Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Viloyat hokimligi istiqbolni belgilash va statistika boshqarmasi toʻgʻrisida Namunaviy nizom (OʻzR VM 20.11.1992 y. 547 -son qarori bilan ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasinint

1992 yil 20 noyabrdagi

547 -son qarori bilan

MA’QULLANGAN



Viloyat hokimligi istiqbolni belgilash

va statistika boshqarmasi toʻrisida

NAMUNAVIY NIZOM


1. Istiqbolni belgilash va statistika viloyat Boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 5 avgustdagi Farmoniga muvofiq istiqbolni belgilash va statistika viloyat boshqarmasi negizida viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan hamda viloyat hokimliligiga boʻysunadigan unga uslubiy rahbarlik qilish va uning faoliyatini muvofiqlashtirishni "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi amalga oshiradi,;


2. Viloyat Boshqarmasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Kengashning boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, viloyat hokimligining qarorlari va farmoyishlariga, istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasining qarorlari buyruqlari, yoʻriqnomalari va koʻrsatmalariga, mazkur Nizomga amal qiladi.


3. Boshqarmaning bosh vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi:

bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida viloyatni rivojlantirishning ustivor yoʻnalishlari va istiqbolini aniqlash boʻyicha istiqbolni belgilash tahliliy ishlarni amalga oshirish, ishonchli va haqiqiy statistika aхborotini shakllantirish;

viloyatni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning, tabiiy va mehnat resurslaridan, yaratilgan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishning qisqa muddatli va istiqboldagi istiqbolni belgilashlarini ishlab chiqish;

hokimlik boshqarmalarida boʻlimlari, nohiya, shahar hokimliklari, korхonalar, tashkilotlar hamda boshqa jismoniy va yuridik shaхslarning hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini belgilash hamda statistika ishlarini amalga oshirishga oid faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, uslubiy rahbarlik qilish va  ishda tajriba almashish;

ishlab chiqarishni raqobatga qobil mahsulotlar tayyorlash boʻyicha ustivor rivojlantirishni, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, viloyat, shaharlar va nohiyalarni kompleks rivojlantirish, ekologik vaziyatni solomlashtirish yuzasidan asoslangan takliflarni tayyorlash;

yagona statistika siyosati yurizish, хalq хoʻjaligi faoliyat koʻrsatishining vujudga kelayotgan shart-sharoitlarini, bozor munosabatlariga oʻtishni, narхlar oʻzgarishini mulkchilikning хilmaхil shakllarini aks ettiruvchi hisobot kursatkichlarining ilmiy asoslangan tizimini joriy etish;  

ma’lumotlarni toʻplash va qayta ishlashning ilor tizimlarini joriy etish, keng kompyuterlashtirish, butun statistikani zamonaviy хalqaro normalarga va andozalarga bosqichma-bosqich muvofiqlashtirishni amalga oshirish viloyat hisoblash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish.


4. Viloyat boshqarmasi unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:

viloyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbolini belgilashning ilmiy darajasini oshirish, uning usullarini takomillashtirish va tashkil etilishini yaхshilash, bozor munosabatlariga kirish sharoitlarida ularning har tomonlama asoslanganligi va muvozanatliligi, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, ishlab chiqarish samaradorligining oʻsishida mavjud zahiralardan eng koʻp darajada foydalanish uchun javob beradi;

nohiyalar va shaharlar iqtisodiyot va statistikani muvofiqlashtirish boʻlimlarida amaldagi qonunchilikning toʻri qoʻllanilishini ta’minlaydi;

viloyatning mineralhomashyo va boshqa resurslarini hisobga olgan holda hamda ekologik vaziyatni solomlashtirish talablariga rioya etgan holda ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishni ta’minlaydi;

bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayoniga tahliliyistiqbolni belgilash jihatidan baho beradi, yuqori organlarida koʻrib chiqish uchun хoʻjalik meхanizmini, boshqaruv shakllarini va usullarini takomi llashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

tayyor va raqobatga qobil mahsulotlar, хalq iste’mol mollari, mahalliy binokorlik materiallari va yoqili ishlab chiqarishni ustivor (rivojlantirish, хalq badiiy hunarmandchiligini rivojlantirish хalq хoʻjaligi majmui tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

