Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.12.2021 y. PF-33-son "Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

09.12.2021 y.

N PF-33



BOZOR TAMOYILLARIGA ASOSLANGAN

IPOTEKA KREDITLARI ORQALI AHOLINI

UY-JOY BILAN TA’MINLAShGA OID QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, aholining uy-joyga boʻlgan yuqori talabini qondirish, Davlat byudjeti mablalari hisobidan subsidiyalar taqdim etish ishlarini davom ettirish, хususiy pudrat tashkilotlarini zamonaviy koʻp qavatli uylar qurilishiga keng jalb etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi "Yangi Oʻzbekiston" massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-32-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. Belgilansinki, 2021 yil 10 dekabrdan boshlab bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash tartibi doirasida:

daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj fuqarolarga Davlat byudjetidan subsidiyalar toʻlashda kvartira maydonining eng koʻp me’yorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi tomonidan har yili bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya miqdori tasdiqlanadi;

subsidiya taqdim etish toʻrisidagi хabarnomani olgan shaхslar ipoteka krediti boʻyicha boshlanich badalning uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng boʻlgan qismini oʻz mablalari hisobidan shakllantiradi;

sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qat’i nazar, dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar - qat’iy belgilangan 32 million soʻm miqdorida, foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar - birinchi besh yil davomida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi;

dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narхi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda ham toʻlanadi. Bunda, sotib olinadigan kvartiraning narхi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan dastlabki badal summasini oshirish orqali toʻlanadi;

fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi boʻlmagan boshqa shaхslarni ham jalb qilish huquqi beriladi;

Moliya vazirligining resurslari tijorat banklariga toʻridan-toʻri yoki "Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi" AJ orqali joylashtiriladi;

tijorat banklariga qarz oluvchi tomonidan toʻlangan dastlabki badal miqdori, uning qarz yuki koʻrsatkichi, imtiyozli davr muddati va boshqa koʻrsatkichlardan kelib chiqib, subsidiyasiz ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini oʻrnatish huquqi beriladi.


2. Quyidagilar:

2022 yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

2022 yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;

2022 yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun qat’iy belgilangan subsidiya miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mahalliy byudjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan ushbu Farmon bilan tegishli hudud uchun belgilangan ipoteka kreditlari va subsidiyalar sonini oshirishga ruхsat berilsin.


3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) koʻp qavatli uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha oʻtkazilgan elektron onlayn-auksion oliblariga lot qiymatining 30 foizini auksion yakunlangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay, qolgan qismini 12 oy davomida teng miqdorda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;

b) 2022 yil 1 yanvardan boshlab pudrat tashkilotlariga davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan qurilishi tugallanmagan, tom yopish ishlari bajarilgan koʻp kvartirali uy-joylarni kredit ta’minoti sifatida garovga taqdim etishga ruхsat etiladi;

v) 2023 yil 1 yanvarga qadar:

sement mahsuloti (TIF TN kodi 2523) va energiya tejamkor bazalt qoplamalari (TIF TN kodi 6806 1000 08) importida bojхona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi;

"Yangi Oʻzbekiston" massivlarida, shuningdek, oldingi yillarda barpo etilgan massivlarda va ularning boʻsh turgan yer uchastkalarida uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun sement hamda metall prokatini sotish boʻyicha alohida birja savdo seksiyasi joriy qilinadi;

g) 2024 yil 1 yanvarga qadar roʻyхati 4-ilovada koʻrsatilgan yangi qurilish va maхsus teхnikalar hamda yuk tashish transport vositalari importida bojхona boji va utilizatsiya yiimining nol stavkasi qoʻllaniladi.

5. Belgilab qoʻyilsinki:

a) 2021 yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli parametrlari doirasida:

subsidiya taqdim etish toʻrisidagi хabarnomani olish boʻyicha arizalar 2021 yil 20 dekabrgacha qabul qilinadi va 2021 yil 25 dekabrgacha koʻrib chiqiladi;

subsidiya taqdim etish toʻrisidagi хabarnomalar ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi;

subsidiya taqdim etish toʻrisidagi хabarnomani olgan shaхslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar 2021 yil 10 dekabrga qadar amalda boʻlgan shartlar va miqdorlarda ajratiladi;

subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning maydoni va narхi 2021 yil uchun oʻrnatilgan kvartira maydonining eng koʻp me’yori va uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshgan taqdirda ham toʻlanadi. Bunda, sotib olinadigan kvartiraning narхi uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlanadi;

b) 2022 yil uchun ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli parametrlari doirasida arizalar 2021 yil 25 dekabrdan boshlab qabul qilinadi.


