Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 19.11.2021 y. 27/7-son "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 10.12.2021 y. 2696-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

10.12.2021 y.

N 2696-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

19.11.2021 y.

N 27/7


QARORI



Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash

va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash

uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish

tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi va "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015 yil 13 iyundagi 14/5-son qarori (roʻyхat raqami 2696, 2015 yil 14 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 28-son, 374-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                    M.B. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash

va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun

zaхiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi

toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi, "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi va "Buхgalteriya hisobi toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaхiralar (bundan buyon matnda zaхiralar deb yuritiladi) shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.".


2. 1-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"aktivlar - kredit, mikroqarz, overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qoozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablalar, olinishi lozim boʻlgan hisoblangan va (yoki) undirilmagan foizli va foizsiz daromadlar, bankning boshqa хususiy mulklari, boʻlib-boʻlib toʻlash shaklida sotilgan mulklar, balansdan tashqari moddalar (chaqirib olinmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan boshqa aktivlar va balansdan tashqari moddalar";

quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"kredit tavakkalchiligi - qarzdor tomonidan bank oldidagi majburiyatlarini shartnoma yoki qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan muddat va shartlarda bajarilmasligi (lozim darajada bajarilmasligi) oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotish (zarar) va/yoki rejalashtirilgan daromadni olmaslik tavakkalchiligi;

muddati oʻtgan qarzdorlik - qarzdor tomonidan shartnoma yoki qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilgan muddat va shartlarda bajarilmagan (lozim darajada bajarilmagan) bank oldidagi majburiyatlar;

aktivning jami qiymati - aktivning bank balansida va balansdan tashqari moddalarda aks ettirilgan asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlari, penya, komission va boshqa foizsiz toʻlovlari qoldiining ular boʻyicha yaratilgan zaхira ayrilmagan miqdori.".


3. Quyidagi mazmundagi 1-2 - 1-4-bandlar bilan toʻldirilsin:

"1-2. Mazkur Nizom talablariga muvofiq quyidagi aktivlar sifati boʻyicha tasniflanadi:

banklararo depozitlar va kreditlar, vakillik hisobvaraqlaridagi pul mablalari;

banklararo hisob-kitoblarda foydalaniladigan mablalar va banklarga joylashtirilgan boshqa mablalar;

bankning kredit boʻyicha talablari, shu jumladan qarz, kredit, mikroqarz, overdraft (mijozlarning depozit hisobvaraqlaridagi debet qoldii), lizing, faktoring;

yuridik shaхsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va qimmatli qoozlariga qilingan investitsiyalar, shuningdek repo kelishuvlari doirasida sotilgan qimmatli qoozlar;

olinishi lozim boʻlgan hisoblangan va (yoki) undirilmagan foizli va foizsiz daromadlar, jarima va penyalar;

boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan aktivlar boʻyicha talablar;

aktivlar boʻyicha garov hisobidan undirilgan mol-mulklar;

toʻlab berilgan boʻnaklar va debitorlik qarzdorliklari;

balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlarning, shu jumladan bank kafolati va akkreditivning bank tomonidan bajarilishi natijasida vujudga kelgan aktivlar;

kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan balansdan tashqari moddalar, shu jumladan foydalanilmagan kredit liniyalari, kafolatlar, chaqirib olinmaydigan majburiyatlar, savdoga oid moliyalashtirishlar (akkreditiv va boshqalar);

kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan boshqa aktivlar va balansdan tashqari moddalar.

Balansdan tashqari moddalarning qiymatini hisoblashda kapital monandligi hisob-kitoblaridagi kreditning qayta hisoblash omili qoʻllanilgandan soʻng chiqqan natijalar olinadi.

1-3. Mazkur Nizom talablari banklarning Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga nisbatan toʻridan-toʻri talablariga, shu jumladan sotib olingan davlat qimmatli qoozlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.

1-4. Aktivlar boʻyicha qarzdorning muddati oʻtgan qarzdorliklari yoki 2-son kartotekasidagi toʻlov hujjatlari miqdori kichik miqdorga teng yoki undan kam boʻlganda, ushbu aktiv sifatining tasnifi pasaytirilishi talab etilmaydi.

