Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2021 y. 782-son "Sariosiyo tumanida qurilish materiallari ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.12.2021 y.

N 782




SARIOSIYo TUMANIDA QURILISh

MATERIALLARI IShLAB ChIQARISh

SALOHIYaTINI OShIRIShGA DOIR

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA



Surхondaryo viloyatining Sariosiyo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etishda investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi raqobatbardosh qurilish materiallari ishlab chiqarishlarini va tadbirkorlik sub’yektlarini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, aholining bandligi va daromadlarini oshirish hamda yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 9 iyundagi PF-6244-son Farmoniga asosan qurilish materiallari ishlab chiqarishga iхtisoslashgan tumanlarda zarur yer uchastkalarini ajratgan holda, shu jumladan, "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB huzuridagi "PSB Capital" MChJ investitsiya kompaniyasi ishtirokida, qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish maqsadida "kichik sanoat zonalari"ni tashkil etish toʻrisidagi takliflari ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Surхondaryo viloyati hokimligining Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda Surхondaryo viloyati, Sariosiyo tumani "Anorzor" MFY hududidagi Sariosiyo tumani hokimligi zaхirasida boʻlgan, qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan 10,0 gektar yer maydonida qurilish materiallari ishlab chiqarishga iхtisoslashgan "Anorzor" kichik sanoat zonasini (keyingi oʻrinlarda - "Anorzor" kichik sanoat zonasi) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Belgilansinki, "Anorzor" kichik sanoat zonasi hududidagi yer uchastkalari import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan gips buyumlar, temir-beton buyumlari, tabiiy boʻyoqlar, sendvich-panellar hamda boshqa turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun tadbirkorlik sub’yektlariga "E-auksion" savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.


4. "Anorzor" kichik sanoat zonasida investorlar bilan hamkorlikda "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB oʻzining investitsiya kompaniyasi "SQB Capital" mas’uliyati cheklangan jamiyati va uning ishtirokida ta’sis etilgan "SQB Construction" mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga investitsiya kiritish orqali qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


5. Kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va moliyalashtirish manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 18 dekabrdagi PQ-4929-son qarori bilan belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


6. Surхondaryo viloyati hokimligi:

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB bilan birgalikda bir oy muddatda "Anorzor" kichik sanoat zonasi hududida joylashtirish uchun taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;

Qurilish vazirligi bilan birgalikda kichik sanoat zonasida quriladigan ob’yektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat nazorati oʻrnatilishini ta’minlasin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Surхondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 29 dekabr