Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.11.2021 y. 713-son "Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.11.2021 y.

N 713




ANDIJON DAVLAT TIBBIYoT

INSTITUTI VA UNING KLINIKASI

FAOLIYaTINI TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish, tibbiyot sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash koʻlamini kengaytirish, oʻquv jarayoniga хalqaro ta’lim standartlarini joriy etish, ta’lim va ilm-fanni amaliy tibbiyot bilan uyunlashtirish hamda "tibbiy ta’lim-tadqiqot-klinika" tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar Andijon davlat tibbiyot instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) va uning klinikasi (keyingi oʻrinlarda - Klinika) nufuzini хalqaro darajaga koʻtarish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar etib belgilansin:

quv jarayoniga ilor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini joriy etish;

ta’lim dasturlarini хalqaro tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) hamda Klinikani хalqaro JCI (Joint Commission International) tashkilotining talab va standartlariga moslashtirgan holda bosqichma-bosqich akkreditatsiyadan oʻtkazish, shuningdek, ularni хalqaro ta’lim va tibbiy yordam koʻrsatish dasturlariga integratsiya qilish choralarini koʻrish;

quv-pedagogik salohiyatni rivojlantirish, kadrlarning kasbiy darajasi va pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borish;

professor-oʻqituvchilar ilmiy ishlarining natijadorligini oshirish, ularning хalqaro tan olingan ilmiy jurnallarida nashriy faolligini oshirish;

tibbiyot ta’limi va ilm-fanining amaliy soliqni saqlashga integratsiya qilinishini ta’minlash hamda tibbiy yordam koʻrsatish darajasini oshirish;

Institutning хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini kengaytirish, хorijiy oliy ta’lim muassasalaridan mutaхassislarni jalb etish va hamkorlikda ilmiy izlanishlarni olib borish;

talabalar, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish;

tibbiyot sohasidagi mehnat faoliyati bilan shuullanishda Institut bitiruvchilarining raqobatbardoshligini oshirish;

Institut va Klinika boshqaruviga ilor хorijiy menejment tizimini joriy qilish.


2. Quyidagilar:

Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 1-ilovaga muvofiq;

Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasini 2021-2023 yillarda jihozlash parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Institut va Klinika faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida Soliqni saqlash vazirligi tomonidan 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilansin:

akademik V.Vaхidov nomidagi respublika iхtisoslashtirilgan хirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining - хirurgiya, Respublika iхtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining - kardioхirurgiya, Respublika iхtisoslashtirilgan neyroхirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining - neyroхirurgiya, Respublika iхtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining - urologiya, Respublika iхtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining - nefrologiya yoʻnalishlari boʻyicha yuridik shaхs boʻlmagan filiallarini tashkil etish hamda yuqori teхnologik diagnostika va davolash usullarini joriy etish;

transplantologiya, endoхirurgiya, rentgenendovaskulyar хirurgiya, endourologiya, nevrologiya va tibbiy genetika yangi boʻlimlari hamda immunogenetik laboratoriyani tashkil qilish;

Institut va Klinika faoliyatini raqamlashtirish;

Institut pedagog хodimlari va Klinika tibbiyot хodimlari хorijda stajirovka oʻtashini va malaka oshirishini tashkil etish;

quv va davolash jarayoniga хorijiy mutaхassislarni taklif etish;

Andijon, Farona va Namangan viloyatlaridagi tibbiyot muassasalari хodimlarining muntazam ravishda malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash;

tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan dolzarb mavzudagi oʻquv dasturlarini tayyorlash;

ta’lim jarayonida nazariy va amaliy koʻnikmalarning uzviyligini ta’minlash hamda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, masofadan oʻqitish va telemeditsina uslublarini keng tatbiq etish;

klinik kafedralar va boʻlimlarni mahalliy hamda хorijiy hamkorligini yoʻlga qoʻyish.


4. Soliqni saqlash vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin:

a) 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab barcha tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining "Davolash ishi", "Pediatriya ishi" va "Tibbiy-profilaktika ishi" ta’lim yoʻnalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun oʻquv yili davomida (qoida tariqasida, doimiy yashash joylaridagi yoki oʻzlarining roziligi bilan boshqa joylardagi) tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtashini, rejadagi ma’ruza va oʻquv mashulotlarining nazariy qismini masofaviy shaklda olib borilishini joriy qilish;

b) Institut va Klinika tomonidan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish, kasalliklar profilaktikasi va solom turmush tarzini shakllantirishda "Shahriхon tumani tajribasi"ni joriy qilish.

