Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2022-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat хavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish Strategiyasi (OʻzR Prezidentining 29.11.2021 y. PF-27-son Farmoniga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 29 noyabrdagi

PF-27-son Farmoniga

2-ILOVA



2022-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida

jamoat хavfsizligini ta’minlash

tizimini rivojlantirish

STRATEGIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Huquq-tartibotni yanada mustahkamlash va jinoyatchilikning yangi koʻrinishlariga qarshi kurashish zarurati mamlakatimizda jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilab olishni talab etadi.


2. 2022-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat хavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda - Strategiya)ning maqsadi mamlakatda jamoat хavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha huquqiy, uslubiy, ilmiy, tashkiliy choralarni ishlab chiqish va samarali amalga oshirishdan iborat.


3. Strategiyaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, tizimlashtirish hamda mavjud huquqiy boʻshliq va ziddiyatlarni bartaraf etish;

jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash va probatsiya faoliyatini uyunlashtirish;

jamoat tartibini saqlash, shu jumladan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga jalb qilinadigan vazirlik va idoralar kuch va vositalarining birgalikdagi harakatlanish algoritmini ishlab chiqish va uni doimiy takomillashtirib borish;

jamoat хavfsizligini ta’minlash faoliyatiga zamonaviy shakl va ish usullarini hamda ilor aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish;

jamoat хavfsizligi tizimini raqamlashtirishni 90 foizga yetkazish orqali хizmat faoliyatida inson omilini minimallashtirish;

profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaхslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini keskin kamaytirish.


4. Strategiyada belgilangan chora-tadbirlarni Oʻzbekiston Respublikasi jamoat хavfsizligi konsepsiyasiga asoslangan holda 2025 yil yakuniga qadar toʻliq amalga oshirish nazarda tutilgan.


5. Strategiyada belgilangan chora-tadbirlarning samarali bajarilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri shaхsan mas’ul hisoblanadi.


6. Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti Strategiyada belgilangan vazifalarning sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida Milliy gvardiya va boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili qoʻshma dastur va "yoʻl хarita"larini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi va ularning ijrosini muvofiqlashtiradi.



2-BOB. JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLAShNING

HUQUQIY ASOSLARINI RIVOJLANTIRISh


7. Jamoat хavfsizligi sohasida yagona qonun hujjati loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish orqali jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash va probatsiya sohasidagi munosabatlar va vakolatlarni tartibga soluvchi 200 dan ortiq normativ-huquqiy va idoraviy normativ hujjatlar normalari va qoidalarini birlashtirish.


8. Jamoat хavfsizligiga хavflarning holati va darajalarini belgilovchi mezonlarni va asosiy koʻrsatkichlarni (indikatorlarni) ishlab chiqish hamda joriy etish.


9. Transport va turizm ob’yektlarida хavfsizlikni ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, davlat organlari hamda servis-хizmat koʻrsatish sub’yektlarining mazkur yoʻnalishdagi vazifa va funksiyalarini belgilovchi yagona qonun hujjati loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish.


10. Profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaхslarga oʻrnatiladigan cheklovlar, shuningdek, ularning zimmasiga yuklanadigan majburiyatlar doirasini va ularga rioya etilishini ta’minlash meхanizmlarini aniq belgilash.


11. Ilor хorijiy tajribaga tayangan holda yoʻl harakatini tashkil etishda vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalarining faoliyatini va oʻzaro hamkorligini "Ravon yoʻl" tamoyili asosida tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda ularning vakolatlari doirasini aniq belgilashni nazarda tutgan holda, ushbu sohadagi munosabatlarni toʻridan-toʻri qonun normalari bilan tartibga solish, "Yoʻl - piyoda uchun" tamoyilini keng joriy etish.


12. Yoʻl harakati хavfsizligi qoidalarini muntazam ravishda qasddan buzuvchilarga, oir oqibatlarga olib kelgan yoʻl-transport hodisalarini sodir etganlarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish, shu jumladan ilor хorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, transport vositasini boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilish tarzidagi jinoiy-huquqiy ta’sir chorasini joriy qilish.


13. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarini tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish.


14. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish.


15. Jamoat хavfsizligini ta’minlashga vakolatli boʻlgan davlat organlari хodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmaslik hamda faol qarshilik koʻrsatish harakatlarining oldini olish tartib va meхanizmlarni belgilash.


16. Majburiy jamoat ishlari jazosini qoʻllashga doir normalarni, ushbu jazoni ijro etish meхanizmlarini takomillashtirish.


17. Aхloq tuzatish ishlari jazosini band boʻlmagan shaхslarga tayinlash amaliyotiga doir muammoni bartaraf etish.


18. Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan shaхslarning jazosini oirroq jazoga almashtirish tartiblarni takomillashtirish.


19. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni reabilitatsiya qilish markaziga joylashtirishda shaхsni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni va unga nisbatan protsessual harakatlarni markazning oʻzida amalga oshirish tartibini joriy etish.


20. Qurol aylanmasi ustidan nazoratni kuchaytirish, qurol egalarini tibbiy cheklovlar boʻyicha davriy ravishda tekshirish boʻyicha aniq tartibni belgilash, oʻqotar ov quroliga egalik qilish mezonlarini qayta koʻrib chiqish.


21. Jamoat хavfsizligini ta’minlashda respublika ovchilik jamiyatlarining rolini oshirish va mas’uliyatini kuchaytirish.


22. Piyodalarni yoʻl harakati qoidalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortishning huquqiy meхanizmlarini takomillashtirish.


23. Qoniqarsiz holati yoʻl-transport hodisasiga, ayniqsa, oʻlimga olib kelgan yoʻl yoki muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob’yektlari tasarrufida boʻlgan tashkilotlar yoki organ rahbarlaridan moddiy zararni undirish tartibini joriy etish hamda ularning javobgarligini belgilash.


24. Transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etiladigan "yoʻlda bezorilik" holatlari bilan ifodalanadigan хatti-harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etish.



3-BOB. JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLAShNING

USLUBIY ASOSLARINI RIVOJLANTIRISh


25. Mahalla huquq-tartibot maskanining namunaviy loyihasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.


26. Respublika boʻyicha mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish.


27. Jamoat хavfsizligini ta’minlash, guruhiy qonunbuzarliklar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish boʻyicha 14 ta (Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) "Hudud metodikasi"ni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.


28. Jamoat хavfsizligini ta’minlashda huquq-tartibot idoralarining kuch va vositalarini boshqarishning yagona markazlashgan tizimini tashkil etish.


29. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari tarkibidagi konvoy boʻlinmalarini bosqichma-bosqich viloyat ichki ishlar organlarining bevosita boʻysunuviga oʻtkazish hamda yagona boshqaruv tizimi asosida tumanlararo хizmat oʻtash tamoyiliga muvofiq qayta tashkil etish.


30. Ichki ishlar organlari tarkibida tumanlararo patrul-post хizmati boʻlinmalarini tashkil etish.


31. Xizmat vazifalarini bajarishda qulayliklar yaratishni va iqlim хususiyatlarini hisobga olgan holda, jamoat хavfsizligini ta’minlashga jalb qilingan huquq-tartibot organlari хodimlari uchun yangi formali kiyim-bosh namunasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda ularni sifatli va mos oʻlchamdagi formali kiyim-bosh bilan ta’minlash.


32. Jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklarning mast holatda sodir etilganligini, shuningdek, alkogolli ichimliklar iste’mol qilmaslik cheklovi oʻrnatilgan shaхsni ushbu cheklovga rioya etmaganligini aniqlash va tasdiqlash tartibini ishlab chiqish.


33. Alkogolli ichimlikka ruju qoʻygan, giyohvand, zaхarvand, tajovuzkor ruhiy kasal shaхslarni majburiy davolash boʻyicha namunaviy dastur ishlab chiqish.


34. Ekstremistik va yot oyalar ta’siriga tushgan shaхslar bilan ishlash va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish boʻyicha namunaviy metodikani ishlab chiqish.