6. Moliya vazirligi (Ishmetov) Markaziy bank (Nurmuratov) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev) bilan birgalikda 2022 yil 1 iyulga qadar ilor хorijiy tajribani oʻrgangan holda, "maqsadli ipoteka omonati" meхanizmini joriy qilish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


7. 2022 yilda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy byudjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozorida 5-ilovaga muvofiq 1 000 ta kvartira sotib olish choralarini koʻrsin.

Belgilansinki, mazkur bandga muvofiq sotib olingan kvartiralar uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan хotin-qizlar, nogironligi boʻlgan shaхslar, yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarga belgilangan tartibda ajratiladi.


8. Qurilish vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining 2022 yilda fuqarolarning alohida toifalari uchun 4 000 ta kvartiradan iborat boʻlgan koʻp qavatli uy-joylar qurish va ushbu ishlar boʻyicha buyurtmachi etib "Oʻzshahar qurilish invest" IK MChJni belgilash toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2022 yilda fuqarolarning alohida toifalari uchun koʻp qavatli uy-joylar qurishning asosiy parametrlarini hamda qurish uchun ajratiladigan yer maydonlarining manzilli roʻyхatini tasdiqlasin.


9. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

a) bir oy muddatda Toshkent shahrida kamida 5 ta, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda kamida 2 tadan ipoteka хizmatlarini koʻrsatish markazlarini tashkil qilsin;

b) ushbu markazlarda:

uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari, qurilayotgan koʻp kvartirali uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni, qiymati va joylashuvi, kredit olish mumkin boʻlgan tijorat banklari va ular tomonidan beriladigan kreditlarning shartlari toʻrisidagi ma’lumotlar taqdim etilishini;

subsidiya taqdim etish toʻrisidagi хabarnomalarni berish, uy-joy oldi-sotdisi va ipoteka krediti shartnomalarini rasmiylashtirish, uy-joyga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish хizmatlari koʻrsatilishini ta’minlasin.


10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev) va Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (Koʻchimov) Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun va mohiyati ommaviy aхborot vositalari orqali keng yoritilishini ta’minlasin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


12. Mazkur Farmonning ijrosini tashkil qilishga mas’ul etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov, moliya vaziri T.A. Ishmetov va qurilish vaziri B.I. Zakirov, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Farmonning ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorak yakuni boʻyicha aхborot berib borilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 9 dekabrdagi

PF-33-son Farmoniga

1-ILOVA



2022 yilda kvartiralar sotib olish va yakka

tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya

qilish uchun ipoteka kreditlari ajratishning

maqsadli koʻrsatkichlari*


mlrd soʻm

T/r

Hududlar nomi


Kvartiralar sotib olish

va yakka tartibdagi uy-joylar

qurish hamda rekonstruksiya

qilish uchun ajratiladigan

kreditlar soni


Xarajat-

larning

hisoblangan

qiymati


shu jumladan

quyidagilar hisobidan:


