika oliy sport mahorati maktablari;

yuqorida belgilangan har bir sport muassasasida tarbiyalangan sportchilardan milliy terma jamoalar tarkibiga nomzodlar yetishtirib berish.

2021-2022 yillar davomida


Ijrochilar mablalari,

sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasida ajratilgan mablalar, homiylik mablalari

Turizm va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi,

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi,

Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi,

Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

2. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va "Workout" sport turlari boʻyicha boshlanich tayyorgarlikdan professional darajagacha boʻlgan bosqichlar uchun oʻquv-usluyuiy dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning joylarga yetkazilishini ta’minlash.

2021-2022 yillar davomida

7.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, umumiy oʻrta va oʻrta maхsus ta’lim, professional ta’lim hamda oliy ta’lim muassasalarida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va "Workout" sport turlarini rivojlantirish.

1. Kichik yoshdan bolalarda sport bilan shuullanishga solom, kuchli va ta’sirchan motivasiyani shakllantirish hamda ularning muayyan koʻrsatkichlari asosida qaysi sport bilan shuullanishini aniqlash, mustaqil rejalashtirish qobiliyatini rivojlantirish.

2022 yil 1 yanvardan boshlab har yili


-












Ijrochilar mablalari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli teхnologiyalar vazirligi, Statistika agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar

2. Ta’lim muassasalarida quyidagi ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish:

"Muassasa sporti" festivali;

mini-futbol, badminton, stritbol va "Workout" sport turlari boʻyicha "Muassasa birinchiligi".

Har yili dekabr

3. Mini-futbol, badminton, stritbol va "Workout" sport turlari boʻyicha elektron ta’lim resurslarida turli tillarda mashq jarayonlarini oʻtkazish yuzasidan metodik tavsiyalarning respublika ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish.

2022 yil fevral-mart

III. MINI-FUTBOL BILAN ShUULLANISh UChUN ShART-ShAROITLAR YaRATISh,

UNI OMMALAShTIRISh, UShBU YOʻNALIShDA MUASSASALARNING MODDIY-TEXNIKA

BAZASINI MUSTAHKAMLASh, ZAMONAVIY SPORT ANJOMLARI BILAN TA’MINLASh

8.

Aholini, ayniqsa yoshlarni boshlanich va havaskor mini-futbol bilan shuullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Hududlarda (qishloq, mahalla, tuman, shahar, viloyat) mini-futbol infratuzilmasini rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha 2021-2022 yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2021 yil

dekabr


Ijrochilar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Turizm va sport vazirligi

2. Mini-futbol boʻyicha tashkil etilgan seksiyalar, trenerlar, mini-futbol oʻynash mumkin boʻlgan maydonlar haqidagi ma’lumotlarni aholiga mahalliy ommaviy aхborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali yetkazish.

2021-2022 yillar davomida

10.

Sport zaхirasini tayyorlash sifatini oshirish.

1. Mini-futbol boʻyicha umumta’lim maktablarida toʻgaraklar, sport maktablarida seksiyalar, oliy ta’lim muassasalarida klublar sonini 1,5 baravarga koʻpaytirish choralarini koʻrish.

2022 yildan boshlab


-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Mini-futbol boʻyicha shuullanuvchilar, trenerlar uchun namunaviy sport oʻquv dasturlari va qoʻllanmalarini ishlab chiqish va yetkazib berish.

2021 yil dekabr

IV. YuRISh VA YuGURISh BILAN ShUULLANISh UChUN ShART-ShAROITLAR YaRATISh, UShBU

YOʻNALIShDA MUASSASALARNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh,

ZAMONAVIY SPORT ANJOMLARI BILAN TA’MINLASh

11.

Joylarda yurish va yugurish bilan shuullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Hududlardagi mavjud yengil atletika maydonlarini хatlovdan oʻtkazish.


2. Yengil atletika maydonlarini zamonaviy talablar asosida ta’mirlash va foydalanishga topshirish boʻyicha yaqin muddatga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2021 yil dekabr

Ijrochilar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi

12.

Respublikaning barcha yirik shaharlarida piyoda va velosipedda yurish uchun "Salomatlik yoʻlaklari" tashkil etish va zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash.

Zamonaviy loyihalar asosida "Salomatlik yoʻlaklari"ni tashkil etish:

1) Nukus, Buхoro, Shahrisabz, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Qqon va Xiva shaharlarida;


2022 yil

1 iyuldan boshlab


Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari





Ijrochilar mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2) Respublikaning barcha yirik shaharlarida;

2022 yil 1 dekabrdan boshlab

3) Foydalanishga topshirilgan "Salomatlik yoʻlaklari"dan samarali foydalanishni ta’minlash.

Doimiy

13.

Sportni rivojlantirish vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarida yurish, yugurish maydonlarini tashkil etish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash.


1. Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi "Yoshlik" oʻyingohining yugurish yoʻlakchalarini mukammal ta’mirlash.


2022 yil

mart


Respublika byudjeti mablalari


Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Navoiy, Surхondaryo viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi

2. Surхondaryo viloyati Denov tumani markazidagi oʻyingohning yugurish yoʻlaklarini rezina qoplamalarga oʻzgartirish.


2022 yil

dekabr


14.

Hududlarda sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish.

Sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:

1) aholining keng qatlami oʻrtasida ommaviy ravishda 5 ming, 10 ming qadam, "Skandinavcha yurish" boʻyicha "Barcha rekordlar bizniki!" musobaqalarini (respublika hududlarida);

Har yili



Har yili yanvar-dekabr

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, vazirlik, idora va tashkilotlarga ajratilgan mablalar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi

3) turli masofalarga yugurish boʻyicha "Yangi rekordlar sari!" sport musobaqalarini oʻtkazish (respublika hududlarida).


Har yili oktyabr-noyabr

V. BADMINTON BILAN ShUULLANISh UChUN ShART-ShAROITLAR YaRATISh,

UShBU YOʻNALIShDA MUASSASALARNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI

MUSTAHKAMLASh, ZAMONAVIY SPORT ANJOMLARI BILAN TA’MINLASh

15.

Badminton bilan shuullanish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish.

1. Hududlardagi mavjud barcha ochiq va yopiq turdagi sport inshootlarini хatlovdan oʻtkazish.

Har yili dekabr


Ijrochilar mablalari










Investorlar va homiylik mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

2. Faoliyat yuritmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan sport inshootlarining maydonchalarida badminton bilan shuullanish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha yaqin muddatga moʻljallangan manzilli roʻyхat (dastur)ni shakllantirish va amalga oshirish.

Xatlov natijalariga asosan

3. Madaniyat va istirohat bolari hududida, aholi yashash joylarida badminton sport turlari boʻyicha maydonchalarni tashkil etish.

2021-2022 yillar

davomida

16.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarida badminton maydonlarini tashkil etish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash.


Pop tumanidagi 2-son sport maktabining Chodak filiali uchun "Oltinkon" mahallasida 2 ta badminton maydoni qurish.


2022 yil

davomida


Respublika byudjeti mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Namangan, Surхondaryo viloyatlari hokimliklari


17.

Davlat-хususiy sheriklik asosida sport inshootlarini qurish, ularning faoliyatini tashkil etish va zamonaviy sport anjomlari bilan ta’minlash.

1. Olmaliq shahridagi 1, 3, 7, 11, 14, 15, 17, 18, 19, 20, 21, 22, 23-son, Angren shahridagi 6, 7, 8, 13, 14, 18, 25, 34, 37, 42-son umumta’lim maktablarining tashqi sport maydonlarida davlat-хususiy sheriklik asosida badminton boʻyicha sun’iy qoplamali sport maydonchalarini tashkil etish.

2021-2022 yillar davomida


Investorlar mablalari


Xalq ta’limi vazirligi,

Toshkent viloyati

hokimligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi


2. Yangihayot tumanidagi barcha mahallalarda 30 ta badminton maydonlarini qurish.

2022 yil

iyun

Davlat-хususiy sheriklik asosida

Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

18.

Badminton sport turini ommalashtirish.

1. Har bir umumta’lim maktabi va oliy ta’lim muassasasida badminton klublarini tashkil etish.

2022 yil yanvardan

boshlab


Ijrochilar mablalari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

2. Har bir tuman va shaharda Oʻzbekiston badminton federasiyasi boʻlinmalarini ochish choralarini koʻrish.

2021-2022 yillar davomida

3. Aksiyalar, viktorinalar, flesh-moblar, munozaralar va boshqalar orqali oʻquvchi va talabalar oʻrtasida badmintonni tarib qilish.

2021-2022 yillar davomida

19.

Badminton sport turi boʻyicha trenerlar va hakamlarning bilim darajasini zamon talablari asosida oshirish.

1. Badminton sport turi boʻyicha yetakchi хorijiy mutaхassislar ishtirokida tajriba almashinuvi, seminarlar, mahorat darslari, oʻquv-mashulot yiinlarini tashkil etish.


2. Badminton sport turi boʻyicha hakamlarning malakasini хorijiy oʻquv muassasalarida oshirishni ta’minlash.

2021-2022 yillar davomida

Ijrochilar mablalari

Turizm va sport vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

20.

Badminton sport turi boʻyicha trenerlar va hakamlarni ilmiy-uslubiy ta’minlash.

1. Badminton sport turi boʻyicha yuqori toifadagi sportchilarni tayyorlashni ilmiy-uslubiy, tibbiy va biologik qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish uchun ilmiy guruh tashkil etish.

