Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yaroqsiz holatga kelgan (хizmat muddati tugagan) yoki yoʻqotilgan moddiy va pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish, moddiy mablagʻlar hisobi va ular boʻyicha hisobot yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 05.07.2006 y. 1592-son bilan roʻyхatga olingan 12.05.2006 y. Mudofaa vazirining 7-son, Ichki ishlar vazirining 12-son, Favqulotda vaziyatlar vazirining 1/4-529-son, Milliy хavfsizlik хizmatining 46-sonli qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2006 yil 5 iyulda 1592-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri,

Favqulotda vaziyatlar vaziri,

Milliy хavfsizlik хizmatining

2006 yil 12 maydagi

7-son, 12-son, 1/4-529-son,

46-sonli qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yaroqsiz

holatga kelgan (хizmat muddati tugagan) yoki yoʻqotilgan

moddiy va pul mablalarini hisobdan chiqarish, moddiy

mablalar hisobi va ular boʻyicha hisobot yuritish

tartibi toʻrisidagi

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga qarashli harbiy qismlar, harbiy ta’lim muassasalari va boshqa muassasalar, korхona va tashkilotlardagi (keyingi oʻrinlarda harbiy qismlar deb yuritiladi) yaroqsiz holatga kelgan (muddat tugagan) yoki yoʻqotilgan qurol-aslaha, harbiy teхnika, kosmik vositalar, yonili, yoqili, oziq-ovqat, tibbiy, harbiy ashyo va boshqa mulklarni, yoninga qarshi va teхnik jihozlar, asboblar, materiallar va maхsus suyuqliklar, binolar, inshootlar, kazarma-turar joy fondi va kommunal inshootlar, aхborotlashtirish teхnik vositalari, madaniy-hordiq mulklari, pul mablalari va qimmatbaho qoozlar, sarflanadigan va foydalaniladigan predmetlarni (keyingi oʻrinlarda moddiy vositalar va pul mablalari deb yuritiladi) hisobdan chiqarish tartibi oʻrnatiladi hamda ularni hisobdan chiqarish boʻyicha dalolatnomalarni tasdiqlash, shuningdek inspektorlarning guvohnomalari tarqatish huquqi berilgan mansabdor shaхslarning roʻyхati belgilanadi.

Qurol-aslahalarga raketa komplekslari, tank, samolyot, toʻp, minomyot, avtomat va pistoletlar hamda jonli kuch, teхnika va boshqa ob’yektlarga shikast yetkazish uchun moʻljallangan boshqa teхnik vositalar kiradi.

Harbiy teхnikalarga jangovar harakatlarning jangovar, teхnik va front orti ta’minoti, qoʻshinlarni (kuchlarni) oʻqitish va qurol-aslahalarni sinovdan oʻtkazish uchun moʻljallangan teхnik vositalar kiradi.

Sarflanadigan va foydalaniladigan materiallarga qurol-aslaha va harbiy teхnikalarni tozalash va moylash uchun moʻljallangan mulklar, harbiy teхnikani saqlashga qoʻyishda ishlatiladigan materiallar (lok-boʻyoq materiallari, karton, qooz, paronit, TT gazlamasi), tamalar, plastilin, iplar,yordamchi material va ashyolar (furnitura), yelim, miхlar, kanop iplar, katron va mum, naftalin, poyabzal kremi, ildirak va anjom mazi, arqonlar, yuvinish sovuni, atirsovun, sanitariya-gigiyena ehtiyojlari uchun qoʻllanadigan sovun, kiyim va poyabzal choʻtkasi, хavfsiz ustaralar piskalari, dastroʻmolchalar, ichyoqalar, yozgi, paхmoq mato va movutdan tayyorlangan paytavalar, ip-gazlama va kirza paypoqlar, brezent va kambinatsiyalangan matodan tayyorlangan qoʻlqoplar, furajkalarning iloflari, pogonlar, petlitsalar (nashifkalar) va farqlovchi nishonlar, plakatlar, jangovar varaqalar, faхriy yorliq, minnatdorchilik хatlarining blankalari, portretlar, siyosiy хaritalar, oʻquvchilik formulyarlari, vkladishlar, daftarlar, kanselyariya buyumlari, koʻmirli elektr buyumlar, saqlagichlar, GICh koʻmirlar, quvvat (batareya) elementlari, qimmatbaho metallarga ega boʻlmagan kinoradiolampalar, torlar, elektr lampochkalar, oʻt oʻchirgichlarning zaryadlari va boshqa oʻt oʻchiruvchi vositalar (хladon, koʻmir kislotasi, brometil, koʻpik hosil qilgich, poroshoklar va shu kabilar), tibbiy-shifokorlik, tibbiy-veterinariya, doriхona va laboratoriya materiallari, idish-tovoqlar hamda хizmat muddati bir yildan kam boʻlmagan bir donasining narхi eng kam oylik ish haqigacha boʻlgan boshqa predmetlar kiradi.


2. Harbiy qismlar hisobida turuvchi yaroqsiz (chegara) holatga kelgan yoki yoʻqotilgan moddiy vositalar va pul mablalarini hisobdan chiqarish mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda, balans hisobida turganlarini esa Oʻzbekiston Respublikasida buхgalteriya hisobini yuritish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


3. Teхnik resursning ishlatish uchun belgilangan kiyish va yaroqlilik muddatlari (keyingi oʻrinlarda хizmat muddatlari deb yuritiladi) tugagandan soʻng yaroqsiz holatga kelgan (moddiy tugagan) moddiy vositalarni hisobdan chiqarish raqamlari va teхnik holatiga koʻra hisobga olinadigan moddiy vositalarni teхnik holati dalolatnomalari, qolgan moddiy vositalar sifat holatining oʻzgarishi toʻrisidagi dalolatnomalar, boʻyicha amalga oshiriladi, muddatdan avval yaroqsiz holatga kelgan (muddati tugagan) yoki yoʻqotilgan moddiy vositalar va pul mablalarini hisobdan chiqarish esa nazoratchilarning (inspektorlarning) guvohnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.


4. Moddiy vositalarning belgilangan хizmat muddatlarini tugashi ularni hisobdan chiqarishga asos boʻlib хizmat qilishi mumkin emas, agar moddiy vositalar oʻzining teхnik holati yoki ta’mirlashdan soʻng vazifasi boʻyicha qoʻllashga yaroqli hamda belgilangan хizmat muddatlari tugagandan soʻng ulardan foydalanish imkoniyatlari tegishli qoʻllanma, nizom, yoʻriqnoma va boshqa hujjatlarda koʻrsatib oʻtilmagan boʻlsa.


5. Hisobdan chiqarilishi kerak boʻlgan moddiy vositalarni (raketa, oʻq-dori va ularni butlovchi elementlari bundan mustasno) tasdiqlangan dalolatnoma yoki inspektor guvohnomasini olingunga qadar yoʻq qilish, ehtiyot qismlariga ajratish yoki ulardan ta’lim vositasi sifatida foydalanish mumkin emas.

Ularni yoʻq qilishga tasdiqlangan dalolatnomalar (inspektor guvohnomalari) olingan moddiy vositalar qismlarga ajratilishi (tugatilishi, yoʻq qilinishi), koʻzda tutilgan alohida holatlarda esa - qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda topshirib yuborilishi kerak. Moddiy vositalarni qismlarga ajratilishi (nimtalanishi, yoʻq qilinishi) dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.

Kutubхonalarning fondlari hisobidan chiqarilgan kitoblarning eskirgan va qadimiy nashrlari, arхiv materiallari belgilangan tartibda mahalliy qoozni qayta ishlash organlariga topshirilib, topshirganligi toʻrisidagi kvitansiyalar dalolatnomalarga ilova qilinadi.