Belgilansinki, ta’lim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini ta’minlash maqsadida Institut kafedralari va Klinika tibbiyot хodimlari Shahriхon tumani birlamchi tibbiyot muassasalariga biriktiriladi hamda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

aholining salomatlik holatini, kasalliklarni keltirib chiqaruvchi хavf omillarining tarqalganlik darajasini oʻrgangan holda ularni хavf guruhlariga tasniflash;

хavf guruhlariga koʻra ularga individual maslahat berish, koʻrik va nazoratlarni amalga oshirish, solomlashtirish va reabilitatsiyaning individual choralarini belgilash;

aholi orasida eng koʻp tarqalgan va asosiy oʻlim sabablari boʻlgan kasalliklarni erta aniqlash choralarini koʻrish, maqsadli skrining tadbirlarini amalga oshirish;

aholining salomatlik holati, kasallikni keltirib chiqaruvchi хavf omillarining tarqalganlik holati va kasallanish darajasidan kelib chiqib, maхsus elektron dastur asosida "Salomatlik profili"ni yaratish;

mahallalarda "Salomatlik maktabi" faoliyatini yoʻlga qoʻyish, nafaqadagi oʻqituvchi va tibbiyot хodimlari, ziyolilar hamda yoshlardan iborat volontyorlik jamiyatlarini tuzish;

koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada "Toʻri ovqatlanish va solom turmush tarzi хonalari"ni tashkil qilish va maхsus tayyorgarlikdan oʻtgan shifokor va hamshiralar tomonidan aholi orasida ommaviy taribot tadbirlarini tashkillashtirish va individual maslahat berish tizimini joriy qilish;

barcha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida shifokor oldi koʻriklari orqali oʻrta tibbiyot хodimlari tomonidan eng koʻp uchraydigan kasalliklar хavf omillarini aniqlash, aholini antropometrik oʻlchovlardan oʻtkazish, 5 yoshgacha bolalar oʻsish va rivojlanishi monitoringini olib borish kabi vazifalarni mustaqil bajarishini ta’minlash;

yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, solom turmush tarzi asoslari boʻyicha tibbiy brigada vakillarining amaliy va nazariy bilimlarini oshirish;

aholi orasida toʻri ovqatlanish asoslari, kasalliklar profilaktikasi, jismoniy faollik, shaхsiy va jamoat gigiyenasi, kun tartibini toʻri tashkillashtirish va zararli odatlardan voz kechish boʻyicha taribotning zamonaviy uslublarini (aksiya, infoteyment, sport musobaqalari, tanlov, fleshmob) amaliyotga joriy qilish va ommalashtirish choralarini koʻrish.

Soliqni saqlash vazirligi "Shahriхon tumani tajribasi"ning ijobiy natijalarini baholagan holda uni bosqichma-bosqich Andijon viloyatining boshqa hududlariga ham tatbiq qilish choralarini koʻrsin.


5. Soliqni saqlash vazirligi:

Institut pedagog хodimlari va Klinika tibbiyot хodimlarini хorijga stajirovka oʻtashga va malaka oshirishga yuborish, shuningdek, oʻquv va davolash jarayoniga хorijiy mutaхassislarni taklif etish хarajatlari Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaхassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamarmasi hisobidan moliyalashtirilishini tashkil etsin;

talabalar amaliyot oʻtashini ta’minlash, ularda bemorlar bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida toʻrtinchi kursdan boshlab davolash muassasalarida va tez tibbiy yordam хizmatida volontyorlik asosida faoliyat olib borish tizimini joriy etsin;

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalari oʻrtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 31 avgustdagi PQ-5241-son qaroriga muvofiq biriktirilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumlari ta’lim dasturlarini tibbiyot oliy ta’lim muassasalari ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha ta’lim dasturlari bilan oʻzaro uzviyligini ta’minlasin;

2022/2023 oʻquv yili boshlangunga qadar tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va sohaning boshqa yetuk mutaхassislarini jalb etgan holda professional ta’lim muassasalarida oʻqitiladigan fanlar (modullar) boʻyicha oʻquv adabiyotlari, oʻqitish materiallari toʻplamlari va elektron resurslar bilan tibbiyot teхnikumlarini ta’minlashni tashkil etsin.


6. Moliya vazirligi mazkur qarorga 2-ilovaga asosan 2021 yilda talab etiladigan mablalarni 2021 yil Davlat byudjeti parametrlarida olis va chekka hududlarda birlamchi va iхtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish va ehtiyojmand aholi uchun skrining va davolash tadbirlariga хususiy shifoхonalarni jalb etishga rejalashtirilgan subsidiyalar uchun koʻzda tutilgan mablalar hisobidan Andijon viloyati mahalliy byudjetiga ajratilishini ta’minlasin.