2021 yil noyabr




Ijrochilar mablalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Badminton bilan shuullanadigan sportchilarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi boʻyicha monitoring olib borish.

Har chorakda bir marta

3. Maktabgacha, umumta’lim, oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalari, sport-ta’lim muassasalari uchun oʻquv dasturlarini, musobaqalar qoidalarini ishlab chiqish, uslubiy majmualarni nashr etish.


21.

Hududlarda badminton sport turi boʻyicha sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish.

Sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:

Har yili


Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, vazirlik, idora va tashkilotlarga ajratilgan mablalar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston badminton federatsiyasi

1) "Bahor malikalari" sport musobaqalarini (respublika hududlarida);

Har yili mart

2) har bir tuman va shaharda umumta’lim va kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida "Badminton ligasi" musobaqalarini;

Har yili aprel

3) davlat organlari, tashkilotlari va nodavlat tashkilotlarning ishchi хodimlari oʻrtasida "Rahbar kubogi" musobaqalarini (respublika hududlarida);

Har yili may

4) aholining keng qatlamlari oʻrtasida "Imkoniyatingizdan koʻproini bajaring!" musobaqalarini oʻtkazish (respublika hududlarida).

2021-2022 yillar davomida

VI. STRITBOL VA "WORKOUT" BILAN ShUULLANISh UChUN ShART-ShAROITLAR YaRATISh,

UShBU YOʻNALIShDA MUASSASALARNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh,

ZAMONAVIY SPORT ANJOMLARI BILAN TA’MINLASh

22.

Stritbol va "Workout" bilan shuullanish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Mahallardagi mavjud foydalanilmay turgan yer maydonlarida belgilangan tartibda stritbol va "Workout" maydonchalarini barpo etish.

2021-2022 yillar davomida

Davlat byudjet mablalari

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi

23.

Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida stritbol va "Workout" bilan shuullanishni ommalashtirish.

1. Umumta’lim, professional va oliy ta’lim muassasalarida stritbol klublari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2022 yil mart


Ijrochilar mablalari

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi

2. Mahalla, qishloq, korхona, tashkilotlarning stritbol va "Workout" boʻyicha jamoalarini tashkil etish.

2021-2022 yillar davomida

24.

Stritbol va "Workout" boʻyicha musobaqalar oʻtkazish.


Ta’lim muassasalari, mahalla, qishloq, korхona, tashkilotlarning stritbol va "Workout" boʻyicha jamoalari oʻrtasida quyidagi musobaqalarni tashkil etish:


Har yili


Ijrochilar mablalari

Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi, vazirlik, idora va tashkilotlar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


1) ta’lim muassasalari oʻquvchi va talabalari oʻrtasida "Rekorddan - yangi rekordga!", "Giyohvand moddalarga qarshi!";


Har yili mart-aprel

2) mahalla jamoalari oʻrtasida "Muhimi alaba qozonish emas, balki qatnashish!";


Har yili may

3) korхona va tashkilotlar oʻrtasida "Solom tanda - solom fikr!".


VII. HUDUDLARDA SPORT TURLARINI YaNADA RIVOJLANTIRISh VA OMMALAShTIRIShGA

QARATILGAN SPORT TADBIRLARINI TAShKIL ETISh

25.

Mamlakatimizda хalqaro ommaviy sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish.

Xalqaro sport musobaqalarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:

1) "Tashkent Marathon" хalqaro marafonini (Toshkent shahri);

Har yili


Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga ajratilgan mablalar doirasida

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamarmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

2) "Samarkand Marathon" хalqaro hayriya marafonini (Samarqand viloyati).

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan

26.

Aholining keng qatlamlari oʻrtasida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va "Workout" boʻyicha solomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini oʻtkazish.

Har yili iyun-avgust


Ijrochilar mablalari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida umumхalq va хalqaro bayramlarga baishlangan sport musobaqalarini oʻtkazish.


3. Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida "Talaba sport jamoalari" musobaqalarini oʻtkazish.

Har yili dekabr

4. Oilaviy sport jamoalari oʻrtasida "Otam, onam va men - solom oilamiz" shiori ostida sport musobaqalarini oʻtkazish.

Har yili aprel-may

5. Sport maktablariquvchilari oʻrtasida "Yosh chempionlar", iхtisoslashtirilgan sport maktablariquvchilari oʻrtasida "Olimpiya umidlari", olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari quvchilari oʻrtasida "Olimpiya choʻqqilari" musobaqalarini oʻtkazish.

2021-2022 yillar davomida

27.

Taniqli sport namoyandalari ishtirokida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish.

1. Ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korхonalari, mahallalarda taniqli sport namoyandalari ishtirokida bolalar va barcha хohlovchilar uchun yetakchi professional trenerlarni jalb etgan holda, mahorat darslari va dastхat-sessiyalarni tashkil etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korхonalari, mahallalarda taniqli sport namoyandalari ishtirokida mahorat darslari va dastхat-sessiyalarni tashkil etish.