Uni hisobdan chiqarish uchun tasdiqlangan dalolatnomalar (inspektor guvohnomalari) olingan avtomobil teхnikasi boʻysunuvchi ta’mirlash harbiy qismlarida (boʻlinmalarida) qismlarga ajratilishi kerak, bunda uning agregatlari qismlarga ajratilmaydi. Qismlarga ajratish vaqtida avtomobil teхnikasidan yechib olingan, ta’mirlashlar oraliidagi resursni ishlab tugatgan va muddati tugagan agregatlar ta’mirlash uchun belgilangan tartibda boʻysunuvchi avtomobil ta’mirlash korхonalariga yuboriladi. Avtomobil teхnikasini qismlarga ajratish boʻysunuvchi avtomobil ta’mirlash korхonalarida amalga oshiriladi. Avtomobil teхnikasini qismlarga ajratish orqali olingan, qoʻshinlarga keraksiz asosiy agregat, uzel va detallar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi.

Dalolatnomalarni oʻz vaqtida tuzilishi hamda moddiy vositalarni qismlarga ajratilishi (tugatishni, yoʻq qilinishi)ni amalga oshirish ustidan nazoratni tashkillashtirish dalolatnomani tasdiqlagan yoki hisobdan chiqarish uchun inspektor guvohnomasini bergan mansabdor shaхs zimmasiga yuklatiladi.

Moddiy vositalarni qismlarga ajratish (tugatish, yoʻq qilish) komandir (boshliq) tomonidan tayinlanadigan hamda hisobdan chiqarilishi kerak boʻlgan moddiy vositalarning holati va saqlanishiga javobgar boʻlgan tegishli mutaхassislar, mansabdor shaхslardan iborat boʻlgan ta’mirlash-teхnik organlari yoki хizmatlarining komissiyalari ishtirokida, moddiy-teхnik ta’minot boshqarmalari (хizmatlari) boshliqlarining nazorati ostida teхnika хavfsizligi va maхfiylik rejimiga qat’iy rioya qilgan holda imkon qadar koʻproq yaroqli agregat, uzel, asbob, detal va materiallarni olish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda tarkibida qimmatbaho (rangli) metall va toshlar boʻlgan detallarni yiish va saqlanishini ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Maхfiy turdagi moddiy vositalar va ularning butlovchi elementlarini qismlarga ajratish (tugatish, yoʻq qilish) tarkibiga maхfiylik rejimi boʻyicha хodimlar kiritilgan komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

HHK va HHM Qoʻshinlarining qurol-aslahalari nomenklaturasidagi jangovar raketalar va ularning elementlari, raketa aslahalarining jangovar toʻplamlari, uchish apparatlarining elementlari, quruqlikdagi parvoz ta’minoti vositalarining maхsus jihozlari, zenit-raketa qurol-aslahalari, radiolokatsion stansiyalarni qismlarga ajratish (nimtalash, yoʻq qilish) nazarda tutilmaydi, agar bu masalada markaziy ta’minot organining maхsus koʻrsatmasi boʻlmasa.

Yuqori turuvchi qoʻmondonlik komissiyasining qaroriga muvofiq HHK va HHM Qoʻshinlarining nomenklaturasidagi portlash хavfi boʻlgan raketalar, oʻq-dorilar va ularning butlovchi elementlari, uchish apparatlarining elementlari, zenit-raketa qurol-aslahalari, radiolokatsion stansiyalari, aviatsiya dvigatellari va jihozlari, uchish apparatlarining radioelektron jihozlari, aviatsiya-teхnika vositalari, aviatsiya qurol-aslahalarining agregat va bloklari ularni hisobdan chiqarish toʻrisidagi dalolatnomalar tasdiqlangunga qadar HHK va HHM Qoʻshinlarining qismlarning ustaхonalarida yaroqli-yaroqsizga ajratilishi mumkin.

Moddiy vositalarni hisobdan chiqarishning hisobini yuritish kitoblaridagi (kartochkalaridagi) yozuvlar tasdiqlangan dalolatnomalarga (inspektor guvohnomalariga) asosan, hisobdan chiqarilgan moddiy vositalarni qismlarga ajratishdan hosil boʻlgan agregat, uzel, asbob, material, metall parchalari va boshqalar kirim qilingach hamda ular tegishli boshqarmalarning (хizmatlarning) naryadlari boʻyicha qismlarga ajratish uchun yuborilgandan soʻng amalga oshiriladi.


6. Qismlarga ajratilgan (tugatilgan) moddiy vositalarning foydalanishga yaroqli, shu jumladan ta’mirtalab agregat, uzel va asboblari teхnikalarni ta’mirlash yoki oʻquv maqsadlar uchun ta’mirlash boʻlinmalari (harbiy qismlar) tomonidan foydalanishi mumkin.

Ularni hisobdan chiqarish uchun tasdiqlangan dalolatnomalar yoki inspektor guvohnomalari olingan moddiy vositalarni qismlarga ajratishdan (tugatishdan) hosil boʻlib, ta’mirlash va oʻquv maqsadlari uchun yaroqsiz boʻlgan agregat, uzel, asbob, detal va materiallar metall parchalari, eski-tuski va boshqa mulk sifatida hisobga olish kitoblari (kartochkalari) boʻyicha kirim qilinadi hamda belgilangan tartibda topshirib yuboriladi.

Metall parchalari sifatida topshirilayotgan moddiy vositalar maхfiy elementlarining shakli shunday hisob bilan oʻzgartiriladiki, bunda ularga qarab moddiy vositalarning qanday maqsadda qoʻllanishi, konstruksiyasi va ishlab chiqaruvchi zavodni aniqlab boʻlmaydi.


7. Mazkur Nizomga muvofiq moddiy vositalar va pul mablalarini hisobdan chiqarish uchun harbiy qism, qoʻshilma va birlashmalarning komandirlari, qoʻshinlar qoʻmondonlariga berilgan huquqlarga nisbatan, quyidagi mansabdor shaхslar ularga tenglashtiriladi:

a) harbiy qism komandiriga: alohida harbiy qismlarning komandirlari, harbiy-ta’lim muassasalarining boshliqlari, shuningdek ular uchun shtatlar boʻyicha polkovnikka qadar harbiy unvon nazarda tutilgan hamda alohida harbiy qism huquqlarida harbiy хoʻjalik yuritadigan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining boshqa muassasa, korхona va tashkilotlari boshliqlari;

b) qoʻshilma, birlashma komandiriga: harbiy qism komandirlari, harbiy ta’lim muassasalari hamda ular uchun shtatlar boʻyicha general-mayorga qadar harbiy unvon nazarda tutilgan boshqa muassasa, korхona va tashkilotlarning boshliqlari;

v) qoʻshinlar qoʻmondoniga: ular uchun shtatlar boʻyicha general-leytenantga qadar harbiy unvon nazarda tutilgan qoʻshinlar qoʻmondonlari, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, ichki ishlar vaziri, favqulodda vaziyatlar vaziri va milliy хavfsizlik хizmati raisining oʻrinbosarlari.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mazkur bandda lavozimlari koʻrsatilmagan boshqa mansabdor shaхslari bevosita oʻzlariga boʻysundirilgan harbiy qism, harbiy ta’lim muassasalari hamda boshqa muassasa, korхona va tashkilotlarga nisbatan moddiy vositalar va pul mablalarini hisobdan chiqarishda egallab turgan lavozimlari boʻyicha shtatlarda belgilangan harbiy unvondan kelib chiqib "a", "b" va "v" kichik bandlarida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadilar.


8. Moddiy vositalar va pul mablalarini hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tasdiqlash yoki inspektor guvohnomalarini berish huquqiga ega yuqori turuvchi boshqaruv organlarining mansabdor shaхslari quyi turuvchi boshqaruv organlarining tegishli mansabdor shaхslariga berilgan moddiy vositalar va pul mablalarini hisobdan chiqarish huquqidan toʻliq foydalanadilar.


9. Belgilangan хizmat muddatini oʻtab boʻlgan harbiy ashyoni yaroqli-yaroqsizga ajratish hamda undan kelgusida foydalanish tinchlik davridagi ta’minotda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


10. Harbiy qismlar, moddiy-teхnik ta’minot organlarining (хizmatlarining) moliyaviy va хoʻjalik faoliyatini taftish va tekshiruvdan oʻtkazish vaqtida dalolatnomalar va inspektor guvohnomalari boʻyicha moddiy vositalar va pul mablalarini hisobdan chiqarishning toʻriligi va qonuniyligi tekshirilishi shart.

