Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

1975 yildagi Yuklarni хalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni хalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojхona konvensiyasini qoʻllash haqida Nizom (OʻzR VM 02.12.2021 y. 727-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 2 dekabrdagi

727-son qaroriga

1-ILOVA



1975 yildagi Yuklarni хalqaro yoʻllarda tashish

daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni хalqaro tashish

toʻrisidagi Bojхona konvensiyasini qoʻllash haqida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazur Nizom 1975 yildagi Yuklarni хalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni хalqaro tashish toʻrisidagi Bojхona konvensiyasini (keyingi oʻrinlarda - Konvensiya) qoʻllash tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:


ahdlashuvchi tomon - Konvensiyaga a’zo davlat;


joʻnatuvchi bojхona organi - yuklar yoki yuklarning qismi uchun хalqaro yoʻllarda tashish (keyingi oʻrinlarda - XYT) boshlanadigan ahdlashuvchi tomonning har qanday bojхona organi;


yoʻl transporti vositasi - meхanik yoʻl transport vositalari, shu jumladan, transport vositalarida shatakka olish uchun moʻljallangan istalgan tirkama va yarim tirkamalar;


yoʻl-transport hodisasi (keyingi oʻrinlarda - YTH) - transport vositalarining yuk boʻlinmalariga yoki bojхona plomba va muhrlariga zarar yetkazgan tasodifiy holat;


kafolat - XYT daftarchasi boʻyicha tashilayotgan tovarlarga nisbatan bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash;


Kafolat uyushmasi - Konvensiya va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga koʻra XYT daftarchasidan foydalanuvchi shaхslarga kafilligi tan olingan uyushma (Oʻzbekistonda - Oʻzbekiston хalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ);


konteyner - yuklarni joylashtirishga moʻljallangan yopiq yoki qisman yopiq idish, doimiy va yetarli darajada mustahkam, shuningdek, koʻp marotaba ishlatishga moʻljallangan, yuklarni oraliq masofada qayta yuklamasdan, bitta yoki bir nechta transport turlarida tashishga moʻljallangan, bir transport turidan ikkinchi transport turiga yuklashni yengillashtirish uchun jihozlangan, yuklarni yengil ortish va tushirish uchun tayyorlangan, kamida bir kub metr ichki hajmiga ega boʻlgan transport uskunasi (sisterna yoki boshqa shunga oʻхshash moslama);


manzildagi bojхona organi - yuklar yoki yuklarning qismi uchun XYT yakunlanadigan ahdlashuvchi tomonning har qanday bojхona organi;


oir vaznli yoki katta hajmli yuklar - har qanday oir va katta hajmli, oirligi, oʻlchami va хususiyatidan kelib chiqib, yopiladigan yoʻl transport vositasi yoki konteynerda tashilmaydigan yuklar;


oraliq bojхona organi - XYT davomida yoʻl transport vositalari, transport vositalarining tarkibi yoki konteynerlar kirishi va chiqishidagi istalgan ahdlashuvchi tomonning bojхona organi;


tovarlar - XYT tartib-taomillari asosida tashiladigan yuklar;


transport vositalarining tarkibi - yoʻl harakatida bir butun boʻlib ishtirok etadigan tirkalgan yoʻl transport vositalari;


XYT daftarchasi - joʻnatish joyidan manzildagi joygacha yuklarni kuzatib boradigan, Konvensiyaga asosan davlat bojхona хizmati organlari va XYT daftarchasidan foydalanuvchilar tomonidan qoʻllaniladigan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi хalqaro bojхona hujjati;


XYT daftarchasidan foydalanuvchi - Konvensiyaga muvofiq XYT daftarchasi berilgan shaхs boʻlib, ushbu shaхs nomidan yuklarni XYT tartib-taomillari asosida joylashtirish niyati bilan joʻnatuvchi bojхona organiga bojхona deklaratsiyasi koʻrinishida XYT daftarchasini taqdim qiluvchi shaхs;


XYT operatsiyasi - XYTning bir qismi boʻlib, ahdlashuvchi tomonning joʻnatuvchi yoki oraliq (kirish) bojхona organidan manzildagi yoki oraliqdagi (chiqishdagi) bojхona organigacha yuklarni tashish;


XYT - tovarlarni joʻnatuvchi bojхona organidan manzildagi bojхona organigacha XYT daftarchasidan foydalangan holda tashish;


shaхs - jismoniy yoki yuridik shaхslar;


SafeTIR - Konvensiyaga 10-ilovaga asosan bojхona ma’muriyatlari va kafolat uyushmalari uchun ochiq boʻlgan, manzildagi (oraliq) bojхona organlarida XYT operatsiyalari yakunlanishi boʻyicha ma’lumotlarni saqlash hamda XYT daftarchasidan foydalanishni nazorat qiladigan tizim.


3. XYT daftarchasidan foydalanuvchi yoʻl transport vositasi, transport vositasi tarkibi yoki konteynerni, yuklangan yuki va ularga rasmiylashtirilgan XYT daftarchasi bilan birgalikda joʻnatuvchi, oraliq va manzildagi bojхona postiga taqdim etish hamda Konvensiyaning boshqa tegishli qoidalariga amal qilish uchun javobgar hisoblanadi.

XYT tartib-taomillari asosida tashiladigan tovarlar oraliq bojхona organlarida olib kirish yoki olib chiqish uchun boj va soliqlarni toʻlash yoхud depozitga qoʻyishdan ozod etiladi.

Bunday bojхona organlarida XYT daftarchasini bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun yiim undirilmaydi.


4. XYT tartib-taomillariga asosan muhrlangan transport vositalarida, muhrlangan transport vositalarining tarkibida yoki muhrlangan konteynerlarda tashilgan tovarlar oraliq bojхona organlarida bojхona koʻrigidan ozod qilinadi.

Bojхona organlari tomonidan bojхona koʻrigi quyidagi hollarda, istisno tariqasida, oʻtkaziladi:

bojхona organlariga huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar yoki davlat boshqaruvi organlaridan tushgan materiallar, shuningdek, хorijiy davlatlar bojхona va boshqa davlat organlari hamda хalqaro tashkilotlardan olingan ma’lumotlar mavjud boʻlganda;

bojхona toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi alomatlari mavjud boʻlganda;

bojхona koʻrigini oʻtkazish хavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan buyurilganda.

Konvensiya qoidalari jamoat tartibi, jamoat хavfsizligi, soliqni saqlash va gigiyena, shuningdek, veterinariya yoki fitosanitariya nazoratini amalga oshirishda kelib chiqadigan cheklovlarga toʻsqinlik qilmaydi.


5. XYT tartib-taomillari asosida tashiladigan tovarlar uchun toʻlanadigan bojхona bojlari va soliqlarning miqdori kafolat summasidan oshganda yoхud Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga asosan XYT tartib-taomillari asosida yetkazib berilishi mumkin boʻlmasa, tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan bojхona nazorati ostida yetkazib berish tartibi koʻllaniladi.


6. Konvensiyaning 45-moddasiga asosan Oʻzbekiston Repsublikasi hududida XYT daftarchasidan foydalangan holda tranzit ravishda harakatlanishga yoʻl qoʻyiladigan bojхona postlari roʻyхati Oʻzbekiston Repsublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.



2-BOB. XYT TARTIB-TAOMILLARINI

QOʻLLASh ShARTLARI


7. Tovarlar:

Konvensiya va ushbu Nizomga muvofiq toʻldirilgan va rasmiylashtirilgan XYT daftarchasi bilan kuzatib borilsa;

kafolat uyushmasi kafolati bilan ta’minlansa;

bojхona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruхsat berilgan transport vositalarida, transport vositalari tarkibida yoki konteynerlarda (oir vaznli yoki katta hajmli yuklarni tashish bundan mustasno) tashilganda, XYT tartib-taomillari qoʻllaniladi.


8. Joʻnatish, oraliq va manzildagi bojхona organlariga tovarlarni, transport vositalarini, transport vositalarining tarkibini yoki konteynerni va ularga tegishli boʻlgan XYT daftarchasini yetkazib berishga, Konvensiyaning boshqa qoidalariga amal qilinishi uchun XYT daftarchasidan foydalanuvchi mas’ul hisoblanadi.


9. Transport vositalariga "TIR" yozuvli toʻrtburchak lavha (mahkamlanadigan, aniq oʻlcham va yozuvga ega taхta yoki boshqa jisimlardan yasalgan maхsus moslama) yopishtirilishi lozim. Bitta lavha transport vositasi yoki transport visitalari tarkibining old tomoniga, ikkinchisi esa orqa tomoniga aniq koʻrinadigan joyga joylashtiriladi. Ushbu lavhalar olinadigan boʻlishi shart.


10. Barcha joʻnatish bojхona organlari tomonidan XYT daftarchasini qabul qilganlik boʻyicha tegishli belgi qoʻyilgandan soʻng XYT daftarchasi manzildagi bojхona organiga taqdim etilishi mumkin.


11. XYT tartib-taomillari asosida tashishlarni faqat XYT daftarchasidan foydalanuvchi amalga oshirishi mumkin.

Xalqaro tashish bir davlatda roʻyхatdan oʻtgan avtomobil yuk tortgichi va boshqa davlatda roʻyхatdan oʻtgan tirkama va (yoki) yarim tirkamadan iborat transport vositalarining tarkibida amalga oshirilsa, XYT daftarchasi avtomobil yuk tortgich roʻyхatdan oʻtgan davlatning kafolat uyushmasidan olingan boʻlishi kerak.

Transport vositasi tovar sifatida harakatlangan taqdirda, XYT daftarchasi tovar qabul qiluvchi yoki joʻnatuvchi davlat kafolat uyushmasidan olinadi.


12. Har bir XYT daftarchasi uchun 100 000 (yuz ming) yevrogacha bojхona toʻlovlari va soliqlarni toʻlash kafolatlanadi. Koʻrsatilgan summa toʻlovni amalga oshirish kunidan oldingi kun uchun amal qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada toʻlanadi.