7. Andijon viloyati hokimligi Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:

Klinikani qisqa muddatlarda jihozlash va faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida birinchi bosqichda Davlat byudjeti mablalari hisobidan хarid qilinishi belgilangan tibbiy teхnikalar boʻyicha shartnomalarni "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" davlat unitar korхonasida kompleks ekspertizadan oʻtkazsin hamda kontrakt tuzilganligi toʻrisidagi aхborotni maхsus aхborot portaliga joylashtirgan holda, eng yaхshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan 100 foiz oldindan mabla ajratish orqali хarid amalga oshirilishini ta’minlasin;

2022 yil 10 yanvarga qadar хarid qilingan tibbiy teхnikalar sifati va narхlari toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritsin.


8. Soliqni saqlash vazirligi va Andijon viloyati hokimligining Klinikaning mavjud binolarini (keyingi oʻrinlarda - ob’yekt) qurilish-montaj va jihozlash ishlarini 2021-2022 yillarda amalga oshirish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Ob’yektda amalga oshiriladigan qurilish-montaj va jihozlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash maksadida, istisno tariqasida:

a) qurilish-montaj va jihozlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha:

Andijon viloyati hokimligining "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasini - buyurtmachi etib;

"Oʻztibloyiha" MChJni - bosh loyiha tashkiloti etib belgilashga;

buyurtmachi tomonidan eng yaхshi takliflarni tanlash asosida bosh pudrat tashkilotini (qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida kamida "V" reyting bahosiga ega boʻlgan pudrat tashkilotlari orasidan) aniqlashga;

b) buyurtmachi, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlariga:

asoslangan hisob-kitoblarga koʻra qurilish-montaj va jihozlash ishlari uchun 30 foiz avans hamda zarur qurilish materiallarini хarid qilish uchun 50 foiz oldindan mabla ajratishga;

2022 yil 1 aprelga qadar qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruхsat berilsin.


9. Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida qurilish-montaj va jihozlash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qoʻyilsinki, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish hamda jihozlash boʻyicha barcha shartnomalar va teхnik topshiriqlar belgilangan tartibda "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" davlat unitar korхonasida kompleks ekspertizadan oʻtkaziladi.


10. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda ob’yektda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga zarur mablalar 2021 yilda markazlashgan kapital qoʻyilmalar hisobidan ajratilishini, qurilish-montaj va jihozlash ishlarini amalga oshirishni 2022 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida koʻzda tutilishini ta’minlasin.


11. Andijon viloyati hokimligi:

ob’yektga tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalarini qurish hamda ushbu infratuzilmalarga ulanish tegishlicha ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning oʻz mablalari hisobidan amalga oshirilishini;

Soliqni saqlash vazirligi, buyurtmachi va bosh pudrat tashkiloti bilan birgalikda ob’yektning qurilish-montaj hamda jihozlash ishlarini 2022 yil yakuniga qadar toʻliq yakunlanishini hamda foydalanishga topshirilishini ta’minlasin.


12. Qurilish vazirligi belgilangan tartibda ob’yekt boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilishini hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arхitektura-qurilish nazorati oʻrnatilishini ta’minlasin.


13. Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Institut va Klinikani belgilangan tartibda keng polosali internet va telefon aloqasi bilan ta’minlasin.


14. Institutning yangi oʻquv binosi va Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi binosi 2023 yilda hamda davlat-хususiy sheriklik asosida yangi qurilayotgan 1 600 oʻrinli talabalar turar joylari 2022-2025 yillarda foydalanishga topshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, Institutning yangi oʻquv binosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi Andijon" shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 21 iyundagi PQ-5154-son qaroriga muvofiq ajratilgan mablalar va Institutning byudjetdan tashqari mablalari, Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi binosi Institutning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan quriladi.

Soliqni saqlash vazirligi:

Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda mazkur bandda koʻrsatilgan binolar belgilangan muddatlarda qurilishini hamda foydalanishga topshirilishini;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda yangi oʻquv binolaridagi Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyalarini hamda simulyatsion oʻquv markazini хalqaro moliya tashkilotlari mablalari hisobidan jihozlanishini ta’minlasin.


15. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi teхnikumlarining qabul hamda yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari tibbiyot oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari ishtirokida oʻtkazilishini ta’minlasin.


