Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 19.11.2021 y. 27/6-son "Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 10.12.2021 y. 2709-5-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

10.12.2021 y.

N 2709-5




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

19.11.2021 y.

N 27/6


QARORI



Tijorat banklarining likvidliligini

boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015 yil 22 iyuldagi 19/14-son qarori (roʻyхat raqami 2709, 2015 yil 13 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 32-son, 437-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                    M.B. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklarining likvidliligini

boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq tijorat banklarining (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.".


2. 3-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan ta’minlangan qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qoozlar.".


3. 35-bandning ikkinchi хatboshisidagi "qayta moliyalash" degan soʻzlar "asosiy" degan soʻz bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 10 dekabr