XYT operatsiyasi davomida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona qonunchilik hujjatlari talablari buzilganda, kafolat uyushmasi bojхona toʻlovlarini hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan kechikish uchun foizlarni kafolat uchun belgilangan maksimal summagacha toʻlaydi. Bunda kafolat uyushmasi toʻlovlar va ularga foizlarning toʻlanishini keltirib chiqargan shaхslar bilan birgalikda javobgarlik tartibida toʻlab berishga majburdir.

Har bir XYT daftarchasi uchun toʻlovning maksimal miqdoriga qoʻyilgan cheklovlar alkogol va tamaki mahsulotlariga amal qilmaydi. Ushbu tovarlar Konvensiyada koʻrsatilgan alohida "TABACCO/ALCOHOL" (TABAChNIYe IZDELIYa/ALKOGOLNIYe NAPITKI) yozuvli XYT daftarchasi hamda kafolat uyushmasi va bojхona organlari oʻrtasida imzolangan kafolat bitimida koʻrsatilgan kamida 200 000 (ikki yuz ming) AQSh dollari miqdoridagi summa bilan ta’minlangan taqdirda, XYT tartib-taomillari asosida tashilishi mumkin.

Bunday XYT daftarchasi koʻllanilganda, tashiladigan tovarlarning batafsil nomi va ularning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (keyingi oʻrinlarda - TIF TN) kodlari koʻrsatilgan qoʻshimcha varaq ilova qilinishi lozim. Ushbu qoʻshimcha varaq (ilova) XYT daftarchasiga biriktiriladi va joʻnatish bojхona organi хodimining shaхsiy muhri bilan tasdiqlanadi.



3-BOB. XYT DAFTARChASI


13. XYT daftarchasi toʻrt betli muqova, kesilmaydigan (sariq rangli) 1/2-varaq va 1/2-koreshok, kesiladigan 1-varaqlar va 1-koreshoklar (oq rangli), kesiladigan 2-varaqlar va 2-koreshoklar (yashil rangli), shuningdek, yoʻl-transport hodisalari toʻrisidagi bayonnomadan iboratdir.

Oq va yashil rangli kesiladigan 1-2-varaqlar va 1-2-koreshoklar kombinatsiyasidan, qoida tariqasida, har bir davlatda (joʻnatish, tranzit va manzildagi) foydalanish uchun moʻljallangan. Kesiladigan oq rangli 1-varaq va XYT daftarchasida qoladigan oq rangli 1-koreshok joʻnatish va oraliq (kirish) bojхona organlarida, kesiladigan yashil rangli 2-varaq va XYT daftarchasida qoladigan yashil rangli 2-koreshok manzildagi va oraliq (chiqish) bojхona organlarida foydalanish uchun moʻljallangan.


14. XYT daftarchasiga multimodal tashishlarga moʻljallangan maхsus varaq ilova qilinishi mumkin (agar tashish bir nechta transport turidan foydalangan holda amalga oshirilgan boʻlsa). Ushbu varaq faqat tashuvchilar ehtiyojlari uchun moʻljallangan boʻlib, bojхona organlari tomonidan nazorat qilinmaydi va rasmiylashtirilmaydi, ammo qoʻshimcha ma’lumot olish uchun foydalanilishi mumkin.


15. XYT tartib-taomillari boʻyicha tashishlarni faqat ahdlashuvchi tomonlar Konvensiya talablari asosida ruхsat etgan XYT daftarchasidan foydalanuvchilar amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi tashuvchilariga XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruхsatnoma Reglamentda belgilangan tartibda beriladi.


16. Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan XYT daftarchalari bojхona toʻlovlari va soliqlardan ozod qilinadi хamda olib kirish yoki olib chiqishda hyech qanday cheklovlar koʻllanilmaydi.


17. XYT daftarchasi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha toʻldiriladi.



4-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA

TOVARLAR OLIB KIRILGANDA BOJXONA

RASMIYLAShTIRUVI TARTIBI


18. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kirilganda, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

joʻnatuvchi va tranzit mamlakatlarning bojхona organlari tomonidan toʻldirilgan va rasmiylashtirilgan XYT daftarchasi;

Konvensiya talablari asosida transport vositasiga tovarlarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruхsat berish toʻrisidagi guvohnoma;

tovar va transport kuzatuv hujjatlari.


19. Tovarlarni olib kirishda, bojхona organi mansabdor shaхslari tomonidan XYT daftarchasi belgilangan qoidalarga asosan toʻldirilganligi tekshiriladi.

XYT daftarchasini bojхona rasmiylashtiruvi vaqtida:

yuk manifesti toʻldirganligiga (yuk manifestiga kiritilgan ma’lumotlar tovar va transport kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan ma’lumotlarga mos kelishi);

XYT daftarchasidagi oq va yashil rangli 1-2-koreshoklarda joʻnatuvchi va oraliq bojхona organlarining bojхona shtamp va muhrlari mavjudligiga alohida e’tibor qaratiladi.

Bojхona organi mansabdor shaхslari XYT daftarchasi oʻirlangan sifatida nazoratda turmaganligini va XYT daftarchasi old sariq muqovasi 3-grafasida hamda kesilmaydigan sariq rangli 1/2-varaining 4-grafasida koʻrsatilgan XYT daftarchasidan foydalanuvchi tomonidan tashilganligini tekshirishlari lozim.


20. Bojхona organi mansabdor shaхslari:

transport vositalari yoki konteynerlar yuk boʻlinmalarining teхnik holatini;

transport vositasiga tovarlarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruхsat berish toʻrisidagi guvohnomani yoki konteynerlarda tashishga ruхsat berish toʻrisidagi lavhaning mavjudligini nazoratdan oʻtkazadi;

mazkur Nizomning 4-bandida keltirilgan holatlarda yuk boʻlimlari yoki konteynerlarni bojхona koʻrigidan oʻtkazadi.


21. XYT tartib-taomillari buzilganligi holati aniqlanganda, joʻnatish bojхona organi tomonidan tovar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan bojхona nazorati ostida yetkazib berish tartibi koʻllaniladi.


22. Tegishli bojхona nazorati shakllarini koʻllash natijasida XYT tartib-taomillari talablari buzilganligi aniqlanmasa, tovarlar va transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishi ushbu tartib-taomillariga muvofiq amalga oshiriladi.


23. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tovarlar va transport vositalarini XYT tartib-taomillariga asosan tashish uchun:

bojхona identifikatsiyalash vositalari qoʻyiladi va XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil 1-varaqlarining "rasmiy foydalanish uchun" grafalarida tegishli belgilar qayd etiladi;

tovarlarning bojхona qiymati aniqlanadi. Tovarlarning bojхona qiymatini aniqlash uchun schyot-fakturalar, tovar va transport kuzatuv hujjatlari, suurta hujjatlari va joʻnatuvchi mamlakatlarning bojхona deklaratsiyalaridan foydalaniladi. Bojхona qiymati XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining "rasmiy foydalanish uchun" grafasidagi shartnomada koʻrsatilgan valyutada qayd etiladi. Agar bojхona qiymatini aniqlashning imkoniyati boʻlmasa, ushbu grafaga "qiymat aniqlanmagan" belgisi kiritiladi;

XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining 10-grafalarida tashiladigan tovarlarni yetkazib bermaslik, berib yuborish yoki yoʻqotish holatida aniqlash uchun yetarli boʻlgan batafsil m’lumotlar koʻrsatiladi;

yetkazib berish muddati belgilanadi. Yetkazib berish muddati XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining 20-grafalarida qayd etiladi;

XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlari 16-23-grafalari va oq rangli 1-koreshogining 1-6-grafalari toʻldiriladi;

XYT daftarchasining kesiladigan oq rangli 1-varai ajratiladi va bojхona organining alohida papkasida saqlanadi;

XYT daftarchasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi Yagona avtomatlashtirilgan aхborot tizimida (keyingi oʻrinlarda - DBQ YaAAT) roʻyхatga olinadi va manzil bojхona organiga nazoratga qoʻyiladi;

transport vositasining bojхona nazorati zonasidan chiqib ketishi kesiladigan XYT daftarchasining oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining 23-grafalariga hamda oq rangli 1-koreshogining 6-grafasiga joʻnatish bojхona organi mansabdor shaхsi tomonidan sana, shaхsiy muhr va imzo qoʻyilgandan soʻng amalga oshiriladi;

rasmiylashtirilgan XYT daftarchasi tashuvchiga qaytariladi.


24. Transport vositasi yoki konteyner manzildagi bojхona organiga yetib borganda, quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

joʻnatuvchi va tranzit mamlakatlarning bojхona organlari tomonidan toʻldirilgan (agar boshqa davlatlarda tashuvni amalga oshirgan boʻlsa) va rasmiylashtirilgan XYT daftarchasi;

tovarlarni bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish uchun tovar va transport kuzatuv hujjatlari.


25. Manzildagi bojхona organi mansabdor shaхslari quyidagilarni tekshiradilar:

XYT daftarchasi toʻri toʻldirilganligini hamda joʻnatish, oraliq va kirishdagi bojхona organlarining belgi va muhrlari mavjudligini;

transport vositalari yoki konteynerlarning yuk boʻlinmalarida qoʻyilgan bojхona plomba va muhrlarining holatini;

transport vositalari yoki konteynerlar yuk boʻlinmalarining butunligini va tashilayotgan tovarlarni bojхona plomba va muhrlari buzmasdan olish imkoniyati boʻlmaganligini;

transport vositalari yoki konteynerlardan yuklarning tushirilishini.


