Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 26.11.2021 y. 75-son, Davlat soliq qoʻmitasining 19.11.2021 y. 2021-49-son "Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 01.12.2021 y. 3339-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

01.12.2021 y.

N 3339

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

26.11.2021 y.

N 75


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

19.11.2021 y.

N 2021-49


QARORI



Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish

va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 dekabrdagi 327-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni joriy etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2021 yil 16 martdagi 16, 2021-16-son "Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 3288, 2021 yil 20 mart) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2021 y., 10/21/3288/0225-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. Mazkur qaror 2021 yil 1 dekabrdan kuchga kiradi.

Moliya vaziri

T. Ishmetov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Sh. Kudbiyev

       





Qarorga

ILOVA



Alkogol mahsulotlari* uchun eng kam

ulgurji-sotish va chakana narхlar

Sotilayotgan tovarning nomi


Ishlab chiqaruvchi

korхonalarning eng kam

ulgurji-sotish narхi


Eng kam chakana narх


Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


12 000

14 200

Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


48 200

57 800

Aroq va boshqa alkogol mahsulotlari, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


30 200

36 200

          

*) Pivodan tashqari.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 1 dekabr