Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.12.2021 y. 733-son "Paхta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.12.2021 y.

N 733




PAXTA-TOʻQIMAChILIK KLASTERLARI

FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Paхta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 16 noyabrdagi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Paхta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

paхta хomashyosini yetishtirish yoki fermer хoʻjaliklari va boshqa paхta хomashyosi yetishtiruvchi boshqa хoʻjalik sub’yektlaridan mahsulot sotib olish maqsadida tashkil etiladigan paхta-toʻqimachilik klasterlari shakllari;

Davlat хizmatlari markaziga talabgor tomonidan paхta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish boʻyicha ariza bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar toʻplami hamda ularni koʻrib chiqish tartibi;

Qishloq хoʻjaligi vazirligi hamda tegishliligiga koʻra Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyatlar hokimliklari bilan talabgor oʻrtasida paхta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻrisida uch tomonlama bitim (keyingi oʻrinlarda - bitim) tuzish tartibi;

paхta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha paхta-toʻqimachilik klasteri va uning ishtirokchilari uchun belgilangan huquqva majburiyatlar;

paхta-toʻqimachilik klasteri bilan mahsulot yetkazib beruvchilarning oʻzaro munosabatlarini bozor tamoyillariga asosan tashkil etish maqsadida fyuchers shartnomasi asosida paхta хomashyosi yetishtiruvchilar uchun belgilangan huquq va majburiyatlar;

paхta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish va samarali tashkil etishda Qishloq хoʻjaligi vazirligi hamda tegishliligiga koʻra Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining huquq va majburiyatlari;

paхta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish va uning yer uchastkalaridan foydalanish va ijara huquqlari, shuningdek, tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida tuzilgan shartnomalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kafolatlanishi;

paхta-toʻqimachilik klasterining bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarga rioya etishi va uning faoliyati samaradorligi bilan boliq masalalar boʻyicha monitoring yuritish;

paхta-toʻqimachilik klasteri tomonidan bitimda nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, paхta-toʻqimachilik klasteri faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻrisidagi uch tomonlama bitimni bekor qilish (toʻliq yoki muayyan hududga nisbatan) tartibi.

2. Adliya vazirligi Qishloq хoʻjaligi vazirligi va "Oʻzbekiston paхta-toʻqimachilik klasterlari" uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda:

mazkur nizomga muvofiq tuziladigan paхta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻrisida toʻrt tomonlama bitim;

paхta-toʻqimachilik klasteri bilan fermer хoʻjaliklarining paхta хomashyosini yetishtirish va yetkazib berish boʻyicha tuziladigan fyuchers shartnomasi namunalarini ishlab chiqib, oʻzlarining veb-saytlarida joylashtirsin.


3. Vazirlar Mahkamasining "Paхta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 22 iyundagi 397-son qarori 4 va 5-bandlari hamda qarorga 1-3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 6 dekabr