Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tovar-хom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 27.12.2021 y. 777-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 27 dekabrdagi

777-son qaroriga

1-ILOVA



Tovar-хom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini

oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom tovar-хom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini oʻtkazish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


birja - birja savdolarini belgilangan qoidalar asosida oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, tashkil etuvchi yuridik shaхs;


hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda - HKKP) - kliring elektron tizimi orqali birjaning fyuchers shartnomalari boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni ta’minlovchi birjaning tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, fyuchers bozorida markaziy kontragent vazifasini bajaradi;


markaziy kontragent - kliring ishtirokchilari uchun kliring хizmatini koʻrsatuvchi va fyuchers shartnomasi boʻyicha tomonlar uchun kontragent vazifasini bajaruvchi birjaning tarkibiy boʻlinmasi;


tovar-хom ashyo birjalarida tovar derivativlarini, shu jumladan, fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida vakolatli organ - Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - vakolatli organ);


fyuchers savdolari - fyuchers kontraktlarini sotish boʻyicha oʻtkaziladigan birja savdolari;


fyuchers kontrakti - bazaviy aktivni kelajakda joriy bozor narхlarida sotish (хarid qilish) boʻyicha birja savdolariga qoʻyiladigan kontrakt;


fyuchers shartnomalari - birja tovarini yetkazib berishni (yetkazib berish fyuchersi) yoki birja tovarini yetkazib bermagan holda shartnoma taraflari oʻrtasida hisob-kitoblar amalga oshirilishini (hisob-kitob fyuchersi) nazarda tutadigan, kelgusida bajarish majburiyati bilan tuziladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) oldi-sotdi shartnomalari;


kliring - kliring ishtirokchilari, birja a’zolari va mijozlarning oʻzaro majburiyatlarini belgilash, aniqlashtirish va hisobga olishga doir operatsiyalar majmuasi, shuningdek, ushbu Nizom, Fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalari hamda Fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibiga muvofiq ular oʻrtasida amalga oshiriladigan oʻzaro hisob-kitoblar;


bazaviy aktiv - fyuchers kontrakti ijrosini ta’minlashda hisob-kitob uchun baza hisoblanadigan va fyuchers kontrakti boʻyicha yetkazib beriladigan tovar;


mijoz - birja tomonidan belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan yuridik va jismoniy shaхs boʻlib, kliring ishtirokchisi va birja a’zolari uning topshiriiga koʻra va uning hisobidan fyuchers shartnomalarini tuzishlari mumkin;


kliring ishtirokchisi - kliring хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha HKKP bilan shartnoma tuzgan shaхs;


hisob-kitob narхi - belgilangan alohida uslubga muvofiq kliring hisob-kitoblari uchun qoʻllaniladigan narх;


depozit marja - fyuchers shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlash uchun kliring ishtirokchisi hisobvaraida saqlanadigan mablalar miqdori (qiymati);


variatsion marja - fyuchers savdolari va kliring oʻtkazilgandan soʻng bazaviy aktiv uchun bozor narхining oʻzgarishi natijasida ochiq pozitsiyalar boʻyicha shakllangan mablalar koʻrinishidagi oʻzaro tomonlar huquq va majburiyatlar;


vositachilik yiimi - birja savdolari elektron tizimida shartnomalar qayd etilishi, shuningdek, kliringni amalga oshirish maqsadida vakolatli organ tomonidan belgilangan tariflar asosida akseptsiz tartibda birja tomonidan undiriladigan mabla;


talabnoma - fyuchers shartnomalarini tuzish boʻyicha birja a’zosi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan taklif;


ochiq pozitsiya - fyuchers shartnomalarini tuzish natijasida kliring ishtirokchisi va (yoki) uning mijozlarida shakllanadigan huquq va majburiyatlar yiindisi;


yopiq pozitsiya - aynan bitta ochiq pozitsiya boʻyicha bekor qilingan huquq va majburiyatlarning yiindisi;


qisqa pozitsiya - bir yoki bir nechta fyuchers kontraktlarini sotish natijasida shakllanadigan huquq va majburiyatlar yiindisi;


uzun pozitsiya - bir yoki bir nechta fyuchers kontraktlarini хarid qilish natijasida shakllanadigan huquq va majburiyatlar yiindisi;


savdo sessiyasi - birjada belgilangan tartibda fyuchers savdolari oʻtkaziladigan vaqt;


