Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.12.2021 y. PQ-32-son "Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

04.12.2021 y.

N PQ-32



XALQARO ShARTNOMANI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



"Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:


1. 2021 yil 10 iyunda Dushanbe shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi va Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatхonalari binolarini qurish uchun oʻzaro yer uchastkalari taqdim etish toʻrisidagi 2018 yil 17 avgustdagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnoma tasdiqlansin.


2. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur Bayonnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻrisida Tojikiston tomoniga tegishli bildirishnomani yuborsin.


3. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur Bayonnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                 Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 4 dekabr