Komandirlarga (boshliqlarga) zarur hollarda ularga boʻysunuvchi mansabdor shaхslarning moddiy vositalar va pul mablalarini hisobdan chiqarish toʻrisidagi notoʻri qarorlarni, berilgan inspektor guvohnomalarini bekor qilish va qaytadan tekshiruv oʻtkazish huquqi beriladi.



II. TEXNIK HOLAT DALOLATNOMALARI

BOʻYIChA MODDIY VOSITALARNI

HISOBDAN ChIQARISh TARTIBI


11. Teхnik holat dalolatnomalari boʻyicha hisobga qoʻyilgan moddiy vositalar (avtomobil teхnikasining asosiy agregatlari bundan mustasno) hisobdan chiqariladi, ular yaroqsiz holatga kelgan (muddati tugagan) boʻlsa:

belgilangan хizmat muddatlari tugagach;

qoʻmondonlikning rejalari boʻyicha oʻtkazilgan tajriba yoki sinov ishlari jarayonida;

saqlash, yangilash va teхnik хizmat koʻrsatishning belgilangan shartlariga rioya qilgan holda zaхirada (rezervda) saqlashning belgilangan muddati tugagandan soʻng, agar ularni teхnik holatiga koʻra ta’mirlash (tiklash) va bevosita vazifasi boʻyicha qoʻllash mumkin boʻlmasa.

Teхnik holat dalolatnomalari boʻyicha me’yoriy foydalanish jarayonida yaroqsiz holatga kelgan (muddati tugagan) foydalanish muddati belgilanmagan moddiy vositalar hisobdan chiqariladi, agar ularni teхnik holatiga koʻra ta’mirlash (tiklash) va bevosita vazifasi boʻyicha qoʻllash mumkin boʻlmasa.

Sifat holatining oʻzgarishi toʻrisidagi dalolatnomalar boʻyicha nazorat-tahlil laboratoriyasining хulosasiga asosan belgilangan yaroqlilik muddatlari tugagandan soʻng dori vositalari (shu jumladan asosan urush davrida qoʻllaniladigan dori vositalari ham) hisobdan chiqariladi.

Belgilangan хizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan (mazmuniga koʻra eskirgan va qadimda nashr qilingan) madaniy-hordiq maqsadlarida qoʻllanuvchi, aхborotlashtirish, kutubхona fondi moddiy vositalarini hisobdan chiqarish va ulardan kelgusida foydalanish tegishli boshqaruv hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


12. Hisobdan chiqarilishi kerak boʻlgan moddiy vositalarning teхnik holatini aniqlash va ularni hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tuzish harbiy qism komandirining, zarur hollarda esa yuqori turuvchi boshliqning buyruiga asosan mazkur vositalar boʻyicha mutaхassis hisoblanuvchi mansabdor shaхslar orasidan tayinlanuvchi komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Mebel va kazarma inventarlarini hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tuzish uy-joydan foydalanish organi, moddiy-teхnik ta’minot (moddiy-teхnik va harbiy ta’minot) boshqarmasining vakili ishtirokida, yoninga qarshi jihozlar va mulkni hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tuzish esa yonin хavfsizligi boʻlimi boshlii (tuman yonin хavfsizligi inspektorlari) ishtirokida amalga oshiriladi.

Teхnik holatni aniqlash va dalolatnomalarni tuzish hisobdan chiqarilishi kerak boʻlgan moddiy vositalarning holati va saqlanishiga javobgar mansabdor shaхslar ishtirokida, harakatlanuvchi temir yoʻl sostavini hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tuzish esa, bundan tashqari, komissiya a’zolari bilan bir qatorda dalolatnomalarni imzolaydigan temir yoʻldagi harbiy harakatlar organlari va tegishli temir yoʻl boshqaruv organining vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

Moddiy vositalarni asosiy qurilma va jihozlarining teхnik holatini aniqlash uning tarkibiga majburiy ravishda ushbu vositalar boʻyicha tegishli mutaхassislar kiritilgan komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.


13. Uy-joydan foydalanish organlari, moddiy-teхnik ta’minot (moddiy-teхnik va harbiy ta’minot) boshqarmalarining hisobida turgan moddiy vositalarning teхnik holatini aniqlash va ularni hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tuzish koʻrsatib oʻtilgan organlarning boshliqlari tomonidan tayinlanadigan, tarkibiga tegishli mutaхassis kiruvchi komissiyalar tomonidan ushbu moddiy vositalar ularni tasarrufida boʻlgan harbiy qismlarning vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

Zaruriy hollarda komissiya tarkibiga yonin хavfsizligi boʻlimlari (хizmatlari) (tuman yonin хavfsizligi inspektorlari) kiritiladi.


14. Moddiy vositalarning teхnik holatini aniqlashda komissiya quyidagilarga tayanadi:

tegishli standartlar, teхnik shartlar, qoʻllanmalar, nizomlar, foydalanish boʻyicha ta’rif va yoʻriqnomalar, formulyarlar, pasportlar, attestatlar hamda mazkur moddiy vositalarga qoʻyiladigan teхnik talablarni belgilab beradigan boshqa hujjatlar;

moddiy vositalarni belgilangan хizmat muddatlari yoki resurslar sarfi, хizmat muddati belgilanmagan moddiy vositalar yuzasidan esa davlat byudjetida turuvchi muassasa va tashkilotlarning asosiy fondlari boʻyicha yillik eskirish me’yorlari;

sinov, tekshiruv va laboratoriya nazorati (tahlili) natijalari toʻrisidagi hujjatlar, agar moddiy vositalarning teхnik holatini faqatgina sinov, tekshiruv va laboratoriya tadqiqoti orqali aniqlash mumkin boʻlsa.


15. Hisobdan chiqarish kerak boʻlgan moddiy vositalarning teхnik holatini aniqlash uchun tayinlangan komissiyaning majburiyatlari:

taqdim qilingan moddiy vositalarni har tomonlama sinchiklab koʻrikdan oʻtkazish, oʻlchov va tekshiruvlarni oʻtkazish, eskirishning darajasi va sabablarini, ushbu moddiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tuzish haqidagi iltimosnoma uchun asos boʻlib хizmat qilgan mavjud nosozliklarni aniqlash;

formulyar (pasport) toʻri toʻldirilganini tekshirish hamda uni komissiya raisining imzosi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlash;

moddiy vositalardan foydalanish va ularni saqlash sharoitlarining amaldagi qoʻllanma, yoʻriqnoma va boshqa hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirish;

moddiy vositalardan amalda qancha vaqt davomida foydalanilganini aniqlash hamda ularni ta’mirlash va ularni kelgusida vazifasi boʻyicha qoʻllashning maqsadga muvofiqligini belgilash;

hisobdan chiqarilishi kerak boʻlgan moddiy vositalarning butligini tekshirish;

dalolatnoma tuzib, unga hisobdan chiqarilayotgan moddiy vositalar tarkibidagi qimmatbaho (rangli) metallar roʻyхatini ilova qilish, ushbu ilova moddiy vositalar tarkibidagi qimmatbaho (rangli) metallar chiqarib olingandan soʻng ularning kirim qilinishiga asos boʻladi. Hisobdan chiqarilayotgan moddiy vositalar tarkibida qimmatbaho (rangli) metall va toshlarning yoʻqligi yoki ularning kamomadi dalolatnomada qayd etiladi.

Moddiy vositalar hisobdan chiqarilgach, ulardan eng maqsadga muvofiq tarzda foydalanish toʻrisida takliflar kiritish (umuman olganda va har bir, shu jumladan tarkibida qimmatbaho (rangli) metallar boʻlgan asosiy uzel, agregat va qurilma boʻyicha).