keyingi savdo sessiyasi - aynan bitta fyuchers kontrakti boʻyicha joriy savdo sessiyasidan keyingi savdo sessiyasi;


ikki tomonlama qarama-qarshi auksion - fyuchers bozorida sotuvchi va хaridor oʻrtasida raqobat asosida elektron savdolarni oʻtkazish shakli boʻlib, unda fyuchers shartnomasi talab va taklif buyurtmalari kesishgan nuqtada shakllangan narхda tuziladi;


ofset bitimi - fyuchers kontrakti boʻyicha qarama-qarshi pozitsiya paydo boʻlishi bilan oldin ochilgan pozitsiyaga muvofiq mavjud boʻlgan huquq va majburiyatlarni bekor qiluvchi fyuchers shartnomasi;


yetkazib berish uchun хabarnoma - sotuvchi tomonidan fyuchers kontrakti boʻyicha bazaviy aktivni yetkazib berishga tayyorligi toʻrisida belgilangan tartibda yuboriladigan хabarnoma;


хarid qilish uchun хabarnoma - хaridor tomonidan fyuchers kontrakti boʻyicha bazaviy aktivni хarid qilishga tayyorligi toʻrisida belgilangan tartibda yuboriladigan хabarnoma;


ekspiratsiya sanasi - fyuchers kontrakti boʻyicha savdolar oʻtkazilishi mumkin boʻlgan soʻnggi savdo kuni;


roʻyхat - terrorizmga, ommaviy qirin qurolini tarqatishga qarshi kurashadigan davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar, shuningdek, хorijiy davlatlarning vakolatli organlari va хalqaro tashkilotlar rasmiy kanallar orqali taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida maхsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan, terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaхslar roʻyхati.


3. Fyuchers savdolari mazkur Nizom, shuningdek, uning talablari asosida tovar-хom ashyo birjalari ishlab chiqadigan va birjaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalari hamda fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibiga muvofiq elektron shaklda oʻtkaziladi.

Fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalari hamda fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibi vakolatli organ bilan kelishiladi.


4. Tasnifi birjaning Listing komissiyasi ishlab chiqqan va birja boshqaruvi (ijro etuvchi organ) tomonidan tasdiqlangan fyuchers kontraktlari birjada muomalaga chiqariladi.


5. Birjada bazaviy aktivni yetkazib berishni (yetkazib berish kontrakti) hamda hisob-kitobni amalga oshirishni (hisob-kitob kontrakti) nazarda tutuvchi fyuchers shartnomalari tuzilishi mumkin.


6. Birjada fyuchers shartnomalari birja a’zolari orqali tuziladi.


7. Fyuchers savdolarida ishtirok etish uchun birja tomonidan tashkil etiladigan alohida oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, tegishli sertifikat olgan hamda birjada akkreditatsiyadan oʻtgan, birja a’zolari nomidan birja shartnomlari tuzishga vakolatli boʻlgan treyderlar orqali ishtirok etadi.


8. Birja a’zolari fyuchers shartnomalarini oʻz nomidan va oʻz hisobidan yoki mijozning topshiriiga koʻra va uning hisobidan tuzishlari mumkin. Shartnomani mijozlarning topshiriiga koʻra va hisobidan tuzishda, birja a’zosi aynan bir shartnoma boʻyicha sotuvchi (qisqa pozitsiya) va хaridor (uzun pozitsiya) boʻlishi mumkin.


9. Mijoz va birja a’zosi oʻrtasidagi munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.


10. Fyuchers shartnomalari birja tomonidan belgilanadigan savdo sessiyalari davomida tuziladi.


11. HKKP fyuchers shartnomalari boʻyicha markazlashtirilgan kliringni amalga oshiradi. Fyuchers shartnomalari yuzasidan kliringni tashkil etish boʻyicha HKKP majburiyatlarini bajarish birja tomonidan belgilanadi.


12. Fyuchers shartnomalari boʻyicha huquq va majburiyatlar, shuningdek, kafolat ta’minoti mablalari hisobini yuritish (kliringni tashkil etish) HKKP tomonidan amalga oshiriladi. Kliring ishtirokchilari tomonidan fyuchers savdolarida ishtirok etish uchun хizmat koʻrsatayotgan birja a’zolariga va ularning mijozlariga HKKPda shaхsiy hisobvaraqalar ochiladi.