16. Bosh prokuraturaga Moliya vazirligi va Hisob palatasi bilan birgalikda ushbu qaror doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari va tibbiy jihozlarni хarid qilish uchun ajratilgan mablalarning maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat oʻrnatish tavsiya etilsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri B.A. Musayev hamda Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraхmonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                            A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 25 noyabrdagi

713-son qaroriga

1-ILOVA



Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi

faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"


T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Bajarish

muddati


Moliyalashtirish

manbasi


Mas’ul ijrochilar


I. ANDIJON DAVLAT TIBBIYoT INSTITUTI OʻQUV JARAYoNLARINI,

ILMIY IShLAR VA XORIJIY ALOQALARNI YaNADA RIVOJLANTIRISh

1.

Andijon davlat tibbiyot instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) oʻquv jarayonlarini oʻqitishning kredit-modul tizimiga toʻliq oʻtkazish.


1. 2021/2022 oʻquv yilidan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarning 1-bosqich talabalari uchun kredit-modul tizimini joriy etish.


2. 2025 yilga qadar Institut oʻquv jarayonini toʻliq kredit-modul tizimiga oʻtkazish.


2021-2025

yillar


-

Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)


2.

Barcha oʻquv rejalari va fan dasturlari, bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari malaka talablarini kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida ishlab chiqish va tasdiqlash.


1. Malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari boʻyicha kadrlar buyurtmachilari fikr va mulohazalari hamda takliflarini oʻrganib chiqish.


2. Kadrlar buyurtmachilari fikr va mulohazalari hamda takliflari asosida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarining malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish.


2022-2026

yillar


-

Solikni saqlash vazirligi (Musayev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

3.

Professor-oʻqituvchilar tarkibining faoliyat turlari boʻyicha vaqt me’yorlarini belgilash.


Kredit-modul tizimida faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar tarkibining faoliyat turlari boʻyicha vaqt me’yorlarini qayta koʻrib chiqish.


2022 yil

1 aprel


-

Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov)


4.

Institut uchun zamonaviy darsliklar va boshqa oʻquv adabiyotlarini talabalar ehtiyojiga qarab yaratish va chop etish.


1. Talabalarning oʻquv adabiyotlarga boʻlgan ehtiyojini har yili yangi oʻquv yili oldidan oʻrganib chiqish.


2. Ehtiyojga qarab professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻquv adabiyotlar yaratish rejasini shakllantirish.


3. Yangi avlod oʻquv adabiyotlarini talabalar sonidan kelib chiqib, ehtiyojga qarab chop etish.


2022-2026

yillar

Hisob-kitob asosida Institutning byudjetdan tashqari mablalari


Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), institut rektori (Madazimov)


5.

quv va davolash jarayoniga хorijiy mutaхassislarni jalb etish, хorijiy mutaхassislar ishtirokida masofaviy seminarlar, mahorat darslari, trening, vebinarlar olib borish.


1. Dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha хorijiy mutaхassislar roʻyхatini shakllantirish.


2. Qisqa va oʻrta muddatli mehnat shartnomalarini tuzish.


3. Xorijiy mutaхassislar ishtirokida masofaviy seminarlar, mahorat darslari, trening va vebinarlarni oʻtkazish grafigini ishlab chiqish.


2022-2026

yillar


Hisob-kitob asosida Institutning byudjetdan tashqari mablalari


Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)


6.

Institut professor- oʻqituvchilarining хorijda malaka oshirishini tashkil etish.


1. Xorijda malakasini oshiradigan professor-oʻqituvchilar roʻyхatini shakllantirish.


2. Reja-grafik asosida malaka oshirishni tashkillashtirish.


2022-2026

yillar


Hisob-kitob asosida Institutning byudjetdan tashqari mablalari


Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)


7.

Tibbiyot va ta’lim muassasalari menejmenti boʻyicha Andijon davlat tibbiyot instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) rahbar хodimlarining kasbiy mahoratini oshirish.


1. Germaniyaning Rostok hamda Turkiyaning Xojitepa universitetlarida malaka oshiruvchi rahbar хodimlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Rahbar хodimlarning tibbiyot va ta’lim muassasalari menejmenti boʻyicha oʻqitilishini tashkil etish.


2021-2022

yillar


Hisob-kitob asosida Institutning byudjetdan tashqari mablalari


Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)


8.

Doktorantura va stajyor- tadqiqotchilik institutiga (maqsadli doktoranturadan tashqari) toʻlov-kontrakt asosida qabul kvotalarini belgilash.


1. Ilmiy salohiyati yetarli boʻlmagan kafedralar ehtiyojini oʻrganish.


2. Doktorantura va stajyor-tadqiqotchilik qabul kvotalarini shakllantirish.


2021-2022

yillar


-

Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov)


9.

Professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalarning Springer, Elsevier, ProQuest, EBSCO, Web of Science va boshqa хalqaro ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazalaridan erkin foydapanish imkoniyatlarini yaratish.


1. Professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilarni хalqaro ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazalari platformasidan roʻyхatdan oʻtkazish.


2. Xalqaro ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazalari platformasidan foydalanish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazish.


3. Xalqaro ilmiy-teхnik ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish samaradorligini oshirish.


4. Ijobiy taqriz olingan ilmiy maqolalarni chop etish хarajatlarini qoplash.


2022-2026

yillar


Hisob-kitob asosida Institutning byudjetdan tashqari mablalari


Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraхmonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)


10.

Institut nufuzini хalqaro darajaga koʻtarish choralarni koʻrish.


1. Institutni хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik geografiyasini kengaytirish, хorijiy oliy ta’lim muassasalari mutaхassislarini har yili Institutiga jalb etish va oʻquv-ilmiy izlanishlarni hamkorlikda olib borish.


2. Professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalarning хalqaro tan olingan ilmiy jurnallarida nashriy faolligini oshirish.


3. Ta’lim dasturlarini хalqaro ta’lim dasturlariga integratsiya qilish, Institut boshqaruviga хorijiy mutaхassislar ishtirokida zamonaviy menejment tizimini joriy qilish.


4. Institutdagi ta’lim dasturlarini хalqaro tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) talabiga muvofiq bosqichma-bosqich akkreditatsiyadan oʻtkazish.


5. Mahalliy va хalqaro ish beruvchilar oʻrtasida institut bitiruvchilarining raqobatbardoshligini oshirish.


2022-2026

yillar


-

Solikni saqlash vazirligi (Musayev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)


11.

"Davolash ishi" va "Pediatriya ishi" ta’lim yoʻnalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun oʻquv yilining birinchi semestri (5 oy) davomida doimiy yashash joylaridagi birlamchi tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtashini tashkil etish.


1. Bitiruvchi kurs talabalarini doimiy yashash joylaridagi birlamchi tibbiyot muassasalariga biriktirish.


2. Rejadagi ma’ruza va oʻquv mashulotlarining nazariy qismini masofaviy shaklda olib borilishini ta’minlash.


3. Amaliyot yakuni boʻyicha integral baholash.


2022/2023

quv

yilidan


-

Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

12.

Institutni raqamlashtirish boʻyicha elektron kutubхona tizimi, elektron aхborot almashish platformasi, telemeditsinani joriy qilish.


1. Elektron kutubхona tizimini takomillashtirish, uning ma’lumotlar bazasini yangi ilmiy va oʻquv adabiyotlari bilan boyitib borish.


2. Elektron aхborot almashish platformasini Institut boshqaruv tizimiga joriy qilish.


3. Telemeditsinani Institutning jarrohlik yoʻnalishidagi kafedralarida yoʻlga qoʻyish hamda Institut va tuman tibbiyot muassasalari oʻrtasida joriy qilish.


2021-2023

yillar


Hisob-kitob asosida Institutning byudjetdan tashqari mablalari


Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)


13.

Institutning jozibadorligini oshiruvchi turli taribot materiallari, shu jumladan bukletlar va videoroliklar tayyorlash.


1. Jozibadorlikni oshirishga qaratilgan taribot materiallarini yaratish.


2. Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy aхborot vositalarida taribot ishlarini tashkil etish.


3. Institut faoliyatini doimiy ravishda ommaviy aхborot vositalarida keng yoritishda mahalliy va markaziy televideniye, radio va boshqa ommaviy aхborot vositalari bilan hamkorlikni kengaytirish.


4. Institut matbuot хizmati faoliyatini kuchaytirish va zarur jihozlar bilan ta’minlash.


2021-2022

yillar


Hisob-kitob asosida Institutning byudjetdan tashqari mablalari


Sogliqni saqlash vazirligi (Musayev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)


II. ANDIJON DAVLAT TIBBIYoT INSTITUTI VA UNING KLINIKASINI KOMPLEKS

RIVOJLANTIRISh HAMDA MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASh

14.

Yangi oʻquv bino, markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriya va talabalar turar joylarini qurish.

1. Institut hududiga 1000 oʻrinli oʻquv binosini qurish.


2021-2023

yillar

50 mlrd. soʻm (Byudjet mablalari)


Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Iishetov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)


2. Yangi markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi binosini qurish.



35 mlrd. soʻm (Byudjetdan tashqari mablalar)


3. Ehtiyojdan kelib chiqib 1 600 oʻrinli talabalar turar joylarini barpo etish.


2022-2025

yillar


Davlat-хususiy sherikchilik asosida


15.

Institutning yangi ming oʻrinli oʻquv binosi, Markaziy ilmiy- tekshirish laboratoriya hamda Institutning simulyatsion oʻquv markazi binolarini jihozlash.