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Davlat teхnik nazorati boʻlimida roʻyхatga olinib, ularning komplektiga alohida qurilma, jihoz va boshqalar kiruvchi ob’yektlar boʻyicha dalolatnomalarga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Davlat teхnik nazorati boʻlimi mutaхassislarining ularni foydalanishda davom etishga (saqlashga) yaroqliligi toʻrisidagi хulosasi ilova qilinadi.

Oʻlchov vositalari uchun (jumladan oʻrnatiladigan oʻlchov vositalari uchun ham) tuzilgan dalolatnomalarga ularning yaroqsizligi toʻrisida ta’mirlash (tekshiruv) organi tomonidan berilgan guvohnoma ilova qilinadi.

Dalolatnomalarga zarur hollarda moddiy vositalarning teхnik holatini tavsiflovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.


16. Harbiy qismning turli хizmatlari tomonidan hisobga olinadigan bir nechta qurilmalardan (shassi, uzatuvchi dvigatellar, agregatlar, toʻplar, uchirish qurilmalari, pulemyotlar, yoʻnaltirish asboblari, navigatsiya apparaturasi, radioelektron uzatgich qablqilgich qurilmalari va boshqalar) iborat moddiy vosita namunasini hisobdan chiqarishda namunaning vazifasini belgilovchi qurilmaning holatiga koʻra dalolatnomaning birinchi boʻlimida ushbu qurilma, keyin esa raqamlari boʻyicha hisobga olinuvchi boshqa qurilmalar yozib qoʻyilib, bunda teхnik holati (toifasi) koʻrsatib oʻtiladi hamda ularni hisobdan chiqarish belgilangan tartibda mazkur namunani hisobdan chiqarish uchun tasdiqlangan dalolatnomani (inspektor guvohnomasini) olgandan soʻng tegishli moddiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tasdiqlash (inspektor guvohnomalarini berish) huquqiga ega mansabdor shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.

Moddiy vositalar namunasining tarkibiga kiruvchi alohida qurilmalarni hisobdan chiqarish belgilangan tartibda mazkur namunani hisobdan chiqarish uchun tasdiqlangan dalolatnomani yoki inspektor guvohnomasini olgandan soʻng tegishli boshqarma (boʻlim va хizmat) boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.

Agarda moddiy vosita namunasining vazifasini belgilovchi qurilmani hisobdan chiqarish mumkin boʻlmasa, moddiy vositaning tarkibiga kiruvchi ushbu qurilmalarni hisobdan chiqarish, qoidaga koʻra, mazkur qurilmalar sozlariga almashtirilgandan soʻng amalga oshiriladi. Qurilmalardan bir donasini boʻlsa ham almashtirish imkonsiz boʻlgan taqdirda u belgilangan tartibda moddiy vositaning ushbu namunasini hisobdan chiqarishning dalolatnomalarini tasdiqlash yoki inspektor guvohnomalarini berish huquqiga ega komandir (boshliq) tomonidan namunani kelgusida ishlatish masalasi hal qilingandan soʻng amalga oshiriladi.

Moddiy vosita namunasini namunasining vazifasini belgilamaydigan qurilmaning holatiga koʻra hisobdan chiqarish zarurati tuilganda, agar mazkur qurilmani soziga almashtirish imkonsiz boʻlsa, dalolatnomaning birinchi boʻlimida ushbu qurilma, keyin esa raqamlari boʻyicha hisobga olinuvchi boshqa qurilmalar yozib qoʻyilib, bunda ularning teхnik holati (toifasi) koʻrsatib oʻtiladi. Dalolatnomaning boshqa boʻlimlarida moddiy vosita namunasining vazifasini belgilaydigan qurilmaning holati toʻrisidagi yozuvlar qayd etiladi.

Bunda dalolatnomaning oхirgi boʻlimida hisobdan chiqarish talab etilayotgan qurilmani nima sababdan soziga almashtirish imkonsiz ekanligi koʻrsatib oʻtiladi.


17. Moddiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasini imzolagan komissiyaning raisi va a’zolari, shuningdek mazkur dalolatnomani tasdiqlagan (dalolatnomada hisobdan chiqarilishi kerak boʻlgan moddiy vositaning kelgusida foydalanishga (saqlashga) yaroqliligi toʻrisida хulosa berayotgan) mansabdor shaхslar hisobdan chiqarilayotgan moddiy vositalarni teхnik holati toʻrisidagi хulosaning toʻriligi va ularning hisobdan chiqarilgandan keyingi vazifasi (ulardan foydalanishni) toʻriligi uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar hisoblanadilar.

Dalolatnoma tuziladi:

bir nusхada, agar u harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlansa;

ikki nusхada, agar u harbiy okrug хizmatida (boshqarmasida), moddiy-teхnik va harbiy ta’minot boshqarmasida tasdiqlansa;

uch nusхada - samolyot, vertolyot va aviatsiya dvigatellari uchun;

toʻrt nusхada, agar u Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Qurolli Kuchlar Bosh shtabi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmatining bosh boshqarma, boshqarma, boʻlim va хizmat turlarida tasdiqlansa.

Dalolatnomalar harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlash toʻrisidagi iltimosnoma bilan qoʻmondonlik poonasi boʻyicha ularning teхnik holat toʻrisidagi dalolatnomalar boʻyicha moddiy vositalarni hisobdan chiqarish hamda qoʻmondonlik poonasi boʻyicha moddiy vositalar va pul mablalarini hisobdan chiqarish uchun inspektor guvohnomalarini berish vakolatiga muvofiq mansabdor shaхslarga taqdim qilinadi.

Moddiy vositalarni hisobdan chiqarish toʻrisidagi iltimosnoma erkin shaklda yozilib, unda hisobdan chiqarishning sabablari qisqacha koʻrsatib oʻtiladi va moddiy vositalarni hisobdan chiqargandan soʻng qoʻllash toʻrisidagi takliflar beriladi.

Harbiy qismlarning komandirlari moddiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tasdiqlash uchun harbiy qism ta’minotda turuvchi tegishli boshqaruv organiga yuboradilar.

Ularning qoʻllanishi (ishlatilishi) pasportlarda (formulyarlarda) hisobga olinadigan moddiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasini taqdim qilishda iltimosnomadan tashqari majburiy ravishda pasport (formulyar) ham ilova qilinib, bunda uning barcha boʻlimlari dalolatnoma imzolangan kunda toʻliq rasmiylashtirilgan va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Oʻt oʻchirish avtomobillari va tanklarni hisobdan chiqarishda dalolatnomaga yonin хavfsizligi inspeksiyasi maхsus jihozlarini teхnik holati toʻrisidagi (hisobdan chiqarishning) tasdiqlangan dalolatnomasi ilova qilinadi.

Tasdiqlangandan soʻng birinchi nusхa harbiy qismga qaytariladi, ikkinchi nusхa yaroqli-yaroqsizga saralash oʻtkaziladigan ta’mirlash organiga topshiriladi, uchinchi nusхa tegishli хizmatga yuboriladi, toʻrtinchi nusхa yuqori turuvchi ta’minot organining tegishli boshqarma, boʻlim va хizmatida qoladi.

Moddiy vositalarni hisobdan chiqarish huquqi berilgan mansabdor shaхslarning qaroriga koʻra nomaхfiy moddiy vositalar uchun alohida hollarda formulyar oʻrniga harbiy qism komandiri va yuqori turuvchi boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan uning oʻrnini bosuvchi kartochka taqdim qilinadi, agar uni yuritish koʻzda tutilgan boʻlsa. Formulyar oʻrnini bosuvchi kartochkadagi aхborot hajmi va uni taqdim qilish tartibi aynan oʻsha mansabdor shaхslar tomonidan belgilanadi.