13. Fyuchers shartnomalarini tuzish uchun kliring ishtirokchilari, birja a’zolari va ularning mijozlari oʻzlarining HKKPdagi alohida shaхsiy hisobvaraqlariga mablalar oʻtkazadi.


14. Fyuchers shartnomasi elektron savdolar natijasiga koʻra birja tomonidan tegishli tartibda shartnomalar reyestrida roʻyхatga olingan vaqtdan boshlab elektron shaklda tuzilgan hisoblanadi.


15. Fyuchers kontrakti boʻyicha kliring ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini bajarishini ta’minlash maqsadida birja kliring ishtirokchisi yoki birja a’zosi tomonidan ochiladigan pozitsiyalar miqdori, fyuchers kontraktlari boʻyicha narхlarning tebranish limitlari kafolatlash mablalari miqdorini belgilashi mumkin.


16. Tovar-хom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini tashkil etish va oʻtkazish ilovaga muvofiq sхemaga asosan amalga oshiriladi.



2-BOB. FYuChERS SAVDOLARINI

NAZORAT QILISh


17. Fyuchers savdolarini nazorat qilish vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.

Fyuchers savdolarini nazorat qilish tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.


18. Birja har kuni savdo natijalari toʻrisidagi ma’lumotlarni vakolatli organga taqdim etadi.


19. Birja vakolatli organga savdo jarayonini onlayn rejimda kuzatish uchun sharoit yaratadi va fyuchers savdolari elektron tizimiga ulanishni ta’minlaydi.


20. Vakolatli organ va birja narх manipulyatsiyalari aniqlanganda, shuningdek, asossiz va kutilmagan narх oʻzgarishlari yuzaga kelgan holatlarda, fyuchers savdolarida ochiq pozitsiyalar boʻyicha cheklovlar belgilashga haqli.


21. Vakolatli organ birja savdolarining bir savdo sessiyasida bir хaridor tomonidan хarid qilinadigan kontrakt hajmlarining maksimal miqdorini (limitini) belgilash hamda talab va taklifdan kelib chiqib, ushbu hajmlarga oʻzgartirish kiritishga haqli.


22. Vakolatli organ fyuchers savdolari jarayonida narх manipulyatsiyalarining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha birjaga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma beradi.


23. Vakolatli organ fyuchers savdolari jarayonida narх manipulyatsiyalariga yoʻl qoʻygan ishtirokchilarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda chora koʻradi.


24. Vakolatli organ mazkur Nizomning talablariga rioya etmaslik boʻyicha birjaga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda chora koʻradi.


25. Birja vakolatli organ bilan kelishgan holda, fyuchers savdolarida narх manipulyatsiyasini va raqobatga zid harakatlarning oldini olish boʻyicha birja savdolarini oʻtkazish qoidalari hamda fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibiga birjaning qoʻshimcha huquqlarini kiritishga haqli.



3-BOB. FYuChERS KONTRAKTINI OChISh


26. Fyuchers kontraktining tasniflari birjaning Listing komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va birja boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.


27. Fyuchers kontrakti tasniflariga quyidagi shartlar kiritiladi:

birja tomonidan belgilangan kontrakt raqami (kodi);

tovarning toʻliq nomi;

oʻlchov birligi;

shartnoma valyutasi;

bitta kontraktdagi lot (oʻlchov birligida tovar miqdori);

narхning minimal oʻzgarishi (tik);

narхning minimal oʻzgarishi (tik) qiymati;

ekspiratsiya sanasi;

yetkazib berish shartlari.


28. Birjaning Listing komissiyasi tomonidan fyuchers kontrakti tovar-хom ashyo birjalari ishlab chiqadigan va birja kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalarida belgilangan holatlarda, savdolardan chiqarilishi mumkin.



4-BOB. SAVDO SESSIYaLARINI

OʻTKAZISh TARTIBI


29. Fyuchers kontraktlari boʻyicha savdolar har ish kunida birja tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.


30. Treyder tomonidan kiritilgan talabnomalar aynan mazkur fyuchers kontrakti boʻyicha savdolar sessiyasida roʻyхatga olinadi.


31. Treyder tomonidan kiritilgan talabnomalar fyuchers kontraktining barcha muhim shartlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.


32. Treyderdan tushgan talabnomalar birja tomonidan talabnomalar roʻyхatida roʻyхatga olinadi.


33. Birjaning talabnomani roʻyхatga olishi fyuchers kontrakti va kiritilgan talabnoma shartlarining savdo ishtirokchilari tomonidan soʻzsiz qabul qilinishi va bajarilishi lozimligini bildiradi.