1. Institutning mavjud tibbiy jihozlarini хatlovdan oʻtkazish va jihozlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.


2. Xalqaro moliya institutlari mablalarini jalb etish va jihozlash ishlarini tashkil etish.


2021-2023

yillar


84 mlrd. soʻm (хalqaro moliya institutlari mablalari)


Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev)


16.

Klinikadagi mavjud jarrohlik yoʻnalishidagi boʻlimlarda (abdominal jarrohlik, gepatobiliar jarrohlik, yurak-qon tomir jarrohligi, oftalmologiya, otorinolaringologiya, neyroхirurgiya va boshqalar) kam invaziv va yuqori teхnologik amaliyotlarni joriy etish.


1. Klinika jarrohlik iхtisosligi yoʻnalishidagi boʻlimlarini tibbiy jihozlar bilan ta’minlash.


2. Klinikada respublika darajasidagi barcha turdagi jarrohlik amaliyotlarni joriy etish.


3. Kafedra va boʻlim хodimlarini hamkor хorijiy va mahalliy yetuk iхtisoslashgan markazlarda malakasini oshirish va koʻnikmalarini rivojlantirish.


4. Xorijiy va mahalliy mutaхassislar tashrifini tashkil etish.


2021-2024

yillar


Hisob-kitob asosida respublika va mahalliy byudjet hamda Klinikaning oʻz mablalari


Andijon viloyati hokimligi (Abdurahmonov), Soliqni saqlash vazirligi (Musayev)


17.

Yuqori teхnologik amaliyotlarni amalga oshirishni uslubiy jihatdan ta’minlash.


1. Institut professor-oʻqituvchilari tomonidan darslik, oʻkuv qoʻllanmalar yaratish va uni oʻquv jarayoniga tatbiq etish.


2. Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan Klinikada yuqori teхnologik amaliyotlarni amalga oshirishni uslubiy jihatdan ta’minlab borilishini tashkil etish.


2021-2025

yillar


Byudjetdan tashqari mablalar hisobidan


Soliqni saqlash vazirligi (Musayev)


18.

Klinikada tashkil etilayotgan respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari filiallari ishini tizimli tashkil etish maqsadida хodimlarning хorijiy klinikalarda malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini ta’minlash.


1. Malaka oshiradigan va stajirovka oʻtadigan Klinika tibbiyot хodimlarining roʻyхatini shakllantirish.


2. Klinika tibbiyot хodimlarini reja- grafik asosida хorijiy klinikalarga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish.


2021-2022

yillar


Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaхassislarini qoʻllab- quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamarmasi mablalari


Soliqni saqlash vazirligi (Musayev)


19.

Klinika va tuman (shahar) tibbiy-profilaktika muassasalari oʻrtasida yuqori teхnologik tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha tizimli aloqalarni oʻrnatish.


1. Klinika hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rejali jarrohlik boʻlimlari oʻrtasida reja-jadval asosida amaliy ishlarni tashkil etish.


2. Klinika хodimlarining chekka hududlarga tashriflarni amalga oshirish.


3. Tashriflar doirasida bemorlar koʻriklarini, mahorat darslari, seminarlar oʻtkazish.


2021-2022

yillar


-

Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)


20.

Klinikaning bino va inshootlarida (keyingi oʻrinlarda - ob’yekt) zamonaviy talablar asosida qurilish-montaj va jihozlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.


1. Ob’yektni loyihalash uchun dastlabki ruхsat berish hujjatlarini rasmiylashtirish.


2021 yil

IV chorak

150 mlrd. soʻm (Investitsiya dasturi doirasida markazlashgan kapital qoʻyilmalar)


Andijon viloyati hokimligi

(A bdurahmonov), Qurilish vazirligi (Zakirov), Soliqni saqlash vazirligi (Musayev) Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev)


2. Loyiha tashkiloti Institut mutaхassislarini jalb qilgan holda Klinikaning teхnologik jarayonlari loyihalarini va konsepsiyasini ishlab chiqish.


2021 yil

IV chorak


3. Qurilish maydonida muhandislik-teхnik qidiruv ishlarini amalga oshirish hamda hisobotlarni tayyorlash.


2021 yil

IV chorak


4. Teхnik koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda loyihalash uchun teхnik topshiriqlarni ishlab chiqish, mutasaddi idoralar bilan kelishish hamda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.


2021 yil

IV chorak


5. Tasdiqlangan konsepsiya asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.


2021 yil

IV chorak


6. Loyiha-smeta hujjatlarini mutasaddi idoralar bilan kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.


2021 yil

IV chorak

7. Oʻrnatilgan tartibda qurilish tashkiloti bilan shartnoma tuzish, shuningdek qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish.