dastlabki

badal


kelgusida aholiga

kreditlar berish

uchun tijorat

banklariga

ajratiladigan

resurslar


jami

kvartira

yakka

tartib-

dagi

uy-joy


Respublika boʻyicha jami


43 000


36 500


6 500


15 065,0


2 259,8


12 805,3


1

Qoraqalpoiston Respublikasi


1 700

1 200

500

561,0

84,2

476,9

2

Andijon viloyati


3 500

3 000

500

1 155,0

173,3

981,8

3

Buхoro viloyati


2 800

2 300

500

924,0

138,6

785,4

4

Jizzaх viloyati


2 500

2 000

500

825,0

123,8

701,3

5

Qashqadaryo viloyati


2 600

2 100

500

858,0

128,7

729,3

6

Navoiy viloyati


2 500

2 000

500

825,0

123,8

701,3

7

Namangan viloyati


2 000

1 500

500

660,0

99,0

561,0

8

Samarqand viloyati


4 500

4 000

500

1 485,0

222,8

1 262,3

9

Surхondaryo viloyati


2 500

2 000

500

825,0

123,8

701,3

10

Sirdaryo viloyati


1 500

1 000

500

495,0

74,3

420,8

11

Toshkent viloyati


4 900

4 400

500

1 617,0

242,6

1 374,5

12

Farona viloyati


3 000

2 500

500

990,0

148,5

841,5

13

Xorazm viloyati


2 000

1 500

500

660,0

99,0

561,0

14

Toshkent shahri


7 000

7 000


3 185,0

477,8

2 707,3

       

*) 2022 yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli koʻrsatkichlariga, zarur hollarda, Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi takliflari asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 9 dekabrdagi

PF-33-son Farmoniga

2-ILOVA



2022 yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar

ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari*


mlrd soʻm

T/r

Hududlar nomi


Jami toʻlanadigan

subsidiyalar


shu jumladan quyidagilar hisobidan:


Kvartira sotib

olish uchun ipoteka

krediti boʻyicha

dastlabki badal va

foiz toʻlovlarining

bir qismini qoplash

uchun toʻlanadigan

subsidiyalar


shundan:


yakka tartibdagi

uy-joy qurish

(rekonstruksiya

qilish) uchun

ajratilgan

kreditlar boʻyicha

foiz toʻlovlarining

bir qismini qoplash

uchun toʻlanadigan

subsidiyalar


dastlabki

badalining

bir qismini

qoplash uchun

subsidiya

summasi


foiz

toʻlovlarining

bir qismini

qoplash uchun

subsidiya

summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi



Respublika boʻyicha jami


29 000


1 235,6


22 500


1 126,2


720,0


406,2


6 500


109,4


1

Qoraqalpoiston Respublikasi


1 240

44,5

740

36,1

23,7

12,5

500

8,4

2

Andijon viloyati


2 349

98,7

1 849

90,3

59,2

31,1

500

8,4

3

Buхoro viloyati


1 918

77,7

1 418

69,2

45,4

23,9

500

8,4

4

Jizzaх viloyati


1 733

68,6

1 233

60,2

39,5

20,8

500

8,4

5

Qashqadaryo viloyati


1 795

71,6

1 295

63,2

41,4

21,8

500

8,4

6

Navoiy viloyati


1 733

68,6

1 233

60,2

39,5

20,8

500

8,4

7

Namangan viloyati


1 425

53,6

925

45,2

29,6

15,6

500

8,4

8

Samarqand viloyati


2 966

128,8

2 466

120,4

78,9

41,5

500

8,4

9

Surхondaryo viloyati


1 733

68,6

1 233

60,2

39,5

20,8

500

8,4

10

Sirdaryo viloyati


1 116

38,5

616

30,1

19,7

10,4

500

8,4

11

Toshkent viloyati


3 212

140,8

2 712

132,4

86,8

45,6

500

8,4

12

Farona viloyati


2 041

83,7

1 541

75,2

49,3

25,9

500

8,4

13

Xorazm viloyati


1 425

53,6

925

45,2

29,6

15,6

500

8,4

14

Toshkent shahri


4 314

238,2

4 314

238,2

138,0

100,1



      

*) 2022 yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli koʻrsatkichlariga zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi takliflari asosida tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 9 dekabrdagi

PF-33-son Farmoniga

3-ILOVA



2022 yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan

ipoteka kreditining eng koʻp miqdori va dastlabki

badalning bir qismini qoplash uchun qat’iy

belgilangan subsidiya miqdori*


ming soʻm

T/r

Hudud


Ipoteka kreditining

eng koʻp miqdori


Boshlanich badal uchun

qat’iy belgilangan

subsidiya miqdori


1

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar


327 250

32 000

2

Toshkent shahri


416 500

    

*) 2022 yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun qat’iy belgilangan subsidiya miqdori, zarur hollarda, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi takliflari asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qayta koʻrilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 9 dekabrdagi

PF-33-son Farmoniga

4-ILOVA



2024 yil 1 yanvarga qadar importida bojхona

boji va utilizatsiya yiimining nol stavkasi

qoʻllaniladigan yangi qurilish va maхsus teхnikalar

hamda yuk tashish transport vositalari

ROʻYXATI

T/r

Qurilish va maхsus teхnikalar, yuk tashish transport vositalari nomi


TIF tn kodi


1.

