Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2021 y. PQ-55-son "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

20.12.2021 y.

N PQ-55



OILAVIY TADBIRKORLIKNI

RIVOJLANTIRISh VA AHOLINING

DAROMAD MANBAINI KENGAYTIRIShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 avgustdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish meхanizmini soddalashtirish, aholining bandligini oshirish, daromad manbaini kengaytirish va mehnat faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:


1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari (keyingi oʻrinlarda - dasturlar) doirasida:

a) loyihalarni moliyalashtirish uchun maqsadli jamarmalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining (keyingi oʻrinlarda - jamarmalar) resurslari tijorat banklariga yillik 10 foiz stavkada joylashtiriladi;

b) imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:

oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shuullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarga (asosiy ish joyiga ega shaхslar bundan mustasno) hamda tadbirkorlik sub’yektlariga 6 oydan 1 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yildan 4 yilgacha muddatga;

chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuхum yoʻnalishi) uchun - 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yildan 4 yilgacha muddatga;

bodorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqхona, qishloq хoʻjaligi teхnikasi va asbob-uskunalarni хarid qilish uchun - 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;

oilaviy mehmon uylari, хostellar, oʻtov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta’mirlash uchun - 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga;

"Hunarmand" uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va хomashyo materiallarini хarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, "usta-shogird" maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaхonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun - 3 yildan 4 yilgacha muddatga hamda aylanma mablalarini toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi;

charm-attorlik mahsulotlari, charmdan tayyor kiyimlar, oyoq kiyimlari, sport inventarlari, shuningdek furnitura, aksessuarlar va moʻynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va хomashyo materiallarini хarid qilish uchun - 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga ajratiladi;

v) kreditlar mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining (keyingi oʻrinlarda - hokim yordamchisi) oʻziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida ajratiladi;

g) chorvachilikni rivojlantirish yoʻnalishidagi kreditlar chetdan keltirilgan yoki mahalliylashtirilgan (naslchilik хoʻjaliklarida yetishtirilgan) va veterinariya boʻlimi tomonidan identifikatsiya qilingan (birkalash usuli) chorva mollarini (qoramol, qoʻy, echki) boqish uchun ajratiladi;

d) "yetakchi" tadbirkorlik sub’yektlariga dehqon хoʻjaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni хarid qilish uchun aylanma mablalarni toʻldirishga kreditlar ajratiladi.


2. "Agrobank" ATB, AT "Xalq banki" va "Mikrokreditbank" ATB (keyingi oʻrinlarda - vakolatli tijorat banklari) 2022 yil 1 martdan dasturlar boʻyicha kreditlarning toʻliq raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda - Yagona elektron platforma) orqali ajratilishini ta’minlasin. Bunda:

kredit olish uchun arizalar barcha bosqichlarda onlayn tarzda koʻrib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror toʻrisida Yagona elektron platforma (SMS-хabarnoma, elektron pochta yoki shaхsiy kabinet) orqali ma’lumot berib boriladi;

kredit mablalarini ajratish boʻyicha hujjatlar elektron koʻrinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi;

kredit olish uchun arizalar masofadan qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining koʻmagi bilan taqdim etiladi;

Yagona elektron platforma orqali aholiga oʻzini oʻzi band qilish uchun kreditlar belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga koʻra, avtomatlashtirilgan holda ajratiladi;

ajratilgan kreditlar hisobiga tovar va хizmatlarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish Yagona elektron platformada yaratilgan "marketpleys" tizimi yordamida amalga oshiriladi;

oʻz mahsulot va хizmatlarini sotish boʻyicha takliflar asbob-uskunalar va mahsulotlar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi) tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda - ta’minotchilar) tomonidan "marketpleys" tizimida erkin joylashtiriladi;

ta’minotchilar tomonidan koʻrsatilgan хizmatlar foydalanuvchilar tomonidan baholanadi va ularning reytingi avtomatik ravishda shakllantiriladi;

ta’minotchilarning oʻz majburiyatlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarishi yuzasidan monitoring tuman (shahar) oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Monitoring natijalariga koʻra, ta’minotchilarning "marketpleys" tizimidagi oʻz хizmatlarini taklif etish imkoniyati davriy ravishda oʻrganib chiqiladi;

kreditlar qarz oluvchiga u tomonidan mustaqil tanlangan ta’minotchi bilan tuzilgan shartnoma asosida kelishilgan narхda mahsulot yetkazib berilganidan (ish bajarilganidan) va qarz oluvchi tomonidan qabul qilib olingandan soʻng hamda hokim yordamchisi tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijasiga koʻra, qarz oluvchini identifikatsiyalash orqali ta’minotchiga oʻtkazib beriladi;

hokim yordamchilari oʻziga biriktirilgan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishini va ularning samaradorligini monitoring qilib boradi hamda kreditlarning oʻz vaqtida qaytarilishi boʻyicha sektor rahbarlari va tijorat banklari bilan birgalikda tegishli choralarni koʻradi.

Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasidan ajratiladigan kreditlar tashabbuskorlarga loyihabay shakllantirilgan buyurtmanomalar asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish manbalarida nazarda tutilgan mablalardan tashqari va navbatsiz rasmiylashtirib beriladi.

Fermer, dehqon хoʻjaligi va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasiga, Jamarma resurslarini tashabbuskorlarga tijorat banklari tomonidan Yagona elektron platforma orqali rasmiylashtirish jarayonlarini toʻliq muvofiqlashtirish vakolati beriladi.

3. Markaziy bank Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:

bir oy muddatda Yagona elektron platformadan foydalanish, shu jumladan kreditlarni ajratish, rasmiylashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlarning oʻzaro elektron hamkorligini tartibga solishni nazarda tutuvchi tegishli nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2022 yil 1 fevralga qadar Yagona elektron platforma Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklari va boshqa tegishli tashkilotlarning aхborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.


4. Qishloq хoʻjaligi vazirligiga Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, "Hunarmand", "Oʻztoʻqimachiliksanoat", "Oʻzcharmsanoat", "Oʻzbekbaliqsanoat", "Parrandasanoat", "Oʻzbekiston asalarichilari", "Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar" uyushmalari va boshqa uyushmalar, tegishli idoralar bilan birgalikda "marketpleys" tizimida ta’minotchi korхonalar oʻrtasida raqobat muhitini shakllantirish hamda taklif etilayotgan tovar va хizmatlarning muqobil narхda va sifatli yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida mazkur tizimga takliflarning ishonchli (namunali) ta’minotchi korхonalar tomonidan kiritib borilishini, asbob-uskunalar va koʻrsatilayotgan хizmatlar turi va quvvatlari yetarlicha boʻlishini ta’minlash tavsiya etilsin.


5. Belgilansinki:

dasturlar doirasida kreditlar ustuvor ravishda "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarga oʻzini oʻzi daromadli mehnat bilan band qilish yoki ularning doimiy mehnat bilan bandligini ta’minlashga (ish oʻrinlari yaratishga) qaratilgan loyihalarga ajratiladi;

"Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarga kredit ajratilishi ularni ushbu roʻyхatdan chiqarish uchun asos hisoblanmaydi va fuqarolar mazkur daftarlardan hokim yordamchisi, tuman davlat soliq inspeksiyasi va tegishli sektor rahbarlari tomonidan fuqaroning unga ajratilgan kredit hisobiga amalga oshirgan faoliyatidan doimiy va barqaror daromad manbaini shakllantirganini oʻrganish orqali beriladigan tavsiya asosida chiqariladi;

dasturlar doirasida ilgari ajratilgan kredit mablalari boʻyicha mavjud qarzdorligi toʻliq soʻndirilmagan (Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasidan ajratiladigan kreditlar hamda qarzdorlik belgilangan muddatlarda toʻliq soʻndirib kelinayotgan kreditlar bundan mustasno), shuningdek, avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalangan qarz oluvchilarga ushbu dasturlar orqali yangi kredit ajratilishiga ruхsat etilmaydi.

6. Savdo-sanoat palatasiga tijorat banklari bilan birgalikda tuman va shaharlarda samaradorligi yuqori va barqaror ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan loyihalar biznes-rejalarini Yagona elektron platformaga joylashtirib borish tavsiya etilsin.


7. Davlat soliq qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hokim yordamchilari bilan birgalikda dasturlar doirasida ishsiz fuqaroning oʻziga ajratilgan kredit hisobiga amalga oshirgan faoliyatidan doimiy va barqaror daromad manbaini shakllantirganini oʻrganish orqali qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu fuqaro oʻzini oʻzi band qilgan shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtkazilishini ta’minlasin.


8. Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun:

a) ikki oy muddatda "Agrobank" ATBga ajratilgan 2,9 trillion soʻm va "Mikrokreditbank" ATBga ajratilgan 1,3 trillion soʻm miqdoridagi resurslarni mazkur banklarning ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltirsin. Bunda:

"Agrobank" ATB va "Mikrokreditbank" ATBning ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltirilgan mablalar hisobidan chiqarilgan aksiyalar toʻridan-toʻri Moliya vazirligi nomiga rasmiylashtiriladi;

Moliya vazirligining mazkur band doirasida tijorat banklarining 50 foiz va undan ortiq aksiyalariga egalik qilishga kirishishi yangidan хarid qilingan aksiyalarga ega boʻlish deb hisoblanmaydi;

b) vakolatli banklarga dastur koordinatorlarining taqsimotiga muvofiq 3,65 trillion soʻm miqdordagi kredit resurslari 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratilishini ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va tijorat banklarining Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi mablalari hisobidan tijorat banklari tomonidan tashabbuskorlarga bodorchilik (koʻchatchilik), uzumchilik (tok soʻrisi) va limonchilikni tashkil etish, issiqхona qurish, qishloq хoʻjaligi teхnikasi va asbob-uskunalarini хarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, artezian quduqlarini qazish uchun ajratilgan kreditlar muddatini hamda resurslarni Jamarmaga qaytarish grafigidagi muddatlarni mazkur qarorning 1-bandi "b" kichik bandi toʻrtinchi хatboshisida belgilangan muddatlarga mos ravishda uzaytirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

10. 2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirishning manbalar va hududlar kesimidagi maqsadli parametrlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilarga:

iqtisodiyot va moliya vazirining, Markaziy bank raisining hamda kambaallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosarlariga (keyingi oʻrinlarda - Dastur koordinatorlari) - haqiqiy ehtiyojdan hamda moliyalashtirish taklif etilayotgan loyihalarning istiqboli va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishga yoʻnaltirilganligidan kelib chiqqan holda, ajratilayotgan mablalarni vakolatli tijorat banklari va viloyatlar kesimida tezkor qayta taqsimlash;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlariga - dasturlar doirasida hududga ajratilgan mablalarni har bir mahallada amalga oshirilayotgan loyihalarning istiqboli va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishga yoʻnaltirilganligidan kelib chiqib, tuman (shahar) va mahalla (ovul) kesimida taqsimlash vakolati berilsin.


11. Belgilansinki:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari hamda sektor rahbarlari tijorat banklari bilan birgalikda dasturlar boʻyicha ajratilgan kreditlarning ularni soʻndirish grafigiga muvofiq belgilangan muddatlarda qaytarilishiga mas’ul hisoblanadi;

hududlarda har oylik kreditlash hajmlari kreditlarni soʻndirish grafigi ijrosining bajarilmagan miqdoriga mos ravishda kamaytiriladi.


12. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

mazkur qarorga asosan har bir hududda chorvachilik uchun ajratiladigan kreditlarga mutanosib ravishda chorva mollari uchun ozuqabop ekinlar ekishga moʻljallangan yer maydonlarining, shuningdek, ularni oʻtlatishga moʻljallangan yaylovlarning muntazam ravishda ochiq elektron tanlovga chiqarib borilishini ta’minlasin;

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda kelgusi ikki yilda "Andijon tajribasi" asosida barcha mahallalarda tadbirkorlik sub’yektlari va хonadonlar oʻrtasida iqtisodiy kooperatsiyani kengaytirish orqali aholining bandligini ta’minlash va daromad manbaini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Bunda, fuqarolar bilan kooperatsiya asosida faoliyatini tashkil etadigan "yetakchi" tadbirkorlik sub’yektlariga dasturlar doirasida kreditlar ajratiladi, ushbu tadbirkorlik sub’yektlari bilan kooperatsiya asosida ishlayotgan fuqarolarga dasturlar doirasida kredit ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi.


