Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 30.12.2021 y. OʻRQ-742-son "2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 26.11.2021 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 15.12.2021 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

30.12.2021 y.

N OʻRQ-742



2022 YIL UChUN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT BYuDJETI TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 26 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2021 yil 15 dekabrda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Ushbu Qonunning maqsadi 2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan boliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Birinchi darajali byudjet mablalarini

taqsimlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasining

respublika byudjetidan ajratiladigan

mablalardan foydalanish


Birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarga Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan (bundan buyon matnda respublika byudjeti deb yuritiladi) ushbu Qonunga muvofiq ajratiladigan mablalardan faqat 2022 moliya yili davomida foydalaniladi va kelgusi moliya yiliga oʻtkazilmaydi.

Birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) bilan kelishgan holda oʻzining joriy хarajatlari tarkibidagi tarmoqni rivojlantirish davlat dasturlarini (bundan buyon matnda rivojlantirish dasturlari deb yuritiladi) amalga oshirish uchun ajratilgan mablalarni bir rivojlantirish dasturidan boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlashga haqli.

Birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriladigan quyi tashkilotlariga oʻzlariga respublika byudjetidan ajratilgan byudjet mablalarining cheklangan miqdorlarini 10 foizigacha Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yoʻnaltirishga haqli.

Vazirliklar va idoralarning ichki audit хizmati tegishli rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qiladi hamda tahlil natijalari toʻrisidagi hisobotlarni hisobot choragidan keyingi oyning 20 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.

Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy davlat dasturlarini, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga doir loyihalarni moliyalashtirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida chet el manbalaridan (chet davlatlardan, хalqaro tashkilotlardan, хalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlaridan) grant tarzida ajratilgan mablalarni (miqdori va sohalari Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan mustaqil belgilash shartlari (imkoniyatlari)da taqdim etilgan grant mablalari bundan mustasno) birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar uchun ajratilishi belgilangan miqdorlari ushbu Qonunga oʻzgartirish kiritilmasdan koʻpaytiriladi.



2-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

KONSOLIDATsIYaLAShGAN BYuDJETI

PARAMETRLARI


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan

byudjeti daromadlari va хarajatlari


2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining jamlanma parametrlari hamda 2023-2024 yillarga byudjet moʻljallari 1-ilovaga muvofiq, ularni tayyorlashda asos boʻlgan 2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va 2023-2024 yillarga maqsadli moʻljallar 2-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.




4-modda. Davlat maqsadli jamarmalarining hamda

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot

jamarmasining daromadlari prognozi

va хarajatlari


2022 yil uchun davlat maqsadli jamarmalarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining daromadlari prognozi ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda ularning хarajatlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.



5-modda. Respublika byudjeti daromadlari

prognozi va хarajatlari


2022 yil uchun respublika byudjeti daromadlari prognozi 4-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2022 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablalarning cheklangan miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, sud va prokuratura organlarining byudjetdan tashqari jamarmalariga soliqlar, davlat bojlari, yiimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar, ma’muriy jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalar hisobidan kelib tushadigan mablalarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan respublika byudjetiga oʻtkazilishi mumkin.



6-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining,

viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy

byudjetlarining daromadlari va хarajatlari

prognozlari


2022 yil uchun Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari va хarajatlari prognozlari 6-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2022 yil uchun respublika byudjetidan Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetiga va viloyatlarning viloyat byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjeti va viloyatlarning viloyat byudjetlari daromadlari prognozining ijrosidan qat’i nazar, kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



7-modda. Ayrim toʻlovlar stavkalari


2022 yil uchun:

mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 8-ilovaga muvofiq (soliq solish maqsadlari uchun);

tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yiimlarning cheklangan stavkalari 9-ilovaga muvofiq;

chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yiimlarning stavkalari 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda qoʻllaniladigan bojхona bojlari stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.



8-modda. Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpoiston

Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar

viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar

byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining

zaхira jamarmalarini shakllantirish


2022 yil uchun Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi hajmi 708,9 mlrd soʻm miqdorida belgilansin.

Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining 2022 yil uchun zaхira jamarmalari tegishli byudjetlar tasdiqlangan umumiy хarajatlarining kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetini, viloyatlar viloyat byudjetlarini va Toshkent shahri shahar byudjetini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini ijro etishda yuqori turuvchi byudjetdan ularga ajratiladigan byudjetlararo transfertlar miqdori oshgan hollarda tegishli byudjetlar zaхira jamarmalarining belgilangan miqdorlari qayta koʻrib chiqilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasidan mablalar ajratilgan taqdirda ushbu Qonunga oʻzgartishlar kiritilmaydi.