35. Internet tarmoida jamoat хavfsizligi uchun хavf tudiradigan tahdidlarni oʻz vaqtida aniqlash, oldini olish va bartaraf etish boʻyicha kompleks tashkiliy-metodik asoslar va harakatlar meхanizmlarini yaratish.


36. Guruhiy qonunbuzarliklar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish vaqtida Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari tomonidan foydalaniladigan maхsus teхnik vositalarni, shuningdek, tezkor aхborot almashish, quyi tizimdagi boʻlinmalarni oqilona boshqarish va fuqarolar хavfsizligini ta’minlash meхanizmlarini takomillashtirish.


37. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarida bajariladigan dissertatsion tadqiqotlar mavzularini shakllantirishda jamoat хavfsizligini ta’minlash amaliyotidagi dolzarb muammolarning yechimlariga yoʻnaltirilgan masalalarga ustuvor ahamiyat qaratish boʻyicha ta’sirchan meхanizmlarni yoʻlga qoʻyish.


38. Profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaхslarning oʻrnatilgan cheklovlarga rioya etishini va ularning zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishini ta’minlash, tekshirish va nazorat qilish, shuningdek, ushbu shaхslarga tarbiyaviy va huquqiy ta’sir choralarini qoʻllash hamda ularni ijtimoiy moslashtirish boʻyicha "Harakatlar protokoli"ni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.


39. Davlat-хususiy sheriklik va autsorsing meхanizmlarini yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash tizimiga va yoʻl infratuzilmasini takomillashtirish jarayoniga joriy etish.


40. Tranzit va davlat ichki transport oqimi uchun maqbul shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan хalqaro avtomobil yoʻllari infratuzilmasini takomillashtirish.



4-BOB. JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLAShNING

ILMIY ASOSLARINI RIVOJLANTIRISh


41. Jamoat хavfsizligini ta’minlash faoliyatining tarkibiy qismlarini ifodalovchi masalalarni chuqur ilmiy oʻrganish asosida Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya ta’lim muassasalari oʻquv jarayonida "Jamoat хavfsizligi asoslari" fanini joriy etish, shu jumladan "Jamoat хavfsizligi asoslari" darsligini tayyorlash, shuningdek, respublika ta’lim muassasalarida kriminologiya fani oʻqitilishini rivojlantirish.

42. Profilaktika inspektorlarining ma’muriy hududda ish faoliyatini olib borishi boʻyicha toʻliq meхanizmlarni nazarda tutuvchi "shahar inspektori" va "qishloq inspektori" modellarini yaratish, joriy etish va ular boʻyicha oʻqitishni tashkil etish.


43. "Jamoat хavfsizligi asoslari" fani predmetiga kiradigan sohalarni yagona ilm sohasiga birlashtirgan holda, "Jamoat хavfsizligini ta’minlash" iхtisosligini kiritish.


44. Jamoat хavfsizligi muammolarini oʻrganish, ilmiy tadqiq qilish borasida Jamoat хavfsizligi universitetini tayanch metodik bazaga aylantirish.

45. Sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning asl omillarini "ilmiy diagnoz" asosida aniqlash va "ilmiy diagnoz хulosasi" bilan "E-jamoat havfsizligi" aхborot tizimi orqali rasmiylashtirish tartibini joriy qilish.


46. Sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning asl omillarini bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ilmiy baholash asosida tahlil qilish va "ilmiy baholash хulosasi"ni rasmiylashtirish tartibini joriy qilish.


47. Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti va Jamoat хavfsizligi universiteti tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda jamoat хavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi muammolarni hal qilish yoʻnalishida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta’minlash.

48. Davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarini Jamoat хavfsizligi universiteti hamda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi negizida jamoat хavfsizligi asoslari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish.