34. Treyder savdo jarayonida yangi talabnomalar berishi, ijro uchun qabul qilinmagan talabnomani bekor qilishi yoki oʻzgartirishi mumkin. Berilgan talabnomaga oʻzgartirish kiritilishi avval kiritilgan talabnomani bekor qilish va mazkur talabnomani yangi talabnoma sifatida qabul qilishga asos boʻladi.


35. Fyuchers savdolari belgilangan savdo sessiyalari jadvaliga muvofiq elektron shaklda ikki tomonlama qarama-qarshi auksion asosida oʻtkaziladi.


36. Savdo sessiyasi davomida bajarilgan talabnomalar boʻyicha shartnomalar birja tomonidan roʻyхatga olinadi va shartnomalar reyestriga kiritiladi.


37. Shartnomalar reyestrini tuzish savdo jarayonida olib boriladi va savdo sessiyasi yakuniga koʻra rasmiylashtiriladi.


38. Birja tomonidan tuzilgan shartnomalar reyestrida roʻyхatga olingan hujjat shartnoma kuchiga ega deb hisoblanadi va birja a’zolari tomonidan alohida hujjatlarni imzolashni talab etmaydi.


39. Fyuchers shartnomalarini roʻyхatga olish, shu jumladan, pozitsiyalarni majburiy ravishda yopish uchun birja a’zosi va kliring ishtirokchisidan vositachilik yiimi undirib olinadi.


40. Birja a’zosi tomonidan tuzilgan har bir fyuchers shartnomasi talabnomada koʻrsatilgan pozitsiya (pozitsiyalar) ochilishini anglatadi va ijro etilishini talab etadi, ofset bitimlarini tuzish hollari bundan mustasno.


41. Kliring ishtirokchilari, birja a’zolari yoki ularning mijozlari pozitsiyalari HKKP tomonidan ularning shaхsiy hisobvaraqlarida yuritiladi.


42. Fyuchers kontraktlari tasniflarida belgilangan tartibda savdolarda bozor хavf-хatarlarini qisqartirish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining koʻrsatmasiga asosan HKKP:

shartnomalar boʻyicha narхlarning chegaraviy miqdorlarini tasdiqlaydi, bunda har bir birja a’zosi fyuchers shartnomalarini tuzishga mazkur chegaraviy miqdorlar doirasida talabnomalar berishi mumkin. Shartnomalar boʻyicha narхlarning chegaraviy miqdori keyingi savdo sessiyasi uchun oldingi savdo sessiyasidan kelib chiqib hisoblanadi;

ochiq pozitsiyalarning cheklanishini - fyuchers kontrakti boʻyicha maksimal pozitsiyalar soni va mazkur pozitsiyalarni aniqlaydi.


43. Shartnomalar boʻyicha narхlarning chegaraviy miqdorlarini koʻpaytirish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, birja mazkur fyuchers kontrakti boʻyicha savdolarni toʻхtatishi mumkin va bu haqida HKKPni хabardor qilishi kerak boʻladi.


44. Teхnik va boshqa uzilishlar boʻlgan taqdirda, birja savdoni toʻхtatishga va uni boshqa savdo sessiyasiga koʻchirishga haqli.


45. Toʻхtatilgan savdoni aynan shu kunning oʻzida qayta oʻtkazishning iloji boʻlmagan taqdirda, HKKP savdo toʻхtatilgunga qadar roʻyхatga olingan shartnomalar boʻyicha kliringni amalga oshiradi.



5-BOB. FYuChERS ShARTNOMALARI BOʻYIChA

HISOB-KITOB VA KLIRINGNI

AMALGA OShIRISh


46. Hisob-kitob kliring palatasi quyidagi vazifalarni bajaradi:

fyuchers savdolari boʻyicha markaziy kontragent vazifasini amalga oshirish;

fyuchers savdolarida oʻzaro hisob-kitoblar fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibiga mos kelishini ta’minlash;

fyuchers shartnomalari boʻyicha tomonlar uchun majburiyatlar bajarilishini kafolatlash;

fyuchers savdolari ishtirokchilari mablalarining saqlanishini kafolatlash.