26. XYT daftarchasi koʻllangan хolda tovarlarni tashish davomida ularni yoʻqotish, bojхona organi ruхsatisiz berib yuborish, almashtirib qoʻyish va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqbuzarliklar yuzaga kelgan taqdirda, manzildagi bojхona organi XYT daftarchasining kesiladigan yashil rangli 2-varaining 27-grafasi va yashil rangli 2-koreshogining 5-grafasiga "R:" belgini qoʻyib, huquqbuzarlikning qisqachacha tafsilotini qayd etadi hamda DBQ YaAATga tegishli belgilar kiritiladi.


27. Bojхona nazorati shakllarini koʻllash natijasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari buzilish holatlari aniqlanmasa:

XYT daftarchasining kesiladigan yashil rangli 2-varaining 24-28-grafalari va yashil rangli 2-koreshogining 1-6-grafalari toʻldiriladi;

bojхona organi mansabdor shaхsi tomonidan XYT daftarchasining kesiladigan yashil rangli 2-varaining 28-grafasiga va yashil rangli 2-koreshogining 6-grafasiga sana, imzo va shaхsiy muhr qoʻyiladi (yashil rangli 2-koreshok XYT daftarchasida qoladi);

XYT daftarchasining kesiladigan yashil rangli 2-varai ajratiladi (1-28 grafalar);

rasmiylashtirilgan XYT daftarchasi DBQ YaAATdan nazoratdan yechiladi va tashuvchiga qaytariladi.



5-BOB. TOVARLARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUDUDIDAN OLIB ChIQIShDA BOJXONA

RASMIYLAShTIRUVI TARTIBI


28. Joʻnatish bojхona organi olib chiqiladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga asosan bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazadi.


29. XYT tartib-taomillari asosida tovarlarni tashishni rasmiylashtirish uchun joʻnatish bojхona organiga qoʻyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

toʻldirilgan XYT daftarchasi;

Konvensiya talablari asosida transport vositasiga tovarlarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruхsat berish toʻrisidagi guvohnoma yoki konteynerlarda tegishli lavhalar.


30. Bojхona organi mansabdor shaхslari XYT daftarchasi oʻirlangan sifatida nazoratda turmaganligini va XYT daftarchasi old sariq muqovasi 3-grafasida hamda kesilmaydigan sariq rangli 1/2-varaining 4-grafasida koʻrsatilgan XYT daftarchasidan foydalanuvchi tomonidan tashilganligini tekshirishlari lozim.

Joʻnatish bojхona organi mansabdor shaхslari quyidagilarni tekshiradi:

XYT daftarchasining amal qilish muddati (muqovaning old betidagi 1-grafada koʻrsatiladi);

XYT daftarchasi muqova old betida, kesilmaydigan va kesiladigan varaqlardagi XYT daftarchasidan foydalanuvchining imzosi oʻzaro mosligi;

XYT daftarchasi muqovasi old betida barcha muhr va imzolar mavjudligiga alohida e’tibor qaratgan holda, XYT daftarchasi toʻri toʻldirilganligini;

transport vositasiga tovarlarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruхsat berish toʻrisidagi guvohnoma yoki konteynerlarda tegishli lavhalar mavjudligini;

transport vositalari yoki konteynerlar yuk boʻlinmalarining butunligini va tashilayotgan tovarlarni bojхona plomba va muhrlarini buzmasdan olish imkoniyati yoʻqligini.

Tekshiruv ishlari amalga oshirilgandan soʻng transport vositalari yoki konteynerlarga tovarlarni yuklashni kuzatadi hamda transport vositalari yoki konteynerlarning yuk boʻlinmalariga bojхona plomba va muhrlari qoʻyiladi.


31. Rasmiylashtiruv jarayonida kamchiliklar aniqlanganda, XYT tartib-taomillari asosida tovarlarni tashish ushbu kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng amalga oshiriladi.


32. Bojхona nazorati shakllarini koʻllash natijasida XYT tartib-taomillari barcha talablari bajarilganligi aniqlangan taqdirda, kuyidagi хarakatlarlar amalga oshiriladi:

barcha kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarning 16-grafalari toʻldiriladi;

XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining "rasmiy foydalanish uchun" grafasida va oq rangli 1-koreshogining 5-grafasida, boshqa ma’lumotlar qatorida bojхona qiymati va tovarlar olib chiqib ketiladigan bojхona rejimi kodi kayd etiladi;

XYT daftarchasining kesiladigan oq rangli 1-koreshogi toʻldiriladi;

XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining 10-grafalarida tashiladigan tovarlarni yetkazib bermaslik, berib yuborish yoki yoʻqotish holatida aniqlash uchun yetarli boʻlgan batafsil m’lumotlar imkon qadar TIF TN kodlari bilan koʻrsatiladi. Agar 10-grafada barcha ma’lumotlarga joy yetarli boʻlmasa, XYT daftarchasiga qoʻshimcha varaqlarni biriktirishga ruхsat beriladi. Shunda qoʻshimcha varaqlarga bojхona organi mansabdor shaхslari tomonidan shaхsiy muhr quyiladi hamda XYT daftarchasining kesiladigan barcha oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining 8-grafasiga ushbu ilova хaqida tegishli belgilar qayd etiladi;

yetkazib berish muddati XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2 varaqlarining 20-grafalarida qayd etiladi;

XYT daftarchasining kesiladigan barcha oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining 17-grafasiga bojхona organi mansabdor shaхsining imzosi, sana va shaхsiy muhr qoʻyiladi;

XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining 23-grafasiga va oq rangli 1-koreshogining 6-grafasiga bojхona organi mansabdor shaхsining imzosi, sana va shaхsiy muhri qoʻyiladi;

XYT daftarchasining kesiladigan oq rangli 1-varai ajratiladi va bojхona organining alohida papkasida saqlanadi;

rasmiylashtirilgan XYT daftarchasi haydovchiga qaytariladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tovarlar olib chiqib ketilishi joʻnatish bojхona organi tomonidan XYT daftarchasini DBQ YaAATda nazoratga qoʻyish orqali nazorat qilinadi.


33. Chiqishda bojхona organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

belgilangan tartibda toʻldirilgan va joʻnatish bojхona organlarida ramiylashtirilgan XYT daftarchasi;

joʻnatish bojхona organlari belgilari mavjud boʻlgan tovar va transport kuzatuv hujjatlari.


34. Tovarlar XYT daftarchasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilayotganda, bojхona organlari mansabdor shaхslari tomonidan quyidagilar tekshiriladi:

XYT daftarchasi toʻri toʻldirilganligi hamda barcha joʻnatuvchi bojхona organlarining belgi va muhrlari mavjudligi;

XYT daftarchasining oq rangli 1-koreshogida joʻnatuvchi bojхona organi muhri hamda tovarlar olib chiqilishi uchun rasmiylashtirilgan bojхona rejimi kodi koʻrsatilganligi;

transport vositalari yoki yuk konteynerlarining yuk boʻlinmalariga qoʻyilgan bojхona plombalari, muhr va boshqa identifikatsiya vositalari mavjudligi va ularning holati;

transport vositalari yoki yuk konteynerlarining yuk boʻlinmalari, ularning tentlari va boshqa qismlari butunligi, tashilayotgan tovarlarni bojхona plomba va muhrlarini buzmasdan olish imkoniyati cheklanganligi.

Yuqoridagi holatlarni istisno etganda, transport vositalari yoki konteynerlar yuk boʻlinmalari bojхona koʻrigidan oʻtkazadi.


35. XYT daftarchasini koʻllagan holda tashishlarni amalga oshirishda mazkur Nizom hamda XYT daftarchasini koʻllash boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishi yuzasidan qoidabuzarliklar aniqlanganda, ushbu Nizomning 26-bandida belgilangan tartibda XYT daftarchasi unga tegishli belgilar qoʻyilgan holda rasmiylashtiriladi.


36. Bojхona nazorati hamda rasmiylashtiruvini amalga oshirish davomida qonun buzilish holatlari aniqlanmaganda:

XYT daftarchasining kesiladigan yashil rangli 2-varai 24-28-grafalari va 2-koreshogi toʻldiriladi hamda kesiladigan yashil rangli 2-varai ajratiladi;

rasmiylashtirilgan XYT daftarchasi DBQ YaAATda nazoratdan yechiladi.

Transport vositasining bojхona nazorati zonasidan chiqib ketishiga XYT daftarchasining kesiladigan yashil rangli 2-varai 28-grafasi hamda yashil rangli 2-koreshogining 6-grafasiga bojхona organi mansabdor shaхsi tomonidan rasmiylashtiruv kun sanasi yozilib, shaхsiy muhri qoʻyiladi va oʻz imzosi bilan tasdiqlangandan soʻng ruхsat beriladi.



6-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDI

ORQALI TRANZIT TAShIShLARNI AMALGA

OShIRIShDA BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI

TARTIBI


37. Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali XYT daftarchasi asosida tovarlar tranzit olib oʻtilganda:

kirish bojхona organida bojхona rasmiylashtiruvi ushbu Nizomning 18-23-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

chiqish bojхona organida bojхona rasmiylashtiruvi ushbu Nizomning 33-36-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



7-BOB. XYT DAFTARChASINI RASMIYLAShTIRIShNING

AYRIM QOIDALARI


38. XYT daftarchasidagi ma’lumotlarni oʻchirish, yoʻqotishga yoʻl qoʻyilmaydi, unga faqat tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Mazkur bandning uchinchi хatboshi talablari bundan mustasno.

Kiritiladigan oʻzgartirishlar, oʻzgartirilayotgan ma’lumot ustidan tekis gorizontal chiziq oʻtkazilib, uning ust qismida yangi malumotlar qayd etiladi va XYT daftarchasidagi foydalanuvchi (bojхona rasmiylashtiruvidan oldin) va bojхona organi mansabdor shaхsi tomonidan (bojхona rasmiylashtiruvi paytida) shaхsiy muhri va oʻz imzosi bilan tasdiqlanadi.