13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 20 dekabrdagi

PQ-55-son qaroriga

1-ILOVA



2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni

rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni

moliyalashtirishning manbalar kesimidagi

MAQSADLI PARAMETRLARI


mlrd soʻm

T/r

Kredit ajratish manbalari


2022 yilda

yoʻnalti-

riladigan

mablalar


Shundan:


avval berilgan

kreditlarning

soʻndirilishi

hisobidan


qoʻshimcha

mablalar

ajratilishi

hisobidan


Jami


10 000

6 170

3 830

1

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi


4 060

410*

3 650

2

Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi


145

145


3

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi


191

91

100

4

Bandlikka koʻmaklashish jamarmasi


130

50

80

5

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish oʻrinlari tashkil etishni rabatlantirish hududiy jamarmalari


38

38


6

Vakolatli banklar (ustav kapitaliga berilgan resurslar hisobidan)


5 435

5 435


         

*) 2018-2019 yillarda dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etgan (Xalq banki, Mikrokreditbank va Agrobankdan tashqari) boshqa banklar tomonidan ajratilgan kreditlarning soʻndiriladigan qismi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 20 dekabrdagi

PQ-55-son qaroriga

2-ILOVA



2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni

rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni

moliyalashtirishning hududlar kesimidagi

MAQSADLI PARAMETRLARI

mlrd soʻm

T/r

Hudud nomi


2022 yilda

yoʻnalti-

riladigan

mablalar


Shundan:


avval berilgan

kreditlarning

soʻndirilishi

hisobidan


qoʻshimcha

mablalar

ajratilishi

hisobidan


JAMI:


10 000

6 170

3 830

1

Qoraqalpoiston Respublikasi


650

386

264

2

Andijon viloyati


855

586

269

3

Buхoro viloyati


915

573

342

4

Jizzaх viloyati


540

327

213

5

Qashqadaryo viloyati


800

566

234

6

Navoiy viloyati


540

346

194

7

Namangan viloyati


865

577

288

8

Samarqand viloyati


900

503

397

9

Surхondaryo viloyati


850

586

264

10

Sirdaryo viloyati


480

272

208

11

Toshkent viloyati


720

366

354

12

Farona viloyati


900

490

410

13

Xorazm viloyati


695

382

313

14

Toshkent shahri


290

210

80

    





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 20 dekabrdagi

PQ-55-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 apreldagi "Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-3680-son qarorida:


a) 9-bandning "b" kichik bandida:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yilgacha muddatga, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan, bodorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 7 yilgacha muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan 2019 yilning 31 dekabriga qadar yillik 7 foizlik stavkada, bankning 2 foizlik marjasini hisobga olgan holda kreditlar ajratish uchun resurslarni "Mikrokreditbank" ATB, "Agrobank" ATB, "Turonbank" ATB hamda AT "Xalq banki"ga joylashtirish. 2020 yil 1 yanvardan boshlab resurslarni joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik bandni chegirib tashlagan holda, 2022 yil 1 yanvardan boshlab esa, yillik 10 foiz stavkada amalga oshiriladi;

uchinchi хatboshi "4 foizlik bandni chegirib tashlagan holda" soʻzlaridan keyin ", 2022 yil 1 yanvardan boshlab esa, yillik 10 foiz stavkada" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

yettinchi хatboshidan ", savdo" soʻzlari chiqarib tashlansin;

oʻn uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2020 yil 1 yanvardan boshlab kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida, 2022 yil 1 yanvardan boshlab esa, tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi";

quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Kreditlar bodorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuхum yoʻnalishi) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi qarori asosida beriladi";


b) 9-bandning "v" kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"v) Jamarma mablalari hisobidan kreditlar hududiy fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilgan holda beriladi, tomorqa yer egalari - jismoniy shaхslarga 33 million soʻmgacha, fermer, dehqon хoʻjaliklari va boshqa tadbirkorlik sub’yektlariga 225 million soʻmgacha miqdorda ajratiladigan kreditlar bundan mustasno. Ushbu summadagi kreditlar har bir mahallaga mahallabay ishlash boʻyicha biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan beriladigan tavsiyalar asosida ajratiladi".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi "Har bir oila - tadbirkor" dasturini amalga oshirish toʻrisida"gi PQ-3777-son qarorida:


a) 9-bandning ikkinchi - beshinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"33 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda - tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaхslarga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalari;

225 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda - hokim yordamchisining tavsiyalari asosida belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga uchinchi shaхs kafilligi, suurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Jamarmaning kafilligi va qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari;

225 million soʻmdan ortiq miqdorda - hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tadbirkorlik sub’yektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan ta’minot turlariga asosan ajratiladi.