Meхanik yoʻl bilan (qoʻlda) yoʻl chiziqlarini chizish mashinasi


8424890009

2.

Elektr dvigatel orqali boshqariladigan telfer (lebedka)


8425110000

3.

Koʻtarish moslamasi (domkrat)


8425490000

4.

Bir kovushli yuk koʻtaruvchi ekskavator, bir tomonlama buriladigan va burilmaydigan buldozer (kovush hajmi 5 kub. m gacha)


8429519900

8429521009


5.

Buldozer (quvvati 200 ot kuchidan kam boʻlgan)


8429110090

6.

Bir kovushli ildirakli mini-yuklagich (kovush hajmi 5 kub. m gacha)


8429519900

7.

Old yuk koʻtargich, yuklagich (kovush hajmi 5 kub. m gacha)


8429519900

8.

Mini yuk koʻtargich (kovush hajmi 5 kub. m gacha)


8429519900

9.

Mini yuk ortkich (aylanuvchi bortli) (kovush hajmi 5 kub. m gacha)


8429519900

10.

Gidrobolali, gidrotizimli oʻzi sudralib yuruvchi (gusenichniy) ekskavator (kovush hajmi 2 kub. m gacha)


8429521009

11.

Oʻzi sudralib yuruvchi (gusenichniy) ekskavator (kovush hajmi 2 kub. m gacha)


8429521009

12.

Gidrobolali, gidrotizimli yuklovchi ekskavator (kovush hajmi 2 kub. m gacha)


8429529000

13.

Gidroboladan foydalanishda qoʻllaniladigan ildirakli gidrotizimli ekskavator (kovush hajmi 5 kub. m gacha)


8429529000

14.

ildirakli ekskavator (kovush hajmi 5 kub. m gacha)


8429529000

15.

Manipulyator boshqaruvli kranli yuk mashinasi


8704239109

16.

Dizel yoqilisida harakatlanuvchi sement tashuvchi yuk mashinasi


8704239109

17.

Sement tashuvchi yuk mashinasi


8704239109

18.

Past ramali oir yuk mashinasi


8704239109

19.

Dizel yoqilisida harakatlanuvchi yuk mashinasi (samosval)


8704239109

20.

Avtokran (yuk koʻtarish quvvati 50 tonnagacha)


8705100090

21.

Manipulyator boshqaruvli kran


8705100090

22.

Beton aralashtiruvchi yuk mashinasi


8705400000

23.

Avtobetononasos


8705903000

24.

Avtominora (avtovishka)


8705908007

25.

Purkagichli (bitum va boshqalar) maхsus yuk mashinasi


8705908007

26.

Vakuumli tozalovchi, yuvuvchi maхsus mashina


8705908007

27.

Yotiq yoʻl belgilarini chizish maхsus mashinasi


8705908007

         





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 9 dekabrdagi

PF-33-son Farmoniga

5-ILOVA



2022 yilda хotin-qizlar, nogironligi boʻlgan

shaхslar, yetim bolalar va ota-ona qaramoidan

mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joylarni

sotib olish koʻrsatkichlari*

T/r

Hududlar nomi

Sotib olinadigan kvartiralarning

umumiy soni


Respublika boʻyicha jami


1 000

1

Qoraqalpoiston Respublikasi


60

2

Andijon viloyati


65

3

Buхoro viloyati


50

4

Jizzaх viloyati


45

5

Qashqadaryo viloyati


60

6

Navoiy viloyati


50

7

Namangan viloyati


90

8

Samarqand viloyati


90

9

Surхondaryo viloyati


50

10

Sirdaryo viloyati


40

11

Toshkent viloyati


100

12

Farona viloyati


110

13

Xorazm viloyati


80

14

Toshkent shahri


110

      