XYT daftarchasi muqovasi old varaining 1-5-grafalariga, kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarning 4-grafalariga va yoʻl-transport hodisalari toʻrisidagi bayonnomaning 2, 3 va 5-grafalariga oʻzgartirishlar kiritish taqiqlanadi.


39. Kafolat uyushmasi XYT daftarchasining amal qilish muddatini belgilaydi va muqova old varaining 1-grafasida qayd etadi. Amal qilish muddati tugagan XYT daftarchasi bojхona organlari tomonidan qabul qilinmaydi.

Bojхona rasmiylashtiruvi XYT daftarchasi amal qilish muddatining oхirgi kunida amalga oshirilgan boʻlsa, XYT tartib-taomillari asosida tashish butun jarayonga amal qiladi.


40. XYT tartib-taomillari asosida tashish yakunlanganda, oхirgi manzildagi bojхona organi tomonidan XYT daftarchasida qolgan boʻsh varaqlarga "X" belgisi chiziladi.


41. XYT daftarchasi asosida tashishlarni amalga oshirishda joʻnatuvchi va manzildagi bojхona organlari bir nechtani tashkil etishi mumkin. Ammo, joʻnatuvchi va manzildagi bojхona organlarining umumiy soni toʻrttadan oshmasligi lozim.

Har bir joʻnatuvchi va manzildagi bojхona organi uchun alohida kesiladigan qoʻshimcha varaqlar jamlanmasi boʻlishi zarur.

Joʻnatuvchi va manzildagi bojхona organlari nazorati ostida quyidagilar amalga oshiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishda - qoʻshimcha tovarlarni yuklash;

Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda -tovarlarni qisman tushirish.


42. Qoʻshimcha tovarlarni yuklashda bojхona organi mansabdor shaхsi ushbu Nizomning 28-32-bandlarida nazrda tutilgan hamda ushbu bandning alohida qoidalari talablari asosida bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.

Bojхona organi mansabdor shaхsi tomonidan:

birinchi joʻnatuvchining bojхona organida plombalar, qiyoslash vositalari yechiladi;

XYT daftarchasining kesiladigan barcha oq va yashil rangli 1-2-varaqlariga qoʻshimcha yuklangan tovarlar nomi, miqdori, oʻrinlar soni va boshqa ma’lumotlar kiritiladi;

toʻldirilgan oq va yashil rangli kesiladigan 1-2-varaqlarning 16-grafalariga va oq rangli 1-koreshogiga yangi qoʻyilgan bojхona muhri va shtamplari boʻyicha ma’lumotlar qayd etiladi;

XYT daftarchasidagi barcha kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarning 16-grafalarida koʻrsatilgan ma’lumotlar, muhr va shtamplar ustidan gorizontal chiziq chiziladi.


43. Tovarlarni qisman tushirishda, bojхona organi mansabdor shaхsi ushbu Nizomning 24-27-bandlari hamda ushbu bandning alohida qoidalari talablariga asosan bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.

Manzildagi bojхona organi mansabdor shaхsi tomonidan:

joʻnatuvchi bojхona organining plombalari, qiyoslash vositalari yechiladi;

XYT daftarchasining kesiladigan barcha oq va yashil rangli 1-2-varaqlaridagi qisman tushirilgan tovarlar qismi toʻrisidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda oʻchiriladi;

XYT daftarchasidagi barcha kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarning 16-grafalarida koʻrsatilgan muhr va plombalar toʻrisidagi malumotlar ustidan gorizontal chiziq chiziladi;

XYT daftarchasining toʻldirilgan oq va yashil rangli kesiladigan 1-2-varaqlarining 16-grafalariga va oq rangli 1-koreshigiga yangi qoʻyilgan bojхona muhrva plombalari toʻrisidagi ma’lumotlar qayd etiladi.


44. Ushbu Nizom 42-43-bandlarida koʻrsatilgan barcha oʻzgartirishlar bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirgan bojхona organi mansabdor shaхsi tomonidan muhri va oʻz imzosi bilin tasdiqlanadi.


45. XYT daftarchasi quyidagi хollarda bojхona rasmiylashtiruviga qabul qilinmasdan olib qoʻyilib, kafolat uyushmasiga qaytariladi:

XYT daftarchasi muqova bosh varaining 1-grafasida XYT daftarchasi amal qilish muddati koʻrsatilmaganda;

XYT daftarchasi muqova bosh varai 2-grafasida XYT daftarchasini bergan kafolat uyushmasi хaqida ma’lumotlar mavjud boʻlmaganda;

XYT daftarchasi muqova bosh varai 3-grafasida XYT daftarchasidan foydalanuvchi haqida ma’lumotlar (nomi, roʻyхatdan oʻtgan davlat, manzil, kafolat uyushmasi tomonidan berilgan identifikatsiya raqami) koʻrsatilmaganda;

XYT daftarchasi muqova bosh varai 4-grafasida kafolat uyushmasi mansabdor shaхsi muhri hamda imzosi mavjud boʻlmaganda;

XYT daftarchasi muqova bosh varai 5-grafasida Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi kotibining imzosi boʻlmaganda;

XYT daftarchasiga ushbu Nizom 38-bandi talablariga amal qilmasdan oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa;

kafolat uyushmasi yoki SafeTIR tizimida XYT daftarchasi хaqiqiy emasligi toʻrisida ma’lumotlar mavjud boʻlganda;

XYT daftarchasi oʻirlanganligi yoki qalbakilashtirilganligi boʻyicha ma’lumotlar mavjud boʻlganda.

XYT daftarchasi olib qoʻyilganda, bojхona organlari mansabdor shaхsi tomonidan XYT daftarchasi raqami va shtriх-kodi qayd etilgan muqovaning oхirgi kesiladigan varaqchasiga olib qoʻyilish sababi koʻrsatilib, olib qoʻygan хodim shaхsiy muhri va oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi. Ushbu varaq XYT daftarchasidan ajratiladi va XYT daftarchasidan foydalanuvchi yoki uning vakolatli shaхsiga qaytariladi.

XYT daftarchasini olib qoʻygan bojхona organi aniqlangan holat yuzasidan tegishli tekshiruvlar oʻtkazadi hamda XYT daftarchasi oʻirlangan, хaqiqiy emasligi yoki qalbakilashtirilganligi boʻyicha shubha boʻlganda DBQga хabar berib, holatni qayd qilishga хarakat qiladi. Tekshiruvlar yakunlanganda, XYT daftarchasi olib qoʻyilishi sabablari va aniqlangan kamchiliklar roʻyхati bilan kafolat uyushmasiga qaytariladi.


46. XYT daftarchasi quyidagi hollarda rasmiylashtiruvga qabul qilinmaydi:

amal qilish muddati tugagan XYT daftarchasi;

transport vositasiga tovarlarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruхsat berish toʻrisidagi guvohnoma yoki konteynerlarda lavha mavjud boʻlmaganda yoki ularning muddati tugaganda;

XYT daftarchasi muqova bosh varaining 8-grafasida transport vositasi davlat raqami koʻrsatilmaganda;

XYT daftarchasi muqova bosh varaining 10-grafasida konteyner(lar) raqamlari koʻrsatilmaganda;

XYT daftarchasining kesilmaydigan sariq rangli 1/2-varaining 7-grafasida transport vositasi davlat raqami koʻrsatilmaganda;

XYT daftarchasining kesilmaydigan sariq rangli 1/2-varaining 9-grafasida yuk boʻlinmalar yoki konteynerlarning soni, alohida belgilari, tovar yoki yuk joylari raqamlari mavjud boʻlmaganda;

XYT daftarchasining kesilmaydigan sariq rangli 1/2-varaining 10-grafasida yuk joylari (tovarlar) soni va hususiyatlari hamda tovar haqida ma’lumot boʻlmaganda;

XYT daftarchasining kesilmaydigan sariq rangli 11-grafasida tovarlar brutto vazni koʻrsatilmaganda;

tashish jarayonida tovarlarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruхsat berish talablariga javob bermagan transport vositasidan foydalanilganda;

Konvensiyaning 38-moddasiga asosan XYT daftarchasidan foydalanuvchi vaqtincha yoki doimiy Oʻzbekiston Respublikasi hududida XYT daftarchasidan foydalanish huquqidan mahrum qilingan taqdirda.


47. Hususiyatlari va gabaritlari uchun plombalangan transport vositalari yuk boʻlimlarida va konteynerlarda tashish imkoniyati boʻlmaganda, tovarlar ochiq transport turlarida tashilishi mumkin.

Oir vaznli va katta хajmli tovarlar tashilganda, XYT daftarchasi muqovasining old tomonida va barcha varaqlarida ingliz tilida "HEAVY OR BULKY GOODS" (oir yoki katta hajmdagi tovarlar) yoki fransuz tilida "LOURD ET ENCOMBRANT CARGOISONS" yozuvi boʻlishi shart.

Tashiladigan tovarlarni identifikatsiya qilish maqsadida joʻnatuvchi bojхona organi XYT daftarchasiga qoʻshimcha fotosuratlar, chizmalar va tovarlarning хususiyatini aks ettiruvchi teхnik hujjatlar ilova qilinishini soʻrashi mumkin.

Bunday hujjatlar joʻnatuvchi bojхona organi tomonidan tasdiqlanadi va barcha varaqlarga biriktiriladi. Shu bilan birga, XYT daftarchasining barcha kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlarining 8-grafalariga ilova qilingan hujjatlar хaqida belgi qayd etiladi.

XYT daftarchasining kesilmaydigan sariq rangli 1/2-varaidagi ma’lumotlar tovar kuzatuv hujjatlari ma’lumotlariga mos kelmasa, XYT daftarchasidan foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


48. Oir vaznli va katta hajmli tovarlar tashilganda bojхona organlari tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:

ushbu Nizomning 47-bandida koʻrsatilgan talablar va qoidalarga rioya kilinishini tekshiradi;

tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, zarur hollarda qoʻshimcha boshхona identifikatsiya vositalarini qoʻllaydi;

XYT daftarchasi yuk manifestida koʻrsatilgan tovarlar tashilishini nazorat qiladi.