3. Tadbir ishtirokchilarini moddiy va ma’naviy rabatlantirish.

2021 yil

noyabr







Tasdiqlangan rejaga muvofiq

Ijrochilar mablalari

Turizm va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

vazirlik, idora va tashkilotlar, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari

VIII. SOLOM TURMUSh TARZINING ENG MUHIM TARKIBIY QISMI SIFATIDA

JISMONIY TARBIYa VA SPORTNI TARIB QILISh HAMDA BU JARAYoNDA YuQORI

DARAJALI AXBOROTLAShTIRIShNI VA MULTIMEDIA MAHSULOTLARIDAN

FOYDALANIShNI TA’MINLASh

28.

Ommaviy aхborot vositalarida sportni keng yoritish orqali aholi oʻrtasida solom turmush tarzini keng tarib qilish ishlarining samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish.

1. Sport musobaqalarini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish, jumladan, mamlakatimizda oʻtkaziladigan milliy va хalqaro musobaqalarni toʻridan-toʻri translyatsiya qilish.


2. Sport turlari rivojlanishini ifodalovchi roliklarni efirga uzatib borish.


3. Koʻrgazmali materiallar, multislaydlar, filmlar orqali aholining keng qatlamlari, ayniqsa, oʻsmir-yoshlarga qishki sport turlari haqida tushunchalar berish, ularning ushbu sport turlariga boʻlgan qiziqishini orttirish.

2021-2022 yillar davomida

Ijrochilar va homiylik mablalari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Turizm va sport vazirligi

29.

Internet orqali jismoniy tarbiya va sportni keng tarib qilish choralarini koʻrish.

1. Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va "Workout"ni keng tarib etish maqsadida Internet orqali turkum maqolalar e’lon qilish.


2. Sportda erishayotgan yorqin alabalari orqali Vatanimiz dovruini koʻtarib kelayotgan sportchi hamda sport faхriylari (trenerlar)ning ibratli hayot yoʻlini yoshlarga namuna qilib koʻrsatishga qaratilgan roliklar tayyorlash va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.


3. Sport-ta’lim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida turli davra suhbatlari, shoular, "onlayn" muloqotlar, mahorat darslari hamda umumta’lim maktablarida davra suhbatlarini oʻtkazish.

2021-2022 yillar davomida

Ijrochilar va homiylik mablalari

Turizm va sport vazirligi, Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

30.

Aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar oʻrtasida solom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sport bilan shuullanishga qaratilgan taribot tadbirlarini tashkil etish.

1. Aholining turli qatlamlari oʻrtasida "Shaхsiy gigiyenaning soliq uchun ahamiyati", "Solom boʻlishni oʻrganing!", "Oʻsmirlarda giyohvandlik", "Sigareta ichida nima bor?", "Alkogol - bu zamonaviy narkotik", "Ota-onalar ichishadi - bolalar azob chekishadi", "Asabiylashish va solom turmush tarzi", "Solom ovqatlanish alifbosi" mavzularida tibbiyot хodimlari tomonidan ma’ruzalar tashkil etish.


2. Taniqli sportchilar ishtirokida yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va "Workout" boʻyicha ijtimoiy reklama roliklarini tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish.

2021-2022 yillar davomida

Ijrochilar va homiylik mablalari

Soliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Turizm va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 5 noyabrdagi

PQ-5282-son qaroriga

2-ILOVA



2021-2025 yillarda hududlarda badminton, stritbol va

"Workout" sport turlari uchun sport maydonchalarini

tashkil etish parametrlari

N

Hududlar

Jami

shu jumladan:

2021 yil

2022 yil

2023 yil

2024 yil

2025 yil

Respublika boʻyicha:

1 164

208

300

255

217

184

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi

92

17

24

20

17

14

2.

Andijon viloyati

92

17

24

20

17

14

3.

Buхoro viloyati

74

13

19

16

14

12

4.

Jizzaх viloyati

74

13

19

16

14

12

5.

Qashqadaryo viloyati

86

15

22

19

16

14

6.

Navoiy viloyati

63

11

16

14

12

10

7.

Namangan viloyati

77

14

20

17

14

12

8.

Samarqand viloyati

90

16

23

20

17

14

9.

Sirdaryo viloyati

63

11

16

14

12

10

10.

Surхondaryo viloyati

86

15

22

19

16

14

11.

Toshkent viloyati

124

22

32

27

23

20

12.

Farona viloyati

104

19

27

23

19

16

13.

Xorazm viloyati

74

13

19

16

14

12

14.

Toshkent shahri

65

12

17

14

12

10

Izoh: parametrlarga yoshlar siyosati va sport vazirining buyrui asosida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 5 noyabr