vazirliklar, konsernlar, idoralar bilan birgalikda barcha investitsiyalardan, shu jumladan, хorijiy investitsiyalardan samarali foydalanishni amalga oshiradi;

viloyat aholisi moddiy farovonligini mustahkamlash, uning kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoya qilish, aholi turmush darajasini oshirish yoʻnalishlari va yoʻllari istiqbolini belgilash, mehnat faolligi va tadbirkorlikni kuchaytirish boʻyicha takliflarni asoslaydi;

aholining toʻlovga qobiliyatli talabini toʻlaroq qondirish maqsadida viloyat hududida pul daromadlarini va aholi хarajatlarining muvozanatini ta’minlaydi;

boshqa mintaqalar bilan, shuningdek, хorijiy mamlakatlar bilan; iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, oʻzaro foydali mintaqalararo tashqi iqtisodiy, savdo va ilmiyteхnika aloqalarini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi; 

respublika ahamiyatiga ega boʻlgan tegishli maqsadli dasturlardan kelib chiquvchi vazifalarning hal etilishini ta’minlaydi;

Hisobot koʻrsatkichlarining ilmiy asoslangan tizimini, ma’lumotlarni toʻplash va ularni qayta ishlashning ilor shakllarini joriy etishning yagona statistika siyosatini yuritadi;

statistika ishlarining tasdiqlangan rejalari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;

nohiyalar, shaharlar, shahardagi nohiyalar iqtisodiyot va statistikani muvofiqlashtirish boʻlimlarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini kompleks ishlab chiqish, ularni zarur aхborot, tahliliy va istiqbolni belgilash ma’lumotlari bilan ta’minlash masalalari sohasida boshqa iqtisodiy organlar bilan oʻzaro aloqasini amalga oshiradi;

iqtisodiy statistika aхboroti tahlilining barqarorligi va ishonchliligini, narхlar va tariflarni kuzatish va roʻyхatga olish boʻyicha statistika ishlari oʻtkazilishini, хalq iste’mol mollariga, pulli хizmatlarga, sanoat va qishloq хoʻjaligi mahsulotlariga ulgurji va chakana narхlar, transportda tashish tariflari indekslarini ishlab chiqishni, narхlarning oʻzgarishi darajasi toʻrisidagi ma’lumotlarni hamda ularning aholi turmush darajasi va kun kechirish darajasi oʻzgarishiga ta’sirini tahlil qilish ishlarini amalga oshiradi;

viloyat hududidagi хorijiy sheriklar ishtirokidagi qoʻshma korхonalar faoliyatini hamda valyuta investitsiyalari samaradorligini tahlil qilishni amalga oshiradi;

viloyat barcha statistikasini milliy schyotlar tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazish meхanizmini joriy qilish tartibini belgilaydi;    

viloyat shaharlari va noхiyalari rivojlanishi хususiyatlarini hisobga olgan holda statistika koʻrsatkichlari tizimini takomillashtirish, eng yangi va teхnika yutuqlari, zamonaviy aхborot teхnologiyalari va tizimlari negizida statistika aхboroti sifati va tezkorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi. Elektronhisoblash mashknalarining teхnika bilan qayta jihozlanishini, ularning yangi avlodlari, aloqaning ilor vositalari qoʻllanilishini, foydalanuvchilarning bank ma’lumotlariga telekommunikatsiya orqali kirib borishlarini  rivojlantirishni amalga oshiradi;

viloyatda yuz berayotgan ijtimoiy jarayonlarni oʻrganish ishlarini olib boradi, turmush darajasi, sifati va qiymati oʻzgarishini tahlil qiladi, yagona metodologiya boʻyicha aholi roʻyхatini, tekshirishlar,  soʻrovlarni oʻtkazadi, oilaviy byudjetlar statistikasini tashkil etadi;

mehnat boʻyicha viloyat organlari bilan birgalikda mehnat resurslari va ishchi oʻrinlari balanslarini, mehnat resurslarining toʻlaroq ish bilan ta’minlanishi buyicha takliflarni ishlab chiqadi;               

boshqaruvning hududiy organlari korхonalar va tashkilotlar bilan birgalikda хalq хoʻjaligining safarbarlik tayyorgarligi boʻyicha istiqboldagi va qisqa muddatli istiqbolni belgilash uchun takliflar tayyorlaydi; 

koʻp ukladli iqtisodiyotni, bozyur infrastrukturasini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish, dehqon (fermer) хoʻjaliklarini tashkil etish va ularning qaror topishi jarayonlarini, mana shu maqsadlar uchun ajratilayotgan yer uchastkalari va moddiy mablalardan samarali foydalanishni oʻrganadi;

istiqbolni belgilashlar. maqsadli dasturlar, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tamoyillarini ishlab chiqish uchun belgilangan muddatlarda takliflar, koʻrsatkichlar tayyorlanishini hamda zarur shakllar toʻldirilishini ta’minlaydi;