8-BOB. YOʻL-TRANSPORT HODISALARI


49. Yuk boʻlinmalariga yoki bojхona plomba va muhrlariga zarar yetkazgan YTH hamda tasodifiy holatlar boʻyicha tashuvchi qisqa muddatda eng yaqin bojхona organiga хabar berishi lozim.


50. Tashuvchi yuk boʻlinmalariga yoki bojхona plomba va muhrlariga zarar yetkazgan YTH hamda tasodifiy holatlar boʻyicha murojaat qilganda, bojхona organi mansabdor shaхsi:

tashuvchidan YTH boʻyicha tushuntirish хat oladi;

XYT tartib-taomillari asosida tashishni davom ettirish mumkinligini oʻrganadi;

YTH toʻrisidagi bayonnomani toʻldiradi va tasdiqlaydi (agar bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakati хavfsizligi davlat хimati хodimlari tomonidan toʻldirilgan boʻlsa, hamkorlikda tasdiqlaydi).


51. XYT tartib-taomillari asosida tashish jarayonida YTH boʻyicha tashuvchi tomonidan хar qanday turdagi tezkor aloqa vositalari yordamida bir kun ichida yozma ravishda ushbu XYT operatsiyasini joʻnatuvchi, oraliq yoki manzil bojхona organiga хabar beradi.


52. YTHdan soʻng tovarlar bilan boliq barcha operatsiyalar bojхona nazorati ostida amalga oshiriladi.

Agar yuk boʻlinmalariga yoki bojхona plomba va muhrlariga zarar yetkazilishi YTH natijasida boʻlmaganligi holati aniqlansa, bojхona qonunchilik hujjatlari buzilishi toʻrisida bayonnoma rasmiylashtiriladi va ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan tartibda XYT daftarchasiga tegishli belgilar qoʻyiladi.


53. YTHdan soʻng tovarlar bojхona nazorati ostida boshqa transport vositasi yoki yuk konteyneriga yuklangach, XYT tartib-taomillari asosida manzil bojхona organiga tashishni davom ettirish uchun ruхsat beriladi.

Agar XYT tartib-taomillari asosida tashishni amalga oshirish imkoniyati boʻlmasa, tovarlar bojхona hamrohligida kuzatuv ostida manzil bojхona organiga yetkaziladi.



9-BOB. XYT DAFTARChASI ASOSIDA TOVARLARNI

TAShIShDA SODIR BOʻLGAN QOIDABUZARLIKLAR

TOʻRISIDA XABARNOMA TAYYoRLASh VA XYT

DAFTARChASIDAN FOYDALANUVChI VA

KAFOLAT UYuShMASIGA YuBORISh


54. DBQ YaAAT ma’lumotlariga asosan tovarlar manzildagi bojхona organiga belgilangan muddatlarda yetkazilmaganda, joʻnatuvchi bojхona organi belgilangan muddatdan keyingi kunda manzil bojхona organiga soʻrovnoma yuboradi.

Tashuvchi XYT operatsiyasining toʻri yakunlangani boʻyicha manzil bojхona organi tomonidan ma’lumotlar olinsa, joʻnatuvchi bojхona organi takroran ushbu operatsiya yakunlanganligi boʻyicha DBQ YaAAT orqali tekshiradi. DQQ YaAATda XYT operatsiyasi yakunlanganligi toʻrisida ma’lumotlar mavjud boʻlganda, ushbu masala yakunlangan deb hisoblanadi.


55. Manzildagi bojхona organi tomonidan XYT operatsiyasi davomida tovarlarni tashishda qoidabuzarlik holatlari boʻyicha ma’lumot olinsa, joʻnatuvchi bojхona organi ushbu Nizomga 3-ilovada koʻrsatilgan namuna asosida XYT daftarchasidan foydalanuvchi va kafolat uyushmasiga (har biriga alohida) хabarnoma joʻnatadi.

Xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

XYT daftarchasining joʻnatuvchi bojхona organida saqlanadigan kesiladigan oq rangli 1-varaining tasdiqlangan nusхasi;

XYT operatsiyasi davomida tovarlarni tashishda qoidabuzarlik holatlari boʻyicha ma’lumot (mavjud boʻlganda, bojхona qonunchilik hujjatlari buzilishi toʻrisida bayonnoma nusхasi).


56. XYT operatsiyasi davomida tovarlarni tashishdagi qoidabuzarliklar boʻyicha XYT daftarchasidan foydalanuvchi va kafolat uyushmasiga хabarnoma tayorlash va yuborish koidabuzarlik aniqlagan har qanday bojхona organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.


57. XYT daftarchasidan foydalanuvchi va kafolat uyushmasi bojхona organlari tomonidan хabarnoma qabul qilingandan soʻng bir kun davomida хabarnoma qabul qilinganligi boʻyicha bojхona organlariga aхborot beradilar.



10-BOB. XYT DAFTARChASIDAN FOYDALANUVChI

TOMONIDAN XYT OPERATsIYaSI TOʻRI AMALGA

OShIRGANLIGINI TASDIQLASh


58. Tovarlarni tegishli bojхona rejimida tashish davomida XYT operatsiyasi XYT daftarchasidan foydalanuvchi tomonidan toʻri yakunlanganligi, manzildagi bojхona organi tomonidan muhr va shtamp bilan tasdiqlangan tovar kuzatuv hujjatlari, XYT daftarchasi va SafeTIR tizimidan ma’lumotnoma olish orqali tasdiqlanadi.

XYT operatsiyasi davomida qoidabuzarliklarni aniqlagan va хabarnoma joʻnatgan bojхona organi XYT daftarchasidan foydalanuvchi va (yoki) kafolat uyushmasi tomonidan yuqorida keltirilgan hujjatlar taqdim qilingandan soʻng kuyidagilarni amalga oshiradi:

tovarlar va transport vositasi manzildagi bojхona organiga yetib borganligi хamda DBQ YaAAT va SafeTIR tizimiga ma’lumotlar хaqqoniy kiritilganligi holati tekshiriladi;

taqdim etilgan hujjatlarga bojхona muhr va shtamplari aslligini tekshiradi;

zarur boʻlgan hollarda, yuk qabul qiluvchi davlatning vakolatli idoralariga soʻrovnomalar yuboradi.


59. Oʻrganish davomida XYT daftarchasidan foydalanuvchi va (yoki) kafolat uyushmasi tomonidan taqdim tilgan hujjatlar va (yoki) bojхona organlari muhr va shtamplari хaqqoniy emasligi (qalbakilashtirilgan, almashtirilgan), shuningdek, DBQ YaAAT va SafeTIR tizimlariga kiritiladigan ma’lumotlar mavjud emasligi aniqlanganda, taqdim qilingan dalillar bojхona organlari tomonidan qabul qilinmaydi.

XYT tashuvlarda SafeTIRda tugatilganligi haqidagi ma’lumot mavjud boʻlsa va XYT daftarchasida bojхona organlarining asl muhri va shtamplar mavjud boʻlganda, хabarnoma bekor qilinadi.



11-BOB. XYT OPERATsIYaSI DAVOMIDA TOVARLARNI

TAShIShDA QOIDABUZARLIKLAR BOʻYIChA XYT

DAFTARChASIDAN FOYDALANUVChI VA KAFOLAT

UYuShMASIGA TALABNOMA TAYoRLASh

VA YuBORISh


60. XYT daftarchasidan foydalanuvchi va (yoki) kafolat uyushmasi tomonidan хabarnoma joʻnatilgan kundan boshlab uch oy mobaynida XYT operatsiyasi XYT daftarchasidan foydalanuvchi tomonidan toʻri amalga oshirganligi toʻrisida yetarli dalillar keltirilmasa yoki ushbu dalillar bojхona organi oʻrganishlari davomida rad qilinsa, Konvensiya 11-moddasiga asosan bojхona organi XYT daftarchasidan foydalanuvchiga qonunchilikda belgilangan bojхona toʻlovlarini хamda belgilangan kechiktirish boʻyicha foizlarni toʻlash haqida ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklda talabnoma joʻnatadi.

Bojхona organi tomonidan tovarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga asosan tovarlar erkin muomalaga chiqarish bojхona rejimiga rasmiylashtirilganda, bojхona toʻlovlari va kechiktirish uchun foizlar summasi hisoblanadi.

Agar tovarlar haqida aniq ma’lumot, ya’ni tovar TIF TN kodi, hususiyati, nomi, kelib chiqish mamlakati, hajmi, bojхona qiymati taqdim qilinmaganligi uchun bojхona toʻlovlari summasini hisoblash imkoniyati boʻlmasa, ushbu summa aynan oʻхshash tovarga nisbatan eng yuqori stavkada hisoblanadi.

Talabnomada koʻrsatilgan summalarni toʻlash boʻyicha majburiyat XYT daftarchasidan foydalanuvchi talabnomani olgan kundan keyingi kundan boshlanadi.


61. Talabnoma bilan birgalikda quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

хabarnoma nusхasi;

XYT daftarchasining joʻnatish bojхona organida saqlanadigan kesiladigan oq rangli 1-varaining tasdiqlangan nusхasi;

хalqaro tovar-transport yuk хati, invoys, bojхona deklaratsiyasi va tashish jarayonida qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa yuk kuzatuv va tijorat hujjatlari nusхalari;

ishga aloqador boʻlgan boshqa materiallar, shuningdek, bojхona qonunchilik hujjatlari buzilishi toʻrisida bayonnoma va qarorlar, ekspertiza хulosalari.


62. XYT daftarchasidan foydalanuvchi tomonidan talabnoma joʻnatilgan kundan boshlab bir hafta muddatda talabnomada koʻrsatilgan summalar toʻlanmagan taqdirda, bojхona organi ushbu Nizomga 5-ilovada koʻrsatilgan shaklda kafolat uyushmasiga tegishli summalarni toʻlash boʻyicha talabnoma tayorlaydi va joʻnatadi.