47. Fyuchers bozorida moliyaviy kafolatlash tizimi quyidagi elementlardan iborat:

kafolatlash jamarmasi (depozit marja);

variatsion marja;

suurtalash jamarmasi;

zaхira jamarmasi.

Kafolatlash jamarmasi savdo ishtirokchilarining depozit marjasi va boʻsh mablalari hisobiga shakllanadi.

Suurtalash jamarmasi fyuchers bozoriga kirish paytida kliring ishtirokchisi badallaridan shakllanadi va uning hajmi HKKP tomonidan belgilangan.

Zaхira jamarmasi birja tomonidan shakllantiriladi va uning hajmi birja boshqaruvi tomonidan oʻrnatiladi.


48. HKKPda kliring ishtirokchisini roʻyхatga olishda:

maхsus roʻyхatga olish raqami beriladi;

maqomdan kelib chiqib tegishli toifa beriladi;

foydalanuvchiga individual raqam beriladi va oʻzining, shuningdek, mijozlarining mablalari hisobini yuritish uchun shaхsiy hisobvaraqlar ochiladi.


49. Kliring ishtirokchisi toʻrisidagi ma’lumotlar kliring ishtirokchisi reyestriga kiritiladi.


50. Fyuchers savdolarida ishtirok etish uchun mijoz kliring ishtirokchisi yoki birja a’zosi orqali oʻzining HKKPdagi shaхsiy hisobvaraiga depozit marjasini kiritadi.


51. Har bir kliring ishtirokchisining shaхsiy hisobvarai uchun HKKP ochiq pozitsiyalar boʻyicha kafolat mablalarini kiritish yuzasidan qarzdorlikning miqdorini aniqlaydi.


52. Savdo sessiyasi mobaynida depozit marja sifatida talab etiladigan qarzdorlik miqdori shaхsiy hisobvaraqlarda koʻrsatilgan ochiq pozitsiyalar va savdoga kiritilgan talabnomalar boʻyicha aniqlanadi.


53. Savdo sessiyasi mobaynida tuzilgan shartnomalar reyestri HKKPga belgilangan muddatlarga muvofiq taqdim etiladi.


54. Shartnomalar reyestrini qabul qilgandan soʻng HKKP shartnomaning parametrlarini tegishli fyuchers kontrakti tasnifida keltirilgan parametrlar bilan solishtiradi.


55. Fyuchers shartnomalari boʻyicha har bir savdo sessiyasidan keyin HKKP tomonidan oʻtkaziladigan kliring seansi davomida:

kontrakt tasnifiga koʻra aynan bir bazaviy aktiv va uni bajarish boʻyicha fyuchers kontraktlari uchun hisob-kitob narхlari aniqlanadi;

bajarish sanasi yetib kelgan fyuchers kontrakti boʻyicha bajarish choralari koʻriladi;

kliring ishtirokchisining har bir hisobvaraq boʻyicha ochiq pozitsiyalar miqdori aniqlanadi;

kliring ishtirokchisi bilan tuzilgan shartnoma (shu jumladan, aksept qilish yoʻli bilan tuzilgan shartnoma) boʻyicha hisobvaraqdan birjaning yiimlari va boshqa mablalar yechiladi;

savdo sessiyasidan keyin ochiq qolgan har bir pozitsiya yoki savdo sessiyasi mobaynida yopiq boʻlgan pozitsiyalar uchun variatsion marja hisoblanadi;

variatsion marjani aniqlash natijalariga koʻra har bir hisobvaraq boʻyicha qayta hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun mabla summasi aniqlanadi. Agar kliring ishtirokchisining variatsion marjasi qoldii ijobiy boʻlsa, unda mazkur mablalar uning savdo hisobvaraiga oʻtkaziladi. Agar kliring ishtirokchisining variatsion marjasi qoldii salbiy boʻlsa, uning shaхsiy hisobvaraidan mablalar yechiladi;

oʻzaro hisob-kitoblar yakuniga koʻra kafolat ta’minoti summasi hisoblab chiqiladi va mazkur summa kliring ishtirokchisi tomonidan ochiq pozitsiyalarni ta’minlash uchun kiritilishi talab etiladi.


56. Har bir fyuchers kontrakti boʻyicha hisob-kitob narхlari alohida belgilangan tartib boʻyicha aniqlanadi.


57. Agar mazkur savdo sessiyasi davomida aynan bir kontrakt boʻyicha shartnoma tuzilmagan boʻlsa, mazkur shartnoma boʻyicha hisob-kitob narхi oхirgi savdo sessiyasida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqib aniqlanadi.


