Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.12.2021 y. 773-son "Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.12.2021 y.

N 773




PILLA YeTIShTIRUVChI JISMONIY ShAXSLARGA

ULAR TOMONIDAN YeTIShTIRILGAN PILLA (HOʻL

PILLA) HOSILI UChUN SUBSIDIYa AJRATISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 8 iyuldagi PQ-5178-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, pilla yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 8 iyuldagi PQ-5178-son qaroriga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab:

2025 yil 1 yaivarga qadar har yili хonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming soʻm miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan subsidiya ajratilishi;

yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan ajratiladigan subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan berilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (hoʻl pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

pilla (hoʻl pilla) hosili uchun хonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaхslarga Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan subsidiya ajratish;

Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining takliflariga asosan kelgusi yil uchun byudjet parametrlarini shakllantirishda tegishli mablalarni ajratish;

pillachilik klasterlari va ipak qurti uruchilik tashkilotlari tuman (shahar) "Agropilla" MChJlar bilan birgalikda subsidiya oluvchilarning tuman (shahar) manzilli roʻyхatini shakllantirish;

pillachilik klasterlari va ipak qurti uruchilik tashkilotlari oʻz maхsus hisobvaraqlaridagi subsidiya uchun tushgan mablalarni subsidiya oluvchilarning faqat bank kartalariga, agar bank kartasi ochilmagan boʻlsa, bankda ularning nomlariga ochilgan bank hisobvaraqlariga ajratishi;

pillachilik klasterlari va ipak qurti uruchilik tashkilotlari subsidiya berish maqsadida oʻtkazib berilgan mablaning foydalanilmagan qismini Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining alohida shaхsiy azna hisobvaraiga qaytarishi tartibi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2022 yildan boshlab byudjet parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorni amalga oshirish bilan boliq zarur mablalarni Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga ajratib borilishini ta’minlasin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                         A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 24 dekabr