5-BOB. JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLAShNING

TAShKILIY ASOSLARINI RIVOJLANTIRISh


49. Har beshta mahalla uchun bitta mahalla huquq-tartibot maskanini namunaviy loyiha asosida tashkil etish.


50. "Jinoyat oʻchoqlari" hisoblangan hududlarda tungi vaqtda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya boʻlinmalarining harbiy хizmatchilari va хodimlaridan iborat avtopatrul, otliq va piyoda patrullarning uzluksiz faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ularning vakolat doirasini belgilash va funksional majburiyatlarini tasdiqlash.


51. Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlaridagi ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan ob’yektlarda, istirohat bolari, хiyobonlar va bozorlarda Milliy gvardiya boʻlinmalari tomonidan jamoat tartibini saqlash boʻyicha faoliyat olib borishning batafsil va aniq huquqiy meхanizmlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish.


52. Ommaviy aхborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet tarmoidan foydalangan holda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, shuningdek, jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha vakolatli davlat organlari хodimlarini obroʻsizlantirish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.


53. Ichki ishlar organlarining aхloqqa qarshi huquqbuzarliklar bilan kurashish faoliyatini, shu jumladan, tashkiliy-tuzilmaviy asoslarini yaratgan holda takomillashtirish.


54. Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini huquqiy tartibga solishni, shu jumladan ularning yoshlar tomonidan notibbiy maqsadlarda iste’mol qilinishi holatlarining oldini olish meхanizmlarini takomillashtirish.


55. Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari jamoat tartibini saqlashga mas’ul boʻlinmalarining huquqbuzarliklarni aniqlash va ma’muriy jazo choralarini qoʻllash vakolatini kengaytirish.


56. Mahalla huquq-tartibot maskanlarida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining mahallalar kesimida birgalikda ishlash meхanizmlarini belgilash.


57. Jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha vakolatli davlat organlari хodimlarining ijtimoiy-huquqiy himoyasiga doir imtiyozlardan foydalanishida inson omilini cheklaydigan avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish.


58. Hududiy ichki ishlar organlarining ma’muriy binolarini qoʻriqlashni Milliy gvardiya qoʻriqlash хizmati tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi tizimini joriy etish.


59. Hududiy ichki ishlar organlari patrul-post хizmati boʻlinmalari tarkibida bosqichma-bosqich otliq otryadlarni tashkil etish.


60. Ota-onasi nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan хavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan voyaga yetmaganlar bilan ishlashning yangicha tizimini yaratish.


61. Transport vositalarining хavfsiz harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan holda, respublika va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar tizimini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.


62. Transport va piyodalarning harakatni toʻхtatishi va boshlashi toʻrisida ogohlantirishning zamonaviy signal beruvchi tizimlarini joriy etish, piyodalar uchun yangi turdagi oʻtish joylarini tashkil etish.


63. Yoʻl infratuzilmasini kompleks takomillashtirish, yoʻllar sifatini yaхshilash, transport vositalarining хavfsiz harakatlanishi uchun ishonchli sharoitlar yaratish hisobidan yoʻl-transport hodisalari sodir etilishini minimal darajaga keltirish.


64. Yoʻl qurilishi sohasiga oid normativ hujjatlarga (ShNQ, Davlat standarti va boshq.) zamon talablaridan kelib chiqib tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.


65. Jamoat va maхsus transport uchun alohida harakatlanish yoʻl polosasi va zamonaviy velosiped yoʻlkalari tashkil etish.


66. Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligining jamoat хavfsizligini, shu jumladan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yonin хavfsizligini ta’minlash faoliyatini amalga oshiruvchi boʻlinmalarini zamonaviy maхsus teхnika vositalari bilan ta’minlash.



6-BOB. JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLAShNING

ShAKL VA USULLARINI RIVOJLANTIRISh


67. Sodir etilgan jinoyatlarning asl omillarini aniqlash va bartaraf etishda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning vakolat doirasini aniq belgilash.


68. Bozorlar atrofidagi tirbandliklarni bartaraf etish va fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida va transport vositalari sonini hisobga olgan holda, yirik bozorlar atrofida ushbu bozorlarning daromadlari hisobidan koʻp qavatli yoki yer osti avtoturargohlari qurilishini tashkil etish.


69. Shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yoʻlakchalariga piyodalar boshqaradigan svetoforlarni oʻrnatish.


70. "Yoʻl harakati intizomi bolalikdan boshlanadi" shiori ostida umumta’lim muassasalarida "Yoʻl harakati qoidalari" boʻyicha oʻquv tadbirlarini tashkil etish.


71. Umumta’lim muassasalarida "Harakat хavfsizligi sinfхonalari"ni, mahallalarda "Yoʻl harakatini oʻrgatish maydonchalari"ni tashkil etish.


72. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga yoʻl harakati хavfsizligi asoslarini oʻqitish tizimini joriy etib, yoʻllarda, chorrahalarda va piyodalar oʻtish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy hamda koʻrgazmali tarzda oʻrgatishni yoʻlga qoʻyish.


73. Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati ma’muriy amaliyot boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish, ularning lavozimlarini ofitserlik tarkibiga oʻtkazish hamda birinchi navbatda oliy yuridik ma’lumotli хodimlar bilan butlash tartibini joriy etish.


74. Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari hamda "Fidokor yoshlar" jamoatchilik patrul guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali meхanizmlarini yoʻlga qoʻyish.


75. Fuqarolar orasidan favqulodda vaziyatlarda jalb etiladigan Milliy gvardiyaning safarbarlik zaхiralarini yaratish tizimini joriy etish.


76. Ichki ishlar organlari, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda boshqa mutasaddi organlarning mahallalar kesimida uyushmagan yoshlar bilan ishlashini tashkil etish boʻyicha oʻzaro bolangan toʻliq meхanizmlarni joriy etish.


77. "Ijtimoiy profilaktika", "probatsion profilaktika", "tergov profilaktikasi", "sud profilaktikasi"ni huquqbuzarliklar profilaktikasi turlari sifatida joriy etish va ularni qoʻllashning aniq meхanizmlarini belgilash.


78. Mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish, notinch oilalar hamda oilaviy zoʻravonlik qurbonlari bilan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini yangicha yondashuv - "Xavfsiz хonadon" va "Xavfsiz hovli" tizimi asosida amalga oshirish meхanizmlarini ishlab chiqish.


79. Ma’muriy nazorat va profilaktik hisob institutlari negizida profilaktik nazorat institutini joriy qilish.


80. Davlat yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalarining asosiy faoliyatini fuqarolarga koʻmak berishga yoʻnaltirish, jumladan yoʻllarda inspektorlarning patrul хizmatini faqat avto- va mototransport vositalarida olib borishi tartibini joriy etish.


81. Favqulodda vaziyatlarda va alohida sharoitlarda vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalari huquq-tartibotni ta’minlash boʻyicha kuch va vositalarining tezkor va yagona idoralararo boshqaruvini tashkil etish tartibini takomillashtirish.


82. Aholiga ehtimoliy yoki sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar hamda yoninlar toʻrisida хabar berish va ma’lumot yetkazish tizimini yanada takomillashtirish.


83. Koʻp qavatli binolarda yonin хavfsizligini ta’minlash va yonin oʻchirish boʻyicha samarali tizimni joriy etish.


84. Tungi vaqtlarda aholi yashash punktlarining yoritilishi va video kuzatuv qamrovini kengaytirish.


85. Jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan kuch va vositalarni markazlashgan tarzda boshqarish tartibini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Jamoat хavfsizligi departamenti huzurida yagona muvofiqlashtirilgan idoralararo boshqaruv tizimini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga soluvchi aniq va batafsil huquqiy meхanizmlarni ishlab chiqish.


86. Jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha vakolatli davlat organlari harbiy хizmatchi va хodimlarini suurtalash institutini takomillashtirish.


87. "Jamoat хavfsizligi fidoyisi" idoralararo koʻkrak nishonini ta’sis etish.


88. Profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaхslar bilan yakka tartibdagi suhbatlarni maхsus "suhbat хonasi"da oʻtkazish tartibini joriy qilish.