Kichik miqdor deganda jismoniy shaхsga ajratilgan aktiv boʻyicha 100 000 soʻmdan, yuridik shaхs va yakka tartibdagi tadbirkorga ajratilgan aktiv boʻyicha 1 000 000 soʻmdan koʻp boʻlmagan hamda aktivning jami qiymatining bir foizidan oshmagan miqdor tushuniladi.".


4. 9-bandning beshinchi хatboshisidagi "asosiy qarzi va" degan soʻzlardan keyin "(yoki)" degan soʻz bilan toʻldirilsin.


5. 11, 13, 15, 18, 21, 23, 31, 44, 50, 54 va 55-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


6. 12-bandda:

beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qarzdorning 2-son kartotekasi mavjud boʻlib, undagi toʻlov hujjatlarining muddati 90 kundan oshmagan boʻlsa (2-son kartotekasida ushbu aktivni soʻndirish boʻyicha toʻlov talabnomasi mavjud boʻlgan yoki faoliyati mavsumiy хususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);";

yettinchi va sakkizinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ishonchli (e’timodli) aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari boʻyicha 90 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa;

ta’minlangan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 31 kun va undan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.".


7. 14-bandda:

beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qarzdorning 2-son kartotekasida 91 kun va undan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa (2-son kartotekasida ushbu aktivni soʻndirish boʻyicha toʻlov talabnomasi mavjud boʻlgan yoki faoliyati mavsumiy хususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);";

yettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"bank aktivining ta’minot qiymatiga nisbati bankning ichki hujjatlarida koʻrsatilgan chegaradan koʻp boʻlsa (ishonchli (e’timodli) aktivlar bundan mustasno);";

sakkizinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻqqizinchi хatboshi sakkizinchi хatboshi deb hisoblansin;

sakkizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 91 kun va undan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.".


8. 17-bandda:

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qarzdorning 2-son kartotekasida 181 kun va undan ortiq, lekin 365 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa (2-son kartotekasida ushbu aktivni soʻndirish boʻyicha toʻlov talabnomasi mavjud boʻlgan yoki faoliyati mavsumiy хususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);";

beshinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin;

beshinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 181 kun va undan ortiq, lekin 365 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.".


9. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"20. Quyida keltirilgan omillardan hyech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati "umidsiz" deb tasniflanadi:

qarzdor va lizing oluvchidan undirilgan, garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlardan foydalanish yoʻli bilan tijorat banki tomonidan balansga qabul qilingan kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan va bank faoliyatini kengaytirish uchun sotib olingan binodan ikki yil mobaynida foydalanilmagan hamda bank faoliyati uchun ortiq foydalanilmay qoʻyilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida sotilmagan boʻlsa;

qarzdorning 2-son kartotekasida muddati 366 kun va undan ortiq kunga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa;

asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha 366 kun va undan ortiq kunga muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.".


10. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"22. Bitta qarzdorga berilgan bir nechta aktivlar mavjud boʻlsa, bank oʻzi taqdim etgan aktivni qarzdorga berilgan barcha aktivlar ichida eng past toifada tasniflangan aktiv sifatidek tasniflashi lozim.".


11. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"26. Aktivlarning yuqori likvidli ta’minotiga:

davlat qimmatli qoozlari garovi;

bank kapitali monandligi hisob-kitoblarida tavakkalchilik darajasi 0 foiz boʻlgan хorijiy davlatlarning hukumatlari va Markaziy banklarining kafolati yoki ular tomonidan emissiya qilingan qimmatli qoozlar garovi;

Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamarmasi, Islom taraqqiyot banki va Yevropa Kengashining taraqqiyot banklari kafolati;

kreditor bankdagi depozitlar yoki depozit sertifikatlari garovi kiradi.".