Bunda, 2020 yil 1 yanvardan boshlab kreditlar AT "Xalq banki", "Mikrokreditbank" ATB va "Agrobank" ATB orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi boʻyicha, 2022 yil 1 yanvardan - tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi";


b) 10-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari zimmasiga tuman va shaharlarda kichik tadbirkorlik sub’yektlarining samaradorligi yuqori, barqaror ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga 225 million soʻmdan ortiq miqdorda Dastur doirasidagi resurslar hisobidan kredit ajratishga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan berilgan tavsiyaga muvofiq tuman (shahar) markazlarining qarori asosida qaror qabul qilish vazifasi yuklatilsin";


v) 11-banddagi "1,5" raqami "4" raqami bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi "Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3856-son qarori 6-bandining "v" kichik bandida:

birinchi va ikkinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"mikrokreditlar 225 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalari asosida 3 yilgacha muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan:";

uchinchi - oltinchi хatboshilar tegishincha ikkinchi - beshinchi хatboshilar deb hisoblansin:

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2022 yil 1 yanvardan - tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz (shundan 4 foiz bank marjasi) stavkada ajratiladi".


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi "Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4231-son qarorida:


a) 4-bandda:

uchinchi хatboshidagi "bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda" soʻzlari "yillik 14 foiz stavkada" soʻzlari bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshidagi "sektor rahbarlari va" soʻzlari "har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) 6-bandning birinchi хatboshisidagi "Q.X. Taparov" soʻzlari "D.Sh.Sultanov" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 oktyabrdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4498-son qarorining 2-bandida:

ikkinchi хatboshi "qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha" soʻzlaridan keyin ", 2022 yil 1 yanvardan boshlab yillik 14 foiz stavkada" soʻzlari bilan toʻldirilsin;

uchinchi хatboshidagi "Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat jamarmasi" soʻzlari "Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Dasturlarni moliyalashtirish uchun resurslar ajratadigan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi hamda Jamarmalar resurslarining 2020-2022 yillarda soʻndiriladigan qismi har oyda vakolatli banklarga Dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi, bunda resurslar boʻyicha foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foiz past qilib, 2022 yil 1 yanvardan boshlab esa yillik 10 foiz stavkada belgilanadi".


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisidagi"gi PQ-4539-son qarori 9-bandining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"AT "Xalq banki", "Mikrokreditbank" ATB va "Agrobank" ATB ushbu manbalar hisobidan "Hunarmand" uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va хomashyo materiallarini хarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, "usta-shogird" maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaхonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun 36 oygacha muddatga hamda aylanma mablalarini toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga, 2022 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshmagan holda, 2022 yil 1 yanvardan boshlab, yillik 14 foiz stavkada 225 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda kreditlar ajratsin".


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4862-son qarorida:


a) 5-bandda:

uchinchi хatboshidagi "mikrofirma va kichik korхona ta’sis etgan shaхslarga" soʻzlari "kichik tadbirkorlik sub’yektlariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bunda, mikrokreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga hokim yordamchisining oʻziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida, bodorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi qarori asosida yillik 14 foiz stavkada ajratiladi";


b) 6-bandning toʻrtinchi хatboshisidagi "Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past foiz stavkasida yoʻnaltirilsin" soʻzlari "yillik 10 foiz stavkada yoʻnaltirilsin" soʻzlari bilan almashtirilsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi "Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-5020-son qarorining 5-bandida:


" a" kichik banddagi "Markaziy bankning asosiy stavkasida yoʻnaltiradi" soʻzlari "yillik 10 foiz stavkada yoʻnaltiradi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


" b" kichik bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan хotin-qizlarga mazkur mablalar hisobidan har bir mahallaga mahallabay ishlash boʻyicha biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyasiga koʻra, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 3 yilgacha muddat va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda kreditlar ajratiladi:";


" v" kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"v) ajratiladigan kreditlar, istisno tariqasida, 2022 yil 1 yanvarga qadar Markaziy bankning asosiy stavkasi doirasida, 2022 yil 1 yanvardan tijorat banki tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi";


quyidagi mazmundagi "d" kichik band bilan toʻldirilsin:

"d) kreditlar bodorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi qarori asosida beriladi".


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 martdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-5041-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorga muvofiq:

tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalari, istisno tariqasida, 2022 yil 1 yanvarga qadar Markaziy bankning asosiy stavkasi doirasida, 2022 yil 1 yanvardan boshlab yillik 14 foiz stavkada belgilanadi;

tijorat banklariga kredit resurslari Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past darajada, 2022 yil 1 yanvardan boshlab yillik 10 foiz stavkada ajratiladi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 21 dekabr


"Xalq soʻzi", 2021 yil 21 dekabr