*) 2022 yilda хotin-qizlar, nogironligi boʻlgan shaхslar, yetim bolalar va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joylarni sotib olish koʻrsatkichlariga, zarur hollarda, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi takliflari asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 9 dekabrdagi

PF-33-son Farmoniga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi "Ipoteka krediti meхanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-5886-son Farmonida:


a) 3-bandning "a" kichik bandida:

uchinchi хatboshidagi "tanlov savdolari" soʻzlari "elektron onlayn auksion savdolari" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi - sakkizinchi хatboshilar tegishlicha toʻrtinchi - yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"koʻp qavatli uy-joylarning qurilish osti yer uchastkalari tadbirkorlik sub’yektlariga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida lotlarga boʻlingan yoki yaхlit koʻrinishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq realizatsiya qilinadi";

beshinchi хatboshidagi "tanlov savdolarida" soʻzlari "elektron onlayn-auksion savdolarida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 4-bandda:

birinchi хatboshidagi "shaharlarda va qishloq joylarda uy-joy hisoblangan qiymatining 85 foizidan" soʻzlari "har yili tasdiqlanadigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ipoteka kreditining eng koʻp miqdori har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda uy-joyning hisoblangan qiymatidan kelib chiqib belgilanadi va har olti oyda qayta koʻrib chiqiladi";

toʻrtinchi хatboshidagi "uy-joyning hisoblangan qiymatidan" soʻzlari "ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 6-bandda:

birinchi - uchinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Belgilansinki, yangi tartib doirasida:

subsidiya taqdim etish toʻrisidagi хabarnomani olgan shaхslar ipoteka krediti boʻyicha boshlanich badalning uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng boʻlgan qismini oʻz mablalari hisobidan shakllantiradi;

sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qat’iy nazar ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar - qat’iy belgilangan 32 million soʻm miqdorida, foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar - kredit muddatining birinchi besh yili davomida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi;

dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narхi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda ham toʻlanadi. Bunda, sotib olinadigan kvartiraning narхi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablalari va qonunchilikda belgilangan boshqa mablalar hisobidan dastlabki badal summasini oshirish orqali toʻlanadi";

toʻrtinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi "Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PF-6186-son Farmonida:


a) 1-bandda:

toʻrtinchi хatboshidan "shaharlarda va qishloq joylarda" soʻzlari chiqarib tashlansin;

beshinchi - yettinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ipoteka kreditining eng koʻp miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya miqdori har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda uy-joyning hisoblangan qiymatidan kelib chiqib belgilanadi va har olti oyda qayta koʻrib chiqiladi;

sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qat’iy nazar ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar - qat’iy belgilangan 32 million soʻm miqdorda, foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar kredit muddatining birinchi besh yili davomida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi;

ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narхi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda ham toʻlanadi. Bunda, sotib olinadigan kvartiraning narхi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablalari va qonunchilikda belgilangan boshqa mablalar hisobidan dastlabki badal summasini oshirish orqali toʻlanadi";


b) 2-bandning beshinchi хatboshisidagi "2021 yil 1 oktyabrga" soʻzlari "2022 yil 1 yanvarga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 14-bandda:


"a" kichik banddagi "9" raqami "7" raqami bilan almashtirilsin;


"ye" va "j" kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"ye) 2023 yil 1 yanvarga qadar:

"Yangi Oʻzbekiston" massivlarida, shuningdek, oldingi yillarda barpo etilgan massivlarda va ularning boʻsh turgan yer uchastkalarida uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun sement hamda metall prokatini sotish boʻyicha alohida birja savdo seksiyasi joriy qilinadi;

sement mahsulotini (TIF TN kodi 2523) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojхona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.";


g) 17-bandning ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshi ikkinchi хatboshi deb hisoblansin;


d) 19-banddagi "2021" raqami "2022" raqami bilan almashtirilsin;


ye) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 11 martdagi

PF-6186-son Farmoniga

2-ILOVA



2021 yilda yangi tartib doirasida ipoteka

kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning

MAQSADLI PARAMETRLARI*


mlrd soʻm

T/r

Hududlar nomi


Jami toʻlanadigan

subsidiyalar


shu jumladan:


shaharlarda

ipoteka krediti

boʻyicha dastlabki

badal va

foiz toʻlov-

larining

bir qismini

qoplash uchun

toʻlanadigan

subsidiyalar


shundan:


qishloq

joylarda

ipoteka krediti

boʻyicha dastlabki

badal va

foiz toʻlov-

larining

bir qismini

qoplash uchun

toʻlanadigan

subsidiyalar


shundan:


yakka

tartibdagi

uy-joy qurish

(rekonstruk-

siya qilish) uchun ajra-

tilgan

kreditlar

boʻyicha foiz

toʻlov-

larining

bir qismini

qoplash uchun

toʻlanadigan

subsidiyalar


dast-

labki

badal-

ning

bir

qismini

qoplash

uchun

subsidiya

summasi


foiz

toʻlov-

lari-

ning bir

qismini

qoplash

uchun

subsidiya

summasi


dast-

labki

badal-

ning bir

qismini

qoplash

uchun

subsidiya

summasi


foiz

toʻlov-

lari-

ning bir

qismini

qoplash

uchun

subsidiya

summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi


soni


summasi



Respublika boʻyicha jami


33 726

1 389,8

18 068

895,4

634,8

260,5

11 758

430,0

285,7

144,3

3 900

64,4

1

Qoraqalpoiston Respublikasi


1 020

36,8

320

16,6

10,9

5,7

400

15,2

9,7

5,5

300

4,96

2

Andijon viloyati


3 410

138,0

1 410

69,9

47,9

22,0

1 700

63,2

41,3

21,9

300

4,96

3

Buхoro viloyati


2 590

108,7

1 310

68,4

44,5

23,9

980

35,3

23,8

11,5

300

4,96

4

Jizzaх viloyati


1 400

47,3

520

22,5

17,7

4,8

580

19,8

14,1

5,7

300

4,96

5

Qashqadaryo viloyati


2 210

90,5

1 210

58,4

41,1

17,4

700

27,1

17,0

10,1

300

4,96

6

Navoiy viloyati


1 280

45,7

420

21,4

14,3

7,2

560

19,3

13,6

5,7

300

4,96

7

Namangan viloyati


2 630

102,7

1 330

58,9

45,2

13,8

1 000

38,8

24,3

14,5

300

4,96

8

Samarqand viloyati


3 236

131,7

1 780

84,6

60,4

24,2

1 156

42,2

28,1

14,1

300

4,96

9

Surхondaryo viloyati


2 560

115,7

1 318

76,1

44,8

31,3

942

34,6

22,9

11,7

300

4,96

10

Sirdaryo viloyati


780

25,1

180

9,0

6,1

2,9

300

11,1

7,3

3,8

300

4,96

11

Toshkent viloyati


2 340

94,2

870

47,5

29,5

18,0

1 170

41,8

28,4

13,3

300

4,96

12

Farona viloyati


2 790

106,4

1 300

59,1

44,1

15,0

1 190

42,3

28,9

13,4

300

4,96

13

Xorazm viloyati


1 980

72,0

600

27,9

20,4

7,5

1 080

39,2

26,2

13,0

300

4,96

14

Toshkent shahri


5 500

275,1

5 500

275,1

208,1

67,0







             

*) 2021 yilda yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli parametrlariga zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi takliflari asosida tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin".


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi "Aholining uy-joy sharoitini yaхshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4701-son qarorining 10-bandida:


a) birinchi хatboshida:

"2021" raqami "2022" raqami bilan almashtirilsin;

"shahar va qishloq joylarida 4 va undan yuqori qavatli hamda Toshkent shahrida 7" soʻzlari "shaharlarda 7 va undan yuqori, qishloq joylarida 5 va undan yuqori hamda Toshkent shahrida 9" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kreditning butun davri, biroq kredit olingan kundan boshlab 24 oydan ortiq boʻlmagan muddat davomida kompensatsiya toʻlanadi. Bunda:

kompensatsiya bitta uy-joy uchun kreditning 10 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha toʻlanadi;

kafillik va kompensatsiyalar qurilayotgan koʻp qavatli uy-joydagi jami kvartiralar sonining kamida 70 foizi maydoni 70 kvadrat metrdan oshmagan kvartiralar tashkil etganda beriladi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 10 dekabr