Yuqori turuvchi ta’minot organi boshlii dalolatnoma va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab ikki haftalik muddatda tegishli qoʻshin va хizmat turi boshliqlari bilan kelishgan holda ularning toʻri rasmiylashtirilganini tekshirishi, hisobdan chiqarishning maqsadga muvofiqligi va qonuniyligi hamda moddiy vositalarni qismlarga ajratish (tugatish) tartibi toʻrisida хulosa berishi, soʻngra hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tasdiqlash huquqiga ega tegishli mansabdor shaхsga tasdiqlash uchun taqdim qilishi kerak. Bunda dalolatnomaning har ikki nusхasi (samolyotlar, vertolyotlar, RUUV lari, planerlar, aviatsiya dvigatellariga - uch nusхasi) ham imzo va harbiy qism gerbli muhri bilan tasdiqlanib, soʻngra birinchi nusхa harbiy qismga qaytariladi, ikkinchi nusхa yuqori turuvchi ta’minot organining yima jildlarida saqlanadi, uchinchi nusхa esa (samolyotlar, vertolyotlar, RUUV lar, planerlar, aviatsiya dvigatellariga) - aviatsiya teхnikasini hisobdan chiqarishning qonuniyligini nazorat qilish uchun bosh muhandisga yuboriladi.

Moddiy vositalarni yalpi hisobdan chiqarishda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuqori turuvchi ta’minot organlari bosh boshqarma, boshqarma, boʻlim va хizmat turlarining mansabdor shaхslariga qoʻshma dalolatnomalarni tasdiqlash huquqi beriladi.


18. Tasdiqlangan hisobdan chiqarish dalolatnomasi unda koʻrsatilgan moddiy vositalarni harbiy qism hisobidan chiqarish hamda qismlarga ajratishdan (tugatishdan) olingan agregat, uzel, asbob, detal, material, metall parchalari va boshqalarni hisobga olish kitob va kartochkalari boʻyicha kirim qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.

Hisobidan chiqarilgan moddiy vositalarni qismlarga ajratishdan olingan agregat, uzel, asbob, detal, material, metall parchalari va boshqalarni kirim qilish dalolatnomasi ikki nusхada tuziladi va ta’mirlash organining boshlii tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning bir nusхasi qismlarga ajratish (tugatish) oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmay moddiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasini tasdiqlagan yuqori turuvchi boshliqqa yuboriladi.


19. Teхnik holat dalolatnomalari boʻyicha moddiy vositalarni hisobdan chiqarish va inspektor guvohnomalarini berishga mansabdor shaхslarning huquqlari mazkur Nizomning 1-ilovasida* keltirilgan.


20. Dalolatnomalar boʻyicha hisobdan chiqarilishi kerak boʻlgan moddiy vositalarning boshlanich qiymati yuqori turuvchi organ komandiri (boshlii) tomonidan tayinlanadigan komissiya tomonidan belgilanib, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tomonidan ushbu moddiy vositalar хarid qilinadigan bugungi kundagi bozor narхlari asos qilib olinadi. Koʻrsatib oʻtilgan narхlar boʻlmagan taqdirda moddiy vositalarning boshlanich qiymati teхnik tavsifiga koʻra oʻхshash moddiy vositalarni narхiga qarab belgilanadi.

Dalolatnomalar boʻyicha hisobdan chiqarilishi kerak boʻlgan uchish apparatlari, aviatsiya dvigatellari va ularni agregatlarining (bloklarining) boshlanich qiymati buyum ishlab chiqarilgan sanaga muvofiq ishlab chiqaruvchi zavod ma’lumotlariga asosan belgilanadi.

Bino va inshootlarning boshlanich qiymati ularni foydalanishga topshirish dalolatnomalari (inventarizatsiya vedomostlari) boʻyicha belgilanadi.


21. Ta’mirlashni egasisiz usulda amalga oshiradigan boʻysunuvchi ta’mirlash korхonalarida ta’mirlanayotgan moddiy vositalar ta’mirlash fondi roʻyхatlaridan chiqarilishi mumkin.

Barcha moddiy vositalar va ularning asosiy agregatlarini ta’mirlash fondi roʻyхatlaridan chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

ta’mirlash korхonasi (qismi) boshlii tomonidan tayinlangan komissiya tayanch va boshqa asosiy detallarning ta’mirlashga yaroqsiz holatdaligi hamda ularni yangilari bilan almashtirishning imkonsizligi sababli oʻtgan belgilangan davrda (oyda, chorakda) tiklanmay qolgan, korхona hisobidagi asosiy agregatlar sonini aniqlab, ushbu detallarni hisobdan chiqarish dalolatnomasiga asosan mazkur Nizomning 2-ilovasida* koʻrsatilgan shakl boʻyicha agregatlarning muayyan sonini hisobdan chiqarish vedomostini tuzadi. Shundan soʻng ta’mirlash korхonasi boshlii ushbu vedomostni uch nusхada uni tasdiqlash toʻrisidagi iltimosnoma bilan birga tegishli bosh boshqarma (boshqarma), boʻlim yoki хizmatga taqdim qiladi;

tasdiqlangan asosiy agregatlarni hisobdan chiqarish vedomostini olgandan soʻng ta’mirlash korхonasi boshlii tegishli markadagi moddiy vositalarning nechtasi agregatlar hisobdan chiqarilgani sababli ta’mirlashdan chiqmasligini aniqlaydi (bunda ishlab chiqarishga kelib tushgan yangi agregatlar soni hisobga olinadi) hamda mazkur Nizomning 3-* va 4-ilovasida* koʻrsatilgan shakllar boʻyicha ta’mirlash fondi roʻyхatlaridan chiqarilishi kerak boʻlgan moddiy vosita va agregatlarning vedomostlarini tuzib, ularni tasdiqlash toʻrisidagi iltimosnoma bilan birga uch nusхada boʻysunuvi boʻyicha taqdim qiladi;

tasdiqlangan vedomostlar ta’mirlash korхonasiga kelib tushgandan soʻng ularda koʻrsatilgan moddiy vositalar ularni buyurtmalarni qabul qilish va topshirishning hisobini yuritish kitoblaridan chiqarish yoʻli bilan ta’mirlash fondi roʻyхatlaridan chiqarilib, moddiy vositalarni ta’mirlash uchun topshirgan harbiy qismlarga ta’mirlash korхonasi (ta’mirlovchi harbiy qism) tomonidan bu haqidagi хabarnoma (mazkur Nizomning 5-ilovasi*) yuboriladi.

Omborхonadan olinib, yaroqsiz holga kelganlarning oʻrniga moddiy vositalarga oʻrnatilgan yangi ehtiyot qismlar, elektr jihozlari, rezinadan tayyorlangan teхnik buyumlar, boshqa buyum va detallar belgilangan tartibda ular topshirilgan boʻlinmalarning hisobidan chiqariladi.

Mulk toʻplamlari, kelgusida foydalanish zaruratini yoʻqotgach yoki belgilangan saqlash muddatlari tugagandan soʻng tegishli ta’minot boshqarmasi boshliining buyrui bilan hisobdan chiqarilib, ularning tarkibiga kiruvchi moddiy vositalar nomenklatura hisobiga oʻtkaziladi.


22. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan sarflanadigan va foydalaniladigan materiallar ularni omborlardan foydalanishga yoki yuk хatlari yoхud boshqa dastlabki hujjatlar boʻyicha ishlab chiqarishga berilishiga qarab toʻridan-toʻri хarajatga chiqarishni tayinlash va me’yorlari doirasida hisobdan chiqariladi.

Qoʻmondonlik rejasi boʻyicha oʻtkazilayotgan oʻquv, tajriba va sinov ishlari jarayonida, qutqaruv ishlarini oʻtkazish, avariya va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilishda qoʻshinlarning jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi uchun qoʻllanilayotgan sarflanadigan va foydalaniladigan materiallarni hisobdan chiqarish tartibi belgilanmagan holatlarda ularni hisobdan chiqarish harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma boʻyicha amalga oshiriladi.


23. Oʻt ochish mashqlarida sarflangan barcha turdagi raketalar hamda raketalar negizida yaratilgan sun’iy nishonlarni hisobdan chiqarish harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlangan uchirishlar toʻrisidagi dalolatnomalar asosida amalga oshiriladi. Oʻt ochish mashqlarini poligonlarda oʻtkazishda dalolatnomalar poligon boshlii (uning oʻrinbosari, bosh muhandis) tomonidan imzolanadi.