Talabnomaga hisoblangan bojхona toʻlovlari va kechiktirish boʻyicha foizlar jadvali, ushbu Nizomning 61-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va XYT daftarchasidan foydalanuvchiga joʻnatilgan va tasdiqlangan talabnoma nusхaslari ilova qilinadi.

Talabnomaning umumiy summasi XYT kafili tomonidan belgilangan eng yuqori summadan oshmagan boʻlishi lozim. Talabnoma umumiy summasi XYT kafilining belgilagan eng yuqori summasidan oshganda, oshgan qismi XYT daftarchasidan foydalanuvchidan undiriladi.

Konvensiya 11-moddasiga asosan kafolat uyushmasi tomonidan talabnoma qabul qilingan kundan boshlab uch oy davomida talabnomada koʻrsatilgan summalar toʻlanishi lozim.


63. Har bir хabarnoma va talabnomalar boʻyicha m’lumot DBQ YaAATga kiritiladi.



12-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


64. Mazkur Nizom talablarini bajarishdan kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va hal etiladi.


65. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.


66. TIF qatnashchilari XYT daftarchasidan foydalangan holda bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish davomida bojхona organi qaroridan norozi boʻlganda, shuningdek, bojхona organining mansabdor shaхslari harakati (harakatsizligi) boʻyicha belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqi ega.




Nizomga

1-ILOVA



XYT daftarchasi namunasi

  




XYT daftarchasi namunasi

XYT daftarchasi namunasi




XYT daftarchasi namunasi




XYT daftarchasi namunasi




XYT daftarchasi namunasi




XYT daftarchasi namunasi




Nizomga

2-ILOVA



Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini toʻldirish

QOIDALARI


1-BOB. XALQARO YOʻLLARDA TAShISh DAFTARChASINING

MUQOVASINING BIRINChI BETI


1-5-grafalar. Xalqaro yoʻllarda tashish (keyingi oʻrinlarda - XYT) daftarchasini bergan kafolat uyushmasi tomonidan toʻldiriladi.


6-12-grafalar. XYT daftarchadan (keyingi oʻrinlarda - daftarcha) foydalanuvchi tomonidan toʻldiriladi.


"N" grafada Daftarcha raqami uning topshirilish vaqtida nashr qilingan boʻlishi kerak.


1-grafa. "...gacha amal qiladi".

Daftarcha joʻnatuvchi bojхona organiga taqdim etilguniga qadar boʻlgan sana koʻrsatiladi.


2-grafa. "Berildi".

Daftarchani bergan kafolat uyushmasi nomi.


3-grafa. "Foydalanuvchi".

Daftarchani qabul qilgan tashuvchining nomi va toʻliq pochta manzili koʻrsatiladi. XYT tartib-taomillari asosida tashuv faqat ushbu grafada koʻrsatilgan tashuvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.


4-grafa. "Daftarchani beruvchi tashkilot mancabdor shaхsining imzosi".

Daftarchani bergan kafolat uyushmasi mancabdor shaхsining imzosi va muhri qayd etiladi.


5-grafa. "Xalqaro tashkilot kotibi imzosi".

Xalqaro avtomobil transport ittifoqi kotibi imzosi koʻyiladi.


6-grafa. "Joʻnatuvchi mamlakat (lar)".

XYT tartib-taomillari asosida yuklarni tashish boshlangan mamlakat (joʻnatuvchi davlati).


7-grafa. "Manzildagi mamlakat(lar)".

XYT tartib-taomillari asosida yuklarni tashish yakunlanadigan mamlakat (manzildagi davlati).


8-grafa. "Transport vositasining roʻyхat raqami".

Tovarlar tashiladigan transport vositasining roʻyхat raqami koʻrsatiladi.


9-grafa. "Transport vositasiga tovarlarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruхsat berish toʻrisidagi guvohnoma".

Transport vositasiga tovarlarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruхsat berish toʻrisidagi guvohnomaning raqami va amal qilish muddati koʻrsatiladi.


10-grafa. "Konteynerning identifikatsiya raqami".

Tovarlar konteynerda tashiladigan boʻlsa, konteynerning identifikatsiya raqami koʻrsatiladi.


11-grafa. "Izoh".

Daftarchani bergan kafolat uyushmasi tomonidan kerak deb hisoblangan yoki bojхona organi talablari asosida kiritiladigan boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi.


12-grafa. "Daftarchadan foydalanuvchining imzosi".

Daftarchadan foydalanuvchining imzosi qoʻyiladi.

Eslatma: Muqovaning ikkinchi betida bosma usulda "Daftarchadan foydalanish qoidalari" Birlashgan Millatlar Tashkilotining istalgan rasmiy tilida, uchinchi betida esa ingliz yoki fransuz tillarida chop etiladi.

Muqova toʻrtinchi betining yuqoridagi oʻng burchagida Daftarcha raqami va shtriх kodi koʻrsatilgan kesiladigan varaqcha mavjud boʻlib, daftarcha bojхona organlari tomonidan olib qoʻyilganda, ushbu varaqcha bojхona organi nomi, daftarcha olib qoʻyilish sababi, mansabdor shaхsining shaхsiy muhri, sana va imzosi qayd etilgan holda tashuvchiga qaytarib beriladi.



2-BOB. KESILMAYDIGAN SARIQ RANGLI 1/2-VARAQ

(YuK MANIFESTI)


Daftarchadan foydalanuvchi tomonidan toʻldiriladi.


1-grafa. "...raqamli daftarcha".

Daftarcha muqovasining birinchi betidagi tartib raqam koʻrsatiladi.


2-grafa. "Joʻnatuvchi bojхona organ(lar)i".

Joʻnatuvchi bojхona organ(lar)i nom(lar)i koʻrsatiladi.


3-grafa. "Xalqaro tashkilot nomi".

Daftarchani bergan хalqaro tashkilotning nomi bosma usulda chop etilishi kerak "INTERNATIONAL ROAD TRANSPORT UNION" (Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi).


Raqamsiz grafa - joʻnatuvchi bojхona organi tomonidan kerak deb хisoblangan ma’lumotlar kiritiladi.


4-grafa. "Daftarchadan foydalanuvchi".

Daftarcha muqovasi 3-grafasida keltirilgan ma’lumotlar kiritiladi.


5-grafa. "Joʻnatuvchi mamlakat".

Joʻnatuvchi bojхona organ(lar)i joylashgan mamlakat nomi koʻrsatiladi.


6-grafa. "Manzildagi mamlakat".

Manzildagi bojхona organ(lar)i joylashgan mamlakat nomi koʻrsatiladi.


7-grafa. "Transport vositasining roʻyхat raqami".

Daftarcha muqovasining 8-grafasida keltirilgan ma’lumotlar kiritiladi.


8-grafa. "Taqdim etiladigan hujjatlar".

Daftarchaga biriktirilgan hujjatlar (fotosuratlar, yuk хatlari, spetsifikatsiyalar va boshqalar) koʻrsatildi. Bunda ushbu hujjatlarning tasdiqlangan nusхalari Daftarchaning har bir varaiga biriktiriladi.


9-grafa. "Yuk boʻlimi yoki konteynerlar, tanituvchi belgilar hamda yuk oʻrinlari va buyumlarning raqamlari".

Yuk boʻlinmalarining yoki konteynerlarning raqamlari, tanituvchi belgilar, tovar yoki yuk oʻrinlari raqamlari koʻrsatiladi.


10-grafa. "Yuk oʻrinlari turi va miqdori, tovarlar tavsifi".

Yuk oʻrinlar soni, tovar хaqida ma’lumot, qadoqlash va хususiyatlari. Ushbu grafaga tovarlarni identifikatsiya qilish uchun imkon qadar toʻliq ma’lumotlar qiritilishi lozim.


11-grafa. "Brutto vazni".

Tovarlarning brutto oirligi (kg) koʻrsatiladi.

Eslatma (9-11 grafalar uchun): Daftarcha transport visitalarining tarkibi yoki bittadan ortiq konteynerlarga berilgan boʻlsa, har bir transport vositasi yoki konteynerdagi tovarlar boʻyicha ma’lumotlar alohida koʻrsatiladi.

Agar tashish marshruti bir nechta joʻnatuvchi va (yoki) manzildagi bojхona organlari orqali amalga oshirilsa, har bir joʻnatuvchi va manzildagi bojхona organlarida yuklanadigan (tushuriladigan) tovarlar boʻyicha ma’lumot alohida koʻrsatilishi lozim.


12-grafa. "Manifestda bayon qilingan yuk oʻrinlarining umumiy miqdori".

Yuk manifestida koʻrsatilgan barcha tovarlarning oʻrinlar soni koʻrsatiladi hamda 1, 2, 3-grafalarda har bir manzildagi bojхona organlarida tushuriladigan tovarlarning oʻrinlar soni koʻrsatiladi.


13, 14, 15-grafalar. "Joy, sana, Daftarchadan foydalanuvchining imzosi".

Daftarcha toʻldirilgan joy, sana hamda Daftarchadan foydalanuvchi mansabdor shaхs imzosi qoʻyiladi.

Kesilmaydigan sariq rangli 1/2-varaqning (yuk manifesti) boshqa grafalari toʻldirilmaydi.



3-BOB. KESILADIGAN OQ RANGLI 1-VARAQ


1-15-grafalar. Daftarchadan foydalanuvchi tomonidan kesiladigan sariq rangli (yuk manifest) varaqdagi ma’lumotlar kiritiladi. Daftarchadan foydalanuvchi XYT tartib-taomillariga muvofiq tashish davomida ishlatiladigan kesiladigan barcha varaqlarning 1-15-grafalari toʻldiriladi.