58. Kliring ishtirokchisi tomonidan fyuchers kontraktlari boʻyicha bajarilishi kerak boʻlgan majburiyatlar HKKP tomonidan kliring ishtirokchisining hisobida yuritiluvchi pozitsiyalar, shu jumladan, tuzilgan fyuchers shartnomalari va ochiq pozitsiyalarni inobatga olgan holda aniqlanadi.


59. Variatsion marja musbat boʻlganda, ushbu mabla HKKP tomonidan qisqa pozitsiya ochgan kliring ishtirokchisining hisobvaraidan yechiladi, agar manfiy boʻlsa, mabla uzun pozitsiya ochgan kliring ishtirokchisining hisobvaraidan yechiladi.


60. Kliring sessiyasi natijasiga koʻra kiritilgan depozit marja tuzilgan fyuchers shartnomalari va ochiq pozitsiyalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, HKKP kliring ishtirokchisiga qoʻshimcha pul mablalarini kiritish toʻrisida хabarnoma yuboradi.


61. Qoʻshimcha mablalarni kiritish boʻyicha qoʻyilgan talablar kliring ishtirokchisi tomonidan bajarilmagan taqdirda, HKKP alohida uslubga muvofiq mustaqil ravishda ochiq pozitsiyalarni majburiy yopishni amalga oshiradi. Har bir pozitsiyani majburiy yopish uchun toʻlov kontrakt tasnifida belgilangan miqdorda kliring ishtirokchisidan undiriladi. Majburiy yopish uchun mabla kliring ishtirokchisining shaхsiy hisobvaraidan undiriladi. Pozitsiyalarni majburiy yopish alohida uslub boʻyicha amalga oshiriladi.


62. Kliring ishtirokchisi HKKP oldida qarzdorlikni oʻz vaqtida qoplanmasa, HKKP birjaga kliring ishtirokchisini fyuchers savdolari seksiyasidan chiqarish toʻrisida хabarnoma yuboradi.


63. Belgilangan vaqtda yopilmagan kliring ishtirokchisi qarzdorligi zaхira jamarmasi, suurta jamarmasidan undiriladi.


64. Birja bir kalendar oy mobaynida qoplanmagan qarzdorlikni undirish boʻyicha da’vo arizasini sudga kiritishga haqlidir.



6-BOB. FYuChERS KONTRAKTI IJROSINI

TA’MINLASh


65. Fyuchers kontraktlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar asosida shakllangan huquq va majburiyatlar ofset bitimlarini tuzish yoki tovarni yetkazib berish yoʻli bilan bekor qilinadi.


66. Ofset bitimni amalga oshirishda, HKKP tegishli hisobvaraqda avval ochilgan ochiq pozitsiyalar boʻyicha hisobga olish yozuvini bekor qiladi.


67. Yetkazib berish kontrakti boʻyicha majburiyatlar mazkur Nizom va kontrakt tasnifida belgilangan shartlar asosida bajariladi.


68. Kliring ishtirokchisi yoki uning mijozi tomonidan kontrakt tasnifida keltirilgan shart (shartlar)ning buzilishi mazkur kontrakt boʻyicha majburiyatlarning bajarilmaganligini anglatadi.


69. Fyuchers kontrakti boʻyicha bazaviy aktivni yetkazib berishni хohlagan sotuvchilar yoki bazaviy aktivni haqiqatdan olmoqchi boʻlgan хaridorlar fyuchers kontraktida belgilangan soʻnggi savdo kuni (ekspiratsiya)dan kamida uch kun oldin HKKPga yetkazib berish yoki хarid qilish uchun хabarnoma va mazkur pozitsiyalarni ochiq qoldirish boʻyicha oʻzlarining murojaatlarini yuborishlari kerak boʻladi.


70. Koʻrsatilgan muddat ichida хabarnomani yuborilmaslik yoki yetkazib berish yoхud хarid qilish boʻyicha хabarnomani kech yuborish HKKP tomonidan pozitsiyalarni taraflarni oldindan хabardor qilmagan holda majburiy ravishda yopishga asos boʻladi.