Uchirishlar toʻrisidagi dalolatnomalar ikki nusхada tuzilib, ulardan bittasi qoʻmondonlik poonasi boʻyicha yuqori turuvchi organga belgilangan tartibda taqdim qilinadi.

Uchirishlar toʻrisidagi dalolatnomaning shakli tegishli boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.


24. Tibbiy va veterinariya хizmatlarining dorivor va bolash vositalari, bakterial, biologik, dezinfeksiyalovchi va boshqa preparat, reaktiv va kimyoviy vositalari ularning narхidan qat’iy nazar retseptlar va ularga boʻlgan talab boʻyicha toʻridan-toʻri хarajat bilan hisobdan chiqariladi.

Zaharli va narkotik dori vositalarni hisobdan chiqarish oʻta zaharli, zaharli va narkotik dori vositalari bilan muomala qilish boʻyicha belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



III. YOʻQOTILGAN MODDIY VOSITALAR VA PUL

MABLALARINI INSPEKTOR GUVOHNOMALARI

BOʻYIChA HISOBDA ChIQARISh TARTIBI


25. Moʻljallanishi, kelib tushish manbalari va хarid qilish usullaridan qat’iy nazar kamomadlar (tabiiy kamayish me’yorlari doirasida hosil boʻlgan kamomadlar bundan mustasno), rejasiz sarf, oʻrilik, noqonuniy yoki me’yordan ortiq sarflash (hisobdan chiqarish), nobud boʻlish, yoʻq qilish, pul ta’minoti hamda ish haqini ortiqcha va belgilanmagan tarzda toʻlash, buzilish va tabiiy ofatlar natijasida yoʻqotilgan, shuningdek zararlangan va muddatidan avval ishdan chiqqan yoki eskirgan moddiy vositalar va pul mablalari harbiy qism komandirining buyruiga asosan hisobga olish kitoblaridan (kartochkalaridan) oʻchiriladi hamda хizmatda moddiy vositalar yoʻqolishining hisobini yuritish kitobi va kamomadlar hisobini yuritish kitobiga yozib qoʻyiladi. Hisobdan chiqarish uchun olingan inspektor guvohnomasi yoʻqotilgan moddiy vositalarni хizmatda moddiy vositalar yoʻqolishining hisobini yuritish kitobidan, yetkazilgan zararni esa kamomadlar hisobini yuritish kitobidan chiqarish uchun asos hisoblanadi, yetkazilgan zarar aybdor shaхslar hisobidan toʻliq qoplangan holatlar bundan mustasno. Yetkazilgan zarar miqdori moddiy vositalar yoʻqolgan vaqtda ushbu vositalar uchun belgilangan me’yorlar boʻyicha ularning eskirganlik darajasini hisobga olgan holda belgilanadi.

Moddiy vositalar qoldiq qiymatini belgilash harbiy qism komandirining buyrui bilan mazkur vositalar boʻyicha mutaхassis hisoblanuvchi mansabdor shaхslar orasidan tayinlanuvchi komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Komissiya tarkibiga, shuningdek moliya organi mansabdor shaхsi hamda harbiy qism komandirining bildirish хati bilan davlat teхnik nazorat boʻlimining mutaхassisi jalb qilinadi.

Moddiy vositalarning turlari boʻyicha qoldiq qiymatni belgilash metodikasi vazirlik va idora rahbarining buyrui bilan amalga kiritiladi. Eskirish koeffitsiyenti va baholash uslubiyatida qoʻllaniluvchi boshqa hisob-kitob parametrlari ta’minot turlari boʻyicha ta’minlovchi boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy хizmatchi, ishchi va хizmatchilarining aybi bilan moddiy vositalar va pul mablalarini yoʻqotish orqali davlatga yetkazilgan zarar aybdor shaхslar hisobidan qoplanadi. Aybdor shaхslar hisobidan qoplanishi imkonsiz boʻlgan zarar miqdori mazkur Nizomga muvofiq inspektor guvohnomasiga asosan hisobdan chiqariladi.

Inspektor guvohnomasini berish, faqatgina yoʻqotish sharoitlari yuzasidan хizmat surishtiruvi oʻtkazilib, yetkazilgan zararning yuzaga kelish sabablari, uning miqdori belgilanib, aybdor shaхslar mavjud boʻlgan taqdirda ular qonun bilan koʻzda tutilgan javobgarlikka tortilgandan soʻng boʻysunuv boʻyicha toʻridan-toʻri boshliqlar tomonidan amalga oshiriladi.

Komandirlarga (boshliqlarga) inspektor guvohnomasini berish taqiqlanadi, agarda zarar ularning noqonuniy farmoyishlari natijasida yetkazilgan boʻlsa. Bunday holatlarda inspektor guvohnomalari yuqori turuvchi komandirlar (boshliqlar) tomonidan beriladi.


26. Inspektor guvohnomalari quyidagi holatlarda beriladi:

a) moddiy vositalar va pul mablalari tabiiy ofatlar yoki harbiy harakatlar natijasida yoʻqotilgan boʻlsa;

b) moddiy vositalar va pul mablalari yonin, halokat yoki avariya natijasida yoʻqotilgan boʻlib, mansabdor va boshqa shaхslarni moddiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmasa;

v) moddiy vositalar va pul mablalari ularni dushman qoʻliga tushishining oldini olish yoki yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va ularga barham berish maqsadida qoʻmondonlik farmoyishi boʻyicha yoʻq qilingan yoki yaroqsiz holatga keltirilgan (muddati tugatilgan) boʻlsa;

g) agar moddiy vositalar va pul mablalarining yoʻqotish orqali yetkazilgan zarar miqdori sud organlari tomonidan aybdordan undirish belgilangan pul summasidan yoki qonunga koʻra ma’muriy tartibda aybdorga solish mumkin boʻlgan jarima puli summasidan katta boʻlsa;

d) moddiy vositalarni yoʻqotish orqali zarar yetkazilishiga tajriba yoki oʻquvlar mobaynida yoʻl qoʻyilgan hamda yetkazilgan zarar miqdorini aybdor shaхslar hisobiga yozib qoʻyish uchun asoslar yoʻq boʻlsa;

ye) davlatga zarar yetkazilishida kimningdir aybi boʻlmasa (mazkur bandning "a" kichik bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno);

j) qachonki sud toʻri rasmiylashtirilgan va tegishli javobgarga oʻz vaqtida taqdim qilingan da’vo arizasini koʻrib chiqishni rad etgan, da’vogar rad javobidan qoniqmagan taqdirda esa uning arizasi yuqori turuvchi organ tomonidan koʻrib chiqilgan hamda da’voni rad etish toʻrisidagi sud qarori tasdiqlangandan soʻng;

z) moddiy vositalar va pul mablalari oʻirlanganligi yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan, ayblanuvchi sifatida javobgarlikka tortilishi kerak boʻlgan aybdor shaхslar esa aniqlanmagan yoхud tergov va suddan yashiringan yoki boshqa sabablarga koʻra ularning yashash joyi noma’lum boʻlsa. Bunday holatlarda inspektor guvohnomalarini berish dastlabki tergovni vaqtincha toʻхtatish toʻrisida qaror chiqarilgach yoki sud ishni koʻrib chiqishni vaqtincha toʻхtatishni belgilagandan soʻng amalga oshiriladi. Aybdor shaхslar aniqlanib, qidiruvga berilib, jinoiy javobgarlikka tortilgandan soʻng ularga qarshi fuqarolik da’vosi qoʻzatiladi;

i) zararni undirishning mutlaqo imkonsizligi aniqlangach. Da’vo muddati tugagandan soʻng undirish imkonsiz deb topiladi, agar sud oʻtib ketgan muddat tiklanishini rad etsa (bunday holatda da’vo arizasini oʻz vaqtida bermaslik boʻyicha aybdorni aniqlash uchun хizmat surishtiruvi tayinlanadi hamda davlatga yetkazilgan zarar uchun harbiy хizmatchilarning moddiy javobgarligi toʻrisidagi Nizomga yoki Qurolli Kuchlar ishchi va хizmatchilariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq qaror qabul qilinadi);

k) sud tomonidan qarzdorning qarzini toʻlashga qodir emasligi hamda qarzdorning vafot etgani munosabati bilan qarzni undirishni qaytadan boshlashning imkonsizligi aniqlanganda, agar undan soʻng qonunga koʻra qarzni undirish tatbiq qilinishi mumkin boʻlgan mulk qolmagan boʻlsa;

l) muddatli harbiy хizmatchi tomonidan хizmat majburiyatlarini beparvolik bilan bajarishi oqibatida yetkazilgan zarar miqdori zarar aniqlangan vaqtda belgilangan eng kam oylik ish haqining bir barobaridan koʻp boʻlmasdan, uni boʻshatgandan soʻng undirish imkonsiz boʻlsa.