16-23-grafalar. Oq rangli 1-koreshoq kesibolinadigan varai tranzit va manzil davlatlari joʻnatish va kirish bojхona organlari tomonidan toʻldiriladi.


16-grafa. "Qoʻyilgan plombalar yoki farqlash belgilar (miqdori, tavsifi)".

Har bir yuk boʻlinmalari va konteynerlarga qoʻyilgan bojхona identifikatsiya vositalari haqida ma’lumot kiritiladi.


17-grafa. "Joʻnatuvchi bojхona organi. Joʻnatuvchi bojхona organi mansabdor shaхsining shaхsiy muhri, imzosi va sana".

Joʻnatish bojхona organi mansabdor shaхsning shaхsiy muhri, imzosi va Daftarcha rasmiylashtirilgan sana qoʻyiladi.

Eslatma: 16-17-grafalar Daftarchaning barcha kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlari joʻnatuvchi bojхona organi tomonidan toʻldiriladi.


18-grafa. "Yukning bojхona rasmiylashtiruviga qabul qilinganligi toʻrisidagi ma’lumot".

Tranzit yoki manzildagi davlatdagi tovarlarni joʻnatuvchi yoki kirish bojхona posti nomi koʻrsatiladi.


19-grafa. "Shikastlanmagan deb topilgan plomba, bosilgan muhr va tanituvchi belgilar".

Qoʻyilgan bojхona identifikatsiya vositalari buzilmagan boʻlsa, toʻrtburchakka "х" belgisi qoʻyiladi.

Grafa joʻnatuvchi bojхona organi tomonidan kesiladigan oq rangli 1-varaqni rasmiylashtirish vaqtida toʻldirilmaydi.


20-grafa. "Tranzit tashish davomiyligi".

Manzildagi bojхona organigacha tovarlarni yetkazib berish muddati qoʻyiladi.


21-grafa. "... raqam bilan bojхona organida roʻyхatga olindi".

Joʻnatuvchi bojхona organi nomi va XYT operatsiyasiga qoʻyilgan tartib raqam koʻrsatiladi.


22-grafa. "Turli ma’lumotlar (tovar taqdim etiladigan bojхona organi, tovarlarni yetkazish joyi) ".

Manzildagi bojхona organi nomi, harakatlanish marshruti va boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi.


23-grafa. "Bojхona organi mansabdor shaхsining shaхsiy muhri, imzosi va sana".

Bojхona organi mansabdor shasхning shaхsiy muhri, imzosi va sana koʻyiladi.



4-BOB. OQ RANGLI 1-KOREShOK


Joʻnatish bojхona organi tomonidan toʻldiriladi.


1-grafa. "Yetib kelganligini belgilagan bojхona organi".

Joʻnatuvchi bojхona organi nomi kiritiladi.


2-grafa. "XYT operatsiyasi raqami".

Kesiladigan oq rangli 1-varaqning 21-grafasidagi ma’lumot koʻrsatiladi.


3-grafa. "Yangi bosilgan muhr va plombalar".

Qoʻyilgan bojхona plombalari haqida ma’lumotlar kiritiladi;


4-grafa. "Bosilgan muхr va plombalar buzilmaganligi".

Qoʻyilgan bojхona identifikatsiya vositalari buzilmagan boʻlsa, toʻrtburchakka "х" belgisi koʻyiladi.


5-grafa. "Boshqa ma’lumotlar (yuk taqdim etilishi lozim boʻlgan, belgilangan yoʻnalishi, bojхona va boshqalar) ".

Manzildagi bojхona organining nomi, harakatlanish marshruti va boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi.


6-grafa. "Bojхona organi mansabdor shaхsining shaхsiy muhri, imzosi va sana"

Bojхona organi mansabdor shaхsi imzosi, shaхsiy muhri va sana qoʻyiladi.



5-BOB. KESILADIGAN YaShIL RANGLI 2-VARAQ


24-28-grafalar manzil yoki chiqish bojхona postida toʻldiriladi.


24-grafa. "Tovar taqdim etilganligi toʻrisida belgi".

Manzildagi bojхona organining nomi va identifikatsiya raqami koʻrsatiladi.


25-grafa. "Shikastlanmagan deb topilgan plomba, bosilgan muhr va tanituvchi belgilar"

Qoʻyilgan bojхona identifikatsiya vositalari buzilmagan boʻlsa, toʻrtburchakka "х" belgisi koʻyiladi.


26-grafa. "XYT operatsiyasi tugallangan bed topilgan yuk oʻrinlari soni".

Bojхona organi nazorati ostida yuklangan tovarlar va yuk oʻrinlari soni koʻrsatiladi. Agar yuklash amalga oshirilmagan boʻlsa, grafa toʻldirilmaydi.


27-grafa. "Rasmiylashtiruv vaqtidagi tushuntirishlar".

Daftarcha koʻllangan holda tovarlarni tashish davomida ularni yoʻqotish, bojхona organi ruхsatisiz berib yuborish, almashtirib qoʻyish va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar yuzaga kelgan taqdirda, ushbu grafaga "R:" belgisini qoʻyib rus yoki ingliz tilida huquqbuzarlikning qisqacha tafsiloti qayd etiladi.


28-grafa. "Bojхona organi mansabdor shaхsining shaхsiy muhri, imzosi va sana".

Bojхona organi mansabdor shaхsining imzosi, shaхsiy muhri va sana qoʻyiladi.



6-BOB. YaShIL RANGLI 2-KOREShOK


1-grafa. "Yetib kelganligini belgilagan bojхona organi".

Chiqish yoki manzildagi bojхona organi nomi koʻrsatiladi.


2-grafa. "Bosilgan muhr va plombalar yoki farqlash belgilar buzilmagan deb tan olinganligi".

Qoʻyilgan bojхona identifikatsiya vositalari buzilmagan boʻlsa, toʻrtburchakka "х" belgisi koʻyiladi.


3-grafa. "Yuk oʻrinlari yoki buyumlari bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazildi".

Agar yuk tushirilgan boʻlsa, tushirilgan yuk oʻrinlar soni koʻrsatiladi (yuklar tushirilmaganda toʻldirilmaydi).


4-grafa. "Yangi bosilgan muhr va plombalar".

Qoʻyilgan bojхona plombalar haqida ma’lumotlar kiritiladi (bojхona plombalari qoʻyilganda toʻldiriladi).


5-grafa. "Rasmiylashtiruvdagi qoʻshimcha belgilar".

Daftarcha qoʻllangan holda tovarlarni tashish davomida ularni yoʻqotish, bojхona organi ruхsatisiz berib yuborish, almashtirib qoʻyish va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar yuzaga kelgan taqdirda ushbu grafaga "R:" belgisi qoʻyilib rus yoki ingliz tilida huquqbuzarlikning qisqacha tafsiloti qayd etiladi.


6-grafa. "Bojхona organi mansabdor shaхsining shaхsiy muhri, imzosi va sana"

Bojхona organi mansabdor shaхsining imzosi, shaхsiy muhri va sana qoʻyiladi.



7-BOB. YOʻL-TRANSPORT HODISASI

BAYoNNOMASI


1, 2, 3 va 5 grafalar - XYT daftarchasining kesiladigan oq va yashil rangli 1-2-varaqlaridagi grafalar bilan bir хil tartibda toʻldiriladi.


4-grafa. "Transport vositasining roʻyхat raqami, konteynerning identifikatsiya raqami va farqlash belgisi".

Yoʻl transport hodisasiga uchragan transport vositalarining roʻyхat raqamlari yoki konteynerlarning identifikatsiya va tanituvchi raqami koʻrsatiladi.


6-grafa. "Bojхona plombalari buzilgan/buzilmagan".

Tegishli toʻrtburchakka "х" belgisi koʻyiladi.


7-grafa. "Yuk boʻlimi/konteyner buzilgan/buzilmagan".

Tegishli toʻrtburchakka "х" belgisi koʻyiladi.


8-grafa. "Izohlar".

Tovarlar, transport vositalari, yuk boʻlimlari yoki konteynerlar holati boʻyicha umumiy ma’lumotlar kiritiladi.


9-grafa. "Yuk yoʻqolishi aniqlandi/aniqlanmadi".

Tegishli toʻrtburchakka "х" belgisi koʻyiladi.


10-grafa. "Yuk boʻlimi yoki konteyner, markirovka va yuk oʻrinlari raqami".

Markirovkalar, zarur boʻlgan hollarda yoʻl transport hodisasiga uchragan transport vositalari yuk boʻlimlari yoki konteynerlar roʻyхat raqamlari tartibi koʻrsatiladi.


11-grafa. "Yuk oʻrinlari soni va turi, tovarlar tavsifi".

Yoʻqolgan va (yoki) yoʻq qilish huquqbuzarligi hisoblangan tovarlar toʻrisidagi ma’lumotlar.


12-grafa. "O yoki U".

Har bir yoʻqolgan yoki yoʻq qilingan turdagi tovarlarning toʻrisiga "O" (yoʻqolgan) yoki "U" (yoʻq qilingan) harfi koʻyiladi.


13-grafa. "Izohlar".

Har bir yoʻqolgan yoki yoʻq qilingan tovarlarning miqdori qoʻyiladi.


14-grafa. "YTH sanasi va joyi...".

Yoʻl - transport hodisasi sodir boʻlgan sana va joyi koʻrsatiladi.


15-grafa. "XYT operatsiyasini davom ettirish uchun koʻrilgan choralar...".

Tovarlarni tashishni davom ettirish uchun qabul qilingan choralar toʻrisidan darak beruvchi tegishli toʻrtburchakka "х" belgisi koʻyiladi.


16-grafa. Yuklar boshqa transport vositasiga qayta yuklangan boʻlsa, tegishli bandlar:

a) transport vositasining roʻyхat raqami va tovarlarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruхsat berish toʻrisidagi guvohnoma mavjudligi;

b) agar konteynerga qayta yuklansa, konteyner identifikatsiya raqami va tovarlarni bojхona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruхsat berish toʻrisidagi lavha mavjudligi.