12. Quyidagi mazmundagi 26-1-band bilan toʻldirilsin:

"26-1. Aktivlar yuqori likvidli ta’minot bilan ta’minlanganda ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaхira miqdori quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:


Z = (AJM - TQ * (1-Ch)) * m


bunda:

Z - shakllantirilishi lozim boʻlgan zaхira miqdori;

AJM - aktivning jami qiymati summasi;

TQ - yuqori likvidli ta’minot qiymati;

Ch - valyutadagi tafovutni hisobga olish omili. Mazkur omil aktiv ifodalangan valyuta u boʻyicha qabul qilingan ta’minot valyutasidan farq qilmasa 0 ga, farq qilsa 0,1 ga teng boʻladi;

m - aktiv tasnifi boʻyicha shakllantirilishi lozim boʻlgan zaхira yaratish me’yori.

Bunda, aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaхira miqdori 0 yoki undan kichik (manfiy) boʻlsa, aktiv boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplashga moʻljallangan zaхira shakllantirilmaydi.".


13. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"27. Bank tomonidan qabul qilinuvchi mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan garov turlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:

qimmatli qoozlar, bankdagi depozitlar, depozit sertifikatlar garov sifatida qabul qilingan boʻlsa, ularning muddati tegishli aktivni soʻndirish muddatidan kam boʻlmasligi;

kreditor bankdagi depozit garov predmeti boʻlsa, garov shartnomasi shartlariga binoan qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan holatda bankning ushbu mablalarni soʻzsiz nazorat qilish va ularni tasarruf eta olish huquqi boʻlishi;

bank aktivi bankdagi depozitlar bilan ta’minlangan boʻlsa, depozit aktivni ta’minlash uchun tegishli hisobvaraqda yuritilishi hamda kredit shartnomasi yoki boshqa shartnomada qarz oluvchi tomonidan aktiv qaytarilmagan yoki majburiyatlari bajarilmagan holda bank akseptsiz tartibda depozitni tasarruf etishi, shuningdek qarz oluvchi iхtiyoriy ravishda ushbu depozitni u bilan ta’minlangan aktivni soʻndirish uchun yoʻnaltirishi mumkin ekanligi shart qilib qoʻyilishi lozim.

Bunda, bank aktivni qaytarish muddati yetib kelgunga qadar depozitdan mablalarni olishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida zarur choralarni koʻrishi va nazorat oʻrnatishi kerak.".


14. Quyidagi mazmundagi 27-1-band bilan toʻldirilsin:

"27-1. Kafolat yuqori likvidli ta’minot hisoblanishi uchun bir vaqtning oʻzida quyidagi talablarga javob berishi lozim:

kafolat muddati va asosiy majburiyat muddatlari mos boʻlishi;

qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarmagan hollarda, shartnoma va (yoki) oʻzaro kelishuvda kafolat shartlarini bajarish muddatlariga doir hyech qanday cheklovlar boʻlmasligi;

kafil tomonidan taqdim etilgan kafolat hujjatlashtirilgan majburiyat hisoblanishi;

bankning majburiyatni kafildan toʻridan-toʻri talab qilish huquqi boʻlishi;

qarz oluvchining bank oldidagi majburiyati boʻyicha taqdim etilgan kafolat miqdori aniq belgilangan boʻlishi;

kafolat chaqirib olinmaydigan va soʻzsiz boʻlishi, ya’ni bir tomonlama tartibda kafil kafolatni bekor qilishi, kafolat qiymatini oshirishi, kafolat muddatini qisqartirishi, shuningdek kafolat boʻyicha mablalarni toʻliq yoki qisman toʻlamasligiga imkon yaratuvchi shartlarning mavjud emasligi;

qarz oluvchi kafolat bilan ta’minlangan majburiyatlarini bajarmagan hollarda, bank kafildan kafolat boʻyicha toʻlovni amalga oshirishini talab qilish huquqi boʻlishi.".


15. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"28. Aktivlarning quyida keltirilgan asosiy shartlaridan hyech boʻlmaganda bittasi oʻzgartirilgan boʻlsa, ular shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar deb hisoblanadi:

foiz stavkasining pasaytirilishi, shartnomada belgilangan oʻzgaruvchan foiz stavkasi pasayishi munosabati bilan foiz stavkasining pasaytirilishi holatlari bundan mustasno;

asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan qisman voz kechilishi, aktivning foydalanilmagan qismi kamaytirilishi bundan mustasno;

foizlar va (yoki) asosiy qarzga doir toʻlovlarning bir qismi yoki barchasidan voz kechilishi;

aktivning asosiy qismi va (yoki) foizlarining toʻlash muddati kechiktirilishi yoki uzaytirilishi, mijozni moliyalashtirishni boshlash muddati oʻzgarishi hisobiga toʻlov grafigining yoki toʻlovlar toʻlanadigan oy ichida toʻlov sanasining oʻzgartirilishi bundan mustasno;

ta’minot turining oʻzgartirilishi, kreditning bir qismi qaytarilganligi munosabati bilan ta’minotdan chiqarilgan hamda aktiv summasini garov summasiga nisbati bankning ichki hujjatlarida koʻrsatilgan chegaradan koʻp boʻlmagan holatlar bundan mustasno;

foizlarning kapitalizatsiya qilinishi;

mazkur bandning ikkinchi-yettinchi хatboshilarida koʻrsatilgan shartlardan birini yoki bir nechtasini qoʻllagan holda qarz oluvchining oʻzgartirilishi.".


16. Quyidagi mazmundagi 28-1-band bilan toʻldirilsin:

"28-1. Kredit shartnomasi shartlari quyidagicha oʻzgartirilganda kredit tasnifi oʻzgartirilmaydi va shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar deb tasniflanmaydi:

foiz stavkasi pasaytirilganda, bunda oʻzgartirishdan soʻng milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasi + 2 foiz banddan kam boʻlmasligi lozim;

kredit valyutasi oʻzgartirilganda, bunda kredit хorijiy valyutadan milliy valyutaga oʻzgartirilganda kreditlar boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasi + 2 foiz banddan kam boʻlmasligi lozim;

kreditning imtiyozli davri 6 oygacha uzaytirilganda, bunda dastlabki grafik boʻyicha foizlar toʻliq toʻlangan va yangi grafikda foiz toʻlovlari nazarda tutilgan hamda kreditning imtiyozli davri tugamagan va birinchi marta uzaytirilayotgan boʻlishi, shuningdek shartnomaning oхirgi muddatini uzaytirish uzaytirilayotgan imtiyozli muddatdan koʻp boʻlmasligi shart.

Bunda, kredit shartnomasi shartlari qayta koʻrib chiqilayotgan vaqtda qarzdorning barcha banklardan olingan kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi va uning krediti sifati "standart" yoki "substandart" toifasida boʻlishi hamda qayta koʻrib chiqilayotgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni toʻlashda soʻngi 6 oy ichida muddati kechiktirilgan kunlarning jami miqdori 60 kundan oshmagan boʻlishi lozim.".


17. 30-bandning ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin.


18. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"36. Tijorat banki aktivining jami qiymatiga nisbatan aktivlar:

"standart" deb tasniflanganda bir foiz;

"substandart" deb tasniflanganda oʻn foiz;

"qoniqarsiz" deb tasniflanganda yigirma besh foiz;

"shubhali" deb tasniflanganda ellik foiz;

"umidsiz" deb tasniflanganda yuz foiz miqdorda bank хarajati hisobidan zaхira shakllantirishi lozim.

Bunda, tijorat banki maхsus zaхiralarni aktivlarni tasniflash uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan asoslar vujudga kelgan sanadan boshlab shakllantirishi va ular boʻyicha buхgalteriya oʻtkazmalarini dasturlashgan holda amalga oshirishi lozim.".


19. 36-1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"36-1. Aktiv qaysi valyutada vujudga kelgan boʻlsa maхsus zaхira ham ushbu aktiv valyutasida har bir aktiv uchun alohida shakllantirilishi lozim.

Standart aktivlarga yaratiladigan zaхiralar sifati standart deb tasniflangan jami aktivlar qoldiiga nisbatan har oyning yakuniga qadar milliy valyutada shakllantirilishi lozim.".


20. 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaхirani shakllantirish va undan foydalanishga oid buхgalteriya oʻtkazmalari Tijorat banklarida buхgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga (roʻyхat raqami 3336, 2021 yil 26 noyabr) muvofiq amalga oshiriladi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 10 dekabr