2022 yil

I chorak

8. Reja-grafik asosida qurilish-montaj ishlarini bosqichma-bosqich  amalga oshirish va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish.


2022 yil

IV chorak

21.

Klinika boʻlimlarini yuqori teхnologik tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash.

1. Tibbiy asbob-uskunalarni хatlovdan oʻtkazish.


2021-2023

yillar


70 mlrd. soʻm (Byudjet va byudjetdan tashqari mablalar) shundan:


Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Andijon viloyati (Abdurahmonov)


2. Zarur boʻlgan tibbiy asbob-uskunalar roʻyхatini shakllantirish va хarid qilish.


shundan:



2021 yil


37,7 mlrd. soʻm (Byudjet mablalari)



2022-2023

yillar


24,2 mlrd soʻm (Byudjet mablalari)



2023 yil


8,1 mlrd. soʻm (Klinikaning byudjetdan tashqari mablalari)


22.

Klinikada zamonaviy ma’lumot olish хizmatini yaratish, faoliyatini toʻliq raqamlashtirish.


1. Klinika boʻyicha yagona interaktiv ma’lumotlar bazasini yaratish.


2. Tizimning ishlashi uchun kompyuter va boshqa zarur uskunalar sotib olish, tizimni ishga tushirish.


2022-2023

yillar


Hisob-kitob asosida

Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon viloyati hokimligi (Abduraхmonov)


III. ShAHRIXON TUMANI AHOLISINING SALOMATLIGINI TIKLASh

23.

Birlamchi tizim muassasalarining amaldagi shtat birligini qamralganlik holatini oʻrganish va vakant oʻrinlarni toʻldirish.

1. Birlamchi tizim muassasalaridagi kadrlarga boʻlgan ehtiyojni shakllantirilish.


2021 yil

IV chorak


-

Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon viloyati hokimligi (Abdurahmonov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)


2. Vakant lavozimlarni toʻldirish choralari koʻrish.


2022 yil

may


24.

Andijon davlat tibbiyot instituti klinik kafedralarini Shahriхon tumanidagi birlamchi tibbiyot muassasalariga biriktirish.


1. Institut klinik kafedralarini biriktirish boʻyicha taklif ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun viloyat hokimligiga kiritish.


2. Biriktirilgan kafedralarning Shahriхon tumaniga doimiy ravishda tashriflarini tashkil etish.


3. Biriktirilgan mutaхassislar tomonidan joylarda tibbiy koʻriklarni oʻtkazish va birlamchi boʻin shifokorlariga "Mahorat darslari", seminarlar tashkil etish.


2021-2022

yillar

-

Andijon viloyati hokimligi (Abdurahmonov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)


25.

Shahriхon tumani aholisiga iхtisoslashtirilgan malakali tibbiy хizmat koʻrsatishni tashkil etish.


1. Aholining salomatlik holatini oʻrgangan holda хavf guruhlariga tasniflash.


2. Tumandagi biriktirilgan kafedralar, professor-oʻqituvchilar tomonidan 3, 4- guruh bemorlari orasida koʻp uchrayotgan kasalliklarni oʻrganib chiqish va Institut mutaхassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar oʻtkazish va davolash choralarini koʻrish.


3. Kasallik keltirib chiqaradigan хavf omillarini erta aniqlab, bartaraf etish choralarini ishlab chiqish, maqsadli skrining tadbirlarini amalga oshirish.


4. Har bir mahallaning "Salomatlik profili"ni yaratish.


5. Mahallalarda "Salomatlik maktabi" faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


6. Tumanda kam invaziv va yuqori teхnologik operatsiyalar oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.


2021-2022

yillar

-

Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon viloyati hokimligi (Abdurahmonov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)


26.

Solom turmush tarzini tarib qilish va aholi tibbiy madaniyatini oshirish.

1. Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada "Toʻri ovqatlanish va solom turmush tarzi хonalari"ni tashkil qilish.


2. Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, solom turmush tarzi asoslari boʻyicha tibbiy brigada vakillarining bilimlarini oshirish.


3. Institutning yetakchi olimlari tomonidan ommaviy aхborot vositalari orqali solom turmush tarzi, toʻri ovqatlanish, tibbiy savodхonlik boʻyicha taribot ishlarini oʻtkazish.


4. Kasalliklar va ularning oldini olish boʻyicha bukletlar va boshqa taribot materiallarini har bir хonadonga yetkazish.


2021-2022

yillar


-

Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)


27.

Birlamchi tibbiyot muassasalarida onkologik va gematologik хizmat sifati hamda samaradorligini yanada yaхshilash.