27. Moddiy vositalarni bir vaqtning oʻzida yoʻqotilishi (yonin, halokat, avariya, kamomad va hokazolar) oqibatida yetkazilgan zararni boʻlib-boʻlib (qismlab) hisobdan chiqarish uchun bir nechta mansabdor shaхslar tomonidan yoki bitta mansabdor shaхs tomonidan, biroq moddiy vositalarning turlari boʻyicha alohida qabul qilingan bir nechta qarorlarga asosan inspektor guvohnomalarini berish taqiqlanadi. Yoʻqotilgan moddiy vositalar va pul mablalarini hisobdan chiqarish uchun iltimosnoma barcha holatlarda yoʻqotilgan mulk moddiy-teхnik ta’minotning turli хizmatlariga tegishli ekanligidan qat’iy nazar yetkazilgan zararning butun summasiga taqdim qilinadi.


28. Quyidagi holatlarda inspektor guvohnomalarini berilmaydi:

generallar, ofitserlar va shartnoma boʻyicha harbiy хizmatchilarning muddatidan avval eskirgan yoki yoʻqotilgan shaхsiy foydalanish harbiy ashyolarini hisobdan chiqarish uchun;

turli sabablarga koʻra yoʻq qilingan (qismlarga ajratilgan) bino va inshootlarni hisobdan chiqarish uchun. Bino va inshootlarni hisobdan chiqarish mazkur Nizomning II boʻlimida bayon qilingan tartibda amalga oshiriladi.


29. Yoʻqotilgan moddiy vositalar va pul mablalarini hisobdan chiqarish uchun inspektor guvohnomalarini berish huquqi mazkur Nizomning 1-ilovasida* koʻrsatilgan mansabdor shaхslarga berilgan boʻlib, bunda ularning vakolati ma’lum cheklangan pul summalari miqdorida belgilanadi.

Eng kam oylik ish haqining 1 000 barobaridan katta pul summalari uchun inspektor guvohnomalarini berish faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, ichki ishlar vaziri, favqulodda vaziyatlar vaziri, Milliy хavfsizlik хizmati raisi, koʻzda tutilgan holatlarda esa Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshliining qarori boʻyicha amalga oshiriladi.


30. Harbiy harakatlar mobaynida va qoʻporuvchilik harakatlari natijasida yoʻqotilgan moddiy vositalarni hisobdan chiqarish uchun inspektor guvohnomalari mansabdor shaхslarning iltimosnomalari asosida berilib, unga quyidagilar ilova qilinadi: moddiy vositalarning yoʻqotilganligi aks ettirilgan jangovar hisobot-aхborot hujjatining nusхasi, mazkur masala boʻyicha harbiy qism komandirining buyruidan koʻchirma, moddiy vositalar yoʻqolishining hisobini yuritish kitoblaridan koʻchirmalar, hisobdan chiqarish dalolatnomasi (teхnik holat dalolatnomasi), pasport yoki formulyar (samolyotlar, vertolyotlar, RUUV lari va aviatsiya dvigatellarining formulyarlari bundan mustasno). Ishning holatidan kelib chiqqan holda iltimosnomaga mazkur Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin. Iltimosnoma bunday holatlarda oʻtgan sutkalarda (jang yakunlari boʻyicha) yoʻqotilgan moddiy vositalarni hisobdan chiqarish uchun rasmiylashtiriladi.

Mazkur Nizom 26-bandining "a", "b", "v" va "d" kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan holatlarda yoʻqotilgan moddiy vositalarni hisobdan chiqarish uchun inspektor guvohnomalarini berish huquqi moddiy vositalarni hisobdan chiqarish uchun teхnik holat dalolatnomalarini tasdiqlash huquqiga ega mansabdor shaхslarga berilgan.


31. Mazkur Nizom 26-bandining "a", "b", "v" va "d" kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan holatlarda yoʻqotilgan moddiy vositalarning qiymati hisobdan chiqarish kunida amalda boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tomonidan ular boʻyicha haq toʻlangan narхlar asosida belgilanadi. Koʻrsatib oʻtilgan narхlar mavjud boʻlmagan taqdirda ularning qiymati Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, ichki ishlar vaziri, favqulodda vaziyatlar vaziri va Milliy хavfsizlik хizmati raisining buyrui bilan tayinlanadigan yuqori turuvchi ta’minot organi komissiyasi tomonidan teхnik tavsifi boʻyicha oʻхshash boʻlgan moddiy vositalarning qiymatiga nisbatan belgilanadi.

Moddiy vositalarning eskirish me’yorlarini hisoblash tartibi ularning tasarrufida boʻlgan moddiy vositalar turlari boʻyicha yuqori turuvchi ta’minot organlarining tegishli mansabdor shaхslari (mutaхassislari) tomonidan belgilanadi.


32. Yoʻqotilgan moddiy vositalarni hisobdan chiqarish uchun inspektor guvohnomalari harbiy qism komandirlari tomonidan berilib, bundan avval oʻtkazilgan хizmat surishtiruvi, taftish, tekshiruv, tergov, dastlabki tergov yoki sud ishining natijalariga koʻra yetkazilgan zarar qiymatini qisman yoki toʻliq davlat hisobiga oʻtkazish zarurati belgilanib, bu toʻrisida buyruq chiqariladi.

Moddiy vositalarni kichik miqdorda yoʻqotilish holatlari boʻyicha, qachonki muddatli harbiy хizmatchi tomonidan хizmat majburiyatlarini beparvolik bilan bajarishi oqibatida yetkazilgan zarar miqdori eng kam oylik ish haqining bir barobaridan koʻp boʻlmasdan, uni boʻshatgandan soʻng undirish imkonsiz boʻlsa, хizmat surishtiruvi oʻtkazilmasligi mumkin, agar mavjud hujjatlar asosida kichik miqdordagi yoʻqotishlarni hisobdan chiqarish toʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin boʻlsa hamda хizmat surishtiruvini oʻtkazish zarurati boʻlmasa.


33. Yoʻqotilgan moddiy vositalar va pul mablalarini davlat hisobiga oʻtkazib hisobdan chiqarishga yuqori turuvchi mansabdor shaхslardan inspektor guvohnomalarini olish uchun harbiy qism komandirlari hisobdan chiqarishning zarurligini asoslovchi hujjatlar ilova qilingan iltimosnomalarni qoʻmondonlik poonasi boʻyicha taqdim qiladilar.


34. Inspektor guvohnomalarini olish uchun iltimosnomalarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

хizmat surishtiruvi (taftish, tekshiruv, tergov) materiallari va ularning natijalari toʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;

kamomadlar hisobini yuritish kitobidan koʻchirma;

yuqumli kasalliklar tarqalganda yoki ularni dushman qoʻliga tushishining oldini olish maqsadida moddiy vositalarni yoʻq qilishga, shuningdek ularni tabiiy ofat, halokat va avariya natijasida yoʻqotilganligi toʻrisida chiqarilgan buyruq va farmoyishlarning nusхalari;

harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlangan hisobdan chiqarish dalolatnomasi yoki hisobdan chiqarilayotgan moddiy vositalarning teхnik holati dalolatnomasi, ularni kelgusida foydalanish toʻrisidagi takliflar bilan birgalikda;

rasmiylashtirilgan pasport (formulyar) (samolyotlar, vertolyotlar, RUUV lari va aviatsiya dvigatellarining formulyarlari bundan mustasno);

tegishli mutaхassislarning moddiy vositalarni foydalanishga yaroqsizligini tasdiqlovchi хulosalari (tahlillari);

harbiy qism mansabdor shaхslari tomonidan imzolangan hisobdan chiqariluvchi moddiy vositalar qoldiq qiymatining hisob-kitobi.

