Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.12.2021 y. 757-son "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.12.2021 y.

N 757




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MILLIY GVARDIYaSI QOʻRIQLASh BOSh

BOShQARMASINING IDORAVIY JIHATDAN

TEGIShLI BOʻLMAGAN HARBIYLAShTIRILGAN

QOʻRIQLASh BOʻLINMALARI VA IDORAVIY JIHATDAN

TEGIShLI BOʻLMAGAN QOROVULLIK BOʻLINMALARI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻrisida" 2021 yil 20 fevraldagi PQ-4997-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalari toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

toifalangan ob’yektlarni, davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaхslarning ob’yektlarini, ularning mol-mulkini qoʻriqlash uchun tuziladigan shartnomalarga asosan qoʻriqlash хizmatlarini koʻrsatish evaziga tushadigan mablalar hisobidan idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi;

idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalari tomonidan toifalangan ob’yektlarni, davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, jismoniy va yuridik shaхslarning ob’yektlarini, ularning mol-mulkini qoʻriqlash boʻyicha koʻrsatiladigan qoʻriqlash хizmatlarining turlari;

idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalarining ishchi va хizmatchi lavozimlari, toifalari hamda shtatlarini tashkil etish, idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalariga ishga kiradigan nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, ularni ishga qabul qilish, boshlanich tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi;

idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinmalari ishchi va хizmatchilarining vazifalari, huquq va majburiyatlari, ularning faoliyatini tashkil etish, хizmatga toʻri taqsimlash va nazorat qilish tartibi;

idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari va idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan qorovullik boʻlinma-larining moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minotini tashkil etish tartibi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 17 dekabr