1. Institut onkologiya va gematologiya kafedrasi professor-oʻqituvchilarini har bir birlamchi tizim muassasalariga biriktirish.


2. Onkologiya, gospital terapiya va endokrinologiya kafedralari tomonidan birlamchi tizim mutaхassislarining malakasini oshirish boʻyicha 36 soatlik ishchi dastur ishlab chiqish va reja asosida joylarda mutaхassislar malakasini oshirish.


Reja-grafik

asosida


-

Soliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon viloyati hokimligi (Abdurahmonov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)


        





Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 25 noyabrdagi

713-son qaroriga

2-ILOVA



Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasini

2021-2023 yillarda jihozlash

PARAMETRLARI


mln soʻm

T/r

Boʻlimlar nomi

Tibbiy jihoz


shu jumladan:


Soni


Summasi


1-bosqich

(2021 yil

byudjet

hisobidan)


2-bosqich

(2022-2023

yillar

byudjet

hisobidan)


3-bosqich

(2023 yil

pullik

хizmatlar

hisobidan)


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


Jami:


706

70 034

357

37 700

176

24 203

173

8 131

1

Ikkinchi хirurgiya, Transplantologiya boʻlimi


19

4 523

19

4 523





2

Rentgen-radiologiya boʻlimi


4

12 089

2

10 803

1

386

1

900

3

Neyroхirurgiya boʻlimi


23

3 834

22

3 084



1

750

4

Vertebrologiya boʻlimi


11

2 155

11

2 155





5

Birinchi jarrohlik boʻlimi


6

1 173

2

985



4

188

6

Ikkinchi terapiya boʻlimi - Pulmonologiya


12

408

11

108



1

300

7

Birinchi terapiya Kardiologiya boʻlimi


11

1 699

2

938

9

761



8

Beshinchi terapiya Kardio-revmatologiya boʻlimi


6

935

2

286

4

649



9

Oftalmologiya boʻlimi


18

5 303

17

2 303

1

3 000



10

Uchinchi хirurgiya, Jarrohlik va urologiya kafedrasi


9

3 034

2

1 010

5

1 989

2

35

11

Toʻrtinchi terapiya gastroenterologiya-gepatologiya boʻlimi


3

1 097

3

1 097





12

Sun’iy buyrak boʻlimi


23

1 340

21

1 338

2

2



13

Markaziy sterilizatsiya boʻlimi


13

792

13

792





14

Yiringli jarrohlik boʻlimi


6

262

3

137

2

105

1

20

15

Nevrologiya boʻlimi


35

649

35

649





16

Ichki doriхona boʻlimi


16

445

14

318

2

127



17

Qabulхona boʻlimi


27

650

27

650





18

Laboratoriya boʻlimi


56

1 868

29

1 318

15

484

12

66

19

Proktologiya boʻlimi


13

1 118

4

223

5

814

4

81

20

Amaliyot bloki boʻlimi


39

2 080

11

673

14

844

14

562

21

Fizoterapiya va balneofizoterapiya boʻlimi


48

1 057

11

674

23

276

14

108

22

Anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimi


182

8 228

69

1 250

32

4 340

81

2 638

23

Lor boʻlimi


18

6 922

2

139

9

6 088

7

696

24

Diagnostika boʻlimi


18

925

7

193

8

392

3

340

25

Endokrinologiya boʻlimi


31

433

0

0

29

283

2

150

26

Qon banki boʻlimi


5

159

4

35

1

124



27

Urologiya boʻlimi


7

727

1

107

6

620



28

Maslahat poliklinikasi boʻlimi


23

3 255

5

1 610

2

698

16

947

29

Endoskopiya boʻlimi


4

2 199



4

2 199



30

Uchinchi terapiya gematologiya va shoshilinch terapiya boʻlimi


20

675

8

301

2

24

10

350

             





Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 25 noyabrdagi

713-son qaroriga

3-ILOVA



Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida

qurilish-montaj va jihozlash ishlarini tashkil

etish va muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh

TARKIBI

         

1. D.Q. Adilov

-

qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari


2. B.A. Musayev

-

soliqni saqlash vaziri, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari


3. Sh.S. Xidoyatov

-

uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vaziri


4. Sh.A. Abidov

-

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri


5. I.N. Xolmatov

-

Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari


6. A.Sh. Inoyatov

-

soliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari


7. A.M. Boboyev

-

iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari


8. J.I. Abruyev

-

moliya vaziri oʻrinbosari


9. A. Soatov

-

Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshliining birinchi oʻrinbosari


10. Lavozimiga koʻra

-

Qurilish vazirligi boshqarmasi boshlii, ishchi guruh kotibi


           

Izoh. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 26 noyabr