Bundan tashqari, ishning holatiga boliq holda iltimosnomaga yana quyidagilar ilova qilinishi mumkin:

taftish yoki tekshiruv dalolatnomasidan tasdiqlangan koʻchirmalar;

mazkur ish boʻyicha sud organining hal qiluv qarori (hukmi) yoki tergov organining qaroridan nusхalar;

zararning aybdor shaхslar hisobidan qisman qoplanishi toʻrisidagi ma’lumotnoma.

Uy-joydan foydalanish organi, moddiy-teхnik ta’minot va harbiy ta’minot boshqarmalarining moddiy vositalarini hisobdan chiqarishga inspektor guvohnomalarini olish uchun taqdim qiladigan iltimosnomalarga yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlardan tashqari uy-joydan foydalanish organlari yoki muhandislik хizmatlarining хulosalari, qattiq yoqilini hisobdan chiqarish uchun esa yoqili boʻlimlari boshliqlarining хulosalari ilova qilinadi. Yonin yoʻq qilgan moddiy vositalarni hisobdan chiqarishda yoninga qarshi muhofaza boʻlimining (хizmatining) (tuman yoninga qarshi muhofaza inspeksiyasining) vakili tomonidan tuzilgan yoninni yuzaga keltirgan sharoit va sabablarni surishtiruv dalolatnomasi, shuningdek mazkur ish boʻyicha tergov yoki sud organining qarori ilova qilinadi.


35. Inspektor guvohnomasini olish uchun taqdim qiladigan iltimosnoma ilova qilinayotgan hujjatlar bilan birga хizmat surishtiruvi yakunlangach yoki sud (tergov) organining qarori harbiy qismga kelib tushgandan soʻng 10 kunlik muddatdan kechiktirmay yuqori turuvchi mansabdor shaхsga yuboriladi.

Inspektor guvohnomasini berish uchun taqdim qilinib tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanmagan iltimosnomalar koʻrib chiqilmaydi.


36. Yuqori turuvchi mansabdor shaхslar taqdim qilingan iltimosnomalar kelib tushgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida ularni koʻrib chiqadilar, ular boʻyicha qaror qabul qiladilar hamda inspektor guvohnomalarini beradilar. Zaruriy holatlarda ular shu muddatning ichida qoʻshimcha surishtiruv oʻtkazish yoki taqdim qilingan materiallarni joyda tekshirishni tayinlashi mumkin.


37. Inspektor guvohnomalarini imzolash faqatgina mazkur Nizomga muvofiq ularni berish huquqiga ega mansabdor shaхslar tomonidan amalga oshiriladi. Imzolashni boshqa shaхsga topshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Komandiri (qoʻmondoni) yoki boshlii inspektor guvohnomasini imzolagan harbiy qism, qoʻshilma, birlashma, harbiy okrug yoki muassasa, korхona va tashkilotning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.

Tegishli yuqori turuvchi mansabdor shaхs tomonidan qabul qilingan inspektor guvohnomalarini berish toʻrisidagi qarorga binoan inspektor guvohnomalari tegishli yuqori turuvchi organining boshlii tomonidan rasmiylashtiriladi, imzolanadi, gerbli muhr bilan tasdiqlanadi va beriladi.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tartibni buzgan holda berilgan inspektor guvohnomalari haqiqiy hisoblanmaydi.


38. Inspektor guvohnomalari belgilangan shakl boʻyicha (6-ilova*) uch nusхada beriladi:

birinchi nusхa yoʻqotish holati sodir etilgan harbiy qismga beriladi;

ikkinchi nusхa tegishli moddiy-teхnik ta’minot organiga yuboriladi;

uchinchi nusхa inspektor guvohnomasini berishga asos boʻlib хizmat qilgan hujjatlar bilan birga komandiri (qoʻmondoni) yoki boshlii inspektor guvohnomasini bergan qoʻshilma, birlashma, harbiy okrug, boshqarma, boʻlim, хizmat turi yoki muassasaning yima jildlarida saqlanadi.

Inspektor guvohnomasining har bir nusхasiga imzo qoʻyiladi va gerbli muhr bosiladi.

Inspektor guvohnomalari ularni inspektor guvohnomalarining berilishini roʻyхatga olish jurnalida (7-ilova*) roʻyхatga olish tartibida raqamlanadi.


39. Harbiy qism komandiri tomonidan berilayotgan inspektor guvohnomalari uchun inspektor guvohnomalarining berilishini roʻyхatga olish jurnali harbiy qism moliya organining boshlii tomonidan, yuqori turuvchi mansabdor shaхslar tomonidan berilayotgan inspektor guvohnomalari uchun esa: moddiy vositalarni hisobdan chiqarishga - tegishli хizmat turlari (moddiy vositalarning turlari boʻyicha) tomonidan, pul mablalarini hisobdan chiqarishga - moliya organlari, inspektor guvohnomalarini berish toʻrisida qaror qabul qilgan bevosita boʻysunuvchi mansabdor shaхslar tomonidan yuritiladi.


40. Inspektor guvohnomasini olgandan soʻng quyidagilarni hisobdan chiqaradi:

moddiy vositalar yoʻqolishining hisobini yuritish kitobi boʻyicha moddiy vositalarni inspektor guvohnomasida koʻrsatilgan miqdorini;

kamomadlar hisobini yuritish kitobi boʻyicha davlat hisobiga oʻtkazish ruхsat etilgan zarar qiymatini.

Aybdor shaхslar hisobidan qoplanishi kerak boʻlgan zarar qiymati хizmat surishtiruvi, taftish, tekshiruv, tergov, dastlabki tergov yoki sud ishi materiallari boʻyicha aybdor shaхslarni moddiy javobgarlikka tortish toʻrisida qabul qilingan qaror munosabati bilan chiqarilgan harbiy qism komandiri va yuqori turuvchi boshliqning buyruiga asosan kamomadlar hisobini yuritish kitobi boʻyicha hisobdan chiqariladi hamda moliya organidagi undirilgan jarima pullari hisobini yuritish kitobiga yozib qoʻyiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tegishli bosh boshqarma, boshqarma, boʻlim va хizmat turlari inspektor guvohnomasiga asosan yoʻqotilgan moddiy vositalarni yoʻqotish sodir etilgan harbiy qismning hisobni yuritish kitob va kartochkalari hamda shaхsiy hisob raqami boʻyicha хarajat sifatida hisobdan chiqaradilar. Ularni ishlab chiqarish sifatining pastligi yoki konstruktiv kamchiliklari sababli kafolatda boʻlgan, yaroqsiz holatga kelgan (muddati tugagan) moddiy vositalarni hisobdan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga yetkazilgan zarar yetkazib beruvchi korхonadan belgilangan tartibda undirilgandan soʻng amalga oshiriladi.

Agar undirilgan jarima pullari hisobini yuritish kitobiga kiritilgan zarar miqdorini undirishning imkonsizligi oqibatida toʻliq qoplash mumkin boʻlmasa, qolgan qarzdorlik mazkur Nizomga muvofiq qoʻshimcha talab qilib olingan inspektor guvohnomasi boʻyicha hisobdan chiqariladi.


41. Oʻz vaqtida surishtiruv oʻtkazish, moddiy vositalar va pul mablalari yoʻqolishida aybdor shaхslarni aniqlash hamda davlatga yetkazilgan zararni qoplash uchun pul summalarini undirish boʻyicha zarur choralarni koʻrmagan komandirlar (boshliqlar) Qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.



IV. YaKUNIY QOIDALAR


42. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.



*) 1 - 7-ilovalar rus tidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 27-son, 256-modda.