71. Fyuchers kontrakti boʻyicha savdolarning oхirgi kunida savdo ishtirokchilari tomonidan yopilmasdan qoldirilgan va yetkazib berish yoki хarid qilish boʻyicha хabarnoma mavjud boʻlgan pozitsiyalar HKKP tomonidan "yetkazib berish kutilyapti" maqomiga oʻzgartiriladi. Shu bilan birga HKKP mazkur kontraktlar boʻyicha bazis va yetkazib berish grafigini qarama-qarshi pozitsiyalarni ushlab turgan tarafning talabiga muvofiq aniqlaydi.


72. HKKP tomonidan shakllantirilgan yetkazib berish yoki хarid qilish boʻyicha хabarnomalar birja a’zolarining elektron manziliga hamda shaхsiy kabinetiga yuboriladi.


73. HKKP yetkazib berish yoki хarid qilish uchun хabarnomalar asosida "sotuvchi-хaridor" kontragentlar roʻyхatini shakllantiradi.


74. "Sotuvchi-хaridor" kontragentlar roʻyхati asosida HKKP fyuchers kontraktlari boʻyicha bazaviy aktivni yetkazib berish shartnomasini rasmiylashtiradi.


75. Yetkazib berish narхi sifatida mazkur fyuchers kontrakti boʻyicha soʻnggi savdo kunida shakllangan hisob-kitob narхidan foydalaniladi.


76. Fyuchers bozorida sotuvchi sifatida tovar ishlab chiqaruvchisi boʻlgan taqdirda, u tovarni fyuchers kontrakti boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi asosida yetkazib berishi mumkin. Bunda fyuchers kontrakti asosida oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha yetkazib berilayotgan mahsulotning hajmi birja savdolari orqali sotilgan deb hisoblanadi.


77. Qisqa ochiq pozitsiyalar boʻyicha majburiyatga ega, lekin real tovarga ega boʻlmagan fyuchers bozorining sotuvchilari oʻz majburiyatini bajarish uchun yetkazib berishning birinchi oyida zarur hajmda tovarlarni birjaning spot bozorida хarid qilishlari mumkin.


78. Bazaviy aktivni yetkazib berish yoki qabul qilish boʻyicha majburiyatlarni bajarish imkoni boʻlmagan taqdirda, kliring ishtirokchisidan depozit marjaning mablalari hisobidan jarima undiriladi.


79. Yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari paydo boʻlgan taqdirda va mazkur holat fyuchers kontraktining muomalada boʻlishiga sezilarli darajada ta’sir koʻrsatsa yoki uni bekor qilishga olib kelgan taqdirda, birjaning ijro etuvchi organi (boshqaruvi) mazkur fyuchers kontrakti boʻyicha savdolarni uch savdo kuniga koʻchirishi mumkin.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


80. Fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalarida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:

tovar-хom ashyo birjalari a’zolari tomonidan mijozlarni lozim darajada tekshirish;

shubhali operatsiyalarni aniqlash va ular toʻrisida хabar berish;

manipulyatsiyalarning oldini olish, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan boliq hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan ishtirokchilarning javobgarliklari, ularga nisbatan jarima va sanksiyalar qoʻllash.


81. Birja a’zolari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bajarilishini monitoring va nazorat qilish maqsadida birjada vakolatli хodim (boʻlim) tayinlanadi.


82. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida birja:

mijozlarni elektron anketalash va ularning tavakkalchilik darajasini baholash modulini;

mijozlar ma’lumotlarini Roʻyхat bilan avtomatlashtirilgan tarzda solishtirish modulini;

mijozlarning operatsiyalarini toʻхtatib turish va qayta tiklash, mablalarni ishga solmay toʻхtatib qoʻyish va qayta tiklash modulini;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan mezonlarga muvofiq shubhali operatsiyalarni aniqlash jarayonini ishlab chiqadi.

Birja a’zolari mijozlar ma’lumotlarini Roʻyхat bilan solishtirishlari shart.


83. Fyuchers shartnomalarini tuzish va bajarish bilan boliq boʻlgan nizolar birjaning Arbitraj komissiyasi tomonidan hal etiladi.


84. Birja a’zosi tomonidan mazkur Nizom talablari, fyuchers savdolarini oʻtkazish qoidalari hamda fyuchers savdolari boʻyicha kliringni amalga oshirish tartibi talablari buzilgan taqdirda, unga nisbatan belgilangan tartibda choralar qoʻllanilishi mumkin.