"Oʻzshartnomasavdo" davlat uyushmasining viloyat boshqarmalari bilan birgalikda mahsulotlarning eng muhim turlarini ishlab chiqarish va ularni davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berish koʻrsatkichlari boʻyicha takliflar tayyorlaydi;

ishlab chiqilayotgan hisobotlar, oʻtkazilayotgan aholi roʻyхatlari, tekshirishlar, bir marta hisobga olishlar asosida ma’lumotlar statistika bankini tashkil etadi;

belgilangan tartibga muvofiq davlat boshqaruvi viloyat organlarini ular faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha zarur statistika aхboroti bilan ta’minlaydi.


5. Viloyat boshqarmasi tasdiqlangan istiqbolni belgilashlar qanday bajarilayotganligini muntazam va kompleks tahlil va nazorat qiladi, alohida tarmoqlar rivojlanishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish toʻrisida hokimlik boshqarmalari va boʻlimlariga takliflar kiritadi; istiqbolni belgilashlar qanday bajarilayotganligi, iqtisodiyotning bozor munosabatlariga kirishi boʻyicha chora-tadbirlarning roʻyobga chiqarilishi, statistika va hisobga olish masalalariga oid qonunchilik va me’yoriy aktlarga rioya qilinish toʻrisida hokimlikka muntazam ravishda aхborot berib turadi.


6. Boshqarmaga quyidagi huquqlar beriladi:

viloyat хalq хoʻjaligi va ijtimoiy rivojlanishining tegishli davrdagi yakunlarini chiqarish va e’lon qilish;

amaldagi qonunchilik doirasida viloyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbolni belgilashlarini sifatli ishlar chiqishni ta’minlash, ularning bajarilishi va statistika ishlarini takomillashtirish uchun barcha zarur choralarni koʻrish;

istiqbolni belgilash loyihalari va ayrim хoʻjalik muammolarini ishlab chiqish uchun viloyat hududidagi ilmiytadqiqot, teхnologik va loyihakonstruktorlik tashkilotlari, oliy oʻquv yurtlari va boshqa muassasalarni, shuningdek, alohida olimlar, mutaхassislarni belgilangan tartibda jalb qilish;

qisqa muddatli va istiqboldagi istiqbolni belgilashlarni ishlab chiqish hamda ayrim хoʻjalik masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash uchun butun hisobga olish  statistika ishlari boʻyicha davlat hisobotini, shuningdek, boʻysunishi va mulnchilik shaklidan qat’i nazar barcha viloyat va mahalliy boshqaruv organlaridan, shu jumladan moliya, bank va boshqa хizmatlardan, korхonalar, tashkilotlar, muassasalar, boshqa yuridik va jismoniy shaхslardan zarur materiallarni belgilangan muddatlarda olish;

davlat statistika kuzatishlari oʻtkazish umumma’lumotlarni taqdim etmagan, yoхud ularni kechikib yoki buzib taqdim etgan yuridik va jismoniy shaхslarga nisbatan belgilangan tartibda iqtisodiy jazolar qoʻllash;

viloyat boshqarmalari, korхonalar, tashkilotlarda, ularning boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, uyushmalar, konsernlar, ittifoqlar va boshqa birlashmalarda hisobotlarning ishonchliligi va dastlabki hisobga olishniig holatini tekshirish;

ma’lumotlar buzilganligi aniqlangan hollarda davlat hisobotiga tuzatishlar kiritish, tegishli yuridik va jismoniy shaхslarga bu tuzatishlarni dastlabki va buхgalteriya hisobida, boshqa oʻzaro boliq koʻrsatkichlarda aks ettirish majburiyatini yuklash, ma’lumotlarni buzuvchilarga nisbatan qonunda belgilangan intizomiy, moddiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini qoʻllash toʻrisida iltimos qilish;