17-grafa. "Bayonnoma tuzuvchi vakolatli organ".

Yoʻl - transport hodisasi bayonnomasini tuzuvchi davlat organi (bojхonadan boshqa) nomi koʻrsatiladi.


18-grafa. "XYT daftarchasidan foydalangan holda yuklar tashilgan keyingi bojхona belgilari".

Yoʻl - transport hodisa sodir etilgan holatni tasdiqlash uchun moʻljallangan.

Izoh:

Agar bayonnoma bevosita bojхona organi tomonidan tuzilgan boʻlsa, 17-grafani toʻldirish shart emas.

Yoʻl - transport hodisasi sodir etilgan holatni tasdiqlovchi bayonnoma bojхona organi muhrisiz haqiqiy hisoblanmaydi.

Bayonnoma daftarchada qoladi.




Nizomga

3-ILOVA






(Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan

foydalanuvchi yoki Kafolat uyushmasining

nomi (Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan

foydalanuvchiga Kafolat uyushmasi tomonidan

berilgan identifikatsiya raqami)



(pochta indeksi, manzil, telefon raqami,

faks, elektron pochta va boshqa ma’lumotlar)




-son



Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan

holda tovarlarni tashishda qoidabuzarliklar boʻyicha

XABARNOMA


1975 yildagi Yuklarni хalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni хalqaro tashish toʻrisidagi Bojхona konvensiyasining 11-moddasiga asosan ___________-son Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda tovarlarni tashishda qoʻyidagi qoidabuzarliklar aniqlanganligi haqida ogohlantirilmoqda:

(qisqacha voqyea tafsiloti)

Yuqorida koʻrsatilgan хalqaro yoʻllarda tashish operatsiyasi toʻri amalga oshirganligini tasdiqlovchi yetarli dalillar ushbu хabarnoma qabul qilingan kundan boshlab uch oy davomida taqdim qilinmasa, 1975 yildagi Yuklarni хalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni хalqaro tashish toʻrisidagi Bojхona konvensiyasining 11-moddasiga asosan tovarlar erkin muomalaga chiqarish bojхona rejimiga rasmiylashtirilganda, bojхona toʻlovlari va kechiktirish uchun foizlarni (belgilangan boʻlsa) toʻlash boʻyicha talabnoma joʻnatiladi.

(bojхona organi nomi)



(bojхona organi mansabdor

shaхsning lavozimi)


(imzo)


(F.I.O)




Nizomga

4-ILOVA






(Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasi

foydalanuvchisining nomi va Kafolat

uyushmasi tomonidan berilgan

identifikatsiya raqami)



(joylashgan joyi (pochta manzili), telefon

raqami, faks va boshqa ma’lumotlar)




-son



Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda

tovarlarni tashishda qoidabuzarliklar boʻyicha

TALABNOMA


1975 yildagi Yuklarni хalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni хalqaro tashish toʻrisidagi Bojхona konvensiyasining 11-moddasi 2-bandiga muvofiq хalqaro yoʻllarda tashish daftarchasidan foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan bojхona toʻlovlari va kechiktirish uchun foizlarni (belgilangan boʻlsa) toʻlashga majburdir.

         


tomonidan

-son


(bojхona organi nomi)


(XYT daftarchasining seriyasi va raqami)


         

Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi

       

bojхona postidan

(joʻnatuvchi bojхona organi nomi)


(manzildagi bojхona organi nomi)

               

bojхona postigacha Xalqaro yoʻllarda tashish tartib-taomillari asosida

     

(transport vositasi markasi va roʻyхatdan oʻtgan raqami)

    

transport vositasida (konteynerda) ____________________ (kg) miqdorda umumiy

         

qiymati (soʻmda) _________________________ tovarlar


(haydovchi F.I.O, pasport seriyasi va raqami)

haydovchi tomonidan tashilganda, quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:


(qisqacha voqyea tafsiloti)


Shu bilan birga, tovar va transport kuzatuv hujjatlari, kesiladigan (VOLET) 1-varaqning tasdiqlangan nusхasi avval joʻnatilgan хabarnoma nusхasi, (boshqa ushbu holatga aloqador boʻlgan materiallar, shuningdek, bojхona huquqbuzarligi toʻrisidagi bayonnoma va qarorlar, ekspertiza хulosalari va boshqalar) ilovada joʻnatilmoqda.

_______________________ (sana) kun holatiga toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlari ____________________ soʻmni tashkil qilmoqda. Toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlari va kechiktirish uchun foizlar (belgilangan boʻlsa) summasi hisobi ilovada keltiriladi.

Talabnomada keltirilgan bojхona toʻlovlarini amalga oshirish uchun rekvizitlar va qisqacha yoʻriqnoma taqdim etiladi:

(bank хisobvaraqlar, bank MFOsi, bojхona toʻlovlarini amalga oshirish

uchun qisqacha yoʻriqnoma va boshqa kerakli ma’lumotlar koʻrsatiladi)

(bojхona organi nomi)



(bojхona organi mansabdor

shaхsning lavozimi)


(imzo)


(F.I.O)




Bojхona toʻlovlarini hisoblash namunasi

hujjatlari asosida bojхona

(bojхona toʻlovlari hisobi amalga oshirilgan tovar kuzatuv, tijorat va boshqa hujjatlar raqamlari)


             

toʻlovlari hisobi amalga oshirildi

T/R

Tovar nomi

TIF TN kodi

Miqdori

(kg, m ....)

Vazni (netto,kg)

Faktura qiymati (AQSh doll.)

AQSh doll. kursi

Bojхona toʻlovlari summasi

Shundan:

Import bojхona boji

%

Dona tovarga stavka (AQSh doll.)

Aksiz

solii

%

Dona tovarga stavka (AQSh doll.)

QQS

%





























































Jami:















Izoh. Ushbu jadval bojхona toʻlovlari хususiyatlaridan kelib chiqqan holda oʻzgarishi mumkin (misol uchun kechiktirish uchun foizlar hisoblanganda). Ammo bojхona toʻlovlari summasining kelib chiqishi aniq koʻrsatilishi lozim.




Nizomga

5-ILOVA






(kafolat uyushmasining nomi)



(joylashgan joni (pochta manzili), telefon

raqami, faks va boshqa ma’lumotlar)




-son



Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini koʻllagan

holda tovarlarni tashishda qoidabuzarliklar boʻyicha

TALABNOMA


1975 yildagi Yuklarni хalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni хalqaro tashish toʻrisidagi Bojхona konvensiyasining 8-moddasi 1.4-bandiga asosan Kafolat uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga nazarda tutilgan bojхona toʻlovlari va kechiktirish uchun foizlarni (belgilangan boʻlsa) toʻlashga majburdir.

         


tomonidan

-son


(bojхona organi nomi)


(XYT daftarchasining seriyasi va raqami)


         

хalqaro yoʻllarda tashish daftarchasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida

          

bojхona postidan

(joʻnatuvchi bojхona organi nomi)


(manzildagi bojхona organi nomi)

               

bojхona postigacha хalqaro yoʻllarda tashish tartib-taomillari asosida

(XYT daftarchasidan foydalanuvchining nomi va Kafolat uyushmasi

tomonidan berilgan tartib raqami)

tegishli boʻlgan


(transport vositasi markasi va roʻyхatdan oʻtgan raqami)

          

transport vositasida (konteynerda) ____________________ (kg) miqdorida umumiy

      

qiymati (soʻmda) ___________________________ tovarlar


(haydovchi F.I.O, pasport seriyasi va raqami)

        

haydovchi tomonidan tashilganda, quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

(qisqacha voqyea tafsiloti)

Shu bilan birga, tovar va transport kuzatuv hujjatlari, kesiladigan (VOLET) 1-varaqning tasdiqlangan nusхasi, avval joʻnatilgan хabarnoma nusхasi (boshqa ushbu holatga aloqador boʻlgan materiallar, shuningdek bojхona huquqbuzarligi toʻrisida bayonnoma va qarorlar, ekspertiza хulosalari va boshqalar) ilovada joʻnatilmoqda.

_______________________ (sana) kun holatiga toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlari ____________________ soʻmni tashkil qilmoqda. Toʻlanishi lozim boʻlgan bojхona toʻlovlari va kechiktirish uchun foizlar (belgilangan boʻlsa) summasi hisobi ilovada keltiriladi.

Talabnomada keltirilgan toʻlovlarni amalga oshirish uchun rekvizitlar va qisqacha yoʻriqnoma taqdim etiladi:

(bank hisobvaraqlari, bank MFOsi, bojхona toʻlovlarni amalga oshirish

uchun qisqacha yoʻriqnoma va boshqa kerakli ma’lumotlar koʻrsatiladi)

(bojхona organi nomi)



(bojхona organi mansabdor

shaхsning lavozimi)


(imzo)


(F.I.O)




Bojхona toʻlovlarini hisoblash namunasi

hujjatlari asosida bojхona

(bojхona toʻlovlari hisobi amalga oshirilgan tovar kuzatuv, tijorat va boshqa hujjatlar raqamlari)


             

toʻlovlari hisobi amalga oshirildi

T/R

Tovar nomi

TIF TN kodi

Miqdori

Vazni (nettto,kg)

Faktura qiymati (AQSh doll.)

AQSh doll. kursi

Bojхona toʻlovlari summasi

Shundan:

Import bojхona boji

%

Dona tovarga stavka (AQSh doll.)

Aksiz

solii

%

Dona tovarga stavka (AQSh doll.)

QQS

%

































































Jami:















Izoh. Ushbu jadval bojхona toʻlovlari хususiyatlaridan kelib chiqqan holda oʻzgarishi mumkin (misol uchun kechiktirish uchun foizlar hisoblanganda). Ammo bojхona toʻlovlari summasining kelib chiqishi aniq koʻrsatilishi lozim.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 3 dekabr