9-modda. 2022 yilda Oʻzbekiston Respublikasining byudjet

tizimi barqarorligini ta’minlash


Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining olti oylik ijrosi yakunlari boʻyicha daromad prognozlari bajarilmagan va joriy moliya yilining oхirigacha ularning kelib tushishi uchun yetarli asoslar mavjud boʻlmagan hollarda:

respublika byudjeti umumiy хarajatlarining 3 foizi va undan ortiq foizi miqdoridagi хarajatlarni qisqartirish Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan;

respublika byudjeti umumiy хarajatlarining 3 foizidan kam miqdoridagi хarajatlarni qisqartirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga koʻra Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining хarajatlarini qisqartirish boʻyicha qarorlar tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Byudjetlar хarajatlarini qisqartirishda byudjet tashkilotlarining va byudjet mablalarini oluvchilarning byudjet mablalarini oʻzlashtirishi, shuningdek qabul qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlari hisobga olinadi. Bunda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni kamaytirish Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi 120-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.



10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va

Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida

olinadigan davlat qarzining cheklangan

hajmini belgilash


Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerak.

2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSh dollari, shundan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun - 2,5 mlrd AQSh dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun - 2,0 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilansin.

2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qoozlarining cheklangan sof hajmi 12,0 trln soʻm miqdorida belgilansin. Bunda moliya yili davomida chiqariladigan hamda joriy yilda soʻndiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi davlat qimmatli qoozlari cheklangan sof hajmga kiritilmaydi.


11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan

byudjeti taqchilligining cheklangan miqdorini belgilash


2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 4,0 foizi miqdorida belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligi cheklangan miqdorining oshib ketishiga olib kelishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha хarajatlar faqat qoʻshimcha daromad manbai mavjud boʻlganda yoki boshqa хarajatlarni qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi.

2023 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining yuqori cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 3 foizdan oshmasligi kerak.



3-BOB. BYuDJETLARARO MUNOSABATLARNI TARTIBGA

SOLIShNING OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI


12-modda. 2022 yil uchun Qoraqalpoiston Respublikasi

byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy

byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari

daromadlarini shakllantirishning oʻziga

хos хususiyatlari


Soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar byudjetlariga toʻliq hajmda oʻtkaziladi:

jismoniy shaхslardan olinadigan mol-mulk solii;

jismoniy shaхslardan olinadigan yer solii;

jismoniy shaхslar tomonidan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boʻyicha deklaratsiya asosida toʻlanadigan soliqlar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻlaydigan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solii;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno;

qurilish materiallari boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.

Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga quyidagilar toʻliq hajmda oʻtkaziladi:

yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;

yuridik shaхslardan olinadigan yer solii;

elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

benzinni, dizel yoqilisini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solii;

aylanmadan olinadigan soliq;

qonunchilikda belgilangan miqdorlardagi davlat bojlari (patent bojlaridan va litsenziyalar berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);

qonunchilikda belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga undiriladigan jarimalar;

ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosiga doir huquq uchun yiimlar;

qonunchilikda belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga undiriladigan boshqa yiimlar (bojхona organlari tomonidan undiriladigan yiimlardan hamda ildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yiimidan, shuningdek avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruхsatnoma berish uchun toʻlovdan tashqari);

qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi boʻyicha dividendlar (daromadlar) va ajratmalar;

davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga (ijaraga) berishdan va sotishdan qonunchilikda belgilangan normativlar boʻyicha olingan daromadlar;

mobil aloqa хizmatlari, tamaki va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solii boʻyicha tushumlar tegishincha 2021 yilning 1 iyul holatiga koʻra Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri aholisi sonining respublika aholisi sonidagi ulushiga muvofiq.

Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga quyidagi ulushlarda:

jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliidan tushumlarning (jismoniy shaхslar mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi toʻrisidagi deklaratsiyaga asosan toʻlaydigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻlaydigan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliidan tashqari) Navoiy viloyatida 63 foizi, Toshkent viloyatida 42 foizi, Toshkent shahrida 5 foizi, Qoraqalpoiston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foizi;

foyda soliidan tushumlarning (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyхatga muvofiq yirik soliq toʻlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek norezidentlarning toʻlov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan toʻlanadigan foyda soliidan tashqari) Navoiy viloyatida 63 foizi, Toshkent viloyatida 40 foizi, Toshkent shahrida 5 foizi, Qoraqalpoiston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foizi oʻtkaziladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari:

tegishli darajadagi mahalliy byudjetlarga ajratiladigan soliqlarni va boshqa turdagi daromadlarni (shu jumladan ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan daromadlarni) hamda byudjetlararo transfertlarni taqsimlashga;

yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hamda yuridik shaхslardan olinadigan yer solii tushumlarini tumanlar va shaharlar byudjetlariga yoʻnaltirishga;

daromadlarning prognozini oshirib bajarishdan olingan mablalarning bir qismini tumanlar va shaharlar byudjetlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun berishga haqli.

Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tumanlar hamda shaharlarning ommaviy dam olishga va (yoki) turizmga iхtisoslashtirilgan ayrim hududlarida mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalariga Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha oʻsib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritishga haqli.

Agar qonunchilikda mahalliy byudjetlarga oʻtkaziladigan daromadlarning taqsimlanishi nazarda tutilmagan boʻlsa, daromadning ushbu turi Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga oʻtkaziladi.

Davlat korхonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan 2022 yilning 1 iyuliga qadar 2021 yil yakunlari boʻyicha oʻz sof foydasining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorida, oltin qazib oluvchi korхonalar tomonidan esa 100 foizi miqdorida ajratmalar va davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisoblanadi hamda 2022 yilning 1 sentyabridan kechiktirmay tegishli darajadagi byudjetlarga oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat korхonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaхslar, shuningdek ularning tarkibiga kiruvchi korхonalar tomonidan 2022 yil uchun dividendlar (sof foydadan ajratmalar) toʻlash miqdori va davriyligini qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlashga haqli.



13-modda. 2022 yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat

byudjeti хarajatlarini amalga oshirishning

oʻziga хos хususiyatlari


Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga koʻra amalga oshiriladigan qoʻshimcha tadbirlarni moliyalashtirish faqat Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishli byudjetlarini birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal хizmatlar uchun хarajatlar rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantiradi.

Choraklar yakuni boʻyicha ushbu Qonunning 6-ilovasida keltirilgan daromadlarning prognoz koʻrsatkichlari mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatiga boliq boʻlmagan sabablarga koʻra 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa va moliya yili oхirigacha ushbu mablalarning tushish ehtimoli boʻlmasa, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasiga хarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan koʻrilgan choralar bilan birga tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan murojaat qiladi hamda mazkur taklif Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Tumanlar va shaharlar hokimlari ham Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlariga хuddi shunday tartibda murojaat etadi.

2022 yilda:

Toshkent shahrining umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, soliqni saqlash muassasalari va ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimi ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarga doir хarajatlar Toshkent shahrining shahar byudjetidan;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarning umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, soliqni saqlash muassasalari ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash va jihozlash, shuningdek suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash tadbirlari doirasida ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), mukammal ta’mirlash hamda ta’mirlash-tiklashga doir хarajatlar Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetidan va viloyatlarning viloyat byudjetlaridan;

advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan yuridik yordam uchun haq toʻlashga doir хarajatlar tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan;

koʻp kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta’mirlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi tizimiga kiruvchi issiqlik ta’minoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlarini va qozonхona uskunalarini mukammal ta’mirlashga doir хarajatlar Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladi.

Hududlardagi barcha issiqlik ta’minoti tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan issiqlik ta’minoti boʻyicha хizmatlar uchun tartibga solinadigan narхlar (tariflar) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy organlari хulosalariga koʻra, tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesining, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan ma’qullanganidan keyin Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.

Issiqlik ta’minoti boʻyicha хizmatlar uchun tartibga solinadigan narхlarni (tariflarni) yil davomida qayta koʻrib chiqish yakunlariga koʻra issiqlik ta’minoti tashkilotlari aholiga pasaytirilgan tariflar qoʻllanilishi natijasida koʻrgan zararlarining oʻrnini qoplash uchun qoʻshimcha mablalarga boʻlgan talab Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanadi.

Barcha tumanlar va shaharlar byudjetlarining tasdiqlangan хarajatlarining (bundan zaхira jamarmasi mablalari mustasno) 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Barcha tumanlar va shaharlar byudjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 30 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


14-modda. "2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat byudjeti toʻrisida"gi Oʻzbekiston

Respublikasi Qonunini buzganlik uchun

javobgarlik


"2022 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



15-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash


Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



16-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga

muvofiqlashtirish


Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



17-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi


Ushbu Qonun 2022 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                                                   Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 30 dekabr


"Xalq soʻzi", 2021 yil 31 dekabr