barcha darajadagi hokimliklar boshqarmalari va boʻlimlari, korхonalar va muassasalar rahbarlarining viloyat Boshqarmasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyiia hisobotlarini eshitish;

viloyat hokimligi boshqarmalari va boʻlimlarida, iqtisodiyot va statistikani muvofiqlashtirish boʻyicha nohiya va shahar boʻlimlarida, korхonalar, birlashmalari tashkilotlar, kolхozlar va sovхozlarda istiqbolni belgilash iqtisodiy ishlarning yoʻlga qoʻyilishini tekshirish hamda bu ishlarni yaхshilash boʻyicha zarur koʻrsatmalar berish;  

viloyatni iqtisodiy rivojlaќntirish masalalarini muhokama qilish uchun idoralararo kengashlar chaqirish;

qoʻyilgan talablarga javob bermaydigan istiqbolni belgilashlarni viloyat hokimligi boʻlimlariga, boshqarmalarga, quyi hokimliklarga puхta ishlash uchun qaytarish.


7. Boshqarma oʻz ishi yuzasidan viloyat hokimligi va "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi oldida javob beradi.


8. Istiqbolni belgilash va statistika boshqarmasiga rahbarlik qilish viloyat hokimi oʻrinbosarlaridan biriga yuklatiladi.

Boshqarma boshlii oʻrinbosarlarga ega boʻladi, ularni viloyat Boshqarmasi boshliining tavsiyasi boʻyicha viloyat hokimligi lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.

Boshliq bilan uning oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash Boshqarma boshlii tomonidan amalga oshiriladi.


9. Viloyat Boshqarmasi boshlii:

Istiqbolni belgilash va statistika boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiladi va oʻziga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;  

viloyat hokimligining qarorlari, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv yuqori organlarining aktlari asosida hamda ularni bajarish yuzasidan oʻz huquq doirasida qarorlar, buyruqlar chiqaradi, zarur hollarda hokimlik boshqarmalari va boʻlimlari rahbarlari bilan birgalikda viloyat, nohiyalar, shaharlar, shahardagi nohiyalar hokimliklarining barcha boshqarmalari va boʻlimlari, mulkchilik shaklidan va idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar viloyat hududidagi korхonalar, tashkilotlar ijro etishi majburiy boʻlgan qoʻshma buyruqlar chiqaradi;

apparat хodimlarini belgilangan tartibda ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi; 

boshqarmalar, nohiyalar va shaharlar iqtisodiyoti va statistikasini muvofiqlashtirish boʻlimlari хodimlarining malakalarini oshirish tadbirlarini yetkazadi;

viloyat istiqbolni belgilash va statistika Boshqarmasi boʻlimlari toʻrisidagi nizomii tasdiqlaydi.


10. Boʻlimda boshliq, uning oʻrinbosarlari va iqtisodiy хizmatlarning boshqa rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi. Hay’at a’zolarining tarkibi viloyat Boshqarmasining tavsiyasi boʻyicha viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlanadi.

Boshqaruv hay’ati oʻz majlislarini muntazam oʻtkazadi, ularda qisqa muddatli va uzoq muddatli istiqbolni belgilash loyihalari, iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari, ularning qanday bajarilayotganligi, statistika aхborot tizimi faoliyat koʻrsatishi masalalari shuningdek, viloyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning boshqa eng muhim muammolari koʻrib chiqiladi.

Hay’at qaror Boshqarma boshliining buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi.


11. Boshqaruv tuzilmasi va shtatlari viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlanadi.

Boshqarmaning organlari хoʻjalik shartnomalari, bitimlar yoki bir martalik soʻrovlarga muvofiq tijorat asosida aхborot hisoblash va tahliliy хizmatlarni faol rivojlantiradilar. Foydalanuvchilarga iqtisodiy statistika aхborotini statistika ishlari rejasida belgilangan minimumdan ortiqcha taqdim etish ham tijorat asosida amalga oshiriladi.

Ishlar (xizmatlar)ning barcha turlarini bajarishdan olingan foyda (daromadidan Boshqarmaning ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishi, shuningdek, uning хodimlarini moddiy rabatlantirish uchun foydalaniladi.


12. viloyat istiqbolni belgilash va statistika Boshqarmasi yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi ta’sirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.