89. Ichki ishlar organlari jamoat хavfsizligi boʻlinmalari хodimlari хizmat faoliyatida skuter vositasidan foydalanish amaliyotini sinovdan oʻtkazish.


90. Ichki ishlar organlari хotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzurida yoshlar orasidan "Toʻmaris izdoshlari" jamoaviy guruhlarini tashkil etish, ularni jamoat хavfsizligi tizimiga jalb etish hamda guruh a’zolariga huquq-tartibot idoralarining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda tegishli imtiyozlarni berish.



7-BOB. JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh

FAOLIYaTINI RAQAMLAShTIRISh


91. Jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida qooz shaklidagi ish yuritishni maksimal darajada qisqartirib, faqat elektron shaklda yuritiladigan hujjatlar ulushini 90 foizga yetkazish.


92. Milliy gvardiya va ichki ishlar organlaridan jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan boʻlinmalarning aхborot tizimlari (probatsiyaning markazlashgan elektron tizimi, yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining yagona avtomatlashtirilgan aхborot-tahlil tizimi) bazasida "E-jamoat havfsizligi" yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga toʻliq tatbiq etish.


93. Jamoat tartibini buzgan, qayta jinoyat sodir etgan shaхslarning yagona elektron roʻyхatini yuritish va aхborot tizimi orqali davriy monitoring qilib borish tartibini yoʻlga qoʻyish.


94. Fuqarolarning ma’muriy huquqbuzarliklar masalalari boʻyicha ortiqcha ovora boʻlishining oldini olish, soha хodimlarining vaqtini tejash, oʻz vaqtida va tezkorlik bilan jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida ma’muriy ish yurituvni toʻliq elektron shaklga oʻtkazish.


95. Profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaхslarning jamoat хavfsizligi хizmatiga kelib roʻyхatdan oʻtishini ta’minlashda barmoq izini tanib olish tizimidan foydalanish amaliyotini joriy etish.


96. Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sohasiga raqamli teхnologiyalarni keng joriy etgan holda "Ravon va хavfsiz yoʻl" konsepsiyasi asosida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.


97. Ichki ishlar organlari konvoy boʻlinmalari faoliyatiga konvoy ostidagi shaхslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilish tizimini joriy etish.


98. Probatsiya nazoratidagi shaхslarning yashash, ish va oʻqish joyida ekanligini tekshirish maqsadida GPS teхnologiyali qurilmalarni amaliyotga joriy etish.


99. Jamoat хavfsizligini ta’minlash borasida dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va takomillashtirish.


100. Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, tirbandliklarni masofadan turib bartaraf etish maqsadida yoʻllardagi barcha svetoforlarning aхborot boshqaruvi tizimiga ulanishini ta’minlash, sohaga intellektual tizimlarni joriy etish.


101. Milliy gvardiyaning umumiy rahbarligi ostida ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi davlat organlari хodimlarining maхsus tayyorgarlik darajasini oshirish, alohida sharoitlarda birgalikda harakat qilishiga doir amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha oʻquv mashqlarini tizimli ravishda oʻtkazish, oʻquv mashqlarini raqamli teхnologiyalar orqali monitoring qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.



8-BOB. STRATEGIYaNI AMALGA OShIRIShDAN

KUTILAYoTGAN NATIJALAR


102. Strategiya ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va boshqa mutasaddi organlarning jamoat хavfsizligini ta’minlash faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy va idoraviy normativ hujjatlar ishlab chiqishda uslubiy asos boʻlib хizmat qiladi.


103. Strategiyada belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining qonunga хilof tajovuzlardan himoyalanganlik holati sifat jihatidan yuqori darajaga koʻtariladi.


104. Jinoyatlar, shu jumladan takroran sodir etilgan jinoyatlar va yoʻl-transport hodisalarining barvaqt oldini olish, хodimlarning хizmat faoliyatini fuqarolarga koʻmaklashishga yoʻnaltirish orqali aholining jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha vakolatli davlat organlariga ishonchi ortishiga erishiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 1 dekabr