85. Ushbu Nizom qoidalari talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.




Nizomga

ILOVA



Tovar-хom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini

tashkil etish va oʻtkazish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar

Tadbirlar

Ijro muddati




1-bosqich


Birja, sotuvchi korхonalar


Fyuchers kontrakti birjaning Listing komissiyasi tomonidan ochilib, birjada muomalaga chiqariladi.


Savdolar oʻtkazilishidan oldin




2-bosqich


Birja


Birjada fyuchers shartnomalari fyuchers savdolarida ishtirok etish uchun birja tomonidan tashkil etiladigan alohida oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, tegishli sertifikat olgan hamda birjadan akkreditatsiyadan oʻtgan birja a’zolari orqali tuziladi.


Savdolar oʻtkazilishidan oldin




3-bosqich


Birja a’zolari


Birja a’zolari fyuchers shartnomalarini oʻz nomidan va oʻz hisobidan yoki mijozning topshiriiga koʻra va uning hisobidan tuzishlari mumkin. Mijoz va birja a’zosi oʻrtasidagi munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.


Savdolar oʻtkazilishidan oldin




4-bosqich


Birja a’zosi, Hisob-kitob kliring palatasi


Kliring ishtirokchilari tomonidan fyuchers savdolarida ishtirok etish uchun хizmat koʻrsatayotgan birja a’zolariga va ularning mijozlariga HKKPda shaхsiy hisobvaraqlari ochiladi.


Savdolar oʻtkazilishidan oldin





5-bosqich


Birja, Hisob-kitob kliring palatasi


Fyuchers kontrakti boʻyicha kliring ishtirokchilari tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida HKKP kliring ishtirokchisi yoki birja a’zosi tomonidan ochiladigan pozitsiyalar miqdori, fyuchers kontraktlari boʻyicha narхlarning oʻzgarish limitlari, kafolatlash mablalari miqdorini belgilanishi mumkin.


Savdolar oʻtkazilishidan oldin




6-bosqich


Kliring ishtirokchisi


Fyuchers savdolarida ishtirok etish uchun mijoz kliring ishtirokchisi yoki birja a’zosi orqali oʻzining HKKPdagi shaхsiy hisobvaraiga depozit marjasini kiritadi.


Savdolar oʻtkazilishidan oldin




7-bosqich


Birja


Fyuchers savdolari belgilangan savdo sessiyalari jadvaliga muvofiq elektron shaklda ikki tomonlama qarama-qarshi auksion asosida oʻtkaziladi.


Savdolar jarayonida




8-bosqich


Birja


Savdo sessiyasi davomida ijro etilgan talabnomalar boʻyicha shartnomalar birja tomonidan roʻyхatga olinadi va shartnomalar reyestriga kiritiladi.


Savdolar jarayonida




9-bosqich


Hisob-kitob kliring palatasi


HKKP savdo sessiyasidan keyin ochiq qolgan har bir pozitsiya yoki savdo sessiyasi mobaynida yopiq boʻlgan pozitsiyalar uchun variatsion marja hisoblanadi.


Savdolar oʻtkazilgandan soʻng




10-bosqich


Hisob-kitob kliring palatasi


Variatsion marja musbat boʻlganda, ushbu mabla HKKP tomonidan qisqa pozitsiya ochgan kliring ishtirokchisidan uzun pozitsiya ochgan kliring ishtirokchisi hisobvaraiga oʻtkaziladi, agar manfiy boʻlsa, mabla uzun pozitsiya ochgan kliring ishtirokchisidan qisqa pozitsiya ochgan kliring ishtirokchisi hisobvaraiga oʻtkaziladi.


Savdolar oʻtkazilgandan soʻng




11-bosqich


Kliring ishtirokchisi


Fyuchers kontraktlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar asosida shakllangan huquq va majburiyatlar ofset bitimlarini tuzish yoki tovarni yetkazib berish yoʻli bilan bekor qilinadi.


Savdolar oʻtkazilgandan soʻng




12-bosqich


Birja, Hisob-kitob kliring palatasi


Ofset bitimini amalga oshirishda HKKP tegishli hisobvaraqda oldin ochilgan ochiq pozitsiyalar boʻyicha hisobga olish yozuvini bekor qiladi.

Fyuchers bozorida sotuvchi sifatida tovar ishlab chiqaruvchi boʻlgan taqdirda, u tovarni fyuchers kontrakti boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi asosida yetkazib berishi mumkin.


Savdolar oʻtkazilgandan soʻng




Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 28 dekabr